⚡️ Toshkentda bank bo‘lim boshliqlari 85 ming dollar bilan qo‘lga tushdi
DXX ma’lumotiga ko‘ra, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida yer maydonlari bilan bog‘liq noqonuniy holatlar
aniqlandi. Sirdaroda Sardoba tumani hokimligi xodimi fermerga 15 ga yerni 3 yilga ijaraga berish va toifasini o‘zgartirish uchun 360 mln so‘m va 30 ming AQSH dollari olgan vaqtda ushlandi.
Toshkentda bankning ikki bo‘lim boshliqlari va 2 nafar fuqaro 5,99 gektar yerni 455 ming dollarga sotishga kelishib, fuqarodan 85 ming dollar olgan paytda qo‘lga olindi.
Xorazm, Shovot tumanida 2 nafar fuqaro tuman hokimlik zaxirasidagi 2500 m² yerni rasmiylashtirib berishni va’da qilib 66 ming dollar so‘rab, 45 ming dollar va 130 mln so‘m olgan paytda ushlandi.
Yangibozor tumani investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi mutaxassisi "Ye-auksion" orqali yer olib berish maqsadida fuqarodan 243 mln so‘m va 4300 dollar olgan.
Andijonda shaxslar 30 sotix yerni 27 ming dollarga sotish va toifasini o‘zgartirish uchun 11 600 dollar talab qilib, jami 38 600 dollar olgan vaqtda qo‘lga tushdi.
Farg‘onada Rishtonlik shaxs soxta hujjatlar bilan yerni o‘zlashtirib, toifasini o‘zgartirib berish uchun 26 ming dollar olgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Instagram |
YouTube |
Facebook