Rasmiy munosabat
✅“Leapmotor” avtomobillarining importi taqiqlangani haqidagi xabar yuzasidan Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
⏰Yaqinda laboratoriyada Xitoyning “Leapmotor” kompaniyasiga tegishli “C16” rusumli avtomobil sinovdan o‘tkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ushbu avtomobil xalqaro standartlarga, xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan belgilangan xavfsizlik talablariga javob bermaydi.( belgilangan me'yordan 16 baravar ko'p)
🏠"O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" (O‘ZAK.SL.0309) davlat muassasasining sinov laboratoriyasi (majmuasi) tomonidan 2025-yil 10-mart kuni SB-0309-388/25-sonli sinov bayonnomasiga asosan UzTR.237-016:2017 standarti, ilova № 3, p.44 bo‘yicha "Ustuvorlik va tashqi elektromagnit nurlanishga bardoshlilik (Keng polosali elektromagnit shovqinlar)" talablariga nomuvofiqlik holati aniqlangan.
🤸Elektromagnit moslashuvchanlik (EMS) – elektron qurilmalar va tizimlar o‘rtasida elektromagnit maydonlar ta’sirini minimallashtirish uchun o‘tkaziladigan muhim sinovdir. Bunday sinovlar transport vositalari uchun ham zarur, chunki elektromagnit maydonlarning avtomobil elektron tizimlariga ta’siri xavfsizlikka jiddiy ta’sir qilishi mumkin.
➡️Bundan tashqari, elektromagnit nurlanishning inson salomatligiga ta’siri ham muhim masala hisoblanadi. Tadqiqotlarga ko‘ra, yuqori darajadagi elektromagnit maydonlar organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, jumladan, asab tizimi, yurak-qon tomir tizimi va hatto saraton kasalliklari xavfini oshirishi mumkin.
🫥Shu sababli, avtomobil tanlashda xalqaro talab va standartlarga javob beradigan mahsulotlarni afzal ko‘rishni hamda avtomobil tanlashda xavfsizlik me'yorlariga rioya qilgan holda rasmiy dillerlarga murojaat qilishingizni so'raymiz.
ℹ️Unutmang, xavfsiz va sifatli transport vositalarini tanlash – siz va yaqinlaringiz hayotini himoya qilishning muhim kafolatidir.
✍️Ma'lumot o'rnida, O‘zbekistonda elektromagnit moslashuvchanlik (EMS) sinovlari O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazining Piskent tumanida joylashgan maxsus laboratoriyasida o‘tkaziladi. Ushbu laboratoriya xalqaro O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 standartiga muvofiq akkreditatsiya qilingan.
📰Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi Matbuot xizmati
Sahifamizga obuna bo‘lin
g!👇
@departamentrasmiy