O seu período de teste terminou!
Para acesso total à funcionalidade, pague uma subscrição premium
MU
Muhrim / Муҳрим
https://t.me/muhrim
Idade do canal
Criado
Linguagem
Uzbeque
0.23%
ER (semana)
82.82%
ERRAR (semana)

Gap bormi? Marhamat — @muhrimchatbot

Tijoriy takliflar uchun @Eightmediamaker’ga murojaat qiling.

Mensagens Estatísticas
Repostagens e citações
Redes de publicação
Satélites
Contatos
História
Principais categorias
As principais categorias de mensagens aparecerão aqui.
Principais menções
Não foram detectadas menções significativas.
Encontrado 59 resultados
234
51 k
2012-yili Osiyo chempioni bo‘lgan futbolchilarimiz bu yil, hujjati bo‘yicha, 29 yoshga to‘ladi (kamida bittasi aslida 31 yosh), lekin ularning 9 nafari allaqachon faoliyatini tugatibdi (shekilli). O‘ynayotganlari esa Saudiyadan Kambodjagacha bo‘lgan joylarda rizqini terib yuribdi. Shu haqda batafsil.
22.04.2025, 18:42
t.me/muhrim/2910
287
27 k
Bugun o‘smirlarimiz Diyorxon aytgan ishni qilishdi — raqibni yomon hakamiga qo‘shib yer tishlatishdi. Menimcha, mana shu narsa o‘zbekcha futbol xarakteriga aylanishi kerak, mag‘lubiyatlarga o‘rinsiz bahonalar topish emas.
20.04.2025, 20:17
t.me/muhrim/2908
Repostar
13
3.9 k
Chempionlik muborak, O‘zbekiston! Lekin men bunaqasini ko‘rmaganman. Men o‘zbek xarakteri borgan sari kuchayib borayotgani bilan ko‘proq tabriklagan bo‘lardim. Muborak bo‘lsin!
20.04.2025, 20:12
t.me/muhrim/2907
30
13 k
Bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo chempionati finalida Saudiya Arabistoniga qarshi o‘ynaydi. Agar g‘alaba qozonishsa, futbolimiz tarixida ikkinchi marta Osiyo chempioni bo‘lgan o‘zbekistonlik o‘smir futbolchilarga aylanishadi. Ilohim, chempion bo‘lishsin!

Birinchi chempionlik esa bundan 13 yil avval qo‘lga kiritilgan edi. O‘shanda Otabek Shukurov sardorligidagi o‘smir futbolchilarimiz meni ham Osiyo chempioniga aylantirishgan — menda ham futbol bo‘yicha Osiyo chempioni medali bor :) Unutilmas, dramatik musobaqa bo‘lgan. Bu haqda avvalroq yozgandim: https://t.me/muhrim/2153
20.04.2025, 14:14
t.me/muhrim/2906
25
8.6 k
31-mart kuni Toshkentning Samarqand darvozasi haqida (o‘zimcha) bir video tayyorlab, (yana o‘zimcha) Toshkentning deyarli har bir eski darvozasi atrofida har xil - tarixiy, me’moriy, ma’rifiy, adabiy, ziyorat turizmi yo‘nalishlarini ishlab chiqish mumkinligi haqida falsafa so‘qigandim. Mana o‘sha video.

Kuni kecha yana Samarqand darvoza taraflarga borib, shunaqa turistik yo‘nalishlardan birini o‘zimcha chizib ko‘rdim. Bunda ekskursiya O‘zgarish ko‘chasidagi Xo‘ja Ahmadboy masjidi oldidan boshlanib, Termiz ko‘chasidagi Abdulla Qodiriy uy-muzeyida tugadi. Yo‘l-yo‘lakay Eshonguzar masjidlari, Do‘stmuhammad qassob masjidi, Zangioat masjidi, Shom Ota sag‘anasi, Xoja Nuriddin bobo maqbarasi, Toshkent modernizmining eng yaxshi namunalaridan biri hisoblangan sobiq “Samarqand” choyxonasini ko‘r(sat)ib o‘tdim. Mana o‘sha ekskursiya videosi.

Bu - asosan O‘zbekiston hukumati tasdiqlagan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga tayanib tayyorlangan ekskursiya yo‘nalishi (yo‘nalish chizmasini bu yerda va quyida ko‘rib chiqishingiz mumkin). Bunga nomlari bir-biridan ajoyib tarixiy ko‘chalarni, bu ko‘chalardagi kamida uch asrni ko‘rgan tarixiy uylarni ham qo‘shsangiz, Samarqand darvoza taraflarning boshidan oxirigacha turizm makoni ekani ma’lum bo‘ladi-qo‘yadi.

Bundan tashqari, Samarqand darvoza qanchadan-qancha mashhur, xalqimizga xizmat qilgan, el ardog‘ida bo‘lgan kishilarga, sulolalarga vatan ham hisoblanadi. Yuqorida faqat Abdulla Qodiriy uy-muzeyi haqida gap bordi, lekin men (o‘zimcha) chizgan ekskursiya yo‘lida Said Kamolxon nomli ko‘cha ham bor edi, shu ko‘chada esa XX asr boshida yashab, ijod qilgan ma’rifatparvar Said Kamolxon Qahhorovning uyi ham bor (yodgorlik lavhasi o‘rnatilgan). G‘ulom Zafariy, Said Ahmad kabilar haqida-ku gapirmay qo‘ya qolay. Sulolalardan, yana masalan, men bilganim — Imomxo‘jayevlar.

Xullas, mana shunaqa. Vaqti-bevaqt Eski shahar mahallalarini aylanib turinglar.
20.04.2025, 08:55
t.me/muhrim/2905
17
4.4 k
Pyotr Birinchi soqolga qarshi kurashish o‘rniga yomon yo‘llarga qarshi yaxshiroq, kuchliroq kurashganida, “Rossiyaning ikkita kulfati bor — biri ahmoqlar bo‘lsa, ikkinchisi — yo‘llar”, degan gapning kamida yarmi o‘z ahamiyatini yo‘qotib ulgurgan bo‘lardi, shekilli. Ehtimol, hamma yo‘llar yaxshi bo‘lsa, mamlakatda ahmoqlar, ahmoqgarchiliklar ham keskin kamayar, kim bilsin.

Shu haqda bir videocha: https://www.instagram.com/reel/DIh8oRdt6sP/?igsh=MWRleGdzZXBjcjNs
18.04.2025, 06:03
t.me/muhrim/2904
17
4.0 k
Instagram’da Amerika prezidentlari haftaligi ochildi: kecha Tomas Jefferson, bugun Avraam Linkoln haqida videolar chiqdi. Linkoln aka 160 yil avval yozgan narsalar bugun AQShda ro‘yobga chiqqandek, go‘yo. Rossiya haqidagi gapiga-ku umuman gap yo‘q (bizga o‘xshagan putinofoblarga yoqadigan gap-da, ishqilib).

Darvoqe, Instagram’da o‘tgan haftaning mavzusi Abdulla Qodiriy edi (orada bir Temur ibn Tarag‘ay “hay!” deb qo‘yganini hisobga olmasa). Umuman olganda, aprel oyi bunday madaniy tadbirlarga boy. Masalan, hali oldinda butun boshli Chernobil haftaligi turibdi (o‘tkazib yubormaslik uchun, obuna bo’lib qo‘ying).

Bu haftalikni o‘tkazish uchun hozircha homiy yo‘q, lekin, har ehtimolga qarshi, “O‘zatom”ni hamkorlikka chorlab qolamiz: nega AES qurmaslik kerakligi haqida soha mutaxassislari bilan birga kontent tayyorlashga nima yetsin?!
14.04.2025, 16:25
t.me/muhrim/2903
83
5.5 k
Gulnora Karimova bilan 2013-yil avgustida Chirchiqdagi media-lager (yarim yilmi avval g‘azoliklar joylashtirilgan sanatoriy)da uyushtirilgan uchrashuv zo‘r bo‘lgan-da. Zo‘rligi shundaki, men bu uchrashuvdan “Kun.uz”da matnlni translyatsiya qilganman. Siz ham bir jurnalist bo‘lib shunaqa tadbirlarga boring, deb taklif qilishganda, “matnli translyatsiya qilsa bo‘ladimi?” deb so‘rasam, “bo‘lganda qandoq!”, deyishgan. O‘sha vaqtda salkam prezidentlikka da’vogar odam bilan bo‘ladigan uchrashuvdan senzurasiz, cheklovsiz, istalgan gapni yozib to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya qilish - zo‘r-ku! (bunaqasi hatto 2016-yildan keyin ham bo‘lmadi shekilli).

O‘sha uchrashuvni eslaganim sababi, o‘shanda Gulnora Karimova davlat xizmatchilarining qanday yomonligi haqida gapira turib, Akmal Saidovga, ha, o‘sha, Mehnat kodeksi bilimdoni (ehtimol, muallifi) Akmal Saidovga “siz ham bir narsa deng”, degandek so‘z bergandi. Akmal Saidov aytgan gapdan o‘shanda hayratga tushganman. U har doimgidek o‘ziga xos ayyor tabassumi, ohangi va qo‘l harakatlari bilan: “[Fridrix] Engels davlat xizmatchisi haqida nima deganini bilasizmi? „Davlat xizmatchisi – jamiyat tanasidagi parazitdir“”.

Meni o‘shanda davlat xizmatchisi hisoblangan Akmal Saidov o‘zini Gulnora Karimovaning oldida parazitga tenglashtirishdan tortinmagani emas, balki Engelsdan iqtibos keltirgani ko‘proq hayron qoldirgan, albatta. Axir u vaqtda biz yashayotgan ozod va obod Vatan 1991-yilgacha “xudo sanalgan” Marks, Engels va Leninlarni ko‘rarga ko‘zi yo‘q edi-da. Buyoqda esa mamlakatning bosh huquqshunosi, mafkurasi, g‘oyaviy yo‘nalishi me’morlaridan biri yoshlar oldida Engelsdan iqtibos keltirib o‘tirsa. Tavba, tavba!

Lekin, tan oling, Engels topib aytgan-a? “Davlat xizmatchisi - jamiyat tanasidagi parazit”. Mayli, hammasi ham shunaqa emasdir. Lekin shunaqalari bor-da. Taxminimcha, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida ham bor. O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash uchun qilinishi kerak bo‘lgan minglarcha ish bor. Xususan, axborot yetkazish masalasida ham. Masalan, yo‘l-transport hodisalari haqidagi axborotni ochiq va muntazam beradigan mobil dastur qilsa bo‘lardi - uning ma’lumotlari asosida jamoatchilik YHXXning o‘ziga “YTH o‘choqlari”ni yo‘qotish bo‘yicha yordam berishi mumkin edi.

Yoki, undan ham osonroq ish bor - qayerda qanday kamera, qanday radar turibdi, u qanday qoidabuzarliklarni qayd etadi - shuni muntazam, onlayn vaqt rejimida yangilanadigan reyestr qilib qo‘yish mumkin (Xushnud allaqachon taklif qilgan bu g‘oyani). Juda oson ish. YHXX shu ishni qilsa, antiradarga ham hojat qolmaydi: “Yandeks.Xarita”ga o‘xshash xizmatlar o‘sha reyestr asosida o‘z xaritalarini doimiy yangilab, YHXXning elektoratiga katta yordam qiladi.

Lekin - yo‘q. YHXXdagi Engelsning ta’rifiga mos ayrim davlat xizmatchilari yo‘q joydan muammo yasaydi: binoyidek ishlab turgan, xalq o‘rgangan, qaysidir ma’noda haydovchilarning og‘irini yengil qilayotgan mobil dastur (“Road24”) o‘rniga “o‘zining” (chalajon) mobil dasturi (“SafeRoad”)ni ishlab chiqadi. Bunaqa misollarni boshqa soha va tarmoqlarda ham topsa bo‘ladi. Engels parazitlik (zararkunandalik) deganda mana shunaqa ishlarni nazarda tutgan bo‘lsa kerak: na o‘zing tuzuk ishlaysan, na boshqalarning ishlashiga qo‘yasan.

Hay, ayrim davlat xizmatchilari bilan bog‘liq masalani tushunib oldik. Endi, “Road24”ning bayonoti haqida ham bir chimdim. Ular aytyaptiki, davlat tashkiloti (ayni vaziyatda - IIV va YHXX) barcha uchun teng imkoniyatlar yaratish o‘rniga “kuchli aloqasi va qarindoshlik munosabatlari borlarga “imkon” bermoqda”. Va shu tariqa xulosa qilyapti: “Eski zamonlar qaytdi”. Lekin nega shu vaqtgacha “Road24”dan boshqa biror mobil dasturda bu jarimalarni ko‘rib bo‘lmasdi? “Road24”ning o‘zi bu “imkon”ni qanday qo‘lga kiritgan? Qiziq.

“Road24”ning bayonotidagi bir gapga qo‘shilaman: barcha uchun teng imkoniyat yaratilishi kerak. Darvoqe, Akmal Saidov 2013-yil 22-avgustda eslagan iqtibosga ham qo‘shilaman.
14.04.2025, 15:34
t.me/muhrim/2902
13
8.0 k
1000KITOB podkastining oxirgi soni 2024-yil 30-noyabr kuni chiqqandi. Shu bilan qishki uyquga ketgandi, mana, bahor kelib, eng oxirgilardan biri bo‘lib uyg‘ondi. Eldar Asanov loyihani qay ko‘yga solayotganini ko‘rib, bilib oling: https://youtu.be/p-huzt3nlmw?si=c-oectJruH8MdfP1
14.04.2025, 13:25
t.me/muhrim/2901
17
6.9 k
Birinchi o‘zbek kosmonavti Sodiqjon Qurbonovga bag‘ishlanadi https://www.instagram.com/reel/DIWaFaStNAU/?igsh=MXVqYWI4MHp1OWJzMg==
12.04.2025, 17:55
t.me/muhrim/2900
9
3.6 k
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida poliglot deputatlar ham bor ekan.

Deputat Ulug‘bek Shermatov yaqinda Toshkentda o‘tgan Parlamentlararo ittifoq assambleyasida yaponiyalik mehmonlar bilan yaponcha, boshqalari bilan ingliz tilida bemalol muloqot qilibdi. Qiziq.
12.04.2025, 17:25
t.me/muhrim/2899
38
37 k
Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga transferi e’lon qilinganida o‘zimga ham tushuntirib berolmaydigan darajada xursand bo‘lib yurdim-da, vaholanki, na issig‘i, na sovug‘i bor. Lekin og‘zim qulog‘imda, qandaydir g‘ururmi, qoyil qolishmi, nimadir bor-da.

1961-yil 12-aprel kuni Gagarin kosmosga uchgani ma’lum bo‘lganida ham odamlarda shunday (bundan kuchliroq) hissiyotlar kechgan bo‘lsa kerak. Shu haqda bir videocha: https://www.instagram.com/reel/DIVECEki4Qc/?igsh=M2Y3OHplajQwZDJ3
12.04.2025, 06:41
t.me/muhrim/2898
140
7.7 k
Shu, pampers masalasida.

Qizil “Haggis”ning qizlar uchun mo‘ljallangan 4-o‘lchamlisi yo‘qolib qoldi. 3-o‘lchamlisi bor, 5-o‘lchamlisi ham bor, aynan 4-si yo‘q-da. “Elit soft” turining ham, arzonrog‘ining ham. Hech qayerda yo‘q. “Korzinka”da ham (har holda, ikki kun avval yo‘q edi; qizimning tengdoshlari bunchalik ko‘pligini bilmagandim).

Samarqand darvoza tarafdagi bir do‘konda doim bo‘lardi, ham nisbatan arzonroq; yo‘q, u yerda ham yo‘q. Do‘kon egasidan so‘radim: “Nega yo‘qolib qoldi shu, Korzinkada ham yo‘q?”, deb. “O‘zi bor, yetkazib beruvchining omborida turibdi, faqat sertifikatsiyasi cho‘zilib ketdi, – deydi. – Korzinkada uch oylik zaxira bo‘lishi kerak edi, lekin bu safar ular ham eplay olmay qoldi”.

“Bolalarning pampersiga yopishgan tirraqilar iloyo chicholmay qolsin”, – deb qo‘ydim. Bu qarg‘ish do‘konchiga ham ma’qul keldi, shekilli. Ko‘ngillar biroz yorishdi. Axir bu sharafsiz ochofatlar, ularning rahnamolari va texnik ko‘makchilariga qarshi boshqa chora yo‘q. Teshib chiqsa kerak qachondir.

Venesuelada ham pampers muammosi bor, deyishadi. Lekin Venesuelaga qarshi AQSh va uning sheriklari son-mingta sanksiya qo‘ygan, importini cheklab tashlagan. Xullas, u yerdagi bolalarning sifatli pamperssiz qolib ketishiga sababchi “haqiqiy dushman” bor. Tashqi dushman u. “Mana shularni deb biz shu ahvoldamiz”, deb xalqni chalg‘itsa bo‘ladi (chunki aslida muammo AQShda emas, avtobus haydovchisida).

Bizning ahvol esa og‘irroq — chalg‘itish uchun foydalansa bo‘ladigan tashqi dushmanimiz ham yo‘q. Hamma dushmanlarimiz — ichimizda.
9.04.2025, 11:48
t.me/muhrim/2897
11
5.1 k
“Shoshtepa”ni aylanish vaqtida videoga olishdan boshqa narsalar ham xayolga kelgandi. Avvalo, kishining havasi keladi. Keyin, bizning “Yurtobod”da ham shu - “Shoshtepa”nikiga o‘xshash saylgoh qilgulik joylar bor edi, shekilli.

Masalan, eski garaj xo‘jaligi bor edi. Katta. Lekin uni yo 2016-yili, yo 2017-yili “o‘rniga ko‘p qavatli avtoturargoh qurib beramiz” deb buzishdi (o‘shanda shaharda shunaqa “epidemiya” tarqalgandi); u yerda Yunusobod-19 mavzesining shu qismida yashovchi qanchadan-qancha odamning moshinasi turar, moshinasi yo‘q yana qanchadan-qancha odamning garaji bor edi, shekilli.

Bu joy bir-ikki yil vayron bo‘lib yotdi, keyin bir chekkasida to‘rt qavatli klinika qad ko‘tardi. Keyin uning ortida to‘qqiz qavatli “dom” paydo bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay, xususiy bog‘cha ham. Hozir yana ikki-uchta to‘qqiz qavatli uy qursa bo‘ladigan joy bo‘sh turibdi. Ammo Toshkent hokimi Rahmonbek Usmonovning va’dasi: “Bu yerda ko‘p qavatli avtoturargoh bo‘ladi”, edi.

Oxirgi ikki-uch yilda moshina sezilarli ko‘paydi. Uch-to‘rt yil avval “dom”imiz oldidagi avtoturargohda doim bir necha bo‘sh joy qolardi - hozir umuman joy yo‘q, to‘la, hatto toshib chiqib, asta chetdagi yashil hududlarni egallay boshlayapti. Mahallalar ichidagi har bir bo‘sh joy betonlashtirilib, avtoturargohga aylanish xavfi ostida.

Agar o‘shanda va’da qilingan avtoturargoh qurilganida, kim bilsin, hozir “Shoshtepa”dagidek saylgohni biz tarafda ham qursa bo‘lardi. Umuman olganda, hozir ham saylgohimiz yo‘q emas. Lekin “Shoshtepa”nikidek katta va u yerdagidek qulayliklar, sharoitlar yo‘q. Masalan, skameyka - qariyb anqoning urug‘i; bolalar maydonchasi kattalar uchun xavflidek ko‘rinadi.

“Bir bo‘sh joyga uch qavatli klinika ham qurib olishgan, katta avtoturargohi bilan”, deb negativchilik qilmoqchi edim, lekin, adolat nuqtayi nazaridan, uning yonidagi mitti xiyoboncha ham, buyoqdagi – bolalar qayerda futbol o‘ynashini bilmay, vaqti-vaqti bilan bostirib kirib turadigan — yashil hudud ham o‘sha klinika sharofati, shekilli. Lekin shundoqqina yoningdagi “Shoshtepa”dagi sharoitlarni ko‘rganingdan keyin, odamsan-ku, iching qizirkan-da.

Mayli, “Shoshtepa” - bu umuman respublika darajasidagi favqulodda hodisa, uning bunday “vayvo‘” bo‘lib ketishining subyektiv sabablari bor (u sabablarni keyinroq esdalik lavhasi qilib osib qo‘ysa ham bo‘ladi). Boz ustiga, yuqorida yozganimdek, bizda bunday katta saylgoh qilish mumkin bo‘lgan joylarga ancha-muncha narsa qurib bo‘lingan. Buzish shart emas. Umuman, hech narsani o‘zgartirish ham shart emas, shekilli.

Faqat bir narsa — “Yurtobod”dagi har bir hovli ahli ham ham odam tortinmay o‘tirgisi keladigan skameykalar (beton o‘rindiq emas, rostakam skameyka), xavfsiz bolalar maydonchalari, moshinalar kira olmaydigan xavfsiz orom hududlariga loyiq. Lekin bu shunchaki mahalla rahbariyatining xohish-istagi bilan bo‘lib qoladigan narsa emas. Shu bilan birga, qaysidir kotakon kelsa-kelmasa har mahalla hovlilarida mana shunday sharoitlar bo‘lishi kerak, manimcha.

PS. Tadbir o‘tgach, “Shoshtepa”ga qo‘yilgan va o‘rnatilgan narsalar qaytarib olib ketilmaydi, deb ishonaman. Biz ham oilaviy borib, aylanib turamiz, Xudo xohlasa. Har qalay, Yunusobodda bunaqa sokin va xavfsiz joylar unchalik ham ko‘p emas.
8.04.2025, 13:22
t.me/muhrim/2896
19
4.0 k
Kecha bizga qo‘shni - “Shoshtepa” mahallasiga yo‘lim tushib qoldi. Bu mahallaning markazini o‘tgan yildan beri “tashrif”ga tayyorlashadi. Bir kirib aylandim, havasim keldi - moshina kirolmaydigan, bolalar bemalol yuradigan hudud qilingan, hammayoqqa, har bir pod’ezd oldiga skameykalar qo‘yilgan, bolalar uchun ham bir necha o‘yingoh bor. Xullas, zo‘r.

Shunga bir havasim kelib, “vayvo‘”lab, bir nafasda videocha olib, avval Instagramda storisga, keyin Telegramdagi “A’zamxo‘jayev” kanalimga qo‘ygandim. Bugun bilsam, u video kechaning o‘zida Telegramdagi yuz ming-millionlik auditoriyali kanallarga chiqqan ekan, Instagramda tavsiyalarga chiqib ketibdi.

Masalan, Instagramdagi bir sahifada hozirgacha 300 mingdan ortiq ko‘rilibdi, layklar 20 mingdan ortiq. Do‘stu tanishlar, hamkasblarning qanchasi “mahallamizning Telegram-guruhida ovozingni eshitdik”, deb o‘zim olgan videoni o‘zimga yuborishdi. Bir tomondan, odam xursand bo‘larkan - qiziq narsani ko‘rib, eplab ko‘rsata olsang, ko‘rarkan-da odamlar.

Boshqa tomondan, “Nega shu videoni kecha o‘zim Instagramda rils qilib qo‘ymadim?”, degan savol xayolda aylanyapti. Lekin bu ham aslida ko‘p o‘ylanadigan narsa emas. Birinchidan, nasib qilgani, buyurgani. Ikkinchidan, mening Instagram sahifamda bu video, ehtimol, bunchalik ko‘rilmasdi, bunchalik ommalashmasdi.

Mualliflik huquqi masalasida, ya’ni, yo‘q narsalar haqida gapirishga hojat yo‘q 🙂 Bu voqeadan olgan saboqlarimdan biri – videoda “vayvo‘”dan tashqari biror yozuvli dastxating ham bo‘lishi kerak ekan. Kelasi safar inobatga olamiz.

Umuman, Instagram qiziq ekan, menga yoqyapti 🙂
8.04.2025, 12:54
t.me/muhrim/2895
9
9.2 k
Assalomu alaykum, yaxshimisiz? :) Davomi bu yerda: https://www.instagram.com/muhrim
8.04.2025, 05:33
t.me/muhrim/2894
32
7.4 k
Ruanda bugun Afrikaning eng tez rivojlanayotgan mamlakatlaridan biri. Ammo bundan 31 yil avval u yerda genotsid boshlangan edi - xutu elati tutsilarni qira boshlagan. 100 kunda 800 ming odam o‘ldirilgan. Dunyo bu hodisani asosan tomoshabin sifatida kuzatgan (xuddi hozirgi kundagi genotsidlarda bo‘lgani singari). Bugun Instagram’da shu voqea haqidagi eng mashhur kitoblardan biridan bir kichkina parcha o‘qidim. Ehtimol, qiziq bo‘lar: https://www.instagram.com/muhrim/reel/DIIOrzjCGrD/
7.04.2025, 17:19
t.me/muhrim/2893
13
3.3 k
Bolaligimda bir davr bo‘lgan - qaysi radiokanalga qo‘yma (ha, biz kichkinaligimizda yotvolib “Sezamu” “Hamroh”larni eshitardik, nonushta “Oriat Dono”ning samimiy dasturlari bilan o‘tardi), hammasida yo “Ëmg‘iiiir, yooog‘ardi tinmay…”, yo “Lola, lola-la-lu-la…” degan qo‘shiq.

“Sahar” mana shunaqa mashhur edi. Menga bu ikkisidan ko‘ra “Omadsiz kun” degan ashulasi ko‘proq yoqqan (kassetaga ham yozib olgandim), hozir ham pleylistimda bor, zo‘r qo‘shiq. Eng qizig‘i, guruh shunchalik mashhurligiga qaramay, deyarli pulsiz bo‘lgan ekan.

O‘zingiz o‘ylang, “Omadsiz kun” degan qo‘shiq nafaqat nolinchi yillarning boshidagi, balki hozirgi zamonaviy to‘ylar uchun ham sal noqulayroq-da. Ha, to‘y kuni ham kimdir uchun omadsiz bo‘lishi mumkin, lekin baribir bu haqda to‘yning o‘zida aytib bo‘lmaydi-da 🙂

Xullas, guruh solisti Anvar Jo‘rayev to‘yga chiqmay pul topish uchun Qozog‘istonga chiqib ketgan ekan. “Mahallalar musiqasi”ga bergan intervyusida u nega 10 yildan ko‘proq vaqt o‘tib O‘zbekistonga qaytgani, nolinchi yillar boshida mintaqada eng zo‘r bo‘lgan o‘zbek shou-biznesi nega hozir Qozog‘istonnikiga yaqin ham kela olmayotgani, nega Tashkent City uning o‘rnida bo‘lgan eski O‘qchi mahallasidan ko‘ra yaxshiroq ekani haqida gapirgan.

U aytgan bitta gapga qo‘shilmay iloj yo‘q - “O‘zbekkonsert”ni tugatish, konsert-tomosha faoliyatidagi senzurani yo‘qotish kerak. Aynan senzura sabab to‘y va marosimlar sanoati butun shou-biznesimiz uchun Quyoshga aylanib qolgan, chunki boshqa har qanday ijod yo taqiqda, yo ta’qibda. Anvar Jo‘rayevning fikricha, senzura yo‘qolishi bilan sifat ham, xilma-xillik ham birdan ko‘payadi. Bu fikr ijodning boshqa sohalari uchun ham mos tushaveradi.
3.04.2025, 09:24
t.me/muhrim/2892
13
3.5 k
Biz “Gazeta.uz”da Yandex Music bilan hamkorlikda “Mahallalar musiqasi” nomli bir loyiha boshlaganmiz. Unda mashhur kishilar bilan birga ular piyoda aylanishni yaxshi ko‘radigan joylarda birga sayr qilamiz.

Loyiha doirasidagi birinchi material “Konsta” taxallusi ostida ijod qiluvchi reper Sharif Abdullayev bilan bo‘ldi. U bilan birga aylanib, o‘zim uchun Gulistonni kashf etdim. Aksar shaharlarimiz bir qarashda kichik va bir-biriga o‘xshashdek ko‘rinsa ham, u yerda yashaydigan odamlar bilan gaplashsang, ichkariroq kirganing sari, nafaqat bu shaharlarning o‘zi, balki har bir mahallasi, ko‘chasi, burchagi ulkan bir olam ekanini yana bir bor anglaysan.

Guliston ham shunday. “Gulistonga ham borasanmiye, nimasi qiziq uning?”, deyishi mumkin birov. Konstaning o‘zi ham “sal tushkunroq shahar”, deb ta’rifladi. Ammo odamlar u yerda yashashda davom etyapti-ku, hammasi ham noilojlikdan yashamaydi-ku u yerda. Ha, u Dubay emas, Buxoro ham emas, Farg‘ona ham emas. Lekin u tirik, jonli, “aytadigan gaplari” bor. Shunchaki bu shaharni men yaxshi bilmayman, ko‘pchiligimiz yaxshi bilmaymiz.

Mana shu bilimsizligimni tugatish uchun Gulistondan, umuman, Sirdaryo viloyatidan hikoyalar tayyorlashni rejalashtirib qo‘ydim. Bu rejalar qanchalik tez ro‘yobga chiqadi, bilmadimu, lekin hozircha Konstaning Gulistoniga taklif qilishim mumkin.

PS. Darvoqe, shu material chiqqach, Konstaning Lamborghini'lar o‘tolmaydigan ko‘chasini ta’mirlash ishlari boshlanga edi (oxiri nima bo‘ldi, bilmadim).
3.04.2025, 07:25
t.me/muhrim/2891
41
3.9 k
Andersenning “Qirolning yangi libosi” ertagi haqida video tayyorlash bahona o‘zim uchun ikkita yangi narsani bilib oldim. Kichik kashfiyotchalar, desa ham bo‘ladi.

Birinchi yangilik shu bo‘ldiki, internetning o‘zbek segmentida bu ertak tarjimasining tayinli matnli ko‘rinishi bo‘lmagan ekan. Shu vaqtgacha. Audioversiyasi bor (pullik), lekin matni yo‘q. Andersen ertaklarining oxirgi 10-15 yilda chiqqan o‘zbekcha to‘plamlarida ham yo‘q. Axir kelib-kelib shu ertak tarjima qilinmagan bo‘lishi mumkin emas-ku.

Oxiri 1947-yili chiqqan “Ertaklar”dan topdim ertakni. Audioversiyasida ham O‘zbekiston xalq artisti Dilorom Karimova aynan shuni o‘qigan ekan. Endi bu matn internetda ham bor - mabodo o‘qigingiz kelib qolsa, siz ham mendek qiynalib yurmang deb, har balolar saqlanadigan makonga joylab qo‘ydim. Marhamat!

Ikkinchi kashfiyotcham haqida o‘ylasam, hozir ham xuddi bir zo‘r xazina topib olgan odamdek xursand bo‘lib ketyapman. Milliy kutubxonaning sayti interfeysi g‘alatiroq, lekin kontent jihatda zo‘r. Faqat undan foydalanishni bilish kerak. Agar shu Andersen bo‘lmasa, ehtimol, men hali ham foydalanishni bilmayotgan bo‘lardim.

Xullas, 1947-yilgi o‘zbekcha to‘plam borligini Milliy kutubxona saytidan bildim. Keyin u kitobni olib ko‘rish uchun Milliy kutubxonaga bordim. U yerda kutubxonachi so‘rovimni kompyuterida tekshirib, bu kitobning asl matni bazada bor ekani, kitobning o‘zi chiqqunicha kompyuterda kitob bilan tanishib turish mumkinligini aytdi.

Buning uchun qidiruv vaqti chiqqan natijalar orasidan “Asl matn”li kitoblarni izlash kerak ekan. Shundan so‘ng “Asl matn” degan yozuv ustiga bossangiz, butun boshli kitob “labbay” deb chiqib kelarkan. Buning uchun kutubxonaga borish ham shart emas, internet bo‘lsa kifoya - uydan o‘tirib ham o‘qiyverasiz. Shugina narsani shu vaqtgacha bilmasdim.

Anchadan beri izlab yurgan bir-ikki kitoblarim bor edi - qidirsam, ular ham bus-butun chiqib keldi. O‘sha lahzada qanchalik xursand bo‘lganimni ko‘rsangiz edi! Oltin vasvasasiga uchragan kishilar katta tilla topib olsa, esini yo‘qotadi-ku, taxminan shunday ahvolda edim-da. Menga shu narsani o‘rgatgani uchun kutubxonachi opaga rosa rahmatlar aytdim.

Hozir ham rahmat aytaman - opaga ham, shunday baza qilib qo‘ygan Milliy kutubxonaga ham! Taxminan oxirgi 8-9 kundan beri Instagramda rilschilik bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsam, o‘zim uchun kamida bitta zo‘r foydani olib bo‘ldim.
3.04.2025, 06:47
t.me/muhrim/2890
12
3.5 k
Samarqand darvoza ko‘chasida mana shunaqa ramziy darvoza bo‘lardi. Bir eski video bahona bo‘lib, kecha o‘sha yerga borib keldim. Birinchi videohisobot — Instagramda: https://www.instagram.com/reel/DH3u8fattHK/?igsh=MWluNnFra2V3MTE3eQ==
1.04.2025, 06:04
t.me/muhrim/2889
29
3.8 k
Kecha Instagramda Putin O‘zbekiston prezidentini tarixda birinchi marta Navro‘z bilan tabriklagani va bu mavzuda (u) kimdan ibrat olishi kerakligi haqida bir video qo‘ygandim (kiringlar, ko‘ringlar, layk qo‘yib, albatta komment ham yozinglar). Fursatdan foydalanib, bu mavzuga o‘zi qanday kirib qolganimni bayon qilib bermoqchiman.

Oxirgi prezident saylovidan keyin prezidentga qaratilgan (kamsonli) xorijiy tabriklar bilan tanisha turib, chet davlat va hukumat rahbarlari O‘zbekistonga qachon, qanday bahonalar bilan tabriklar yo‘llashiga qiziqib qolgandim. Ha, salkam ikki yil avval. O‘zimga qiziqroq mana shunday mayda-chuyda mavzularga sho‘ng‘ish odatim bor; tarki odat - amri mahol.

Bu yo‘nalishda eng yaxshi ochiq manba va ma’lumotlarning eng yaxshi ombori - bu prezident matbuot xizmatining sayti. U yerda prezident nomiga kelgan va ommaga oshkor qilingan deyarli barcha tabriklar haqida ma’lumot topsa bo‘ladi (lekin, taxminimcha, oshkor qilinmaydiganlari ham bor, “qutlovlar kelishda davom etmoqda”, degan papka ichida).

Mana shu ma’lumotlar asosida bir-ikki “kashfiyot” qildim; o‘zi bular kashfiyot ham emas, shunchaki avval e’tibor bermaganman, xolos. Boshqa ko‘pchilik ham e’tibor bermaydi.

Shunday qilib, chet davlat va hukumat rahbarlari O‘zbekistonni yil davomida asosan besh bahona - Yangi yil, Navro‘z, Ramazon Hayiti, Qurbon Hayiti va Mustaqillik bayrami bilan tabriklar ekan (darvoqe, Ramazon kirib kelishi ham bor). Yon atrofdagi qo‘shni mamlakatlar, diniy va milliy jihatdan bizga yaqin Turkiya, Eron, Ozarbayjon, Pokiston kabilardan beshala bayramda ham tabriklar kelarkan (bu ro‘yxatga yana bir kutilmagan va Putinga ibrat davlatni qo‘shish mumkin).

Eng asosiy milliy bayramimiz - Mustaqillik kuni va xalqaro darajadagi eng katta bayram - Yangi yilda butun dunyodan tabriklar kelarkan. Bu bayramlarda kelgan qutlovlarga qarab siyosiy geografiyani ham o‘rganish mumkin - qaysi davlatda qanday siyosiy tuzum hukmron, kim boshliq, degandek. Tabriklar ko‘pligi bo‘yicha keyingi bayram - Navro‘z. Masalan, Xitoy Navro‘zda ham tabriklarkan (ehtimol, xitoycha Yangi yil tabrigi uchun javob bo‘lsa kerak).

Undan keyin - Hayitlar. Mana shu joyida O‘zbekistonni yuqorida sanalgan deyarli har bir bayramda tabriklaydigan kutilmagan mamlakat nomini aytsa bo‘lar. Bu — AQSh. To‘g‘ri, Bayden davrida Hayitlarda tabriklar keldimi-yo‘qmi, bu haqda administratsiyamiz axborot bermagan. Lekin undan avvalgi davrda bir Ramazon Hayitida, bir Qurbon Hayitida qutlov kelib turgan. Navro‘z, Mustaqillik va Yangi yil tabriklarida esa deyarli uzilish yo‘q.

Rossiya esa 2025-yilgacha biror marta tabriknoma yuborib Navro‘z bilan tabriklamagan (Hayit haqida-ku gapirmasa ham bo‘ladi). Vaholanki, Navro‘z AQShdan ko‘ra aynan Rossiyaga yaqinroq. Birinchidan, Rossiyada Navro‘zni nishonlaydigan millionlab aholi, butun boshli respublikalar va millatlar bor. Ikkinchidan, undan janubdagi barcha davlatlar (ta’bir joiz bo‘lsa, uning eng yaqin hamkorlari)da Navro‘z - milliy bayram. Shu jihatdan Putin 2025-yilgacha Navro‘z bilan hech tabriklamagani menga g‘alati ko‘ringandi, ham yangilik bo‘lgandi.

Putinning u yoki bu bayram bilan tabriklashi shunchalik muhimmi, deyishingiz mumkin. Menga-ku farqi yo‘q, ma’lumot va xulq-atvor nuqtayi nazaridan qiziq, xolos. Lekin, umuman olganda muhim, shekilli. Bo‘lmasa, bor-yo‘g‘i birinchi marta tabriklashiga qaramay, bu yilgi qutlovlar ro‘yxatida Putinni birdan birinchi o‘ringa, har yili Navro‘z bilan tabriklaydigan AQSh prezidentini uchinchi o‘ringa qo‘yishmasdi-ku (o‘zi AQSh tabrigi shu vaqtgacha ham bu ro‘yxatda ikkinchi turardi - Xitoynikidan keyin).

Nega bunday ro‘yxatlarda Rossiya bir, Xitoy ikkinchi va AQSh uchinchi o‘ringa qo‘yiladi? Bu, ehtimol, sovet an’analari hamda bu an’analarni mahkam ushlagan va hatto Sergey Dovlatovning boshini qotirgan sovetcha muharrirlar hali ham ishlayotgani bilan bog‘liqdir, kim bilsin. Qanday an’ana, qanaqa muharrir, kim u Sergey Dovlatov, deysizmi? Davletovuzdan so‘rang 😉
30.03.2025, 09:15
t.me/muhrim/2888
5
3.8 k
Ramazon Hayiti muborak bo‘lsin!
30.03.2025, 05:25
t.me/muhrim/2887
9
2.8 k
Tunov kuni Instagram’da O‘zbekistonning Karimovdan avvalgi prezidentlari (yoki “prezident”lari) haqida bir video qo‘ygandim. Unda “birinchi prezident” Yo‘ldosh Oxunboboyevning o‘limidan so‘ng G‘afur G‘ulom unga bag‘ishlab marsiya yozgani haqida ham aytilgandi. Bir kishi o‘sha she’r haqida so‘ragan ekan, uning matnini quyida keltiraman (she’r G‘afur G‘ulomning mukammal asarlari to‘plamining 1984-yili nashrdan chiqqan 2-tomidan (pdf) olindi).

ALVIDO

(O‘rtoq Oxunboboyev xotirasi)

Uyasin tark etgan mahzun bulbulday,
Chamandan uzilgan parishon gulday,
Oradan yo‘qoldi qadrdon ota,
O‘zbekka jonajon, mehribon ota,
O‘lim bolishiga qo‘yildi boshi,
Xusufga uchradi umrin quyoshi,
Yig‘lamoq odatim yo‘q erdi, ammo,
Yig‘lamay bo‘larmi bu motam aro?

Yig‘lamoq qayg‘uni yumshatar, balli,
Ko‘z yoshi motamga berar tasalli.
Obod Farg‘onaning chaman bog‘idan,
Sehrli Farhodning yuksak tog‘idan,
Buxoro, Xorazm yiroq yog‘idan,
Ko‘klamda o‘lkamning sahar chog‘idan —
Nasimday nafasing bizga kelajak.

Har aziz keksaning mushfiq pandida,
Halima avjining eng balandida,
She’rimning sho‘x satri, tannoz bandida,
Har usta notiq ham orzumandida,
Sening burro tiling so‘zga kelajak.

Ishchi pok uyida olar ekan dam,
Go‘yo, yer nonini sen bilan baham,
Kolxozchi yeriga qo‘yar ekan suv,
Ko‘zguday bo‘ladi senga ro‘baro‘.
Uning to‘q xonasi sendan minnatdor,
Bu baxt kitobida sening imzong bor,
Gigant binolarda bu sarvqomat
Qaddingga tavoze qiladi albat.
Qo‘lingdan o‘tmishdir har bitta xishti.
Rahmat der o‘zbekning o‘n yetti pushti.

Soddayu ulug‘vor, oddiy, ammo haq,
Munosib sifatlar senda, muhaqqaq,
Barisi sen osha bizlarga meros,
Bu xislat haqiqiy kommunistga xos...

Ey, bizning birinchi raisi jumhur,
Ismingdan o‘zbekning sha’niga g‘urur.
Do‘stlarning bazmida xandon pech-bapech,
Dushman qarshisida beomon qilich,
Yoshlarga chin padar beradi o‘git,
Ëvlarning bo‘ynini uzishga burgut,
Dilida doimo yagona armon:
«Eng so‘nggi fashist ham topmasin omon
Leninga qadamjo bo‘lgan bu o‘lka
Ustiga tushmasin mash’um ko‘lanka,
Sovetlar Vatani barqaror bo‘lsin,
Partiya bayrog‘i poydor bo‘lsin» —
Niyating o‘rinlar, e mushfiq padar,
O‘zbek tomirida qon yurgan qadar,
Bizda boqiy qolur meros — intiqom,
Qilamiz Gitlerni tez kunda tamom...
Yurtimiz bo‘ladi qaytadan bo‘ston,
Bu kurash million yil tillarda doston,
Mag‘rur va muzaffar qabringga kelib,
Tavoze qilamiz ikki bukilib,
Jangovar o‘g‘ilmiz, bizdan bo‘lgil shod,
Tinch uxla, g‘azabga o‘rgatgan ustod.

Sevganing Farg‘ona, yering Samarqand,
Sen orzu qilgandek, gullar necha chand,
Sen boshlab, bitkazmay ketgan imorat,
Mo‘ljal qilganingday bo‘lar mahobat.

Tezroq bita qolsa, deganing Farhod,
Shirin dostonlarda qilar seni yod.
Ardoqli Toshkent senga poytaxt,
Boshiga nur sochar doim uning baxt,
Qadrli Vataning va aziz xalqing
Seni hech unutmas, bu hurmat haqqing,
Shu Vatan, shu xalqing saodati-chun,
Umrlar baxtiyor halovati-chun,
Dilingda saqlagan minglarcha tilak
Jobajo bo‘lajak o‘ylaganingdek.
Bu yerda sen bizga doimo takror
Qilganing qaysiki millatlardan bor,
Yashagay bir-birga do‘st-jonajon,
Ey dili uyg‘og‘u sokit, otajon.

Yo‘ldosh otamizdan ayirdi o‘lim,
O‘z eski hukmini buyurdi o‘lim.
Ko‘zimiz yosh aro, dilimizda dog‘,
Alvido, qadrdon ota, alvido!

1944
28.03.2025, 18:52
t.me/muhrim/2886
11
3.4 k
Tunov kuni Instagram’da O‘zbekistonning Karimovdan avvalgi prezidentlari (yoki “prezident”lari) haqida bir video qo‘ygandim. Unda “birinchi prezident” Yo‘ldosh Oxunboboyevning o‘limidan so‘ng G‘afur G‘ulom unga bag‘ishlab marsiya yozgani haqida ham aytilgandi. Bir kishi o‘sha she’r haqida so‘ragan ekan, uning matnini quyida keltiraman (she’r G‘afur G‘ulomning mukammal asarlari to‘plamining 1984-yili nashrdan chiqqan 2-tomidan (pdf) olindi).

ALVIDO

(O‘rtoq Oxunboboyev xotirasi)

Uyasin tark etgan mahzun bulbulday,
Chamandan uzilgan parishon gulday,
Oradan yo‘qoldi qadrdon ota,
O‘zbekka jonajon, mehribon ota,
O‘lim bolishiga qo‘yildi boshi,
Xusufga uchradi umrin quyoshi,
Yig‘lamoq odatim yo‘q erdi, ammo,
Yig‘lamay bo‘larmi bu motam aro?

Yig‘lamoq qayg‘uni yumshatar, balli,
Ko‘z yoshi motamga berar tasalli.
Obod Farg‘onaning chaman bog‘idan,
Sehrli Farhodning yuksak tog‘idan,
Buxoro, Xorazm yiroq yog‘idan,
Ko‘klamda o‘lkamning sahar chog‘idan —
Nasimday nafasing bizga kelajak.

Har aziz keksaning mushfiq pandida,
Halima avjining eng balandida,
She’rimning sho‘x satri, tannoz bandida,
Har usta notiq ham orzumandida,
Sening burro tiling so‘zga kelajak.

Ishchi pok uyida olar ekan dam,
Go‘yo, yer nonini sen bilan baham,
Kolxozchi yeriga qo‘yar ekan suv,
Ko‘zguday bo‘ladi senga ro‘baro‘.
Uning to‘q xonasi sendan minnatdor,
Bu baxt kitobida sening imzong bor,
Gigant binolarda bu sarvqomat
Qaddingga tavoze qiladi albat.
Qo‘lingdan o‘tmishdir har bitta xishti.
Rahmat der o‘zbekning o‘n yetti pushti.

Soddayu ulug‘vor, oddiy, ammo haq,
Munosib sifatlar senda, muhaqqaq,
Barisi sen osha bizlarga meros,
Bu xislat haqiqiy kommunistga xos...

Ey, bizning birinchi raisi jumhur,
Ismingdan o‘zbekning sha’niga g‘urur.
Do‘stlarning bazmida xandon pech-bapech,
Dushman qarshisida beomon qilich,
Yoshlarga chin padar beradi o‘git,
Ëvlarning bo‘ynini uzishga burgut,
Dilida doimo yagona armon:
«Eng so‘nggi fashist ham topmasin omon
Leninga qadamjo bo‘lgan bu o‘lka
Ustiga tushmasin mash’um ko‘lanka,
Sovetlar Vatani barqaror bo‘lsin,
Partiya bayrog‘i poydor bo‘lsin» —
Niyating o‘rinlar, e mushfiq padar,
O‘zbek tomirida qon yurgan qadar,
Bizda boqiy qolur meros — intiqom,
Qilamiz Gitlerni tez kunda tamom...
Yurtimiz bo‘ladi qaytadan bo‘ston,
Bu kurash million yil tillarda doston,
Mag‘rur va muzaffar qabringga kelib,
Tavoze qilamiz ikki bukilib,
Jangovar o‘g‘ilmiz, bizdan bo‘lgil shod,
Tinch uxla, g‘azabga o‘rgatgan ustod.

Sevganing Farg‘ona, yering Samarqand,
Sen orzu qilgandek, gullar necha chand,
Sen boshlab, bitkazmay ketgan imorat,
Mo‘ljal qilganingday bo‘lar mahobat.

Tezroq bita qolsa, deganing Farhod,
Shirin dostonlarda qilar seni yod.
Ardoqli Toshkent senga poytaxt,
Boshiga nur sochar doim uning baxt,
Qadrli Vataning va aziz xalqing
Seni hech unutmas, bu hurmat haqqing,
Shu Vatan, shu xalqing saodati-chun,
Umrlar baxtiyor halovati-chun,
Dilingda saqlagan minglarcha tilak
Jobajo bo‘lajak o‘ylaganingdek.
Bu yerda sen bizga doimo takror
Qilganing qaysiki millatlardan bor,
Yashagay bir-birga do‘st-jonajon,
Ey dili uyg‘og‘u sokit, otajon.

Yo‘ldosh otamizdan ayirdi o‘lim,
O‘z eski hukmini buyurdi o‘lim.
Ko‘zimiz yosh aro, dilimizda dog‘,
Alvido, qadrdon ota, alvido!

1944
28.03.2025, 18:52
t.me/muhrim/2885
63
7.4 k
O‘zbekiston prezidenti O‘zbekiston parlamentidan biror nimani iltimos qilsa – topshiriq bersa emas, ko‘rsatma bersa emas, tavsiya bersa emas, master-klass o‘tib bersa emas, shunchaki YORDAM SO‘RAB ILTIMOS QILSA, parlamentimiz prezidentimizga “YO‘Q!” deyishini tasavvvur qila olasizmi? Hozircha men ham tasavvur qila olmayman, lekin kamida bir marta shunaqa bo‘lgan. Kim, nima, qachon, qayerda, qanday qilib – bu barcha savollarning javoblari mana shu videochada: https://www.instagram.com/muhrim/reel/DHtWVbst-cZ/
28.03.2025, 08:03
t.me/muhrim/2884
54
8.3 k
AQSh davlat rahbarlariga O‘zbekiston prezidenti sifatida tanishtirilgan birinchi o‘zbekistonlik Shavkat Mirziyoyev emasligi aniq, lekin, eng qizig‘i, Islom Karimov ham emas. O‘zbekiston prezidenti bilan ko‘rishgan birinchi Amerika prezidenti ham kichkina Jorj Bush yoki Bill Klinton emas, balki Duayt Eyzenxauer. Lekin uning zamonida O‘zbekiston mustaqil davlat bo‘lmagan. Gap kim haqida? Javobi — mana shu videochada :) https://www.instagram.com/reel/DHqm3h0Nf-j/?igsh=MW84bXpnd2dka3UyeQ==
27.03.2025, 07:29
t.me/muhrim/2883
17
3.9 k
Azim Ahmedxo‘jayev desa, uning AKT vaziri sifatida 2018-yili bergan intervyusi esimga tushadi. Oradan 7 yil o‘tdi. Navoiyda 2019-yil boshida ishga tushishi va’da qilingan havo tibbiyot tizimi ishga tushganmi ishqilib?
25.03.2025, 15:50
t.me/muhrim/2882
18
4.2 k
O’zbekistonning energetika tarmog‘i noqobil odamlarning qo‘lida qolib ketmaganida, ehtimol, gazimiz haqiqatan ham uchta O‘zbekistonga yetgan bo‘lardi. https://t.me/gazetauz_ozb/49161
25.03.2025, 15:47
t.me/muhrim/2881
46
8.9 k
Bundan 35 yil muqaddam O‘zbekistonda birinchi marta mamlakat prezidenti lavozimi joriy etilgan edi. Prezidentning maoshi qancha bo‘lgan? Parlament qanday holatlarda prezidentni lavozimidan bo‘shatishi mumkin edi? Shugina savolchalarga javobchalar — shu videochada 👉 https://www.instagram.com/p/DHkzHjvNjet/
24.03.2025, 16:36
t.me/muhrim/2880
10
3.8 k
Shaxsan o‘zim, agar Toshkentda jamoat temiryo‘lini rivojlantirish kerak bo‘lsa, metro emas, tramvay yo‘llari qurilishini yoqlagan bo‘lardim. O‘sha TTZga ham, Nazarbekka ham, Kelesga ham, mening nazarimda, metro emas, tramvay yo‘llarini tortib, transport masalasini nisbatan arzonroq va osonroq hal qilish mumkin, deb o‘ylayman, o‘zimcha. Tramvayni qayta tiklash vaqtida shahar tirbandliklar ichida o‘ladi, degan gap menga xuddi “konvertatsiyani ochib yuborsak, iqtisodiyotimiz o‘ladi”, degan yemagan qo‘rqitishdek eshitiladi. Masalan, Samarqand o‘lmayapti, negadir.

Umuman esa, ayni hozirgi vaqtda metro yo tramvay kabi qimmat transport yechimlari biz uchun qanchalik maqsadga muvofiq o‘zi — shunisi ham o‘ylantiradi. Menimcha, avtobuslar uchun alohida ajratilgan bo‘laklar orqali hozirgi sharoitda Toshkentning har qanday chekka qismidagi transport muammosini samarali yechish mumkin (agar bo‘lak Istanbul yo Tehrondagi kabi yo‘l o‘rtasidan ajratilsa-ku, samara yanada yuqori bo‘lishi aniq). Boshlanishiga, shunchaki, tegishli loyiha ofislari ishlab chiqqan transport yo‘laklari tashabbuslarini, tegishli idoralar tayyorlagan bosh (katta, tugun) bekatlar loyihalarini amalga tatbiq etish kifoya.

Shunday arzon, oson yechimlar hali to‘la ro‘yobga chiqarilmay turib, qimmatbaho, serxarajat loyihalarning boshlab yuborilaverishi, menimcha, unchalik ham oqilona ish emas.
20.03.2025, 15:44
t.me/muhrim/2879
25
4.6 k
Rossiyaning dronlari bitta topshiriqni olib, ortga qaytmaydigan kamikadze, shekilli. Topshiriq bilan uchirib yuborilgach, ularni shunchaki ortga qaytarib yo qo‘ndirib bo‘lmasa kerak.

Shuning uchun, Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina energetika obyektlariga zarba berishi kerak bo‘lgan o‘z dronlarini o‘zi urib tushiribdi. Va bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligining o‘zi xabar beryapti.

Bular — tentak va boshqalarni ham o‘zi kabi tentak deb o‘ylaydi. Agar Rossiya Mudofaa vazirligi shu xabarda aytgan ishini rostdan ham qilgan bo‘lsa, g‘irt tentak ekan. Granata ushlagan maymundan farqi yo‘q tentak.

PS. Bu tentaklar “biz faqat harbiy nishonlarga zarba beramiz, fuqarolik va energetika obyektlariga zarba bermaymiz”, degan gaplarini ham esidan chiqarib yuborgan.
19.03.2025, 14:02
t.me/muhrim/2878
34
5.7 k
“Hozir Orol dengizi qurib bormoqda. 1980-yilga borib, O‘rta Osiyodagi sug‘oriladigan yerlar ikki marta kengayishi va Amudaryo bilan Sirdaryo suvini shu yerlarni sug‘orishga butkul sarflash natijasida Orol dengizining suvi hozirgisidan 5 marta kamayib, uning o‘rnida kichkinagina sho‘r ko‘lcha qolsa kerak. Lekin bu hol, mutaxassislarning fikricha, xalq xo‘jaligiga aslo putur yetkazmaydi”.

Bu 1965-yilgi o‘zbek gazetasidan iqtibos.

Hozir ham istalgan bo‘lajak tahdid haqida “mutaxassislar”ning taxminan shunday ovuntirishi quloqqa chalinadi - “bu aslo putur yetkazmaydi”. Vaholanki, 1965-yili Orol quriyotganini bilishgan ekan, bir iroda ko‘rsatib, uni saqlab qolish mumkin edi, shekilli. Xuddi hozir ham bir-ikki to‘g‘ri qaror bilan ko‘plab bo‘lajak ekologik va texnogen falokatlarning oldini olish mumkin bo‘lganidek.
19.03.2025, 12:23
t.me/muhrim/2877
22
4.8 k
Buxoro amirlaridan qolgan va bugun foydasi tegayotgan narsalardan biri - bu Sitorai Mohi Xosa majmuasidir. XIX asr oxiri - XX asr boshida Buxoro davlatining ahvoliga havas qilib bo‘lmasa-da, alohida olingan bir maydonda davlat rahbarlari o‘zlari va xotinlari uchun mo‘ljallangan yozgi qarorgohni zo‘r did va xafsala bilan qurgan, pulni ham ayamagan ekan.

Ziyoda Ramazonova Buxorodan tayyorlab kelgan bu safargi material bilan tanishib (avvalgi material “Rossiya imperatori Buxoroga tashrif buyurarmish”, degan gap-so‘z ustida qurib tashlangan Kogon saroyidan edi), Sitorai Mohi Xosadagi “Qabulxona” saroyini o‘z ko‘zim bilan ko‘rish ishtiyoqi battar kuchaydi (bu kamchilikni imkoni qadar tezroq to‘ldirishim kerak).

Ayni vaqtda, bunday tarixiy obidalarga munosabatni to‘g‘rilash kerak. Materialdan keltirilgan ma’lumotlardan xulosa qilinsa, majmuaning ahvoli hozir unchalik ham yomon emas, ammo u bundan-da yaxshiroq bo‘lishi mumkin edi - agar yarimvayronalari to‘g‘ri restavratsiya qilinsa, ta’mirga muhtoj qismlari ustida munosib mutaxassislar ishlasa.

2022-yili Sitorai Mohi Xosada restavratsiya ishlari noto‘g‘ri olib borilishi oqibatida saroylardan birining qator qismlari tarixiy va badiiy ahamiyatini butkul yo‘qotgani, majmuaning badiiy bezaklari, naqshlari, koshinlari nobud qilinib, tarixiy va badiiy qiymatiga jami 28 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘lgandi.

“Tarixiy va badiiy ahamiyatni yo‘qqa chiqarish, 28 mlrd so‘mlik zarar yetkazish”ning oqibati oxiri qanday bo‘lganini bilmayman (Buxoroda keyin bundan battar ishlar bo‘ldi), lekin bunday yondashuv bilan ajdodlar qoldirgan barcha yodgorliklardan mahrum va kelgusida ularni faqat suratlar orqali tomosha qilishga mahkum bo‘lishimiz ehtimoli yuqori.

Borini soz ahvolda asrab qolaylik.
18.03.2025, 12:57
t.me/muhrim/2876
16
4.7 k
Men mazza qiladigan mavzulardan biri - bu joy nomlari, ko‘cha nomlari, toponimika. So‘nggi yillarda bu yo‘nalishda, avval ham yozganimdek, bir yaxshi ish bo‘ldi - Toshkentda u yoki bu tumandagi ko‘cha, joy nomlari ommaviy (“pachkalab”) yangilanadigan bo‘lsa, hokimlik huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti nomi o‘zgarayotgan har bir ko‘cha, tor ko‘cha, berk ko‘cha bo‘yicha onlayn ovoz berish amaliyotini yo‘lga qo‘ydi. Birma-bir ko‘rib chiqishingiz, taklif etilayotgan nomlardan biriga ovoz berishingiz yoki o‘zingiz yangi nom taklif qilishingiz mumkin.

Hozir Yashnobod tumaniga yangi qo‘shilgan mahallalardagi mavze, ko‘cha, tor ko‘cha, berk ko‘chalarni qayta nomlash va nomsiz ko‘chalarga nom berish bo‘yicha ovoz berish jarayoni davom etyapti. Bugun oxirgi kuni.

Masalan, harbiylarning 58a-shaharchasi degan joy bor ekan, shunga Qalqon mavzesi degan nom taklif qilingan. Uning yonidagi Normuhamedov mavzesini esa Bog‘bon deb qayta nomlashmoqchi. Bu ikkala mavze sobiq Baxt ko‘li yaqinida joylashgan; ko‘l yo‘q qilinib, o‘rnida endi bir balolar qurilyapti. Ko‘l bo‘lgan vaqtda uning yonida Baxt ko‘li nomli ko‘cha bo‘lgan. Ko‘l yo‘q, shunday ekan, yo‘q ko‘lga bag‘ishlangan ko‘cha ham g‘alati ko‘ringan bo‘lsa kerak - uning bir qismiga Yuksaklik deb nom berish taklif qilinyapti.

Umuman olganda, Toshkent xaritasida ko‘pdan-ko‘p qiziq nomlar paydo bo‘ladigan. E’tiborimni tortganlari - Qadimiy, Yagona, Kuntug‘mish, Tanobchilar, Homiylar, Mohirlar, Adiblar, Vakillar, Maydanak, Lashkarak, Kushon, Urgut, Choylisoy, Toshkeskan, Umakay, Sartyuz, Qalmoq, Dug‘lat, Quralas, Zarmas. Bular hali bir qismi. Bundan tashqari, Gul sayli, Jiyda guli, Xalq so‘zi, El-yurt umidi, Buyuk millat, Oltinbeshik deganlari ham bor. Bu - yangi Yashnobod ko‘chalari (darvoqe, bir ko‘chani Yangi Yashnobod deb qayta nomlash taklifi ham bor).

Qarab ko‘ring, balki sizning yeringiz yo hovlingiz joylashgan ko‘cha nomi ham o‘zgarayotgandir.
18.03.2025, 11:39
t.me/muhrim/2875
33
3.6 k
“Prezidentimiz bergan barcha topshiriqlarni so‘zsiz bajarishimiz shart, muhokamaga o‘rin yo‘q. Prezidentimiz topshiriq berdimi, zudlik bilan bajarishimiz shart. Bu - hukumatning asosiy vazifasi”.

Bu — O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning so‘zlari. U boshliq hukumatga prezident 9-mart kuni “mahalliy avtotransportga o‘t” deb buyruq bergan. Bosh vazir o‘zi shaxsiy namuna ko‘rsatib, 11-martdan ishga Malibu’da qatnay boshlagan (hukumat bundan avval prezidentning yana qaysi topshirig‘ini bu qadar tezlik bilan bajarganini birdan eslolmadim; xorijiy xizmat mashinalaridan qutulish buyrug‘i buncha tez ijro etilishini bilganimda, prezidentdan amaldorlarga jamoat transportidan foydalanishga o‘tishni buyurishini so‘ragan bo‘lardim).

“Prezident topshiriqlarini zudlik bilan bajaruvchi” hukumatimiz kuni kecha parlamentga belgilangan tezlikdan yuqori harakatlanganda qo‘llaniladigan 5 km/soat chegirmani 10 km/soatga oshirish bo‘yicha qonun loyihasini kiritibdi. Ya’ni, hozir tezlik soatiga 60 km/soat bilan cheklangan joyda haydovchi soatiga 65 km/soat tezlik bilan yursa, kechiriladi. Endi “kechirimlilik ostonasi”ni 70 gacha oshirishmoqchi. Tezliksevar avtoterrorchilar uchun zo‘r hadya.

Birinchidan, tezlik chegirmasini oshirish prezidentning topshirig‘i bo‘lmasa kerak, degan yaxshi gumondaman. Ikkinchidan, “asosiy vazifasi prezident topshiriqlarini zudlik bilan bajarish” bo‘lgan hukumatimiz prezidentning tezlikka doir avval bergan topshiriqlarini esdan chiqarib qo‘ygan bo‘lsa kerak. Esda bo‘lsa, parlamentga tezlik chegirmasini oshirish haqidagi qonun kiritilmagan bo‘lardi, degan yana bir yaxshi gumon bor.

Prezident bir safar “aholi yashash joylarida cheklangan tezlik 60 kmga tushirildi, natijada YTHlar 30 foizga kamaydi”, degandi. Bu topshiriq emas, ammo farosat ahli bu gapdagi “tezlik pasaysa, YTH kamayadi”, degan ishorani ko‘radi. Boshqa bir gal “maktab va bog‘chalar oldida tezlik 30 kmdan oshmasligi shart”, degandi prezident; hozirgi aksiltashabbus esa tezlikni 40 kmgacha oshiradi. Prezident aytgan “Umr tezlikdan muhimdir” shiori ostidagi targ‘ibotlar hukumatning o‘zida ham o‘tkazilganida, ehtimol, hukumatimiz prezidentning tezlikni oshirmaslik haqidagi gaplarini esdan chiqarmagan va hozirgi loyihani ham tayyorlamagan bo‘lardi.

Hozir bu qonun loyihasi bo‘yicha to‘p - parlament tarafda. Menda yana bir (o‘zim ham ishonmaydigan) yaxshi gumon bor - bu qonun parlamentimiz ko‘pchilik o‘ylaganidek “qo‘g‘irchoq” emas, balki noinsoniy va mantiqsiz takliflarga yo‘q deya oladigan dadil tuzilma ekanini yana bir bor ko‘rsatib qo‘yish uchun o‘ylab topilgan. Ya’ni, Qonunchilik palatasi bu loyihani shartta rad etib, o‘zini ko‘rsatib qo‘yishi uchun sahnalashtirilgan tomosha.

Lekin parlamentimizni yana Xudo urib, bu qonun qabul qilingudek bo‘lsa, unda deputatlarimizdan quyidagilarni ham qilishlarini so‘ragan bo‘lardim: ketidan Konstitutsiyaning 1-moddasiga “lekin parlamenti yo‘q” degan jumlani qo‘shish haqidagi qonunni (Akmal Saidovdan so‘ralsa, o‘zgarmas moddaga o‘zgartish kiritish bo‘yicha biror huquqiy tuynuk topib berar) va Oliy Majlis o‘zini o‘zi hech qachon qayta tiklanmaydigan bo‘lib tarqatib yuborishi haqidagi qarorlarni ham qabul qilsin. Hukumat o‘zi shundoq ham qila oladigan ishlarni parlament orqali o‘tkazib, shuncha ovora bo‘lishning nima keragi bor?

Idealda o‘sha 5 kmlik chegirma ham bo‘lmasligi kerak. Avtoterrorchilar kerak bo‘lsa o‘ziga o‘zi hisoblasin - 60 km/soatli joyda 55 da, 30 li joyda 25 da yursin. O‘zbekiston yo‘llarida tezlik shundoq ham yuqori. Yo‘llarimizda odamlarni eng ko‘p o‘ldiradigan narsa ham aynan tezlik. Uni faqat pasaytirish kerak.

Parlamentimiz va hukumatimiz hozir ko‘proq boshqa tezliklar — korrupsiyaga qarshi haqiqiy kurash, monopoliyalarga qarshi haqiqiy kurash, oligarxiyaga qarshi haqiqiy kurash, kambag‘allikka qarshi haqiqiy kurash, inson huquq va erkinliklarining to‘la ta’minlanishi uchun chinakam kurash va mutlaq ko‘pchilik o‘zbekistonliklarni rostmana baxtiyor qiladigan boshqa ish (kurash)larning tezliklarini oshirish ustida bosh qotirishi lozim.
17.03.2025, 07:19
t.me/muhrim/2874
19
4.6 k
Behzod Hoshimov haq, bojxonachi — bor-yo‘g‘i ijrochi. Muammo aslida bu ijrochilarga shunday topshiriq berganlarda. Yaxshi gumonda bo‘lishimiz ham mumkin — bojxonamiz mana shunday adolatsizlik bo‘layotganini kosa tagida nimkosa qilib ko‘rsatib bermoqchi bo‘lgandir https://t.me/iqtisodchi_kundaligi/3257
14.03.2025, 12:11
t.me/muhrim/2873
78
5.9 k
Bizning bojxona, qo‘ling o‘rgilsin, dunyodagi eng shaddod bojxona. Boshqa bunaqasi yo‘q. Asaka, Samarqand yo Jizzaxdagi avtomobil yig‘ish zavodlari yiliga minglab, o‘n minglab moshinalarni O‘zbekistonga shunday bo‘laklab olib kirishini ko‘rmay qoladi. Lekin bundan bojxonamiz ko‘r ekan, deb o‘ylamaslik kerak.

Yo‘q, bojxonamizning ko‘zi o‘tkir: alohida bir tadbirkor Asaka, Samarqand yo Jizzaxdagi zavodlar qilgan ishni qilmoqchi bo‘lsa, bojxonajonimiz buni nafaqat ko‘radi, balki o‘sha tadbirkorni bojxona qonunchiligini buzishda, 800 mln so‘mlik bojni to‘lashdan bo‘yin tovlashda jar solib ayblaydi. “Mana, biz ishlayapmiz”, deb maqtanib ham qo‘yadi.

Men-ku yuqorida avtoyig‘uv zavodlari bilan bog‘liq holatni keltirdim. Buyoqda qanchadan qancha xos quruvchi kompaniyalar bor - mana shunaqa yuk mashina, maxsus texnikalarni umuman boj to‘lamay olib kiradi. Imtiyozi bor. Ularga mumkin. Bitta yuk mashinasining boji 800 mln so‘m bo‘lsa (bunday katta boj “mahalliy ishlab chiqaruvchini qo‘llab qo‘llab-quvvatlash” uchun o‘ylab topilgan bo‘lsa kerak), imtiyozlilar, xoynahoy, avtosalonlar ham ochib tashlagandir.

Bu, albatta, g‘irt adolatsizlik. Qonunlar ishlamasa, hamma uchun birdek amal qilmasa, kimdir imtiyoz sotib olib, bilganini qilib yursa, bu adolatsizlik faqat urchiydi.
14.03.2025, 10:53
t.me/muhrim/2872
20
4.5 k
Yo‘q joydan o’zini o’zi “ijtimoiy” deb e’lon qilgan davlat har qanday ahvoldagi fuqarolari uchun barcha ijtimoiy xizmatlarni tashkil etib qo‘yishi kerak. Saratonga chalingan mana shu ayol bilan bog‘liq holat ham “ijtimoiy davlat”, masalan, qaysidir yebto‘ymas(lar)ga milliardlab, trillionlab so‘mlik imtiyozlarni berishdan avval, voz kechilayotgan bu pullar aslida shu kabi bemorlarning hayotini yengillashtirishi mumkin bo‘lgan xospislar qurilishini tezlashtirishini o‘ylashi kerakligini ko‘rsatadi.

Ko‘chadagi shiorlarga qarasang, mamlakatimiz shunchaki O‘zbekiston emas, allaqachon “Qudratli Yangi O‘zbekiston”, lekin bu “qudratli davlat”, necha yildirki, chekka hududlar tugul o‘z poytaxtida onkobemorlar uchun bir xospis qurib bera olmaydi. Qo’lidan keladigani — “ana qurib beramiz, mana qurib beramiz, kelasi oyga bitib qoladi”, degan quruq va’da, xolos. Bu quruq va’da “ijtimoiy davlat” fuqarolarini “quruq o‘lim” topishidan boshqasiga yaramaydi.

Agar hozir o‘sha, bir necha avval va’da qilingan xospis qurilib, ishlatib qo‘yilganida edi, bu ayolning kuni ham “insoniy” sog‘liqni saqlash tizimimizga qolmasdi.
8.03.2025, 07:41
t.me/muhrim/2871
96
6.5 k
Po‘lat Bobojonovning ichki ishlar vaziri lavozimidan olinib, o‘rniga Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining tayinlanishi baribir tizimning yaxshi tomonga o‘zgarishiga xizmat qilmaydi, menimcha. Shunchaki, qo‘li ostidagi qanchadir xodimi kuni kecha qamalib ketgan odamning vazir lavozimida o‘tiraverishi maqsadga muvofiq ko‘rinmay qolgan bo‘lsa kerak (undoq desak, kuni kecha qamalganlarning biri eski vazirning emas, aynan yangi vazirning birinchi o‘rinbosari edi — bu ishlardan bir mantiq ham chiqarib bo‘lmaydi-ye).

Eski vazirga e’tirozlar keragidan ortiq edi (masalan, hibsxonalardagi har bir o‘limning o‘zi qayta va qayta iste’foga arzirdi). Shuning uchun bugungi iste’fo yig‘ilib qolgan e’tirozlarning sabr tog‘orasidan toshib chiqqani oqibati emas (zotan, allaqachon toshqin boshlanib bo‘lgandi), balki 23–24-noyabrdagi tozalash tadbirining chala qolgan qismi bo‘lsa kerak. Shunday ekan, ichki ishlar organlarining og‘ir karvoni o‘z yo‘lida, hech bir o‘zgarishsiz tub tomon harakat qilishda davom etaveradi, deb taxmin qilish mumkin.

Darvoqe, bir o‘zgarish bo‘lishi ehtimoli bor — endi viloyatlardagi “dom”larning ham podyezdlarida qoldirilgan bolalar aravachalari va velosipedlar “yo‘qola” boshlashi mumkin. Bularning bari, albatta, IMHO.
3.03.2025, 11:14
t.me/muhrim/2870
69
5.8 k
Bunga ishonish qiyin, lekin Vashingtondagi Oq uyni Kremlning agentlari egallab olgandek. Bir vaqtlar Rossiyaning TNT telekanalidagi “Kamedi Klab”da ko‘rsatilgan hazil sahnalar — dunyoning deyarli barcha katta yetakchilari aslida Federal Xavfsizlik xizmatida ishlaydigan Sergey-u Ivanlar ekani haqidagi miniatyurani real hayotda ham ko‘ramiz, deb hech kim o‘ylamagan bo‘lsa kerak. Kecha aytgan gapi (“Zelenskiy - diktator”)ni ertasiga eslay olmaydigan (“Zelenskiyni diktator deb men aytgan bo‘lishim mumkin emas”) Tramp Ukraina prezidentidan “Putinni haqorat qilishni bas qil”, deb turishi - FXXning chin agenti ekaniga isbot emasmi? Vaholanki, Zelenskiy Putinni haqorat qilmagan edi - uni bor-yo‘g‘i “qotil va terrorchi” deb atagan edi. Bu haqorat emas, ayni haqiqat.

Tramp va uning jamoasi ko‘chaning yig‘loqi bolalariga o‘xshaydi. “O‘zi nega hammaning ko‘z oldida Zelenskiyga pand-nasihat qila boshladinglar?”, deb so‘rashsa, bir manba orqali: “Zelenskiy muhtaram prezidentimiz va vitse-prezidentimizning gaplariga o‘zicha yelka qisib, ko‘zlarini g‘alati ochib-yopib munosabat bildirayotganidan jahlimiz chiqib ketdi”, deyishibdi. Yetarlicha hurmat qilmayapti, deb o‘ylagan bo‘lishsa kerak-da. Bo‘lsa bordir - har joyda ortidan har xil gapni gapirib, obro‘sizlantirib kelayotganing bir odam baribir hurmatingni qilib, meni bir zo‘ravondan himoya qila oladi deb oldingga umidvor bo‘lib kelganida, unga iljayib: “O‘sha zo‘ravonning aytganini qila qol, boshqa ilojing yo‘q. Keyin, uni zo‘ravon ham dema”, desang, bor hurmating ham bir pul bo‘ladi-da.

Ne baxtki, AQShda sog‘lom fikrli odamlar ko‘p. Masalan, Trampning birinchi ma’muriyati vaqtida unga maslahatchilik qilgan Jon Bolton shunday debdi: “Tramp va (vitse-prezident) Vens Rossiya-Ukraina urushida Rossiya tarafida ekanini e’lon qildi. Bu Amerika milliy xavfsizligi uchun fojiaviy xato”. Demokratik partiyadan saylangan 14 ta shtat gubernatorlari (viloyat hokimlari desa ham bo‘ladi o‘zbekchasiga) esa qo‘shma bayonot berib, Tramp va Vensni “Zelenskiyni Putinning so‘zlariga ishonmayotgani uchungina koyib berish maqsadida muqaddas Oval kabinetdan oyooqosti qilgan”likda ayblabdi. O‘z navbatida, ular Ukraina prezidenti va uning Rossiya bosqiniga qarshi kurashini qo‘llab-quvvatlashini ham bildirgan.

Trampning o‘z jamoasi esa “Zelenskiy uzr so‘rasin”, deb yurgan ekan endi. Xalqaro jamoatchilik tomonidan Zelenskiy kimsan AQShga gap qaytara olgan qahramondek kutib olingani alam qilayotgan bo‘lsa kerak-da. Ikki hissa alam qiladigani - Tramp 20 yanvarda tugatishga va’da bergan urushni Putin xohlagandek to‘xtatib (muzlatib) qo‘yishga shugina “aktyordan chiqqan prezident” xalal beryapti. Putinni emas, kelib-kelib Zelenskiyni ko‘ndira olishmayapti. Ko‘ndira olishmasa ham kerak — axir Zelenskiy o‘zining qorni g‘amida emas, balki Ukraina milliy manfaatlari uchun kurashyapti, Ukraina uchun uzoq muddatli kafolatlangan tinchlikka erishmoqchi.

Va, kostyum-shim kiymasa ham, o‘zini, “torgash” Trampdan farqli o‘laroq, siyosatchidek tutyapti (Zelenskiyga “nega kostyum-shim kiymaysan?” deb savol bergan Trampning propagandachisini esa bemalol biror o‘zbek universiteti darvozasiga “forma tekshiruvchi” qilib ishga qo‘ysa bo‘ladi).
1.03.2025, 10:46
t.me/muhrim/2869
56
8.0 k
Ramazon munosabati bilan O‘zPFL chiroyli tabriknoma tayyorlabdi. Ramazon muborak!
28.02.2025, 21:57
t.me/muhrim/2868
22
7.8 k
28.02.2025, 12:39
t.me/muhrim/2867
19
7.9 k
28.02.2025, 12:39
t.me/muhrim/2866
20
8.0 k
Bu yil Proligada yaqin o‘tmishning mashhur nomlari — Sergey Lebedev va Asad Do‘rmonov qo‘l ostidagi, asosan talabalardan iborat “FarDU” (Farg‘ona davlat universiteti) jamoasi ham qatnashadi.

Ilgarilari Yaponiya yo Koreyadan yangi bir yulduz futbolchi chiqsa, uning faoliyati biror bir universitet jamoasidan boshlanganini bilib, ham hayron qolardik, ham havas qilardik — qani endi bizda ham universitet jamoalari bo‘lsa, deb. Ozgina e’tibor va ko‘mak bo‘lsa, mana, O‘zbekiston sharoitida ham talabalardan jamoa tuzib, professional ligalarida ishtirok etsa bo‘larkan.

2021-yildan beri moliyaviy jihatdan mustaqil hisoblangan Farg‘ona davlat universiteti rahbariyati futbol jamoasi masalasiga xafsala bilan yondasha olgani e’tirofga loyiq. Kim bilsin, hali birorta futbolchisi — Abduqodir Husanovchalik bo‘lmasa ham — biror e’tiborga molik darajada transfer qilinsa, yuzlab talabalar to‘laydigan kontrakt pulidan kam bo‘lmagan darajada daromad ham ko‘rish mumkin.

O‘tgan kuni futbol bo‘yicha 2025-yilgi O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichiga qur’a tashlandi. Unda “FarDU” bu yil O‘zbekiston chempionligi uchun jiddiy bahs olib borishi kutilayotgan Farg‘onaning “Neftchi” va Namanganning “Navbahor” klublari bilan bir guruhdan o‘rin oldi. Qiziq o‘yinlar bo‘ladi, balki sensatsiyalarga ham guvohi bo‘larmiz.
28.02.2025, 12:39
t.me/muhrim/2865
119
35 k
“Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” medali bilan mukofotlangan O‘zbekiston fuqarolariga “Ikkinchi Jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” esdalik yubiley medallari topshirilar ekan.

Shunda o‘zbekistonliklar uchun Ikkinchi Jahon urushi 1945-yilning 9-may kuni tugamagan bo‘lib chiqadi-da, to‘g‘rimi? U holda Toshkentning Olmazor tumanida 2020-yilda qurilgan, hammayog‘i kommunistlarning o‘roq-bolg‘alariyu sovetparastlar muqaddaslashtiradigan “1941-1945” yozuvlari bilan to‘ldirib tashlangan “park-muzey” ham xato narsa-da, shundaymi?

Menga qolsa, ha, albatta - hammasi xato. O‘zbekistonliklar Sovet Ittifoqi fuqarolari sifatida bu urushning boshidan - 1939-yil sentabrdan (Polshani Gitler bilan kelishib bo‘lib olishdan) to oxirigacha - 1945-yil sentabrigacha qatnashishga majbur bo‘lgan. Ular nafaqat Yaponiya mag‘lub etishda, balki “G‘arbiy Ukraina va G‘arbiy Belarusni ozod qilish” degan soxta shior ostida Polshani bosib olishda, Finlyandiyaga bosqinda ham qatnashishga majbur qilingan.

Bu urush - O‘zbekiston va o‘zbekistonliklarning fojiasi. Bu urushda O‘zbekiston g‘alaba qozonmagan; qaysidir bir vatandoshimiz jismonan mahv etilgan yo majruh qilingan, boshqasi ruhan ezilgan. Bu urushni xotirlash maqsadida “G‘alaba park”larini qurish, masalan, “Turkiston legioni” tarkibida bu lan’ati urushga qayta kirishga majbur bo‘lgan vatandoshlarimiz xotirasiga nisbatan hurmatsizlikdir.

“G‘alaba park”larimizda ular alohida eslanmasligi ham fojia asli. Vaholanki, ularda ham ezgu maqsad bor edi - hozirgi zamon, yangi O‘zbekiston tarixchilari tili bilan aytganda, “xalqimiz necha asrlar davomida orzu qilib kelgan” Turkiston ozodligini shior qilib olgandi ular. “G‘arbiy Ukrainani ozod qilish” yoki Viborgni Finlyandiyadan ajratib olishdan ko‘ra sharafliroq-ku bu, shunday emasmi?

Umidim shuki, qachondir “G‘alaba parki” va boshqa shunday parklar g‘oyasi albatta qayta ko‘rib chiqiladi; o‘roq-bolg‘alar yo‘qotiladi, bizga o‘zingizga ma’lum yagona dushman tomonidan tiqishtirilgan “1941-1945” qobig‘i yorib chiqiladi. Bu parklar sakrab “Katyusha” aytiladigan bayram xiyoboni emas, chinakam Xotira majmuasi vazifasini bajara boshlaydi. Unda nafaqat Sovet Ittifoqi nomidan, balki unga qarshi tarafdan kurashga kirishga majbur bo‘lgan noiloj o‘zbekistonliklarga ham joy topiladi.

Shundan kunlar keladi hali. Bu mulohazalar yozilishi uchun o‘zi bilmay xolis xizmat ko‘rsatgan o‘zbekistonlik “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” medali sohiblariga esa rahmat deyman.
25.02.2025, 18:03
t.me/muhrim/2864
104
17 k
Chilonzor Oqtepaga yana tramvay kelibdi. #tajriba
10.02.2025, 15:06
t.me/muhrim/2863
29
10 k
O‘zbekiston tarixidagi birinchi umumxalq prezident saylovi natijalari: https://t.me/tarixkart/620

Viloyatlar kesimidagi natijalarga e’tibor bersangiz, saylovda g‘olib chiqqan nomzod bitta viloyatda raqibiga imkoniyatni boy bergan – bunaqasi keyingi birorta saylovda kuzatilmagan bo‘lsa. Nafaqat viloyatlar, balki tumanlar kesimida ham.

Bu - hali “axborot asri” hisoblanmagan XX asrning tugashiga 10 yildan kamroq vaqt qolgan zamonda o‘tkazilgan saylovga doir axborot. Hozirgi axborot davrida nafaqat viloyat yo tuman, balki har bir saylov uchastkasi kesimida ham shunday axborot berishni tashkil etish mumkin.

Yaqin ikki-uch saylovda biror muqobil nomzod viloyat tugul biror tumanda ham g‘olib chiqa olmasa kerak. Shunday ekan, saylovlar natijasi bilan bog‘liq axborotni yanada batafsilroq, bafurjaroq, maydalab (detallashtirib) berishdan qo‘rqmaslik kerak. Menimcha.
1.02.2025, 11:13
t.me/muhrim/2862
319
16 k
2024-yil noyabrida, kuppa-kunduz kuni Toshkent markazida bir necha yigit bir qizni o‘g‘irlab, tog‘ga olib qochib ketgan. Ular o‘rtasidagi bungacha qanday munosabat bo‘lgan, ular sevishganmi-sevishmaganmi, ahamiyatsiz. Eng muhim fakt shu - bir guruh barzangi, qilayotgan ishi jinoyat ekanini bila turib, bir odamni, uning xohish-irodasiga zid ravishda, o‘g‘irlagan. Tushunmaydigan “tupoy”lar uchun alohida yozaman: TOSHKENTDA ODAM O‘G‘IRLANGAN!

Hali ham bu dunyoda yaxshi odamlar bor. O‘sha o‘g‘irlash hodisasi bir xususiy ta’lim muassasasining kamerasiga tushib qolgan, u yerdagilar darhol “102”ga xabar bergan. Kameraga qizni o‘g‘irlashda ishlatilgan mashinaning avtoraqami ham tushgani uchun ko‘p o‘tmay o‘g‘irlashga bosh bo‘lgan shaxsga Yakkasaroy tuman IIB boshlig‘i, GAI boshlig‘i, jinoyat-qidiruv bo‘limi boshlig‘i ketma-ket telefon qilgan. Lekin hech kim uni na to‘xtata, na ortga qaytara olgan.

O‘sha kuni qizning onasi kechki mahal oxiri jinoyat-qidiruv bo‘limining xodimiga telefon qilib, qizining o‘g‘irlanishi haqida so‘raganida haligi xodim: “Bu o‘g‘rilik emas, sevgi”, deb javob bergan (padariga ming lan’at bunaqa melisaning - o‘zining qizini ham shunday o‘g‘irlab ketishsa, “bu o‘g‘rilik emas, sevgi” deb o‘tirarmikin o‘sha yaramas?!).

Shundan keyin qiz va uning oilasi uni o‘g‘irlagan shaxslar ustidan, ularning boshqa tahdidlari, harakatlari (bir necha bor o‘ldirib yuborish bilan tahdid qilgan, jismoniy kuch ishlatishlar ham bo‘lgan, qo‘lini kesishgan va hokazo) yuzasidan ichki ishlarga murojaat qilgan. “Sevgishunos” xodimlar bu arizalar bo‘yicha chora ko‘ravermagach, qiz va uning oilasini haligi o‘g‘ri-zo‘ravondan himoya qilmagach, 27-yanvar kuni qiz yana bir bor o‘g‘irlab ketilganidan keyin, noyabrdagi birinchi o‘g‘rilik videosi internetga chiqarilgan.

Endi chora ko‘risharmish, hamma aybdorlar qonunda belgilangan jazosini olarmish. Shu vaqtgacha chora ko‘rmaganlar-chi, ular ham jazosini oladimi?

Melisamiz bundan battar sharmandagarchiliklarni ham bezbetlarcha yengib o‘tgan, ming afsuski, bunisi ham yengib o‘tadi. Vaholanki, bunaqa voqeadan so‘ng nafaqat tuman yo shahar melisasi boshliqlari, balki butun tizim rahbariyati pogonlari yulib olingan holda ishdan haydalishi kerak edi - agar ularning o‘zida “qo‘l ostimdagi bunaqangi rasvo xodimlar bilan ishlash, ular sabab sharmanda bo‘lish jonimga tegdi”, deb ishdan bo‘shashga jur’at va farosat yetmasa. Bu qurib ketgur melisa tizimini tag-tubi bilan isloh qilish kerak.

Ey Xudo, podyezdlardagi velosiped va kolyaskalarni hech bir ogohlantirishsiz olib ketib (“o‘g‘irlab” deyaversa ham bo‘ladi), keyin uni ehson qilib yuboradigan, chet ellik turistdan pora so‘raydigan, bozorlarda odamlarning cho‘ntagidagi telefonlarini “o‘g‘irlab olib” o‘zicha aqllilik qilmoqchi bo‘ladigan, qizi o‘g‘irlanganlarni “bu o‘g‘irlik emas, sevgi” deb ovuntiradigan hamda yana boshqa har xil aqlbovar qilmas jinniliklarni o‘ylab topgan, topayotgan va hali yana topishi mumkin bo‘lgan kaltabin o‘zbek melisasiga ishimiz tushishidan o‘zing asra!

O‘sha gap - suv balosidan, o‘t balosidan va melisa balosidan o‘zing asra! Bularga qarshi boshqa bir chora, boshqa bir davo yo‘q.
30.01.2025, 13:26
t.me/muhrim/2861
21
21 k
Jamol akaning suhbatlarini oldik. Borimiz Kapadze, yo‘g‘imiz Kapadze, dedilar kechagina husanovparast ham bo‘lgan biz kapadzeparastlarga. Mazza qildik, siz ham bebahra qolmang: https://youtu.be/lSlLVDV4hUE
29.01.2025, 18:03
t.me/muhrim/2860
23
20 k
Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”dagi debyuti haqida Qahramon aka Aslanov yozyaptilar:

“Golga olib kelgan xato juda ko‘zga tashlanadi, to‘g‘ri, ammo u yerda shunchaki texnik tomondan ijro o‘xshamadi — bunday xatolar yuzlab o‘yinlarda qatnashgan eng zo‘r himoyachilar faoliyatida ham uchraydi, qo‘rqinchli emas.

Aslida qizil bo‘lishi ham mumkin (hakam Oliver bo‘lganida aniq) bo‘lgan sariq kartochka va keyingi, Husanovning o‘zi blok qo‘yib bartaraf etgan epizod, ofsaydni to‘g‘ri ushlay olmaslik — ko‘proq taktik asosga ega: “Manchester Siti” ancha yuqori himoyada o‘ynaydi va “Lans”dan bu borada keskin farq qiladi. Bu adaptatsiya bilan bog‘liq.

Shu o‘rinda Gvardiola tanqidlarga uchrashi tabiiy. Uch kun oldin kelgan va atigi bir yarimta mashg‘ulot o‘tkazgan 20 yoshli futbolchini bu holatga tashlagani, avvalo, uning qarori.

Yana bir noqulay tomoni — o‘ng qanotda aslida yarimhimoyachi bo‘lgan Nunyez. Ya’ni, Husanov hisob 0:1 ligidan kelib chiqib, oldinga tez chiqayotgan jamoadoshlarini tozalashi kerak. Natijada Sancho va Jekson orasida qolib ketyapti. “Chelsi” bu koridorni tez-tez ishlatishi tabiiy.

Ammo bu ishonch aslida Husanovning foydasiga ishlashi ham mumkin. Shunday vaziyatda ham unga ishonildimi — Pep qaysar murabbiy — demak, Abduqodirda xatoni tuzatish imkoniyati bo‘ladi. Husanovning o‘nglanishi endi Pep uchun ham muhim masala. Uyog‘i futbolchimizga bog‘liq. Hayajon va ichki bosimni yengib, o‘z o‘yinini o‘ynasa kifoya”.
25.01.2025, 21:59
t.me/muhrim/2859
14
3.4 k
Shu joyida Murod Muhammad Do‘stning memuarlar qanday yozilishi haqidagi hikoyasi esga tushib ketdi :)
24.01.2025, 14:30
t.me/muhrim/2858
15
3.4 k
Marks Jumaniyozovning nevaralari yozishdi: “Bobom Shovot tumaniga raykom bo‘lmaganlar lekin”, deb. Men ham shundan keyin e’tibor berdim - Xorazmga hokim bo‘lishidan avval Marks Jumaniyozov viloyatning Xonqa, Urganch va Yangibozor tumanlariga raykom (rahbar)lik qilgan ekan.

Endi, kelib-kelib Xayriddin Sultonovning xotiralar kitobida shunday xato ketishi mumkinligini men ham qaydan bilibman. Uzr.

Marks Jumaniyozovning nevaralari aytishdiki, Xayriddin Sultonov hikoya qilgan voqea bo‘lgan vaqtda bobolari Urganch tumanida raykom bo‘lgan ekan.
24.01.2025, 14:26
t.me/muhrim/2857
30
4.0 k
Usmonxo‘jayevning avtobiografiyasida Ra’no Abdullayevaning 1991-yilgi intervyusidan parcha to‘liq berilmagan ekan. Masalan, mana bu joylari qoldirib ketilgan:

Ra’no Abdullayeva: ...Mening vijdonim toza va hech qachon xalqimga qarshi borgan emasman. Biroq haqiqatni izlash jarayonida adashgan kezlarim bo‘lgan. Axir ishlagan odam adashadi va xato ham qilishi mumkin...

...Nihoyat 1990-yilga kelib, Navro‘z chinakam xalq bayrami sifatida o‘z o‘rnini topdi. Lekin shuni ham tan olishim kerakki, kechagi kunimizni tanqidiy baholagan holda, men undagi o‘z xatolarimni ham yaqqol ko‘raman va tan olaman: Navro‘zga til tekkizishimga hojat bo‘lmaganligini bugun chuqur his qilib turibman!.. Hayot - muallim, deganlari shu bo‘lsa kerak-da…

Endi, “dinga va urf-odatlarga bo‘lgan tajovuz” haqidagi savolga javob beraman. Men bunga qo‘shimcha qilib aytishim mumkinki, meni machitlar va madrasalarni buzishda, milliy kiyimlarni ma’n etishda ayblaganlarini ham bilaman. Men bunday xusumatli ayblarni qat’iyan rad etaman…
24.01.2025, 08:49
t.me/muhrim/2856
18
3.8 k
Bu boshqa bir postning davomi. Boshi bu yerda.

Abdullayeva: - ... agar men nimanidir xato qilayotgan bo‘lsam, o‘z fikrlaringizni aytinglar, agarda men qiziqqonlik qilayotgan bo‘lsam, kelinglar, bu masalani chuqurroq muhokama qilaylik, oramizda tushunmovchilik bo‘lmasin, bir-birimizni tushunmay xatoga yo‘l qo‘ymaylik. Menga Navro‘z haqida savol berganlarga uni hech kim ma’n etmaganligini va istaganlar bemalol bayram qilaverishini aytganman.

Usmonxo‘jayev: - Navro‘z haqida hech qanday gap-so‘z bo‘lmasin. Agar kimdir sumalak qaynatadimi, kimdir uni bayram qiladimi, marhamat, qilaversin. Maxsus Navbahor bayramini ham ta’sis etmaylik.

Qodirov: - Navro‘z bilan bog‘lash ham kerak emas.

Abdullayeva: - Agar qaror bo‘lmasa, u holda biz tayyorlangan barcha tadbirlarni bekor qilishimiz kerak.

Usmonxo‘jayev: - Navro‘z haqida hech qanday hujjat va hech qanday qaror kerak emas, deb o‘ylayman.

Qodirov: - Men ham shunday deb o‘ylayman.

Nishonov: - Eng muhimi, bu bayramga hech qanday diniy tus bermasligimiz kerak. Kelinglar, shu barcha tadbirlarni ko‘chat ekish oyiga aylantiraylik.

Endi “dinga va urf-odatlarga bo‘lgan tajovuz” haqidagi savolga javob beraman. Mening “dahriyligim” haqidagi da’volar ham bor, albatta. Ateizm mendan boshlanmagan-ku, axir! Ateistik va diniy dunyoqarashlar 4 ming yillik tarixga ega ekanligini aytish kifoya. Bu ko‘hna dunyo ateistik yo‘lda qanchalar qurbonlar berganligi sir emas. Afsuski, bizning davrimiz ham bundan mustasno bo‘lmadi. Men bundan chuqur afsuslanaman va katta saboq olaman.

Endi, kadrlar masalasiga kelsak, xalq orasida “desantchilar” deb nom olgan shaxslar bu tashabbusni batamom o‘z qo‘llariga olishgandi...

Muxbir: - Kechirasiz, Ra’no Habibovna, “desantchilar” iborasini sizning tilingizdan eshitish birmuncha g‘ayritabiiy tuyuladi. Axir, ilk bor yuksak minbardan turib, ularni chorlagan, adashmasam, siz bo‘lgandingiz, chog‘i? 1984-yil iyun oyida Ligachyov ishtirokida o‘tgan mash’um XVI plenumda markaz va respublika o‘rtasida kadrlar ayirboshlashni kun tartibiga qo‘ygan siz emasmidingiz?!

Yuqoridagi savol-javoblardan o‘quvchilar o‘sha davr voqealaridan tasavvur qilgan bo‘lsalar kerak. Albatta, o‘sha davrdagi voqealar jarayonini o‘zimdan soqit qilmoqchi emasman. Lekin haqiqiy ahvol, respublikadagi vaziyat shunchalar chigallashgan ediki, boshi qayda, uchi qayda, bilib bo‘lmas edi…”
24.01.2025, 08:22
t.me/muhrim/2855
23
3.2 k
Xayriddin Sultonov xotiralarida In’omjon Usmonxo‘jayev ismini ko‘rgach, menda uning “Taqdir o‘yinlari yoxud ko‘rgan-kechirganlarim” nomli kichkina bir avtobiografiyasi borligi esimga tushib qoldi. Kitobning u kishi O‘zbekistonning birinchi rahbari etib tayinlangan davrlar haqidagi qismini o‘qib o‘tirsam, unda 1980-yillardagi Navro‘zga tajovuz bilan bog‘liq gap-so‘zlar ham bor ekan.

Bilsangiz kerak, 1985-yilda ham “Marhabo, Navro‘z!” deb yurgan O‘zbekiston 1989-yilga kelib “Navro‘zni qayta tiklash choralari” ustida bosh qotira boshlagan - shu oraliq to‘rt yilda nimadir bo‘lgan, o‘sha voqealar tarixini yangi olinayotgan kinolarda ham, ozmi-ko‘pmi, ko‘rsatishyapti. In’omjon Usmonxo‘jayev o‘sha voqealar haqida shunday deb yozgan ekan:

“Men yangi lavozimga o‘tganimdan so‘ng Oqil Umrzoqovich Salimov O‘zbekiston Oliy Soveti Prezidiumining raisi lavozimiga saylandi. Uning o‘rniga mafkuraviy ishlar bo‘yicha kotiblik lavozimiga Ra’no Abdullayeva o‘tirdi. Ra’no Abdullayeva nomzodini markaz quvvatladi va ayol kishi bo‘lishi shartligini ro‘kach qilishdi. Uch yil birga ishladik. Bir qancha ishlarni amalga oshirdik. O‘sha davrdagi ziddiyat barcha sohalarda bo‘lganidek, mafkuraviy sohani ham qamrab olgan edi. O‘sha davrda xalq orasida bo‘lgan Navro‘z shov-shuvlari, kadrlar siyosatiga bog‘liq masalalar, diniy masalalar barchaning diqqat markazida bo‘ldi. Bu ishlarni mening nomim bilan bog‘lashga harakat qilishdi. E’tiboringizga o‘sha davrdagi matbuot orqali yoritilgan maqolani havola qilish bilan ana shu shov-shuvlarga oydinlik kiritmoqchiman.

“Sovet O‘zbekistoni” gazetasining 1991-yil 12-iyun sonidagi gazeta bo‘lim mudiri, jurnalist Sharof Ubaydullayevning “Kimsiz o‘zi, Ra’no Habibovna!” sarlavhali maqolasida Ra’no Habibovna Abdullayeva bilan suhbati berilgan va aynan ana shu mavzuga bag‘ishlangan sekretariat majlisining stenogrammasi havola qilingan. Ana shu material bilan tanishilsa, bu masalaga ham oydinlik kiritiladi, deb o‘ylayman.

Muxbir: - Ra’no Habibovna, Navro‘zga va dinga bo‘lgan munosabatingiz aniq bo‘lmaguncha ushbu savolga nuqta qo‘ya olmaymiz. Ming yillik qadriyatlarga tajovuz qanday yuz berdi?

Ra’no Abdullayeva: - Bugun Navro‘z o‘z qadrini topib, xalq bayramiga aylanganidan xursandman. 1986-yilda “Xotira kuni” kuni birinchi marta nishonlangandan so‘ng, bahor bayramini ta’sis etish haqida tashabbus bilan chiqqanim rost. Markazqo‘mning mafkura bo‘limlari kerakli materiallar to‘plashga kirishdilar. Tayyorgarlik jarayonida esa bunday bayramning kerak va kerak emasligi va, ayniqsa, uning nomi xususida qizg‘in bahslar bo‘lib o‘tdi. Birovlar Navro‘z nomini saqlash, yana birovlar esa yangicha “Navbahor” deb atashni taklif qilishdi. O‘zim shaxsan “Navbahor” tarafdori bo‘ldim, chunki bu so‘z nisbatan o‘zbekcha jaranglagandek bo‘lib tuyuldi menga. Bu haqda takliflarimizni uzil-kesib rahbariyat muhokamasiga qo‘yib ulgurganimizga qadar 1987-yil fevral oyida bo‘lib o‘tgan Markazqo‘m ishchi sekretariatida Nishonov va Qodirov to‘satdan ko‘cha-ko‘ydagi shov-shuv gaplarning atrofida so‘z yuritishib qolishdi. Navbahor haqidagi material va takliflar bilan tanishmay turiboq, ular meni Navro‘zning dushmaniga chiqarishib qo‘ymoqchi bo‘lishdi. Yaxshisi, shu sekretariat majlisi stenogrammasiga murojaat qilaylik:

Postning davomi bu yerda
24.01.2025, 08:21
t.me/muhrim/2854
44
3.7 k
Kecha Xayriddin Sultonovning “Navoiy - 30” kitobini varaqlab o‘tirib, Marks Jumaniyozov bilan bog‘liq bir xotirani o‘qib qoldim (avval ham o‘qigandim, lekin endi boshqacharoq ta’sir qildi). “Balki keyin o‘qir...” nomli o‘sha yozuvdan, mana, bir parcha:

“Bu voqealardan bir-ikki yil oldin Ozod aka [Sharofiddinov], Shavkat Rahmon va men Xorazm viloyatiga ijodiy safarga borgan edik.

Qayta qurish yillari, O‘zbekistonda buning ustiga ateistik propaganda ham avj olgan payt edi.

Shovot tumanida vohaning mashhur arbobi Marks Jumaniyozov raykomning birinchi kotibi ekan, bizni chegarada kutib olib, darhol tumandagi qurilish, obodonchilik ishlari bilan tanishtira ketdi. Bir joyda katta don elevatori qurilayotgan ekan, dastlab to‘g‘ri shu yerga boshlab bordi.

- O‘tgan hafta In’omjon Buzrukovich [Usmonxo‘jayev, O‘zbekistonning o‘sha vaqtdagi birinchi rahbari] mana shu obyektga kelib, tanishib ketdilar, - dedi Marks og‘a to‘lqinlanib. - Qachon ishga tushadi, deb so‘ragan edilar, men: “Xudo xohlasa, oktyabr bayramiga”, degan edim, u kishi: “Marks Jumaniyozovich, Xudo deyapsiz, bu gapingizni Ra’no Habibovna [Abdullayeva, 1984–1987 yillarda O‘zbekiston Kompartiyasining mafkura masalalari bo‘yicha kotibi] eshitib qolsa, nima bo‘ladi?”, deb kulib qo‘ydilar. Men ham bo‘sh kelmadim, “In’omjon Buzrukovich, agar siz borib aytmasangiz, Ra’no Habibovna bu gapni qayoqdan biladi?”, deb javob berdim.

Biz ham kuldik…”.

Suratda – Marks Jumaniyozov. Bu vaqtga kelib u allaqachon Xorazm viloyati hokimi bo‘lgan.

UPD. Kitobda Marks Jumaniyozov Shovot raykomi deb xato yozilgan ekan, aslida u kishi hech qachon Shovotga rahbar bo‘lmagan ekan.
24.01.2025, 08:12
t.me/muhrim/2853
20
4.3 k
Ozarbayjonliklar Abduqodir Husanovning chiroyli Boku manzaralarida tushgan suratlarini ilova qilgan holda uni o‘z futbolchilariga ibrat qilib ko‘rsatgan postni ko‘rib, Behbudiyning 110 yil avval yozgan sayohtnomasidagi Boku haqidagi qaydlar esga tushib ketdi. Turkiston jadidlarining yetakchisi Boku boylar (millionerlar) va chiroyli imoratlar shahri ekanini, unda turkistonliklar ham ibrat olsa arzigulik ishlar borligini yozadi, ammo bu millionerlar baribir millatni yuksaltiradigan ishlarga sal befarqligidan achchig‘i chiqadi.

“2-iyunda yakshanba kuni Bokug‘a chiqdik. Shaharning rus va musulmon qismidagi musulmon do‘konlari, katta korxona va mag‘ozalari, matbaalari tamoman ochuq, chunki musulmonlar jum’a kuni do‘kon va korxonalarni berkitib, iyd qilar ekanlarkim, bul joy ibrat va tahsindur.

Boku(ni) ko‘rgonimg‘a 15 sana bo‘lur. Ondan beri xeyli vus’at topib, imoratlari besh-olti tabaqag‘acha yuksalibdur. Dengiz kanorida yangi besh tabaqalik katta bir imorat bor ekan. So‘radimki, bu musulmon boy o‘zi o‘lturmoq uchun bino etib, ikki-uch yuz ming so‘m xarj qo‘ygan ekan. Muhtaram bir kishidan so‘radim: “Oxirat uchun ham biron uy va buqa bino etdimi?”. “Xayr, dunyou oxirati holo ushbudur”, — javobini berdi.

Boku shahri Rusiyaning obodonlik jihatidan beshinchi shahri bo‘lib, ammo musulmon davlatligining ko‘pligi ila Rusiyada ikkinchi shahardur. Chunonchi, munda yuz milliyon so‘mlik mulku sarmoyag‘a doro bir necha musulmonlar bo‘lib, milliyon sohibi musulmonlar yuzdan ziyoda, yarim milliyonlik musulmon yana ortuqroq, yuz ming sarvatlik musulmon minglar ila bordur. 20-30 ming so‘mlik sarmoyador musulmon esa, o‘n minglar ila bo‘lib, shaharning aksari mulki musulmonlar qo‘lidadur. Olloh ziyoda etsun!..

Bul shaharning yeridan naft (kerosin), boshqa til ila, oltun chiqar. Bu kun mehnatkash bir kishining yeridan naft chiqsa, ertag‘a milliyonchi og‘a bo‘lur. Bu boylardan din va millat yo‘lida, qo‘llaridagi sarmoyag‘a nisbatan ehson qilaturg‘onlardan jaridalarda to‘rt-besh ism yozilib, boshqalari hanuz maydoni saxovatg‘a zohir bo‘lg‘onlari jaridalarda ko‘rilmaydur...

Bechora mudir va muharrirlarning biri qorong‘u bir yerto‘lada, digari tor va issig‘ bir do‘konda murattablari ila umr o‘tkarurlar ekankim, manga ko‘b ta’sir etdi. Bu nimadan? Yo‘qlikdan va millatning e’tinosizligidan, muharriru mudirlarning chorasizligidan bo‘lib, aybi musulmonlarg‘a tushar”.

Behbudiy buni 1914-yil 4-iyunda Rossiyaning Kislovodsk shahriga yetib kelganidan so‘ng yozgan. Ushbu qaydlar “Oyina” jurnalining 1914-yil 21-iyun sonidan bosilgan.
24.01.2025, 07:26
t.me/muhrim/2852
Os resultados da pesquisa são limitados a 100 mensagens.
Esses recursos estão disponíveis apenas para usuários premium.
Você precisa recarregar o saldo da sua conta para usá-los.
Filtro
Tipo de mensagem
Cronologia de mensagens semelhante:
Data, mais novo primeiro
Mensagens semelhantes não encontradas
Mensagens
Encontre avatares semelhantes
Canais 0
Alta
Título
Assinantes
Nenhum resultado corresponde aos seus critérios de pesquisa