O seu período de teste terminou!
Para acesso total à funcionalidade, pague uma subscrição premium
GA
Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
https://t.me/gazetauz_ozb
Idade do canal
Criado
Linguagem
Uzbeque
4.54%
ER (semana)
10.78%
ERRAR (semana)

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/

Tahririyat:

@GazetauzMuloqotBot

Mensagens Estatísticas
Repostagens e citações
Redes de publicação
Satélites
Contatos
História
Principais categorias
As principais categorias de mensagens aparecerão aqui.
Principais menções
Não foram detectadas menções significativas.
Encontrado 2 129 resultados
OAV Pokiston Hindistonning Jammu va Kashmirdagi chegara postlarini o‘qqa tutgani, Hindiston ham javob qaytarganini yozmoqda. Vaziyat Kashmirda 30 ga yaqin sayyoh terakt qurboni bo‘lganidan so‘ng keskinlashdi. Hindiston bir necha diplomatlarni chiqarib yuborib, suvni to‘sdi. Pokiston buni urush harakati deb atadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/pakistan-india/

Telegram | Instagram | YouTube
25.04.2025, 15:51
t.me/gazetauz_ozb/49889
Adliya vazirligi, YI va BMTTD davlat xizmatlarini yaxshilash bo‘yicha 4,9 mln yevrolik loyihaning yangi bosqichini boshladi. 2029-yilgacha 35 ta davlat xizmatini raqamli transformatsiyalash, 1000 nafar davlat xizmatchisini o‘qitish va mahallalarda 34 ta davlat xizmatlari ko‘rsatish shoxobchasini ochish rejalashtirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/services/

Telegram | Instagram | YouTube
25.04.2025, 15:31
t.me/gazetauz_ozb/49888
O‘zbekistonning 8 ta viloyatidagi tog‘ va tog‘oldi hududlarida 25 va 27−30-aprel kunlari yomg‘irlar yog‘ishi sabab sel kelishi xavfi e’lon qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/sel/

Telegram | Instagram | YouTube
25.04.2025, 15:06
t.me/gazetauz_ozb/49887
Toshkent metallurgiya zavodi 25-aprel kuni Toshkentda 5 yillik faoliyatini nishonlash doirasida biznes-uchrashuv o‘tkazdi, u barqaror rivojlanish va xalqaro miqyosdagi e’tirofni yana bir bor tasdiqladi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/tmz/
25.04.2025, 14:59
t.me/gazetauz_ozb/49886
Dollarning rasmiy kursi yangilandi

Markaziy bank 28-apreldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 29,97 soʻmga koʻtarilib, 12 957,14 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi tushdi va rubl kursi esa biroz oshdi.

Telegram | Instagram | YouTube
25.04.2025, 14:36
t.me/gazetauz_ozb/49885
Qiziqchi Shukrullo Isroilovga tegishli Mercedes-Benz`ni olib qochgan yigit 2 yilga qamaldi. Sudlanuvchi bolalikdan nogiron ekani, o‘ziga nisbatan ishonchni sinab ko‘rish uchun mashina boshqarishni niyat qilganini aytib, suddan yengillik so‘ragan. Jabrlanuvchi unga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligini aytgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/sud/

Telegram | Instagram | YouTube
25.04.2025, 14:27
t.me/gazetauz_ozb/49884
🚞 Toshkent — Urganch — Xiva yo‘nalishidagi yangi vagonlardan videoreportaj

Toshkent — Urganch — Xiva yo‘nalishiga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yangi 10 ta zamonaviy vagon yo‘lga qo‘yildi. Unda 4 ta plaskart, 4 ta kupe va 2 ta birinchi klassdagi (СВ) vagonlar mavjud. Yo‘lovchilar vagonda mikroiqlimni moslash uchun zamonaviy tizimdan foydalanishi mumkin.

https://youtu.be/QXcbqmLAzdE

Telegram | Instagram | YouTube
25.04.2025, 13:27
t.me/gazetauz_ozb/49883
O‘zbekistonda budjet defitsiti YAIMga nisbatan 3,2 foizgacha pasaysa-da, davlat korxonalari faol xarajati va tashqi qarzlar ko‘payishi hisobiga davlat xarajatlari yuqoriligicha qolmoqda. Jamg‘arma kelgusi yillarda mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishi 5,8−5,9 foiz darajasida saqlanib qolishini prognoz qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/imf-forecast/

Telegram | Instagram | YouTube
25.04.2025, 13:00
t.me/gazetauz_ozb/49882
Dubayda 15 nafar o‘zbekistonlik jinoiy to‘qnashuvda ishtirok etishda gumonlanib qo‘lga olindi. BAA O‘zbekiston fuqarolari tomonidan “qonunbuzarlik holatlari ko‘payayotgani” vizasiz tartibga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini bildirdi. O‘zbekiston TIV fuqarolarni bunday harakatlardan tiyilishga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/uae/

Telegram | Instagram | YouTube
25.04.2025, 12:11
t.me/gazetauz_ozb/49881
Xitoyga tashrif doirasida “O‘zatom” delegatsiyasi CNNC, Rosatom va Shanghai Electric bilan O‘zbekistondagi AES loyihasi uchun turbinalarni yetkazib berish va uskunalarni moslashtirishni muhokama etdi. Shuningdek, Xitoy Eksimbankidan moliyalashtirish jalb qilish masalasi ko‘rib chiqildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/nuclear-power-station/

Telegram | Instagram | YouTube
25.04.2025, 11:51
t.me/gazetauz_ozb/49880
O‘zbekistonda dam olish kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, lekin yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +27…+30, ayrim joylarda +36…+39 darajagacha ko‘tariladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/ob-havo/

Telegram | Instagram | YouTube
25.04.2025, 11:00
t.me/gazetauz_ozb/49879
Gulnora Karimovaning Shveysariyada musodara etilgan aktivlaridan 43,5 mln dollari O‘zbekiston tibbiyot sohasiga, xususan, onalar va go‘daklar o‘limini kamaytirishga yo‘naltirilmoqda. Jumladan, 231 ta tug‘uruq muassasalariga 23 turdagi tibbiy uskunalar sotib olinyapti, 50 mingdan ziyod tibbiyot xodimi o‘qitiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/gulnora-karimova/

Telegram | Instagram | YouTube
25.04.2025, 10:23
t.me/gazetauz_ozb/49878
Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlari Toshkentdagi birinchi uchrashuvida xavfsizlikka oid zamonaviy tahdid va xatarlarni baholashning yagona yondashuvlarini ishlab chiqish, ularni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/meeting/

Telegram | Instagram | YouTube
25.04.2025, 09:43
t.me/gazetauz_ozb/49877
Saudiya Arabistoniga Umra uchun borgan 580 nafar o‘zbekistonlik noqonuniy sayyohlik agentliklari qurboni bo‘ldi. Ular xorijda oziq-ovqat, boshpana va zarur yordamsiz qolgan. Ular prezident topshirig‘i bilan charter reyslar orqali olib kelindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/pilgrimage/

Telegram | Instagram | YouTube
25.04.2025, 09:17
t.me/gazetauz_ozb/49876
Samarqandda Lacetti haydovchisi piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan 10 ga yaqin kishini, jumladan, bir nechta bolani urib yubordi. YTH oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, bir qancha kishi jarohatlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/yth/

Telegram | Instagram | YouTube
25.04.2025, 08:47
t.me/gazetauz_ozb/49875
Tarbiyalanuvchilar muntazam kaltaklanib kelingani aytilgan “Tanzilandiya” xususiy bog‘chasining litsenziyasi bekor qilindi. Bunga mazkur nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatidagi bir qancha kamchiliklar sabab bo‘lgan. Shuningdek, tarbiyalanuvchini kaltaklagan xodimga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/tanzilandiya/

Telegram | Instagram | YouTube
25.04.2025, 08:01
t.me/gazetauz_ozb/49874
24-apreldan my.gov.uz portalida yangi avtomashinani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish imkoniyati paydo bo‘ldi. Xizmat hozircha YHXXning Toshkent shahridagi faqat bitta bo‘limida mavjud. Fuqarolar mashinalarni bo‘limda ro‘yxatdan o‘tkazishi yoki inspektorga hududga borishni aytishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/car-registration/

Telegram | Instagram | YouTube
25.04.2025, 07:37
t.me/gazetauz_ozb/49873
Fix Dessert Chocolatier brendi ostida sotilayotgan “Dubay” shokolad mahsulotlarida inson salomatligi uchun xavfli bakteriyalar aniqlandi, dedi Texnik tartibga solish inspeksiyasi laboratoriya natijalariga tayanib. Unga ko‘ra, mahsulotning tashqi ko‘rinishi ham texnik reglament talablariga javob bermaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/25/fix-dessert-chocolatier/

Telegram | Instagram | YouTube
25.04.2025, 07:00
t.me/gazetauz_ozb/49872
24-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

💼 XVJ O‘zbekistonni o‘tish islohotlarini yakunlash va aktivlar deklaratsiyasini tezroq joriy etishga chaqirdi.

🎖 Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni “Oliy darajali do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi.

📨 Transport va ichki ishlar vazirlariga noqonuniy avtomobillar ijarasi bo‘yicha deputatlik so‘rovi yuborildi.

🏦Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida qoldirildi.

🗣 “Vladimir, to‘xta!” Tramp — Rossiyaning Kiyevga zarbasi haqida.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/dayjest/

Telegram | Instagram | YouTube
24.04.2025, 22:01
t.me/gazetauz_ozb/49871
AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik Vashington va Toshkent o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va Donald Tramp ma’muriyatining mamlakatdagi ustuvor yo‘nalishlari haqida gapirdi. Elchining asosiy iqtiboslari — “Gazeta.uz” maqolasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/us-uzb/

Telegram | Instagram | YouTube
24.04.2025, 21:21
t.me/gazetauz_ozb/49870
23-aprel kuni Istanbulda O‘zbekiston fuqarosi yurak yetishmovchiligi oqibatida vafot etdi. Uning o‘limiga zilzila vaqtidagi kuchli qo‘rquv sabab bo‘lgani aytilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/case/

Telegram | Instagram | YouTube
24.04.2025, 20:42
t.me/gazetauz_ozb/49869
O‘zbekiston bozor islohotlarida muvaffaqiyatga erishdi, lekin o‘tish davri islohotlarini yakunlashi kerak, deb hisoblaydi XVJ. Jamg‘arma davxizmatchilar daromadlarini deklaratsiyalash qonunini qabul qilishni tezlashtirish, shuningdek, davlat aralashuvidan bozor institutlariga o‘tish va samarali regulyatsiyaga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/reforms-imf/

Telegram | Instagram | YouTube
24.04.2025, 20:10
t.me/gazetauz_ozb/49868
XVJ O‘zbekistonga davlat banklarini xususiylashtirishni tezlashtirishni va budjet uchun xavf borligini ko‘rsatib, tizimli ahamiyatga ega banklarni saqlab qolish g‘oyasidan voz kechishni tavsiya qildi. Mikrokreditlash hajmidagi o‘sish hamda imtiyozli va yo‘naltirilgan kreditlashdan voz kechish zarurligi qayd etildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/banks/

Telegram | Instagram | YouTube
24.04.2025, 18:57
t.me/gazetauz_ozb/49867
XVJ O‘zbekiston Markaziy bankiga so‘m bozor sharoitlarini yanada aniqroq aks ettirishi va tashqi zarbalardan himoya qiluvchi samarali vositaga aylanishi uchun valyuta kursi tebranishlari oralig‘ini asta-sekin kengaytirishni tavsiya etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/imf/

Telegram | Instagram | YouTube
24.04.2025, 17:52
t.me/gazetauz_ozb/49866
Donald Tramp Kiyevga uyushtirilgan Rossiya zarbalaridan “mamnun emasligini” bildirdi. “Vladimir, to‘xta! Har hafta 5 ming askar halok bo‘lyapti. Kel, tinchlik shartnomasini tuzamiz!” — dedi u. Avvalroq Rossiya zarbalari sababli Kiyevda 12 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar jarohat olgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/trump/

Telegram | Instagram | YouTube
24.04.2025, 16:11
t.me/gazetauz_ozb/49865
Toshkentda xususiy bog‘cha administratori 7 yoshli bolaga nisbatan qo‘pollik qilib, uni kamera yo‘q xonaga olib chiqib qasddan urgani aniqlandi. U bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi, sud unga jarima qo‘lladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/kindergarten/

Telegram | Instagram | YouTube
24.04.2025, 15:51
t.me/gazetauz_ozb/49864
Andijon viloyatida epitsentri Marhamat tumani bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi 3 ballni tashkil etdi. Asaka, Buloqboshi, Shahrixon va Quva tumanlarida 2 ball bo‘lib sezildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/zilzila/

Telegram | Instagram | YouTube
24.04.2025, 15:38
t.me/gazetauz_ozb/49863
XVJ O‘zbekistonning budjet taqchilligini qisqartirishdagi harakatlarini ijobiy baholadi. Jamg‘arma mamlakatga korxonalar foydasi va jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqlarni isloh qilish, samarasiz imtiyozlardan voz kechish, oltin narxining budjet xarajatlariga ta’sirini yumshatishni tavsiya qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/imf-tax-reform/

Telegram | Instagram | YouTube
24.04.2025, 15:07
t.me/gazetauz_ozb/49862
Ipoteka Bank OTP Group bank tomonidan chiqarilgan UZCARD to‘lov tizimidagi ATTO transport kartasi afzalliklaridan foydalanish imkoniyati yaratilganini mamnuniyat bilan ma’lum qilmoqda (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/ipoteka-bank/
24.04.2025, 14:59
t.me/gazetauz_ozb/49861
Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezident Mun Chje Inni 151 ming dollardan ortiq miqdordagi poraxo‘rlik ishida ayblamoqda. U hokimiyatda bo‘lgan vaqtida kuyovi Tailand korporatsiyasida lavozimga tayinlangan va mablag‘lar sobiq prezidentga pora sifatida o‘tkazilgani aytiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/moon-jae-in/

Telegram | Instagram | YouTube
24.04.2025, 14:43
t.me/gazetauz_ozb/49860
Dollarning rasmiy kursi yangilandi

Markaziy bank 25-apreldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 36,74 soʻmga koʻtarilib, 12 927,17 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi esa tushdi.

Telegram | Instagram | YouTube
24.04.2025, 14:20
t.me/gazetauz_ozb/49859
Prezident kimyo sanoatini diversifikatsiya qilish rejalari bilan tanishdi. Iyul oyiga qadar “yashil” vodorod va sian tuzlarini ishlab chiqaruvchi zavodlarni ishga tushirish rejalashtirilmoqda. “O‘zkimyosanoat” rahbari katta miqdorda to‘planib qolgan zaxiralardan kimyoviy o‘g‘itlar chiqarilayotgani haqida ma’lumot berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/chemical/

Telegram | Instagram | YouTube
24.04.2025, 14:02
t.me/gazetauz_ozb/49858
O‘zbekiston prezidenti turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedovni “qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari uchun” “Oliy darajali do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/unvon/

Telegram | Instagram | YouTube
24.04.2025, 13:31
t.me/gazetauz_ozb/49857
Shavkat Mirziyoyev va turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekiston rahbari turkman xalqining milliy yetakchisiga uning qalamiga mansub “Tafakkur gavhari” kitobining o‘zbek tilidagi nusxasini topshirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/uzb-turkman/

Telegram | Instagram | YouTube
24.04.2025, 12:36
t.me/gazetauz_ozb/49856
Suriya rahbari Ahmad al-Sharaa Rossiyaga sobiq prezident Bashar Asadni topshirishni so‘rab murojaat qilgani, ammo Moskva rad etganini bildirdi. Shu bilan birga, yangi hokimiyat Moskva bilan hamkorlik qilishdan bosh tortmasligi ma’lum qilindi, zotan Suriya oziq-ovqat va energiya yetkazib berishda Rossiyaga tayanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/bashar-assad/

Telegram | Instagram | YouTube
24.04.2025, 11:33
t.me/gazetauz_ozb/49855
Toshkent, Farg‘ona, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida fuqarolarni haj va umra safariga yuborishni va’da qilib, pul olgan shaxslar qo‘lga olindi. Ular orasida turizm firmasi rahbari, aviakassa xodimi hamda ilgari sudlangan shaxs bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/haj-umra/

Telegram | Instagram | YouTube
24.04.2025, 10:15
t.me/gazetauz_ozb/49854
Rossiyaning Ukrainaga yirik zarbasi oqibatida Kiyevda kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, 70 dan ortiq kishi jarohatlandi. Hammasi bo‘lib mamlakatning to‘qqizta hududi o‘qqa tutildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/kyiv/

Telegram | Instagram | YouTube
24.04.2025, 09:31
t.me/gazetauz_ozb/49853
Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz, 14 foiz darajasida qoldirdi. "Yalpi talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosibliklar hamda tashqi noaniqliklarning kuchayib borishi bilan bog‘liq xatarlar pul-kredit sharoitlarini nisbatan qat’iy, joriy darajasida saqlab qolishni taqozo etmoqda", — deya qayd etgan MB.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/asosiy-stavka/

Telegram | Instagram | YouTube
24.04.2025, 09:16
t.me/gazetauz_ozb/49852
Qonunchilik palatasi deputati Dilmurod Ismoilov avtomobillarni noqonuniy ijaraga berish va u keltirib chiqarayotgan og‘ir oqibatlar yuzasidan transport va ichki ishlar vazirlariga so‘rov yubordi. 2024-yili Namanganda ijaraga olingan mashinada YTHga uchrab, 3 nafar bola vafot etgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/car-rental/

Telegram | Instagram | YouTube
24.04.2025, 08:58
t.me/gazetauz_ozb/49851
Olmaliq shahrida 8 yoshli bolasining qo‘l va oyoq barmoqlariga paxta tiqib yoqqan ona 2 yilga qamaldi. U bu ishni farzandi ruxsatsiz shirinlik yegani uchun qilgan. Boladagi jarohatlarni maktabdagi o‘qituvchilari payqab qolgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/mother/

Telegram | Instagram | YouTube
24.04.2025, 08:18
t.me/gazetauz_ozb/49850
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida otasining Gentra mashinasini do‘stlari bilan ruxsatsiz minmoqchi bo‘lgan 14 yoshli bola yuk mashinasiga borib urildi. Salondagi 2 kishi voqea joyida halok bo‘ldi, yana ikki nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/24/yth/

Telegram | Instagram | YouTube
24.04.2025, 07:29
t.me/gazetauz_ozb/49849
Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti o‘rnida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi. Darslar 2025/2026 o‘quv yilidan boshlanadi, uch OTM talabalari o‘qishini yangi universitetda davom ettiradi va uning diplomini oladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/medical-university/

Telegram | Instagram | YouTube
24.04.2025, 06:48
t.me/gazetauz_ozb/49848
23-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

❔ Rossiya TIV rahbari Samarqanddagi yodgorlikda rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratdi.

➡️ UzAuto Motors, UMS, TTZ va bir qancha IESlarning davlat ulushi sotiladi.

🙅‍♂️ ”Gulnora Karimovaning qamoqdan chiqqani haqidagi xabarlar asossiz” — Oliy sud.

⚖️ “Toshshahartransxizmat” sobiq rahbari va boshqalarning apellyatsiya sudi boshlandi. Advokatlar shikoyati eshitilyapti.

💰 “Bu pullar o‘zbek xalqiniki”. Gulnora Karimovaning O‘zbekistonga qaytarilgan 67 mln dollarlik aktivlari nimalarga sarflanmoqda?

🚰 Toshkentning beshta tumanida 9 kunlik uzilishdan so‘ng issiq suv ta’minoti tiklanadi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/dayjest/

Telegram | Instagram | YouTube
23.04.2025, 21:59
t.me/gazetauz_ozb/49847
O‘zbekiston Markaziy banki va Tencent Cloud International delegatsiyasi uchrashuvida WeChat Pay’ni mahalliy to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilish, QR-kod orqali to‘lovlar va bulutli infratuzilma sohasida hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/wechat-pay/

Telegram | Instagram | YouTube
23.04.2025, 21:40
t.me/gazetauz_ozb/49846
O‘zbekiston hukumati 70 toifadagi tovarlar, jumladan, kiyim-kechak, maishiy texnika va tagliklar importi qiymati va miqdorini nazorat qilishning yangi tartibini tasdiqladi. 1-maydan boshlab deklaratsiya qilinayotgan narx oxirgi 90 kundagi o‘rtacha narxning 80 foizidan past bo‘lishi mumkin emas.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/customs-value/

Telegram | Instagram | YouTube
23.04.2025, 21:20
t.me/gazetauz_ozb/49845
AQSh rasmiylari Ukrainaga Rossiyaning Qrim ustidan de-yure nazoratini tan olish, hozirgi front chizig‘ini muzlatish, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish va Kiyevga “ishonchli xavfsizlik kafolati”ni o‘z ichiga olgan urushni tinch yo‘l bilan hal qilish rejasini taqdim etdi, deb yozmoqda G‘arb OAV.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/peace-framework/

Telegram | Instagram | YouTube
23.04.2025, 20:49
t.me/gazetauz_ozb/49844
Samarqandga kelgan Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va prezident Shavkat Mirziyoyev Hazrati Xizr majmuasiga borib, Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi, so‘ng “Boqiy shahar”dagi madaniy tadbirlarda ishtirok etdi. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/in-samarkand/

Telegram | Instagram | YouTube
23.04.2025, 20:30
t.me/gazetauz_ozb/49843
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov G‘arbning Markaziy Osiyodagi tashabbuslarini tanqid qilib, xususan, YeIni antirossiya kun tartibini ilgari surayotganlikda aybladi. Uning fikricha, hamkorlar “MO davlatlari hukumat tuzilmalariga kirishga qaratilgan” dasturlar orqali mintaqadagi manfaatlarini ilgari surmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/russia-eu/

Telegram | Instagram | YouTube
23.04.2025, 19:56
t.me/gazetauz_ozb/49842
Gulnora Karimovaning Shveysariyada musodara qilingan pullarining bir qismi O‘zbekistonga qaytarildi. Qanday qilib va qaytgan pullar nimalarga sarflanyapti? Jarayonni nazorat qilish uchun BMT shafeligida tashkil etilgan “Ishonch” jamg‘armasi kotibiyati rahbari Yonas Astrup “Gazeta.uz”ga shu haqda intervyu berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/gulnara-karimova/

Telegram | Instagram | YouTube
23.04.2025, 19:17
t.me/gazetauz_ozb/49841
Toshkentning beshta tumani — Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Shayxontohur, Olmazor va Yashnobodda 9 kunlik o‘chirishdan so‘ng issiq suv ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi. Veolia Energy Tashkent ta’mirlash ishlari tugaganini, qozonxonani suv va bosimga to‘ldirish boshlanganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/hot-water/

Telegram | Instagram | YouTube
23.04.2025, 19:00
t.me/gazetauz_ozb/49840
“Diplomatik bezbetlik”. O‘zbek jamoatchiligi Sergey Lavrovning til masalasidagi so‘zlarini qanday qarshiladi?

O‘zbekistondagi ayrim jamoatchilik faollari Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning Samarqanddagi “Motamsaro ona” yodgorligi yonida rus tilidagi yozuv yo‘qligi haqidagi gapiga munosabat bildirdi. Ularda, asosan, mustaqil mamlakat o‘z hududidagi obidalarda qaysi tilda yozishini o‘zi hal qilishi eslatilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/reactions/

Telegram | Instagram | YouTube
23.04.2025, 17:57
t.me/gazetauz_ozb/49839
Istanbulda 151 nafar fuqaro zilzilalardan so‘ng qo‘rquv sababli balandlikdan sakrab, jarohat oldi. Bosh konsulxonaga ko‘ra, hodisa oqibatida O‘zbekiston fuqarolari orasida jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/istanbul/

Telegram | Instagram | YouTube
23.04.2025, 16:37
t.me/gazetauz_ozb/49838
Istanbul atrofida ketma-ket bir necha zilzila sodir bo‘ldi, eng kuchlisining magnitudasi 6,2 ni tashkil etdi. Jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Odamlar sarosimada ko‘chalarga chiqdi, baland binolardan uzoqlashdi. Zarurat bo‘lmasa, avtomobillarda yo‘lga chiqmaslik so‘raldi (video).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/turkiye/

Telegram | Instagram | YouTube
23.04.2025, 15:45
t.me/gazetauz_ozb/49837
Rim papasi Fransiskning dafn marosimi 26-aprel kuni Vatikanda bo‘lib o‘tadi. Vidolashuv marosimiga 250 minggacha kishi, jumladan, dunyo yetakchilari va Yevropa qirollik oilalari a’zolari tashrif buyuradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/funeral/

Telegram | Instagram | YouTube
23.04.2025, 15:36
t.me/gazetauz_ozb/49836
Prezident to‘rtta yirik davlat korxonasi — Samarqand avtomobil zavodi (SamAuto), “Issiqlik elektr stansiyalari”, “O‘zmetkombinat” va “Sherobod sement zavodi”ni xususiylashtirish mexanizmini tasdiqladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/privatization-4/

Telegram | Instagram | YouTube
23.04.2025, 15:04
t.me/gazetauz_ozb/49835
Italiya bosh vaziri Jorja Meloni 25−27-aprel kunlariga rejalashtirilgan O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrifini Rim papasi Fransiskning vafoti munosabati bilan keyinga qoldirdi, uning dafn marosimi shanba kuni Vatikanda bo‘lib o‘tadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/visit-meloni/

Telegram | Instagram | YouTube
23.04.2025, 14:33
t.me/gazetauz_ozb/49834
Dollarning rasmiy kursi yangilandi

Markaziy bank 24-apreldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 11,47 soʻmga koʻtarilib, 12 890,43 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi esa tushdi.

Telegram | Instagram | YouTube
23.04.2025, 14:22
t.me/gazetauz_ozb/49833
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” yodgorligi yonida rus tilidagi yozuv yo‘qligidan hayron bo‘ldi. “Inglizlar sizga qanday kelib qoldi? Qarasam, inglizcha yozuv. Ruschani ko‘rmayapman”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/russian/

Telegram | Instagram | YouTube
23.04.2025, 14:02
t.me/gazetauz_ozb/49832
JIB Toshkent shahar sudida “Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari Anvar Jo‘rayev va 20 kishining ishi bo‘yicha apellyatsiya jarayoni boshlandi. Jo‘rayevning advokati birinchi instansiya hukmi bayonnomasida noaniqliklar topdi. Xatolar qaytarilmasligi uchun majlisda faqat advokatga diktofon ishlatishga ruxsat berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/apellyatsiya/

Telegram | Instagram | YouTube
23.04.2025, 13:49
t.me/gazetauz_ozb/49831
O‘zbekiston prezidenti Samarqand shahrida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/lavrov/

Telegram | Instagram | YouTube
23.04.2025, 13:03
t.me/gazetauz_ozb/49830
Prezident Navoiy va Olmaliq KMKlari, Uzbekistan Airways, “O‘zbektelekom” va MIJ kabi 12 ta yirik davlat kompaniyasi aksiyalarini birlamchi va ikkilamchi ommaviy taklifini o‘tkazish jadvalini tasdiqladi. Dastlab 2−5 foiz aksiyalarni joylashtirish reja qilingan bo‘lsa, hozir u 10−25 foizni tashkil etmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/ipo-spo-12companies/

Telegram | Instagram | YouTube
23.04.2025, 12:34
t.me/gazetauz_ozb/49829
Tarmoqlarda Gulnora Karimovaning ozodlikka chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. Oliy sudning “Gazeta.uz”ga aniqlik kiritishicha, bu ma’lumot asossiz, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/gulnora-karimova/

Telegram | Instagram | YouTube
23.04.2025, 11:44
t.me/gazetauz_ozb/49828
2025-yilda xususiylashtirish dasturi doirasida 30 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotish va kamida 10 trln so‘m tushumni ta’minlash ko‘zda tutilgan. Shuningdek, kamida 30 ta foydali qazilma kon va uchastkalaridan foydalanish huquqi savdoga chiqariladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/xususiylashtirish/

Telegram | Instagram | YouTube
23.04.2025, 11:36
t.me/gazetauz_ozb/49827
Kichik va o‘rta biznes tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida TBC Uzbekistan uch yilgacha muddatga garovsiz va kafillarsiz 300 million so‘mgacha onlayn kreditlarni ishga tushirdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/tbc-uzbekistan/
23.04.2025, 11:08
t.me/gazetauz_ozb/49826
O‘zbekiston prezidenti Samarqand shahriga bordi. U yerda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, shuningdek, Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazish reja qilingan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/samarkand/

Telegram | Instagram | YouTube
23.04.2025, 10:28
t.me/gazetauz_ozb/49825
Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi. U aeroportda o‘ziga vasiy etib tayinlangan yaqin qarindoshiga topshirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/child/

Telegram | Instagram | YouTube
23.04.2025, 10:09
t.me/gazetauz_ozb/49824
Prezident imzolagan qaror bilan O‘zbekistondagi 29 ta yirik kompaniyalarning davlat ulushi sotiladi. Ular orasida UzAuto Motors, Universal Mobile Systems, Uzbekistan GTL kabi kompaniyalar, shuningdek, Toshkent traktor zavodi, Texnopark va bir qancha IESlar bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/privatization/

Telegram | Instagram | YouTube
23.04.2025, 09:19
t.me/gazetauz_ozb/49823
Farg‘ona viloyati teri-tanosil 2-sonli dispanseri rahbari shifokor va xodimlarini dam olish kunlarida ishga, haq to‘lamasdan navbatchilikka jalb qilgani va xizmat safari xarajatlarini qoplamayotgani aniqlandi. Ombudsman xulosasidan so‘ng unga hayfsan qo‘llandi, xodimlarga salkam 3 mln so‘m to‘lab berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/clinic/

Telegram | Instagram | YouTube
23.04.2025, 07:59
t.me/gazetauz_ozb/49822
Mehnat muhojirlarini qo‘llab-quvvatlash kuchaytirildi: moddiy yordam 5 BHMgacha oshiriladi, yashash xarajatlari — 500 dollargacha, davolanish — 1500 dollargacha. Murakkab moliyaviy vaziyatda qolgan barcha xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari beg‘araz tarzda vatanga qaytariladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/supporting-migrants/

Telegram | Instagram | YouTube
23.04.2025, 07:20
t.me/gazetauz_ozb/49821
O‘zbekiston prezidenti Kashmirdagi terakt munosabati bilan Hindiston rahbariyatiga ta’ziya bildirdi. Qurollanganlarning sayyohlarga hujumi oqibatida 30 ga yaqin kishi halok bo‘ldi. Terakt Hindiston bosh vazirining Saudiyaga safari va AQSh vitse-prezidentining Hindistonga tashrifi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/23/jammu-and-kashmir/

Telegram | Instagram | YouTube
23.04.2025, 06:47
t.me/gazetauz_ozb/49820
22-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

☢️ Prezident kichik AES qurish loyihasini jadallashtirish bo‘yicha topshiriq berdi.

📊 O‘zbekiston iqtisodiyoti birinchi chorakda 6,8% o‘sdi — o‘tgan yillardan tezroq.

⚠️ Xizmat mashinalari 88 marta qoida buzgan Namangan shahri hokimligi YHXBdan radarlarni tizimdan o‘chirishni so‘radi.

🇹🇲 Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

🚗 Ikkilamchi avtomobillar bozorida narxlar tushishi davom etmoqda — MHTI.

🎉 O‘zbekistonda to‘y-hashamlarni tartibga solishga yana bir bor urinib ko‘riladi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2025/04/22/dayjest/

Telegram | Instagram | YouTube
22.04.2025, 22:01
t.me/gazetauz_ozb/49819
Mehnat migratsiyasidagi fuqarolarga moliyaviy ko‘mak berish tartibi tasdiqlandi. Endi xorijda rasmiy ishga joylashish uchun ketuvchi fuqarolar yo‘l chiptasi, viza, imtihon va kurslar xarajatlarini davlat subsidiyasi hisobidan qoplashi mumkin. Ularga mikrokreditlar ham ajratiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/22/migration/

Telegram | Instagram | YouTube
22.04.2025, 21:53
t.me/gazetauz_ozb/49818
Markaziy bank belgilagan AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi ketma-ket to‘rtinchi kundirki pasaymoqda. Ushbu davrda milliy valyuta kursi 0,89% yoki deyarli 116 so‘mga mustahkamlandi. Bu nima bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin?

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/22/dollar-sum/

Telegram | Instagram | YouTube
22.04.2025, 21:27
t.me/gazetauz_ozb/49817
O‘zbekistonlik deputatlar soliq va tadbirkorlikka oid o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. O‘zLiDeP deputati chiqarib tashlashni taklif qilgan soxta tadbirkorlik to‘g‘risidagi modda muhokamaga sabab bo‘ldi, biroq deputatlarning aksariyati bu taklifni rad etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/22/entrepreneurship/

Telegram | Instagram | YouTube
22.04.2025, 20:29
t.me/gazetauz_ozb/49816
Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi chorakda O‘zbekiston YIMi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,8% o‘sdi. Xizmat ko‘rsatish sohasi 7% oshdi, qurilish — 10,7%, sanoat — 6,5%. Inflyatsiya 2,1% gacha tezlashdi, tashqi savdo — 8,6% gacha.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/22/economy/

Telegram | Instagram | YouTube
22.04.2025, 19:53
t.me/gazetauz_ozb/49815
AQSh Savdo vazirligi Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan quyosh panellarini import qilish uchun bojlarni tasdiqladi. Maksimal tarif Kambodja mahsulotlari uchun, ular 3521% ni tashkil qiladi. Bojlarni joriy etish bo‘yicha yakuniy qaror iyun oyida qabul qilinadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/22/solar-cells/

Telegram | Instagram | YouTube
22.04.2025, 19:13
t.me/gazetauz_ozb/49814
Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov 23−24-aprel kunlari Samarqandga tashrif buyuradi. Muzokaralar kun tartibidan siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/22/berdimukhamedov/

Telegram | Instagram | YouTube
22.04.2025, 17:46
t.me/gazetauz_ozb/49813
Hokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatining IV divizionida g‘alaba qozonib, turnirning III divizioniga yo‘l oldi, bu mamlakat uchun tarixiy natija. Jamoa Kuvayt, Eron, Indoneziya va Malayziya ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonib, 13 ochko jamg‘ardi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/22/hockey/

Telegram | Instagram | YouTube
22.04.2025, 17:13
t.me/gazetauz_ozb/49812
O‘zbekiston hukumati to‘ylar va boshqa marosimlarni o‘tkazishni tartibga soluvchi yangi hujjat qabul qilishni rejalashtirmoqda. Hujjatda isrofgarchilikka qarshi kurashish va yoshlarni tejamkorlikka o‘rgatish choralari ko‘zda tutiladi. Mamlakatda bunday qonunlar allaqachon mavjud bo‘lsa-da, ular amalda deyarli ishlamayapti.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/22/wedding/

Telegram | Instagram | YouTube
22.04.2025, 16:05
t.me/gazetauz_ozb/49811
Qatar va Misr vositachilari Isroil va HAMASga G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha yangi reja taklif qildi. U besh yildan yetti yilgacha bo‘lgan muddatga sulh tuzish, barcha isroillik garovga olinganlarni ozod qilish va Isroil qo‘shinlarini eksklavdan olib chiqishni o‘z ichiga oladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/22/ceasefire-plan/

Telegram | Instagram | YouTube
22.04.2025, 15:33
t.me/gazetauz_ozb/49810
Namangan shahri hokimi viloyat YHXB boshlig‘idan hukumat qaroriga zid tarzda o‘rnatilgan radarlarni tizimdan o‘chirishni so‘radi. YHXB boshlig‘i o‘z javobida radarlar yo‘ldagi tartibni ta’minlayotganini aytdi. Shuningdek, hokimlik xizmat mashinalari o‘nlab qoidabuzarlik sodir etib, jarimalarni to‘lamaganini eslatdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/22/namangan/

Telegram | Instagram | YouTube
22.04.2025, 15:02
t.me/gazetauz_ozb/49809
Toshkentda YI, YXHT va BMTTD tomonidan Markaziy Osiyoda uran merosi oqibatlarini bartaraf etish, insonlar va tabiatni himoya qilish hamda mintaqadagi xavfsizlikni oshirishga qaratilgan loyihaning uchinchi bosqichini boshlovchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Loyiha O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonni qamrab oladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/22/uran/

Telegram | Instagram | YouTube
22.04.2025, 14:42
t.me/gazetauz_ozb/49808
Dollarning rasmiy kursi yangilandi

Markaziy bank 23-apreldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 30,68 soʻmga arzonlab, 12 878,64 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.

Telegram | Instagram | YouTube
22.04.2025, 14:32
t.me/gazetauz_ozb/49807
Garvard universiteti prezident Tramp ma’muriyatiga qarshi sudga da’vo arizasi berdi, u universitetni 2,2 mlrd dollardan ortiq mablag‘ bilan ta’minlashni muzlatib qo‘ygandi. Ta’lim muassasasi Oq uyning choralarini noqonuniy deb atadi va rasmiylarni universitetni nazoratga olishga urinishda aybladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/22/harvard/

Telegram | Instagram | YouTube
22.04.2025, 13:56
t.me/gazetauz_ozb/49806
Toshkentdagi Bon!, Basri Baba, Cakelab va China chuan chuan restoranlarida taomnomalar hamda xizmat davlat tilida taqdim etilmayotgani tanqidlarga uchradi. Raqobat qo‘mitasi o‘rganishidan so‘ng menyular tarjima qilindi. Xitoy taomlari restoranida esa o‘zbek tilida muloqot qiluvchi xodimlar faoliyat boshladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/22/menu/

Telegram | Instagram | YouTube
22.04.2025, 13:24
t.me/gazetauz_ozb/49805
O‘zbekistonda ikki oy tahliliga ko‘ra, mahalliy va xorijiy avtomobillar, shuningdek, elektromobillarning ikkilamchi bozordagi narxi tushishda davom etmoqda. Masalan, o‘rtacha foydalanilgan Nexia o‘rtacha 600 dollarga, BYD E2 800 dollarga, inomarkalar esa 500 dollardan 3000 ming dollargacha arzonlashgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/22/cars/

Telegram | Instagram | YouTube
22.04.2025, 12:46
t.me/gazetauz_ozb/49804
O‘zgidromet 23−24-aprel kunlari qator viloyatlarning bir qancha tumanlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/22/sel/

Telegram | Instagram | YouTube
22.04.2025, 12:00
t.me/gazetauz_ozb/49803
Prezidentga energetika sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berildi. 2026-yil oxirigacha tadbirkorlar tomonidan 3 mingga yaqin kichik GES qurilish reja qilingan. Shavkat Mirziyoyev kichik AES qurilishi bilan bog‘liq tadbirlarni jadallashtirish bo‘yicha topshiriq berdi, dedi “O‘zatom” rahbari.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/22/nuclear-power-station/

Telegram | Instagram | YouTube
22.04.2025, 11:08
t.me/gazetauz_ozb/49802
Surxondaryodagi ko‘chatxona loyihasi Afg‘oniston fuqarolari va ehtiyojmand mahalliy aholini birlashtirib, ularda “yashil” kelajakni yaratish va daxldorlik hissini kuchaytirdi. “Yashil makon” bosh rejasi butun mamlakat bo‘ylab yashil maydonlarni kengaytirishga yordam bermoqda. Akiko Fujii va Dumitru Lipkanu kolonkasi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/19/trees-future/

Telegram | Instagram | YouTube
22.04.2025, 10:37
t.me/gazetauz_ozb/49801
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston hokkey terma jamoasi Jahon chempionatining III divizioniga yo‘l olgani, shuningdek, Saudiya Arabistonida yengil atletikachilar yuqori natija ko‘rsatgani munosabati bilan tabrikladi. Sherzod Asadovga ko‘ra, prezident sportchilarning yutuqlarini qiziqish va e’tibor bilan kuzatmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/22/sport/

Telegram | Instagram | YouTube
22.04.2025, 10:03
t.me/gazetauz_ozb/49800
“Gazeta.uz” va Yandex Music “Mahallalar musiqasi” loyihasini davom ettiradi. Bunda biz mashhurlar bilan birga piyoda sayr qilamiz. Bu gal reper Shokir bilan birga poytaxtni aylanib, xavfli haydash, o‘zbek repining o‘zgarishi, mahalliy yulduzlarning jahonga chiqishi va muloqot kuchi haqida gaplashdik.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/22/shokir/

Telegram | Instagram | YouTube
22.04.2025, 09:10
t.me/gazetauz_ozb/49799
Mobiuz mobil operatori “50 nafar baxtiyor inson” aksiyasi g‘oliblarini aniqladi. Sovrinlar Instagram va YouTube ijtimoiy tarmoqlarining jonli efirida o‘ynaldi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/22/mobiuz/
22.04.2025, 08:59
t.me/gazetauz_ozb/49798
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining Yahyo G‘ulomov ko‘chasi bilan kesishmasidan Shahrisabz ko‘chasigacha bo‘lgan qismi 24-apreldan boshlab 30-maygacha transport harakati uchun yopiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/22/street/

Telegram | Instagram | YouTube
22.04.2025, 08:45
t.me/gazetauz_ozb/49797
Buxorodagi xususiy klinikada 11 yoshli bola sinov ukolisiz antibiotik yuborilishi sabab vafot etgani aytilmoqda. Marhum yaqiniga ko‘ra, klinika rahbari jasadni ekspertizaga bermaslik uchun $30 ming taklif qilgan. Bosh prokuratura mas’ullarga xizmat tekshiruvi tayinlangani va jinoiy ish ochilganini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/22/child/

Telegram | Instagram | YouTube
22.04.2025, 08:12
t.me/gazetauz_ozb/49796
Davlat xavfsizlik xizmati o‘tkazgan tezkor tadbirlarda Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida maktab direktori lavozimi, bojxona hamda ekologik ruxsatlar uchun pora olayotgan mansabdor shaxslar qo‘lga olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/22/dxx/

Telegram | Instagram | YouTube
22.04.2025, 07:52
t.me/gazetauz_ozb/49795
U qabrining “yerda, oddiygina, yagona: „Fransisk“ yozuvi bilan” bo‘lishini so‘ragan, deya Rim papasi Fransiskning vasiyatnomasini e’lon qildi Vatikan. Shuningdek, papaning o‘limiga insult, so‘ngra koma va o‘nglanmaydigan yurak-qon tomir kollapsi sabab bo‘lgani ochiqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/22/testament/

Telegram | Instagram | YouTube
22.04.2025, 07:10
t.me/gazetauz_ozb/49794
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro islomshunoslik akademiyasi etib qayta nomlanadi. U islomshunoslik va dinshunoslik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi, darsliklar yaratadi hamda diniy sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/22/academy-of-islamic-studies/

Telegram | Instagram | YouTube
22.04.2025, 06:45
t.me/gazetauz_ozb/49793
Turistik ko‘chaning yaratilishi faoliyat yuritayotgan korxonalarga zarar yetkazmasligi kerak, dedi Testo restoranlar tarmog‘i hamta’sischisi Zamira Rahmonova. Dushanba kuni Sodiq Azimov ko‘chasidagi muassasada elektr ta’minoti uzilgan. U rasmiylarni tizimli yondashuv, ochiq muloqot va o‘zaro hurmatga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/22/testo/

Telegram | Instagram | YouTube
22.04.2025, 06:05
t.me/gazetauz_ozb/49792
21-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🎖 Shavkat Mirziyoyev o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi g‘oliblarini unvon va medallar bilan taqdirladi.

📦 “Iqtisodiyotni qo‘llash va tashmachilikka qarshi kurash”. Bojxona qo‘mitasi bojsiz olib kirish normalari pasaytirilganini asosladi.

💼 Antikorrupsion nazorat samaradorligini oshirish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkaziladi.

🇮🇹 Italiya bosh vaziri Jorja Meloni O‘zbekistonga keladi.

🎒 Prezidentga maktab ta’limi sifatini yaxshilash choralari haqida ma’lumot berildi.

⬛️ Rim papasi Fransisk 88 yoshida vafot etdi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2025/04/21/dayjest/

Telegram | Instagram | YouTube
21.04.2025, 22:03
t.me/gazetauz_ozb/49791
Prezident imzolagan farmonga ko‘ra, aholining kundalik hayotidagi savollariga sun’iy intellekt asosida mobil telefon orqali sodda va qulay shaklda javob beradigan onlayn platforma yaratiladi. Davlat xaridlarida narxlar chegarasidan og‘ishgan mansabdorlar javobgarlikka tortiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/21/online-platform/

Telegram | Instagram | YouTube
21.04.2025, 21:18
t.me/gazetauz_ozb/49790
Os resultados da pesquisa são limitados a 100 mensagens.
Esses recursos estão disponíveis apenas para usuários premium.
Você precisa recarregar o saldo da sua conta para usá-los.
Filtro
Tipo de mensagem
Cronologia de mensagens semelhante:
Data, mais novo primeiro
Mensagens semelhantes não encontradas
Mensagens
Encontre avatares semelhantes
Canais 0
Alta
Título
Assinantes
Nenhum resultado corresponde aos seus critérios de pesquisa