Noqonuniy chiqindixonalarning yuzaga kelishiga chek qo‘yish zarur
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Abdushukur Xamzayev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Navoiy viloyatida olib borilayotgan o‘rganishlar davomida Karmana tumani hududida noqonuniy chiqindixonalar yuzaga kelgani aniqlandi.
Tabiatning istalgan joyiga chiqindi tashlab ketilishiga yo‘l qo‘ymaslik va bunday holatlarning oldini olish, mavjudlarini bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga zarur tavsiyalar berildi.