"Erkin bozor" degan narsa yo'q
"Erkin bozor" siyosati juda kam hollarda kambag'al davlatlarni boy qilgan
Biz post-industrial davrda yashamayapmiz
AQSH dunyodagi eng baland yashash darajasiga ega emas
Boylarni yanada boy qilish qolgan odamlarni boy qilmaydi
Ko'proq talimning o'zi mamalakatni boy qilib qo'ymaydi
Yahshi iqtisodiy qarorlar uchun yahshi iqtisodchilar shart emas
Shu va boshqa "baxsli" tezislar atrofida qurilgan suratdagi non-fiction o'qiyotgan edim. Bizning mahalliy iqtisodchi liberallar tomonidan targ'ib qilinib kelinadigan dogmalarga qarshi argumentlarga ega bo'lish uchun.
Kitobni o'qib turib, agar uni men yozganimda, qanday tezislarni keltirgan bo'lar edim, deb o'ylab qoldim. Ularning ba'zilari quyidagicha bo'lishi mumkin edi:
Biz o'z haqimizda holis deyarli hech narsa bilmaymiz.
Tariximiz, o'zlik va qadriyatlarimizning 95 foizi bizga shunchaki ijtimoiylashuv va siyosiy propaganda orqali singdirilgan.
O'zbek millati 1924-yildan avval milliy davlatchilikka ega bo'lmagan.
Paxta dalalaridagi yosh bolalar va qo'l mexnati mustaqillikdan keyin avj olgan. Sovet davri kombaynlarda paxta terish mustaqillik davriga nisbatan balandroq bo'lgan.
O'rtacha o'zbek kechki sovet davridan yahshiroq boshqa hech qaysi davrda himoyalanmagan.
Hech qanday mentalitet degan narsa yo'q.
Sizning o'zbek yoki boshqa o'zlikka ega ekanligingizga biologik dalil yo'q.
Sotsiologiya jamiyat haqidagi fan emas. Jamiyatshunoslik degan fan yo'q.
Geosiyosat degan fan yo'q. Konfliktologiya ham.
Aksar siz quloq tutadigan o'zbek ziyolilarining bitta ham xalqaro standartlarga javob beradigan maqolasi yo'q.
Siz o'zingizniki deb hisoblagan did, qarash, tanlov va qadriyatlar sizniki emas.
Ommaga gapiruvchi faollarning aksari buni shunchaki shuhratparastlikdan qiladi. Shu jumladan qisman men ham.
Aksar fan nomidan gapiradigan mahalliy olimlar fan o'zi nima ekanligini aslida bilmaydi. Chetda o'qib kelgan bo'lsa ham.
Deyarli hech kim mustaqil fikrga ega emas.
Sizning muvaffaqiyatingizning 90 foizi omad, sharoit, muhit, oila, moddiy holat va boshqa tashqi omillar bilan belgilangan, sizning mehnatingiz bilan emas.
Kitob o'qishni o'zi hech kimni ahloqan to'g'ri qilib qo'ymaydi.
Muhammadali Eshonqulovning fanati bo'lsangiz, demak miyyangizga qurt tushgan. (hazil)