# Adiblar_xiyoboni🔰Joriy yilning 9-aprel kuni Fan va texnologiyalar universiteti Ma‘naviyat bo‘lim boshlig‘i I.Ibrohimov, Yoshlar yetakchisi D.Toxirova, tyutorlar A.Tolipov hamda R.Sharipovlar boshchiligida talaba-yoshlar Adiblar xiyobonidagi Aleksandr Faynberg siymosi oldida adabiy-ma’rifiy va sport tadbirlari o'tkazildi. Tadbir davomida talabalar o'rtasida arqon tortish hamda sportning shaxmat-shashka turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
Atoqli adiblar haykallari qad rostlagan xiyobonda bu kabi tashabbuslarning amalga oshirilishi talaba-yoshlarning nafaqat jismonan chiniqishi, balki ajdodlarimiz faoliyati va ijodiga bo‘lgan qiziqishlarining oshishiga, ulardagi vatanparvarlik tuyg'ularining yuksalishiga xizmat qiladi.
📹Instagram
|💬Telegram
|📱Faceboo
k |📹YouTube