Uzbekcoders Courseradan sertifikat olib berish,
my.sport.uz dan ariza kiritish,
erp.sport.uz da klub yaratish boʻyicha pul evaziga amaliy yordam berish hozirgi vaqtda eng koʻp ta'lim guruhlarida reklama qilinmoqda.
Sal avvalroq Cerebry platformasini pulga yechib beradigan maxsus telegram
kanallar ham faoliyatini boshlangan edi. Bunday xizmatlar taklif qilish nima sababdan kelib chiqmoqda bu narsalar ta'lim jarayoni samaradorligiga ta'sir qiladimi oʻzi? Bu kabi narsalar yaxshi statistika qilib koʻrsatish, va chiroyli taqdimot namoyish etish uchun qilinayotgandek aslida esa oʻquvchilarning koʻpchiliki qanaqa sertifikat olgani, qaysi sport turi boʻyicha bellashuvga ariza topshirgan qaysi toʻgarak klubiga a'zo ekanligi, va koʻplab soʻrovnomalar botlardan nima uchun roʻyxatdan oʻtganini bilmaydi.Avvalroq ham aytgan edim oʻquvchilar ham bu kabi jadvalbozlik, platformabozlik
tushunib qolishgan. Shaxsan man samarasiz platformalar soni kamayish tarafdoriman.
Maktabning shaxsiy yagona platformasi qilish kerak.