Bu StartUp loyihalarimizdan birida mijoz fikrlari
Qoʻshimcha qilib aytadigan boʻlsam:
— StartUp loyihamizni bir necha kun avval MVP holatda bozorga chiqardik, oz-moz kamchiliklari bor ekan, ustida ishlayapmiz.
— Quvonarlisi, bir necha kunda 100 ga yaqin foydalanuvchilar roʻyxatdan oʻtishdi. Lekin, katta auditoriyaga reklama qilmagan edik. Kichikroq auditoriyada tavsiya qildik...
— Hozirgacha 50 ga yaqin ijobiy fikrlar oldik, vaholanki, MVP chiqarmay turib ham foydalanuvchilar fikrlarini olgandik.
Aytmoqchi boʻlganim, bu narsalar oʻz-oʻzidan boʻlib qolgani yoʻq, jamoa StartUp ustida ter toʻkib, ishlashdi, ayrim jamoa aʼzolari yangilandi va hakazo...
Menimcha, natija yomon emas!
— Nega deganda, qanchadan-qancha 10,000-30,000$ gacha investitsiya tikilgan StartUp'lar yurmaganiga guvoh boʻlganman. Ushbu StartUp esa "Venchur Fond"lardan investitsiya olmay turib, shu natijani koʻrsatyapti, yomon emas-a?!
P.s. Hozircha esa StartUp toʻliq bozorga chiqmagancha blogda eʼlon qilmayman)
@suxrobblog | #startup #mvp