Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
ChatGPT dizaynerga har doim ham toʻgʻri fikrni yetkaza olmaydi. Dizaynni SI'ga tashlab feedback olib, dizaynni qaytadan chizib yoki oʻzgartirish kiritib yangilab boraman deb oʻylash xato fikr!

Oʻzimda boʻlgan holatlardan: Bir necha UX jarayonlarini ChatGPT'ga yaxshilab yozib tushintirib chiqdim yechim beryapti. Yechimi ham yomon emas, baʼzi masalalarda xato fikrlarni ham chiqarib beryapti. Keyin men unga savollar berib, "shu vaziyatda shunaqa boʻlishi kerak emasmi?", deb yozyapman. Va u meni fikrimni maʼqullayapti...

Yana bir misol poster generatsiya qilib berganidan soʻng, ierarxiya toʻgʻri ishlatilganini soʻragandim. "Ha, toʻgʻri qoʻllangan...", deb javob berdi. Bir posterdagi ierarxiyani notoʻgʻri qoʻllanganini tahlil qila olmagan vosita, UX/UI dizayn boʻyicha toʻgʻri yechimlar beradi deb xulosa chiqarmaslik kerak.

— Dizayner ChatGPT'ni xato xulosalariga ishonib qolmasligi uchun esa, ilm olish kerak, koʻproq oʻrganishi oʻz ustida ishlashi lozim. ChatGPT dizaynerga ustoz boʻla olmaydi, uni ustoz deb hisoblash notoʻgʻri. U sunʼiy idrokka ega vosita xolos, uni "avliyo ota" kabi qabul qilmang!

P.s. Post qoʻlda yozilgan)

@suxrobblog | #chatgpt #SI
04/15/2025, 19:46
t.me/suxrobblog/561
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found