Logo kerak edi...
ChatGPT’ga nima qilishim kerakligini tushuntirdim, u esa qisqa vaqt ichida kerakli logoni tayyorlab berdi. Natija .PNG formatda rasm edi. Ammo menga bu logo vektor formatida kerak edi.
Vaqtni yo‘qotmaslik uchun darrov Google’ga murojaat qildim. “Free image to vector AI” deb qidiruvga yozdim va chiqgan birinchi saytdan logoni vektorga aylantirib oldim. Juda qulay va tez bo‘ldi. Keyin esa Figma’da ozgina ishlov berdim, shundan keyin logoni loyihaga ishlatdim.
Ortiqcha kutishlar ham, xarajatlar ham bo‘lmadi. Mijoz esa juda mamnun...
P.S. To‘g‘risi, hammasi bunchalik silliq va tez bo‘ladi, deb o‘ylamagandim. Yandex Images orqali logoni alternativalarini izlab ko‘rdim, lekin topolmadim :)
@suxrobblog | #chatgpt #logo #SI