Tibbiy ko‘rik uchun yordam so‘rab yo‘llangan murojaatga munosabat.
Buloqboshi tumanda yashovchi fuqaro Telegram tarmog‘i orqali o‘z farzandining davolanishi uchun pul mablag‘i kerakligi, davolash jarayonlari esa chet davlatida amalga oshirilishligi lekin, bu holatda oilaning yetarlicha mablag‘i yo‘qligini bildirib tegishli idora va hokimlikdan yordam so‘rab murojaat qilgan.
Ushbu holat bo‘yicha quyidagilarni bayon qilamiz: Hozirda mahalla xodimlari tomonidan ushbu oilani farzandining dori-darmonlari uchun "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi orqali yordam berilishi belgilangan. Chet davlatidagi ko‘rik xarajatlari katta mablag’ bo‘lganligi tufayli mas’ullar bu borada homiylar va mavjud imkoniyatlardan foydalanishni ko‘zda tutishgan va ayni paytda harakatlar ham olib borilmoqda.
—
📝
IHMA_Andijonviloyati