Ijtimoiy himoya yagona reyestrida turgan ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlagan kichik va o‘rta biznes sub’yektlariga imtiyozlar beriladi
Xabaringiz bor, "Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni (PF-50, 19.03.2025 y.) qabul qilingan.
Farmonga ko‘ra;
2025-yilda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
kichik va o‘rta biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 55 foizga, sanoatda – 34 foizga, eksportda – 34 foizga va aholi bandligini ta’minlashda 75 – foizga yetkazish;
kamida 600 nafar kichik va o‘rta biznes sub’yektlarining yiriklashishiga ko‘maklashish orqali ularni “chempion” tadbirkorlarga aylantirish;
100 nafardan ko‘p ishchisi bor tadbirkorlik sub’yektlari sonini 4 mingga yetkazish.
2025-yil 1-maydan:
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar YATT yoki yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda, davlat boji undirilmaydi;
o‘z faoliyatini tegishincha YATT, mikrofirma yoki kichik korxona toifasigacha yiriklashtirgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va tadbirkorlarga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 50 million so‘mgacha, Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida – 150 million so‘mgacha garovsiz kreditlar beriladi;
o‘z faoliyatini tegishincha o‘rta yoki yirik biznes toifasigacha yiriklashtirgan tadbirkorlarga – 1 yil davomida QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) 7 kun muddatda tezlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida:
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida yangidan tashkil etilgan va hisob raqamida yetarli mablag‘lar aylanmasiga ega bo‘lmagan kichik va o‘rta biznes sub’yektlariga ularning garov ta’minotidan kelib chiqib kredit ajratishga ruxsat beriladi;
kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida Ijtimoiy himoya yagona reyestrida turgan ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlagan kichik va o‘rta biznes sub’yektlariga ushbu fuqarolar uchun tashkil qilingan har bir ish o‘rniga qo‘shimcha ravishda 10 million so‘mdan, 10 va undan ko‘p bunday ish o‘rinlarini tashkil qilgan sub’yektlarga 100 million so‘mgacha 3-yilgacha muddatga yillik 14 foiz stavkada aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kredit ajratish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
—
📝
IHMA_Andijonviloyati