Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
Press-tur: 2-kun

Viloyatimizda bo’lib turgan ommaviy axborot vositalari va blogerlar 40-ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maxsus maktabgacha ta’lim muassasasida bo’ldilar.

Press-tur ishtirokchilari ushbu joyda nogironligi bor bolalar uchun ko’rsatilayotgan xizmatlar va ularning turlari, yaratilgan shart-sharoitlar bo’yicha yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, muassasa qoshida kunduzgi qatnov aaosida tashkil etilgan "G‘amxo‘rlik" guruhi faoliyatiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu turdagi kunduzgi guruhlarning yana bir muhim jihati va maqsadi shundaki, bunda
chuqur aqli zaif bolalarni parvarishlash, imkoniyati darajasida sog‘lomlashtirish harakatlaridan tashqari ota-onalarni bolalar qarovidan ozod qilgan holda ularning bandligini ta’minlash, daromadlarini yaxshilash, eng asosiysi ijtimoiy-iqtisodiy tomonlama oilalarning jamiyatdagi faolligini oshirishni o‘z ichiga oladi.

📝IHMA_Andijonviloyati
04/22/2025, 11:47
t.me/i_himoya_and/3721
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found