Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
Bugun yurtimizda "Besh tashabbus paralimpiadasi” musobaqalariga tantanali tarzda start berildi.

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda imkoniyati cheklangan sportchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Besh tashabbus paralimpiadasi” musobaqalariga rasman start berildi.
Musobaqalarning ochilish marosimini O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikramov ochib berdi.

Mazkur musobaqalar 13 ta adaptiv sport turi bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lib, nogironligi bo‘lgan fuqarolarni sportga jalb qilish va ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan.

Bu musobaqalar imkoniyati cheklangan yoshlarimizga o‘z salohiyatini namoyon qilish, sport orqali jamiyatda o‘z o‘rnini topish imkonini beradi.
Paralimpiada nogironligi bor yoki sog‘lig‘i cheklangan insonlar uchun sportda teng imkoniyat yaratishni, ularning jismoniy va ruhiy salomatligini mustahkamlash, jamiyatda inklyuziv muhitni rivojlantirishni ko‘zda tutadi.

📝IHMA_Andijonviloyati
04/18/2025, 14:50
t.me/i_himoya_and/3677
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found