Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida Hayot fanlari festivali o'z ishini boshladi
🟢Bugun poytaxtimizdagi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida “Hayot fanlari festivali – 2025” o‘z ishini boshladi.
🌀Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar so‘nggi yillarda iqlim o‘zgarishi sharoitida sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning tobora dolzarb ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladilar. Ushbu masalalarni samarali hal qilish, sohaga ilg‘or ishlanmalar va ilm-fan yutuqlarini joriy etish, oliy ta’lim muassasalari va shunga o‘xshash tadbirlarning o‘rni katta ekanligini alohida qayd etdilar.