Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
#XUSHXABAR

Xorazm viloyati hokimligi "Ochiqlik indeksi"da bu yil ham 1-oʻrinni egalladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyundagi PF-154-son Farmoniga koʻra davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida ochiqlik boʻyicha amalga oshirilgan ishlar 8 ta indikator asosida 84 ta mezon boʻyicha baholanadi. Oʻtgan yil ham Xorazm viloyati hokimligi mazkur reytingda viloyatlar hokimliklari oʻrtasida1-oʻrinni egallagan edi.

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2024-yil yakuni boʻyicha Ochiqlik indeksi natijalarini eʼlon qildi.

Unga koʻra Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati tomonidan ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, ijtimoiy ahamiyatga ega axborotlarni hokimlik veb-saytiga hamda ochiq maʼlumotlar portaliga joylashtirish boʻyicha qilingan ishlar munosib eʼtirof etilib,  Xorazm viloyati hokimligi bu yil ham viloyatlar hokimliklari oʻrtasida 1-oʻrinni egalladi!

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
04/25/2025, 09:00
t.me/bandlik_xorazm/7057