Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
#Sayyor_dars

✅SamDVMCHBU o‘quv-tajriba xo‘jaligida sayyor darslar o‘tkazildi

Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti dekani B.Nuriddinov tashabbusi bilan “Xususiy zootexniya va yaylov chorvachiligi” kafedrasi mudiri, dotsent R.Ruzimuradov va assistent S.Boshmonolar tomonidan Zooinjeneriya (qorako‘lchilik) ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalariga “Charmbop, mo‘ynabop va po‘stinbop teri tovarshunosligi” fanidan “Qo‘ylar jun qirqimini tashkil qilish va o‘tkazish” mavzusida amaliy sayyor darsi o‘tkazildi.

Bu yerda bevosita junning xususiyatlari, jun qirqish uchun zarur jihozlar, qo‘y junini qirqish texnikasi bo‘yicha ma’lumotlar berildi va har bir talaba bevosita qo‘yni qirqish texnikasini amalda bajarishdi. Sayyor darslarini o‘tkazish bilan birgalikda o‘quv-tajriba xo‘jaligidagi mavjud barcha qo‘ylarning ilk bora o‘sha kunning o‘zida to‘lliq juni qirqib olindi.

🏛SamDVMCHBU Matbuot xizmati

� Ssuv.uz |Telegram |Twitter |
  Instagram | Facebook| Youtube
04/25/2025, 10:54
t.me/zooinjeneriya_news/21660
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found