⚡️QO‘SHALOQ G‘ALABA!⚡️
UAMO-2025: 29-Xalqaro Antalya Matematika Olimpiadasi
Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Olimboyev Muhammadjon Turkiyaning Antalya shahrida bo‘lib o‘tgan UAMO-2025 — 29-Xalqaro Antalya Matematika Olimpiadasida ishtirok etib, kumush medal sohibi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, UAMO olimpiadasi har yili Antalya shahrida joylashgan Akdeniz universitetining malakali professorlari tomonidan tashkil etiladi va Turkiya Ta’lim vazirligi tomonidan tan olingan. Ushbu olimpiadada 5–11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishadi; savollar turk va ingliz tillarida taqdim etiladi.
🥈O‘quvchimizni, uning yaqinlari hamda ustozlarini ushbu yutuqlar bilan samimiy tabriklaymiz!
🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐
Telegram | 🌐
Instagram | 🌐
Facebook