Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
TO
Toshkent shahridagi Prezident maktabi | Presidential School in Tashkent
https://t.me/toshkentprezidentmaktabi
Channel age
Created
Language
Uzbek
0.73%
ER (week)
19.73%
ERR (week)

Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

Murojaat uchun: +998903977840

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
XALQARO HAMKORLIK

Toshkent shahridagi Prezident maktabida Yaponiyaning Tokio shahridan CSPC-JAPAN tashkilotining rahbari, yapon madaniyati tadqiqotchisi Kyoko Iwamoto hamda Yapon mohir sozandasi Akemi Tatemichi, Sonoe Funabashi, Haruka Tachibana bilan ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida Yaponiyaning koto milliy cholg‘usi maktabimizga sovg‘a qilindi va xalqaro hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishildi.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
04/28/2025, 21:13
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7557 Link
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabida o‘tkazilgan tonggi saflanish O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi bilan boshlandi. So‘ngra xalqaro va mahalliy olimpiada hamda tanlovlarda faxrli o‘rinlarni egallab qaytgan o‘quvchilar, ularning ustozlari hamda ota-onalariga maktab ma’muriyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

✅Ma’lumot uchun, Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Olimboyev Muhammadjon Turkiyaning Antalya shahrida bo‘lib o‘tgan TIMO-2025 — Turkiy xalqaro matematika olimpiadasida 1-o‘rinni va UAMO-2025 — 29-Xalqaro Antalya Matematika Olimpiadasida esa 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, bir guruh o‘quvchilarimiz sportning bir qator yo‘nalishlari bo‘yicha faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

➡️“Darhaqiqat, ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar O‘zbekistonda Uchinchi Renessansga poydevor bo‘lib xizmat qilishi shubhasizdir. Yaratilayotgan imkoniyatlarga javoban farzandlarimiz erishayotgan yutuqlari esa bizni g‘oyat xursand qiladi”, — deydi ota-onalardan biri.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
04/28/2025, 11:13
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7550 Link
#kitobxonlik

⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Gʻafur Gʻulom nomidagi istirohat bogʻida bo‘lib o‘tgan “Kitoblar yarmarkasi”da faol ishtirok etishdi.

Mazkur tadbirda o‘quvchilarimiz turli nashriyotlar tomonidan taqdim etilgan badiiy, ilmiy-ommabop va bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishdilar.

Bunday ma’rifiy tadbirlar yoshlarda kitobga muhabbat, ilm va maʼrifatga intilish ruhini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
04/27/2025, 21:21
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7545 Link
#biz_bir_oilamiz

Maktab — bu shunchaki ta'lim dargohi emas, balki hayot maktabi, ezgu tarbiya va mehr maskani. U — nafaqat ustoz va o‘quvchilar, balki har bir ota-ona uchun ham shirin xotiralarga to‘la muqaddas maskan. Maktab — bolalikning beshigi, ilm va qadriyatlarning manbai, Vatanning muhtasham bir bo‘lagi. Shu yerda inson birinchi qadamlarini qo‘yadi, do‘stlik, mehr, mas'uliyat va Vatanga muhabbatni anglaydi. Maktab — dillarda muhabbat uyg‘otuvchi, kelajakni shakllantiruvchi muqaddas dargoh.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
04/27/2025, 18:41
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7541 Link
#rasmiy_bayonot
#ota_onalar_diqqatiga

❗️IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGINING PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH UCHUN TAYYORLAYDIGAN OʻQUV KURSLARI MAVJUD EMAS!

❌ Ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident maktablariga tayyorlaymiz”, “Prezident maktablariga kirish uchun oraliq “repetitsion” test sinovlari” qabilidagi e’lonlar asosida “Prezident maktablari” brendi ostida tayyorlov kurslarining e’lonlari koʻp uchramoqda.

⚠️ Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablari nomidan faoliyat yuritib kelayotgan turli kanal va sahifalar ham koʻpaygan.

📍Bu kabi telegram kanallar va tayyorlov kurslarining Prezident maktablariga hech qanday aloqasi yoʻq!

‼️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablariga kirish uchun hech qanday ORALIQ SINOV IMTIHONLARI oʻtkazilmaydi!

🤩 Prezident maktablari boʻyicha barcha tasdiqlangan ma’lumotlar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining rasmiy sahifalari orqali yoritilib boriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
04/27/2025, 18:05
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7540 Link
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Zulfiya Rashidova va 10-sinf o'quvchisi Firdavs Olimjonov har bir videodarsda adabiyot darsliklaridagi asarlarni tushunishga koʻmaklashish maqsadida ularda qo'llangan so'z yoki iboralarni izohlab borishayotganidan xabaringiz bor.

✅Bugungi mavzu: Servantesning "Don Kixotning sarguzashtlari" asari.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
04/27/2025, 10:04
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7539 Link
Til ham, adabiyot ham taʼlim bilan tirik!

#Til - davlat timsoli, millat oʻzligi.
#Adabiyot -xalq ruhiyati, yurt qudrati.
#Ta'lim - najot va saodat kaliti.
Til va adabiyotimizni asrash, kelajak avlodga yetkazish har birimizning Vatan oldidagi oliy burchimizdir. Toki oʻzligimiz, qudratimiz mangu barhayot boʻlsin.

Buyuk ma'rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy yozganidek: “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
04/26/2025, 22:40
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7538 Link
#Muhammad_Yusuf_71_yoshda

Adiblar xotirasi — qalblarda mangu!

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludi munosabati bilan “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurdi.

Tadbir davomida o‘quvchilar shoir she’rlarini ixlos bilan aytishdi, adib hayoti va ijodiy merosi haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Ayniqsa, Muhammad Yusufning yurt, xalq va ona til haqidagi samimiy satrlari o‘quvchilar qalbida chuqur taassurot qoldirdi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tashriflar yosh avlodni Vatanga muhabbat, adabiyotga ehtirom va milliy o‘zlikni anglash ruhida tarbiyalashda muhim akamiyat kasb etadi.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
04/26/2025, 13:27
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7533 Link
#Muhammad_Yusuf_71_yoshda

26-aprel – O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun.

Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug‘ilgan.

Shoir adabiyotimizda betakror timsollar yarata olgan, hayot voqeligini chuqur va o‘ziga xos tarzda ifodalagan, ajoyib iste’dod sohibi sifatida munosib iz qoldirgan.

Muhammad Yusuf 2001-yil 47 yoshida vafot etgan.

Ma’lumot uchun, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 2017-yildan faoliyat yuritib kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
04/26/2025, 10:26
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7531 Link
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabida o’quvchi-yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o'rtasida do’stona muhitni shakllantirish, o’quvchi, ota-ona va maktab aloqalarini yanada rivojlantirish, shuningdek, o’quvchilarni milliy va anʼanaviy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda yoshlar oʻrtasida oʻzaro hamjihatlikni mustahkamlash maqsadidagi “Biz yagona oilamiz” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

✅Ushbu tadbirda mahalliy va xorijiy ustozlar, o’quvchilar hamda ularning ota-onalari bilan birgalikda o'zbek milliy taomlaridan tayyorlash, bir dasturxon atrofida yig'ilish hamda turli sport o’yinlari, musobaqalar, milliy kiyimlar namoyishi kabi ko’plab dasturlar amalga oshirildi.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
04/25/2025, 22:53
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7530 Link
#biz_sohibqiron_Amir_Temur_avlodimiz

Sohibqiron Amir Temur tavvalludining 689 yilligiga bag’ishlangan “Temur tuzuklari” dan saboqlar.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
04/25/2025, 15:57
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7520 Link
#intellektual_oʻyin
#zakovat

⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabida mavsumiy “Zakovat” intellektual o‘yinlari davom etadi.

✅Maktabning “Zakovat klubi” (PSAD) tomonidan oʻquvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, iqtidorli oʻquvchilarni saralash va ularni qoʻllab - quvvatlash maqsadida barcha sinflar kesimida "Zakovat" intellektual oʻyinlari o’tkazilib kelinmoqda.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
04/24/2025, 19:18
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7517 Link
⚡️QO‘SHALOQ G‘ALABA!⚡️

UAMO-2025: 29-Xalqaro Antalya Matematika Olimpiadasi

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Olimboyev Muhammadjon Turkiyaning Antalya shahrida bo‘lib o‘tgan UAMO-2025 — 29-Xalqaro Antalya Matematika Olimpiadasida ishtirok etib, kumush medal sohibi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, UAMO olimpiadasi har yili Antalya shahrida joylashgan Akdeniz universitetining malakali professorlari tomonidan tashkil etiladi va Turkiya Ta’lim vazirligi tomonidan tan olingan. Ushbu olimpiadada 5–11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishadi; savollar turk va ingliz tillarida taqdim etiladi.

🥈O‘quvchimizni, uning yaqinlari hamda ustozlarini ushbu yutuqlar bilan samimiy tabriklaymiz!

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
04/22/2025, 23:25
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7513 Link
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Abdulbosit Sharifjonov “King Fahd University of Petroleum and Minerals” oliygohiga muddatidan avval 100 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilindi.

✅Shuningdek, Abdulbosit Sharifjonov xalqaro IELTS imtihonidan 8 ball, SAT imtihonidan esa 1490 ball sohibidir.

🎓O‘quvchimizga bundan-da katta muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilaymiz!

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
04/22/2025, 10:17
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7512 Link
⚡️Biroz avval xabar berganimizdek, Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Olimboyev Muhammadjon O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Turkiyaning Antalya shahrida bo‘lib o‘tayotgan “TIMO 2025 — Turkic International Mathematical Olympiad” xalqaro bosqichida ishtirok etayotgan edi.

✅Olimpiada yakuniga ko‘ra, o‘quvchimiz o‘z yosh toifasi doirasida eng yuqori natijani qayd etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

🥇O‘quvchimizni, uning yaqinlari hamda ustozlarini ushbu g‘alaba bilan tabriklaymiz!

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
04/22/2025, 03:20
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7509 Link
Taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-aprel kuni maktab taʼlimi sifatini oshirish hamda pedagoglar tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi.

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida taʼlim tizimi islohotlari ustuvor yoʻnalishlardan biri etib belgilangan. Bu yilgi davlat dasturida ham maktablarda sharoitlarni yaxshilash, yosh avlodni bilimli etib tarbiyalash boʻyicha koʻplab vazifalar qoʻyilgan.

Bu koʻp jihatdan, oʻqituvchilarning bilim va malakasiga bogʻliq. Yurtimizda 15 ta davlat va 61 ta nodavlat oliygohida pedagogika yoʻnalishi bor. Lekin ulardagi ilmiy salohiyat atigi 40 foiz atrofida.

Qabullarning katta qismini ijtimoiy yoʻnalishlar tashkil etadi. Aniq va tabiiy fanlar boʻyicha pedagoglar tayyorlash juda kam. Talabalarning 40 foizi sirtqi taʼlimda oʻqiyapti.

Shu bois Toshkent davlat pedagogika universitetini transformatsiya qilib, Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetini tashkil etish, kelajak pedagoglari loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Universitet barcha hududlardagi pedagogika institutlari uchun tayanch oliygoh boʻladi.

“Yangi Oʻzbekiston” universitetida 40 dan ziyod chet ellik oʻqituvchilar va 30 nafar vatandosh ziyolilarimiz faoliyat yuritmoqda. Talabalar oʻzlarining turli yoʻnalishlardagi loyihalariga jami 24,3 milliard soʻmlik grantlar jalb qilgan. Bu salohiyatdan foydalanib, universitetda muhandislik, raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt, tibbiyot kabi zamonaviy sohalarda mutaxassislar tayyorlashni rivojlantirish, yangi laboratoriyalar ochish rejalari taqdimot qilindi.

Shuningdek, oliygohda ilm-fan, taʼlim va amaliyot integratsiyasini taʼminlash maqsadida Germaniyaning ilgʻor tajribasidan foydalangan holda zamonaviy universitet klinikasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Taʼlim sifatini aniqlashda ham xalqaro uslublar joriy etilmoqda. Bu yil 233 ta maktabdagi 9 ming nafar 15 yoshli oʻquvchining bilimi “PISA” xalqaro dasturi orqali baholanadi.

Hozirgi kunda 2 mingta maktab yuqori yuklama bilan ishlayapti. Bu yil byudjet hisobidan 112 mingta yangi oʻquvchi oʻrni tashkil etiladi. Aholi oʻsishi hisobiga, maktablarga ehtiyoj ham ortib boradi. Shu bois Islom taraqqiyot bankidan 200 million dollar jalb etilib, hududlarda 58 ta zamonaviy maktab qurilishi rejalashtirilgan.

Tahlillarga koʻra, maktab yoshidagi bolalarning 80 foizi internet va ijtimoiy tarmoqlarda faol. Ularni zararli axborotlardan himoya qilish boʻyicha muayyan ishlar olib borilyapti. Lekin, yoshlar taʼlim-tarbiyasiga kuchli taʼsir koʻrsatadigan, qiziqarli milliy kontentlar yaratayotgan ijodkorlar sanoqli.

Shulardan kelib chiqib, bolalarga xavfsiz axborot muhitini yaratish, milliy kontentlarni koʻpaytirish, ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

@hilola_umarova
04/21/2025, 20:48
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7506 Link
TIMO 2025 Global Round — Antalya

O‘zbekiston terma jamoasining 200 ga yaqin a’zosi hozirda Turkiyaning Antalya shahrida bo‘lib o‘tayotgan “TIMO 2025 — Turkic International Mathematical Olympiad” xalqaro bosqichida ishtirok etmoqda.

Terma jamoa tarkibida Toshkent shahridagi Prezident maktabining 7-sinf o‘quvchisi Olimboyev Muhammadjon ham bor. Nafaqat o‘quvchimizga, balki butun O‘zbekiston terma jamoasiga ushbu nufuzli musobaqada eng yuqori natijalarni qo‘lga kiritishlarini tilab qolamiz.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
04/20/2025, 14:44
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7505 Link
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

📍Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o’quvchisi Abdulloh G’ulomov muddatidan oldin “NYU Shanghai” universitetiga 248 ming AQSh dollari miqdoridagi grant bilan o’qishga qabul qilindi.

🎓Oʻquvchimizga bundan-da katta muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tilaymiz!

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
04/18/2025, 12:17
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7504 Link
#HCI2025 #dayjest

Bugun Saudiya Arabistoniga safarimiz yakuniga yetdi. Ar-Riyod shahrida “Human Capability Initiative 2025” xalqaro forumida ishtirok etdik. Safar davomida qilingan ishlar, uchrashuvlarni eslatib oʻtsam.

📌 Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasida 40 million dollarlik grant shartnomasi imzolandi.

📌 “Hamma uchun SI savodxonligi: Barqaror salohiyat uchun teng imkoniyatlar” mavzusidagi vazirlar davra suhbatida ishtirok etib, soʻzga chiqdim, Oʻzbekistonda raqamli va sunʼiy intellekt savodxonligini shakllantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarga toʻxtalib oʻtdik.

📌 Saudiya Arabistoni taʼlim vaziri Yusuf ibn Abdullo al-Bunyan bilan uchrashib, maktabgacha va maktab taʼlimi infratuzilmasini yaxshilash, investitsiya loyihalarini kengaytirish va xususiy sektorni jalb qilish xususida suhbatlashdik.

📌 Islom Taraqqiyot Banki prezidenti Muhammad Al-Djasser bilan kechgan muloqotda transformatsiyaviy taʼlim tashabbuslari, inklyuziv taʼlim imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi ustuvor yoʻnalishlarni muhokama qildik.

📌 Birlashgan Arab Amirliklari taʼlim vaziri Sara Al-Amiri xonim bilan uchrashuvimiz ham yangiliklarga boy boʻldi. Uchrashuvda “Emirates National Schools” bilan taʼlim dasturlari va xalqaro maktab qurish boʻyicha hamkorlik, Abu-Dabi taʼlim kolleji bilan pedagoglar malakasini oshirish, Prezident maktablari oʻquvchilarining BAAdagi xalqaro tanlovlarda ishtirok etishi, “Yangi Oʻzbekiston” universiteti va Xalifa universiteti oʻrtasida talabalar almashinuvi, joriy yil Samarqandda oʻtkaziladigan “Markaziy Osiyo – Koʻrfaz davlatlari” sammitida ilgari suriladigan taʼlimga doir yangi tashabbuslar xususida fikr almashdik, kelishuvlarga erishdik.

📌 Bugun esa Saudiya Arabistonining “JAD AL-ALMIA” kompaniyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda oʻqituvchilar malakasini interaktiv platformalar orqali oshirish, xalqaro grantlar jalb etish boʻyicha hamkorlikda ish olib borish, tanlangan maktablarda dastlabki loyihalarni yoʻlga qoʻyish kabi qator masalalarda hamkorlikni muhokama qildik.

Ushbu uchrashuvlar, kelishuvlar, hamkorliklarning barchasi taʼlim sohasida xalqaro aloqalarni kuchaytirish, ilgʻor tajribalarni oʻrganish, zamonaviy yondashuvlarni oʻz vaqtida amaliyotga joriy qilib borish imkonini beradi.

@hilola_umarova
04/17/2025, 16:41
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7498 Link
📰📰📰📰📰📰📰

O‘zbekiston ta’limida yangi ufqlar sari — “JAD AL-ALMIA” bilan strategik hamkorlik

✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Saudiya Arabistonining “JAD AL-ALMIA” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

➖ Muloqot davomida O‘zbekiston maktabgacha va maktab ta’limini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan strategik yo‘nalishlar belgilab olindi.

Bunda tomonlar:

➖Zamonaviy raqamli va bosma o‘quv materiallarini ishlab chiqish;
➖O‘qituvchilar malakasini interaktiv platformalar orqali oshirish;
➖Xalqaro grantlar jalb etish;
➖Tanlangan maktablarda pilot loyihalarni yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarda birgalikda ishlashga kelishib olishdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
04/17/2025, 16:03
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7494 Link
📍Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo’lib o’tgan “STEM FAIR” ko‘rgazmasidan videolavha.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
04/15/2025, 18:22
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7493 Link
📍Toshkent shahridagi Prezident maktabida “STEM FAIR” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quvchilardan tashkil topgan 40 ga yaqin jamoa o‘zlarining ilmiy loyihalari bilan ishtirok etdi.

➡️Aytish joizki, “STEM FAIR” ko‘rgazmasida o‘quvchilarning kimyo, biologiya, fizika, matematika va kompyuter texnologiyalari fanlariga oid global muammolar — xususan, iqlim o‘zgarishlari, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muvozanatni saqlash hamda barqaror energiya manbalarini rivojlantirish kabi yo‘nalishlardagi ilmiy izlanishlari nafaqat nazariy qarashlarga, balki amaliy tajriba va eksperimentlarga asoslangan xulosalarga tayanishi bilan e’tiborga loyiqdir.

✅Umid qilamizki, ushbu tadqiqot va tajribalar kelajakda mazkur sohalarning rivojiga o‘zining samarali hissasini qo‘sha oladi.

🏛 Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
04/15/2025, 12:57
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7483 Link
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Toshkent shahridagi Prezident maktabida "Steam fair": oʻquvchilarning ilmiy ishlanmalari namoyishi o’tkazildi
#uzbekiston24

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
04/14/2025, 22:09
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7482 Link
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Zulfiya Rashidova va 10-sinf o'quvchisi Firdavs Olimjonov har bir  videodarsda adabiyot darsliklaridagi asarlarni tushunishga koʻmaklashish maqsadida ularda qo'llangan so'z yoki iboralarni izohlab borishayotganidan xabaringiz bor.

✅Bugungi mavzu: Rey Bredberining "Bir kunlik yoz" asari.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
04/13/2025, 18:06
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7481 Link
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabiga Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti sog‘liq xavfsizligi departamenti direktori Dr. Stella Chungong tashrif buyurdi.

✅Tashrif davomida mehmonlar maktabda yaratilgan zamonaviy taʼlim sharoitlari, jumladan, maktab hayoti, oʻquv va laboratoriya xonalari, kutubxona, oʻquvchilar turar joyi, maktab oshxonasi va boshqa mavjud shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.

➡️Shuningdek, mehmonlar maktabning turli yo’nalishlardagi eng ilg’or bilimlarini egallab kelayotgan bir qator faol o’quvchilar bilan bevosita muloqotga kirishib, ular erishayotgan yutuqlar va muvaffaqiyatlarni e'tirof etdilar.

📁Ma’lumot uchun, ushbu tashrif Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi doirasida amalga oshirildi.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
04/12/2025, 13:14
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7477 Link
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o’quvchisi Firdavs Olimjonov Xalqaro IELTS imtihonidan 8 ballni qo’lga kiritdi.

🎓Oʻquvchimizga bundan-da katta muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tilaymiz!

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
04/11/2025, 10:05
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7475 Link
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabida “Amir Temurning hayot yo'li va saltanatni boshqarish strategiyalari” mavzusida “Zakovat” intellektual o’yini bo’lib o’tdi.

Unda maktab “Zakovat” klubi o’quvchilaridan iborat bo’lgan jamoalar Amir Temur siymosi va temuriylar saltanati bilan bog’liq tarixiy fakt hamda qiziqarli ma'lumotlardan iborat bo’lgan savollarga javob topishdi.

O'zaro kuch sinashgan 4 jamoa loyihadagi umumiy 20 ta savolga jamoa bo'lib javob berish, fikr almashish, savollarni muhokama qilish bilan bir qatorda, mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga doir bo'lgan topshiriqlarni ham bajarishdi.

Bu kabi ijtimoiy loyihalar ularning mavzu borasida olgan bilimlarni sinovdan o'tkazish, guruhlarda ishlash ko'nikmalarini yaxshilash uchun asosiy omil bo'lib xizmat qiladi.

🏛 Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
04/10/2025, 11:27
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7469 Link
Kitobxonlik tanlovining so'nggi saralash musobaqasi o'tkazildi.

⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabining 9-10-sinflari o'rtasida Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari bo'yicha Kitobxonlik tanlovi bo'lib o'tdi.

➡️Musobaqa ishtirokchilari quyidagi shartlar asosida bellashdilar:
- tanishtiruv;
- asar syujeti yuzasidan savol - javoblar;
- sahna ko'rinishi;
- asar qahramonlarini topish.

➡️Qizg'in bahsda 10- "Green" sinfining "Yulduzli yo'llar" jamoasi g'olib bo'ldi va final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

✅Hakamlar hay'ati raisi sifatida taklif etilgan mehmon - Alisher Navoiy nomidagi O'zbek tili va adabiyoti universiteti professori Bahodir Karimov o'quvchilarning nafaqat bilimi, balki ijro mahorati ham tahsinga sazovor ekanligini alohida ta'kidlab o'tdi.

📚Kitobxonlik tanlovi davom etadi.

🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
04/09/2025, 09:30
t.me/toshkentprezidentmaktabi/7463 Link
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria