📍Toshkent shahridagi Prezident maktabida “STEM FAIR” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quvchilardan tashkil topgan 40 ga yaqin jamoa o‘zlarining ilmiy loyihalari bilan ishtirok etdi.
➡️Aytish joizki, “STEM FAIR” ko‘rgazmasida o‘quvchilarning kimyo, biologiya, fizika, matematika va kompyuter texnologiyalari fanlariga oid global muammolar — xususan, iqlim o‘zgarishlari, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muvozanatni saqlash hamda barqaror energiya manbalarini rivojlantirish kabi yo‘nalishlardagi ilmiy izlanishlari nafaqat nazariy qarashlarga, balki amaliy tajriba va eksperimentlarga asoslangan xulosalarga tayanishi bilan e’tiborga loyiqdir.
✅Umid qilamizki, ushbu tadqiqot va tajribalar kelajakda mazkur sohalarning rivojiga o‘zining samarali hissasini qo‘sha oladi.
🏛 Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐
Telegram | 🌐
Instagram | 🌐
Facebook