Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Channel age
Created
Language
Uzbek
-
ER (week)
-
ERR (week)

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 42 results
AR
Knowers
79 subscribers
34
Tom Bredi (to‘liq ismi Thomas Edward Patrick Brady Jr.) — amerikalik professional futbolchi bo‘lib, amerikan futboli tarixidagi eng buyuk kvoterbeklardan biri hisoblanadi.

U asosan New England Patriots (Nyuu Inglend Peytriots) jamoasida 20 yil (2000–2019) o‘ynagan, keyinchalik Tampa Bay Buccaneers (Tampa Bey Bakkaneers) jamoasiga o‘tgan. Uning eng mashhur jihatlari:

7 marta Super Bowl chempioni (bu rekord).

Ko‘plab individual mukofotlar va rekordlar egasi.

Uzoq umr ko‘rgan faoliyati bilan tanilgan — 40 yoshdan o‘tganida ham eng yuqori darajada o‘ynagan.


U nafaqat sportdagi yutuqlari, balki qat'iy tartibi, intizomi va sog‘lom turmush tarzi bilan ham mashhur.

Aytmoqchi, 2017-yilgi Super Bowlda aynan Tom Bredi boshchiligidagi Patriots jamoasi Atlanta Falcons ustidan tarixdagi eng dramatik g‘alabalardan birini qo‘lga kiritgan. Shu sabab hayvonot bog‘ida unga "qasos" tarzida bir tarakanga uning ismini qo‘yishgan edi.
04/16/2025, 11:51
t.me/aretefacts/60
AR
Knowers
79 subscribers
70
04/07/2025, 09:07
t.me/aretefacts/59
AR
Knowers
79 subscribers
48
04/07/2025, 07:22
t.me/aretefacts/58
AR
Knowers
79 subscribers
55
▪️"Flâneur" (flanör) – qadimgi skandinav tilidagi flana fe'lidan kelib chiqqan bo'lib, "maqsadsiz kezmoq" degan maʼnoni anglatadigan fransuzcha tushuncha, 19-asr Parij madaniyatida paydo bo‘lgan. U shaharni hech qanday maqsadsiz kezib, kuzatish orqali ilhom va fikr olishni yoqtiradigan odamni anglatadi. Bu tushuncha fransuz yozuvchisi Sharl Bodler tomonidan mashhur qilingan.

• Zamonaviy maʼnoda flanör – bu sayr qilib, atrofni tomosha qilish va jamiyatning tafsilotlarini o‘rganishni yoqtiradigan shaxs.

Knowers
04/04/2025, 18:44
t.me/aretefacts/56
AR
Knowers
79 subscribers
81
04/02/2025, 08:02
t.me/aretefacts/55
AR
Knowers
79 subscribers
102
Eid Mubarak Ahli musulman✨🌙
03/30/2025, 03:56
t.me/aretefacts/54
AR
Knowers
79 subscribers
109
03/29/2025, 18:16
t.me/aretefacts/53
AR
Knowers
79 subscribers
134
03/25/2025, 10:15
t.me/aretefacts/52
AR
Knowers
79 subscribers
117
03/23/2025, 20:21
t.me/aretefacts/51
AR
Knowers
79 subscribers
106
✦ Hanfu  — Xitoy milliy kiyimi
Hanfu — Xitoyning qadimiy libosi bo‘lib, keng yenglar, uzun libos va nafis chiziqlari bilan mashhur.

•Ayollar hanfusi ko‘pincha qavat-qavat matodan iborat bo‘lib, silliq va oqimli shaklda bo‘ladi.

•Erkaklar hanfusi esa uzun xalat va kamar bilan bog‘lanadi.
Hanfu Xitoy tarixida asrlar davomida kiyilib kelgan va hozirgi kunda marosimlarda, bayramlarda yana urfga qaytmoqda.

Knowers
03/23/2025, 19:11
t.me/aretefacts/50
AR
Knowers
79 subscribers
120
03/21/2025, 03:31
t.me/aretefacts/49
AR
Knowers
79 subscribers
96
​​Beda Venerabilis — "Ingliz tarixining otasi"

Bede Venerabilis (Beda Venerabilis — hurmatli Beda) VIII asrda yashagan buyuk ingliz tarixchisi, monax va olimdir.Taxminan 672–735 yillarda yashagan.
Northumbriyada joylashgan Jarrow monastirida butun umrini ilmga bag‘ishlagan.U benedikt monaxi bo‘lib, hayotining asosiy qismini yozish, tarjima qilish va ilmiy izlanishlar bilan o‘tkazgan. Eng mashhur asari “Angliya xalqining cherkov tarixi” (Ecclesiastical History of the English People) asari Beda Venerabilisga “Ingliz tarixining otasi” degan nomni olib kelgan. Bu asar Angliya tarixining dastlabki yozma manbasi hisoblanadi.

•Facts:

1. Eostre haqidagi yagona qadimiy yozma manba aynan Bedaning asarida uchraydi!
U De Temporum Ratione (“Vaqtlarni hisoblash haqida”) asarida anglo-saksonlarning bahor bayramini Eosturmonath deb atashini va bu nom Eostre ma’budasi nomidan kelib chiqqanini yozadi. Bugungi ingliz tilidagi Easter (iystr — Pasxa bayrami) so‘zi ham aynan shundan kelib chiqqan.

2. Beda bolaligidan monastirda yashagan va o‘sha yerdan biror marta ham uzoqqa ketmagan.
Lekin shunga qaramay, butun Yevropani o‘zining ilmiy asarlari bilan hayratga solgan.

3. U nafaqat tarixchi, balki astronomiya, grammatika va matematika bo‘yicha ham asarlar yozgan!
U vaqtlarni hisoblash, Pasxa sanasini aniqlash va taqvim tuzish bo‘yicha ham ilmiy izlanishlar olib borgan.

4. O‘limidan keyin 100 yil o‘tib, Rim papasi uni “Venerabilis” (hurmatli) deb atashni buyurgan.

5. 1899 yilda Papa Leo XIII uni "cherkov doktori" deb e'lon qildi . U Buyuk Britaniyada bu nomga erishgan yagona fuqarodir.
Bu unvon faqat eng buyuk diniy olimlarga beriladi.

Knowers
03/21/2025, 03:26
t.me/aretefacts/48
AR
Knowers
79 subscribers
119
03/18/2025, 18:48
t.me/aretefacts/47
AR
Knowers
79 subscribers
158
03/16/2025, 03:42
t.me/aretefacts/46
AR
Knowers
79 subscribers
238
03/13/2025, 03:31
t.me/aretefacts/45
AR
Knowers
79 subscribers
189
03/11/2025, 15:36
t.me/aretefacts/44
AR
Knowers
79 subscribers
164
03/10/2025, 12:59
t.me/aretefacts/43
AR
Knowers
79 subscribers
217
By the way, Happy Women's Day
03/08/2025, 10:19
t.me/aretefacts/42
AR
Knowers
79 subscribers
207
03/08/2025, 10:18
t.me/aretefacts/41
AR
Knowers
79 subscribers
340
03/06/2025, 15:16
t.me/aretefacts/40
AR
Knowers
79 subscribers
314
❤️♥️♥️♥️♥️
02/28/2025, 22:45
t.me/aretefacts/39
AR
Knowers
79 subscribers
33
02/28/2025, 11:47
t.me/aretefacts/38
AR
Knowers
79 subscribers
52
Haqiqatda oʻqishga arziydigan kitob ekan🌟
02/26/2025, 12:44
t.me/aretefacts/37
AR
Knowers
79 subscribers
36
02/25/2025, 14:21
t.me/aretefacts/36
AR
Knowers
79 subscribers
79
02/20/2025, 12:33
t.me/aretefacts/35
AR
Knowers
79 subscribers
51
02/20/2025, 11:54
t.me/aretefacts/34
AR
Knowers
79 subscribers
78
02/17/2025, 12:18
t.me/aretefacts/32
AR
Knowers
79 subscribers
47
Alfred Bester (1913–1987) — amerikalik ilmiy-fantastik yozuvchi, TV va radio ssenariy muallifi, jurnal muharriri va komiks ssenariy muallifi. U ko'proq ilmiy-fantastik asarlari bilan tanilgan, ayniqsa "The Demolished Man" (1953) nomli romani bilan mashhur bo'lib, bu asar 1953-yilda ilk Hugo mukofotini yutgan.

🔸Bester 1913-yil 18-dekabrda Nyu-Yorkda tug‘ilgan. U o‘zining ilmiy-fantastik asarlari orqali zamonaviy ilmiy-fantastika janrining rivojlanishida muhim o‘rin tutgan yozuvchilardan biridir. "The Demolished Man" asarida telepatiya va jinoyatlarni fosh etish uchun yaratilgan yangi texnologiyalarni tasvirlab, futuristik jamiyatni o‘rganadi. Bu asar politsiyaviy detektiv janrida yozilgan bo‘lib, o‘zining murakkab syujeti va ilg‘or tasvirlari bilan tanilgan.

🔸Bester shuningdek, komikslar, radio va televizion ssenariylar yozish bilan ham shug‘ullangan. DC Comics uchun "Green Lantern" (Yashil fonar ) va "Solomon Grundy" kabi mashhur personajlari haqida ayrim versiyalarni yaratgan. 1960-yillarda u "The Paul Winchell Show" va "The CBS Radio Mystery Theater" kabi dasturlar uchun ssenariylar yozgan.

🔸Bester 1987-yil 30-sentabrda vafot etdi, ammo uning ilmiy-fantastikaga qo‘shgan hissasi bugungi kungacha davom etmoqda. U "Science Fiction Writers of America" tomonidan oʻlimidan keyin Grand Master unvoni bilan taqdirlangan.

🪶 Kno
wers
02/17/2025, 11:38
t.me/aretefacts/31
AR
Knowers
79 subscribers
76
🧪Irving Langmuir -  "Plazma" Atamasini Ilm-Fanga Kiritgan Olim

Amerikalik kimyogar va fizik  Irving Langmuir (1881–1957) sirt kimyosi va plazma fizikasi bo‘yicha tadqiqotlari bilan mashhur. U 1932-yilda kimyo bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.

🌟 Langmuirning ilm-fandagi yutuqlari:
🔸 Plazma fizikasi – 1928-yilda ionlashgan gazlarni tasvirlash uchun "plazma" atamasini birinchi bo‘lib ilm-fanga olib kirgan.
🔸 Adsorbsiya nazariyasi – gaz yoki suyuqlik molekulalarining qattiq sirtlarga yopishish jarayonini tushuntirgan.
🔸 Langmuir to‘lqinlari – ionlashgan gazlarda elektronlarning tebranishi natijasida hosil bo‘ladigan to‘lqinlarni kashf qilgan.
🔸 Bulutlarni urug‘lantirish – kumush yodid (AgI) yordamida yomg‘ir yog‘dirish usulini sinovdan o‘tkazgan.

🔸 U General Electric kompaniyasida ishlagan va elektr lampalarining samaradorligini oshirishga ham katta hissa qo‘shgan.

🤎 Langmuirning ishlari nafaqat kimyo, balki fizika, meteorologiya va muhandislik sohalariga ham katta ta’sir ko‘rsatgan.

💙
"Knowers"
02/15/2025, 04:50
t.me/aretefacts/30
AR
Knowers
79 subscribers
83
🇬🇷 Ioannis Kapodistrias – Gretsiyaning birinchi rahbari

Ioannis Kapodistrias (1776–1831) – Gretsiyaning birinchi rahbari va Rossiya diplomati. U Gretsiyani mustaqil davlat sifatida shakllantirishga harakat qilgan, ammo qotillik qurboni bo‘lgan.

🔸 Xalq uni “tirik avliyo” deb atagan, chunki u oddiy odamlarning muammolarini bevosita tinglagan.
🔸 “Gretsiyaning Napoleon Bonaparti” – U markazlashgan davlat boshqaruvini o‘rnatishga harakat qilgan, ammo mahalliy zodagonlar bunga qarshi chiqqan.
🔸"Feniks" valyutasini joriy qilgan, bu keyinchalik Gretsiya drahmasiga asos bo‘lgan.
🔸Sirli qotillik – Chorshanba kuni tug‘ilib, aynan chorshanba kuni (9-oktabr, 1831) o‘ldirilgan. Uni Nafplion shahrida zodagonlar oilasi – Mavromixalislar vakillari o‘ldirgan.
🔸 Uning o‘limidan keyin Gretsiya beqarorlik girdobiga tushib, qirol Otto I hokimiyatga keldi.
🔸 Kapodistrias universiteti va Afinadagi ko‘chalardan biri uning nomi bilan atalgan.
🔸 Gretsiyada va Shveytsariyada milliy qahramon sifatida e’tirof etiladi.
Knowers
02/13/2025, 17:09
t.me/aretefacts/29
AR
Knowers
79 subscribers
63
02/13/2025, 12:34
t.me/aretefacts/28
AR
Knowers
79 subscribers
52
Suv ostidagi sir yohud " Hind Atlantidasi" -   Dwarka 

🟠Mahabharata dostoniga ko‘ra, Dwarka Krishna tomonidan asos solingan va uning vafotidan keyin shahar dengizga cho‘kib ketgan. Bu voqea "Pralaya" yoki Buyuk To‘fon deb ataladi.

✅Dr. Shikaripura Ranganatha Rao – Dwarkaning kashfiyotchisi

🔸Dwarka shahrining suv ostidagi qoldiqlari Hindiston Milliy Okeanologiya Instituti (NIO) tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, bu tadqiqotlarni Rao  boshqargan.

🔸Dr. S. R. Rao (1922–2013) Hindistonning yetakchi arxeologlaridan biri bo‘lib, u 1983-yildan boshlab Gujaratning Dwarka sohillarida suv osti qazishmalarini olib borgan.
Qazishmalar davomida turli artefaktlar, jumladan, tosh bloklar, ustunlar va muhrlar topilgan. Bu topilmalar Dwarkaning qadimiy port shahar sifatida faoliyat yuritganligini ko‘rsatadi.

Know
ers
02/13/2025, 09:41
t.me/aretefacts/27
AR
Knowers
79 subscribers
51
📖 Tarixdagi birinchi tinchlik shartnomasi – Kadesh bitimi

🟠Miloddan avvalgi 1274-yilda Misr fir’avni Ramses II va Xetlar qiroli
Muvatallis II o‘rtasida Kadesh jangi bo‘lib o‘tgan. Bu jang Yaqin Sharqdagi eng yirik to‘qnashuvlardan biri bo‘lib, aniq g‘olib bo‘lmagan.

🟠Jangdan keyin Muvatallis II vafot etdi va Xetlar taxtiga uning ukasi Hattusili III chiqdi. U uzoq davom etgan urushni tugatish uchun mil. av. 1259-yilda Ramses II bilan tarixdagi birinchi tinchlik shartnomasini imzoladi.

🔸 Kadesh tinchlik shartnomasi:
✅ Misr va Xetlar bir-biriga hujum qilmaslikka kelishdi.
✅Agar tashqi dushman hujum qilsa, bir-biriga yordam berishga va’da berishdi.
✅Shartnoma Misr tilida ierogliflar bilan, Xetlar tilida esa mixxat yozuvida yozilgan.

🟠Bu hujjat dunyoning eng qadimgi tinchlik bitimi bo‘lib, uning nusxasi hozirda BMT shtab-kvartirasida saqlanmoqda.

Kn
owers
02/13/2025, 08:59
t.me/aretefacts/26
AR
Knowers
79 subscribers
75
MULTFILM (Animatsiya) tarixi

Multiplikatsiya 19-asr o’rtalarida yaratilgan (lotin tilidan olingan bo’lib kattalashtirish, ayirish,o’sish ma’nosini beradi). Texnik harakati bu MORF illuziyaining shaklli obyektlarning harakati yoki o’zgarishlari hisoblanadi. Multiplikatsiyadagi birinchi qadamlar aka-uka Lumyerlar tomonidan uzoq muddat ichida tayyorlangan. Uzoq urinishlardan so’ng ajoyib rasmlar harakatlari paydo bo’ldi. 1914-yilda Uinzor Makkey tomonidan birinchi marta qahramonlar aks etgan mutfilm yaratildi. Yorqin voqealarga boy bo’lgan bu multfilm dinazavr Gerti haqida edi.
Dastlabki qadamlar:( yaratilgan multfilmlar ketma - ketligi)
1. 1877-yida 30-avgustdan mulfilm tug’ilish kuni hisoblanadi chunki shu kuni Emil Reno birinchi marta multfilm uchun patent olishga muvaffaq bo’lgan.
2. 1892-yil 28-oktabrda Emil Reno Parijdagi GREVEN muzeyida birinchi marta projektor, grafik lentalar yordamida «optik teatr » namoyish etdi.
3. 1898-yil JEYMS STUART BLEKTON va ALBERT E.CMIT birinchi «SIRKDAGI LILIPUTLAR » nomli qo’g’irchoq multiplikatsionini yaratishdi
4.1899-yilda birinchi multfilm reklama roligi yaratildi
5. 1900-yida «Sehrlangan chizma» nomli film yaratildi bu filmda animatsiyalarnig sirlari ochib berilgan edi.
6. 1906-yilda Amerika kompaniyasi JEYMS STUART BLEKTONning kinoplyonkada olingan «Kulguli yuzlar nomli soddalashtirilgan multfilimini yaratdi.
7. 1908-yilda Fransiyalik rassom va karikaturachi Emil Koll multiplikatsiya bilan jiddiy shug’ullanib «Fantasmagoriya » deb nomlangan multfilm yaratdi. Bu multfilm yevropa tarixida eng mashhur multfilm hidoblangan, chunki juda sodda va sujetga boyligi bilan ajralib turardi.
8. 1910- Starevich Vladislav Aleksandrovich «Yoqimtoy Lukanida yoki ROCHAGEV BILAN URISH » nomli birnchi ovozli multfilm yaratdi
9. 1911-1922 yillarda Amerikalik rassom va karikuturachi Uinzor Makkey rasmli animatsiyalarni mukammallashtirib, 1914-yilda yangi obrozli multserial yaratdi 1918-yilda esa hujjatli film yaratdi.
10. 1911-yilda Uinzor Makkey gazeta komiksidan «Kichkina Nemo» nomli multfilm kino yaratdi
11. 1913-yilda Strayevich » NInachi va chumolilar » nomli multfilm yaratdi. Multfilm butun dunyoga tanildi va unga mashhurlik olib keldi.
12. 1918-yil Argentina rejissori KVIRINI KRISTIANI tomonidan birinchi to’liq metrajli «Apostol» nomli multfilmning premyerasi bo’lib o’tdi.
13. 1928-yilda UOLT DISNEY jahon bo’yicha ommalashgan o’zining Mikki Maus nomli multiplikatsiyani yaratdi va shu yilning o’zidayoq uning birinchi ovozli «Villi kemachasi» namoyishga chiqdi.
14. 1929-yil UOLT DISNEY «SKELETLAR O’YINI» nomli multfilmini suratga oldi. Uning birinchi qismi «QUVNOQ SIMFONIYA». Umuman olganda Uolt Disney animatsiyalari klassika qonunlari asosida yaratilgan deb hisoblanadi.
15. 1931-yilda KVIRINI KRISTIANI tomonidan yaratilgan to’liq metrajli ovozli multfilmini namoyishi boshlandi.

©️kitobdor
02/11/2025, 14:27
t.me/aretefacts/25
AR
Knowers
79 subscribers
65
Soxta Mustafo ("Düzmece Mustafa") – Usmonli imperiyasi tarixidagi eng sirli shaxslaridan biri bo‘lib, u o‘zini Sulton Boyazid I ning tirik qolgan o‘g‘li sifatida tanishtirib, hokimiyatni egallashga harakat qilgan.

🌟Bu voqea 15-asrda, aynan 1402-yilgi Anqara jangi (Amir Temur va Usmonlilar o‘rtasidagi jang)dan keyin yuz bergan. Anqara jangida Sulton Boyazid I mag‘lub bo‘lib, Amir Temur tomonidan asirga olingan. Uning o‘g‘illaridan biri – Mustafo yo‘qolgan deb hisoblangan.

1. Keyinchalik, 1419-yilda Vizantiya imperatori Manuil II Paleolog va boshqa Usmonli dushmanlari qo‘llovi bilan bir kishi o‘zini Mustafo deb e’lon qiladi va Mehmed I ga qarshi chiqib,  Rumeliya hududlarida qo‘zg‘olon ko‘taradi. Keyin esa  hozirgi Bolqon hududlarida o‘zini qonuniy sulton deb da’vo qiladi.
Tez orada Mehmed I tomonidan mag‘lub etilgan  Mustafo  Vizantiyaga qochib ketadi.

2. Ikkinchi urinish va mag‘lubiyat

Mehmed I vafotidan keyin, 1421-yilda, yana bir kishi o‘zini Mustafo deb e’lon qiladi va bu safar Murad II ga qarshi chiqadi. U Vizantiya va Genuyaliklar yordamida yana bir bor hokimiyatni egallashga harakat qiladi. Lekin 1422-yilda Murad II uning harakatini bostiradi.
Oxir-oqibat, u bo‘g‘ib o‘ldirilgan yoki osilgan, lekin ba’zi tarixiy manbalarda uning taqdiri noaniqligicha  qolgan.

Knowers
02/11/2025, 13:42
t.me/aretefacts/24
AR
Knowers
79 subscribers
63
#termin

📖Palimpsest — bu eski qo‘lyozma yoki hujjat bo‘lib, undagi dastlabki yozuv o‘chirilib, uning ustiga yangi matn yozilgan manbani anglatadi.

Palimpsestning kelib chiqishi

🟠So‘z yunoncha "palin" (yana, qayta) va "psēstos" (o‘chirilgan) so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, "qayta yozilgan matn" degan ma’noni anglatadi. Qadimda yozuv materiallari qimmat bo‘lgani sababli, ayniqsa pergament va papirus kamyob bo‘lgani uchun, eski matnlar o‘chirilgan va ustiga yangi yozuvlar yozilgan.

🟠Olimlar ko‘plab qadimgi palimpsestlarni maxsus ultrabinafsha yoki infraqizil nurlardan foydalangan holda tadqiq qilib, avvalgi matnlarni tiklashga muvaffaq bo‘lishgan. Ba’zi holatlarda kimyoviy usullar yordamida ham o‘chirilgan yozuvlarni qayta ko‘rish mumkin bo‘lgan.

🔸Mashhur palimpsestlar

1. Archimedes Palimpsesti – Qadimgi yunon olimi Arximedning ilmiy ishlarini o‘z ichiga olgan qo‘lyozma.


2. Sinay palimpsesti – 4-asrda yozilgan Bibliyaning qadimiy qo‘lyozmalari.


3. Efes Palimpsesti – antik davr adabiyoti va tarixiy matnlarni saqlab qolgan manbalardan biri.

🔸Palimpsestning zamonaviy ma’nosi:

🟠Shahar arxitekturasi – qadimiy binolar ustiga yangi qurilishlar qo‘shilishi.

🟠Adabiyot – eski matnlarning yangi kontekstda qayta ishlanishi.

🟠Xotira va tarix – bir voqea yoki madaniyat qatlamining boshqa ma’lumotlar bilan qoplanishi.

" Kn
owers " ☕️
02/11/2025, 09:27
t.me/aretefacts/23
AR
Knowers
79 subscribers
52
02/10/2025, 21:33
t.me/aretefacts/22
AR
Knowers
79 subscribers
72
02/10/2025, 10:10
t.me/aretefacts/21
AR
Knowers
79 subscribers
82
"Doctor Who" (o‘zbekcha: "Doktor Kim") — Britaniyaning BBC telekanali tomonidan ishlab chiqarilgan ilmiy-fantastik teleserial bo‘lib, eng uzoq davom etgan fantastik seriallardan biri hisoblanadi. U 1963-yilda boshlangan va hozirgacha davom etmoqda.

🟠Seriya muxlislari ba'zan Whovians deb ataladi.

🟠Serial Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng uzoq davom etgan ilmiy-fantastik teleserial sifatida shuningdek, uning umumiy translyatsiya reytinglari, DVD va kitob savdosi asosida barcha davrlarning “eng muvaffaqiyatli” ilmiy-fantastik seriyasi sifatida kiritilgan

🟠Serial Sirli Doktor  personaji atrofida qurilgan. U TARDIS ( Ko‘k rangli Britaniya politsiya budkasi) deb nomlangan, ichki qismi tashqarisidan ancha katta bo‘lgan kosmik va vaqt mashinasida koinotni kezib, turli xavflarga qarshi kurashadi. Doktor Gallifrey sayyorasidan kelgan "Time Lord" (Vaqt Hukumdori) bo‘lib, u o‘lishdan oldin regeneratsiya qilish qobiliyatiga ega – bu unga yangi qiyofada va yangi shaxsiy xususiyatlar bilan qayta tug‘ilish imkonini beradi.

🟠Dushmanlari: Daleklar, Kiborglar, Master va boshqa yovuz kuchlar

🟠Mashhur shiori: "Bigger on the inside" (Ichkarisi tashqarisidan kattaroq)


📜Doktorni o‘ynagan aktyorlar:

Serial davomida Doktorni turli aktyorlar o‘ynagan. Quyidagilar eng mashhurlaridan:

1. William Hartnell (1963–1966) – Birinchi Doktor

2. Tom Baker (1974–1981) – Eng mashhur Doktorlardan biri

3. David Tennant (2005–2010, 2022) – Yana qaytib kelgan Doktor

4. Matt Smith (2010–2013) – "Bow tie" bilan esda qolgan

5. Jodie Whittaker (2018–2022) – Birinchi ayol Doktor

6. Ncuti Gatwa (2023–hozirgi) – Hozirgi Doktor

Rasmda hozirgi Doctor - Ncuti Gatwa

"Knowers"
02/10/2025, 05:49
t.me/aretefacts/20
AR
Knowers
79 subscribers
85
​​Nikolay Flamel (1330–1418) – fransuz kitob savdogari bo‘lib, tarixda saxovatli inson sifatida tanilgan. Biroq, keyinchalik u alkimyo afsonalarining markaziy qahramoniga aylanadi. Mish-mishlarga ko‘ra, u Falsafa toshini yaratgan va oddiy metallarni oltinga aylantirish hamda abadiy hayot sirini kashf etgan.

• U 1418-yilda vafot etganidan so'ng, O'zining dafn marosimini o'tkazib, xotini bilan gʻoyib boʻlgani haqida afsonalar ham paydo bo'ladi.

•J.K. Roulingning Garri Potter va Falsafa tosh kitobida Flamel afsonaviy alkimyogar sifatida tasvirlanadi. U 600 yoshdan oshgan bo‘lib, Dambldor bilan do‘st edi. Hikoyada Voldemort Falsafiy toshni qo‘lga kiritishga harakat qiladi, ammo oxir-oqibat Flamel va uning rafiqasi Perenella o‘z ixtiyori bilan o‘limni tanlaydi. Shu tariqa, Flamel haqidagi tarixiy va afsonaviy unsurlar Garri Potter olamida jonlantirilgan.

"Knowers"
02/09/2025, 16:47
t.me/aretefacts/19
AR
Knowers
79 subscribers
75
​​Artur Grey

Artur Grey – Aleksandr Grinning "Alvon yelkanlar" asaridagi bosh qahramonlardan biri. U zodagon oilada tug‘ilgan bo‘lsa-da, bolaligidan dengiz hayotiga qiziqib, 14 yoshida uydan qochib ketadi va kemada ishlay boshlaydi. O‘z kuchi va tirishqoqligi bilan kapitanga aylanadi.

Uning kemasi "Secret" deb nomlangan. Bu galliot turidagi kema bo‘lib, kichik va tezkorligi bilan ajralib turgan. Galliotlar XVII-XIX asrlarda asosan yuk tashish uchun ishlatilgan, yumaloq tumshug‘i va keng korpusi tufayli daryo va qirg‘oq bo‘ylab harakatlanish uchun qulay bo‘lgan. Artur Grey aynan shu kemasi bilan Assolning bolalikdagi tushini ro‘yobga chiqarish uchun qirmizi yelkanlarni ko‘tarib keladi va uni yangi hayot sari yetaklaydi.

Bu asar romantika va orzularga sodiqlik haqida bo‘lib, Artur Grey o‘z taqdirini mustaqil belgilaydigan, mehribon va jasur qahramon sifatida gavdalanadi.

"Knowers"
02/09/2025, 16:16
t.me/aretefacts/18
AR
Knowers
79 subscribers
67
​​Vasiliy Vasilyevich Kandinskiy
( 1866-yil 16 dekabr  - 1944 yil 13 dekabr) rus rassomi va san'at nazariyotchisi. Kandinskiy odatda g'arb san'atida abstraktsiyaning kashshoflaridan biri sifatida tanilgan . Moskvada tug'ilgan, bolaligini Odessada o'tkazgan ,  uyerda Odessa san'at maktabini tamomlagan . Moskva universitetiga huquq va iqtisod fakultetida tahsil olgan. Kandinskiy 30 yoshida rassomchilik  bilan shug'ullana boshladi.
1896 yilda  Myunxenga joylashdi va avval Anton Ajbening xususiy maktabida, keyin esa Tasviriy san'at akademiyasida tahsil oldi.

•Uning eng mashhur asarlaridan biri "Rang va shakl" nazariyasiga asoslanadi, unda ranglar hissiyotlarni qanchalik kuchli etkazishi haqida fikr yuritadi. Kandinskiy "Der Blaue Reiter" (Moviy Chavandoz ) guruhiga asos solgan, bu guruh abstrakt sanʼatni rivojlantirishga katta hissa qo'shdi.

•U 1910-yillarda "Kompozitsiya" seriyasini yaratdi, bu asarlarida rang va shaklni yangi tarzda birlashtirdi. Kandinskiy o'zining inqilobiy uslublari bilan san'at olamida katta ta'sir ko'rsatdi.

•U 1914 yilda Birinchi jahon urushi boshlanganidan keyin Moskvaga qaytib keldi . Biroq,  "uning ma'naviy dunyoqarashi... sovet jamiyatining argumentativ materializmiga begona edi" va yana  1920-yilda Germaniyaga qaytib keldi. Uyerda u Bauhaus maktabida dars berdi. 1922 yildan boshlab to natsistlar uni 1933 yilda yopib qo'ygunga qadar san'at va me'morchilik bilan shug'ullangan. Keyin u Frantsiyaga ko'chib o'tdi, 1939 yilda frantsuz fuqaroligini  oldi.
Vasiliy Kandinskiy 1944 yilda Neuilly-sur-Seine shahrida vafot etdi.

Mashhur Asarlari
1."Moviy chavandoz"
2."Kompozitsiya VII" (1913)
3."Kompozitsiya VIII" (1923)
4. "Improvizatsiya 31 (Dengiz jangi)" (1913)
5. "Improvizatsiya 28 (II-versiya)" (1912)
6. "Sariq-qizil-ko‘k" (1925)
7. "Oq chiziq bilan" (1920)
8. "Ko‘k ot" (1903)
9. "Yuqoriga egri chiziq" (1923)
10. "Bo‘ron" (1917).

"Knowers"
02/09/2025, 15:53
t.me/aretefacts/16
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria