Shunchaki, chin sevgi qadrini bilmading
Boshida barchasi edi mukammal,
Na armon bor edi, na hijron, firoq...
Sen ishqni vaqtincha berganing mahal,
Men uni boqiy deb o'ylagan ahmoq...
Bir kecha, bir onda tugadi bari,
Yuzim silab o'tgan yomg'irlar misol...
Qorlarga bosilgan izlar singari,
Vaqtincha edimi bizlarning visol...
Sinovlar sinaydi desa kulardim,
Bilmasdim hislaring arosatligin...
O'tkinchi sevgingdan shuni o'rgandim,
Asli sodiqlik ham – Farosatligin...
Mayli qayda bo'lma, sog' bo'l, omon bo'l,
Muhabbat bobida kelsin omading...
Mensiz bemalolsan, endi ochiq yo'l,
Shunchaki, chin sevgi qadrin bilmading....