7-aprel kuni yozib olingan bahs-munozaraga boy
podkast(suhbat)imizni kecha e'lon qildik. Ko'rishni tavsiya qilaman, ko'pchilikni qiynayotgan savollarni beroldik, menimcha.
Mayli, videoni ko'rib qo'yarsizlar, lekin men boshqa narsani yozmoqchiman. To'g'risi, bunday suhbatlar juda-juda kerak. Lekin hukumat vakillarini bir joyga olib kelish juda qiyin, vazirlar yoki boshqa yuqori mansab egalarini qo'ya turing, hatto quyi tizimda ishlovchilarni ko'ndirolmaydigan vaziyatga kelib qolgandekmiz. Bu yopilish savollar va shubhalarni oshirsa oshiradi, lekin kamaytirmaydi. Iltimos, shuni tushuninglar.
Ochiq muloqotlar tashkil qilaylik, muhim va dolzarb masalalar ko'p, ularni birgalikda muhokama qilaylik. Men hamkorlikni taklif qilaman(bu hech qanday tijoriy yoki hukumatning "advokati" bo'lish uchun berilayotgan taklif emas), bizda savollar, maydon va auditoriya bor, sizlarda esa ma'lumotlar. Menimcha, bu hukumatning imiji, reputatsiyasi uchun ham kerakli. Keling, chiroyli suhbatlar uyushtiraylik, sizlarni eshitaylik(albatta, qarshi savollarga ham tayyor turinglar).
Rasmiylarimizdan, ayniqsa vazirlarimizdan so'rab qolaman! Anchadan beri anjumanlarda ko'rinish bermaysizlar, nahot odamlarga aytadigan so'zingiz bo'lmasa?