Raqamli mahsulotlar dizayni, brending hamda dizayn bilan bog‘liq boshqa mavzular haqidagi kanal. Klaviatura ortida Sultanbek Kuanishbaev, @uzum 'da oddiy dizayner.
Agar o'rtacha yoki kattaroq kompaniyada ishlayotgan bo'lsangiz shu maqolani o'qishingiz shart. Jamoalar va kompaniyalar vaqtlar o'tib rivojlanishi va o'zgarishi men uchun yangilik bo'ldi. Bilaman mavzudan tashqari, lekin moslashuvchanlik qobiliyatingizni rivojlantirishga yordam beradi. Albatta o'qib chiqing!
Raqobatchilarni tahlil qilish (Competitor analysis) uchun mahsulot va UX/UI dizaynerlarga eng kerakli bo'lgan saytlardan biri Mobbin.com hisoblanadi. Asosan xalqaro va katta kompaniya mahsulotlari joy olgan. Jenya Uprock jamoasi Bettta.ru loyihasini boshlashgan. Saytda Rossiyadagi 100+ dan ko'p servislarning referenslari to'plangan. Judayam tavsiya qilaman ko'rib chiqishni.
P.s. O'zimizdagi qorako'zlarning servislarini yig'ib shunday loyiha qilsa bo'ladi lekin)
Airbnb asoschilaridan biri Brayan Cheski o‘z mahsulot konsepsiyalarida dizayn tamoyillariga tayanadi. Uning fikricha, xizmatni rivojlantirish millionlab foydalanuvchilardan emas, balki bitta ideal mijoz tajribasini yaratishdan boshlanishi kerak.
Maqolada: — 10-yulduzli tajriba tamoyili nima? — Oddiy xizmatdan hayratlanarli xizmatgacha bo‘lgan bosqichlar
🛠 Kompaniyalar nima uchun dizayn studiyalarni yollaydi?
Har bir kompaniyaning mahsulot jamoasi shunday bosqichga keladiki, yangi loyihani mustaqil olib borishi qiyinlashadi. Resurslar yetishmaydi, ichki jarayonlar esa yangi g‘oyalarni cheklaydi. Bunday holatda eng yaxshi yechimlardan biri - studiya yo'llash.
Maqolada: — Ichki jamoa qachon yangi loyihani eplay olmaydi? — Studio qanday afzalliklarga ega?
Visual Board — bu loyihaning konsepti yoki g‘oyasini vizual tarzda ifodalash bo‘lib, u tasvirlar, matnlar, referenslar, animatsiyalar va boshqa dizayn materiallari yordamida yaratiladi. Bunday jarayon ma’lum ketma-ketlikda joylashtirilgan to‘rtta board'dan iborat bo‘ladi.
Maqolada: — Visual Board nimalardan iborat? — Loyiha uchun turli xil konseptlarni qanday yaratish mumkin?
⬆️ Paynet to‘lov tizimi redizayni qanday amalga oshdi?
Pinkman dizayn studiyasi bir oy ichida O'zbekistondagi yetakchi kompaniyalardan bo'lgan Paynet to'lov tizimini redizayn qilib chiqishgan. Maqolada jarayon qanday kechgani, nimalar qilingani va Paynet ichki jamoasi uchun dizayn tizimi joriy qilishgani haqida so'zlab berishgan.
🔼 Eski dizaynlardan foydalanib Pinterestda 2 million ko‘rishga qanday erishish mumkin?
Nikita Efimtsev degan dizayner ishlariga Pinterestda ko'zim tushgandi. Keyinchalik Pinterestdagi sahifasiga obuna bo'lib qo'ygandim. Qarasam, Pinterestga yuklagan ishlari konsept ekan (tasdiqlanmagan yoki shunchaki qiligan UI-dizaynlar). Maqolada shu haqida to'liq so'zlab bergan. O'qishga arziydi.
⚙️ UI-kit bilan ishlash bo‘yicha 10 ta amaliy maslahat
Men uchun eng qiyin ishlardan biri - UI-kit qilish va yig'ish. Biroq u ish jarayonini tartibga solishga va ko‘pchilikning ishini osonlashtirishga yordam beradi. Maqolada muallif UI-kit yaratish jarayonda qilgan xulosalarini bo‘lishib, 10 ta muhim tavsiya bilan bo'lishgan.
🔥 Dizaynerning idrok qilish darajasini qanday oshirish mumkin?
Maqolada dizaynerlarning idrok qilish darajasini "qizil tugma (red button)" misolida ko'rsatib bergan. Har xil darajadagi dizaynerlar vazifa yoki muammoga qanday yondashishini ko'rsatadi. O'qish must have!
Maqolada: — Idrok qilish darajalari — Muammoni tushunish — Idrok qilish qobiliyatini qanday oshirish mumkin
🌧 Ob-havoni jilovlash: Yandex Stansiya Duo Maks uchun animatsiyalar qanday qilingan? Pragmatica dizayn-studiyasi tomonidan Yandex Stansiyalari uchun animatsiyalar qanday tayyorlagani haqida maqola. Ular har bir mavsum va ob-havo holatini animatsiya qilishgan. Maqolada jarayon davomida qanday ishlarni bajarishgani haqida to'liq so'zlab berishgan. O'qishga arziydi.
Maqolada: — Animatsion zastavkalar nima uchun kerak — Ular nimalardan tashkil topgan — Texnik tuzilishi — Qish mavsumi uchun tayyorgarlik
Interfeyslar dizaynini o'rganish bo‘yicha mustaqil kichik-roadmap
Ushbu maqolada interfeyslar dizaynida qanday nazariy bilimlarni o‘rganish, qaysi ketma-ketlikda rivojlanish kerakligi haqida tushuntirilgan. Vaqtingiz va pulingizni tejaydigan maqolalardan biri. Maqolada resurslar ko‘p bo‘lmasa-da, o‘rganish jarayonida o‘zingiz uchun yangi va qiziqarli ma’lumotlarni topa olasiz.
Maqolada: — Dizayn bilan tanishuv — Qayerda o‘qish mumkin — Dasturlar, UX, UI — Kommunikatsiya va ish qidirish
💎 Mukammal dizayn jarayoni qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
Loyiha yoki vazifa muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun dizayn jarayoni katta ahamiyatga ega. Chunki aniq va shaffof tashkil etilgan dizayn jarayoni muvaffaqiyatning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Mukammal dizayn jarayoni haqida "Звук" loyihasi bosh dizayneri Ilya Kretov so'zlab beradi.
Maqolada: — Vazifa turlari — Mahsulot jamoasidagi rollar — Dizayn jarayoni