Ko'zlaring qaysidir shaharning tongi bilan ochilsa-da, lekin har tongda faqat bir inson uchun uyg'ona olishing - sevgidir... Men esa har tongda chap ko'ksimdagi o'sha og'riq bilan faqat sen uchun uyg'onaman. Bu g'am-alamlar bilan to'la ahvolim yana qancha vaqt davom etadi-bunisini bilmayman. Ammo bir muncha vaqt o'tgach, odatiy bir yakshanba kunining tongida boshqa bir tashvish-hayajonlar qurshovida uyg'onishimga ishonaman. Sen ham bunga ishon. Bir paytlar seni tomirida oqqan qonning har bir tomchisigacha sevgan inson bir kun kelib xotiralaridan ham senga joy ajratmasligiga shak-shubhasiz ishon. Sen bilan baxtsiz yashashga tayyor bo'lgan insonning sensiz yana-da juda baxtli, ajoyib umr kechirib qarishiga ishon...
💙Agarda bir kun kelib dardlarimiz tenglashsa, ya'ni sening g'ururing ham, hech bo'lmasa, menikiday yaralansa, tuyg'ularing xo'rlansa, o'shanda meni esla... Ana o'shandagina haqiqiy sevgi kimningdir borlig'i tufayli baxtli bo'lishni emas, balki yo'qligi tufayli baxtsiz yashashga ko'nikish ekanligini anglaysan.
Axir, o'zing bilasan-ku: senga o'zing munosib boʻlganidan ham ko'prog'ini berdim.
Qaytimi kerak emas....❤️