Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
ED
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
https://t.me/edcomuz
Channel age
Created
Language
Uzbek
-
ER (week)
12.88%
ERR (week)

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning rasmiy Telegram kanali. Veb-sayt: www.edcom.uz Aloqa markazi: (71) 205-57-57 Murojaatlar va savollar uchun guruh: @edcomuzmurojaat

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 148 results
Xorijdagi operatsiyadan 4 baravarga arzonroq — Kamol Rahmonov

Shifokor Kamol Rahmonov chet elda qilinayotgan murakkab plastik operatsiyalarni Samarqand viloyatida ham amalga oshirishni yo‘lga qo‘ydi. Buning uchun zamonaviy uskunalarni olib keldi hamda Rossiya va Turkiyada tajribasini oshirdi.

Bugungi videomizda uning professional tajribasi va buning bemorlar hayotidagi o‘rni haqida fikr yuritamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
04/16/2025, 18:26
t.me/edcomuz/556
🟦 2025-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ biznes egalariga 18,3 trln so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatdi.

Ushbu xizmatlar hududlar kesimida qanday taqsimlangani haqida infografikadan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Telegra
m | Facebook | Instagram | Youtube
04/16/2025, 17:49
t.me/edcomuz/555
🗣 Ovozli chatimiz boshlanmoqda!

🟦 “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning barcha xizmatlari haqida tashkillanayotgan ovozli chat tez orada boshlanadi.

Shunday ekan, ovozli chatimizda qatnashing va savollaringizga batafsil javoblarni to‘g‘ridan to‘g‘ri mutaxassislarimizdan oling.

Bu uchun savollaringizni chatga kirish orqali berishingiz yoki mazkur xabar ostida izoh sifatida qoldirishingiz mumkin.

Telegr
am | Facebook | Instagram | Youtube
04/16/2025, 14:47
t.me/edcomuz/551
🟦 “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida 2025-yil 1-aprel holatiga ma‘lumot

Telegra
m | Facebook | Instagram | Youtube
04/15/2025, 14:54
t.me/edcomuz/550
📉 “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning Kapitalga ulush kiritish xizmati orqali biznesingizni kengaytiring.

Bu qarz emas. Siz kredit olmayapsiz, balki ishonchli hamkorga ega bo‘lyapsiz. Shunday ekan, sizga 5 mlrd so‘mgacha mablag‘ hech qanday foizlarsiz taqdim etiladi.

Mazkur xizmatning miqdori, muddati va undan foydalanish shartlari haqida batafsil ma’lumotlarni bitta videoga jamladik!

Telegra
m | Facebook | Instagram | Youtube
04/14/2025, 14:18
t.me/edcomuz/549
🟦 Barcha xizmatlar haqida ovozli chat!

Ko‘pchilikning ovoziga ko‘ra, keyingi jonli efirimiz Kompaniyaning barcha xizmatlari haqida bo‘lib o‘tadi.

Unda siz o‘z savollaringizga suratdagi malakali mutaxassislarimizdan to‘g‘ridan to‘g‘ri javob olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Agar tayyor savollaringiz bo‘lsa, ularni ushbu manzilga yuborishingiz mumkin — @edcom_uz. Ovozli chatimizda sizlarga eng birinchilardan bo‘lib javob beramiz.

Demak, 16-aprel, chorshanba kuni soat 17:00 da xizmatlar bo‘yicha savollaringizga bizdan javob olishingiz mumkin!

Telegra
m | Facebook | Instagram | Youtube
04/14/2025, 13:26
t.me/edcomuz/548
Ovozli chat mavzusi yuzasidan ovoz berishingiz oson bo‘lishi uchun qo‘shimcha maʼlumot:

Barcha xizmatlar haqida — bunda Kompaniyaning mavjud xizmatlari hamda boshqa savol va takliflaringiz bo‘yicha fikr almashamiz.

Qarz yordami haqida — 7 yilga 20 mlrd so‘mgacha 18% ustama bilan ajratiladigan mablag‘ni jalb qilish haqida suhbatlashamiz.

Kompensatsiya haqida — 24,5 foizgacha ajratiladigan kreditlarning 5,6 foizgacha qismini qoplab berish yordami haqida gaplashamiz.

Resurs haqida — bozor stavkasiga nisbatan pastrok stavkada kredit olish uchun banklarga joylashtirilgan resurslar haqida maʼlumot beramiz.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
04/11/2025, 08:36
t.me/edcomuz/546
04/10/2025, 19:28
t.me/edcomuz/544
04/10/2025, 13:59
t.me/edcomuz/542
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning moliyaviy yordamlari haqida batafsil maʼlumotni Bosh ofisdan tashqari, hududlardagi Kompaniya filiallariga tashrif buyurish orqali ham olishingiz mumkin.

Suratlarda shuningdek, hududiy filiallar manzillari hamda mas’ul xodimlarning telefon raqamlari keltirilgan.

Rivojlanish yo‘lida birgamiz!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
04/10/2025, 13:59
t.me/edcomuz/543
04/10/2025, 13:59
t.me/edcomuz/541
🗣 Ovozli chatimiz boshlanmoqda!

🏦 Xizmatlar ipotekasi haqida tashkillanayotgan ovozli chatimiz boshlanmoqda.

Unda qatnashish orqali savollaringizga mutaxassislarimizdan batafsil javoblar olishingiz mumkin.

Bu uchun savollaringizni chatga kirish orqali berishingiz yoki mazkur xabar ostida izoh sifatida qoldirishingiz mumkin.

Telegr
am | Facebook | Instagram | Youtube
04/09/2025, 14:35
t.me/edcomuz/537
O‘zbekistonda tomorqachilik va dehqonchilikni rivojlantirish maqsadida “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan 300 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratilib, “Uzagrostar xolding” MCHJ hamda uning qoshida hududlarda ixtisoslashgan kompaniya va loyiha ofislari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Bugungi kunda xolding tomonidan Andijon viloyati Asaka tumanida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Ushbu videorolikda aynan shu jarayonlar, tomorqachilikdagi imkoniyatlar va yondashuvlar haqida batafsil tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
04/09/2025, 09:05
t.me/edcomuz/536
🟦 2025-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 462 ta murojaat kelib tushdi

Telegra
m | Facebook | Instagram | Youtube
04/09/2025, 08:49
t.me/edcomuz/535
🟦 Jahon banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ direktori o‘rinbosari Zarif Xolmurodov hamda Jahon bankining Moliyaviy sektor bo‘yicha katta mutaxassisi Valeriya Goffe va konsultant sifatida Kafillik institutlarining global tarmog‘i asoschisi va rahbari Xose Fernando Fegeredo bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida asosiy eʼtibor – Jahon banki ishtirokida tayyorlanayotgan “Kichik va o‘rta korxonalarni ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda yashil va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash” loyihasiga qaratildi.

Ma’lumot o‘rnida, hozirda Kompaniya tomonidan Loyihani dastlabki baholash bo‘yicha ishlar tashkil etilib, hujjatlari tayyorlanmoqda.

Telegra
m | Facebook | Instagram | Youtube
04/08/2025, 09:33
t.me/edcomuz/534
04/08/2025, 09:33
t.me/edcomuz/533
🏦 Xizmatlar ipotekasi haqida jonli efir!

Siz – tadbirkorlarning murojaatlarini o‘rganish natijasida Xizmatlar ipotekasiga qiziqish yuqori ekanini aniqladik.

Shu sababli, biz muhim savollaringizga javob berish maqsadida ovozli chat tashkillashga qaror qildik.

Ovozli chatimiz Xizmatlar ipotekasi bo‘yicha mutaxassislarimiz ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

Demak, 9-aprel, chorshanba kuni soat 17:00 da xizmat bo‘yicha savollaringizni bizga yo‘llashingiz mumkin!

Telegra
m | Facebook | Instagram | Youtube
04/07/2025, 14:07
t.me/edcomuz/532
🟦 Biz uchun talabalarning o‘z ustida ishlashga ishtiyoqi borligini bilishning o‘zi yetarli — Abbosxon Maxamatov

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ o‘z faoliyati davomida ilmiy izlanishlar va yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e‘tibor qaratadi!

Telegra
m | Facebook | Instagram | Youtube
04/04/2025, 15:40
t.me/edcomuz/531
04/04/2025, 15:22
t.me/edcomuz/526
04/04/2025, 15:22
t.me/edcomuz/529
Bugun, 4-aprelda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ va Diplomat University o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Unga bag‘ishlangan tadbir avvalida universitet talabalari bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazildi. Xususan, Kompaniya direktori o‘zining shaxsiy tajribasidan kelib chiqib, karyera yo‘li, ish faoliyati, O‘zbekiston bank-moliya sohalaridagi o‘ziga xosliklar haqida fikr yuritdi.

Uchrashuv davomida asosiy e’tibor talaba va ilmiy izlanuvchilar uchun Kompaniyada mavjud imkoniyatlar hamda universitet bilan hamkorlikda sohadagi muammolarga ilmiy yondashuvlar orqali yechimlar topishga qaratildi.

Shundan so‘ng, universitet talabalari Kompaniyada malaka oshirishi, amaliy ko‘nikmalar egallashi va amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lishiga kelishildi.

Kompaniya mutaxassislari esa universitetda seminarlar, master-klasslar va ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish orqali ta’lim jarayoniga o‘z hissasini qo‘shadi.

Bu hamkorlik orqali universitet soha talablariga mos ravishda mutaxassislar yetishtirsa, kompaniya amaliy bilim va tajribalarni talabalar bilan bo‘lishib, ularni mehnat bozoriga tayyorlaydi.

Shunday qilib, uchrashuv yakunida “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ direktori Abbosxon Maxamatov va Diplomat University bosh direktori Bekzod Ummatov o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu memorandum ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lib, mamlakatimizda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
04/04/2025, 15:22
t.me/edcomuz/530
04/04/2025, 15:22
t.me/edcomuz/527
04/04/2025, 15:22
t.me/edcomuz/528
🏢 2018-yildan beri Xorazm viloyatidagi tadbirkorlarning 5 mingdan ortiq loyihasi moliyaviy qo‘llab-quvvatlandi.

Bu uchun ularga Kompaniya tomonidan jami 2 trln 173 mlrd so‘m mablag‘ taqdim etildi.

Eng ko‘p yordamlardan Bog‘ot tumani (320 mlrd so‘m), Urganch shahri (257 mlrd so‘m) va Urganch (237 mlrd so‘m) tumanida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar foydalangan.

Telegra
m | Facebook | Instagram | Youtube
04/02/2025, 17:05
t.me/edcomuz/525
🗣 Ovozli chatimiz boshlanmoqda!

📄Kafillik xizmati haqida tashkillanayotgan ovozli chatimiz boshlanmoqda.

Unda qatnashish orqali savollaringizga mutaxassislarimizdan batafsil javoblar olishingiz mumkin.

Bu uchun savollaringizni chatga kirish orqali berishingiz yoki mazkur xabar ostida izoh sifatida qoldirishingiz mumkin.

Telegr
am | Facebook | Instagram | Youtube
04/02/2025, 14:40
t.me/edcomuz/522
Bugun, 2-aprelda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ ISO sertifikatini olish bo‘yicha o‘quv seminari tashkilladi.

Unda sertifikat olishga ko‘maklashuvchi konsulting kompaniya hamda Kompaniya xodimlari ishtirok etdi.

O‘quv seminari sifat boshqaruvi tizimi bo‘yicha xalqaro andazalar asosida ISO sertifikatini olish uchun zaruriy bo‘lgan talablarni tushuntirishga qaratildi.

Ma’lumot o‘rnida, ISO Xalqaro standarti sertifikati mahsulot va xizmatlarning xavfsiz, ishonchli va sifatli bo‘lishini kafolatlashga yordam beradi. U bilan korxonalar yangi bozorlarga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
04/02/2025, 12:30
t.me/edcomuz/521
04/02/2025, 12:30
t.me/edcomuz/520
🏢 2018-yildan beri Surxondaryo viloyatidagi tadbirkorlarning qariyb 3 mingga yaqin loyihasi moliyaviy qo‘llab-quvvatlandi.

Bu uchun ularga Kompaniya tomonidan jami 1 trln 240 mlrd so‘m mablag‘ taqdim etildi.

Eng ko‘p yordamlardan Termiz shahri (320 mlrd so‘m) va Denov (123 mlrd so‘m) tumanida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar foydalangan.

Telegra
m | Facebook | Instagram | Youtube
04/02/2025, 07:28
t.me/edcomuz/519
#Rivojlan

Tadbirkorlik xuddi doimiy oqib turuvchi daryoga o‘xshaydi. Mablag‘ yetishmovchiligi esa uning faoliyatiga to‘g‘on bo‘lishi mumkin.

Uni yengib o‘tishda Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi Sizga ishonchli ko‘makchi bo‘ladi!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
04/01/2025, 12:17
t.me/edcomuz/518
📄 Kafillik haqida jonli efir!

Oxirgi vaqtlarda tadbirkorlar tomonidan ushbu xizmatimiz bo‘yicha ko‘plab savollar kelib tushmoqda.

Shu sababli, biz sizning muhim savollaringizga javob berish maqsadida ovozli chat tashkillashga qaror qildik.

Ovozli chatimiz Kafillik xizmati bo‘yicha mutaxassislarimiz ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

Kafillik taqdim etishdagi o‘zgarish va qo‘shimchalar, uning shartlari va miqdorlari hamda kiritilgan o‘zgarishlar to‘g‘risida fikr yuritamiz.

Demak, 2-aprel, chorshanba kuni soat 17:00 da xizmat bo‘yicha savollaringizni bizga yo‘llashingiz mumkin!

Telegra
m | Facebook | Instagram | Youtube
04/01/2025, 08:14
t.me/edcomuz/515
✨“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ siz va yaqinglaringizni muqaddas Ramazon Hayiti bilan tabriklaydi! 

Tinchlik-osoyishtalik, qut-baraka va farovon hayot doimo hamrohingiz bo‘lsin.

Ayyom muborak!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
03/30/2025, 03:00
t.me/edcomuz/513
🏢 2018-2025-yillar davomida Andijon viloyatidagi tadbirkorlarga jami 1 trln 412 mlrd so‘m moliyaviy yordam taqdim etildi.

Eng ko‘p yordamlardan Andijon shahri (387 mlrd so‘m), Xo‘jaobod (171 mlrd so‘m) va Asaka (152 mlrd so‘m) tumanlarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar foydalangan.

Telegra
m | Facebook | Instagram | Youtube
03/28/2025, 15:06
t.me/edcomuz/512
Mart oyining boshida Qarz moliyaviy yordamini taqdim etish bo‘yicha 2025-yilning ikkinchi ochiq tanlovi o‘tkazilgandi. Tanlovda 30 nafar tadbirkor jami 268 mlrd so‘mdan ziyod loyihalar bilan ishtirok etdi.

Skoring tahlili natijasida esa 20 ta loyiha (164 mlrd so‘m) keyingi bosqichga o‘tdi.

Ushbu loyihalar bo‘yicha 103,4 mlrd so‘m miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri yordam taqdim etish va loyihalarning ishga tushirilishi hisobiga 314 ta yangi ishchi o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
03/28/2025, 13:30
t.me/edcomuz/511
O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlar eksporti bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar diqqatiga!

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tadbirkorlarga kreditlarni osonroq olish va arzonroq qaytarish uchun quyidagi yordamlarni taqdim etadi.

🔐 Kompensatsiya

Kompaniya hudud toifasidan kelib chiqib, tadbirkor oladigan kredit foizining bir qismini — maksimal 5,6 foizgacha — kompensatsiya qilib beradi, ya’ni qoplab beradi.

Bunda tadbirkor olgan kreditning yillik foiz ustamasi 24,5 foizgacha bo‘lishi kerak.

Misol uchun, bank tadbirkorga 24,5 foiz stavkasi bilan kredit berdi deylik. Agar u joylashgan hudud uchun maksimal 5,6 foiz kompensatsiya taqdim etilsa, unda tadbirkor 3 yilga aslida 18,9 foiz (24,5 foiz – 5,6 foiz) to‘laydi, qolgan qismini esa Kompaniya qoplaydi.

Bu orqali tadbirkorning moliyaviy yuki kamayadi va biznesini kengaytirish uchun qulay sharoit yaratiladi.

📄 Kafillik

Tijorat banklaridan kredit olishda garov talab etiladi. Ko‘pincha tadbirkorlar kerakli garovni topa olmay qiyinchiliklarga duch keladi.

Shunday vaqtda Kompaniya kichik tadbirkorlarga 2,5 milliard so‘mgacha, o‘rta tadbirkorlarga 5 milliard so‘mgacha kafillik beradi. 

Bu degani, tadbirkor maʼlum sabablarga ko‘ra kreditni qaytarolmay qolganda Kompaniya uning o‘rniga kreditni to‘lash majburiyatining bir qismini o‘z zimmasiga oladi.

Telegr
am | Facebook | Instagram | Youtube
03/28/2025, 09:48
t.me/edcomuz/510
Xizmatlar ipotekasi bo‘yicha 2025-yilning ikkinchi ochiq tanloviga 24 nafar tadbirkor 528 mlrd so‘mlik loyiha yuzasidan ariza yuborgani haqida xabar bergandik.

Skoring tahlil natijalariga ko‘ra, qiymati 138 mlrd so‘m bo‘lgan 16 ta loyiha keyingi bosqichga o‘tdi.

Ushbu loyihalar bo‘yicha 80,1 mlrd so‘m miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri yordam taqdim etish va loyihalarning ishga tushirilishi hisobiga 473 ta yangi ishchi o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
03/27/2025, 16:15
t.me/edcomuz/509
📄 Kafillik haqida jonli efir!

Oxirgi vaqtlarda tadbirkorlar tomonidan ushbu xizmatimiz bo‘yicha ko‘plab savollar kelib tushmoqda.

Shu sababli, biz sizning muhim savollaringizga javob berish maqsadida ovozli chat tashkillashga qaror qildik.

Ovozli chatimiz Kafillik xizmati bo‘yicha mutaxassislarimiz ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

Kafillik taqdim etishdagi o‘zgarish va qo‘shimchalar, uning shartlari va miqdorlari hamda kiritilgan o‘zgarishlar to‘g‘risida fikr yuritamiz.

Demak, 2-aprel, chorshanba kuni soat 17:00 da xizmat bo‘yicha savollaringizni bizga yo‘llashingiz mumkin!

Telegra
m | Facebook | Instagram | Youtube
03/27/2025, 16:03
t.me/edcomuz/508
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ direktori Abbosxon Maxamatov Qibray tumanida o'tkazilgan sayyor qabulda ishtirok etdi.

Qabul tuman hokimi Muzaffar Rashidov va tuman Xalq qabulxonasi rahbari Jasur Xo‘jayorovlar ishtirokida “Chinobod” mahallasida tashkil etildi.

Unda aholining murojaatlari tinglanib, muammolari tahlil qilindi. Xususan, kommunal sohadagi muammolar qatorida ekologiya, ijtimoiy sohadagi murojaatlar ijrosi yuzasidan topshiriqlar berildi.

Shuningdek, aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini bartaraf etish yuzasidan maslahat va ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
03/26/2025, 19:19
t.me/edcomuz/507
03/26/2025, 19:19
t.me/edcomuz/506
💻“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ nomzodlarni quyidagi ish o‘rniga tanlov asosida taklif etadi!

➡️Biznes jarayonlarini raqamlashtirish boʻlimi bosh mutaxassisi

Ariza va rezyumelar tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 2025-yil 3-aprel 12:00 ga qadar qabul qilinadi.

Ariza yuborish uchun pochta manzili, nomzodlarga qo‘yilgan talab va vazifalar bilan mazkur havola orqali tanishishingiz mumkin.

Telegra
m | Facebook | Instagram | Youtube
03/26/2025, 12:41
t.me/edcomuz/505
30 ta loyiha yuzasidan taklif kelib tushdi!

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning Qarz moliyaviy yordamini taqdim etish yuzasidan o‘tkazilgan joriy yilning ikkinchi ochiq tanlovi yakunlandi.

Unga tadbirkorlardan 268 mlrd so‘mdan ziyod biznes g‘oyalar aks etgan 30 ta anketa kelib tushdi.

Arizalarning eng ko‘pi Farg‘ona, Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridan yuborilgan.

Hozirda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qilish yuzasidan tegishli ishlar boshlandi.

Shunday ekan, bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
03/25/2025, 16:35
t.me/edcomuz/504
8 ta hamkorlik taklifi!

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning ulushdorlik asosidagi moliyaviy yordam taqdim etish yuzasidan 2025-yilning ikkinchi ochiq tanlovi yakunlandi.

Tanlovga 123 mlrd so‘mdan ziyod 8 ta biznes loyiha bo‘yicha taklif kelib tushgan.

Ulardan eng ko‘pi Toshkent shahri va Namangan viloyatidan yuborilgan.

Endilikda talablarga mos biznes egalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
03/25/2025, 16:15
t.me/edcomuz/503
24 ta biznes loyiha!

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning Xizmatlar ipotekasi yordamini ajratish bo‘yicha 2025-yilning ikkinchi ochiq tanlovi ham yakunlandi.

Unga 528 mlrd so‘mdan ortiq qiymatdagi 24 ta biznes loyiha egalari qiziqish bildirgan.

Eng ko‘p arizalar Toshkent shahri, Namangan, Xorazm va Toshkent viloyatlarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar tomonidan yuborilgan.

Tadbirkorlarning biznes rejalarini hayotga tatbiq etish yuzasidan ishlar boshlandi.

Shunday ekan, bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
03/25/2025, 16:10
t.me/edcomuz/502
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan “Media studiya dizaynini ishlab chiqib, montaj qilish va jihozlash” hamda “Media studiya uchun zarur texnik uskunalarni yetkazish” bo‘yicha tanlovlar 14-mart kuni eʼlon qilingan.

Mazkur tanlovlar orqali Kompaniya yordamlarini keng jamotchilikka yetkazish maqsadida studiya tashkil etish, xususan, “Tadbirkorga maslahat” podkastini jonli efirga uzatish, yordam taqdim etilgan tadbirkorlar bilan suhbatlar tashkillashtirish va boshqa sifatli video kontentlar yaratish, Kompaniya logotiplarini yasash va o‘rnatish, zamonaviy mebellar bilan jihozlash, devorlarni shovqin o‘tkazmaslik bo‘yicha jihozlash hamda yorug‘lik (neon chiroqli dekorativ devor), audio va video tizimlarni va boshqa zarur texnik vositalar xarid qilish ko‘zda tutilgan.

Ushbu tanlov joriy yilning 24-mart kunida yakunlangan hamda Davlat xaridlari portalida avtomatik tarzda g‘olib va zaxira g‘olib aniqlangan.

Har ikki tanlov ishtirokchilarining affillanganlik holati aniqlanganligi sababli “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning 44-moddasiga asosan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari oldini olish maqsadida Kompaniya 24-mart kunining o‘zidayoq mazkur tanlovlar natijalarini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Fursatdan foydalanib, Kompaniya faoliyati ochiq va shaffof ekanligi, barcha jamoatchilik vakillarining ochiqlikni taʼminlash borasidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashi, doimo ochiq muloqotga tayyorligini maʼlum qiladi.

Kompaniya axborot xizmati
03/25/2025, 15:43
t.me/edcomuz/501
03/24/2025, 14:34
t.me/edcomuz/499
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ direktori Abbosxon Maxamatov “Dolzarb bir oylik” tadbirlari doirasida Toshkent viloyatining Qibray tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.

“Ziyokor” mahallasi binosida o‘tkazilgan ushbu qabulda tuman Xalq qabulxonasi mudiri Jasur Xo‘jayorov va boshqa mas’ullar qatnashdi.

Fuqarolar bilan muloqot chog‘ida subsidiya asosida uy-joy olish, aylanma mablag‘lar uchun kredit ajratish, ichimlik suvi tarmog‘idagi mavjud avariya holatlarini bartaraf etish masalalari yuzasidan murojaatlar muhokama qilindi.

Hamyurtlarimizga tegishli ravishda huquqiy maslahat va ko‘rsatmalar berilib, muddat talab etiladigan murojaatlar ijrosi tuman Xalq qabulxonasi tomonidan nazoratga olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
03/24/2025, 14:34
t.me/edcomuz/500
Xabaringiz bor, joriy yilning 20-mart kuni Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14% darajada belgiladi.

Shunga asosan “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning asosiy stavkaga bog‘liq bo‘lgan xizmatlarini ko‘rsatish shartlariga ham o‘zgartirishlar kiritildi.

Endilikda:

🏦 Xizmatlar ipotekasi

Yillik 18 foiz ustama yoki nasiya savdo usulida tadbirkorlarga taqdim etiladi (avval 17,5 foiz edi);

💵 Qarz

Ushbu xizmat doirasida mablagʻlar tadbirkorlarga yillik 18 foiz ustamada taqdim etiladi (avval 17,5 foiz edi);

🪙 Resurs ajratish

Yashil va energiya samarador loyihalar uchun 14 foizdan tijorat banklariga resurs ajratadi (avval 13,5 foiz edi);

🔐 Kompensatsiya

Kichik tadbirkorlik subyektlariga 24,5 foizgacha ajratiladigan kreditlar foizining bir qismi qoplab beriladi (avval 23,6 foizgacha edi).

Tele
gram | Facebook | Instagram | Youtube
03/24/2025, 10:51
t.me/edcomuz/498
#Rivojlan

Ayollarga bitta yaxshilik qilsang, o‘nta yaxshilik bo‘lib qaytadi, deya bejizga taʼkidlashmagan.

Shu bois ham TRK faoliyati davomida ayollar biznesini qo‘llab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
03/24/2025, 08:38
t.me/edcomuz/497
Navro‘z ayyomi muborak!

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ jamoasi barchangizni Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etadi. Barcha o‘zbekistonliklarga tinchlik-xotirjamlik, oilaviy baxt-u saodat, qut-baraka, faoliyatlarida zafarlar tilab qolamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
03/21/2025, 07:25
t.me/edcomuz/496
📄 Taʼlimga sarmoya kiritgan tadbirkor — Barno Tuganova

Samarqand viloyati, Payariq tumanida yashovchi tadbirkor Barno Tuganova shunchaki tadbirkorlikdan ko‘ra masuliyatli va mashaqqiyatli yo‘lni tanlagan. U 4 ta bolalar bog‘chasi va 1 ta xususiy maktab tashkil etgan.

Uning hayotiy tajribasi va fikr-mulohazalari bilan videoda tanishishingiz mumkin.

Telegra
m | Facebook | Instagram | Youtube
03/20/2025, 19:14
t.me/edcomuz/495
📣 “Renesans mikromoliya tashkiloti” AJga 10 mlrd so‘m resurs joylashtiriladi

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va yashil texnologiyalarini joriy etish loyihalarini moliyalashtirish maqsadida mikrokreditlar ajratish uchun “Renesans mikromoliya tashkiloti ” AJga 10 mlrd so‘m resurs joylashtiradi.

Mikrokredit tartiblari:

🟢oluvchilar — tadbirkorlik loyihalari mavjud o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va kichik tadbirkorlik subyektlari;
🟢miqdori — 300 mln so‘mgacha;
🟢muddati — 3 yilgacha;
🟢foiz stavkasi — mikromoliya tashkiloti tomonidan belgilangan stavka.

Ushbu resurs hisobidan mikrokredit olmoqchi bo‘lgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va tadbirkorlar “Renesans mikromoliya tashkiloti” AJga murojaat qilishlari mumkin!

Batafsil: www.renesans.uz
www.edcom.uz

“Renesans mikromoliya tashkiloti ” AJning aloqa markazi: 55-900-05-05
Kompaniyaning aloqa markazi: 71-205-57-57

Tel
egram | Facebook | Instagram | Youtube
03/20/2025, 13:21
t.me/edcomuz/494
📢 “Farovon hayot mikromoliya tashkiloti” MChJga 4 mlrd so‘m resurs joylashtiriladi

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va yashil texnologiyalarini joriy etish loyihalarini moliyalashtirish maqsadida mikrokreditlar ajratish uchun “Farovon hayot mikromoliya tashkiloti” MChJga 4 mlrd so‘m resurs joylashtiradi.

Mikrokredit tartiblari:

🟢oluvchilar — tadbirkorlik loyihalari mavjud o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va kichik tadbirkorlik subyektlari;
🟢miqdori — 300 mln so‘mgacha;
🟢muddati — 3 yilgacha;
🟢foiz stavkasi — mikromoliya tashkiloti tomonidan belgilangan stavka.

Ushbu resurs hisobidan mikrokredit olmoqchi bo‘lgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va tadbirkorlar “Farovon hayot mikromoliya tashkiloti” MChJga murojaat qilishlari mumkin!

“Farovon hayot mikromoliya tashkiloti” MChJning aloqa markazi: 99-390-75-90
Kompaniyaning aloqa markazi: 71-205-57-57

Tel
egram | Facebook | Instagram | Youtube
03/20/2025, 12:48
t.me/edcomuz/493
⚡️Asosiy stavka 14%gacha ko‘tarildi

20-mart kuni Markaziy bank asosiy stavkani yillik 0,5 foiz bandga oshirib, yillik 14 foiz darajasida belgiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
03/20/2025, 10:18
t.me/edcomuz/492
#Rivojlan

📄 Agar tadbirkor kredit olishni istasa, lekin yetarli garov ta’minotiga ega bo‘lmasa, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ u uchun kafil bo‘lib beradi.

Bu degani, tadbirkor maʼlum sabablarga ko‘ra kreditni qaytarolmay qolganda Kompaniya uning o‘rniga kreditni to‘lash majburiyatining bir qismini o‘z zimmasiga oladi. Natijada, uning kredit olish jarayoni osonlashadi.

Bugun ushbu xizmatning miqdori, muddati va undan foydalanish shartlari haqida batafsil ma’lumotlarni bitta videoga jamladik!

Telegra
m | Facebook | Instagram | Youtube
03/20/2025, 09:59
t.me/edcomuz/490
#Rivojlan

Eng yaxshi sarmoya bu – taʼlimga kiritilgan sarmoyadir!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
03/20/2025, 08:29
t.me/edcomuz/489
💵 20 mlrd so‘mgacha Qarz!

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ 2 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan kichik va o‘rta biznes egalariga 20 mlrd so‘mgacha qarz ajratmoqda.

Xizmatdan foydalanish uchun batafsil maʼlumot va anketa namunasi:
https://edcom.uz/uz/tenders/debt-2
/

Arizalarni 24-mart 18:00 gacha debtedcom@gmail.com elektron manziliga jo‘natish mumkin.

Telegra
m | Facebook | Instagram | Youtube
03/19/2025, 18:15
t.me/edcomuz/488
Bugun, 19-mart kuni “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ va Finlyandiyaning Finnvera moliyaviy kompaniyasi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi.

Suhbat avvalida har ikki tomon faoliyati, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari, ko‘rsatayotgan xizmatlari va ularning samaradorligi to‘g‘risida ma’lumot almashdi.

Undan so‘ng, mamlakatdagi o‘rta va kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini xalqaro miqyosga olib chiqish to‘g‘risida atroflicha fikr almashildi.

Muloqot yakunida esa o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatish, hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida muhokamalarni davom ettirishga kelishib olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
03/19/2025, 16:55
t.me/edcomuz/487
🗣 Ovozli chatimiz boshlanmoqda!

📈 Foizlarsiz 5 mlrd so‘mgacha ulushdorlik asosida yordam berish yuzasidan tashkillangan ovozli chatimiz boshlanmoqda.

Unda qatnashish orqali savollaringizga mutaxassislarimizdan batafsil javoblar olishingiz mumkin.

Bu uchun savollaringizni chatga kirish orqali berishingiz yoki mazkur xabar ostida izoh sifatida qoldirishingiz mumkin.

Telegr
am | Facebook | Instagram | Youtube
03/19/2025, 14:54
t.me/edcomuz/484
Bugun, 19-martda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda sohaning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish va rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv avvalida kichik va o‘rta tadbirkorlar soni besh yilda 2 karra ko‘paydi. Ularda 10,5 million odam daromad topib, ro‘zg‘or tebratayotgani ta’kidlandi.

Shundan so‘ng, quyidagi o‘zgarishlar e’lon qilindi:

⏺ Bu yil kichik va o‘rta biznesga 120 trillion so‘m resurs beriladi;

Xususan, aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun 22 trillion so‘mlik imtiyozli resurs ajratiladi.

Shundan 2,5 trillion so‘m yoshlarga, yana shunchasi ayollar tadbirkorligi loyihalari uchun yo‘naltiriladi. 

⏺ Ayol tadbirkorlarga kredit stavkasi boshqalarga nisbatan 2 foiz arzon bo‘ladi. 

⏺ Bir yilda yiriklashib, kichik yoki o‘rta korxonaga aylangan tadbirkorlarga banklarda taqdim etilayotgan 300 mln so‘mgacha kreditning 150 mln so‘mi garovsiz beriladi.

Xuddi shunday, oilaviy tadbirkorlik bo‘yicha ham 50 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi. 

⏺ Bu yil kichik va o‘rta biznes loyihalari infratuzilmasiga ajratilishi belgilangan 1 trillion so‘mga qo‘shimcha 500 milliard so‘m ajratiladi.

⏺ Endilikda kichik va o‘rta biznesga qo‘shimcha talab va majburiyat yuklaydigan normativ hujjatlar qabul qilishga ham uch yillik moratoriy e’lon qilinadi.

⏺ Fermerlar uchun ham muhim yangilik – soliqdan qarzini vaqtida to‘lay olmagani uchun shu paytgacha yig‘ilib qolgan 1 trillion so‘mlik penyani undirishdan voz kechiladi.

Uchrashuv yakunida davlat rahbari bugun muhokama qilingan, tadbirkorlarning taklif va tashabbuslari o‘rin olgan farmonni imzolashini, uning yengilliklari bugundan qo‘shimcha hujjatlarni kutmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri amaliyotga kiritilishini bildirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
03/19/2025, 13:07
t.me/edcomuz/483
03/19/2025, 10:39
t.me/edcomuz/480
03/19/2025, 10:39
t.me/edcomuz/479
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning moliyaviy yordamlari haqida batafsil maʼlumotni Bosh ofisdan tashqari, hududlardagi Kompaniya filiallariga tashrif buyurish orqali ham olishingiz mumkin.

Suratlarda shuningdek, hududiy filiallar manzillari hamda mas’ul xodimlarning telefon raqamlari keltirilgan.

Rivojlanish yo‘lida birgamiz!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
03/19/2025, 10:39
t.me/edcomuz/481
🟦 2025-yilning 1-mart holatiga ko‘ra, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 350 ta murojaat kelib tushdi

Telegra
m | Facebook | Instagram | Youtube
03/19/2025, 09:42
t.me/edcomuz/478
📈 Foizlarsiz ulushdorlik asosida yordam ko‘rsatish bo‘yicha savollaringizga javob beramiz

Xabaringiz bor, foizlarsiz 5 mlrd so‘mgacha ulushdorlik asosida yordam taqdim etish yuzasidan 2025-yilning ikkinchi ochiq tanlovi davom etmoqda.

Ushbu xizmatimiz haqida kelib tushayotgan muhim savollarga javob berish uchun ovozli chat tashkillashga qaror qildik.

Ovozli chatimiz ushbu xizmat bo‘yicha mutaxassislarimiz ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

Demak, ertaga, chorshanba kuni soat 17:00 da xizmat bo‘yicha barcha savollaringizga javob beramiz!

Telegra
m | Facebook | Instagram | Youtube
03/18/2025, 13:53
t.me/edcomuz/477
🏦 20 mlrd so‘mgacha xizmatlar ipotekasi!

Biznesingiz uchun ko‘chmas mulk yoki asbob-uskunalar sotib olish osonlashganidan xabardormisiz?

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ bu uchun bozor stavkalaridan past foizda Xizmatlar ipotekasini taqdim etmoqda.

Xizmatdan foydalanish uchun batafsil maʼlumot va anketa namunasi:
https://edcom.uz/uz/tenders/mortgage-2
/

Arizalar 24-mart 18:00 ga qadar ipotekatanlov@gmail.com pochta manzili orqali qabul qilinadi.

Telegra
m | Facebook | Instagram | Youtube
03/18/2025, 12:43
t.me/edcomuz/475
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ jamoasi tomonidan 15-mart kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Qibray tumanining 6 ta mahallasida istiqomat qiluvchi oilalar xonadonlarida 250 tupdan ortiq mevali daraxtlarni ekish maqsadida hashar tashkil qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
03/15/2025, 19:32
t.me/edcomuz/474
Foizlarsiz 5 mlrd so‘mgacha!

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ bir yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan kichik va o‘rta biznes egalariga 5 mlrd so‘mgacha foizlarsiz ulushdorlik asosida hamkorlik qilishni taklif etadi.

Undan foydalanish uchun batafsil maʼlumot va anketa namunasi:
https://edcom.uz/uz/tenders/ulush-2/

Arizalarni 24-mart 18:00 gacha capitaledcom@gmail.com elektron manziliga jo‘natish mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
03/14/2025, 17:05
t.me/edcomuz/473
Farg‘ona viloyati tadbirkorlari uchun onlayn seminar o‘tkazildi

Bugun, 14-martda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan ajratilayotgan moliyaviy yordamlarini Farg‘ona viloyati tadbirkorlariga yetkazish maqsadida onlayn seminar tashkil etildi.

Unda viloyat va tuman hokimliklari vakillari, tijorat banklari xodimlari, hokim yordamchilari va tadbirkorlar faol ishtirok etdi.

Suhbat davomida Kompaniya faoliyati, uning iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni, asosiy vazifalari va istiqboldagi rejalari haqida ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy yordam turlari va xizmatlari haqida batafsil tushuntirishlar berilib, ishtirokchilar savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
03/14/2025, 15:47
t.me/edcomuz/472
03/14/2025, 15:47
t.me/edcomuz/471
💻“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ nomzodlarni quyidagi ish o‘rniga tanlov asosida taklif etadi!

➡️Ichki audit xizmati boshlig‘i

Ariza va rezyumelar tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 2025-yil 20-mart 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

Ariza yuborish uchun pochta manzili, nomzodlarga qo‘yilgan talab va vazifalar bilan mazkur havola orqali tanishishingiz mumkin.

Telegra
m | Facebook | Instagram | Youtube
03/14/2025, 13:21
t.me/edcomuz/470
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ “UzA+” kredit reytingini qo‘lga kiritdi

“Ahbor-Reyting” agentligi ilk marotaba Kompaniyaga 2024-yil yakunlari bo‘yicha “barqaror” prognozi bilan “O‘zA+” darajasida milliy miqyosda kreditga layoqatlilik reytingini taqdim etdi.

Ushbu reyting Kompaniyaning kreditga layoqatliligi juda yuqori darajadaligi, bu esa uning faoliyatidagi kredit xavf-xatari past ekanligini aks ettiradi.

Agentlikning ushbu reytingi Kompaniya kreditorlar, omonatchilar va investorlar oldidagi moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish uchun juda yuqori salohiyatga ega ekanligi bilan tavsiflanadi.

Kompaniya uzoq muddatli istiqbolda moliyaviy bozordagi ulushini ko‘paytirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga intilmoqda va bu maqsadga erishish uchun asosiy strategik rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab olganligi eʼtirof etildi.

Xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashdan tashqari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmini kengaytirish va elektron tijoratni rivojlantirish ushbu strategiyaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Kompaniyaning uch yillik rejasida chet el kredit liniyalarini jalb etgan holda moliyaviy yordam ko‘lamini kengaytirish va tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish orqali bozordagi ulushini oshirish nazarda tutilgan.

Ma’lumot o‘rnida, “Ahbor-Reyting” O‘zbekistondagi birinchi reyting agentligi bo‘lib, 1995-yilda tijorat banklari, sug‘urta va lizing kompaniyalari hamda boshqa moliya institutlariga reyting xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
03/13/2025, 18:40
t.me/edcomuz/469
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning moliyaviy yordamlarini Buxoro viloyati tadbirkorlariga yetkazish maqsadida onlayn seminar o‘tkazildi.

Unda viloyat va tuman hokimligi vakillari, tijorat banklari hodimlari, hokim yordamchilari, shuningdek, tadbirkorlar faol qatnashdi.

Seminarda Kompaniya faoliyati, uning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni, maqsadi va kelgusidagi rejalari, salohiyati va imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.

Shundan so‘ng, bugungi kunda Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy instrumentlar bilan ishtirokchilar batafsil tanishtirildi va ularning savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
03/13/2025, 08:36
t.me/edcomuz/468
03/13/2025, 08:36
t.me/edcomuz/467
03/11/2025, 14:53
t.me/edcomuz/465
Bugun, 11-mart kuni “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ va Britaniya biznes banki vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi.

Suhbat avvalida har ikki tomon faoliyati, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari, ko‘rsatayotgan xizmatlari va ularning samaradorligi to‘g‘risida ma’lumot almashdi.

Undan so‘ng, kichik biznes uchun moliya bozorlarini yaxshilash va iqtisodiy faoliyatini kuchaytirish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Muloqot yakunida esa o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatish, hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida muhokamalarni davom ettirishga kelishib olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
03/11/2025, 14:53
t.me/edcomuz/466
2025-yilning 1-mart holatiga ko‘ra, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ biznes egalariga 18 trln 74 mlrd so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatdi.

Ushbu xizmatlar hududlar kesimida qanday taqsimlangani haqida infografikadan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
03/11/2025, 09:22
t.me/edcomuz/464
6 mingga yaqin ayol tadbirkor uchun 1,5 trln so‘mlik moliyaviy yordam

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ bugungi kunga qadar 5 963 nafar ayol tadbirkorning 6 338 ta biznes g‘oyasini moliyaviy xizmatlar bilan qo‘llab-quvvatladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
03/08/2025, 21:39
t.me/edcomuz/463
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ bahorning ilk bayrami – 8-mart, Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan barchani qutlaydi!

Sizlarga sihat-salomatlik, baxt va bardavom yutuqlar tilaymiz. Har bir kuningiz quvonch, e’tibor va yangi imkoniyatlarga to‘la bo‘lsin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
03/08/2025, 10:09
t.me/edcomuz/462
03/07/2025, 14:35
t.me/edcomuz/461
03/07/2025, 13:53
t.me/edcomuz/460
03/07/2025, 12:56
t.me/edcomuz/459
🟦 “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida 2025-yil 1-mart holatiga ma‘lumot

Telegra
m | Facebook | Instagram | Youtube
03/06/2025, 17:24
t.me/edcomuz/458
💻“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ nomzodlarni quyidagi ish o‘rniga tanlov asosida taklif etadi!

➡️Strategik rivojlantirish va yigʻma tahlil boʻlimi Axborot-tahlil mutaxassisi

Ariza va rezyumelar tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 2025-yil 12-mart 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

Ariza yuborish uchun pochta manzili, nomzodlarga qo‘yilgan talab va vazifalar bilan mazkur havola orqali tanishishingiz mumkin.

Telegra
m | Facebook | Instagram | Youtube
03/06/2025, 16:10
t.me/edcomuz/457
03/06/2025, 11:16
t.me/edcomuz/455
03/06/2025, 11:16
t.me/edcomuz/454
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ va Italiyaning Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat bozori xizmatlari instituti (ISMEA) vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv avvalida har ikki kompaniyaning faoliyati, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari, ko‘rsatayotgan xizmatlari va samaradorligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Suhbat davomida asosiy e’tibor – ISMEAning Italiya iqtisodiyoti va qishloq xo‘jaligida tutgan o‘rni, tadqiqot va moliyaviy yordamlariga qaratildi.

Ularning qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan kreditlar uchun taqdim etayotgan kafillik yordami va bu orqali ajratiladigan davlat kafilligi muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli masalalar yuzasidan hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida muhokamalarni davom ettirishga kelishildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
03/06/2025, 11:16
t.me/edcomuz/456
03/05/2025, 16:26
t.me/edcomuz/452
Bugun, 5-mart kuni “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ direktori Abbosxon Maxamatov hamda Jahon banki vakillari G.Berg, K.Tanaka ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Ushbu uchrashuv Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki ekspertlarining Moliya sektorini baholash dasturi (FSAP) doirasida tashkillashtirildi.

Suhbat avvalida O‘zbekiston tomoni Kompaniya faoliyati, uning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni, maqsadi va kelgusidagi rejalari, salohiyati va imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berdi.

Shundan so‘ng, mas’ullar ishtirokida “Kichik va o‘rta tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi mahsulot liniyalari, kredit kafilliklari, kafolatlari, rejalar, cheklovlar va imkoniyatlar” mavzusida suhbatlashildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
03/05/2025, 16:26
t.me/edcomuz/453
03/05/2025, 16:26
t.me/edcomuz/451
03/04/2025, 18:22
t.me/edcomuz/448
03/04/2025, 18:22
t.me/edcomuz/445
03/04/2025, 18:22
t.me/edcomuz/444
🟦 Tadbirkorlar kredit olayotganida garov taʼminoti yetishmasa, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ 5 mlrd so‘mgacha kafillik yordamini taqdim etadi.

Bugun ushbu yordamni tijorat banklari orqali qanday olish mumkinligi haqida to‘liq ma'lumot beramiz.

Telegra
m | Facebook | Instagram | Youtube
03/04/2025, 18:22
t.me/edcomuz/450
03/04/2025, 18:22
t.me/edcomuz/447
03/04/2025, 18:22
t.me/edcomuz/446
03/04/2025, 18:22
t.me/edcomuz/449
03/04/2025, 18:22
t.me/edcomuz/443
Bugun, 3-mart kuni “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning moliyaviy yordamlarini tadbirkorlarga yetkazish, shuningdek, bank xodimlarini ulardan foydalanish shartlari va tartiblari bilan tanishtirish maqsadida onlayn seminar o‘tkazildi.

Unda Toshkent shahridagi tijorat bank rahbarlarining kredit yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosarlari va kredit bo‘limi xodimlari faol ishtirok etdi.

Seminarda Kompaniya faoliyati, uning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni, maqsadi va kelgusidagi rejalari, salohiyati va imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.

Shundan so‘ng, bugungi kunda Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy instrumentlar bilan ishtirokchilar batafsil tanishtirildi va ularning savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
03/03/2025, 16:40
t.me/edcomuz/441
💻“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ nomzodlarni quyidagi ish o‘rniga tanlov asosida taklif etadi!

➡️Sirdaryo viloyati filiali boshlig‘i

Ariza va rezyumelar tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 2025-yil 7-mart 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

Ariza yuborish uchun pochta manzili, nomzodlarga qo‘yilgan talab va vazifalar bilan mazkur havola orqali tanishishingiz mumkin.

Telegra
m | Facebook | Instagram | Youtubew
03/03/2025, 16:09
t.me/edcomuz/440
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ barchangizni kirib kelgan muqaddas Ramazon oyi bilan tabriklaydi!

🌙 Ramazon ruhan va ma’nan poklanish, e’tiqod va irodani mustahkamlash oyidir.

Ushbu oy oilangizga tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik va qut-baraka olib kelsin!

Telegra
m | Facebook | Instagram | Youtube
03/01/2025, 03:09
t.me/edcomuz/439
🟦 “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tadbirkorlarga imtiyozli shartlarda quyidagi moliyaviy xizmatlarni taklif etadi:

➡️ Tadbirkorning loyihalarini amalga oshirishda foizlarsiz 5 mlrd so‘mgacha bino-inshoot va uskunalar ko‘rinishida kapitalga ulush kiritadi;

➡️ 20 mlrd so‘mgacha bo‘lgan bino-inshoot va uskunalarni xizmatlar ipotekasi orqali yillik 17,5% ustama yoki bo‘lib to‘lash sharti bilan garov taʼminotisiz tadbirkorga taqdim etadi;

➡️ Xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishga 20 mlrd so‘mgacha qarz moliyaviy yordamlarini imtiyozli stavkada ajratadi;

➡️ Tijorat banklari, lizing kompaniyalari va mikromoliya tashkilotlariga tadbirkorlarning loyihalarini moliyalashtirish uchun 7 yilga 5 mlrd so‘mgacha kredit (lizing) uchun resurs joylashtiradi;

➡️ Tadbirkorga kredit ajratilishida garov taqchilligi yuzaga kelganda 5 mlrd so‘mgacha kafil bo‘lib beradi;

➡️ Kredit foizining 5,4 foizgacha bo‘lgan qismini kompensatsiya qilib beradi;

➡️ Kichik tadbirkorlarga ajratilgan mikrokreditlarning 100 mln so‘mgacha qismini qayta moliyalashtiradi.

Batafsil: 📞 71-205-57-57

Telegr
am | Facebook | Instagram | Youtube
02/28/2025, 09:39
t.me/edcomuz/438
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria