Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
UI
Ulug‘bek Inoyatov
https://t.me/uinoyatov
Channel age
Created
Language
Uzbek
2.07%
ER (week)
6%
ERR (week)

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi rahbari

______

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 54 results
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
4
2
171
#Imkoniyati_cheksiz_ayollar
#Forum

Nogironligi bo‘lgan opa-singillarimizning huquq va manfaatlari himoyasini kuchaytirish uchun har bir fikr, har bir taklif katta ahamiyatga ega.

Telegram | Facebook | Instagram
04/25/2025, 10:08
t.me/uinoyatov/1886
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
2
172
04/24/2025, 17:53
t.me/uinoyatov/1883
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
2
154
04/24/2025, 17:53
t.me/uinoyatov/1877
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
2
166
04/24/2025, 17:53
t.me/uinoyatov/1882
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
2
167
04/24/2025, 17:53
t.me/uinoyatov/1885
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
2
165
04/24/2025, 17:53
t.me/uinoyatov/1884
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
11
2
151
#Imkoniyati_cheksiz_ayollar
#Forum

Har bir inson munosib yashashga, ustuvor huquqlaridan moneliksiz foydalanishga haqlidir

Partiyamiz jamiyatimizni inklyuzivlashtirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy hayotda, davlat boshqaruvida faol ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlash pozitsiyasida har doim qat’iy turadi.

Bugun "Imkoniyati cheksiz ayollar" forumida juda muhim fikr va takliflar oldik, endi ularni chuqur asoslantirgan holda, amalga oshirishga intilamiz.

Telegram | Facebook | Instagram
04/24/2025, 17:53
t.me/uinoyatov/1876
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
2
155
04/24/2025, 17:53
t.me/uinoyatov/1881
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
2
153
04/24/2025, 17:53
t.me/uinoyatov/1878
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
2
155
04/24/2025, 17:53
t.me/uinoyatov/1879
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
2
156
04/24/2025, 17:53
t.me/uinoyatov/1880
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
6
4
177
#Imkoniyati_cheksiz_ayollar
#Forum

Partiya tomonidan tashkil etilgan “Imkoniyati cheksiz ayollar” forumi

Forum doirasida nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar tomonidan yaratilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram
04/24/2025, 15:55
t.me/uinoyatov/1875
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
Repost
4
2
82
#Live
#Imkoniyati_cheksiz_ayollar
#Forum

O’zXDP Markaziy Kengashi raisi Ulug’bek Inoyatov inklyuziv jamiyatni rivojlantirish borasida hukumat oldida dolzarb vazifalar turgani, ayniqsa, nogironligi bo’lgan shaxslarning emin-erkin harakatlanishi bo’yicha xalqaro standartlarga rioya qilish zarurligini ta’kidladi.

___
🌐 XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter
04/24/2025, 11:14
t.me/uinoyatov/1874
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
Repost
4
83
#Live
#Imkoniyati_cheksiz_ayollar
#Forum

“Imkoniyati cheksiz ayollar” forumi doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlari himoyasini kuchaytirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan konferensiya boshlandi

___
🌐 XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter
04/24/2025, 10:47
t.me/uinoyatov/1873
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
Repost
4
83
04/24/2025, 10:47
t.me/uinoyatov/1872
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
Repost
5
4
74
04/24/2025, 10:47
t.me/uinoyatov/1871
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
Repost
8
1
1.2 k
🌀 ФРАКЦИЯ РАҲБАРЛАРИ БАҲСИ — ЭЛЕКТОРАТ МАНФААТИ ЙЎЛИДА

✅ Кечаги йиғилишдаги яна бир энг қизғин баҳс ЎзЛиДеП ва ХДП фракциялари раҳбарлари ўртасида бўлди.
Фракция раҳбарлари ўртасидаги баҳсда ҳар икки партия вакили ўз электорати манфаатларини ҳимоя қилди.

✍️ ЎзЛиДеП фракцияси раҳбари масъул ташкилотга қишлоқ хўжалиги йўналишидаги тадбиркорларга давлат томонидан ажратилган маблағларни эгасига етиб бориши, мақсадли сарфланишини назорат қилиш вазифалари юкланганини инобатга олиб, қонун лойиҳасидаги "давлат божини тўлашдан озод этиш" нормасини қўллаб-қувватлади.

❌ ХДП фракцияси раҳбари "Агросаноат соҳасида янги бозор механизмлари жорий этилганлиги муносабати билан “Давлат божи тўғрисида"ги Қонунга қўшимча ва ўзгартиришлар киритиш ҳақида"ги қонун лойиҳасига қарши чиқди.

✔️ Жорий қарама-қаршиликларнинг барчаси халқ манфаатлари йўлида қилинаётганлигини кўришимиз мумкин.
Эътиборли жиҳати шундаки, палатанинг ҳар бир мажлиси шу каби баҳсларга бой бўлмоқда. Яхши қонун қачон қабул қилинади? Яхши қонун шу каби баҳслар ортидан қабул қилинади.

Kun mavzusi
04/23/2025, 11:18
t.me/uinoyatov/1870
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
8
5
134
Bugun fraksiya yig‘ilishida muhokama qilingan “Ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ham aholini ehtiyojmand qatlamlarini himoya qilishda yangi normalarni joriy etishga xizmat qiladi.

Fraksiyamiz a’zolari ushbu qonunning zaruriyati haqida to‘xtalib, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, ijtimoiy xizmat va yordamlarni ko‘rsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib-taomillarni bajarmaslik hollari uchrab turganligi, bu borada huquqiy chora belgilanishi muhimligini ta’kidladilar.

Shuningdek, deputatlar ijtimoiy himoya tizimi xodimlari faoliyatiga to‘sqinlik qilish, qonuniy talablarini bajarmaslik uchun javobgarlikni kuchaytirish zarurati oshib borayotganini qayd etdilar.

Telegram | Facebook | Instagram
04/21/2025, 15:53
t.me/uinoyatov/1869
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
8
4
342
🎉 KATTA G‘ALABA!

Futbol bo‘yicha U-17 terma jamoamizni, yoshlarimizning ustozlari va ota-onalarini, barcha Vatandoshlarimizni murakkab vaziyatdagi katta g‘alaba bilan tabriklaymiz!

Bu yoshlar yengilmaslik, g‘alaba uchun iroda ko‘rsatish borasida ibrat bo‘lishdi!

👏 Barakalla, yigitlar!

Telegram | Facebook | Instagram
04/21/2025, 07:32
t.me/uinoyatov/1868
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
6
5
1.7 k
#Yalpi_majlis
#Fraksiya_pozitsiyasi
#Munosabat

❗️ Fraksiyamiz oʻz pozitsiyasida qoladi

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga huquqiy taʼsir choralarini qoʻllashda mutanosiblik tamoyiliga amal qilinishini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish haqidagi qonun loyihasi kecha fraksiyasi yigʻilishida qayta ishlash sharti bilan qoʻllab-quvvatlangan edi.

Bugun parlament quyi palatasining yalpi majlisida fraksiyamiz ushbu qonun loyihasi boʻyicha pozitsiyasida turishi bildirildi.

Mutanosiblik boʻyicha konstitutsiyaviy tamoyilga amal qilish, oʻzgartirishlarni shunga muvofiq chuqur tahlildan oʻtkazish, jazo miqdorlarini ham qayta koʻrib chiqish zarur.

📺 YouTube | 📺 Facebook

Telegram | Facebook | Instagram
04/15/2025, 13:59
t.me/uinoyatov/1867
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
4
12
3.0 k
Profilaktika ishlari shaxsning ustuvor huquq va erkinliklariga daxl qilmasligi kerak

Bugun bo‘lib o‘tgan fraksiya majlisida «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qonun loyihasi bo‘yicha turli munozaralar yuzaga keldi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi juda muhim institut ekani, uning samaradorligini oshirish bo‘yicha mutasaddi idoralar tomonidan keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani e’tirof etildi.

Shu bilan birga, profilaktika ishlarini shaxsning ustuvor huquq va erkinliklariga daxl qilmagan holda, o‘tkazish to‘g‘ri bo‘lishi ta’kidlandi.

Qonun loyihasi fraksiyaning pozitsiyasi yalpi yig‘ilishga qadar hisobga olinishi sharti bilan qo‘llab-quvvatlandi.

🌐 Sayt | 📺 YouTube | 📺 Facebook

Telegram | Facebook | Instagram
04/14/2025, 19:02
t.me/uinoyatov/1866
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
3
3
1.8 k
#munosabat
#150_yubiley_assambleya

❗️ Ijtimoiy taraqqiyot uchun parlament mas’uliyati

Poytaxtimizda Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi yuqori samaradorlik bilan o‘tmoqda.

✅ O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Assambleya ochilishida nutq so‘zlab, barcha qit’alardan kelgan nufuzli delegatsiyalarni samimiy qutlar ekan, turli mintaqalardagi o‘ta murakkab sharoitda jahonda tinchlikni saqlash, ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashda parlamentlar ishtiroki va ta’sirini oshirishni zamonning o‘zi talab etayotganini qayd etdi. Darhaqiqat, vakillik diplomatiyasini kuchaytirish, dolzarb masalalarni umumiy manfaatlar asosida hal etishda Parlamentlararo Ittifoq strategik ahamiyatga ega.

👆 Davlatimiz rahbari nutqida keyingi o‘ttiz yilda jahon yalpi ichki mahsuloti hajmi 4,5 barobarga ortgani holda, insoniyatning kambag‘al qatlamlari daromadlari deyarli o‘zgarmay qolayotgani, agar shu tendensiya saqlanib qolsa, 2030-yilga borib dunyo aholisining 575 million nafari qashshoqlikda umr kechirishi, 84 million bola esa ta’lim olish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi ta’kidlandi. Bu raqamlar barchamizni chuqur o‘yga toldiradi.

Dunyo davlatlarida ijtimoiy taraqqiyot va adolatni ta’minlash parlamentlar zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi. Buning uchun vakillik organlari doimiy fikr va tajriba almashib borishi, ijtimoiy taraqqiyot yo‘lidagi dolzarb masalalarni hal qilish bo‘yicha tashabbuskorlik ko‘rsatishi taqozo etilmoqda.

❗️ Nutqda tinchlik va xavfsizlik, iqlim o‘zgarishlari, xotin-qizlar huquqlarini qat’iy qaror toptirish kabi ijtimoiy taraqqiyot uchun juda muhim bo‘lgan masalalar qatorida jamiyat hayotining barcha jabhalarida to‘laqonli ishtirok etishi uchun yoshlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish zarurligiga e’tibor qaratildi. Bu borada doimiy muloqotni kuchaytirish maqsadida Yoshlar parlamentlari global platformasini tashkil etish va uning ta’sis forumini yurtimizda o‘tkazish taklif qilindi…

Assambleya ishidagi qizg‘in muloqot va uchrashuvlarni kuzatar ekanmiz, butun dunyo parlamentlari vakillari yurtimizda umumiy taraqqiyot uchun fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘lganidan samimiy iftixor tuyamiz...

Telegram | Facebook | Instagram
04/07/2025, 17:49
t.me/uinoyatov/1865
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
6
3
823
#150_yubiley_assambleya

Toshkent shahrida Vetnam Milliy majlisi raisi Chan Txan Man bilan uchrashuv o‘tkazdik.

Uchrashuvda Vetnam hukumati Bosh vazirining o‘rinbosari Chan Xong Xa, ushbu mamlakatning O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Dang Min Kxoy va boshqa mutasaddilar ham ishtirok etdi.

Turli ijtimoiy yo‘nalishlarda tajriba almashish muhim. Janob Chan Txan Man savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Vetnam hamkorligi ijobiy rivojlanayotganini qayd etib, jamoat va yoshlar tashkilotlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish istagini bildirdi.

Kelgusidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha fikr almashdik.

Telegram | Facebook | Instagram
04/07/2025, 14:44
t.me/uinoyatov/1864
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
4
5
896
#no_comment
#150_yubiley_assambleya

🤝  Tojikiston Respublikasi parlamenti - Majlisi oliyning quyi palatasi raisi Fayzali Idizoda boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga yetib keldi

Telegram | Facebook | Instagram
04/05/2025, 17:07
t.me/uinoyatov/1863
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
Repost
5
2
74
#150_yubiley_assambleya

📌  Tojikiston Respublikasi parlamenti - Majlisi oliyning quyi palatasi raisi Fayzali Idizoda boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga yetib keldi.

🤝  Ularni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O’zbekiston XDP fraksiyasi rahbari Ulug’bek Inoyatov kutib oldi va hamrohlik qiladi.

❗  Eslatib o'tamiz, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan joriy yilning 5–9-aprel kunlari Toshkent Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley Assambleyasiga mezbonlik qiladi.
___
🌐 XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter
04/05/2025, 14:01
t.me/uinoyatov/1860
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
6
2
276
#Munosabat

❗️ Strategik sammit

Dunyo Markaziy Osiyo davlatlarining birdam ekaniga guvoh bo‘lmoqda. Shunga asosan mintaqa davlatlari bilan yaxlit va izchil hamkorlikni rivojlantirishga intilmoqda. Jahonda shakllanayotgan yangi geosiyosiy muhitda Markaziy Osiyoning ishonchli o‘rni va strategik ahamiyati oshib bormoqda.

👆 Samarqandda yuqori intensivlik muhitida o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqining birinchi sammiti dunyoda haftaning eng muhim diplomatik voqealaridan biri bo‘lganiga shubha yo‘q.

Ma’lumki, Markaziy Osiyo tarixdan G‘arb bilan Sharqni, shimol bilan janubni bog‘lovchi ko‘prik vazifasini bajarib kelgan. Keyingi yillardagi iqtisodiy o‘sish va investitsion faollik mintaqaning yana jahondagi strategik markazlardan biriga aylanishiga zamin yaratmoqda.

Yevropa Ittifoqi bilan sammit nafaqat bizda, balki ko‘hna qit’ada ham yangi hamkorlik shijoati va muhiti shakllanayotganidan dalolat beradi. Bu hamkorlik ikki tomon uchun ham birdek manfaatli. Yevropa Ittifoqi 27 a’zo davlatdan iborat dunyodagi eng yirik bozorlardan biri hisoblansa, Markaziy Osiyo Yevropani Osiyoning yirik iqtisodiyotlari bilan integratsiya qiluvchi makon bo‘la oladi. Birgina O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan tovar aylanmasi keyingi yillarda deyarli 2,5 baravarga oshgani hamkorlik aloqalarining shiddat bilan kengayayotganidan dalolat beradi.

Samarqand sammitida ham investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish va tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, innovatsiyalar, "yashil" energetika, tog‘-kon, qishloq xo‘jaligi, transport, logistika va raqamlashtirish sohalarida qo‘shma dastur va kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, madaniyat, turizm, fan, ta’lim va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda faol almashinuvlarni davom ettirish masalalari muhokama qilinmoqda. Quvonarlisi, sammit yakunlari bo‘yicha qabul qilinishi kutilayotgan Samarqand deklaratsiyasi ikki mintaqa o‘rtasidagi munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘taradi.

❗️ Birinchi sammit natijalari Yevropa va mintaqamiz xalqlarining uzoq yillik istiqboliga xizmat qiladi, deb ishonamiz...

Telegram | Facebook | Instagram
04/04/2025, 16:23
t.me/uinoyatov/1859
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
7
3
913
#munosabat

❗️ Bunyodkorlik va hamkorlik makoni

Tojikistonda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va mezbon davlat rahbarlarining tarixiy shartnoma imzolangan uch tomonlama uchrashuvi xalqlarimiz birodarligining yana bir oliy ifodasi bo‘lganini qayd etish joiz. Xalqlarimizning qalbini yanada yaqinlashtirgan, yaxshi qo‘shnichilik rishtalarini mustahkamlagan uchrashuv nafaqat eski muammolarni hal qildi, shu bilan birga, yangi imkoniyatlar eshiklari keng ochilishiga zamin yaratdi. Bahor shukuhi bilan yo‘g‘rilgan ulug‘ ayyom kunlaridagi samimiy uchrashuv uchta davlatdagi kattayu kichik davralardagi suhbatlarning asosiy mavzusiga aylangani hammamizni faxru iftixorga to‘ldirdi.

“Bundan buyon chegaralar – birodarlik chiziqlari, yangi imkoniyatlar, bunyodkorlik va hamkorlik makonidir”, dedi davlatimiz rahbari. Darhaqiqat, keyingi yillarda davlatlarimiz yetakchilarining yuksak siyosiy irodasi, o‘zaro bir-birini tushunib harakat qilishi ko‘p yillik muammolar samarali yechim topishi yo‘lida mustahkam asos yaratib berdi.

Asosiysi, davlat rahbarlarining do‘stona munosabatlari xalqlarimizning bir-biriga nisbatan mehrini yuksaltirib kelmoqda. Davlatimiz rahbari uch mamlakat madaniyat va san’at ustalarining konsertida xalqlarimizning muqaddas tuprog‘i, dini, taqdiri birligi, tashvish-u quvonchlari, intilishlari o‘xshash ekanini ta’kidladi.

❗️ O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma kuchga kirgani, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida ham strategik hamkorlik rivojlanayotgani ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tubdan kengayishiga xizmat qiladi.

Uch tomonlama uchrashuv doirasidagi muzokaralarda ishbilarmonlik va madaniy almashinuvlar uchun qulay sharoitlar yaratish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar sonini ko‘paytirish, chegaraoldi hududlardagi shaharlar o‘rtasida yangi avtobus yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgani qayd etildi. Xalqlarimizning davlatlar o‘rtasida bemalol harakatlanishi, hayot va faoliyatni o‘zaro uyg‘unlikda rejalashtirishi butun Markaziy Osiyo mintaqasining yuksalishini ta’minlaydi.

Xalqlarimizning bunyodkorlik qudrati bilan bir-biriga talpinishi yon qo‘shni davlatlarning iqtisodiy qudrati oshishiga ham muhim kafolat bo‘ladi. Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlarining milliy parlamentlari bilan O‘zbekiston parlamenti o‘rtasida izchil demokratik muloqot muhiti rivojlanib borayotgani hamkorligimizning huquqiy asoslarini mustahkamlashga o‘ziga xos hissa qo‘shmoqda.

👆 Shu o‘rinda qayd etish joizki, Xalq demokratik partiyasining tashqi siyosat bilan bog‘liq pozitsiyasida Markaziy Osiyo davlatlari bilan strategik hamkorlikni rivojlantirib borish eng muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Shuning uchun biz bu boradagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaymiz, ularning hayotga to‘liq tatbiq etilishida faol ishtirok etishga intilamiz...

Telegram | Facebook | Instagram
04/01/2025, 15:43
t.me/uinoyatov/1858
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
4
1
120
🎉 Muborak Ramazon hayiti bayrami bilan qutlaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram
03/30/2025, 04:28
t.me/uinoyatov/1857
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
2
5
401
#Munosabat

❗️ Ijtimoiy taraqqiyot uchun global harakat

Dunyoning turli nuqtalarida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat tangligi muammolarni hal qilish va real muloqot muhitini yaratishni tobora murakkablashtirmoqda. Mana shunday vaziyatda dunyo davlatlari parlamentlarining hamkorligi va hamjihatligi katta ahamiyat egadir. Parlamentlararo ittifoqning mamlakatimizda o‘tadigan 150-yubiley Assambleyasi shu tomondan ham tarixiy tadbir, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Jahon parlamentlarining eng nufuzli tashkiloti hisoblanadigan Parlamentlararo ittifoq “Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati” degan umumiy shior ostida hayotiy dolzarb mavzularni muhokama qilishi kutilmoqda.

Ijtimoiy taraqqiyot davlatlar va xalqlarni jipslashtiradigan o‘ta muhim mezon hisoblanadi. Ijtimoiy taraqqiyot va barqarorliksiz mamlakatlar ravnaq topishi, siyosiy vaziyat mustahkam bo‘lishi imkonsizdir. Parlamentlararo ittifoqning kun tartibi shu ma’noda ham jahon hamjamiyati uchun ustuvor ahamiyatga ega.

Dunyo mamlakatlari parlamentlari delegatsiyalari yurtimizda muhokamalar olib boradigan asosiy yo‘nalishlardan biri aholini ijtimoiy himoya qilish va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘ladi. Ijtimoiy taraqqiyot uchun shu ikki hayotiy va bir-biriga chambarchas bog‘liq masalalarda samarali harakat qilish talab etiladi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining asosiy dasturiy maqsadlari ham ana shu ezgu va strategik maqsadlarga tayanadi.

Alohida qayd etish kerakki, bu yo‘nalishda O‘zbekistonda keyingi yillarda ulkan tajriba to‘plandi, muammolar bosqichma-bosqich hal etilib, zarur natijalarga ham erishilmoqda. Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha vazifalarni bajarish, yangi imkoniyatlar topish, ijtimoiy-iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash davlat va jamiyatimizning doimiy kun tartibiga aylandi.

Aholini ijtimoiy himoya qilish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha qisqa muddatda katta natijalarga erishayotgan, bu bo‘yicha strategik maqsadlar qo‘ygan mamlakat sifatida O‘zbekiston dunyo miqyosida munosib e’tirof etiladi.

Ijtimoiy taraqqiyot keng ma’noga ega tushuncha ekani ma’lum. Bu avvalo odamlarga yashash, o‘rganish, mehnat qilish, salomatligini asrash va himoyalanish bilan bog‘liq imkoniyatlarning kafolatlangan bo‘lishi hamdir. Insonning fundamental huquqlari ana shu kafolatlarsiz ta’minlanmasligini hammamiz yaxshi anglaymiz. Bugun butun dunyoda fuqarolar birlamchi huquqlarini mone’liksiz amalga oshirishi uchun sharoit yaratish, hukumatlarni xalqlar oldida shunga mas’uliyatli qilish zarurati oshib bormoqda.

Davlatning ijtimoiy taraqqiyot uchun xalq oldida mas’ulligi borasida O‘zbekistonda o‘ziga xos tajriba to‘planmoqda. Fakt va raqamlar, asosiysi, hayotiy natijalar buni isbotlab turibdi. Konstitutsiyamizda O‘zbekiston ijtimoiy davlat ekani belgilandi. Shu asosda ijtimoiy himoya tizimi aholiga yaqinlashtirilmoqda. Misol uchun, barcha hududlarimizda “Inson” markazlari ochilib, 102 ta ijtimoiy xizmat mahallalarda yo‘lga qo‘yildi. Kelasi yil 1 million 200 ming aholini kambag‘allikdan chiqarish uchun ta’lim, to‘garak, kasb-hunar, tibbiyot masalalarini hal qilish va yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha qat’iy vazifalar belgilangan.

Ijtimoiy yordam olishni tizimlashtirish maqsadida 10 dan ortiq hujjat tayyorlash va topshirish talabi bekor qilinib, yagona “ijtimoiy karta” joriy etilmoqda. Nogironligi borlarga beriladigan protez va reabilitatsiya vositalari ro‘yxati 18 tadan 30 taga, bu yildan yana 7 turdagi vositalar qo‘shilishi belgilangan. Bunday fakt va raqamlar ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun nihoyatda muhim, albatta.

Vatanimizda o‘tadigan Assambleya parlamentlararo strategik hamkorlik aloqalarining izchil tus olishi uchun, dunyodagi ijtimoiy taraqqiyot uchun muhim global muloqot platformasiga aylanishiga ishonamiz...

Ulug‘bek Inoyatov,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi
O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi.

Telegram | Facebook | Instagram
03/28/2025, 14:01
t.me/uinoyatov/1856
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
1
#Munosabat

❗️ Ijtimoiy taraqqiyot uchun global harakat

Dunyoning turli nuqtalarida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat tangligi muammolarni hal qilish va real muloqot muhitini yaratishni tobora murakkablashtirmoqda. Mana shunday vaziyatda dunyo davlatlari parlamentlarining hamkorligi va hamjihatligi katta ahamiyat egadir. Parlamentlararo ittifoqning mamlakatimizda o‘tadigan 150-yubiley Assambleyasi shu tomondan ham tarixiy tadbir, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Jahon parlamentlarining eng nufuzli tashkiloti hisoblanadigan Parlamentlararo ittifoq “Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati” degan umumiy shior ostida hayotiy dolzarb mavzularni muhokama qilishi kutilmoqda.

Ijtimoiy taraqqiyot davlatlar va xalqlarni jipslashtiradigan o‘ta muhim mezon hisoblanadi. Ijtimoiy taraqqiyot va barqarorliksiz mamlakatlar ravnaq topishi, siyosiy vaziyat mustahkam bo‘lishi imkonsizdir. Parlamentlararo ittifoqning kun tartibi shu ma’noda ham jahon hamjamiyati uchun ustuvor ahamiyatga ega.

Dunyo mamlakatlari parlamentlari delegatsiyalari yurtimizda muhokamalar olib boradigan asosiy yo‘nalishlardan biri aholini ijtimoiy himoya qilish va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘ladi. Ijtimoiy taraqqiyot uchun shu ikki hayotiy va bir-biriga chambarchas bog‘liq masalalarda samarali harakat qilish talab etiladi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining asosiy dasturiy maqsadlari ham ana shu ezgu va strategik maqsadlarga tayanadi.

Alohida qayd etish kerakki, bu yo‘nalishda O‘zbekistonda keyingi yillarda ulkan tajriba to‘plandi, muammolar bosqichma-bosqich hal etilib, zarur natijalarga ham erishilmoqda. Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha vazifalarni bajarish, yangi imkoniyatlar topish, ijtimoiy-iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash davlat va jamiyatimizning doimiy kun tartibiga aylandi.

Aholini ijtimoiy himoya qilish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha qisqa muddatda katta natijalarga erishayotgan, bu bo‘yicha strategik maqsadlar qo‘ygan mamlakat sifatida O‘zbekiston dunyo miqyosida munosib e’tirof etiladi.

Ijtimoiy taraqqiyot keng ma’noga ega tushuncha ekani ma’lum. Bu avvalo odamlarga yashash, o‘rganish, mehnat qilish, salomatligini asrash va himoyalanish bilan bog‘liq imkoniyatlarning kafolatlangan bo‘lishi hamdir. Insonning fundamental huquqlari ana shu kafolatlarsiz ta’minlanmasligini hammamiz yaxshi anglaymiz. Bugun butun dunyoda fuqarolar birlamchi huquqlarini mone’liksiz amalga oshirishi uchun sharoit yaratish, hukumatlarni xalqlar oldida shunga mas’uliyatli qilish zarurati oshib bormoqda.

Davlatning ijtimoiy taraqqiyot uchun xalq oldida mas’ulligi borasida O‘zbekistonda o‘ziga xos tajriba to‘planmoqda. Fakt va raqamlar, asosiysi, hayotiy natijalar buni isbotlab turibdi. Konstitutsiyamizda O‘zbekiston ijtimoiy davlat ekani belgilandi. Shu asosda ijtimoiy himoya tizimi aholiga yaqinlashtirilmoqda. Misol uchun, barcha hududlarimizda “Inson” markazlari ochilib, 102 ta ijtimoiy xizmat mahallalarda yo‘lga qo‘yildi. Kelasi yil 1 million 200 ming aholini kambag‘allikdan chiqarish uchun ta’lim, to‘garak, kasb-hunar, tibbiyot masalalarini hal qilish va yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha qat’iy vazifalar belgilangan.

Ijtimoiy yordam olishni tizimlashtirish maqsadida 10 dan ortiq hujjat tayyorlash va topshirish talabi bekor qilinib, yagona “ijtimoiy karta” joriy etilmoqda. Nogironligi borlarga beriladigan protez va reabilitatsiya vositalari ro‘yxati 18 tadan 30 taga, bu yildan yana 7 turdagi vositalar qo‘shilishi belgilangan. Bunday fakt va raqamlar ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun nihoyatda muhim, albatta.

Keyingi yillarda parlament diplomatiyasi O‘zbekiston tashqi siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. 2017 yildayoq, ya’ni yangi islohotlar davri boshlanishi bilan yurtimiz Parlamentlararo ittifoqqa a’zoligini qayta tiklaganini ta’kidlash kerak. O‘tgan qisqa davr ichida milliy parlamentimiz dunyo mamlakatlari parlamentlari, shuningdek, ittifoq bilan barqaror va ishonchli hamkorlik munosabatlarini o‘rnatdi, ayni vaqtda doimiy rivojlantirish harakatida.
03/28/2025, 13:58
t.me/uinoyatov/1854
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
1
Vatanimizda o‘tadigan Assambleya parlamentlararo strategik hamkorlik aloqalarining izchil tus olishi uchun, dunyodagi ijtimoiy taraqqiyot uchun muhim global muloqot platformasiga aylanishiga ishonamiz.

Ulug‘bek Inoyatov,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi
O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi.

Telegram | Facebook | Instagram
03/28/2025, 13:58
t.me/uinoyatov/1855
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
Repost
5
6
738
❗️ Fraksiyamiz ehtiyojmand aholiga ijtimoiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

📺 YouTube | 📺 Facebook
___
🌐 XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter
03/24/2025, 19:07
t.me/uinoyatov/1853
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
6
5
1.3 k
🎉   “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!”

Telegram | Facebook | Instagram
03/21/2025, 05:33
t.me/uinoyatov/1852
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
4
4
864
#munosabat

❗️ Muntazamlik va uzviylik, doimiy intilish va qo‘llab-quvvatlash baribir katta natijalarga olib boradi. Mamlakatimizda ish o‘rni yaratish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish rivojlanishini rag‘batlantirish bo‘yicha islohotlar ana shunday xarakterga ega bo‘lgani yaxlit muhitni tubdan o‘zgartirmoqda.

Davlat rahbarining kichik va o‘rta biznes vakillari bilan bugungi uchrashuvi ish o‘rni ochib, daromad manbai yaratganlarni qo‘llov doimiy ekaniga yana bir isbot, butun yurtimizdagi intiluvchan insonlarga katta rag‘bat bo‘ldi.

Bu yil ichimlik suvi, kanalizatsiya, yo‘l, qurilish, kommunal xo‘jalik, yetkazib berish, utilizatsiya, migratsiya, madaniyat va ijtimoiy xizmatlarda kichik biznes ulushini 2-3 karra oshirish vazifasi oldimizda turgani qayd etildi. Avvalo, bu xizmatlar sifati, hayot darajasi yaxshilanishi, asosiysi, ming-minglab hamyurtlarimiz barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishini anglatadi.

Mutaxassislar, ishchi-xodimlar ro‘zg‘oridan xotirjam, ertasidan ko‘ngli to‘q mehnat qilishi har qanday biznesning muhim tayanchi hisoblanadi. Kichik va o‘rta biznes mana shu omilni hisobga olib, hayotiy va eskirmaydigan qoidaga qanchalik qat’iy amal qilsa, natijalari shuncha yaxshilanadi.

Keyingi yillarda kichik va o‘rta biznesda yashirin ish o‘rinlari nisbatan kamayib bormoqda, davlat ham shunga rag‘batlarni ko‘paytiryapti. Lekin hali oldinda ochilmagan imkoniyatlar ko‘p. Kichik va o‘rta biznes ijtimoiy mas’uliyatini qanchalik keng anglab harakat qilsa, davlat qo‘llovi ham shunga yarasha bo‘ladi.

Bir-biriga chambarchas bog‘liq asosiy maqsadlardan biri 1,5 million doimiy ish o‘rni tashkil qilish, sohada band aholi ulushini 75 foizga yetkazishdir. Bu katta, ayni paytda, xalqimizga, yurtimizga kerak raqamlar. Aholi bandligi va mamlakat iqtisodiyoti barqarorligi har doim bir-birini taqozo qilib turadi.

Quvonarli jihati, aholini tadbirkorlikka jalb qilish, ya’ni o‘z ishini boshlash niyatidagi fuqarolarni qo‘llash uchun 22 trillion so‘mlik imtiyozli resurs ajratiladi, shundan 2,5 trillion so‘m yoshlar, yana shuncha mablag‘ ayollar tadbirkorligi loyihalari uchun yo‘naltiriladi. Ayol tadbirkorlarga kredit stavkasi arzonroq ham bo‘lishi bildirildi. Bu nafaqat iqtisodiy rag‘bat, shu bilan birga, ayollarimizning ijtimoiy-iqtisodiy faollikka intilishiga nisbatan hurmat ifodasi ham bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram
03/19/2025, 17:39
t.me/uinoyatov/1851
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
3
6
1.2 k
Fraksiyamiz yig‘ilishida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining nogironligi bor shaxslarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyati, o‘zaro hamkorlik masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari partiyamiz elektorati manfaatlari himoyasini kuchaytirishda katta hayotiy ahamiyatga ega bo`lmoqda. Samaradorlikni oshirish uchun doimiy muloqot zarur, bu borada Ijtimoiy himoya agentligi bilan hamkorlikda ishlashni rejalashtiryapmiz.

Telegram | Facebook | Instagram
03/17/2025, 17:33
t.me/uinoyatov/1850
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
4
3
1.2 k
Bugungi fraksiya yig‘ilishida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining nogironligi bor shaxslarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyati, o‘zaro hamkorlik masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi markazlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarga xizmat ko‘rsatish borasidagi ishlar va rejalar haqida axborot berdi.

👆 “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyatining samaradorligini oshirish uchun doimiy muloqot zarur. O‘zbekiston XDP va Ijtimoiy himoya agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolash rejalashtirilganligi, shuningdek, deputatlar va agentlik xodimlari birgalikda o‘rganishlar tashkil etishi kerakligini alohida ta’kidlandi...

Telegram | Facebook | Instagram
03/17/2025, 15:19
t.me/uinoyatov/1849
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
5
7
175
#munosabat

❗️ Korrupsiyaga qarshi kurash ijtimoiy muammolar yechimiga xizmat qiladi

Korrupsiyaning turli shakllarda namoyon bo‘lishi butun dunyoda nafaqat siyosiy-huquqiy, ayniqsa, ijtimoiy muammolar ko‘payishiga olib keladi. Mamlakatimizda davlat rahbari boshchiligida korrupsiyaga qarshi qat’iy va izchil kurash olib borilayotgani ijtimoiy masalalarning samarali hal etilishiga ham xizmat qiladi.

Davlat idoralarining xalqimiz oldidagi mas’uliyati va hisobdorligini yanada oshirish yo‘nalishida yangi mexanizmlarni joriy etish, har bir davlat organining shaffofligi va hisobdorligini ta’minlash masalalari partiyamiz tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlab kelinadi.

Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi korrupsiyaga qarshi kurashish orqali ijtimoiy masalalarni samarali hal etish, jamiyatni yaxshilash yo‘lidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi va barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishda faol ishtirok etadi...

Telegram | Facebook | Instagram
03/12/2025, 12:50
t.me/uinoyatov/1848
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
5
1
145
Bugun bo‘lib o‘tgan partiya fraksiyasining yig‘ilishida dastlab Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, fraksiya oldida turgan ustuvor yo‘nalishlar atroflicha muhokama qilindi.

Prezidentimiz tomonidan parlament va partiyalarga qo‘yilgan vazifalar ustida jiddiy, asosli o‘rganishlar amalga oshirishimiz zarurligi, qabul qilinayotgan qonunlarda korrupsiyaga qarshi kurashishga doir yangicha yondashuvlar asosida ishlashimiz kerakligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, yig‘ilishda bir qator qonun loyihalari atroflicha ko‘rib chiqilib, deputatlar tomonidan partiya elektorati manfaatlaridan kelib chiqilib muhokama qilindi...

Telegram | Facebook | Instagram
03/11/2025, 14:02
t.me/uinoyatov/1847
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
2
8
419
💐 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni!


Telegram | Facebook | Instagram
03/08/2025, 04:59
t.me/uinoyatov/1846
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
8
3
351
#munosabat

❗️ DAVLAT HAM, OILA HAM MAS’UL

Hech kim kambag‘allik holatida yashashni istamaydi, aksincha, muhtojlikka qarshi kurashish, yaxshiliklarga intilish insonning azaliy tabiatiga xos fazilat.

Shuning uchun kambag‘allikni qisqartirish, hamyurtlarimizga imkoniyat yaratish, muammolari yechimiga ko‘maklashish, ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish yo‘lida murakkab, ammo o‘ta muhim o‘zgarishlar amalga oshirilyapti.

Bu masala kun tartibidan tushayotgani yo‘q, tizim doim takomillashib boryapti. Kambag‘allik holatiga tushib qolishning sabablarini bartaraf etish bo‘yicha davlat baholi qudrat vazifalarini bajaryapti, hali oldinda yangi vazifalar ham bor. Sabablar bilan bog‘liq muammolar yechim topganidan keyingi mas’uliyat ehtiyojmand oilaning zimmasida qoladi. Odam harakatga kelib, kurashib, intilmaguncha turmushi ham, tafakkuri ham o‘zgarishi qiyin. Deputatlarimizning hududlar, saylov okruglaridagi mahallalarda o‘tkazayotgan muloqotlari, shuningdek, o‘rganish tadbirlarida guvohi bo‘lyapmizki, qo‘llab-quvvatlashdan unumli foydalanib, hayotini, ro‘zg‘orini izga solib olgan ming-minglab oilalar bor.

Ammo, afsuski, qo‘llab-quvvatlash masalasiga noto‘g‘ri munosabatda bo‘linayotgan, uni doimiy deb o‘ylab, o‘zining turmushini yaxshilash uchun o‘zi intilmayotgan holatlar ham yo‘q emas. Shu sababli harakati yaxshi oila bilan harakati sust oilaning ijtimoiy holati farqlanishi tabiiy.

👆 Hukumat yaqinda qabul qilgan "Oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan ko‘mak choralarini ko‘rsatishga doir tartib-taomillarni takomillashtirish to‘g‘risida"gi qaror shu jihatdan ham muhimdir. Endilikda kambag‘al oilalarga ko‘mak ijtimoiy shartnoma asosida ko‘rsatilishiga o‘tib boriladi. Yordam olgan oila bandlikka intilishi, tomorqasiga foydali ekin ekishi, farzandlarini bilimga rag‘batlantirishi, sog‘lig‘iga e’tiborli bo‘lishi, bir so‘z bilan aytganda, mas’uliyatdan uzoqlashmasligi lozim. Aks holda, ko‘rsatilayotgan ko‘mak faol oilalarga nisbatan kamayib boradi (30 foizgacha). Bu ijtimoiy adolat me’yorlariga mos keladi.

✅ Joriy yil 1-martdan Sirdaryo viloyati Xovos tumanida, 1-maydan esa respublikamizning boshqa hududlarida kambag‘al oilalarga ijtimoiy shartnoma asosida ko‘mak ko‘rsatishga o‘tiladi. Biz buni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Shu bilan birga, kambag‘al oilalarga, ularning holati va harakatiga joylardagi mas’ullar to‘g‘ri, professional munosabatda bo‘lishi bo‘yicha deputatlik va jamoatchilik nazoratini izchil yo‘lga qo‘yishimiz kerak. Bu har bir hududdagi deputatimiz, faollarimiz uchun muhim vazifadir.

Ijtimoiy shartnomalarni rasmiylashtirish jarayonlarida masalaning mohiyatini oilalar tushunishiga qulay mazmunda yetkazish, to‘g‘ri targ‘ibot qilish, shartnomadan maqsad rag‘batga undash ekaniga e’tibor qaratish joiz bo‘ladi.

❗️ Xalq demokratik partiyasi barcha darajadagi deputatlik korpusi bilan bu masalaga alohida mas’uliyat bilan yondashadi, har bir hududda deputatlik nazoratini yo‘lga qo‘yadi.


Telegram | Facebook | Instagram
03/05/2025, 16:28
t.me/uinoyatov/1845
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
Repost
1
2
87
#Yalpi_majlis
#Fraksiya_pozitsiyasi
#Munosabat

❗️ O‘zbekiston XDP pozitsiya bildirdi

Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani)ning 2024-yildagi bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikka davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan rioya etilishi holati haqidagi ma’ruzasi bo‘yicha Xalq demokratik partiyasi o‘z pozitsiyasini bildirdi.

📺 YouTube | 📺 Facebook
___
🌐 XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter
02/26/2025, 09:59
t.me/uinoyatov/1844
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
6
3
730
Bugun partiya fraksiyasi yig‘ilishida Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakilining 2024-yildagi faoliyati yuzasidan ma’ruzasi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Bolalar Ombudsmani o‘zining keyingi faoliyatda aholining huquqiy savodxonligini oshirishga doir mexanizmlarni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratishi lozim. Bunda bolalar huquqlari va erkinliklarini aks ettiruvchi materiallarni veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va bloglar orqali targ‘ib etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar dasturini belgilab olish kerakligiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ma’ruzada keltirilgan takliflarning ayrimlarida ijtimoiy ahamiyati jihatidan muhimroq bo‘lgan mavzularga urg‘u berish, xususan, tavsiya etilayotgan bolalar raqamli savodxonligini oshirish borasida tashabbuslar amalda mavjud jarayon bo‘lib, bolalarning inklyuziv ta’lim olish borasida buzilgan huquqlarini ta’minlash dolzarb ahamiyat kasb etadi...

Telegram | Facebook | Instagram
02/24/2025, 15:53
t.me/uinoyatov/1843
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
4
3
812
#munosabat

Xalqimizni jipslashtirgan muhim hujjat

Yaqindagina Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev farmoni asosida davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarini kompleks rivojlantirish maqsadlarini o‘zida jamlagan muhim hujjat — “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi qabul qilindi.

✅ Dasturda belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar xalqimizning dunyodagi rivojlangan davlatlarga xos hayot darajasiga erishish, adolatli, erkin va obod jamiyat qurishdek maqsadlarini o‘zida qamrab olganligi bilan ahamiyatlidir. Har bir fuqaroga munosib turmush sharoiti va zamonaviy infratuzilma tashkil etish, malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, sog‘lom ekologik muhit yaratib berishdek maqsadlar belgilab berilgan Davlat dasturi ko‘pmillatli xalqimizni ezgu maqsadlar yo‘lida yanada jipslashtirishga xizmat qilmoqda. E’tiborlisi, bu hujjat shunchaki ishlab chiqilmadi, balki jamoatchilikning taklif va tavsiyalari asosida boyitildi, takomillashtirildi. Yurtdoshlarimizning ko‘nglidagi fikrlar strategik ahamiyatga ega hujjatda aks ettirilgani ularning ijrosi muqarrar bo‘lishiga xizmat qiladi.

❗️ Shu o‘rinda qayd etish kerak, bizning partiya bu yilgi Davlat dasturida ham fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash hamda ularning salomatligini yaxshilashga ustuvor ahamiyat qaratilganini e’tirof etadi. Zotan, atrof-muhitni asrash, “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish birinchi navbatda insonni asrash va unga qulay sharoit yaratishni nazarda tutadi...

👆 Xalq demokratik partiyasi Dasturni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi, albatta, partiyaning barcha darajadagi tashkilotlari, deputatlik korpusi, shuningdek, faollarimiz, elektorat vakillarimiz hamda xayrixohlarimizni hujjatda belgilangan ustuvor yondashuvlar, maqsadlarni amalga oshirishda faollik va jonbozlik ko‘rsatishga chorlab qoladi...

Telegram | Facebook | Instagram
02/18/2025, 10:02
t.me/uinoyatov/1842
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
3
1
712
Qonunchilikda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tomonidan qo‘shimcha xizmat turlarini pulli asosda ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini ularga berilgan malaka toifasi bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni nazarda tutuvchi tartibni belgilash zarurati yuzaga kelmoqda. Buning uchun ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish lozim.

Bugun bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston XDP fraksiyasi yig‘ilishida ayni shu masala ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi.

Mazkur qonun bilan mos ravishda “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi va “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarga kiritilishi ko‘zda tutilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Konstitutsiya va boshqa me’yoriy hujjatlarda aks ettirilgan inson huquqlariga zid kelmaydi. Ushbu soha vakillari o‘rtasida qonunning asl maqsadini to‘g‘ri tushuntirish lozim...

Telegram | Facebook | Instagram
02/17/2025, 16:22
t.me/uinoyatov/1841
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
Repost
5
2
598
#Munozara_klubi

⁉️ “Eskrou” uy-joy sotib olishdagi xatarlarni kamaytira oladimi?

👆 Uy-joy sotib olish va boshpanali bo‘lish xalqimiz uchun eng muhim hayotiy masalalardan biridir.

✅ O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan tashkil etilgan munozara klubida turar-joy qurilishida aholi mablag‘larini himoya qilish va ulush kiritish tartibining huquqiy asoslarini takomillashtirish masalasi muhokama qilindi.

📌 Xususan, yangi “eskrou” tizimi haqida ham tushunchalar berildi.

👉 Ko‘rsatuvni YouTube kanalimizda to‘liq ko‘rishingiz mumkin:

📺 YouTube | 📺 Facebook
___
🌐 XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter
02/14/2025, 06:56
t.me/uinoyatov/1840
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
5
13
1.0 k
#munosabat

❗️ Ombudsmanning ta’sir choralari, imkoniyatlari ortib bormoqda

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning 2024-yildagi faoliyati to‘g‘risida ma’ruzasi O‘zbekiston XDP fraksiya yig‘ilishida muhokama etildi.

✅ Aytish kerakki, Ombudsman instituti bugungi kunda inson huquqlari, erkinliklari va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Buni 2024-yilda qabul qilingan Yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi qonunga asosan, Ombudsmanning ta’sir choralari va imkoniyatlari ortgani misolida ko‘rishimiz mumkin.

✅ Ma’ruzada qayd etildiki, davlat organlari va idoralariga hamda mansabdor shaxslarga 182 ta taqdimnoma, talabnoma va da’vo arizalari xulosa shaklidagi ta’sir choralari kiritilib, ularning 77 foizi ijobiy hal etilgan.

✅ Hisobot davrida, Ombudsman instituti tomonidan ishlab chiqilgan - inson huquqlarini kafolatlovchi qonunchilik bazasini mustahkamlashga oid 43 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari tegishli idoralar tomonidan inobatga olingan.

👆 Ayniqsa, Ombudsman harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylardagi shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda tashabbus ko‘rsatayotganini alohida e’tirof etish kerak.

❕ Fraksiyamiz amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda, Ombudsman keyingi faoliyatida quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim, deb hisoblaydi:

1️⃣ Birinchidan, murojaatlar bo‘yicha ko‘plab umumiy ma’lumotlar berilgan bo‘lsada, ma’ruzada ularning qanchasi yechim topgani, rad etilgani va muhokama qilingani to‘g‘risida aniq raqamlar berilmagan.

Bu borada murojaatlarining ko‘pligini hisobga olib, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari va tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish zarur.

2️⃣ Ikkinchidan, Ombudsman o‘zining keyingi faoliyatda aholining huquqiy savodxonligini oshirishga doir mexanizmlarni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratish;

Bunda inson huquqlari va erkinliklarini aks ettiruvchi materiallarni veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va bloglar orqali sohaga tegishli milliy qonunchilik normalarini targ‘ib etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar dasturini belgilab olish lozim;

3️⃣ Uchinchidan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash va qonunbuzilish holatlarini bartaraf etishda mintaqaviy vakillarning o‘rni katta, deb hisoblaymiz. Shundan kelib chiqib, mintaqaviy vakillar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va jonlantirish chora-tadbirlarini ko‘rish taqozo etilmoqda.

Ombudsman instituti fuqarolarning qonuniy manfaatlari himoyasi ustidan ta’sirchan parlament nazoratini amalga oshirish va sohaga oid milliy qonunchilikni preventiv mexanizmini takomillashtirishda samarali natijalar ko‘rsatib kelayotganini tan oladi. Shu ma’noda Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi Ombudsman ma’ruzasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Telegram | Facebook | Instagram
02/13/2025, 14:52
t.me/uinoyatov/1839
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
Repost
4
2
594
#Anons
#Munozara_klubi

❗️ Turar-joy qurilishida aholi mablag‘larini himoyalash va ulush kiritish tartibining huquqiy asoslarini takomillashtirish. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining munozara klubida ushbu masala ko‘rib chiqildi.

✅ Sessiyada soha mutaxassislari va ekspertlar turar-joy qurilishi jarayonida fuqarolar huquqlarini himoyalash, ulush kiritishning yanada ishonchli tizimini yaratish yo‘llarini muhokama qildi.

📌 Munozara klubining to‘liq shaklini tez orada e’tiboringizga havola qilamiz.

❗️ Bizni kuzatib boring!
___
🌐 XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter
02/13/2025, 13:49
t.me/uinoyatov/1838
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
8
2
663
Bugun fraksiya yig‘ilishida taraqqiyot strategiyasining “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2024-yilda bajarilishi yuzasidan hukumat hisobotini ham ko‘rib chiqdik.

Davlat dasturining ijtimoiy yo‘naltirilgani, ehtiyojmand qatlam vakillarining huquq va manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha tizimli choralar ko‘rilayotganini ta’kidlash joiz.

Davlat budjetining jami xarajatlari 311 trln so‘mni tashkil etib, shundan xarajatlarning 50 foizi ya’ni 152 trln so‘mi ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan. Natijada partiya dasturining ustuvor yo‘nalishlarida belgilangan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 50 mingga yaqin yigit-qizning kontrakt to‘lovlari, 15 mingga yaqin nogironligi bo‘lgan yoshlarga davolanish xarajatlari hamda 400 mingdan ortiq ijtimoiy yordamga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, I va II guruh nogironi yoki qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi bor xotin-qizlarga moddiy yordamlar ko‘rsatish uchun sarflanadi. Ularning mingdan ortig‘ini uy-joylari ta’mirlab berilishi kabi bir qator amaliy tadbirlar ham amalga oshiriladi.

Deputatlar bu masalalarni e’tirof etdi va ijrosi barcha uchun manfaatli bo‘lishini ta‘kidladi...

Telegram | Facebook | Instagram
02/10/2025, 14:46
t.me/uinoyatov/1837
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
9
7
1.0 k
Dunyoni  qalam bilan zabt etgan alloma

Alisher Navoiy ulug‘ alloma, davlat arbobi, diniy va dunyoviy ilmni mukammal egallagan inson sifatida butun dunyoda nom qozongan. Uning vatanparvarlikka, birlikka yo‘g‘rilgan boy merosi bir necha asrlardan buyon turli davlatlarda, turli tillarga tarjima qilinib, o‘rganib kelinmoqda.

Ayniqsa, uning davlat boshqaruvi haqida fikrlari dunyo hamjamiyatida alohida e’tirof etiladigan mavzulardan biridir.

Bugun Alisher Navoiyning oliyjanob g‘oyalari va ilhombaxsh asarlari tinchlik va insoniyat taraqqiyotida hamkorlikni mustahkamlashga yordam bermoqda.

Bu esa bobokalonimizni  doimo yodda tutishimiz, o‘gitlariga amal qilishimizga yana bir omildir. Zero, bunday buyuk insonlar ming yilda bir tug‘iladi!

Telegram | Facebook | Instagram
02/09/2025, 16:14
t.me/uinoyatov/1836
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
Repost
4
2
626
❗️ Partiya tashabbusi amalda

❓ Ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqilgan aholi o‘rtasida yod yetishmasligi kasalliklarining oldini olish tizimini takomillashtirilishiga qaratilgan qonun loyihasida nimalar aks etyapti?

👆 Ushbu savolga javob berishdan oldin bir masalani aytishni lozim topdik. Gap shundaki, ayni paytda parlamentda muhokamadan o‘tgan va qabul qilinish jarayonida turgan qonun loyihasi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining saylovoldi dasturidagi tashabbuslardan sanaladi.

Gap shundaki, partiya dasturining 8-qadamida belgilangan me’yorlardan biri mamlakatda osh tuzi ishlab chiqarishga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirish, jumladan, yodlashtirilmagan osh tuzini ishlab chiqaruvchilarga nisbatan jazo choralarini qo‘llash masalasi edi. Ayni paytda ushbu tashabbus amalga oshish arafasida.

✅ Qonun loyihasida Sog‘liqni saqlash vazirligiga osh tuzini va oziq-ovqat mahsulotlarini yodlash uchun foydalaniladigan tarkibida yod bo‘lgan preparatlarni, ularga qo‘yiladigan talablarni, osh tuzini va oziq-ovqat mahsulotlarini yodlashga, yodlangan tuzni ishlab chiqarishga, tashishga, saqlashga va realizatsiya qilishga qo‘yiladigan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini belgilash hamda uning nazoratini olib borish vakolatlari belgilanyapti.

❗️ Deputatlarimizning aytishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi aholi salomatligini muhofazalash, yod yetishmasligi kasalliklarini profilaktika qilish, o‘sib kelayotgan avlodning intellektual salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, salomatlik va intellektual rivojlanish mamlakatning tayanch ustunlaridan sanaladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.
___
🌐 XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter
02/05/2025, 09:47
t.me/uinoyatov/1835
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
Repost
6
1
632
#Munosabat

Yodlanmagan osh tuzi intellektual salohiyatga salbiy ta’sir qiladi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining yana bir tashabbusi amalga oshmoqda. Endi yodlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari realizatsiyasi uchun qat’iy javobgarlik belgilanadi.

Qizilgul Qosimova,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
O‘zXDP fraksiyasi a’zosi.

📺 YouTube | 📺 Facebook
___
🌐 XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter
02/04/2025, 15:52
t.me/uinoyatov/1834
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
5
2
220
Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga soliq va tadbirkorlik sohasidagi huquqiy munosabatlarni takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qonuni loyihasi ham deputatlar tomonidan muhokama qilindi.

Mutasaddilarning fikricha, ushbu loyiha soliq sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularning oldini olish, jinoyat ishlari doirasida tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirishni nazarda tutadi. Deputatlar ushbu qonun loyihasini muhokama qilar ekan, asosiy masala soliqlarni olish yoki oshirishga emasligini ta’kidladi...

Telegram | Facebook | Instagram
02/03/2025, 16:01
t.me/uinoyatov/1833
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
10
8
2.8 k
❗️ Namangan davlat pedagogika institutida Yangi Oʻzbekistonda uzluksiz taʼlim" nomli kitobiimning taqdimoti boʻlib oʻtdi

Telegram | Facebook | Instagram
01/30/2025, 07:58
t.me/uinoyatov/1832
UI
Ulug‘bek Inoyatov
4 061 subscribers
5
2
1.0 k
Bugun Namangan viloyatida saylovchilar bilan uchrashdik.

Muloqotda partiyaning Saylovoldi dasturida belgilangan bir qator maqsad va vazifalar, jumladan, iqtisodiy islohotlarning ijtimoiy samaradorligini oshirib borish bo‘yicha amaliy tadbirlarning joriy holati, joylarda nogironlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish tizimini yaxshilash masalalarini qay yo‘sinda bajarilayotganiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini arzon va sifatli uy-joy bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning sifat darajasi muhokama qilindi.

Shu bilan birga, uchrashuv davomida hududlarda partiya faoliyatini yanada rivojlantirish, fuqarolar bilan ishlash mexanizmlarini rivojlantirish masalalariga urg‘u berildi. Partiyaning maqsad vazifalarini targ‘iboti borasida yangicha yondashuvlarni joriy qilish, uning safiga a’zolarni jalb etish kabi masalalarda fikr yuritildi.

Bunday mazmundagi amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan muhokamalarni doimiy, masalan bir oyda bir marta o‘tkazib borish kerak. Amalga oshirilayotgan ishlarning doimiy monitoringini yuritish va olis hududlarda aholini qiynayotgan ijtimoiy muammolarni muntazam ravishda o‘rganish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish ustuvor vazifa sanaladi. Bu partiyaning davlat va jamiyat hayotida o‘rni va rolini hamda aholining ishonchini ortishida muhim ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi…

Telegram | Facebook | Instagram
01/28/2025, 11:07
t.me/uinoyatov/1831
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria