Xo’sh! Homilador ayol oilaviy poliklinikada ro’yxatga olinadi homila 8-12 haftalik bo’lgan davrda. Agarda, shu haftadan kechikib borsangiz bor gapni eshitasiz va tushuntirish xati yozasiz. Ishonavering!
Taklifim! Mayli, qizlarimizni turmushga chiqishdan avval onalikka o’qitishmasin. Chunki, ko’p qizlar bu davrda karyera qilish va oliy o’quv yurtlarida o’qish bilan band bo’lishadi. Lekin, turmushga chiqqanidan so’ng, homiladorligini bilgan kelinchak poliklinikaga kelsa uni nafaqat ro’yxatga olish, balki, 3-5-7 oylik “Onalik darslariga” qabul qilishsin!
Oilaviy shifoxonalarda onalar uchun darslar o’tilsin! Kursni tugatmagan onaga “admin karta” berilmasin!