#eslatma
Qayerda bo'lishingiz kerak bo'lsa ayni o'sha yerdasiz. Hech kimdan o'zib ham ketmadingiz, hech kimdan qolib ham ketmadingiz. Ayni sizga atalgan yerda turibsiz, alhamdulillah.
Sizga bitilgan rizq sizdan qochib qutula olmaydi. Sizga atalmaganiga esa siz quvib yeta olmaysiz. Hammasi Allohdan, shunday ekan siz yashab turgan hayot siz uchun eng hayrlisi, alhamdulillah.
Bundan boshqacha bo'lishi mumkin edi deb ko'p ham tashvish qilmang, nimaiki bo'lsa Allohning irodasi edi, alhamdulillah.
Hulosalaringizni faqat kelajakda yaxshiroq tanlov olish uchun ishlata olasiz. Shunday ekan har bir hodisadan o'zingizga kerakli hulosa chiqaring Allohdan yaxshi gumonda bo'ling.
Sabablarini ushlaysiz, nimagadir erishasiz, nimadandir quruq qolganday bo'lasiz. Hammasi Allohdan, hammasi yaxshilikka, hammasida hayr bor. Ishoning, hali hammasi yaxshi bo'ladi ..Toki sizda imon ne'mati bor ekan, mo'min uchun har ishda hayr bor alhamdulillah.
Iroda Ahmed
👉🏻@dono_beka - ayol-qizlar uchun eng foydali va saviyali kanal!