Islom fiqhi tarix bo‘lib qoldi, degan so‘zlariga kelsak,
bu so‘z faqat egasining ushalmas orzusini ifoda etadi xolos. Chunki Alloh subhanahu va taolo uning gumonining xilofini qiladi. Tarixga aylanadigan narsa, inshaalloh, vaz’iy qonunlardir. Chunki ular islom mamlakatlarida bir yoki undan kamroq asr nufuzini yoyishga qodir bo‘ldi xolos. Shunga qaramay kishilar toqatini toq qildi. Unga faqat hayoti u qonunlarning hayotiga bog‘liq va rizqi kengligi uning qolishiga taalluqdor bir to‘da olomongina bog‘lanib qolgan.
Bunda islom fiqhi bilan vaz’iy fiqh o‘rtasida ravshan farq bordir. Chunki islom fiqhi dunyoviy jazo va uxroviy jazo o‘rtasini doimo bir-biriga bog‘laydi. Shaxsning dunyoviy jazodan qutilib qolishi uxroviy jazodan qutilib qolishini anglatmaydi. Fiqhdagi har bir masalada faqihlar bu ish halolmi yo harommi, farzmi yo mandubmi uning taklifiy hukmi haqida gapirishgan. Xuddi uning vaz’iy hukmi haqida gapira turib sahihmi yo sahih emasmi, bu tasarruf o‘tadimi yo o‘tmaydimi, deganlari kabi. Shu sababli dindorlar mahkama oldida da’volarini yutib chiqishlariga qachonki mahkama foydasiga hukm qilgan haq, mashru’ haq ekaniga ko‘ngillari xotirjam bo‘lsagina ahamiyat berishgan. Vaholanki vaz’iy fiqh bilan mashg‘ul kishilarni esa garchi shariat rad etsada, faqat dunyoviy manfaat qiziqtiradi ularni. Shu sababli ular ana shu dunyoviy haqni qo‘lga kiritish yo‘lida hiylalarga ustasi farang bo‘lib ketishgan.
"Katta fiqh ensiklopediyasi" kitobidan📚
Vaz’iy fiqh - dunyoviy qonunlar.
@mutoladan