⚡️O'qishni ko'chirish jarayonlari boshlanishiga ham oz qoldi.
Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi:
➡️ transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga;
➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga.
Arizalar qachon beriladi?
1️⃣O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustgacha beriladi.
2️⃣Arizalar har yili 5-avgustdan 30-avgustga ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:
👰♀️Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
👨🏿✈️Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.
O‘qishini ko‘chirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
1️⃣ko‘chirishni istagan ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;
2️⃣reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxalari;
3️⃣ ichki perevod bo'lsa asoslantiruvchi hujjat;
4️⃣pasport yoki ID nusxasi.
Quyidagi holatlarda o‘qishni ko‘chirish arizalari rad etilishi mumkin:
1️⃣akkreditasiyaga ega bo‘lmagan xorijiy OTMda yoki ularning filiallarida o‘qiganlar;
2️⃣mavjud ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shaklida o‘qiganlarga;
OTMning markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarda o‘qiganlarga;
3️⃣1-kurs 1-semestrni tugatmasdan o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lganlar;
4️⃣OTMda mos ta’lim yo‘nalishi yoki shakli bo‘lmaganida, fanlar bo‘yicha farqlar 4 tadan oshganda;
5️⃣kontrakt asosida o‘qiyotganlar to‘lovni o‘z muddatida to‘lamaganda;
6️⃣talabaning shaxsiy yig‘ma jildi o‘z muddatida berilmaganida;
grant bilan ko‘chirish uchun bo‘sh o‘rinlar bo‘lmaganida;
7️⃣OTM moddiy-texnika bazasi imkoniyati cheklanganda;
maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo‘nalishiga, boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘rirmoqchi bo‘lganda;
8️⃣kechki ta’limdan sirtqi ta’limga hamda kechki ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga;
9️⃣ sirtqi ta’limdan kunduzgi ta’limga hamda sirtqi ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga;
1️⃣0️⃣bir ta’lim shaklidan maxsus sirtqi ta’lim shakliga hamda maxsus sirtqi ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shakliga;
1️⃣1️⃣talaba O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilinib qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan bo‘lsa.
➡️Grant asosida o‘qishni ko‘chirish uchun faqat grantda o‘qiyotgan talabalar ariza berishi mumkin hamda ariza berilgan OTMning joriy yildagi qabul qvotasida grant o‘rinlar mavjud bo‘lishi kerak.
➡️Ko‘zi ojizlar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ajratilgan kvotada grant asosida o‘qiyotganlar o‘qishi granti asosida ko‘chiriladi.
➡️Xorijiy OTMdan o‘qishni O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirmoqchi bo‘lganlar maxsus sinov (test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida) topshiradi.
Do'stlaringizga ulashing @Oliygohlar_minbari