Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
KB
Kompozitorlik, bastakorlik va umumiy fortepiano kafedrasi
https://t.me/kbufkafedrasi
Channel age
Created
Language
Uzbek
-
ER (week)
18.13%
ERR (week)

Yu.Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti "Kompozitorlik, bastakorlik va umumiy fortepiano" kafedrasi kanali 📹youtube.com/@kompozitorlik_bastakorlik/playlist 📧 email: kbufkafedrasi@gmail.com Ma'l. uchun: @Makharov_Nodirbek , @turansound

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 121 results
Konsertga tayyorgarlik jarayonıdan lavha…
04/26/2025, 07:11
t.me/kbufkafedrasi/621
#Konsert 🎶

Bugun, 25-aprel kuni Respublika bolalar kutubxonasining konsert zalida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining "Kompozitorlik bastakorlik va umumiy fortepiano" kafedrasi o‘qituvchisi Radjabova Dilfuza Allakulovnaning sinf konserti bo‘lib o‘tdi.

Konsert dasturida Dilfuza Radjabova sinfida tahsil olayotgan O'zMMSI "San'atshunoslik (musiqashunoslik)" yo'nalishining 1-kurs talabalari o'z ijrolari bilan qatnashdilar.
O‘zbek va jahon kompozitorlari tomonidan yaratilgan asarlardan tashkil konsert tinglovchilar olqishiga sazovor bo'ldi.

#DilfuzaRadjabova


KBUF matbuot xizmati:
� Telegram | 📱 Instagram | 📱 YouTube
04/25/2025, 21:16
t.me/kbufkafedrasi/620
#Afisha 🗂

🏛 27-aprel kuni soat 15:00 da Respublika bolalar kutubxonasining konsert zalida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining "Kompozitorlik bastakorlik va umumiy fortepiano" kafedrasi katta o‘qituvchisi Ibragimova Sitora Sunnatovnaning sinf konserti bo‘lib o‘tadi.

📆 Vaqti: 27-aprel
⏰ Soat: 15:00
📍Manzil: Respublika bolalar kutubxonasi konsert zali

✅ Institutimizning qiziqish bildirgan barcha professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlarini taklif etamiz.


KBUF matbuot xizmati:
📱 Tel
egram | 📱 Instagram | 📱 YouTube
04/24/2025, 21:33
t.me/kbufkafedrasi/615
#Afisha 🗂

🏛 26-aprel kuni soat 15:00 da Respublika bolalar kutubxonasining konsert zalida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining "Kompozitorlik bastakorlik va umumiy fortepiano" kafedrasi katta o‘qituvchisi Raximova Nigina Kaxramonjonovnaning sinf konserti bo‘lib o‘tadi.

📆 Vaqti: 26-aprel
⏰ Soat: 15:00
📍Manzil: Respublika bolalar kutubxonasi konsert zali

✅ Institutimizning qiziqish bildirgan barcha professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlarini taklif etamiz.


KBUF matbuot xizmati:
📱 Tel
egram | 📱 Instagram | 📱 YouTube
04/24/2025, 21:32
t.me/kbufkafedrasi/614
#Afisha 🗂

🏛 25-aprel kuni soat 15:00 da Respublika bolalar kutubxonasining konsert zalida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining "Kompozitorlik bastakorlik va umumiy fortepiano" kafedrasi o‘qituvchisi Radjabova Dilfuza Allakulovnaning sinf konserti bo‘lib o‘tadi.

📆 Vaqti: 25-aprel
⏰ Soat: 15:00
📍Manzil: Respublika bolalar kutubxonasi konsert zali

✅ Institutimizning qiziqish bildirgan barcha professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlarini taklif etamiz.


KBUF matbuot xizmati:
📱 Tel
egram | 📱 Instagram | 📱 YouTube
04/20/2025, 09:08
t.me/kbufkafedrasi/612
⚡️ Hurmatli “Milliy madaniyatimiz xazinabonlari”, ya’ni madaniyat va san’at xodimlari kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

✨ Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti jamoasi, siz aziz san’at va madaniyat darg‘alarini 15-aprel “Madaniyat va san’at xodimlari” kuni munosabati bilan muborakbod etadi. Kasbiy faoliyatingizda ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

💐 Jamiyatning ma’rifiy kamolotida kamarbasta bo‘lgan aziz ustozlar bayramingiz muborak bo‘lsin!

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
🌐 uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | ✈️ Telegram | 📒 Facebook | 📷 Instagram | 🖤 YouTube
04/15/2025, 06:29
t.me/kbufkafedrasi/611
📚 XALQARO FESTIVAL VA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYAGA TAKLIF ETAMIZ!



🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “2025-yilga mo‘ljallangan xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i bilan tasdiqlangan 2025-yilda xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy texnik tadbirlar rejasiga muvofiq, 2025-yil 22-23-may kunlari Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining “Kompozitorlik, bastakorlik va umumiy fortepiano” kafedrasi tomonidan “Maqom ijodiyotining dolzarb masalalari” mavzusidagi II-Xalqaro festival va ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.



📥 Konferensiyada ishtirok etish uchun ariza va maqolalar 2025-yil 8-mayga qadar kbufkafedrasi@gmail.com elektron pochtasi yoki https://t.me/Makharov_Nodirbek telegram sahifasi orqali qabul qilinadi.



☎️ Murojaat uchun tel: +998909322236





KBUF matbuot xizmati:

📱 Tel
egram | 📱 Instagram | 📱 YouTube
04/14/2025, 21:06
t.me/kbufkafedrasi/610
04/14/2025, 21:06
t.me/kbufkafedrasi/608
04/14/2025, 21:06
t.me/kbufkafedrasi/609
12-aprel kuni “Kompozitorlik, bastakorlik va umumiy fortepiano” kafedrasining navbatdan tashqari yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yıg’ilishda Yunus Rajabiy nomidagi O’zbek milliy musiqa san’ati institutining O’quv-uslubiy boshqarma bo’limi boshlig’i Nabijon Kadirov ham qatnashdilar.

Mehnat intizomi, kelayotgan yangi o’quv yili uchun o’quv rejalar optimallashtirish masalasi, dasturlar yaratishda xorij tajribasini o’rganish masalalari kuntartibidan o’rin oldi. Suhbat davomida kafedra professor-o’qituvchilariga dual ta’lim bo’yicha ham ma’lumot berib o’tildi.


KBUF matbuot xizmati:
📱 Telegram | �� Instagram | 📱 YouTube
04/12/2025, 17:42
t.me/kbufkafedrasi/607
#hotira

Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqasi san'ati institutining sobiq xodimasi, "Kompozitorlik, bastakorlik va umumiy fortepiano" kafedrasining birinchi mudiri Yuldasheva Nasiba Kamalovnani xotirlab...
04/04/2025, 21:41
t.me/kbufkafedrasi/599
#Taziya
Bugun 2025-yil 4-aprel sanasida institutimizning sobiq xodimasi Yuldasheva Nasiba Kamalovna bu yoruĝ olamni tark etdilar. Shu munosabat bilan institutimiz jamoasi nomidan marxumaning oila a'zolariga chuqur ta'ziya izhor etamiz.
Janoza vaqti va manzilini tez orada ma'lum qilamiz.
Janoza ertaga 5-aprel kuni peshin namoziga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xazratlarining Sògal ota jome masjidida òqiladi.
Xonadon manzili👇

🌏http://t.me/kasaba_u
04/04/2025, 21:36
t.me/kbufkafedrasi/595
⚡️ “Yosh maqomshunoslar minbari” Respublika talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi o'tkazildi

✅ O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi “2025-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 490-son buyrug‘i ilovasining 493/9-bandiga muvofiq, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti “O‘zbek maqomi, tarixi va nazariyasi” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Yosh maqomshunoslar minbari” Respublika talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi o'tkazildi.

✅ Mazkur konferensiyaning ochilish marosimida O'zMMSI rektori v.b. Eldor Shermanov, San’atshunoslik fanlari nomzodi, professor Soibjon Begmatov ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilarini qutlab, talaba-yoshlarning kelgusi ishlariga muvaffaqiyat tiladilar.

🗣 Batafsil o'qish uchun

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
🌐 uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | ✈️ Telegram | 📒 Facebook | 📷 Instagram | 🖤 YouTube
04/04/2025, 18:58
t.me/kbufkafedrasi/594
04/04/2025, 18:58
t.me/kbufkafedrasi/589
04/04/2025, 18:58
t.me/kbufkafedrasi/590
04/04/2025, 18:58
t.me/kbufkafedrasi/591
04/04/2025, 18:58
t.me/kbufkafedrasi/593
04/04/2025, 18:58
t.me/kbufkafedrasi/586
04/04/2025, 18:58
t.me/kbufkafedrasi/585
04/04/2025, 18:58
t.me/kbufkafedrasi/592
04/04/2025, 18:58
t.me/kbufkafedrasi/588
04/04/2025, 18:58
t.me/kbufkafedrasi/587
🔥QALA BANDI
#orkestr

Aranjirovka: Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti “Kompozitorlik, bastakorlik va umumiy fortepiano” kafedrasining dotsenti #AbdulazizXasanov


KBUF matbuot xizmati:
� Telegram | 📱 Instagram | 📱 YouTube
04/01/2025, 20:43
t.me/kbufkafedrasi/584
#To‘garak_faoliyati
#Matbuot_rakursi

✅ Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida turli to‘garaklar o‘z faoliyatini boshlagan. "Kompozitorlik, bastakorlik va umumiy fortepiano" kafedrasida ochilgan "Rassomchilik" to‘garagi faoliyati bilan tanishamiz.

✅ Ma’lumot uchun, siz ham to‘garak a’zosi bo‘lish istagida bo‘lsangiz, +998909886684 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

🌀 Jarayonni kuzatib boring..

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
🌐 uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | ✈️ Telegram | 📒 Facebook |📷 Instagram | 🖤 YouTube
03/28/2025, 20:23
t.me/kbufkafedrasi/580
🟦🟦🟦

Bugun buyuk astronom va matematik, Temuriylar davlatining hukmdori, davlat arbobi Mirzo Ulugʻbekning 631 yillik tavallud ayyomi munosabati bilan poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi haykal poyida «Ulugʻbek xazinasi» nomli tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

Ushbu tadbirda Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti "Kompozitorlik, bastakorlik va umumiy fortepiano" kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdilar.

Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov ochib berdi.

Buyuk ajdodimiz Mirzo Ulugʻbekning ilmiy merosiga munosib vorislar boʻlish yoʻlida sobit qadamlar tashlayotgan yoshlar yigʻilganlarga oʻzlarining turli yoʻnalishlardagi ilmiy, innovatsion loyihalari, erishayotgan natijalari haqida soʻzladilar.

Tadbir Mirzo Ulugʻbek haykali poyiga gul qoʻyish bilan yakunlandi.


KBUF matbuot xizmati:
📱 Tele
gram | 📱 Instagram | 📱 YouTube
03/22/2025, 17:32
t.me/kbufkafedrasi/579
📢📢📢📢

⚡️ Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti professor-o'qituvchilari, xodimlari va talabalari diqqatiga!

🤔 Ertaga, 10-mart — (dushanba) barcha uchun o‘qish kuni hisoblanadi va dars jarayonlari o‘z vaqtida bo'lib o‘tadi.

✅ Shunday ekan, bugun maroqli hordiq olib, ertaga oliygohimizga a’lo kayfiyatda kelishingizni so‘rab qolamiz! Dam olish kuningiz yaxshi o‘tsin!

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
🌐 uz
mmsi.uz | �� ARM EK | ✈️ Telegram | 📒 Facebook |
📷
Instagram | 🖤 YouTube
03/09/2025, 16:59
t.me/kbufkafedrasi/574
#Mahorat_darsi

✅ Kuni kecha Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti “Kompozitorlik, bastakorlik va umumiy fortepiano” kafedrasi dotsenti Viktor Xandamyan, katta o‘qituvchilar Doston Rasulov hamda Nigina Raximova tomonidan Guliston ixtisoslashtirilgan san’at maktabida targ‘ibot ishlari olib borildi. Jarayonda o‘quvchi yoshlarga kelayotgan o‘quv yiliga qabul masalalari, ochilishi rejalashtirilayotgan yangi yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumot berildi, kafedra faoliyati yaqindan tanishtirildi.

✅ Bo‘lajak abituriyentlar uchun O‘zMMSI 1-bosqich talabalari Avazov Jonibek va Normengliyeva Jasmina o‘z asarlarini konsert dasturi tarzida taqdim etdilar.

✅ Maktab bitiruvchilari institut va qabul jarayoni bilan yaqindan tanishdilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
� uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | ✈️ Telegram | 📒 Facebook |📷 Instagram | 🖤 YouTube
03/06/2025, 08:43
t.me/kbufkafedrasi/572
03/06/2025, 08:43
t.me/kbufkafedrasi/571
03/06/2025, 08:43
t.me/kbufkafedrasi/567
03/06/2025, 08:43
t.me/kbufkafedrasi/570
03/06/2025, 08:43
t.me/kbufkafedrasi/569
03/06/2025, 08:43
t.me/kbufkafedrasi/568
2025-yilning 05-martida Y.Rajabiy nomidagi O’zbek milliy musiqa san’ati instituti professor-o’qituvchilari Sirdayro viloyatida joylashgan Guliston ixtisoslashtirilgan san’at maktabiga tashrif buyurdilar. “Kompozitorlik, bastakorlik va umumiy fortepiano” kafedrası dotsenti #ViktorXandamyan, katta o'qituvchilar #DostonRasulov hamda #NiginaRaximova tomonidan yosh o’quvchilarga kelayotgan o’quv yiliga qabul masalalari, ochilishi rejalashtirilayotgan yangi yo’nalishlar bo’yicha ma’lumot berildi hamda targ’ibot ishlari olib borildi.

Bo’lajak abituriyentlatni kafedra faoliyati bilan tanishtirildi, kafedrasi talabalari #JonibekAvazov va #JasminaNormengliyeva o'z asarlarini konsert dasturi tarzida taqdim etdilar.

Maktab bitiruvchilari institut va qabul jarayoni bilan yaqindan tanishdilar va o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

#ViktorXandamyan
#DostonRasulov
#NiginaRaximova


KBUF matbuot xizmati:
📱 Telegram | �� Instagram | 📱 YouTube
03/05/2025, 17:38
t.me/kbufkafedrasi/566
0️⃣0️⃣0️⃣

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (38-q/q) qaroriga muvofiq joriy yilning 28-fevral kuni "Yurtim qadriyatlari" ko'rik tanlovining 2-hududiy bosqichi o'tkazildi.

Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti "Kompozitorlik,bastakorlik va umumiy fortepiano" kafedrasi katta o'qituvchisi Rasulov Doston Alisher o'g'li tanlov hay'ati a'zosi sifati qatnashdilar. Tanlov shaffof o'tkazilishi hamda ishtirokchilarni holisona baholanishiga o'zining amaliy xissasini qo'shdi.
03/05/2025, 07:00
t.me/kbufkafedrasi/560
2️⃣2️⃣2️⃣ 🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti dekani Ali Djurayev hamda "Kompozitorlik, bastakorlik va umumiy fortepiano" kafedrasi mudiri, "Kelajak bunyodkori" medali sohibi Nodirbek Maxarovlar Qozog'istonning Almata shahrida joylashgan Kurmangazy nomidagi Qozoq milliy konservatoriyasida malaka oshirish kursini o'tadilar.

Malaka oshirish kurslari davomida institut profesesor-o'qituvchilari tomonidan kompozitorlik ijodiyotidagi zamonaviy uslublar, Dombira cholg'usining xususiyatlari o'rganildi. Shu bilan bir qatorda, o'zbek milliy musiqasida keng qo'llaniladigan Ud cholg'usi tarixi ham ijrochiligi masalalari to'g'risida mahorat darslarini o'tdilar.

https://www.youtube.com/shorts/zQypE
Dvr1Bs
03/02/2025, 10:07
t.me/kbufkafedrasi/554
2️⃣2️⃣2️⃣ 🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

2025-yil 26-fevral kuni “O’zbek milliy musiqa san’ati” fakulteti dekani Ali Djurayev Qozog’istonning Almata shahridagi Kurmangazi nomidagi Qozoq milliy konservatoriyasining “Dombyra” kafedrasi professor-o’qituvchilari va talabalariga “Ud tarixi va ijrochilik san’ati” mavzuidagi mahorat darsini o’tdilar.

Mahorat darsi davomida tinglovchilarga ud cholg’usining tarixi, tuzilishi va ijrochiligi haqida ma’lumot berildi. O’zbek maqomlari hamda bastakorlar tomonidan yaratilgan asarlar ijrosi taqdim etildi.

KBUF matbuot xizmati:
🌐 T
elegram | 🌐 Instagram | �� YouTube
02/27/2025, 11:32
t.me/kbufkafedrasi/551
2️⃣2️⃣2️⃣ 🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

2025-yil 26-fevral kuni “Kompozitorlik, bastakorlik va umumiy fortepiano” kafedrasi mudiri, “Kelajak bunyodkori” medali sohibi Nodirbek Maxarov Qozog’istonning Almata shahridagi Kurmangazi nomidagi Qozoq milliy konservatoriyasining “Kompozitsiya” kafedrasi professor-o’qituvchilari va talabalariga “Kompozitorlik va maqom” mavzuidagi mahorat darsini o’tdilar.

Jarayon davomida tinglovchilarga maqom va o’zbek kompozitorlari tomonidan yaratilayotgan maqom yo’lida yaratilgan zamonaviy asarlar havola etildi.

Omnibus ansambli yomonidan yaratilgan “Progressiv notatsiya” g’oyasi haqida ma’lumot berildi hamda ushbu notatsiyada yaratilgan asarlardan parchalar taqdim etildi.

KBUF matbuot xizmati:
🌐 T
elegram | 🌐 Instagram | �� YouTube
02/27/2025, 11:17
t.me/kbufkafedrasi/545
Ayni paytda “Kompozitorlik, bastakorlik va umumiy fortepiano” kafedrasi mudiri, “Kelajak bunyodkori” medali sohibi Nodirbek Maxarov hamda “O’zbek milliy musiqa san’ati” fakulteti dekani Ali Djurayev Qozog’istonning Almata shahridagi Kurmangazi nomidagi Qozoq milliy konservatoriyasining malaka oshirish kursida stajirovka o’tayaptilar.

N.Maxarov konservatoriyaning “Kompozitsiya” kafedrasi dotsenti Umirov Yermek Kasimovich bilan sohada yaratilayotgan zamonaviy asarlar mavzusida kurs o’tayapti.

A.Djurayev esa konservatoriya dotsenti Kenegesov Asylbek Asylxanovich bilan hamkorlikda Dombira cholg'usi xususiyatlari hamda uning o'zbek milliy cholg'ulari bilan o'xshashlik tomonlari yuzasidan fikr almashdilar.

KBUF matbuot xizmati:
🌐 Telegram | �� Instagram | 🌐 YouTube
02/26/2025, 07:58
t.me/kbufkafedrasi/540
2025-yilning 22-fevralida Y.Rajabiy nomidagi O’zbek milliy musiqa san’ati instituti professor-o’qituvchilari Termiz ixtisoslashtirilgan san’at maktabiga tashrif buyurdilar. “Kompozitorlik, bastakorlik va umumiy fortepiano” kafedrası mudiri Nodirbek Maxarov hamda “Maqom cholg’u ijrochiligi” kafedrasi o’qituvchisi Abdurashidova Dilrabo yosh o’quvchilarga kelayotgan o’quv yiliga qabul masalalari, ochilishi rejalashtirilayotgan yangi yo’nalishlar bo’yicha ma’lumot berıb, targ’ibot ishlarini o’tkazdilar.

Bo’lajak abituriyentlatni kafedra faoliyati bilan tanishtirish maqsadida kompozitorlik kafedrasi o’qituvchilari Sitora Ibragimova va Dilfuza Radjabovalar o’zbek kompozitorlari ijodidan konsert dasturini taqdim etdilar.

Maktab bitiruvchilari institut va qabul jarayoni bilan yaqindan tanishdilar va o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

#NodirbekMaxarov
#DilfuzaRajabova
#SitoraIbragimova


KBUF matbuot xizmati:
🌐 Telegram | �� Instagram | 🌐 YouTube
02/24/2025, 12:42
t.me/kbufkafedrasi/535
02/22/2025, 10:13
t.me/kbufkafedrasi/525
02/22/2025, 10:13
t.me/kbufkafedrasi/527
02/22/2025, 10:13
t.me/kbufkafedrasi/526
02/22/2025, 10:13
t.me/kbufkafedrasi/529
02/22/2025, 10:13
t.me/kbufkafedrasi/528
02/22/2025, 10:13
t.me/kbufkafedrasi/530
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 🇷🇺 Memorandumning amaldagi tadbiqi

✅ Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga Rashit Vagapov nomidagi Tatar madaniyati jamoat fondi direktori, Kazan davlat madaniyat instituti dotsenti, Falsafa fanlari nomzodi, Rossiya va Tataristonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Rifat Axmetovich Fattaxov tashrif buyurdi.

✅ Mehmonlarga dastlab oliygoh faoliyati xususida ma’lumot berildi. Jumladan, milliy musiqa san’ati yo‘nalishida tayyorlanayotgan kadrlar ularga yaratilayotgan sharoitlar, dars jarayonlari haqida batafsil tushuntirildi.

✅ Hamkorlik uchrashuvida O‘zMMSI hamda Kazan davlat madaniyat instituti o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ikki OTM o‘rtasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, suhbat davomida maqom kapsulasining ahamiyati, inson ruhiyatiga ta’siri haqida ma’lumotlar berildi. Bu ma’lumotlar mehmonlarning O‘zbek milliy musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otdi.

✅ Uchrashuv so‘nggida Eldor Uralovich tomonidan Rifat Axmetovichga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Jarayon #Fotolavhada

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
🌐
uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | ✈️ Telegram | 📒 Facebook |�� Instagram | 🖤 YouTube
02/22/2025, 10:13
t.me/kbufkafedrasi/531
#konsert #kompozitor

2025-yil 18-fevral kuni O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining konsert zalida taniqli kompozitor Kaxramonjon Raximovning 75-yilligiga bag'ishlangan konsert dasturi bo'lib o'tdi. Konsert Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti "Kompozitorlik, bastakorlik va umumiy fortepiano" kafedrasi katta o'qituvchisi, mohir sozanda Nigina Raximova tomonidan uyushtirilgan bo'lib, unda "Fortepiano" sinfida tahsil olayotgan 1-kurs yosh kompozitorlari o'z ijrolari bilan ishtirok etishdi.

Konsertda O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi, professor Rustam Abdullayev, Botir Zokirov nomidagi O'zbek milliy estrada san'ati instituti rektori Mansurov Avaz Maksudovichlar so'zga chiqib, kompozitorni hotirlab, ularning ijodi serqirra bo'lganligi haqida so'z yuritdilar.

Shu bilan bir qatorda, konsert dasturida "Sodiq xizmatlari uchun" medal sohibi, taniqli kompozitor, professor Muhammad Otajonov Kaxramon Raximov xotirasiga bag'ishlangan "Oxangrabo" asarini ijro etdilar. A.Navoiy nomidagi Davlat opera va balet teatrining yetakchi solistlari Jafarbek Rizayev hamda Begzot Sodiqovlar ham o'z ijrolari bilan tinglovchilar olqishiga sazovor bo'lishdi.

Alohida ta'kidlab o'tish joiz-ki, konsertda Rossiyada xizmat ko'rsatgan artist, "Новая Россия" Davlat simfonik orkestri konsertmeysteri Muxitdinov Murat Pirmatovich ishtiroki kompozitorning asarlari jahon sahnalarida muntazam ijro qilinayotganining yaqqol dalili bo'la oladi.

Konsert dasturi yuqori saviyada o'tganligi bilan "Kompozitorlik, bastakorlik va umumiy fortepiano" kafedrasi katta o'qituvchisi Raximova Nigina Kaxramonjonovnaga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz va kelgusida yanada yuksak ijodiy parvozlar tilab qolamiz!

KBUF matbuot xizmati:
🌐 Telegram | �� Instagram | 🌐 YouTube
02/19/2025, 21:19
t.me/kbufkafedrasi/524
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria