Rus tilini o‘rganishda asosiy xatolar
✅Talaffuzga e’tibor bermaslik
Urg‘u va tovushlar noto‘g‘ri bo‘lsa, so‘zlar tushunarsiz bo‘lishi mumkin.
✅Rus tilidagi rodlar va birlik-ko‘plikni chalkashtirish
Masalan, "он" o‘rniga "она" deyish yoki "мой" o‘rniga "моя" deyish.
✅Fe’lning shakllarini to‘g‘ri ishlatmaslik
Shaxs va zamonlarga e’tibor bermaslik, masalan: "я говоришь" — noto‘g‘ri, to‘g‘risi: "я говорю".
✅Old qo‘shimchalarni e’tiborsiz qoldirish
“в” va “на” farqi kabi, ular ma’noni o‘zgartiradi.
✅Grammatika qoidalarini yodlashni chetlab o‘tish
Qoidalarsiz to‘g‘ri gap tuzish qiyin bo‘ladi.
✅"1 oyda rus tilini o‘rganib olaman" deb o‘ylash
Rus tilini chuqur o‘rganish vaqt va muntazam mashqni talab qiladi. Juda qisqa muddatlarda mukammal darajaga yetishish haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
✅Amaliyotning yo‘qligi
Har kuni ozroq bo‘lsa ham o‘qish, yozish, gapirish kerak.
✅Eshitish ko‘nikmasini rivojlantirmaslik
Seriallar, audiokitoblar va suhbatlar orqali eshitish mashqlari tilni tezroq o‘zlashtirishga yordam beradi.
✅Rus tilida fikrlashga urinmaslik
Har doim o‘z tilingda o‘ylab keyin tarjima qilish sekinlashtiradi. Oddiy gaplar bilan rus tilida o‘ylashga harakat qilish kerak.
✅Xatolardan qo‘rqish
Xatolar — bu o‘rganishning ajralmas qismi. Ulardan o‘rganish kerak, qo‘rqmaslik kerak.
Davom etishimiz uchun
Reaksiya 🔥⚡️bildirib qo’ying.️
️❗Яқинларга Ҳам Улашинг
https://t.me/online_educaton