#ajoyib
Assalomu alaykum bugungi fayzli chat dasturining aziz mehmoni-iste'dodli ijodkor SHAHINAXON USMONOVA.
Oqshomingiz xayrli va barokatli bo'lsin,ilohim!
Ijodiy kechangiz bilan samimiy qutlayman.
Sizga eng ezgu niyatlarning xayrli ijobati hamrohligini,ikki dunyo saodatli bo‘lishlik baxtini,orzularingiz ro'yobiga yetishlik quvonchini tilab qolaman.
SHAHINAXON USMONOVAga...
Tug'ilgan manzili,voha KITOBi,
Idroki ilmga intilar har dam.
She'rlarga aylanar,ko'ngil xitobi,
Ilohiy ilhomi hamisha hamdam.
O'zgacha har so'zi,bitar ash'ori,
So'zlar xazinasi etgan hissador.
Aks etar bisoti,borlig'i,bori
Sara satrlarning safi jilvakor.
Pokiza tuyg'ular tirgagi bo'lgan,
Misralar mavjida ma'nosi bayon.
Qalbidan qog'ozga durdek to'kilgan,
Hislari ijodiy ishida ayon.
Tengdoshlarga ibrat,serob havasmand,
Yoshlarning kuchini ko'rsatar vakil.
So'z san'ati qilgan tafakkurin band,
Iqtidori asos, ijodi dalil.
Nafasi zeb berar,har ijrosiga,
Tinglagan qalblarga yoqar ohanggi
Quvonchlar yarashib,ko'z qarosiga,
Baxt bilan birlashsin,har tuni, tonggi.
Omadini bersin, Yaratgan Rahmon,
Sermazmun umrida baxtli yashasin.
Olg'a borayotir,maqsadi tomon
Yutuqlari hamroh qadam tashlasin.
Yaxshi niyat ila qilar duoyim,
Robbim ravo ko'rsin,bisyor xush in'om.
El ichida aziz bo'lsin,iloyim
Shahinaxon,degan sevikli bir nom!
Bugungi kuningizdanda ziyoda,kutganingizdanda ortiqroq muvaffaqiyatlarga yetishing,Insha'Alloh deya hurmat bilan
✍️ AHMEDOVA NASIBA BERDIMURODOVNA
18.04.2025yil
22:55
Shahina Usmonova telegram sahifasi