Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Channel age
Created
Language
Uzbek
-
ER (week)
221.53%
ERR (week)

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 170 results
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
5
Absurdni ikki usulda qabul qilish mumkin, tirjayib qabul qilish kerak (albatta, bu kuch talab etadi). Hayotda ma’no yoʻq deb qaralsa, oʻlimda ham ma’no yoʻq. Hech yoʻq, tiriklikda odam nimagadir oʻzini baxshida etsa boʻladi, masalan, san’atga. Oʻlimdan keyinchi? Oʻlim hayotdan-da mavhumroq. Odam baribir oʻlib ketadi, shoshlish nechun? Oʻlimdan keyin hayot kelmasachi? Hayotdan keyin esa doim oʻlim keladi. Shunday ekan, ham yashasa, ham oʻlsa boʻladi.
04/26/2025, 20:20
t.me/zoirzokirov/1405
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
6
Gohida bu hayot real emasdek, oʻzim oʻzim emasdek tuyiladi, manavi koʻzgudagi kim? Bu odamlar kim? Gʻalati.
04/26/2025, 20:10
t.me/zoirzokirov/1404
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
15
Bukovskining "Olti Inch" nomli hikoyasi bor, koʻngilni aynitib yuboradi, biroq undan keyin oʻqilgan hikoyalarning qanchasi esdan chiqib ketdi, u esa esda, syujeti goh-gohi miyada gavdalanib turadi, ramz ham koʻrinadi.
04/25/2025, 22:09
t.me/zoirzokirov/1403
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
6
Kavabataning hikoyalarida ham goʻzallik, ham xunuklik bor, oʻqigach, shunda hayot(im) qanday, deb oʻylaysiz. Akutagavanikida esa odamzodning shunaqangi past maxluq ekanligi, jirkanchligi tasvirlanganki, u sizga goʻzallikni-da koʻrsatib oʻtirmaydi. Dazayda oʻzga boʻlgan nafrat seziladi, xuddi vijdoni qiynalayotgandek.
04/25/2025, 21:46
t.me/zoirzokirov/1402
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
8
04/25/2025, 21:37
t.me/zoirzokirov/1401
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
14
Pardani koʻtardim, 
Koʻrinmadi nur,
Tongda tashqaridan 
Yorugʻroq xonam.
Sham yoʻq, 
Chiroq ham yoʻq, 
Kitoblarda chang,
Och koʻzlarim 
Ketadi qonab.
Toshdi koʻzlarimdan 
Oqqan qon bilan
Cheti singan paxta 
Gulli piyolam.
Pardani tushirdim,
Koʻzlarni yumdim.
Pardaning ortida
Yorishdi olam.


19.04.2025
Zoir Zokirov
04/25/2025, 18:00
t.me/zoirzokirov/1400
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
514
Yasunari Kavabata
(1899 - 1972)

Kanareykalar


Xonim,

Va’damni buzgan holda, sizga yana bir bor maktub yozishimga toʻgʻri keldi. Oʻtgan yili sovgʻa qilgan kanareykalaringizni ortiq saqlay olmayman. Ularga doim xotinim gʻamxoʻrlik qilardi. Mening birdan bir ishim – ularga qarash, ularni koʻrib siz haqingizda oʻylash edi.

Bu gaplarni siz aytgandingiz, esingizdami? “Sizning xotiningiz bor, mening erim. Keling, uchrashishni toʻxtataylik. Qaniydi, xotiningiz boʻlmasa. Men bu kanareykalarni meni eslatib turishlari uchun hadya etyapman. Ularga qarang. Bu kanareykalar hozir juftlik, biroq sotuvchi nar va modani turfa joylardan tutib shunchaki bir qafasga solgan. Kanareyklarning umuman aloqasi yoʻq bunga. Ne boʻlganda ham, meni shu qushlar orqali yodda tuting. Balki, tirik narsalarni esdalik sifatida berish gʻalatidir, biroq, xotiralarimiz, ular-da tirik. Va oʻrtamizdagi xotiralarning oʻlishi kerak boʻlgan vaqt kelganida, ularning oʻlishiga qoʻyib bering”.

Hozir kanareykalar erta-indin oʻladigandek. Ularni boqqan odam oʻldi. Mendek loqayd va faqr rassom bunday nimjon qushlarni saqlay olmaydi. Toʻgʻrisini aytay. Qushlarni ayolim boqardi va hozir u oʻlgan. Xotinim oʻlganidan buyon qushlar ham oʻlib qolsachi deb oʻylayman. Va shunday qilib, xonim, sizni menga xotinim eslatib turarmidi?

Kanareykalarni qoʻyib yuborishni-da oʻylab koʻrdim, xotinim oʻlganidan keyin qushlarni qanotlari zaiflashgandek. Bundan tashqari, bu qushlar koʻkni bilmaydi. Juftlikning na shaharda, na atrofdagi oʻrmonlarda birga parvoz etadigan hamrohlari bor. Va birortasi yolgʻiz uchib ketadigan boʻlsa, ular ayro oʻlib ketishadi. Axir oʻzingiz aytgandingiz, jonivorlar doʻkonidagi odam nar va modani turfa joylardan tutib shunchaki bir qafasga solganligini.

Aytgancha, ularni qush sotuvchisiga-da qaytarib sotgim kelmadi, chunki, qushlarni menga siz hadya etgandingiz. Va ularni sizga ham qaytargim kelmaydi, chunki, ularga xotinim gʻamxoʻrlik qilgan. Bundan tashqari, bu qushlar – balkim ularni allaqachon yodingizdan chiqargandirsiz – sizga tashvish keltirar.

Yana bir bor aytay. Xotinim boʻlgani tufayli qushlar shu kungacha tirik, eslatib sizni. Shunday qilib, xonim, men xotinimning ortidan ularning-da oʻlim tomon ketishlarini istayman. Xotinimning qilgan yagona ishi menda sizning xotirangizni tirik saqlash boʻlmagan. Qanday qilib sizdek ayolni sevdim? Xotinim men-la birga boʻlgani uchun emasmi? Ayolim umrimdagi barcha ogʻriqlarimni unuttirgan. U hayotimning boshqa yarmini koʻrishdan oʻzini chetga olgan. Agar u bunday qilmaganida, men albatta koʻzlarimni olib qochgan yoxud sizdek juvonning oldida nigohimni pastga qaratgan boʻlardim. 

Xonim, kanareykalarni oʻldirib, ularni xotinimning qabriga koʻmsam, maylimi?

1924


Ingliz tilidan Zoir Zokirov tarjimasi
04/24/2025, 16:33
t.me/zoirzokirov/1399
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
7
Tarjima bitdi.
04/24/2025, 09:58
t.me/zoirzokirov/1398
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
8
Oʻylanmayman, ne boʻlsa, boʻlar,
Oʻz qoʻllarim oʻyar koʻzimni.
Yomgʻir yogʻar. Toʻydim qargʻashdan
Menga yotlik qilgan tizimni.
Aldovlarga yopishar miya,
Aytmay qoʻydi rost gapni ogʻiz.
Bu maqsadli odamlar aro
Men oʻzimni sezaman ojiz.
Yomgʻir yogʻar, yogʻilar yolgʻon,
Yoʻlim qani? Nima ishim bor!
Bu yil yana semirdim biroz,
Hatto zamin tuyilmoqda tor.
Yirtilar shim, yirtilar koʻylak
Va yirtilib ketay deydi tan.
Oʻylanmayman, ne boʻlsa, boʻlar,
Men qoʻrqoqman, qoʻrqoqman, Vatan.


18.04.2025
Zoir Zokirov
04/23/2025, 19:14
t.me/zoirzokirov/1397
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
9
Va nihoyat, Kavabataning bir qisqa hikoyasini tarjima qilishga kirishdim.
04/23/2025, 09:31
t.me/zoirzokirov/1396
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
10
Har bir mavjud boʻlgan narsa sababsiz tugʻiladi, ojizligidan umrini choʻzadi va tasodifan oʻlib ketadi.

"Behuzurlik"
Jan Pol Sartr
04/23/2025, 07:50
t.me/zoirzokirov/1395
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
10
04/22/2025, 09:25
t.me/zoirzokirov/1394
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
9
Ketmon

U butun umr qoʻlidagi ketmonini yerga qoʻymagan. Ketmon bilan tugʻilgandi u. Bir kuni ariq ochayotganida ketmonini tuproqning ostiga yashirinib olgan harsangga urib oladi. Bukiladi ketmoning uchi. Anchagina. Toʻgʻrilay olmaydi ming urinsa ham. Oʻylaydi, yangisini olishim darkor. Va bozorga bormoq-chun uni yerga qoʻyadi. Qoʻyishi bilanoq ketadi uchib. Hasad qilaman. Menam ketmonimni qoʻyaman yerga (men-da sharoitga qarab har xil koʻrinishga kiradigan ketmon bilan tugʻilganman, biroq umuman ishlatmaganman), ketmayman uchib. Buzilar asab. U urgan joyga uraman ketmonni borib. Sinadi harsang. Bukilmas ketmon. Boshqa, turfa hajmdagi toshlarga urib koʻraman uni. Nafsiz. Parchalanib ketaverar toshlarning bari. Keyin odamlarni ham bor kuchim-la urib koʻraman. Chopilib ketilaveradi odamlar. Bukilmas ketmon. Qon sachrayri kiyimlarimga, turqimga ham. Soʻngra ketmonimning temir qismini bukish niyatidan qaytib, sopini sindirmoqchi boʻlib (oʻxshab ahmoqqa) tizzamga uraman bor kuchim ila. Ayyorlik ish bermas. Sinadi tizzam. Hozir kasalxonada yotibman. Ketmon kichrayib chap bilagimga oʻralashib olgan. Kamdek bu, bolayam tuqqan (ketmonlar juftsiz-da koʻpayaverishadi) va bolasi uzukdek barmogʻimga oʻrnashib olgan. Yotarkanman, tuzalib ketsam, kun kelib uchish niyatida, eshakdek ishlashga qaror qilaman.


27.03.2025
Zoir Zokirov
04/21/2025, 17:15
t.me/zoirzokirov/1393
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
10
*  *  *
Takror yuvib kiyimlarimni, 
Kir tanamga kiyaveribman.

14.03.2024

*  *  *
Koʻzguga tosh otdim, sinmadi.
Sinib ketdi undagi aksim.

14.02.2024

*  *  *
Tun, topolmayman qulfning teshigin.
Kun, yoʻq ekan-ku qulfning teshigi.

06.05.2024

*  *  *
Oʻzgalarda oʻzimni koʻrdim,
Oʻzgalarni koʻrdim oʻzimda.

31.03.2024

*  *  *
Hadeb koʻrsataverma tishingni oq deb,
Allaqachon qorayib ketgan tishlaring.

08.04.2024

*  *  *
Sezishmasa gar ketganingni,
Kelishingning ne keragi bor?

02.05.2024

*  *  *
Uning yuzidagi husnbuzar - men,
Nega meni siqib tashlamas hayot?

08.04.2024

*  *  *
Ranjishning oʻrniga boʻlgin sen xursand, 
Qirrasiz siniqlar chiqsa yoʻlingdan.

08.04.2024

*  *  *
Oʻngimni oʻchirib qora qogʻozdan,
Unga tushlarimni yozib tashlayman!

08.04.2024

*  *  *
Chekkancha dardimni so‘ylay boshladim,
Bulutning ortiga berkinvoldi oy.

20.07.2024


Zoir Zokirov
04/20/2025, 18:39
t.me/zoirzokirov/1392
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
6
Ma‘nosizlik avvalgidek qo‘rqinchli tuyilmay qoldi.
04/19/2025, 22:33
t.me/zoirzokirov/1391
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
6
Ziyolilarning nimasi ziyoli?
04/19/2025, 22:23
t.me/zoirzokirov/1390
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
7
tuya

yozmoqni 
istayman 
avval 
yozilmagan 
narsani
kulgidan 
uzilib 
ketadi 
ichak 


15.03.2025
Zoir Zokirov
04/19/2025, 20:15
t.me/zoirzokirov/1389
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
7
The Myth of Sisyphus
Albert Camus
04/19/2025, 15:51
t.me/zoirzokirov/1388
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
8
Turqdan izlar nenidir atrof,
Yomgʻir yogʻar yuvolmay yerni.
Yorugʻlikni topolmas dildan
Choʻloq, singan qanotli turna.
Harflarni titkilaydi qush.
Unutmoqchi boʻlasan aftni.
Derazaga yopishvolgan u,
Yashirolmas, tushungin, kafting.
Choʻntaging boʻsh. 
Koʻchada yomgʻir.
Basharangdan kecholmaysan voz.
Yozay desang, siljiy olmaysan.
Xoʻrsinasan, kuladi qogʻoz.
Yumilmaydi koʻzlar charchagan,
Koʻrinadi har bitta tomchi.
Bosiladi qah-qaha birdan,
Gʻalaba, deb hayqirar qaychi.
Devor chaynar qogʻozchalarni,
Koʻzlaringdan chiqolmaydi yosh.
Tugilar musht, sinar deraza,
Sen yigʻlaysan, charaqlar quyosh.
Va anglaysan, oynaning emas,
Borligini oʻzingning oʻrning.
Harflar-la qanotidagi
Quyosh sari uchadi turnang.


06.04.2025
Zoir Zokirov
04/18/2025, 20:50
t.me/zoirzokirov/1386
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
22
Qiziq, menam, akayam uxlamadik. Qornimizam ochqamadi. Hojatxonaga kirish istagiyam boʻlmadi. Damasning old oynasiga yozuvi tashqariga qaratilib yopishtirilgan qogʻozdagi qishloqning nomi allaqachon esimdan chiqib ketgan edi. Oʻtib ketilgan qishloqlarning nomlarini esa oʻqiy olmadim, ular qishloq boshlanadigan joyga, yoʻlning chetiga katta xarflar bilan yozib qoʻyilgandi, xarflar esa yot edi menga. 

Yoʻl tugadi. Yoʻlning oxirida bir uy turardi. Haydovning uyi boʻlsa kerak, deb taxmin qildim. Taxminim toʻgʻri chiqqanga oʻxshaydi. Darvoza ochildi. Hech kim ochmadi uni. Oʻzi ochildi. Sekinlashgan ulov ichkariga kirdi va toʻxtadi. Darvozi shu zahotiyoq yopilib qoldi. Oʻz-oʻzidan. Haydovchi mashinadan tushib son-sanoqsiz xonalarning biriga oʻz ixtiyori bilan ochiluvchi son-sanoqsiz eshiklarning biri orqali kirib ketdi, qarabam qoʻymadi kaminaga.  Mendan bir ish chiqmasligiga uyam amin boʻlgan boʻlsa kerak. 

Tun yaqinlashyapti. Hamon damasda oʻtiribman. Haliyam birorta sasni eshitganim yoʻq. Orada bor kuchim bilan baqirib, qoʻshigʻam kuylab koʻrdim.  Foydasi boʻlmadi.  Balki shunisi yaxshiroqdir, deb oʻyladim hatto va bu oʻyni oʻylaganim uchun oʻzimdan, haydovchidan, tushib ketgan boshqa yoʻlovchilardan, e, enasini emsin, mavjud boʻlgan barcha narsadan nafratlanib ketdim. Ulovni esa allaqachon chigiritkalar qoplab olgan edi.


19.10.2024 - 01.11.2024.  
Zoir Zokirov
04/12/2025, 17:58
t.me/zoirzokirov/1385
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
4
Kitobimning chiqishini kutib yotishdan naf yoʻq ekan. Vaqt topsangiz, shu hikoyani oʻqib koʻring, fikr bildiring. Buyam bir dalda boʻladi.


Damas

Chigirtkalar jonga tegdi-ku! Oʻtgan safar hammasini oʻldirib chiqqandim. Yana toʻlib olishibdi xonamga. Bu safar oʻldirganimdan keyin xonaning har bir burchagidagi chigirtkalar chiqishi mumkin boʻlgan teshiklarga zahar tomizib chiqdim va uxlashga yotdim. Ancha payt uyqum kelmadi. Xonamning yonginasida hammom joylashgan. Joʻmrak yaxshi berkilmaydi. Har suv tomchisi pastga tushganida chiqadigan ovoz miyamni teshib yuboray deydi, shu sababdan, sochiq qoʻyib qoʻyaman (sochigʻam hazilakam sochiqmas, kamida ikki metr chiqadi, taxlab qoʻyaman), biroq u oʻta hoʻl boʻlib ketsa, haligi ovozdanam battarogʻi chiqadi. Hoziram shunday boʻldimikin, deyman. Sochiqni qurugʻiga almashtirgach, tagʻin yotaman. Bu sochiq ham butkul hoʻl boʻlmasidan tezroq uyquga ketish lozim.

Telefon jiringladi. Goʻshakni koʻtaraman. Gapirmaydi. Gapirmayman. Qizilni bosadi. Soatga qarayman. 6. Bugun yakshanba boʻlsa, deyman, balo bormi saharlab telefon qilgani? Gapirsayam mayli edi. E’tibor bermagan ekanman. Koʻrpamning ustiga chigirtkalar chiqib olibdi. Bittasi sakrab betimga-da chiqib oldi. Demak, avvalam bir-nechtasi betimda yurgan. Tarsaki oʻldirdi uni. Sakrashga ulguradi deb oʻylagandim. Ulgurmadi. Qoʻlim bilan chalpak boʻlgan tanani yuzimdan olib tashlayman. Biroz suyuqlikni sezaman aftda. Koʻrsatgich barmogʻim-la artaman keyin. 

Yana oʻsha ovoz. Chigirtkalarning ba’zilarini ezgancha hammomga kiraman. Yaxshilab yuvib olaman butun tanamni. Kiyinaman. Xaltamga bir-ikki narsalarni solib olaman. Ko’chaga chiqib ketaman. Oʻrganib qolganman nonushta qilmaslikka. Bir-ikki hafta bu uydan uzoqroq boʻlmasam boʻlmaydi. Jonga tegib ketgandi bari. Ozgina toʻplab qoʻygan pulim bor. Shu tugamaguncha qaytmayman. Ishdanam kecha kuni ta’til olgandim. Bir oyga.

Yoʻlning boʻyiga chiqarkanman, narigi tarafdan old oynasining bir chetiga qaysidir qishloqning nomi yozilgan qogʻoz yopishtirilgan damasning yaqinlashib kelayotganini koʻraman. Toʻxtaman uni qoʻlni koʻtarib. Yoʻlning u yuzidagi haydovchi bu yuzidagi yoʻlovchini koʻp bora olib ketganmi deyman, chirogʻini yoqib oʻchirgandi. Toʻgʻrisi, u yerga hech borib koʻrmagandim. Bir oy. Nimadir qilishim, qaygadir borishim kerak-ku axir! Shoshgancha mashina turgan tarafga oʻtib olaman. 

Mashinaning eng orqasiga, oʻrtasiga oʻtirdim. Majbur boʻldim shunday qilishga. Faqatgina bitta odamga joy qolgandi. Damasning ikkinchi qatoridagi bitta yoʻlovchi tushgan, uchinchi qatordagi ikki toʻlaroq odam ikki chetga siljib olgandi. Bir amallab menga atalgan joyga oʻtirib olaman.

Yoʻlda yurarkanmiz, haydovchi magnitafonni balandlatib borardi. Qulogʻimda quloqchin. Boshqa yoʻlovchilarda ham. Faqatgina oldida, haydovchining yonida oʻtirgan aka quloqchindan foydalanmay, toʻgʻridan-toʻgʻri soʻnggi rusumdagi telefonidan qoʻshiq qoʻyib olgandi. U qoʻyvolgan qoʻshiq ham, haydovchi qoʻyvolgan qoʻshiq ham umuman yoqmayotgandi menga. Ular boʻlsa bir-biri bilan oʻynashayotgandek qoʻshiqlarning ovozini balandlatib borishardi. Men ham. Oʻzimcha, boshqa yoʻlovchilar-da men qilayotgan ishni qilishyapti, deb oʻyladim. Bu oʻy qandaydir taskinlik berardi menga. 

Oxiri, hech nimani eshitmay qoldim. Yoʻlovchilar esa birin-ketin tushib ketishardi. Oldida oʻtirgan akayam bir doʻkonning oldida yurayotgan mashinaning eshigini ochgancha sakrab yubordi. Ulov toʻxtamadi. Damasda faqat men va kirakash qoldik. 

Bir payt haydovchi ulovni toʻxtatib undan tushdi-da, orqa eshikni ochib qoʻydi, oʻrindiqniyam koʻtardi. Bilsangiz, damasning uchinchi qatoriga oʻtish uchun ikkinchi qatordagi bir oʻrindiqni oʻrtasidan bukib koʻtarish lozim. Oʻtiraverdim. Nimalardir deya boshladi. Birorta gapini eshitmasdim. 

U eshikni yopdi-da, joyiga oʻtirib, yoʻlda davom etdi. Quloqchinim telefonga ulangandi, allaqachon qoʻshiqni oʻchirib qoʻygandim. Ammo hanuz yechmagandim uni. Magnitafon kuylayaptimi, yoʻqmi, bilmasdim. Karman-ku axir! 

Mashina keyingi kunning tongigacha toʻxtamadi. Bir-nechta qishloqdan, qirlardan oʻtib ketdik.
04/12/2025, 17:58
t.me/zoirzokirov/1384
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
7
Shu paytgancha yozganlarimdan-da tushunarsizroq, g‘alatiroq narsalarni yozaman hali. Arzisa qoladi, arzimasa yo‘q. O‘quvchini ko‘paytirish uchun yo boshqa maqsad-chun yozishga arzimaydi deb hisoblagan narsalarimni yozmayman. Yetarlicha istamagan ishlarimni qilib yuribman o‘zi.
04/12/2025, 07:04
t.me/zoirzokirov/1383
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
11
Zomin seminarida qatnashish uchun hikoyalarim kuchsizlik qildi chog‘im, hay, mayli, nimayam derdim.
04/11/2025, 18:48
t.me/zoirzokirov/1382
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
8
Oqaverar qo’llaringdan qon,
Pichoqning uchimas, sopi yaralar.
Sen yuribsan, tugab borar qon,
Qurib qolgan gulzor oralab.

So‘ngra ushlab pichog‘ning tig‘in
So‘yaverding tunning bag‘rini.
Va olib ketding tirik gulzorga
Oʻzing bilan asalarini.


29.03.2025
Zoir Zokirov
04/10/2025, 16:24
t.me/zoirzokirov/1381
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
11
O’zimni ba’zan bu dunyoda yashashga nomunosibdek his qilaman.
04/09/2025, 18:45
t.me/zoirzokirov/1379
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
14
Doimgidek fikr kutib qolaman.
04/08/2025, 17:02
t.me/zoirzokirov/1378
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
6
Koʻz


Bir ulkan koʻzning ichida, qorachiqning atrofida aylanib yuribman, qorachiq - chuqurlik, unga tushib ketmaslikka harakat qilganim sayin, meni oʻziga tortaveradi. Chuchvarani xom sanabdi, deyman, hali-beri tushib ketadigan tentak yoʻq unga. Bundan oldin qayerda boʻlganman, nega oʻzimni qorachiqqa tashlamay hanuz aylanib yuribman, bilmayman. Oyoqlarimni toʻxtatishga urinib koʻrganman, lekin boʻysunishmagan. Keyin oʻylanib qoldim, chiranishdan, ne naf? Shunday boʻlishi kerak ekan shunday boʻlyapti. Balki, bilmayman desamam, mavhumlikdan qoʻrqqanim uchun oʻzimni tortayotgan kuchga topshirganim yoʻqdir hali. Balki, avval qayerda boʻlganimni eslashni istamaganim uchun va shu tufayli miyamdan bir amallab oʻchirib tashlaganim uchun uzoq tarixim yodda yoʻqdir. 

Qorachiq atrofida aylanarkanman bir quyonni uchratib qoldim. Qochmadi. Vahshiyligim tutdi. Uni quloqlaridan tutdimda ikkiga boʻlmoqchi boʻldim. Qayda deysiz. Oʻzim ikkiga boʻlinib ketdim. Oʻlik koʻzlari bilan termilib turgan quyon esa ichimga kirib oldi. Soʻng, uning-da vahshiyligi tutdi. Ichimdagi mittigina menimning quloqlaridan ushlab ikkiga boʻlmoqchi boʻldi va xuddi mendek oʻzi ikkiga ajralib qoldi. Ichiga kirib ketdi kichkina menim. Battar boʻl, dedim. Quyon, men boʻlingan joyimizdan kimningdir yoki neningdir tomonidan tikildik. Qolmadi chandiq. Ikkimizam chevarga tasanno oʻqidik.

 Aylanarkanman, qayta-qayta telefon qilaman unga. Olmaydi. Yer yutgur, nimaga telefonini koʻtarmaydi? Olmas ekan, nimaga ishlatadi oʻzi? Goʻyo u bilan gaplashsam nedir oʻzgarib qoladigandek, barining sababi, yechimi tolpiladigandek. 

Ora-orada meni bir ulkan narsa majagʻlab tashlaydi. Men esa hech ne boʻlmagandek yana butun holatimga qaytib qolaman. Aylanishda, quyonlarni uchratishda, ularni ikkiga boʻlaman deb oʻzim boʻlinib ketishda, quyonlaram kichkina menlarimni ikki ajrataman deb, oʻzlari ikkiga ajralib ketishda, quyonlarning menlarimning ichiga, kichkina menlarim quyonlarning ichiga kirib olishda va tikilishda davom etaveramiz va qorachiq ham meni chorlashdan toʻxtamaydi hech. 

Chap koʻzim ogʻriyapti, qichishyapti shu kunlarda. Nedir yurayotgandek unda. Buning zararli ekanligini bilsam-da, uni oʻng koʻrsatgich barmogʻim bilan qashib qoʻyaman. 

Bir joyga otlanganman hozir. Yoʻlda hech kim yoʻq. Oʻzimcha, uning oʻrtasida, qaddimni tik tutgancha yurmoqchi boʻldim. Oʻxshamadi, noqulay his etdim oʻzimni, sekingina bukchayib, yoʻlning chetiga oʻtib oldim. Ha, shunisi qulayroq. Soat nechchi boʻldi ekan? Aniq, anchadan beri yuribman. Lekin manzilimga yetganimcha yoʻq. Soat nechchi boʻlganini bilmoq-chun telefonimni olaman kurtkamning ichki choʻntagidan. Shu paytgacha biror marta qoʻl soat ishlatmaganman. Telefonim ovozsiz edi, kimdir rosa telefon qilibdi. Qaytarishga erindim. Toʻgʻrisini aytsam, birov bilan soʻzlashadigan kayfiyatda emasman. Soat esa koʻrinmasdi. Sonlarning oʻrnini koʻzlar egallagandi.


02.12.2024
Zoir Zokirov
04/08/2025, 16:51
t.me/zoirzokirov/1377
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
7
Langlar qilar jang, yotibsan
Sen quchgancha yostiqni.
Nega turib ketmaysan yo
Faqat soxta yozdingmi?
Burningga tiqmasdan qo‘lni
Yirtib tashla bolishni.
O‘ylayvermasangchi bunda
Faqat tirik qolishni.
Olish! Olish qo’rquving-la.
Oldirmagin oshingni.
Bo‘ldi yetar, sen o‘zingni
Xavf-xatardan yashirma!
O‘zinchi, deysanmi? O‘zim…
Sendan tubanman, oshna.
Uyg‘otgani uchun aslo
Kechirmayman quyoshni.


30.03.2025
Zoir Zokirov
04/06/2025, 15:10
t.me/zoirzokirov/1376
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
13
Kobayashi Issa:
(1763 - 1828)


* * *
Qurbaqa va men
bir-birimizga boqib
qimirlamaymiz.

*  *  *
Hasharotlar-la 
ham – kimdir kuylay olar,
kimdir esa yoʻq.

*  *  *
Ham tug’ilganda,
ham o’lganda yuvilmoq,
ahmoqlikdir bu.


Zoir Zokirov tarjimasi

#xokku
04/04/2025, 17:26
t.me/zoirzokirov/1375
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
6
* * *
chetiga qogʻozning
imzo qoʻyaman
koʻm-koʻk imzom
qizarib ketadi
uyalganidan
sezib chaqirilmagan
mehmonligini
uzr soʻragancha
ketar qogʻozdan

* * *
boshimni uraman
mendan toʻygan
toshlarga
la’natnashar
ularni men tomon
otgan qoʻllarni
uzoqdan tosh otar
sotqin qoʻllarim

* * *
odamlar
soxtalikni talab
etishar sendan
e bormilar
sogʻ-omonmilar
ishlar yaxshimi
aslida bir tiyinlik
ishing yoʻq
uning ishlari bilan
yaxshi deydi
uyam sezib
savollaringning
nosamimiyligin
va u ham soʻrar
hol-ahvolingni
yaxshi deysan
soxta jilmayib
tupurdim deb
bunday hayotga
tupugingda
yashaysan keyin

* * *
deyishdi
avval idishni toʻldir
kattaroq toshlar
keyin kichikroq toshlar
soʻngida tuproq bilan
bittagina toshim bor ammo
koʻtarolmam bir qoʻlim ila
sigʻdirmoqchi boʻlaman uni
undan kichik boʻlgan idishga
ishonaman har qanday narsa
idishga sigʻadi degan choʻpchakka
urinaman takror va takror
idishning ogʻzidan
oʻtmaydi toshim
mening sevimli
hammadan qizgʻanadigan
nafratimni qoʻzgʻaydigan toshim
koʻzlarimga toʻlib ketar qon
va toshni otvoraman
unga torlik qilgan idishga
shisha siniqlari teshar koʻzimni

* * *
qog‘ozlarni olovga otdim
so‘ng ularni oldim shoshilib
qo‘llarim kuydi
chala yongan she‘rlarga boqib
men o‘zimni otdim olovga


Fevral | 2025
Zoir Zokirov

https://t.me/zoirzokirov
04/03/2025, 20:35
t.me/zoirzokirov/1374
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
7
Ijod ahlidan butkul yiroqman, bundan keyinam (bu fe’l bilan) shunday boʻlsa kerak. Ikkita maktabda oʻqiganman. Uch-toʻrt kun oldin, ikkinchi maktabimdagi sinfdoshim qayerdandir nomerimni topib, oʻtirishga chaqirdi kechga. 5-6 yil umuman koʻrishmagandik. Hissiz gaplashdim. Uzr, boshqa joyda edim, sogʻ boʻling deb, suhbatni qisqa qildim. Ikkinchi maktabdagi sinfdoshlarimni deyarli xotirotdan oʻchirib boʻlgandim. Asab buzildi shungayam. Ular bilan umuman koʻrishish niyatim yoʻq. Kecha kuni birinchi maktabdagi sinfdoshlarimning 3-4tasi bilan koʻrishishga toʻgʻri keldi. Ularam oʻtirishga chaqirishdi. Ertaga boʻladi. Ungayam bormasam kerak.
04/03/2025, 20:26
t.me/zoirzokirov/1373
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
10
04/02/2025, 22:01
t.me/zoirzokirov/1372
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
13
Yozish uchun oʻqish shart, ammo, oʻqiganingiz sayin, gohida yozgingiz kelmay qoladi. Minglab ovozlar ichra bu "ovozcha" eshitilarmikin? Kimgadir keragimi bormikin oʻzi uning?..
04/01/2025, 22:06
t.me/zoirzokirov/1371
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
13
Shu hikoyani kimdir chuqur tahlil qilsa, zoʻr boʻlardi, oʻzim qilmayman. )
04/01/2025, 22:01
t.me/zoirzokirov/1370
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
13
Kavabatayam bor. Qaysinisini qilay? Tanlang, doʻstlar. Shunga qarab, ishga kirishaman.
04/01/2025, 21:53
t.me/zoirzokirov/1369
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
14
Birorta hikoyasini tarjima qivoraymikin, nima deysiz?
04/01/2025, 21:51
t.me/zoirzokirov/1368
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
14
Haruki Murakamiga past baho berishni boshlaganimda nimasinidir oʻqib qolaman va yoʻq, uni oʻrtamiyona deyish, adolatdan boʻlmaydi, deyman.
04/01/2025, 21:40
t.me/zoirzokirov/1367
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
14
Yomgʻir yogʻyapti: qirov bosgan oynalarga urilar sekin; agar niqoblangan bolalar koʻchada boʻlishsa, yomgʻir ularning karton qogʻozli niqoblarini rasvo qiladi.

"Behuzurlik"
Jan Pol Sartr
04/01/2025, 19:29
t.me/zoirzokirov/1366
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
34
Har bitta kun - birinchi aprel,
Oʻzganiki bahorning sochi.
Hatto eshigi yoʻq uyning ham
Qayeridir boʻladi ochiq.

Yo quyosh, yo Yer xiyonatkor,
Bu fasllar soxta, yasama!
Oʻz haqqini unutmagan kas
Eslolmaydi ichgan qasamin.

Men ne deb qoʻygandim oʻshanda?
Qachon tugab qoladi muhlat?
Charchadim men, kelguncha u kun,
Jim turinglar, olaman uxlab.

2024
Zoir Zokirov
04/01/2025, 17:24
t.me/zoirzokirov/1365
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
15
Gʻanim - oʻzim, doʻstni oʻldirdim,
Jasadini yedi gumonlar.
Men suzishni bilmas bir kimsa,
Qon sachratib kular ummonlar.

Qayiqlarni parchalayman bot, 
Ular kelar tinimsiz, ammo.
Men oʻzim oʻldirgan doʻstimni 
Orolchamda kutyapman hamon.

Hamon qoʻlim qaltirar mening,
Koʻrinmas oy, ketmaydi abr.
Qoshlarimni yuladi savol,
Men nimaga qilyapman sabr? 

Koʻkdan yogʻar oshnamning qoni,
Boʻshliq meni etadi mahbus.
Savolimga topolmay javob,
Men doʻstimni kutyapman hanuz.


2025
Zoir Zokirov
03/31/2025, 16:51
t.me/zoirzokirov/1364
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
16
https://oceanofpdf.com/ - shundan ingliz tilidagi koʻplab kitoblarni topishingiz mumkin.
03/31/2025, 08:35
t.me/zoirzokirov/1363
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
17
Bizning oʻrtamizda hamdarlik yoʻq, bir-birimizga oʻxshaymiz xolos.

"Behuzurlik"
Jan Pol Sartr
03/31/2025, 08:25
t.me/zoirzokirov/1362
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
18
Miyazakini ozgina boʻlsa ham hurmat qilaylik.
03/30/2025, 20:47
t.me/zoirzokirov/1361
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
19
03/30/2025, 19:00
t.me/zoirzokirov/1360
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
19
Avval Eminemni uncha eshitmasdim, deyarli yoqmasdi ham. Hozir kuniga (bir haftadan beri) kamida bitta repini eshityapman (eskilarini). Bu gʻazab bilan bogʻliq boʻlsa kerak.
03/30/2025, 18:42
t.me/zoirzokirov/1359
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
17
03/30/2025, 18:40
t.me/zoirzokirov/1358
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
20
03/29/2025, 22:30
t.me/zoirzokirov/1356
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
20
Uchdan birini oʻqib boʻldim. Asarning qahramonida oʻzimning koʻp qismimni koʻryapman va ogʻriqqa oʻxshash (ta’riflash ham mushkul) hissiyot uygʻotyapti, toʻgʻrirogʻi eslatyapti, behuzurlik desa ham boʻlar buni. Ha, katta ehtimol bilan tugatib boʻlgach, yana (tanaffus bilan yoki tanaffussiz) Sartrga murojaat qilsam kerak.
03/29/2025, 20:33
t.me/zoirzokirov/1355
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
20
Oʻqing, fikr bildiring, yoqsa, tarqating, keling, shu yozuvchini oʻzbek kitobxonlariga tanishtiraylik.
03/29/2025, 13:53
t.me/zoirzokirov/1354
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
19
Tanishing, Donald Barzelme (1931 - 1989), Aqshlik yozuvchi. Bir hikoyasini tarjima qildim - "Chaqaloq". Shu havola orqali oʻqishingiz mumkin: https://telegra.ph/Chaqaloq-03-29
03/29/2025, 13:46
t.me/zoirzokirov/1353
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
18
Tarjima yakunlandi! Bu Aqshlik yozuvchining qisqa hikoyasini kayf qilib tarjima qildim.
03/29/2025, 13:25
t.me/zoirzokirov/1352
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
18
Beef, disslar bilan ishim yoʻq, (oxirgi replari uncha yoqmadiyam), lekin paytida shedevrlarni yaratib qoʻygan Kendrik. Ishonamanki, kelajakda yana shunaqa darajasi balandroq tekstlar yozadi.
03/28/2025, 22:18
t.me/zoirzokirov/1351
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
16
03/28/2025, 22:15
t.me/zoirzokirov/1350
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
18
Atrofingdagilar sening yukingni yuksizlik deb hisoblashadi va senda yukning borligiga shubha uyg'ona boshlaydi, onangga chalkashlikning bir qismini aytasan, ortig'i ortiqlik qiladi, yetti yot begonalarga esa so'zlar orqali qalbingni ochasan (uyam chala) va chekasan, chekaverasan o'zingni, umringni.
03/28/2025, 21:11
t.me/zoirzokirov/1349
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
18
Oʻzi butun umrim ikkilanish bilan, bir narsani tanlolmay oʻtgan, bularning orasida, yana arosatda qolib ketsam kerak (bu gapning oʻzidan ham absurdning hidi kelyapti), biroq ba’zida ruhiyatim koʻtarilib ketadi va oʻzimga oʻzim inson bir ma’noga (oʻzi yaratgan) oʻzini bagʻshida etmogʻi lozim deyman, esse yozvoraymikin, (bunga hali bor), quruqdan-quruq valdirashning oʻzi nimaga, kimga keragi bor, a, labbay?!
03/28/2025, 20:53
t.me/zoirzokirov/1348
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
17
Oldimda ikki yoʻl turibdi: absurdizm va ekzistensializm. Qay birini tanlashga kalla ishlamayapti.
03/28/2025, 20:41
t.me/zoirzokirov/1347
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
18
Jin ursin, qanchalik pastman.
03/28/2025, 17:27
t.me/zoirzokirov/1346
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
19
Bitta oʻta qisqa hikoyani yozib boʻldim, yana bitta kattarogʻining voqeasi miyada aylanib yuribdi, biroq yozishga shijoat etmayapman.
03/28/2025, 16:24
t.me/zoirzokirov/1345
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
20
* * *
qovusni ochaman
yopaman
va uning ichiga
ochaman yopaman 
qavsni takror
butun umrimni 
bagʻishlayman 
faqat shu ishga
bir paytlar oq 
boʻlgan qogʻozga
egalik qiladi
endi qavslar
hozir ularning 
tashqarisiga ham
ichiga ham
sigʻmas biror soʻz


* * *
bosilmas
tugʻilganingda boshlangan chanqoq
sen oʻzingni zamin deb oʻylab
qaziysan oʻzingni qaziyverasan
boshingdan boshlagan eding qazishni
yaqinlashib qolding tovonga
yuqori baho berib oʻzingga 
yanglishding sen zamin emassan


* * *
asabimga tegar goʻzal odamlar
asabimga tegar baxtli odamlar
ogʻzini yirtib yuborgim keladi
baxtliman degan kimsaning
shuyam yashashmi
sen hali shuni yashash deyapsanmi
yigirma toʻrga kirgan tekinxoʻr
erkak boʻlmay oʻl
deyman koʻlmakdagi aksimga qarab
kulgim qistar uylan deyishsa
kulgim qistar zavqlan deyishsa
oʻzimni kaltaklagim kelar oʻlgudek
soʻng havoni uraman
va qoʻllarim ketadi sinib


* * *
hurliqoni koʻrib 
kun kulgan chogʻda 
soqqadek tushib ketdi 
uning koʻzlari
ularga oʻxshash 
qop-qora soqqalarni
solib qoʻydi 
koʻzlarining oʻrniga
shu-shu hech narsani 
koʻrolmaydi u
shu-shu
ularni axtarar 
koʻtarmay qaddin
ammo xayolidan ketmas 
qizning jamoli
koʻzlari esa 
aylanib yuribdi
Yer shari boʻylab


* * *
gʻazablanib ketib dunyodan
alamingni olasan
vidyooʻyinlarda oʻq yo musht otib
yuragingda aylanib yurasan
kiyib tishi mixdan boʻlgan
oyoq kiyimni 
choʻmilib oʻsha qoraygan
narsadan otilgan qonda
lazzatlanasan
chanqogʻingni qondirganday boʻlasan
ichib shilimshiq suyuqlikni
va qusasan 
rasvosini chiqarib butun dunyoning


* * *
koʻzlarimni ochgim kelmaydi
ular isyon qiladi takror
oʻz-oʻzimdan yoʻqolgim kelar
jonga tegdi 
noshud degan soʻzni eshitmoq
vulqondek otilishni istaydi yurak
nimadandir qoʻrqadi ammo
va nedandir boʻlar umidvor


Yanvar | 2025
Zoir Zokirov
03/28/2025, 10:25
t.me/zoirzokirov/1344
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
5
G‘azab.
03/28/2025, 07:50
t.me/zoirzokirov/1343
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
8
Deyarli qilib boʻldim, ishonamanki, agar e’tiborsizlik bilan qaralmasa, bu hikoya, bu yozuvchi oʻzbek oʻquvchilari uchun yaxshigina yangilik boʻladi. Kutinglar.
03/27/2025, 21:08
t.me/zoirzokirov/1342
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
9
Bukovskixonlik kechasi qilish kerak. 😁
03/27/2025, 20:00
t.me/zoirzokirov/1341
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
9
Yomgʻir yogʻib oʻchirdi oʻtni.
Yer ustini qoplagan xazon.
Qimmat odamlardan ajralib
Bir kas yotar arzondan arzon.

Bir kas yotar, toʻshagi – barglar,
Ular oʻxshash – bari qurigan.
Qimirlamas, onggi ichra yoʻl
Olgancha u yotlik qiriga.

Uni chetlab oʻtadi chaqmoq,
Qahri kelar kulrang samoning.
Hech moʻljalga ololmadi shu 
Chirigan borliqning kamoni.

Kamon sinar ongning ichida
Oʻlmay qolar tagʻin noshudlik.
Yuvish uchun keksa barglarni
Yomgʻir boʻlib yogʻar noxushlik.


28.06.2024
Zoir Zokirov
03/27/2025, 19:53
t.me/zoirzokirov/1340
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
9
Mayin Yomgʻir

Mayin yomgʻir yog‘adi,
Vujudimni oʻyadi.
Buni eshitgan kimsa
Bir hiringlab qoʻyadi.
Men anqayib yuribman 
Soyabonsiz, piyoda.
Atrofimda kaslar koʻp
Bunda uysiz ziyoda.
Sudralamiz gohida,
Umid ketmas ziyodan.
Bu yomgʻirlarga sira
Toʻlay demas piyolam.
Qachon nafsim toʻyadi?
Koʻzlarini oʻyadi?
Menga yoqqan u dildor
Boshqa hisni tuyadi.
Qassob molni soʻyadi,
Bola qandin soʻradi,
Doʻstim mendan:
“Kimsan?” - deb
Takror-takror soʻradi.
Oynaga qarab suluv
Uzun sochin oʻradi,
Yigit unga sevgisin
Aytolmasdan yuradi.
Tinmay yomgʻir yogʻadi,
Kun-tun yomgʻir yogʻadi,
Kimdir bizni sigir deb
Oʻylab har kun sogʻadi.
Qon toʻladi paqirga,
Doʻstim, bir bor baqirgin!
Sening esa yuzlaring
Qoʻrqqaningdan oqargan.
Kimga bot-bot sogʻilish
Bilolmadim yoqarkin,
Bunda odamlar ba’zan
Oʻzlarini yoqarkan.
Mayin yomgʻir yogʻarkan
Oʻchirolmasdan oʻtni.
Yonayotgan odamga
Kimdir tashlaydi oʻtni.
Yeb qoʻyamiz shoshilib
Uning nasibasini.
Kimdir ustunga bogʻlab
Qoʻyar nabirasini.
Yomgʻir tushar choʻntakka
Men ustidan kulaman.
Men oʻsha yongan zotning
Yerda qolgan kuliman.
Izlayverdim men bunda
Oʻsmaydigan gulini
Va izlash davomida
Boshliq qildim qulini.
Boʻldi, yetar! Bulutni
Ushlab chetga ilaman.
Biroz zerikmay turing,
Bir aylanib kelaman.


30.04.2024
Zoir Zokirov
03/27/2025, 19:52
t.me/zoirzokirov/1339
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
8
Musiqa ko'nglimga bo'lar kirmoqchi,
Yo'llarga yog'adi zerikkan yomg'ir.
Men ruhni yulishga uringan oqshom
Izini quritar qaysidir olg'ir.

Parvosiz bug‘langan derazalarda
Ko'ringach taniyman do'stim yotlikni.
Xonamga achinib qarar tomchilar,
Izlayman ulardan so’ngan shodlikni.

Yomg’irdek kunlarim qo’shilib changga 
Ko’zlarim oldida ketar to’kilib.
Sokinman, xonadosh yigit yonimda
Yayraydi oynadan ko’kka bo’kirib.

Boshini changallar qo’shni ayollar,
Boshimni devorga urmoqda asab.
Boladek ko’chaga otib yubordim,
Yozilgan qog’ozdan samolyot yasab.

Ovozi bosadi butun shaharni
Yuzlarga tushirilgan tarsakining
Va kuylar tomog’i og’rigan osmon,
Kutgancha menlarning och qarsagini.

Uvigan uylarning qorinlarida
Yashayman, qurigan beuy botinim.
Ko’chada ummonni izlaydi telba,
Yomg’ir ham yog’adi bunda betinim.


15.02.2023
Zoir Zokirov
03/27/2025, 19:50
t.me/zoirzokirov/1338
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
8
Ikki kundan buyon yomgʻir yogʻmoqda. Bular yomgʻirga aloqasi bor bir narsalar.
03/27/2025, 19:48
t.me/zoirzokirov/1337
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
8
Dun - avaxta, odamzot - mahbus,
Fikrlashdan toʻsgan panjara.
Sen fikrni olmoqchi boʻlib,
Ayrilib ham qolma panjadan.

Oʻtirma hech oʻzingni qiynab,
Ichingdagi oʻldir gʻujurni.
Sarhadlarni maqtab qoʻyaver,
Eslamagin aslo gʻururni.

Qorning toʻq-ku va usting but-ku,
Lang emassan, yotavergin jim.
Sen koʻnmasdan yozasan, ammo
Qolar sen-la xatlaring gʻijim.


18.03.2025
Zoir Zokirov
03/27/2025, 16:44
t.me/zoirzokirov/1336
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
9
Bir ajoyib hikoyaning tarjimasini boshlavordim.
03/27/2025, 14:18
t.me/zoirzokirov/1335
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
9
Oʻzbek oʻquvchilariga notanish va deyarli tanish boʻlmagan, odamning miyasini shoshirib qoʻyadigan yozuvchilar shunaqangi koʻpki.
03/27/2025, 13:07
t.me/zoirzokirov/1334
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
10
Pakana

Aytishlaricha, faqat shirin olmaga qurt tushar ekan. Shunda, men ham shirinmanmi? Hozir bilamiz-da. Qani, qoʻlimning ozginasini yeb koʻraychi. Iya, oʻta bemazaman-ku. Ahmoqganchilik. Axir men olma emas, jirkanch bir maxluq boʻlsam. Bizdaqalarning esa eng bemazasiga tushadi qurt. Qurtlar, qalaysizlar? Tashvish qilmay qoʻyaveringlar. Hali koʻpga yetadi goʻshtim. Men sizga hozir bir narsani aytib bermoqchiman. Qanday boshlasamikin? Bir boshidan boshlayveraman-da! Shunday qilib, bundan ming yillarcha keyin biznikiga oʻta oʻxshagan bir sayyorada bir pakana yashab oʻtgan ekan. Bu zaminda odamlar asosan ikki xil boʻlishgan ekan: dev va pakana. Koʻrib turganingizdek, bizning qahramon ham pakana. Pakana boʻlganda ham, eng pakanasi. Xullas, bunda devlarning faqat oyogʻlari koʻrinarkan. Ular ba’zan bilibmi, bilmaymi, boʻyi pastlarning uylarini, oʻzlarini bosib ketaverishadi. Teparoqqa chiqib shu ikki a’zoning teparogʻini koʻrmoqchi boʻlganlar esa chuchvarani xom sanashibdi. Bu sayyorada birorta ham tepalik yoʻq. Qahramoniz boʻlsa oʻta qiziquvchan. U devlarning butun tanasini koʻrmoqchi. Shunday qilib, u butun umrini sarflab sakrasa bulutdan ham tepaga koʻtaruvchi oyoq kiyimlarni ixtiro qiladi. Ichiga quvonch sigʻmaydi va birinchi bor dev yaqinlashayotganida sakrab koʻradi. Devning-da tanasi pakanikiga oʻxsharkan. Bitta farq bor. Unda yelkaning tepasida hech narsa yoʻq edi. Qahramonimiz shularga shohid boʻladi-yu, barchasidan koʻngli sovib ketadi. Boshmoqlarning yana bir xususiyati bor edi. Xavfsiz yerga tushish, qoʻnish mumkin edi ular bilan. U bulutning yonidan tushayotib, oyogʻidagilarni yechib yuboradi. Chalpak boʻladi. Chalpak ham tayyor. Nonushta qilib olay. Oshqozonim katta boʻp ketibdi, oʻntasini yesam ham toʻymayapman. Qornim katta boʻlgani bilan, boʻyim oʻta past. Kecha tugʻilgan bolaning boʻyi bugun menikidan oʻsib ketgan. Shunaqa. Yana nima deyishim mumkin, xoʻsh…  Shu, goh-goh oʻylanib qolamanda, bargning shamol bilan qoʻshilib ketgisi keladi, daraxtni tark etishni istaydi. Bilib turibdi, shamol uni bir chetlarga tashlab ketadi. Lekin qolsa, bu daraxt deganlari undan voz kechadi. Terak ham bilib turibdi. Oʻsavergani bilan, osmonni teshib yuborolmaydi. Kiyimlarini har mavsum almashtirsa ham odam uni arralab tashlaydi. Lekin bari birdek davom etaveradi. Nega shunaqa ekan-a? Barg – odam. Shamol – odam. Terak – odam. Qurt – odam. Olma odam emas. Yoʻq, uyam odam. Faqat men odammasman. Uff, kimman, nimaman oʻzi? Buni qarang shuncha javrasam ham ogʻzim boʻshamaydi. Yana bir narsani sizlarga aytib bersam. Bir kimsa bor. U telefonini yoʻqotib qoʻyganidan keyin topilishini sira istamaydi. Lekin doim kimdir uyiga tashlab ketadi telefonini. Yoʻq qilishga, masalan, suvga tashlab yuborishga yoki bolgʻa bilan parcha-parcha qilib tashlashga jur’ati yetmaydi uning. Nafsi yoʻl qoʻymaydi. Shunchaki ishlatmay qoʻyishning esa umuman iloji yoʻq. Eshik taqillab qoldi. Qaraychi, hozir qaytib kelaman. Telefonimni olib kelishibdi. Taksida qolib ketgan ekan. Rahmat deb qoʻyaverdim. Nimayam derdim boshqa.


28-29.07.2024
Zoir Zokirov
03/27/2025, 11:24
t.me/zoirzokirov/1333
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
10
Halima Ahmedova oʻta kuchli shoira, hozir, shoiralar ichra menga eng koʻp yoqqani u.
03/26/2025, 18:50
t.me/zoirzokirov/1332
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
9
Xoʻrsinaman boʻsh qolganimda,
Esga tushar xatolar oʻxshash.
Oʻzim yozgan yot satrlarni
Quchogʻiga oladi otash.

Xoʻrsinaman, alanga o‘tar
Oʻydan oʻyga, kelmas oʻchirgim.
Yuvilmagan qoʻllarim otar
Oʻyning choʻgʻin kunlarga chirkin.

She’r yozmay oʻl, qargʻaydi qogʻoz,
Qarashadi soʻzlar oʻqrayib.
Oʻchirmoqchi boʻladi oʻtni,
Men kulaman, vijdonim mayib.


17.03.2025
Zoir Zokirov
03/26/2025, 18:32
t.me/zoirzokirov/1331
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
10
Nimadir yozasan, keyin uncha yoqmay qoladi, oʻchirib tashlashga bormaydi qoʻling.
03/26/2025, 18:03
t.me/zoirzokirov/1330
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
12
Shu kunlarda yana bir hikoyamni e’lon qivoraman.
03/26/2025, 12:44
t.me/zoirzokirov/1329
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
12
03/26/2025, 12:33
t.me/zoirzokirov/1328
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
13
Miyada bir hikoya pishyapti, endi uni qunt qilib yozish qoldi.
03/25/2025, 21:39
t.me/zoirzokirov/1327
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
13
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
13
03/25/2025, 10:41
t.me/zoirzokirov/1324
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
17
"Behuzurlik" - Sartr. Boshlavordim.
03/23/2025, 16:45
t.me/zoirzokirov/1323
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
17
Xuan Rulfo ovozlar yozuvchisi.
03/23/2025, 16:33
t.me/zoirzokirov/1322
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
22
"Pedro Paramo" - zoʻr asar!
03/22/2025, 19:42
t.me/zoirzokirov/1321
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
23
Yigʻlamayman, yigʻlaydi osmon,
Dilimdagi quriydi koʻchat.
Yeb yuborar odamlarni uy,
Qadamlarsiz yayraydi koʻcha.
Derazadan sakrolmaydi gul.
Yopiq holda mudraydi eshik.
Mushuk deydi, hech boʻlmaganda,
Sen yomgʻirning ovozin eshit.
Eshitmayman, quloqlarimga
Tiqvolaman oʻlik paxtani.
Koʻchadagi daraxt gulimga,
Yuvingancha, qoʻyar maqtanib.
Maqtanmay oʻl, sindirsin shamol.
Hasad, gʻazab ketar qoʻshilib.
Derzamga urilaverar,
Sinmaydi u, yomgʻir qoʻshini.
Goʻr toʻladi koʻkning yoshiga.
Temir oʻylar ketadi zanglab.
Yigʻlar osmon. Eshik qoshida
Ayol quchar oʻlik farzandin.
Men gulimi uzib tashlayman 
Va solaman boshni tuvakka.
Hech narsani, yigʻlayversin koʻk,
Olmagayman yaqin yurakka.
 

17.03.2025
Zoir Zokirov
03/22/2025, 15:31
t.me/zoirzokirov/1320
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
20
Bir narsani eplamay, kishi boʻlib qolibman, eh.
03/21/2025, 19:16
t.me/zoirzokirov/1319
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
19
Betlaring qonab, ko'karib, kayf qilib (oqibatini o'ylamay) urishsang, yashasang.
03/21/2025, 19:08
t.me/zoirzokirov/1318
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
21
Har narsa nisbiymi
Va savollardan iboratmi dun?
O’tadimi maqsadsiz har kun?
Ichimdagi men, talab qilasan mendan
Nedir qilishimni insoniyat uchun.
Kulgili talab,
Mening o’zimga-da tegmaydi nafim,
Ishonch deganlarin etganman dafn.
Aldama, deysan, 
Nega unda ketmadik hanuz?
Nega simiramiz havoni?
Nega unda tortgancha ma’yus,
Tikanlarga sanchdik tovonni?
Chunki, deymiz, sekin, pichirlab, 
Bu dunyoning bordir davomi…


15.03.2025
Zoir Zokirov
03/21/2025, 15:48
t.me/zoirzokirov/1317
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
20
03/20/2025, 20:15
t.me/zoirzokirov/1316
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
21
Yosa Buson:
(1716 - 1784)

*  *  *
Bahor dengizi
kuni boʻyi chayqalar
ortga, oldinga.

*  *  *
Oy sholizordan
boqib turgan baqani
tinglaydi hatto.

*  *  *
Bir shamni yoqmoq,
bahorning kechasida,
oʻzgasi bilan.


Zoir Zokirov tarjimasi

#xokku
03/20/2025, 19:29
t.me/zoirzokirov/1315
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
18
1
Achinaman barcha narsaga.
Uzgim kelar yaproqni koʻrsam,
Toʻkiladi baribir deya.
Lekin yashab yuribman hanuz,
Hiyonat qilgancha fikrlarimga.

2
Qonimning ta’mini yoqtirib qoldim.
Ichdim, ichaverdim.
Va ulashgim keldi, ulashdim,
Icha olmadi.
Piyolada tutgan qonimni
U daraxtga yubordi toʻkib.

3
Jasadimni teshar tomirlar.


10.03.2025
Zoir Zokirov
03/20/2025, 15:45
t.me/zoirzokirov/1314
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
21
Charlz Bukovski


Hamma Bilan Yolg’iz

et suyakni qoplaydi
va ular unga gohida idrokni,
gohida qalbni joylashadi.
ayollar devorga 
vazalarni uloqtirishadi,
erkaklar tinimsiz ichadi
va hech kim uni topolmasa-da
to’shaklarga emaklab kirishib,
emaklab chiqishib 
qidirshni davom ettirishadi.
et suyakni qoplaydi
va et bilan suyak etdan ko’ra
kattaroq narsani izlashadi.

imkon yo’q:
barchamiz bitta taqdir tomonidan 
tuzoqqa tushirilganmiz.

hech kim uni hech qachon topolmaydi.

chiqindixonalar to’ladi,
qayta ishlash korxonalari to’ladi,
jinnixonalar to’ladi,
kasalxonalar to’ladi,
qabristonlar to’ladi.

hech narsa to’ladi.


Zoir Zokirov tarjimasi

#Bukovski
03/20/2025, 08:15
t.me/zoirzokirov/1313
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
16
Shilliqurtdan jirkanchroq odam,
Jirkanardi bu sayyoradan.
Koʻzlarini qoʻyib tokchaga
Voz kechgandi doʻst-u yoridan.
Yoqtirmasdi gullarning hidin,
Asabiga tegardi bahor.
U barchani qoʻyga chiqarib,
Yasagandi oʻzidan daho.
Chiqmas edi daho uyidan,
Yuborgandi og‘zini tikib. 
Tugatolmas yoshini hanuz
Tokchadagi koʻzlari toʻkib.
Choʻkib ketdi, oʻlib ketdi u,
Dunni tutdi hidi oʻlikning.
Bahor
Va murdada, dilning oʻrnida
Koʻchatlari chiqdi oʻrikning.
Aylanishdi ulkan daraxtga
Uch kun o‘tmay ularning bari.
Tutdi soʻngra butun dunyoni
Oʻrik gullarining ifori.


02.03.2025
 Zoir Zokirov
03/19/2025, 15:24
t.me/zoirzokirov/1312
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
15
Matsuo Basyo:
(1644 - 1694)

*  *  *
Kel va oʻzing koʻr
bu azobli dunyoning
asl gullarini.

*  *  *
Qorning yogʻishin
koʻmilgunimizgacha
kuzatamiz, yur.

*  *  *
Kuzakda hatto
qushlar-da, bulutlar-da
koʻrinar qari.


Zoir Zokirov tarjimasi

#xokku
03/18/2025, 22:04
t.me/zoirzokirov/1311
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
16
Tun ichra tong boʻlmoqchi edim,
Qorongʻuroq boʻldim tundan ham.
Yulduzlarning barchasin yedim,
U shamlarni yoqolmagan dam.

Basharasin yorvordim oyning,
Yordam bermas endi quyoshga.
Va toshbaqa ichgancha choyin,
Magʻlub boʻldi choʻloq quyonga.

Tong keladi, kelmasin! Koʻzlar
Zimistonga qoldi oʻrganib.
Yuragimni qopladi muzlar,
Suzolmaydi endi oʻrdagi.

24.02.2025
Zoir Zokirov
03/18/2025, 18:02
t.me/zoirzokirov/1310
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
23
03/17/2025, 21:25
t.me/zoirzokirov/1309
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
22
03/17/2025, 21:25
t.me/zoirzokirov/1308
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
24
Veyn Kamuali Vestleyk
Gavayalik shoir
(1947 - 1984)


*   *   *
men va mushuk
qushga tikilib
oʻylayapmiz har xil narsani

*   *   *
“bu oson, bu oson!”
-  dedi qurbaqa
keyin esa choʻkdi sukunat

*   *   *
iltimos, iltimos!
oʻz holiga qoʻying
barglarni

*   *   *
titkilayman choʻntaklarimni
nima uchun
oʻzim bilmayman…

*   *   *
“mana bu yongʻoqlarga qara”, 
— dedi daraxtning uchida
turgan olmaxon

*   *   *
hayratdaman!
olcha gullariga tikilib
bosib oldim itning axlatin

*   *   *
uyalishing kerak 
yigirma besh yil
hanuz ma’rifatsizlik

*   *   *
har tun
yotaman
va burgalar qilar tanovul…


Zoir Zokirov tarjimasi

#xokku
03/17/2025, 21:12
t.me/zoirzokirov/1307
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
20
Erkaklar faqat kayfda yashaydi, deb oʻylaydigan ayollarga tushunmay oʻtib ketsam kerak, ba’zi ayollar bor, ishonishadi-ki, ayol boʻlib tugʻilganlariga erkaklar aybdor. Sal oʻylab gapirish kerak-da endi.
03/17/2025, 19:56
t.me/zoirzokirov/1306
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
22
Eshik, eshit, gapimni boʻlma,
Tashqariga ochilmagin hech.
Qurtman, yetar birgina olma,
Devor, oʻldir, boʻlmasidan kech. 

Ey, kiyimlar, mendan yechiling!
Yopolmaysiz xunukligimni.
Kitoblarim, meni kechiring,
Men unutdim tirikligimni.

Koʻrsatmagin, koʻzgu, aksimni.
Sen xonamni yoritma, chiroq.
Pichoq, soʻyib tashla koʻksimni,
Deya yashar hanuz bir qoʻrqoq.


25.02.2025
Zoir Zokirov
03/17/2025, 19:25
t.me/zoirzokirov/1305
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
97
Charlz Bukovski


Jeynning tuflisi

javondagi oyoq kiyimlarim 
unutilgan liliyalarga oʻxshaydi,
ular hozir xuddi oʻlik koʻchalarda 
kezayotgan itlardek yolgʻiz,
va men kasalxonada 
yotgan ayoldan maktub oldim,
sevgi, deydi u, sevgi, 
men boʻlsam xatiga 
yozmayman javob,
oʻzimni tushunmayman,
u menga kasalxonada 
olingan rasmlarini joʻnatadi
va eslayman boshqa 
tunlardagi uni, oʻlmayotgan,
xanjardek poshnasi bilan 
poyabzalimning yonida 
turardi uning tuflisi;
qanchalar chuv tushirdi bizni 
oʻsha kuchli tunlar,
va qanday jim boʻlishdi, 
nihoyat, ular,
javondagi oyoq kiyimlarim 
hozir yolgʻiz, ustini paltolar, 
tartibsiz koʻylaklar bosib yotibdi
va qarayman eshik qoldirib 
ketgan teshikka, devorlarga,
yozmayman javob. 


Zoir Zokirov tarjimasi

#Bukovski
03/17/2025, 17:24
t.me/zoirzokirov/1304
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
24
Kimdir yasar kimnidir mendan,
Men koʻraman oʻzda oʻzgani.
Qalam mendan qoladi ranjib
Va dushmanlik qilar yozganim.

Yirtilar va tikilar ogʻzim,
Titkilaydi qalbimni sichqon.
Bu sichqoncha hammadan ozgʻin,
Tagʻin mayni ichgani-ichgan.

Qon qusaman. Gullaydi gullar
Va ularning yigʻlar tomiri.
Miyam bezib ketadi kuldan.
Qogʻozlarni qoʻydim kemirib.

Mendan battar tushunarsizroq
Menga yovlik qilgan yozuvlar.
Men sichqonni jumlalar bilan
Qamab qoʻygan oʻsha yovuzman.

28.02.2025
Zoir Zokirov
03/16/2025, 20:37
t.me/zoirzokirov/1303
ZO
Zoir Zokirov
34 subscribers
28
Dorbozlar yiqilib tushar ustimga,
Soʻng koʻksimdan uchib ketadi qushlar.
Va ular urilib ketar ustunga,
Sen yigʻlaysan ustunni ushlab.
  
Dorbozlar tushadi ustimga pardek,
Ularni solaman yostiqqa toʻlmas.
Bagʻrim boʻsh inlarga tuyilar tordek,
Lek ular qushlarni kutishdan toʻymas.

Inlarni yulolmay hanuz koʻksimdan,
Sudrayman yostiqni boʻshliq tomonga.
Dorbozlar tugaydi, yigʻlaysan oʻksib,
Boqqancha koʻkdagi ipsiz kamonga.

Seni koʻtargancha uchishar edi,
Deding, tirilsaydi barcha qushlaring.
Baribir ipim yoʻq, demoqchiydim-u,
Tirjayib tilimni takror tishladim.


27.02.2025
Zoir Zokirov
03/15/2025, 15:57
t.me/zoirzokirov/1302
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria