Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
MA
Madaniy meros agentligi
https://t.me/madaniy_meros_uz
Channel age
Created
Language
Uzbek
2.01%
ER (week)
13.7%
ERR (week)

O'zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi

🌐 https://gov.uz/oz/madaniymeros

☎️ +998712000118

📥 info@madaniymeros.uz

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 376 results
1
99
#INFOGRAFIKA

💸 Yuqoridagi infografika orqali respublikamizda madaniy meros obyektlarini raqamlashtirish borasidagi ishlar bilan tanishishingiz mumkin. Shuningdek, Madaniy meros agentligi tomonidan bugungi kunga kelib:
⚡️ madaniy meros obyektlarining 360° virtual tasvirlari tayyorlanmoqda;
⚡️ 3D modellashtirish va raqamli arxivlar yaratilmoqda;
⚡️ yodgorliklarning GPS koordinatalari va texnik tavsiflari bazasi shakllantirilmoqda.

🌐 Endi “Ichan qal’a”, Registon maydoni, Buxorodagi Ark, Sitorai Moxi-Xosa saroyi kabi tarixiy joylar bo‘ylab masofadan turib virtual sayohat qilish mumkin!

📱 Shu bilan birga, https://t.me/madaniy_meros_obyektlari_bot Telegram boti ham ishlab chiqilgan. U sun’iy idrok asosida faoliyat ko‘rsatadi va foydalanuvchilarga jonli tarzda asosiy diqqatga sazovor joylarga oid savollarga javob qaytaradi.

TelegramFacebook 🌐Instagram 📹YouTube
🌐Veb-sayt
04/21/2025, 15:41
t.me/madaniy_meros_uz/7844
6
32
708
Aziz yurtdoshlar!

Bugun, 18-aprel – Xalqaro yodgorliklar va tarixiy joylarni asrash kuni. Bu sana o‘tmishimizni eslash, ildizlarimizga mehr bilan boqish, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosga hurmat bajo keltirish kunidir.

O‘zbekiston hududida qad ko‘targan har bir obida bu bizning milliy g‘ururimiz, o‘zligimizning aksidir. Samarqandning Registon ansambili, Buxoroning Ark qal’asi, Xivaning “Ichan qal’asi”, Termiz, Shahrisabz, Toshkentdagi tarixiy yodgorliklar bularning barchasi bizga tarixiy buyuklik va madaniy yetuklik haqida so‘zlaydi.

Bugun biz tarixni asrash orqali kelajakni qurmoqdamiz. Har bir g‘isht, har bir naqsh, har bir sag‘ana – bu ajdodlarimizning donishmadligi va e’tiqodini mujassam etgan hayot sabog‘idir.

Madaniy merosni nafaqat asrash, balki kelajak avlodlar uchun ham betalofat va bus-butun yetkazaylik! Yosh avlod qalbiga tarixga mehr, Vatanga sadoqat tuyg‘usini singdiraylik.

Bayram barchamizga muborak bo‘lsin!

Madaniyatimiz, tariximiz, milliy o‘zligimiz abadiy bo‘lsin!

TelegramFacebook 🌐Instagram 📹YouTube
🌐Veb-sayt
04/18/2025, 10:25
t.me/madaniy_meros_uz/7843
Repost
2
1
249
Abilxon Qasteyev nomidagi Qozog‘iston Respublikasi Davlat san’at muzeyida “O‘rol Tansiqboyev: ijod saylanmasiga nazar” nomli katta ko‘rgazma o‘z ishini davom ettirmoqda.

Namoyishga qo‘yilgan diqqatga molik ashyolar bilan bir qatorda mo‘yqalam ustasining dastlabki va noma’lum bo‘yoqsiz rasmlari ham taqdim etilgan. 1930-yillarning boshlarida SSSR bo‘ylab avangard yo‘nalishi qonundan tashqarida deb e’lon qilingach, rasmiy san’atshunoslar uning asarlarini shakllardangina iborat ishlar turkumiga tenglashtirishni boshlaydilar. Biroq Tansiqboyev avangard yo‘nalishida dadil ijod qilishda davom etadi – uning taqdim etilgan asarlaridagi dastxati ishonchli va aniq, manzarali mavzulari esa modernizm oqimining kubizm uslubida gavdalantirilgan.

“O‘rol Tansiqboyev: ijod saylanmasiga nazar” ko‘rgazmasi 2025-yil 1-iyunga qadar san’at ixlosmandlariga muntazir.
04/17/2025, 08:31
t.me/madaniy_meros_uz/7842
Repost
1
Abilxon Qasteyev nomidagi Qozog‘iston Respublikasi Davlat san’at muzeyida “O‘rol Tansiqboyev: ijod saylanmasiga nazar” nomli katta ko‘rgazma o‘z ishini davom ettirmoqda.

Namoyishga qoyilgan diqqatga molik ashyolar bilan bir qatorda mo‘yqalam ustasining dastlabki va noma’lum bo‘yoqsiz rasmlari ham taqdim etilgan. 1930-yillarning boshlarida SSSR bo‘ylab avangard yo‘nalishi qonundan tashqarida deb e’lon qilingach, rasmiy san’atshunoslar uning asarlarini shakllardangina iborat ishlar turkumiga tenglashtirishni boshlaydilar. Biroq Tansiqboyev avangard yo‘nalishida dadil ijod qilishda davom etadi – uning taqdim etilgan asarlaridagi dastxati ishonchli va aniq, manzarali mavzulari esa modernizm oqimining kubizm uslubida gavdalantirilgan.

“O‘rol Tansiqboyev: ijod saylanmasiga nazar” ko‘rgazmasi 2025-yil 1-iyunga qadar san’at ixlosmandlariga muntazir.
04/17/2025, 08:12
t.me/madaniy_meros_uz/7841
5
43
673
Markaziy Osiyodagi yagona shokolad muzeyi Toshkentda ishga tushmoqda!

Totli shirinliklar shinavandalari uchun ajoyib xushxabar!
2025-yil 17-apreldan boshlab Toshkentdagi “Anhor-Lokomotiv” istirohat bog‘ida Markaziy Osiyodagi yagona shokolad muzeyi o‘z faoliyatini boshlaydi!

Bu yerda sizlarni:

- shokoladdan yasalgan O‘zbekiston hamda dunyo madaniy yodgorliklari;

- shokoladlar olamiga sayohat: uning tarixi, yaratilish jarayoni va o‘zgacha ta’mning sir-asrorlari;

- maxsus shokolad tayyorlash ustaxonasi;

- esdalik uchun betakror foto hududlar;

- mo‘jazgina va jozibador kakao bog‘chasi kutmoqda.

Ish vaqti: har kuni soat 10:00 — 23:00
Manzil: “Anhor-Lokomotiv” istirohat bog‘i, Toshkent

Siz, shokolad sehrini his etishga tayyormisiz?

TelegramFacebook 🌐Instagram 📹YouTube
🌐Veb-sayt
04/16/2025, 11:25
t.me/madaniy_meros_uz/7839
43
686
04/16/2025, 11:25
t.me/madaniy_meros_uz/7840
1
3
415
Ilmiy-ekspert kengashi “Hazrati Imom” (Hastimom) majmuasi va boshqa obyektlarga oid restavratsiya loyihalarini ma’qulladi

2025-yil 9-aprel kuni Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda “Hazrati Imom” (Hastimom) majmuasiga kiruvchi bir qator tarixiy obyektlarga oid ta’mirlash-tiklash loyihalari ko‘rib chiqildi.

Jumladan, Zarqaynar koʻchasida joylashgan “Abu Bakr Kaffol Shoshiy” maqbarasi, “Baroqxon” va “Mo‘yi Muborak” madrasalari, “Namozgoh” va “Tillashayx” masjidlari bo‘yicha taqdim etilgan restavratsiya loyihalari Kengash a’zolari tomonidan puxta ko‘rib chiqilib, bir ovozdan ma’qullandi.

🔎 Batafsil

TelegramFacebook 🌐Instagram 📹YouTube
🌐Veb-sayt
04/15/2025, 10:59
t.me/madaniy_meros_uz/7838
5
437
#rasmiy_munosabat

Ommaviy axborot vositalarining birida Navoiy viloyati Karmana tumanidagi “Mirzachorbog‘” tarixiy yodgorligi ta’mirtalab holatga kelgani haqida lavha e’lon qilingan. Mazkur holat yuzasidan Madaniy meros agentligining Navoiy viloyat boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

2023-yil 31-maydagi 102-sonli hukumat bayoniga muvofiq, ushbu yodgorlikni ta’mirlash va tiklash ishlari uchun mablag‘ ajratilishi belgilangan. Shundan so‘ng obyekt 2023-yilgi restavratsiya dasturiga kiritilgan. “Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti” davlat muassasasi tomonidan 4,2 mlrd. so‘mlik loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, 2023-yil aprel oyida Agentlik huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashida tasdiqlangan.

🔎 Batafsil

TelegramFacebook 🌐Instagram 📹YouTube
🌐Veb-sayt
04/15/2025, 07:51
t.me/madaniy_meros_uz/7837
2
8
459
Diqqat e’lon!

“Ichan-qal’a” yana bir xalqaro festivalga mezbonlik qiladi

Joriy yilning 26−28-aprel kunlari Xiva shahrining yuragi bo‘lgan “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasida IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivali bo‘lib o‘tadi.

Festival doirasida ilmiy-amaliy konferensiya, matbuot anjumanlari hamda turli tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. To‘rtinchi marotaba tashkil etilayotgan ushbu festivalga dunyoning turli nuqtalaridan san’at ixlosmandlarining tashrifi ko‘zda tutilgan.

TelegramFacebook 🌐Instagram 📹YouTube
🌐Veb-sayt
04/15/2025, 06:59
t.me/madaniy_meros_uz/7836
3
3
413
Ilmiy-ekspert kengashining sayyor yig‘ilishlari 3 ta shaharda bo‘lib o‘tadi

Joriy yil 15−18-aprel kunlari Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashining navbatdagi yig‘ilishlari Buxoro, Navoiy va Xiva shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Ushbu majlisda Kengash a’zolari tomonidan 100 ga yaqin qator dolzarb loyihalar ko‘rib chiqiladi.

Ilmiy-ekspert kengashi a’zolari tomonidan muhokama qilinadigan loyihalar haqidagi batafsil ma’lumotlar bilan Madaniy meros agentligining rasmiy saytida tanishib chiqish mumkin.

🔎 Batafsil

TelegramFacebook 🌐Instagram 📹YouTube
🌐Veb-sayt
04/14/2025, 16:59
t.me/madaniy_meros_uz/7835
2
3
443
#rasmiy_munosabat

Davriy nashrlardan birida “Yog‘ochli Sardobaning istiqboli qanday bo‘ladi?” sarlavhasi ostida maqola chop etildi. Unda Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida joylashgan “Sardoba (og‘ochli)” tarixiy maskanni obod qilish uchun bir necha bor loyihalar taqdimoti o‘tkazilgan bo‘lsa-da, amalda o‘zgarishlar bo‘lmayotgani bayon etilgan. Maqola yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Tegishli hujjatga asosan “Sardoba (og‘ochli)” madaniy-meros yodgorligi tevarak-atrofidagi infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va uni o‘rnatilgan tartibda Madaniy meros agentligi bilan kelishish belgilangan.

🔎 Batafsil

TelegramFacebook 🌐Instagram 📹YouTube
🌐Veb-sayt
04/14/2025, 10:34
t.me/madaniy_meros_uz/7834
2
3
400
#OAV_biz_haqimizda

Afisha.uz nashri

131 yillik xotira: Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga sayohat

Afisha.uz tahririyati o‘zbek romanchilik maktabining asoschisi Abdulla Qodiriy tavallud sanasi munosabati bilan adibning Toshkent shahridagi uy-muzeyidan ta’sirli fotoreportaj tayyorladi.

Fototasvirlarda yozuvchining ijodiy yo‘li mobaynida foydalangan shaxsiy buyumlari, qo‘lyozmalari, tarixiy davr manzaralari hamda muzey muhitidan lavhalar aks ettirilgan. Tayyorlangan fotoreportajning to‘liq shaklini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

🔎 Batafsil

TelegramFacebook 🌐Instagram 📹YouTube
🌐Veb-sayt
04/14/2025, 09:19
t.me/madaniy_meros_uz/7833
Repost
1
343
04/14/2025, 09:02
t.me/madaniy_meros_uz/7832
Repost
2
1
329
13-aprel kuni Osaka shahridagi Expo-2025 ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy pavilionining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi. Marosim tantanali ravishda tasmani kesish bilan boshlandi. Unda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova, Osaka shahri meri Yokoyama Hideyuki, O‘zbekistonning Yaponiyadagi Elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov, loyiha me’mori Shirin Bryukner ishtirok etdilar.

Marosimdan so‘ng faxriy mehmonlar – Osaka va Nara shaharlari merlari Yokoyama Hideyuki va Nakagava Genlar uchun pavilion bo‘ylab sayr uyushtirildi. Mehmonlarga Shirin Bryukner va livanlik dizayner Nada Debs hamrohlik qildilar. Tashrif ishtirokchilari O‘zbekistonning madaniy merosi, barqaror rivojlanishi va innovatsion kelajagini aks ettiruvchi me’moriy gʻoya va ekspozitsiya bilan tanishdilar.
04/14/2025, 09:02
t.me/madaniy_meros_uz/7831
Repost
1
4
342
Osaka shahridagi “Expo-2025” ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston pavilioni madaniyat, texnologiyalar va barqaror rivojlanish masalalari bir hikoya atrofida birlashgan makondir.

Me’morchilik Xiva shahridagi Juma masjididan ilhom olgan. Loyiha “Atelier Brückner” studiyasi tomonidan ishlab chiqilib, “German Design Award”ning oltin mukofoti bilan taqdirlangan.

Pavilion mavzusi – “Bilimlar bog‘i”. Yapon “sugi” qarag‘ayi va o‘zbek sopoli kabi ekologik ashyolar tabiat va mahalliy an’analarga bo‘lgan hurmat-e’zozni ta’kidlaydi.

360 darajali media qurilma tomoshabinlarni Yangi O‘zbekistonga eltib, ta’lim, yashil energiya va zamonaviy texnologiyalar mavzularini ochib beradi.

Sizlarni kutib qolamiz!
04/12/2025, 09:51
t.me/madaniy_meros_uz/7830
Repost
1
3
304
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova Gangodji ibodatxonasi madaniy merosini o‘rganish institutiga tashrif buyurib, u yerda restavratsiya markazi vakillari va ilmiy xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tashrif davomida Nara milliy muzeyida 2027-yilga rejalashtirilgan qo‘shma arxeologik ko‘rgazmani tayyorlash bosqichlari hamda yaponiyalik mutaxassislar tomonidan Surxondaryo hududida, xususan, Termiz shahrida olib borilgan restavratsiya loyihalari va tadqiqotlari bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Alohida eʼtibor IV asrga oid osori atiqa – ikki yil oldin Naradan topilgan va hozirda Institutda restavratsiya qilinayotgan ʻʻIlon qilichiʼʼ deb ataladigan osori atiqaga qaratildi. Qilich mintaqalarning tarixiy aloqalari va madaniy o‘zaro ta’sirini aks ettiruvchi bo‘lajak ko‘rgazmaning asosiy eksponatlaridan biri sifatida koʻrib chiqilmoqda.
04/11/2025, 17:43
t.me/madaniy_meros_uz/7826
Repost
2
331
04/11/2025, 17:43
t.me/madaniy_meros_uz/7827
Repost
2
335
04/11/2025, 17:43
t.me/madaniy_meros_uz/7829
Repost
2
335
04/11/2025, 17:43
t.me/madaniy_meros_uz/7828
Repost
2
325
04/11/2025, 15:26
t.me/madaniy_meros_uz/7823
Repost
2
325
04/11/2025, 15:26
t.me/madaniy_meros_uz/7822
Repost
2
345
04/11/2025, 15:26
t.me/madaniy_meros_uz/7824
Repost
2
2
315
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerovaning Nara shahri meri janob Gen Nakagava va Todaydji buddaviylik ibodatxonasi yetakchisi, muhtaram Betto Hashimura Kouey bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida madaniy hamkorlikni chuqurlashtirish, shu jumladan, bo‘lajak ko‘rgazma loyihalarini amalga oshirish, muzeylar almashinuvini rivojlantirish, ikki mamlakat madaniyat muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. 2027-yilda Nara Milliy muzeyida keng ko‘lamli arxeologiya ko‘rgazmasini tashkil etish rejalari alohida muhokama etildi.

Uchrashuvning rasmiy qismidan so‘ng Yaponiyaning eng diqqatga molik ma’naviy markazlaridan biri – YUNESKO Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Todaydzi buddaviylik ibodatxonasiga sayr uyushtirildi.
04/11/2025, 15:26
t.me/madaniy_meros_uz/7821
Repost
2
344
04/11/2025, 15:26
t.me/madaniy_meros_uz/7825
5
8
543
#bir_eksponat_tarixi

Temuriylar davriga oid oltin tanga

Tarix sahifalari orasida ayrim eksponatlar borki, ular nafaqat sanalarni, balki butun bir davrning siyosiy qudrati, iqtisodiy kuchi va madaniy tafakkurini o‘zida jamlagan bo‘ladi. Shunday noyob yodgorliklardan biri Temuriylar davriga oid oltin tangalardir.

Bu tanga hijriy 781, milodiy 1379–1380-yillarda Xorazmda zarb etilgan. Unda o‘sha davrning ikki yirik tarixiy shaxsining ismlari – Sohibqiron Amir Temur (1369–1405) va Chig‘atoy xonlaridan biri Sulton Suyurtg‘amish (1370–1380) nomlari muhrlangan. Ushbu tanga Temuriylar sulolasining oltindan tayyorlangan kam sonli pul birliklaridan biri bo‘lgan.

🔎 Batafsil

TelegramFacebook 🌐Instagram 📹YouTube
🌐Veb-sayt
04/11/2025, 14:13
t.me/madaniy_meros_uz/7819
8
440
04/11/2025, 14:13
t.me/madaniy_meros_uz/7820
Repost
1
366
I.V.Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyida “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” nomli keng ko‘lamli ko‘rgazma loyihasi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Rassom Yelena Korovay noma’qul fosh etuvchi mazmunni nozik did va ziyraklik bilan shama ma’nosiga ega jozibali narsalarga aylantira olar edi. O‘tgan asrning 1920-yillarida Buxoroning eski gettosidagi yahudiylarga topshirilgan befayz hunarmandchilik yumushlari (gazlama bo‘yoqchilari va tikuvchilar) tasvirlangan ikkita asarda ko‘kish ranglar nosog‘lom joylarni to‘ldiradi. “Bo‘yoqchilar” (1932)da salomatlik uchun eng xavfli kasblardan biri tamsil etilgan, ko‘k rang zaharli tus olib, salbiy ramziy ma’no kasb etadi. “Buxoro bandargohlari” (1932) asarida bosh qahramonlar quyoshli shahar shu’lasi tushmaydigan qorong‘i burchakka surib qo‘yilgan.

“O‘zbekiston: sahrodagi avangard” ko‘rgazmasi I.V.Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyida 2025-yil 1-iyungacha davom etadi.

🖼 Yelena Korovay, “Bo‘yoqchilar”, “Buxoro tikuvchilari”, 1932
04/10/2025, 15:56
t.me/madaniy_meros_uz/7818
Repost
3
328
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ҳудудларнинг туризм салоҳиятини янада ошириш ҳамда хорижий ҳамкорлар билан амалга оширилаётган инвестиция лойиҳаларини жадаллаштириш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада

Facebook|Instagram|X
04/10/2025, 10:18
t.me/madaniy_meros_uz/7816
Repost
3
326
04/10/2025, 10:18
t.me/madaniy_meros_uz/7817
Repost
1
8
303
Буюк ипак йўлининг Зарафшон-Қорақум коридори ЮНЕСКОнинг Бутунжаҳон мероси рўйхатига киритилганига бир йилдан ошди. Бу ерда 31 та маданий мерос объекти бор: Ўзбекистонда 15 та, Тожикистонда 9 та, Туркманистонда 7 та.

Лекин соҳа мутасаддиларида ҳам, ҳокимларда ҳам 3 та давлатдан ўтган бу тарихий йўналиш салоҳиятидан фойдаланиш бўйича бирорта таклиф йўқ. Масъулларга бу йўналишда янги туризм маршрутини ишлаб чиқиб, кенг тарғиб қилиш топширилди.

"Туризмда олий таълимни 4 йилдан 3 йилга камайтириб, дуал тизимга ўтказдик. Нима учун? Ёшлар кўпроқ амалий билим олиб, тажриба орттириши керак",
- деди Президент.

Масалан, Тошкентдаги Сингапур менежмент институти олийгоҳ ҳудудида 10 қаватли меҳмонхона туризм кластери ташкил қилмоқда. Йилига 200 нафар талаба, 300 нафар ўқитувчи меҳмонхона бошқаруви, маркетинг каби йўналишда амалиёт ўташ ва малака ошириш имконига эга бўлади.

Дуал таълим бўйича ҳудудларда ҳам яхши тажрибаларни кўпайтириш, жорий йилда 500 нафар талабани туризм бўйича амалиёт ўташ ва ишлашга юбориш муҳимлиги таъкидланди.

Facebook|Instagram|X
04/09/2025, 20:09
t.me/madaniy_meros_uz/7815
Repost
11
249
Тўрт йилда маданий мерос объектларини реставрация ва консервация қилишга бюджетдан 385 миллиард сўм берилди. Шунга қарамасдан, ҳозирда яна 485 та объект таъмирталаб аҳволда.

"Фақат бюджетга қараб қолмасдан, бу ишларга хусусий секторни кенг жалб қилса бўлади-ку!",
- деди Президент.

Ижарага бериш мумкин бўлган 2 мингта маданий мерос объектидан атиги 325 таси тадбиркорларга берилгани танқид қилинди. Мутасаддиларга шу йилнинг ўзида 400 та объектни тадбиркорларга ижарага бериш топширилди.

Туризм объектларига кунига минглаб одам киргани билан, тушумлар рақамлашмагани учун тизим шаффоф эмаслиги қайд этилди. Ваҳоланки, очиқ тизим қилиб, тушумни ўзидан таъмирлаш ишларини бажариш мумкин. Шу муносабат билан барча объектларда кириб-чиқишни автоматик ҳисобга оладиган мослама ўрнатиш зарурлиги таъкидланди.

Республиканинг барча тарихий обидаларига кириш имконини берадиган “ягона туристик карта” жорий қилиниши белгиланди.

Бу йил маданий мерос объектлари реставрациясига камида 4 миллион доллар грант жалб қилинади.

Facebook|Instagram|X
04/09/2025, 20:09
t.me/madaniy_meros_uz/7814
Repost
1
6
249
Дунё мегаполисларида "Ўзбекистон инвесторлари куни" ташкил этилади.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
04/09/2025, 20:04
t.me/madaniy_meros_uz/7813
Repost
9
226
Президент: "Бой тарихий-маданий меросимиз, гўзал ва бетакрор табиатимиз сайёҳларни 2-3 карра оширишга етади".

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
04/09/2025, 20:04
t.me/madaniy_meros_uz/7812
Repost
5
231
04/09/2025, 20:04
t.me/madaniy_meros_uz/7806
Repost
5
238
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ҳудудларнинг туризм салоҳиятини ошириш, хорижий инвестиция лойиҳаларини жадаллаштириш масалалари муҳокамаси бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам повышения туристического потенциала регионов и ускорения реализации проектов с привлечением иностранных инвестиций.

#Mirziyoyev #videoselektor #turizm #investitsiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
04/09/2025, 20:04
t.me/madaniy_meros_uz/7805
Repost
5
228
04/09/2025, 20:04
t.me/madaniy_meros_uz/7809
Repost
5
242
04/09/2025, 20:04
t.me/madaniy_meros_uz/7811
Repost
5
231
04/09/2025, 20:04
t.me/madaniy_meros_uz/7807
Repost
5
231
04/09/2025, 20:04
t.me/madaniy_meros_uz/7808
Repost
5
245
04/09/2025, 20:04
t.me/madaniy_meros_uz/7810
Repost
1
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ҳудудларнинг туризм салоҳиятини янада ошириш ҳамда хорижий ҳамкорлар билан амалга оширилаётган инвестиция лойиҳаларини жадаллаштириш юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по вопросам дальнейшего повышения туристического потенциала регионов, а также ускорения инвестиционных проектов, реализуемых с иностранными партнерами.

Facebook|Instagram|X
04/09/2025, 20:03
t.me/madaniy_meros_uz/7804
1
5
464
Ilmiy-ekspert kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yil 9-aprel kuni kuni Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. Ushbu majlisda Kengash a’zolari tomonidan qator dolzarb loyihalar ko‘rib chiqildi. 
 
Yig‘ilish kun tartibida Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan Hazrati Imom majmuasi hamda unga yondosh hududlarda olib borilayotgan ta’mirlash-tiklash loyihalari o‘rin olgan.

Ilmiy-ekspert kengashi a’zolari tomonidan muhokama qilingan loyihalar haqidagi batafsil ma’lumotlar bilan Madaniy meros agentligining rasmiy sayti orqali tanishib chiqish mumkin. 

🔎 Batafsil

TelegramFacebook 🌐Instagram 📹YouTube
🌐Veb-sayt
04/09/2025, 16:30
t.me/madaniy_meros_uz/7803
5
5
602
#yurtimiz_durdonalari

Somoniylar maqbarasi: qurilishida tuya suti va asal ishlatilgan yodgorlik

Tarix va bugun uchun buzilmas ko‘prik vazifasini bajarib kelayotgan Buxoro 2025-yilda tashrif buyurishga munosib sayohat manzillari ro‘yxatidan o‘rin oldi. YUNESKOning Umumjahon merosi obyekti sifatida eʼtirof etilgan Buxoro o‘zining boy tarixi, qadimiy obidalari va madaniy merosi, mehmondo‘st aholisi bilan dunyoga mashhur. Shaharning tarixiy markazida joylashgan Somoniylar maqbarasi ham bir necha asrlardan buyon o‘zining maftunkor tarovatini saqlab kelmoqda.

Bugun #yurtimiz_durdonalari rukni orqali sizga ushbu majmua haqida qiziqarli maʼlumotlarni taqdim etamiz.

🔎 Batafsil

TelegramFacebook 🌐Instagram 📹YouTube
🌐Veb-sayt
04/08/2025, 09:33
t.me/madaniy_meros_uz/7802
Repost
3
392
Orol madaniyat sammiti doirasida Nukus shahridagi Igor Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi 3-qavatining yangilangan ko‘rgazma zali tantanali ravishda ochildi. Italiyalik san’at arboblari Silvia Burini va Juzeppe Barbieri tomonidan ishlab chiqilgan “Igor Savitskiy olami” loyihasi muzeyda namoyishga qo‘yilgan ashyo va buyumlar salmog‘ini qayta anglashda muhim bosqichga aylandi.

Yangilangan maskan Savitskiyning Orolbo‘yi madaniy merosini asrab-avaylashga qo‘shgan bemisl hissasini takror kashf etgan holda rangtasvir, arxeologiya va amaliy bezak san’ati namunalarini o‘zida mujassam etadi.

Loyiha madaniyat sohasidagi xalqaro hamkorlikning qudratini namoyish etib, mintaqaning badiiy va tarixiy muloqot markazi sifatidagi ahamiyatiga urg‘u beradi.
04/07/2025, 21:36
t.me/madaniy_meros_uz/7801
Repost
4
343
Chilpiq tarixiy yodgorligi bag‘rida noyob, ushbu formatdagi birinchi- “The Sands of Time” konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Simfonik musiqa, Sharq she’riyati va etnik ohanglar sehrli bir oqshomda uyg‘unlashdi.

Qoraqalpog‘iston, iliq kutib olganingiz uchun rahmat,— Raxmet, Shılpıq, Qaraqalpaqstan!
04/07/2025, 21:36
t.me/madaniy_meros_uz/7800
Repost
3
340
04/07/2025, 21:36
t.me/madaniy_meros_uz/7798
Repost
3
347
04/07/2025, 21:36
t.me/madaniy_meros_uz/7797
Repost
3
339
04/07/2025, 21:36
t.me/madaniy_meros_uz/7799
Repost
4
319
Orol madaniyat sammitida “Madaniyat, me’morchilik va meros: iqlim harakatiga turtki yasovchi bosh omillar” mavzusidagi sho‘bada iqlim chaqiriqlariga yechim topishda madaniyatning rolini o‘rganish uchun O‘zbekiston va Yevropa ekspertlarini birlashtirmoqda.

Muhokamada nomoddiy madaniyat va arxeologiya murakkab ekologik sharoitlarda qanday betalafot qolishi mumkinligi hamda madaniy meros o‘zlikni anglash, barqarorlik va jamoani qanday mustahkamlashi olishi masalalariga e’tibor qaratadi.

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova madaniy merosni asrab-avaylash va targ‘ib qilish bo‘yicha umummilliy darajadagi sa’y-harakatlarga alohida to‘xtaldi. O‘zbekiston madaniy diplomatiyasining yetakchi targ‘ibotchisi sifatida u madaniy merosning ham birlashtiruvchi qudrati, ham iqlimga mos innovatsiyalarning harakatlantiruvchi kuchi sifatidagi ahamiyatini ta’kidladi.
04/07/2025, 21:36
t.me/madaniy_meros_uz/7794
Repost
3
321
04/07/2025, 21:36
t.me/madaniy_meros_uz/7795
Repost
3
339
04/07/2025, 21:36
t.me/madaniy_meros_uz/7796
1
19
655
#rasmiy_munosabat

Ommaviy axborot vositalarining birida “Samarqandda 220 ta mulk ziyorat markazi uchun tortib olinadi” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. Mazkur ma’lumotlar yuzasidan Madaniy meros agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. Holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6165-son farmoni qabul qilingan. Ushbu farmonga ko‘ra, Samarqand shahrining “Chokardiza” qabristonida joylashgan “Imom Moturidiy” yodgorlik majmuasini rekonstruksiya qilish, majmua atrofidagi buyuk ulamolarning qabrlarni qayta tiklash, hududlarni obodonlashtirish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yaxshilash orqali yirik ziyorat markazini tashkil etish rejalashtirilgan.

🔎 Batafsil

TelegramFacebook 🌐Instagram 📹YouTube
🌐Veb-sayt
04/07/2025, 15:32
t.me/madaniy_meros_uz/7793
10
644
#bilasizmi?

Madaniy meros obyektlarini davlat kadastriga kiritish tartibi qanday?

O‘zbekistonning boy madaniy merosi hukumat darajasida muhofaza qilinib, maxsus qonun-qoidalar asosida davlat kadastriga kiritiladi. Bu jarayon O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-iyuldagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 269-sonli qarori asosida amalga oshiriladi.

Bugun #bilasizmi rukni orqali madaniy meros obyektlarini davlat kadastriga kiritish bosqichlari va uning ahamiyati haqida ma’lumot beramiz.

🔎 Batafsil

TelegramFacebook 🌐Instagram 📹YouTube
🌐Veb-sayt
04/07/2025, 13:02
t.me/madaniy_meros_uz/7792
6
13
730
“Yashil makon” loyihasi doirasida Madaniy meros agentligi faol ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan respublika bo‘ylab amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida atrof-muhitni obodonlashtirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Joriy yilning 5-aprel kuni Madaniy meros agentligi markaziy apparati xodimlari ham ushbu ezgu tashabbusga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Tashkilot ishchi xodimlari tomonidan Toshkent viloyatining Piskent tumanida joylashgan “Bobog‘oziy ota” ziyoratgohi bogʻiga ming tupdan ziyod terak ko‘chatlari ekildi.

Bu kabi tadbirlar nafaqat atrof-muhitni yaxshilashga, balki madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarda ekologik muhitni sog‘lomlashtirishga ham xizmat qiladi.

TelegramFacebook 🌐Instagram 📹YouTube
🌐Veb-sayt
04/07/2025, 10:34
t.me/madaniy_meros_uz/7791
Repost
1
8
412
Chilpiq qal’a, 05.04.25.



Чилпык-кала, 05.04.25.
04/07/2025, 08:55
t.me/madaniy_meros_uz/7790
Repost
8
383
04/06/2025, 18:21
t.me/madaniy_meros_uz/7788
Repost
7
374
04/06/2025, 18:21
t.me/madaniy_meros_uz/7789
Repost
7
389
04/06/2025, 18:21
t.me/madaniy_meros_uz/7787
Repost
8
355
04/06/2025, 18:21
t.me/madaniy_meros_uz/7784
Repost
8
364
04/06/2025, 18:21
t.me/madaniy_meros_uz/7786
Repost
7
374
04/06/2025, 18:21
t.me/madaniy_meros_uz/7783
Repost
7
336
Kecha qadimiy Chilpiq qal’asida yangragan musiqa o‘tmish, bugun va kelajakni bog‘lovchi rishtaga aylandi. Qoraqalpog‘iston zaminida ilk bor ochiq osmon ostida – open air formatida – konsert tashkil etildi: pianist Kirill Rihter o‘z mahoratini Milliy simfonik orkestr jo‘rligida namoyish etdi.

Simfonik musiqa, Sharq she’riyati va xalqona ohanglar uyg‘unlashgan ushbu noodatiy tadbirni Nukus bilan jahon musiqa sahnasi o‘rtasidagi madaniy ko‘prik, deb atash mumkin.

“The Sands of Time” (“Vaqt qumlari”) konserti – Sharqning ulug‘ shoirlari Bobur, Navoiy, Umar Xayyom va Nodirabegim ijodidan ilhomlangan g‘oya mahsuli. Bu – abadiylikka daxldor va ayni paytda yangi nafas baxsh etuvchi, dunyoni maftun etishga qodir loyiha, desak mubolag‘a bo‘lmaydi!


В древней Чилпык-кале сегодня звучала музыка, соединяющая прошлое, настоящее и будущее.
Впервые в нашей истории Национальный симфонический оркестр совместно с пианистом Кириллом Рихтером выступили под открытом небом на земле Каракалпакстана.

Это уникальное событие — симбиоз симфонической музыки, восточной поэзии и этнических мотивов, культурный мост между Нукусом и мировой музыкальной сценой.

Концерт The Sands of Time — идея, вдохновлённая творчеством великих поэтов Востока — Бобура, Навои, Хайяма, Нодиры. Прикосновение к вечному и создание нового. Идея, которая восхищает мир!
04/06/2025, 18:21
t.me/madaniy_meros_uz/7782
Repost
7
368
04/06/2025, 18:21
t.me/madaniy_meros_uz/7785
Repost
5
349
Nukus, 05.04.25.



Нукус, 05.04.25.
04/06/2025, 17:44
t.me/madaniy_meros_uz/7781
Repost
3
318
04/05/2025, 18:55
t.me/madaniy_meros_uz/7779
Repost
3
319
04/05/2025, 18:55
t.me/madaniy_meros_uz/7780
Repost
4
350
Nukusda bo‘lib o‘tayotgan Orol madaniyat sammiti doirasida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi va BMT Taraqqiyot Dasturi alohida ekologik chaqiriqlarga duch kelayotgan mintaqa – Qoraqalpog‘istonda barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan O‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Bitim xalqaro tashkilotlar tajribasini mahalliy salohiyat bilan birlashtirgan holda madaniy va ekologik tashabbuslarni amalga oshirish uchun zamin yaratadi.

Mazkur memorandum Orol madaniyat sammiti doirasidagi diqqatga molik voqea bo‘lib, inklyuziv o‘sish va barqarorlik sari mushtarak intilishni o‘zida aks ettiradi.
04/05/2025, 18:55
t.me/madaniy_meros_uz/7778
Repost
1
4
288
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan birinchi Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo Iqlim forumi doirasida “Suv, yer va hayot” ko‘rgazmasini ishga tushirdi. Ushbu tashabbus Orolbo‘yi mintaqasida barqaror ekologik, ijtimoiy va madaniy evrilishlarni rag‘batlantirishga qaratilgan istiqbolli loyiha – keng miqyosli Orol madaniyat sammiti doirasidagi diqqatga molik pallani belgilaydi.

Ham tarixiy sabab va oqibatlar, ham hozirgi zamon barqarorligi zaruriyatini ta’kidlash maqsadida maxsus yaratilgan ko‘rgazmada niderlandiyalik fotosuratchi Ivan Baan foto nigohiga mansub dovrug‘li suratlar namoyishga qo‘yilgan bo‘lib, uning tasvirlarida sobiq Orol dengizining tadrijiy rivojlanib borayotgan talqinlari tarixga muhrlangan. Baanning fotosuratlarida insonlarning o‘zgaruvchan ona tabiat manzaralariga nisbatan munosabatiga oid teran mulohazalari mujdasi yo‘llangan, ya’ni ularda Mo‘ynoqning zanglab ketgan kemalar qabristonidan tortib to Sudochye botqoqliklarida palak yozib yashnayotgan biologik xilma-xillikkacha bo‘lgan lahzalar tasmaga tushirilgan.

Baan gavdalantirgan o‘yga toldiruvchi tasvirlar bilan bir qatorda ko‘rgazmada Orolbo‘yi mintaqasidan keltirilgan moddiy ashyo va buyumlar, jumladan, saksovul butasi urug‘lari, an’anaviy qoraqalpoq gilamlari, vidolashgan dengiz tubidan topilgan ma’dan va chig‘anoqlar namoyish etilmoqda.

Ko‘rgazma Samarqandda 2025-yil 4–5-aprel kunlari muxlislar uchun muntazir.
04/05/2025, 18:54
t.me/madaniy_meros_uz/7777
Repost
2
461
O'zbekiston Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi Samarqandda bo'lib o'tayotgan birinchi Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo Iqlim forumi doirasida "Suv, yer va hayot" ko'rgazmasini ishga tushirdi. Ushbu tashabbus Orolbo'yi mintaqasida barqaror ekologik, ijtimoiy va madaniy evrilishlarni rag'batlantirishga qaratilgan istiqbolli loyiha - keng miqyosli Orol madaniyat sammiti doirasidagi diqqatga molik pallani belgilaydi.

Baan gavdalantirgan o'yga toldiruvchi tasvirlar bilan bir qatorda ko'rgazmada Orolbo'yi mintaqasidan keltirilgan moddiy ashyo va buyumlar, jumladan, saksovul butasi urug'lari, an'anaviy goraqalpoq gilamlari, vidolashgan dengiz tubidan topilgan ma'dan va chig'anoqlar namoyish etilmoqda.

Ko'rgazma Samarqandda 2025-yil 4-5-aprel kunlari muxlislar uchun muntazir.
04/05/2025, 15:22
t.me/madaniy_meros_uz/7776
Repost
5
457
04/04/2025, 14:04
t.me/madaniy_meros_uz/7773
Repost
5
487
04/04/2025, 14:04
t.me/madaniy_meros_uz/7771
Repost
5
487
04/04/2025, 14:04
t.me/madaniy_meros_uz/7770
Repost
5
487
04/04/2025, 14:04
t.me/madaniy_meros_uz/7772
Repost
5
486
04/04/2025, 14:04
t.me/madaniy_meros_uz/7774
Repost
5
482
04/04/2025, 14:04
t.me/madaniy_meros_uz/7775
Repost
2
5
529
Марказий Осиё давлатлари раҳбарлари ва Европа Иттифоқи етакчилари биргаликда Орол маданият саммити экспозициясига ташриф буюрдилар.

Главы государств Центральной Азии и лидеры Европейского Союза совместно посетили экспозицию Аральского культурного саммита.

#Mirziyoyev #sammit #madaniyat #Orol

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
04/04/2025, 14:04
t.me/madaniy_meros_uz/7769
21
694
04/03/2025, 14:11
t.me/madaniy_meros_uz/7768
5
21
683
Geologiya muzeyining yangi binosiga matbuot safari uyushtiriladi

2025-yilning 4-aprel kuni soat 10:00 da O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Geologiya fanlari universiteti Geologiya muzeyining yangi binosiga press-tur tashkil qilmoqda.

Tashkilotchilar tomonidan tadbir davomida ishtirokchilarni qayta ochilgan muzey binosi va ekspozitsiyasi, eksponat va kolleksiyalarni saqlash, tog‘ ma’danlari va minerallar, respublikadagi mavjud konlarning etalon to‘plamlari bilan tanishtirish maqsad qilingan.

Tadbirda qatnashish istagida bo‘lgan jurnalist va blogerlar: +998 93 557 37 22 (Sanjarxon Qodirov) raqami orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Olimlar ko‘chasi 64-uy.

TelegramFacebook 🌐Instagram 📹YouTube
🌐Veb-sayt
04/03/2025, 14:11
t.me/madaniy_meros_uz/7765
21
694
04/03/2025, 14:11
t.me/madaniy_meros_uz/7767
21
693
04/03/2025, 14:11
t.me/madaniy_meros_uz/7766
Repost
1
6
531
Parij, 01.04.25.



Париж, 01.04.25.
04/02/2025, 18:43
t.me/madaniy_meros_uz/7764
Repost
6
361
04/02/2025, 15:40
t.me/madaniy_meros_uz/7762
Repost
5
363
04/02/2025, 15:40
t.me/madaniy_meros_uz/7763
Repost
2
5
298
YUNESKO Bosh konferensiyasining Samarqandda bo‘lib o‘tadigan 43-sessiyasi arafasida, biz yurtimizning musiqasi, ijod olami, noyob ovozlari hamda bahor nafasini dunyo bilan baham ko‘rishda davom etyapmiz!
Bu — o‘zi uchun O‘zbekistonni kashf qilayotgan insonlar qalbiga eltuvchi eng qisqa yo‘l, mamlakatimiz targ‘ibotini ilgari suruvchi madaniy diplomatiya vositasidir. Biz har kuni shu ezgu maqsad yo‘lida harakat qilyapmiz, jahonga eng go‘zal qirralarimizni namoyish etmoqdamiz.

Aprel oyining ilk kunida YUNESKO bosh qarorgohida O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri o‘z mahoratini namoyish etdi. Orkestr ijrosida Sharqning buyuk shoirlari — Navoiy, Bobur, Umar Xayyom va Nodira asarlari asosida yaratilgan musiqiy taronalar taqdim etildi.

Alibek Kabdurahmonov va Rixter Trio boshchiligida Parijda “The Sands of Time” (“Vaqt qumlari”) konserti bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Nodira Pirmatova va G‘ulomjon Muhammadjonov yurtimiz tarixi va madaniy merosini sahnada o‘ziga xos tarzda jonlantirib, tomoshabinlarga an’anaviy musiqiy madaniyatning yangicha, mualliflik talqinini namoyish etdilar.



В преддверии 43-й сессии Генеральной конференции ЮНЕСКО в Самарканде мы продолжаем делиться с миром музыкой, творчеством, уникальными голосами и весенним теплом нашей страны! Это самый короткий путь к сердцу людей, открывающих Узбекистан, культурная дипломатия, продвигающая нашу страну. Изо дня в день мы работаем над этой задачей, демонстрируя миру лучшее, что у нас есть.

В первый день апреля в штаб-квартире ЮНЕСКО под управлением Алибека Кабдурахманова выступил Национальный симфонический оркестр Узбекистана с музыкальной фантазией на произведения величайших поэтов Востока: Навои, Бабура, Омара Хайяма и Нодиры.

Вместе с симфоническим оркестром свою музыкальную фантазию The Sands of Time представило Richter Trio. В прозвучавших мелодиях — панорама истории и культурного наследия Узбекистана, авторское осмысление традиционной музыкальной культуры, оживающей на сцене благодаря заслуженной артистке Узбекистана, певице Нодире Пирматовой и дойристу Гуломжону Мухамеджанову.
04/02/2025, 15:40
t.me/madaniy_meros_uz/7756
Repost
5
329
04/02/2025, 15:40
t.me/madaniy_meros_uz/7757
Repost
5
332
04/02/2025, 15:40
t.me/madaniy_meros_uz/7761
Repost
5
335
04/02/2025, 15:40
t.me/madaniy_meros_uz/7760
Repost
5
333
04/02/2025, 15:40
t.me/madaniy_meros_uz/7758
Repost
5
343
04/02/2025, 15:40
t.me/madaniy_meros_uz/7759
Repost
4
344
04/02/2025, 14:22
t.me/madaniy_meros_uz/7754
Repost
4
335
04/02/2025, 14:22
t.me/madaniy_meros_uz/7753
Repost
4
343
04/02/2025, 14:22
t.me/madaniy_meros_uz/7755
Repost
3
5
275
Biz doim jahon hamjamiyatiga mamlakatimizni o‘ziga xos rakurslarda ko‘rsatishga, yurtimizning kutilmagan qirralarini namoyish etishga harakat qilamiz. Har bir tadbir odamlarda chinakam qiziqish uyg‘otadi — ular O‘zbekistonni o‘zlari uchun yangitdan kashf etishadi.

Mana, bugun Parijni “Zamonlar osha nigoh: Xudoybergan Devonov merosi” ko‘rgazmasiga taklif qilmoqdamiz. Ko‘rgazma Markaziy Osiyodagi birinchi professional fotograf va kinotasvirchi, yurtimizdagi ilk foto va video laboratoriya asoschisi tomonidan olingan 34 ta noyob kadrdan iborat. Bu — madaniy o‘zligimizni ifoda etuvchi tashabbuslardan biri, qadriyatlarimiz va an’analarimizni anglash uchun bebaho tarixiy manba.

Parijliklar ulkan arxivning bir qismi bo‘lgan ushbu fotokolleksiyadagi ko‘plab suratlarning ilk tomoshabiniga aylanishadi. Mazkur noyob suratlar ilgari na mamlakatimizda, na xorijda namoyish etilgan. Ularda o‘tmishning betakror lahzalari — Xorazmning kundalik hayoti, urf-odatlari, me’morchiligi va odamlar turmushi aks etgan.

Ekspozitsiya tariximizning noyob sahifalarini ochib beradi, madaniy merosimiz naqadar rang-barang va boy ekanini namoyon etadi.



Мы каждый раз стремимся показать мировому сообществу нашу страну с уникальных ракурсов и неожиданных сторон, и каждое мероприятие рождает неподдельный интерес у огромного количества людей, открывающих для себя Узбекистан.

И сегодня мы приглашаем Париж на выставку «Взгляд сквозь время: наследие Худайбергена Деванова», на которой представлены 34 уникальных кадра, сделанных первым профессиональным фотографом и кинооператором Центральной Азии, основателем первой фото- и видеолаборатории в нашей стране. Эта выставка — часть нашего культурного послания, бесценный исторический источник для понимания нашей культуры и обычаев.

Значительную часть фотоколлекции парижане увидят первыми — она не демонстрировалась ни у нас, ни за рубежом. Это — уникальные мгновения прошлого: повседневная жизнь Хорезма, традиции, быт и архитектура.

Эта экспозиция открывает редчайшие страницы нашей истории и показывает, насколько разнообразно и богато наше культурное наследие.
04/02/2025, 14:22
t.me/madaniy_meros_uz/7752
Repost
4
318
04/02/2025, 14:00
t.me/madaniy_meros_uz/7749
Repost
4
324
04/02/2025, 14:00
t.me/madaniy_meros_uz/7751
Repost
2
4
289
YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va YUNESKO o‘rtasidagi kelishuv imzolanishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Samarqand endi rasman Bosh konferensiyaning 43-sessiyasi o‘tkaziladigan joy sifatida belgilandi.

Bu biz uchun katta sharaf va mas’uliyatdir, negaki so‘nggi 40 yil davomida ushbu konferensiya Parijdan boshqa yerda o‘tkazilmagan.

Bu ijodiy industriyaning mashaqqatli mehnati, xalq diplomatiyasi va eng yuqori darajadagi kelishuvlar samarasidir. Bu – jahon hamjamiyatining mamlakatimiz ochiqligi, oʻziga xos an’analari va madaniy merosi, boy tarixi, musiqasi, adabiyotiga katta qiziqishi bilan qarayotganidan dalolat.

Biz madaniyat va san’at vositasida mamlakatimizni xalqaro maydonda targ‘ib etmoqdamiz, dunyo ahliga yanada yaqinlashtirmoqdamiz. Bu aloqalar bevosita iqtisodiy natijalarga ulanib, qo‘shma loyihalar va umumiy g‘oyalarga aylanmoqda.

Xush kelibsan, YUNESKO! Samarqandda uchrashguncha!



В Париже, в штаб-квартире ЮНЕСКО, состоялась торжественная церемония подписания соглашения между Правительством Республики Узбекистан и ЮНЕСКО. Самарканд теперь официально назначен местом проведения 43-ей сессии Генеральной конференции.

Для нас это большая честь и ответственность: впервые за последние 40 лет эта конференция пройдёт не в Париже.

Это результат кропотливой работы творческой индустрии, народной дипломатии и соглашений на самом высоком уровне. Это живой интерес со стороны мирового сообщества к открытости нашей страны, её ярким традициям и культурному наследию, её богатой истории, музыке и литературе.

Мы продвигаем свою страну с помощью культуры и искусства, мы становимся ближе и понятнее. И эти связи всегда преобразуются в экономику, в совместные проекты и общие идеи.

Добро пожаловать, ЮНЕСКО! До встречи в Самарканде!
04/02/2025, 14:00
t.me/madaniy_meros_uz/7748
Repost
5
324
04/02/2025, 14:00
t.me/madaniy_meros_uz/7750
4
9
510
O‘zbekiston amaliy san’at muzeyida innovatsion yondashuv

Endilikda O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik davlat muzeyida nafaqat milliy cholg‘u asboblarini tomosha qilishingiz, balki ulardan qanday ohanglar taralishini ham eshitib ko‘rishingiz mumkin. Muzey faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish orqali bu kabi yangiliklar tashrif buyuruvchi mahalliy va chet ellik mehmonlarga ajoyib qulaylik yaratmoqda.

Buning uchun siz eksponat oldida joylashgan maxsus QR-kodlarini skaner qilish orqali osongina musiqiy ohanglarni tinglashingiz mumkin. Ushbu innovatsion yangilik madaniy merosimizdan yanada yaqindan bahramand bo‘lish va o‘ziga xos tajribaga ega bo‘lish imkonini beradi.

Quyidagi video orqali bu haqida batafsil tanishishingiz mumkin.

TelegramFacebook 🌐Instagram 📹YouTube
🌐Veb-sayt
04/02/2025, 09:35
t.me/madaniy_meros_uz/7747
3
1
427
#bilasizmi?

Madaniy meros obyektlarini himoya qilishda jamoatchi inspektorlarning o‘rni qanday?

Tarixiy yodgorliklar, madaniy meros obyektlari, asori atiqalar har bir mamlakatning o‘tmishidan so‘z ochadi. Hozirda mamlakatimizda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida 8 ming 300 dan ortiq madaniy meros obyektlari davlat ro‘yxatiga olingan va muhofaza qilinmoqda. Ushbu obyektlarni asrab-avaylash ularni asl holicha saqlashda jamoatchi inspektorlarning o‘rni va salmog‘i alohida ahamiyatga ega.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarining holatini kuzatib borish, buzish, shikast yetkazish va nooqilona foydalanilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlash maqsadida jamoatchi inspektorlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

🔎 Batafsil

TelegramFacebook 🌐Instagram 📹YouTube
🌐Veb-sayt
04/01/2025, 15:29
t.me/madaniy_meros_uz/7746
Repost
6
312
“Zamonlar osha nigoh: Xudoybergan Devonov merosi”

4-aprelga qadar YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida Markaziy Osiyodagi ilk professional fotosuratchi va kinooperator Xudoybergan Devonovga bag‘ishlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi.

Hayratlanarli zakiylik va nozik badiiy did sohibi bo‘lgan Devonov nafaqat insonlar va voqealar, balki zamon ruhini ham tasmalarga muhrlab, o‘z davrining chinakam solnomachisiga aylanishga muvaffaq bo‘lgan. Uning sezgir nigohi va o‘z kasbiga bo‘lgan teran ishtiyoqi sharofati bilan bugun biz jonli tarixga nisbatan daxldorlik hissini tuya olamiz.

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan mazkur ko‘rgazmada butun bir davrning tasviriy solnommasiga aylangan 34 ta betakror fotosurat namoyish etiladi.


«Взгляд сквозь время: Наследие Худайбергена Деванова»

До 4 апреля в штаб-квартире ЮНЕСКО в Париже будет проходить выставка, посвящённая первому профессиональному фотографу и кинооператору Центральной Азии Худайбергену Деванову.

Человек с удивительной интуицией и тонким художественным чутьём, Деванов стал настоящим летописцем своей эпохи, запечатлев не просто лица и события, а сохранив душу времени. Благодаря его чуткому взгляду и страсти к своему делу сегодня мы можем прикоснуться к живой истории.

На выставке, организованной Фондом развития культуры и искусства Узбекистана, представлены 34 редкие фотографии, ставшие визуальной летописью целой эпохи.
04/01/2025, 11:29
t.me/madaniy_meros_uz/7745
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria