⚽️“Real” klubining rasmiy bayonoti:
“Real Madrid” ertaga, 2025-yil 26-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Ispaniya Kubogi finaliga tayinlangan hakamlar tomonidan bugun bildirilgan ochiq bayonotlarni qabul qilib bo‘lmas, deb hisoblaydi.
Final ishtirokchilaridan biriga qarshi 24 soat oldin ataylab tarqatilgan, so‘z erkinligi huquqi bilan himoyalangan Real Madrid TV kabi ommaviy axborot vositalaridagi videoroliklar asosida yuzaga kelgan bu noroziliklar yana bir bor ushbu hakamlarning “Real Madrid” klubiga nisbatan ochiq va yaqqol dushmanligi hamda xusumati borligini ko‘rsatmoqda.
Yana-da hayratlanarli tomoni shundaki, tahdid ohangidagi bayonotlar orqali hakamlar o‘zaro birdamlikni ta’kidlab, adolat, xolislik va betaraflik tamoyillariga butkul zid bo‘lgan, taxminiy choralar yoki harakatlar haqida gapirishdi — bu esa butun dunyo bo‘ylab yuz millionlab tomoshabinlar e’tiborini tortadigan futbol voqeasiga bir necha soat qolganda yuz bermoqda.
Yuzaga kelgan vaziyat jiddiyligini inobatga olgan holda, “Real Madrid” Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) va hakamlar qo‘mitasi rahbariyati vakolat doirasida harakat qilib, ular rahbarlik qilayotgan institutlar sha’nini himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rishiga umid bildiradi.
✅
Sirdaryo telekanali 🎥