Fuqarolar yig‘inlari raislari saylovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda
Ushbu muhim jarayonni ochiqlik, shaffoflik va qonuniylik tamoyillari asosida, yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazish maqsadida Andijon shahar hokimligida seminar tashkil etildi.
Tadbirda viloyat mahallani qo’llab quvvatlash Kengashi raisi o’rinbosari, uyushma rahbari M.Nishanov hamda O’zbekiston Mahallalari uyushmasi vakili A.G’ulomov shuningdek, Andijon shahar hamda Andijon tumanida o’tkaziladigan fuqarolar yig’inlari raisi saylovlari mas’ullari ishtirok etdilar.
Seminar davomida fuqarolar yig‘inlari raislari saylovlarini samarali tashkil etish, aholining saylov jarayonidagi faolligini oshirish, nomzodlarga teng imkoniyatlar yaratish, jarayonning barcha bosqichlarida qonuniylikni ta’minlash masalalari keng muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilarga amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, saylovga tayyorgarlik bosqichlari va tashkiliy ishlar yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi.
Telegram |
Facebook |
Instagram