Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
JI
Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
https://t.me/jizzakh_tax_news
Channel age
Created
Language
Uzbek
0.38%
ER (week)
11.23%
ERR (week)

rasmiy kanali

Malumot uchun:jizzax@soliq.uz

Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 1 140 results
Repost
122
📍 Baxmalda sayyor qabul — xalq dardi eshitildi!

Jizzax viloyatidagi bir qator huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari rahbarlari sayyor qabul o‘tkazdi.

📌 Qabul Baxmal tumani Bolalar musiqasi va san’at maktabida bo‘lib o‘tdi.

👥 Soliq boshqarmasi fuqarolarning quyidagi masalalarini ko‘rib chiqdi:

▪️ Soliq qarzlarini qisqartirish
▪️ Daromad solig‘i bo‘yicha tushuntirish
▪️ Soliqlarni kechiktirib to‘lash

📝 Muammolar joyida o‘rganilib, huquqiy yordam va tushuntirishlar berildi.
#Jizzax #SayyorQabul #Baxmal #Soliq #Muloqot

Telegram | Facebook  | Instagram
04/22/2025, 15:36
t.me/jizzakh_tax_news/17767
Repost
1
130
04/22/2025, 15:36
t.me/jizzakh_tax_news/17770
Repost
130
04/22/2025, 15:36
t.me/jizzakh_tax_news/17772
Repost
130
04/22/2025, 15:36
t.me/jizzakh_tax_news/17769
Repost
130
04/22/2025, 15:36
t.me/jizzakh_tax_news/17771
Repost
130
04/22/2025, 15:36
t.me/jizzakh_tax_news/17768
Repost
186
#ijtimoiy_sorov

Soliqlar, xizmatlar va yashirin iqtisodiyot: Sizning fikringiz muhim!
Soliq to‘lash jarayoni siz uchun qulaymi? Elektron xizmatlardan foydalanganmisiz? Yashirin iqtisodiyotga qanday qaraysiz?
Ushbu mavzular bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganish uchun videoso‘rovnoma o'tkazdik. Javoblar bizga soliq tizimini yanada qulay va shaffof qilishga yordam beradi.

📍 Izohlarda yoki shaxsiy xabarlarda o‘z fikringizni qoldiring.

📢 Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga OBUNA BO‘LING! 🚀

Telegram | Facebook  | Instagram
04/22/2025, 09:29
t.me/jizzakh_tax_news/17766
Repost
189
#Brifing

🇺🇿 JIZZAXDA SOLIQ TUSHUMLARIDA O‘SISH!
📊 2025-yilning 1-choragida qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi?

👤 Jizzax viloyati soliq boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra:
✅ Jismoniy shaxslardan 72,1 mlrd so‘m mol-mulk va yer soliqlari undirilgan!
📈 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan ijobiy dinamikani aks ettirdi.

🧩 Hududlar kesimida nima kuzatildi?
- 🔧 Sharof Rashidov, G‘allaorol, Bakhmal — kamchiliklar aniqlanib, maxsus ish rejasi joriy qilindi.
- 📈 Zomin, Yangiobod, Do‘stlik — soliq tushumlarida o‘sish qayd etildi.

💡 Nega bu muhim?
Mol-mulk va yer soliqlari — nafaqat davlat budjeti, balki:
🏫 maktablar,
🏥 shifoxonalar,
🛣 yo‘llar,
👶 bog‘chalar va
🧑‍🤝‍🧑 ijtimoiy xizmatlarning rivojlanishini ta'minlaydi.

📅 Soliq to‘lash — bu faqat majburiyat emas, fuqarolik mas’uliyatidir!

📢 Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga OBUNA BO‘LING! 🚀

Telegram | Facebook  | Instagram
04/22/2025, 08:25
t.me/jizzakh_tax_news/17765
🔹 #qonunchilikdagi_yangiliklar
🔸 Tadbirkorlar uchun yangi soliq yengilliklari!

📜 Prezident Farmoni: PF-67 (18.04.2025)
📌 Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

🧂 Oq shakar importi – endi 0% aksiz!
🗓 2025-yil 1-oktabrdan boshlab, xushbo‘y va rangsiz oq shakar importida aksiz soligʻi bekor qilinadi.
🔍 Avval bu stavka 20% edi.

🏭 Ishchilar soni 20+ bo‘lgan yuridik shaxslarga:
🔸 Yer va mol-mulk soliqlari, ijara to‘lovlari uchun soliqni 15-iyul va 1-dekabrda boʻlib to‘lash huquqi beriladi.

👗 Tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sohalarida:
🔸 Foyda soligʻi – 2%
🔸 Ijtimoiy soliq – 1%
📌 Bu imtiyozdan foydalanishda endi xomashyoni qayta ishlashdan olingan daromad ham hisobga olinadi.

🍽 Umumiy ovqatlanish xizmatlari:
🔸 QQSning bir qismini qaytarish uchun:
– Faoliyatdan tushgan daromad jami daromadning kamida 80% boʻlishi kerak.
🔍 Oldin bu ko‘rsatkich 90% edi.

Telegram | Facebook  | Instagram
04/21/2025, 11:57
t.me/jizzakh_tax_news/17763
Repost
4
213
🌱 Qishloq xoʻjaligida majburiy sugʻurta: yangi tartiblar belgilandi

📅 15-aprel kuni qabul qilingan OʻRQ-1056-son Qonunga muvofiq, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar ayrim tavakkalchiliklardan sugʻurtalanishi majburiy etib belgilandi.

🔐 Sugʻurta qilinishi shart boʻlgan xavflar:
- Tabiiy ofatlar va texnogen hodisalar
- Yongʻinlar
- Kasallik va zararkunandalar
- Hayvonlar orasida yuqumli kasalliklar
- Yovvoyi hayvonlar yoki boshqa shaxslar tomonidan yetkazilgan zarar

👨‍🌾 Ishlab chiqaruvchilar huquqlari:
- Sugʻurta vositachisini erkin tanlash
- Shartnoma shartlarini tushunishga haqli boʻlish
- Sugʻurta toʻlovlari rad etilganda shikoyat qilish

🧾 Majburiyatlari:
- Maxsus axborot tizimida roʻyxatdan oʻtish
- Sugʻurta mukofotini belgilangan muddatda toʻlash
- Agrotexnik va zootechnik choralarni oʻz vaqtida bajarish
- Sugʻurta hodisasi yuz berganda darhol Jamgʻarmaga xabar berish

📌 Qonun 2025-yil 17-iyuldan kuchga kiradi.

Telegram | Facebook  | Instagram
04/21/2025, 11:16
t.me/jizzakh_tax_news/17762
Repost
2
189
📢 E’LON

🗓 2025-yil 22-aprel kuni, soat 11:00 da Jizzax viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i B.S.Ismailov kichik va o‘rta biznes vakillari bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazadi.

✅ Uchrashuv davomida tadbirkorlarni qiziqtirgan soliq masalalari, mavjud muammolar va takliflar muhokama qilinadi.

📍Manzil: Do‘stlik tumani hokimligi binosi

Tadbirkorlarni faol ishtirok etishga chorlaymiz!

📢 Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga OBUNA BO‘LING! 🚀

Telegram | Facebook  | Instagram
04/21/2025, 08:56
t.me/jizzakh_tax_news/17761
Repost
1
📢 E’LON

🗓 2025-yil 22-aprel kuni, soat 11:00 da Jizzax viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i B.S.Ismailov kichik va o‘rta biznes vakillari bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazadi.

✅ Uchrashuv davomida tadbirkorlarni qiziqtirgan soliq masalalari, mavjud muammolar va takliflar muhokama qilinadi.

📍Manzil: Do‘stlik tumani hokimligi binosi

Tadbirkorlarni faol ishtirok etishga chorlaymiz!

📢 Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga OBUNA BO‘LING! 🚀

Telegram | Facebook  | Instagram
04/21/2025, 08:48
t.me/jizzakh_tax_news/17760
Repost
2
184
📌 Chet ellik ta’sischi ishtirokidagi korxona tugatilsa, qanday hisob-kitob qilinadi?

🧾 Tugatish tartibi — 21.08.2019 y. 704-son VMQga muvofiq:

1️⃣ 1-navbatda: xodimlarga ish haqi, aliment, mualliflik haq to‘lovlari, hayot/sog‘liqqa zarar tovonlari
2️⃣ 2-navbatda: davlat byudjeti va jamg‘armalarga to‘lovlar
3️⃣ 3-navbatda: boshqa kreditorlarga to‘lovlar

✅ So‘ng qolgan mulk ta’sischilar o‘rtasida ulushiga qarab taqsimlanadi

🌍 Chet ellik ta’sischi uchun soliq oqibatlari:

- 💸 Agar unga to‘lanadigan ulush ustav fondiga qo‘shgan hissasiga teng yoki kam bo‘lsa — soliq yo‘q
- 🔝 Agar ulushdan ortiqcha mablag‘ olsa — bu dividend hisoblanadi va
🧾 10% JShDS (daromad solig‘i) to‘lanadi
*(SK 41-modda 1-qism 2-band, 382-modda)*

💱 Valyutadagi hissa: hisob-kitob so‘m ekvivalenti bo‘yicha qilinadi, valyuta kursidagi farqlar hisobga olinmaydi.

Telegram | Facebook  | Instagram
04/21/2025, 08:13
t.me/jizzakh_tax_news/17758
Repost
225
📢 Qimmatli qog‘ozlar va REPO operatsiyalaridagi SOLIQ YaNGILIKLARI!

📅 17.04.2025 yilda qabul qilingan O‘RQ-1057-son Qonunga muvofiq:

🔹 REPO operatsiyalaridan daromad — endilikda daromad sifatida soliqqa tortiladigan hisoblanmaydi!

🔹 Soliq to‘lovchining ish haqi va boshqa daromadlaridan mahalliy qimmatli qog‘ozlar sotib olish uchun shaxsiy investitsiya hisobvarag‘iga yo‘naltirilgan mablag‘lar soliqdan ozod qilinadi.

❗️ Bu imtiyoz quyidagi shartlar asosida beriladi:

• Yo‘naltirilgan summa MHEKMning 100 baravaridan oshmasligi kerak;
• Pullar hisobvaraqqa tushgandan so‘ng 12 oy davomida qaytarilmasligi shart;
• Hisobdagi mablag‘lar faqat qimmatli qog‘ozlar sotib olishga sarflanishi lozim.

⚠️ Agar shartlar buzilsa — mablag‘lar to‘lov manbaida soliqqa tortiladi!

🔹 Kripto-birjada operatsiya qiluvchi norezident yuridik shaxslar — savdo joyidagi soliq organida ro‘yxatdan o‘tishi shart. 🌐

🔹 Qimmatli qog‘ozlar savdosidan yig‘imlar:
• Birjadan tashqari bitimlar — 0,3%
• Birja bitimlari — 0,01%

✅ Sotuvchining (norezidentlar ham) bu daromadlariga foyda solig‘i va QQS solinmaydi.

Telegram | Facebook  | Instagram
04/21/2025, 08:11
t.me/jizzakh_tax_news/17757
Repost
1
241
04/21/2025, 08:11
t.me/jizzakh_tax_news/17756
Repost
222
🎥 "SOLIQ IMTIYOZLARI TADBIRKORLIK RIVOJIGA XIZMAT QILADI"

📍 Zamon TV orqali – Jizzax viloyati Arnasoy tumani tadbirkorlari bilan uchrashuv
Jizzax viloyat soliq boshqarmasi tomonidan tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv Zamon TV telekanali orqali yoritilib, "Soliq imtiyozlari tadbirkorlik rivojiga xizmat qiladi" deb nomlangan lavha sifatida namoyish etildi.

💬 Uchrashuvda soliq imtiyozlari, amaliy yechimlar va tadbirkorlarning kundalik faoliyatida duch kelayotgan muammolar muhokama qilindi.

✅ Davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar va qulay shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

📢 Tadbirkorlar soliq sohasidagi o‘zgarishlardan xabardor bo‘lib borishi, berilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishi muhim!

Telegram | Facebook  | Instagram
04/18/2025, 15:13
t.me/jizzakh_tax_news/17754
Repost
1
143
#uchrashuv #kichik_va_orta_biznes

Soliq organlari va tadbirkorlar o‘rtasida ochiq muloqotlar bisnes uchun yangi imkoniyatlardir

Ushbu haftada uchrashuvlar o‘tkazilgan hududlar:

📍Qoraqalpog‘iston respublikasi
📍Andijon viloyati
📍Jizzax viloyati
📍Qashqadaryo viloyati
📍Namangan viloyati
📍Navoiy viloyati
📍Samarqand viloyati
📍Sirdaryo viloyati
📍Surxondaryo viloyati
📍Toshkent viloyati
📍Farg'ona viloyati
📍Xorazm viloyati

❗️Eslatib otamiz, muloqotlar respublika bo‘ylab kelasi haftada ham davom etadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads|Telegram
04/18/2025, 14:42
t.me/jizzakh_tax_news/17753
Repost
2
164
📢 Jizzax viloyati soliq boshqarmasi soliq qarzdorlariga qat'iy choralar ko'rmoqda!

⚡️ "SILVERLEAFE" MCHJning 104,2 mln so'mlik soliq qarzi uchun jamiyatga tegishli maxsus texnikalar xatlandi.

💰 Bankrot deb topilgan "YETTI CHANOQLI PAXTA" fermer xo'jaligining 64,0 mln so'm soliq qarzi naqd pulda undirildi.

🏢 "DISCOVERY ARCHITECTS GROUP" MCHJdan ham 76,0 mln so'm soliq qarzi naqd pulda undirildi.

🌉 Ko'priklardan foydalanish bo'yicha davlat muassasasidan esa 1,2 milliard so'm MIB depozit hisobvarag'iga undirildi.

Soliq to'lash - burch! Qonun ustuvorligini ta'minlash maqsadida bunday choralar davom etadi.
#soliq #qarzdorlik #jizzax #mib #choralar #qonun

Telegram | Facebook  | Instagram
04/18/2025, 14:34
t.me/jizzakh_tax_news/17748
Repost
2
179
04/18/2025, 14:34
t.me/jizzakh_tax_news/17751
Repost
2
174
04/18/2025, 14:34
t.me/jizzakh_tax_news/17752
Repost
2
180
04/18/2025, 14:34
t.me/jizzakh_tax_news/17750
Repost
2
174
04/18/2025, 14:34
t.me/jizzakh_tax_news/17749
Repost
200
🏭 Ishlab chiqarish korxonalarining soliq qarzi 1,2 trln so‘mga yaqin!
#raqamlashtirish #soliq_qarzi

📆 2025-yil 1-aprel holatiga:
🔧 1 014 ta korxona — qarzi 100 mln so‘mdan yuqori
💰 Jami qarzdorlik: 1,2 trln so‘m
🔟 Eng yirik 10 ta korxona hisobiga: 264,8 mlrd so‘m (jami qarzning 22,1%**i)

📊 **Hududlar boʻyicha TOP-3 qarzdorlik:
1️⃣ Toshkent viloyati — 214 mlrd so‘m
2️⃣ Yirik soliq to‘lovchilar HSI — 178,3 mlrd so‘m
3️⃣ Andijon viloyati — 152 mlrd so‘m

📌 Ishlab chiqarish – asosiy tayanch. Soliq intizomi esa barqarorlik kaliti.

📢 Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga OBUNA BO‘LING! 🚀

Telegram | Facebook  | Instagram
04/18/2025, 13:13
t.me/jizzakh_tax_news/17747
Repost
2
208
⚠️ Tadbirkorlar Uchun Eslatma!

Markirovka qilinishi shart bo‘lgan mahsulotlaringizni diqqat bilan tekshirib chiqing!

📌 Raqamli markirovka talablariga to‘liq rioya qilinishi zarur. Mahsulotlaringizni to‘g‘ri belgilangan tartibda markirovka qilganingizga ishonch hosil qiling!

❗️ Eslatma: Qonunbuzarlik holatlari sayyor soliq tekshiruviga olib kelishi mumkin!

Telegram | Facebook  | Instagram
04/18/2025, 11:11
t.me/jizzakh_tax_news/17746
Repost
3
215
04/18/2025, 11:03
t.me/jizzakh_tax_news/17744
Repost
3
215
04/18/2025, 11:03
t.me/jizzakh_tax_news/17745
Repost
3
197
🧾 Yangi Soliq Qoidalari: Tadbirkorlar E’tiboriga!

Ayni paytda viloyat soliq boshqarmasida kasbiy soliq xodimlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda 2025 yil 4 yanvardagi VMQ-891-sonli qaror asosida sayyor soliq tekshiruvlari bo‘yicha yangi tartiblar muhokama qilinmoqda.

📌 E’tibor bering! Endi soliq organlari mansabdor shaxslari:

🔸 Tadbirkorlik sub’ektini oldindan xabardor qilmasdan (faqat Biznes-ombudsmanni xabardor qilish orqali)
🔸 Quyidagi holatlar bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvini amalga oshirishlari mumkin:

✅ Soxta va kontrafakt mahsulotlar mavjudligi
✅ Majburiy raqamli markirovka talablariga rioya qilinmagan holatlar

🆕 Sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun yangicha asoslar:
1️⃣ Soliq inspektori tomonidan aniqlangan soxta va kontrafakt mahsulotlar
2️⃣ Markirovka qilish qoidalari buzilgan holatlar

Telegram | Facebook  | Instagram
04/18/2025, 11:03
t.me/jizzakh_tax_news/17743
Repost
1
210
📢 Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot – taraqqiyot kaliti!

Bugungi kunda har bir hududning iqtisodiy rivojlanishi – aynan mahalliy tadbirkorlarning faolligi va qo‘llab-quvvatlanishiga bog‘liq. Shuning uchun ochiq muloqotlar muhim ahamiyatga ega. Nega deganda:

✅ Muammolar ochiqlanadi – Tadbirkorlar duch kelayotgan to‘siqlar bevosita aytiladi.
✅ Takliflar tinglanadi – Yangi g‘oyalar va innovatsion yondashuvlar muhokamaga chiqariladi.
✅ Yechimlar topiladi – Muammo bor joyda imkoniyat ham bor! Birgalikda muhim qarorlar qabul qilinadi.
✅ Ishonch mustahkamlanadi – Davlat va biznes o‘rtasida ochiq, halol va tizimli aloqa shakllanadi.

🎯 Natijada nima bo‘ladi?
— Ishbilarmonlik muhiti yaxshilanadi
— Yangi loyihalar paydo bo‘ladi
— Investitsiya va eksport salohiyati oshadi
— Eng muhimi — *tadbirkor davlatga, davlat esa tadbirkorga suyanch bo‘ladi*.

📢 Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga OBUNA BO‘LING! 🚀

Telegram | Facebook  | Instagram
04/18/2025, 09:13
t.me/jizzakh_tax_news/17742
Repost
1
1
171
#soliq_hisoboti

Har doim yordamingizda — hisobotlar va muddatlar haqida vaqtida ma’lumot!

Soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilarni qo‘llab‑quvvatlash maqsadida soliq hisobotlarini to‘ldirish bo‘yicha amaliy qo‘llanmalarni muntazam taqdim etib, ularni topshirish uchun belgilangan muddatlar haqida doimiy eslatmalar berib boradi.

21-aprel – quyidagi hisobotlarni topshirishning oxirgi kuni:

✔️ QQS;
✔️ Xizmatlar importi bo‘yicha QQS;
✔️ Elektron shaklda xizmatlar koʻrsatishda chet el yuridik shaxslari tomonidan QQS;
✔️ Foyda solig‘i;
✔️ Norezidentlarning daromadlaridan foyda solig‘i;
✔️ To'lov manbaida dividendlar va foizlardan olinadigan foyda solig‘i;
✔️ Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq;
✔️ Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig'i.

❗️Soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etganlik uchun barqarorlik reytingida 10 ball beriladi.
__________
#налоговая_отчетность

Своевременная информация о сроках сдачи и заполнении отчётности - всегда под рукой!

В целях поддержки налогоплательщиков Налоговый комитет регулярно предоставляет практические инструкции по заполнению налоговой отчётности и систематически напоминает о сроках её представления в налоговые органы.

21 апреля - последний день представления отчетности:

✔️по НДС;
✔️по НДС при импорте услуг;
✔️по НДС иностранными юрлицами, оказывающими услуги в электронной форме;
✔️по налогу на прибыль;
✔️по налогу на прибыль с доходов нерезидентов;
✔️по налогу на прибыль с дивидендов и процентов;
✔️по налогу за пользование недрами;
✔️по специальному рентному налогу на добычу полезных ископаемых.

❗️За своевременное представление налоговой отчетности присваивается 10 баллов в рейтинге устойчивости.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
04/18/2025, 09:05
t.me/jizzakh_tax_news/17741
Repost
2
1
206
Жиззах тадбиркорлари билан очиқ мулоқотлар бошланди!

"Ўзбекистон Республикаси Президентининг жорий йил 19 март куни тадбиркорлар билан бўлиб ўтган очиқ мулоқотида берилган топшириқларга мувофиқ, жойларда солиқ органлари томонидан кичик ва ўрта бизнес вакиллари билан учрашувлар ўтказилмоқда. Бу каби мулоқотлар тадбиркорларнинг муаммоларини ўрганиш, уларга амалий кўмак бериш ва давлат билан тадбиркор ўртасидаги ишончни янада мустаҳкамлашга хизмат қилмоқда."

Youtube'da tomosha qilmoq: https://youtu.be/XHSkbyslBws

📢 Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga OBUNA BO‘LING! 🚀

Telegram | Facebook  | Instagram
04/18/2025, 08:08
t.me/jizzakh_tax_news/17740
Repost
219
📦 Raqamli markirovkalangan mahsulotlar soni 112 mingdan oshdi!
#raqamlashtirish #raqamli_markirovka

🗓 2025-yil 1-aprel holatiga:
🔹 Milliy katalogda — 112,3 mingta mahsulot
🔹 Tizimda — 754 ta ishlab chiqaruvchi va 2 841 ta importyor ishtirok etmoqda

📥 Batafsil: [catalog.milliykatalogi.uz]
📎 Manba

📢 Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga OBUNA BO‘LING! 🚀

Telegram | Facebook  | Instagram
04/18/2025, 07:00
t.me/jizzakh_tax_news/17739
Repost
2
238
🚜 Qadoqlangan meva-sabzavotlarni realizatsiya qilayotgan tadbirkorlar uchun YANGI IMTIYOZLAR!
📅 PQ-136-son qaror | 🗓 08.04.2025

🇺🇿 Prezident qarori asosida eksport, qayta ishlash va qadoqlashni rag‘batlantirish uchun soliq va bojxona imtiyozlari joriy qilindi.

🔑 Asosiy imtiyozlar:

1️⃣ Foyda va ijtimoiy soliq STAVKASI – 1%
🟢 Amal qilish muddati: 2028-yil 1-yanvargacha
Shartlar:
✅ Har bir xodimga oyiga kamida 2 baravar EMEH miqdorida ish haqi to‘lash
✅ Qadoqlangan mahsulotdan tushgan tushum umumiy daromadning kamida 50% bo‘lishi

2️⃣ DUKKAKLI mahsulotlar uskunalari uchun bojxona imtiyozi
📅 2027-yil 1-aprelgacha
🛠 Importda bojxona boji – 1%

3️⃣ Yer uchastkalarida qurilishga ruxsat:
🏗 5 gektardan ortiq yerga ega xo‘jaliklar o‘z maydonining 1% qismida (lekin 20 sotixdan ko‘p bo‘lmagan) quyidagilarni qurishi mumkin:
– Sovutgichli ombor
– Quritish, saralash, qayta ishlash, qadoqlash sexlari
– Suv saqlash va tejash inshootlari

4️⃣ Qadoqlash xarajatlariga KOMPENSATSIYA:
📅 2025–2026 yillar davomida
✅ 25% xarajat qoplanadi, lekin 1 qadoq uchun eng ko‘pi bilan 3 000 so‘m
📌 Shart:
– «Edukarantin.uz» tizimida o‘qib, sertifikat olish
– «Agroko'makchi» ilovasida reytingga ega bo‘lish

5️⃣ Yangi “E-logistika” platformasi:
🚚 Eksportyor va tashuvchilar o‘rtasida bevosita aloqani ta’minlaydi
✈️ Avto, temir yo‘l va havo transporti orqali tashishni raqamli muvofiqlashtirish imkoniyati yaratiladi

📦 *Bu imtiyozlar eksport salohiyatini oshirish, ichki bozorda raqobatbardosh mahsulot yetkazib berish va qishloq xo‘jaligi zanjirini kuchaytirishga qaratilgan.*

Telegram | Facebook  | Instagram
04/17/2025, 15:26
t.me/jizzakh_tax_news/17737
Repost
238
📌 BYuD toʻldirish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi!

🗓 07.04.2025, buyruq raqami: 2773-11-son
🟢 Kuchga kirgan sana: 8 aprel 2025

🔍 Asosiy yangiliklar:

1️⃣ Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun YANGI talab:
TIF TN kodlari 07, 08, 0904, 1202, 1008, 1207409000, 2008191900 bo‘lgan tovarlar uchun
📝 31-grafada mahsulot yetishtirilgan tuman (shahar) kodi koʻrsatiladi.
➡️ Ushbu kod fitosanitariya sertifikatida boʻladi.
➡️ Bir nechta hudud boʻlsa, tovarlar alohida yoziladi.

2️⃣ 28-grafa endi majburiy:
Davlat foydasiga voz kechish rejimida tovarlar kiritilganda,
💳 Moliyaviy ma’lumotlar (28-grafa) to‘ldiriladi.

3️⃣ Yangi bojхona yigʻimlari kiritildi:
📦 Kodi 15: 1 kg gacha xalqaro kuryerlik jo‘natmasi uchun rasmiylashtirish yigʻimi
🛃 Kodi 47: Tranzit deklaratsiyasiga o‘zgartirish uchun yigʻim
📜 Kodi 54: Intellektual mulk ob’yekti reyestrga kiritish uchun yigʻim

4️⃣ Yangi tasniflagichlar tasdiqlandi:
🔸 Bitim xususiyati
🔸 Tovarlarni olib o‘tish xususiyatlari

Telegram | Facebook  | Instagram
04/17/2025, 13:16
t.me/jizzakh_tax_news/17736
Repost
1
231
🚛 YUK “NOMA’LUM” HAYDOVCHI BILAN JO‘NATILDI
📄 Hujjatlardagi xatolar qanday oqibatlarga olib keladi?

🟠 Real voqea: Kompaniya Farg‘onaga yuk jo‘natdi. Haydovchi – “ko‘chadan”, shartnoma – yo‘q, ETTYuX – rasmiylashtirilmagan, hisobvaraq-faktura – 31 martda yozilgan. Endi esa savol: Ekspeditor haqida ma’lumot bo‘lmasa, ETTYuXni qanday to‘ldirish kerak?

🚨 YO‘L QO‘YILGAN XATOLAR VA UZILISHLAR:

1️⃣ ETTYuX yo‘q
– Bu yuk topshirilganini isbotlaydigan rasmiy hujjat.
🟥 Huquqiy nazorat yo‘qoladi, MJTK 175-modda.

2️⃣ Shartnomasiz tashish
– “Tanish” haydovchi bilan tashish – qonun buzilishi.
🟥 MJTK 176-modda asosida javobgarlik mavjud.

3️⃣ Haydovchi aniqlanmagan
– Yuk yo‘qolsa, da’vo bildiradigan tomon aniqlanmagan.
🟥 OʻRQ-706-son Qonun 27-moddasiga zid.

4️⃣ Hisob-fakturani kechiktirib yozish
– Soliq va buxgalteriya nuqtai nazaridan katta xatar.
🟥 SK 223-m., MJTK 175-1-m. – soxta operatsiya deb baholanishi mumkin.

👮‍♂️ Agar transport yo‘lda to‘xtatilsa:

▪️ Yuk va mashina ma’muriy ushlab turiladi
▪️ Haydovchiga hujjatlarsiz yuk tashishga jarima
▪️ Yuk vaqtincha olib qo‘yiladi
▪️ Soliq organlariga xabar beriladi
▪️ Kompaniyaga rasmiy hujjatlarni taqdim etish talab qilinadi

✅ TAVSIYA:
Hujjatlar bo‘yicha qat’iy tartibga rioya qiling!

📌 EHF va ETTYuX bir vaqtning o‘zida, E-operator orqali, to‘liq rasmiylashtirilishi majburiy!

🔍 Savolga javob:
🧾 Agar ekspeditor haqida ma’lumot bo‘lmasa, ETTYuX’dagi “Ekspeditor” ustuni bo‘sh qoladi.
📜 Ammo, agar mavjud bo‘lsa – STIR yoki JShShIR ko‘rsatiladi (249-son VMQ, 13-band).

📎 Eslatma: ETTYuX – bu hujjat nafaqat yukni rasmiylashtirish, balki sizning manfaatlaringizni himoya qilish vositasi hamdir.

📢 Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga OBUNA BO‘LING! 🚀

Telegram | Facebook  | Instagram
04/17/2025, 11:53
t.me/jizzakh_tax_news/17735
Repost
1
215
📣 YANGI TARTIB! 2025 yil 15 iyuldan ayrim mahsulotlar faqat birja orqali sotiladi

🗓 11.04.2025 yildagi 220-son VMQga muvofiq, yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlarning ichki bozorda faqat birja savdolari orqali realizatsiyasi joriy etiladi.

🆕 Ro‘yxatga qo‘shiladigan mahsulotlar:

🔹 Xlorid kislotasi
🔹 Nitrat kislotasi
🔹 Natriy sianid
🔹 Gipoхlorit natriy
🔹 Suyuq azot
🔹 Suyuq xlor
🔹 Rux belilasi
🔹 Ferromolibden
🔹 Bazalt, fosforit va dolomit uni

🏢 Kimlarga tegishli?
Ushbu talab quyidagi ishlab chiqaruvchilarga tegishli:
▪️ Monopol korxonalar
▪️ Davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar
▪️ Ushbu yuridik shaxslarga tegishli korxonalar

👉 Mahsulotlarni faqat birja orqali sotish va xarid qilish mumkin bo‘ladi!

📊 Yangi tartib – ikki tomonlama qarama-qarshi auksion orqali!
Bu qanday ishlaydi?

🔄 Sotuvchi – narx taklif qiladi
🛒 Xaridor – xarid narxini taklif qiladi
⚖️ Bitim – eng maqbul narxda tuziladi

📋 Birja listing komissiyasi mahsulotni kotirovka varag‘iga kiritgach, savdoga ruxsat beradi.

📌 Tovarlar quyidagilarga javob berishi shart:

✅ Ulgurji partiyada sotilishi
✅ Yagona, o‘zgarmas sifat ko‘rsatkichlari bo‘lishi
✅ Muntazam savdoga chiqarilishi
✅ Oldindan ko‘zdan kechirish talab etilmasligi
✅ Muvofiqlik hujjatlariga ega bo‘lishi

📝 Ma’lumot uchun: Bu tartib — birja savdolarida shaffoflikni ta’minlash, narxlar manipulyatsiyasining oldini olish va bozor mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgan.

📢 Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga OBUNA BO‘LING! 🚀

Telegram | Facebook  | Instagram
04/17/2025, 11:53
t.me/jizzakh_tax_news/17734
Repost
4
234
🤝 Baxmalda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot — amaliy natijalar bilan!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘i asosida Baxmal tumanida soliq organlari va tadbirkorlar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar ko‘tarilib, ularga amaldagi yechimlar taklif etildi.

📺 Mazkur tadbir Xudud-MY-5TV kanali orqali yoritildi va jamoatchilik e’tiboriga havola etildi.
Bu kabi samarali uchrashuvlar joylardagi biznes muhitini yaxshilash, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy faollikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 🌱

Telegram | Facebook  | Instagram
04/17/2025, 11:22
t.me/jizzakh_tax_news/17733
Repost
1
2
255
📢 DIQQAT! 2025 yil 1 maydan oʻgʻitlar va pestitsidlarni raqamli markirovkalash boshlangan!

🧾 Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 8 apreldagi 203-son qaroriga binoan, 2026 yil 1 maydan boshlab barcha o‘g‘itlar va pestitsidlar aylanma ishtirokchilari uchun raqamli markirovka majburiy bo‘ladi.

🧱 Birinchi bosqich (2025 yil 1 maydan):
Test rejimida quyidagi 5 kompaniya ishtirok etadi:
▪️ Maxam-Chirchiq
▪️ Swissagro
▪️ Ifoda Agro Kimyo Himoya
▪️ Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals
▪️ Schelkova Agrohim-O'zbekiston

📦 Markirovka qanday ishlaydi?

🔸 Mahsulotlarga GS1 DataMatrix (2D kod) orqali raqamli kod beriladi
🔸 Bu kodlar «Asl belgisi» tizimiga yuklanadi
🔸 Mahsulot ishlab chiqarishdan tortib, sotuvgacha raqamli kuzatuv ostida bo‘ladi

✅ Ishlab chiqaruvchilar va importyorlar nima qilishi kerak?

1️⃣ Aslbelgisi.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish:
▫️ Ariza topshirish
▫️ Shaxsiy kabinet ochish
▫️ CRPT TURON MChJ bilan shartnoma tuzish

2️⃣ Tovarni «Asl belgisi» katalogida roʻyxatdan oʻtkazish

3️⃣ Mahsulotni:
▫️ Markirovkalash
▫️ Agregatsiyalash (partiyalarga bo‘lib, kod berish)
▫️ Elektron hisob-faktura (EHF) bilan muomalaga chiqarish

4️⃣ Import tovarlar uchun:
▫️ Elektron bojxona xabarnomasi
▫️ Markirovka kodlari BYuD bilan birga kiritiladi

🛠 Jihozlar kerak bo‘ladi:

🔹 Ishlab chiqaruvchilar va importyorlar uchun – kod qoʻllash uskunasi
🔹 Sotuvchilar uchun – skaner yoki mobil ilova orqali kodni oʻqish

📌 Ogohlantirish (Soliq organlari pozitsiyasi):

🔍 Raqamli markirovka – bu ochiq, shaffof aylanma, soliq tushumlarini to‘liq aks ettirish va noqonuniy mahsulotlarning oldini olish vositasidir.

❗️Raqamli kodsiz mahsulotlarni muomalaga chiqarish yoki realizatsiya qilish qonunbuzarlik hisoblanadi va ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

📅 2026 yil 1 maydan barcha tadbirkorlar (ishlab chiqaruvchi, importchi, sotuvchi) majburiy tartibda markirovka tizimiga O‘TISHI SHART!

📢 Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga OBUNA BO‘LING! 🚀

Telegram | Facebook  | Instagram
04/17/2025, 08:36
t.me/jizzakh_tax_news/17732
Repost
261
📰 "Jizzax haqiqati" gazetasining yangi sonida, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari K.Irgashevning «Faol tadbirkorlar rag‘batlantirildi» nomli maqolasi chop etildi.

Maqolada soliq siyosatidagi yangiliklar va tadbirkorlarni rag‘batlantirish borasidagi muhim qadamlar ko‘rib chiqilgan. Mazkur tadbirlar mahalliy iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatga molik.

Jizzax viloyatining ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va tadbirkorlarni rag‘batlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlari, albatta, hamjamiyatdagi barcha faol shaxslarga ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi. 🌟

Telegram | Facebook  | Instagram
04/17/2025, 08:18
t.me/jizzakh_tax_news/17731
Repost
1
1
262
📌 Ish haqini uchinchi shaxs kartasiga to‘lash mumkinmi?

🧾 So‘nggi paytlarda ish beruvchilar tomonidan xodim ish haqini boshqa shaxs – masalan, onasi, turmush o‘rtog‘i yoki farzandining plastik kartasiga o‘tkazishni so‘ragan holatlar uchramoqda.

❗️Bu boradagi yondashuv ehtiyotkorlikni talab qiladi. Quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:

📚 Huquqiy asoslar:

1. **FK 137-modda**
Xodim o‘z ish haqi va unga bog‘liq to‘lovlarni olish uchun ishonchli shaxsni vakolatli qilishi mumkin. Ammo ushbu modda bu ishonchnomaning qanday shaklda bo‘lishi, tartibi yoki doirasi haqida aniq normalarni belgilamaydi.

2. **MK 256-modda**
Xodim xizmat safarida yoki vaqtincha ish joyida bo‘lmasa, ish haqi ishonchli shaxsga naqd shaklda topshirilishi mumkin. Ammo bu faqat naqd to‘lov uchun amal qiladi – plastik karta orqali emas.

3. **MK 271-modda**
Xodim ariza asosida o‘z ish haqining bir qismini yoki to‘liq summasini uchinchi shaxs foydasiga – kredit, kommunal to‘lov va boshqa xarajatlar uchun yo‘naltirishni so‘rashi mumkin. Bu asos bo‘lib xizmat qiladi.

💡 Amaliy tavsiyalar:

✅ Ish beruvchi xodimning yozma arizasini rasmiylashtirishi lozim
✅ Yuborilayotgan mablag‘ning maqsadi “boshqa xarajatlar” doirasida asoslanishi kerak
✅ Shubhali holatlardan saqlanish uchun bu harakatlar doimiy tus olmasligi va zarur hollarda tushuntirish hujjatlari tayyor bo‘lishi kerak

🚨 Ehtimoliy xavflar:

💳 Ish haqi boshqa shaxs kartasiga tushganda, bank tizimi tomonidan bu operatsiya shubhali deb topilishi mumkin.
📥 Soliq organlari va moliyaviy monitoring xizmatlari bunday holatni noqonuniy daromadlarni legallashtirish alomatlari sifatida ko‘rib chiqishi mumkin.

🛑 Natijada:
▪️ Bank operatsiyani to‘xtatishi mumkin
▪️ Korxonadan rasmiy izoh va hujjatlar talab qilinadi
▪️ Ma’lumotlar tegishli nazorat organlariga yuborilishi ehtimoli mavjud

Ish haqini uchinchi shaxs kartasiga o‘tkazish xodim arizasiga asoslangan holda muayyan hollarda ruxsat etilishi mumkin.
Biroq, bunday operatsiyalarni bajarishda:
🔹 qonunchilik talablariga
🔹 moliyaviy monitoring me’yorlariga
🔹 va soliq organlarining nazorat mexanizmlariga e’tibor qaratish lozim.

✅ Har bir ish beruvchi bu borada huquqiy xavfsizlikni ta’minlashi va rasmiy tushuntirishlarga tayyor bo‘lishi kerak.

📢 Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga OBUNA BO‘LING! 🚀

Telegram | Facebook  | Instagram
04/17/2025, 07:00
t.me/jizzakh_tax_news/17730
Repost
2
4
257
📌 Jizzax viloyati soliq boshqarmasi rahbari ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olmoqda

Jizzax viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Bobir Ismailov tomonidan o‘ziga biriktirilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalarning yashash sharoitlari o‘rganilib, amaliyo yordamlar ko‘rsatilib kelinmoqda.

🔹 Kuni kecha boshqarma rahbari Baxmal tumani Soy qishlog‘ida yashovchi, 84-maktab o‘quvchisi Xadicha Anorboeva holidan xabar oldi.

🩺 Xadichaga yaqinda burnidan murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur jarrohlik jarayonida soliqchilar tomonidan moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatilgan.

💬 Jizzax viloyati soliqchilari ijtimoiy mas’uliyatni birinchi o‘ringa qo‘ygan holda, bunday ehtiyojmand oilalarni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Telegram | Facebook  | Instagram
04/16/2025, 13:46
t.me/jizzakh_tax_news/17728
Repost
2
261
Diyor yangiliklari

Aholini sifatli dori vositalari bilan ta'minlash hamda sohadagi yashirin aylanmalarga barham berish maqsadida mas'ullar tomonidan o'rganishlar olib borildi.

Telegram | Facebook  | Instagram
04/16/2025, 12:44
t.me/jizzakh_tax_news/17727
Repost
1
258
📡 Elektromobillarni quvvatlash xizmatlariga qanday soliqlar solinadi?

🔋 2023-yil 1-yanvardan:
📜 PQ–444-son qarorga muvofiq:
✅ Elektr sotish huquqi berilgan

📊 Soliq turlari va stavkalar:

1️⃣ QQS – 12%
🔹 SK 238–239-m. / 258-m.
🔹 Elektr sotish aylanmasiga qo‘llaniladi

2️⃣ Foyda solig‘i – 15%
🔹 Umumiy qoidalar asosida
3️⃣ Aylanmadan olinadigan soliq – 4%
🔹 AOS to‘lovchilari uchun
🔹 Elektr sotishdan tushgan daromad – jami daromadga kiritiladi
🔹 SK 66-bob

🏗 Qo‘shimcha soliq majburiyatlari:

🏠 Mol-mulk solig‘i – agar ko‘chmas mulk bo‘lsa (SK 411-m.)
🌍 Yer solig‘i – yer uchastkangiz bo‘lsa (SK 426-m.)
💧 Suv resurslaridan foydalanish solig‘i – agar suv ishlatsangiz

📌 Savdo uchun olib kelingan elektromobillar – QQS va bojxona to‘lovlariga tortiladi

📑 Muhim:
Agar siz vositachilik xizmatlari ko‘rsatsangiz – bu operatsiyalarni buxgalteriyada alohida aks ettiring.

Telegram | Facebook  | Instagram
04/16/2025, 10:00
t.me/jizzakh_tax_news/17726
Repost
1
239
📦 Tovarni qaytarish muddati o‘tib ketgan bo‘lsa, EHF qanday rasmiylashtiriladi?

🔄 Vaziyat:
Agar tovarni qaytarish muddati o‘tib ketgan bo‘lsa va siz manfiy EHF (qo‘shimcha) yubora olmasangiz, nima qilish kerak?

📌 489-son VMQ (14.08.2020):
➡️ Qo‘shimcha EHF – 1 yil ichida
➡️ Kafolatli tovar – kafolat muddati ichida

🟥 Ammo bu muddatlar o‘tib ketgan bo‘lsa-chi?

✅ YECHIM:
Siz, xaridor sifatida, standart (ijobiy) EHF**ni **yetkazib beruvchi nomiga yuborasiz.
Ya’ni tovarni “teskari realizatsiya” qilasiz. Bu qonuniy!

📌 Muhim shart:
1️⃣ Teskari realizatsiya qilishda eski shartnoma raqamini ko‘rsatmaslik kerak
2️⃣ Yangi shartnoma tuziladi (faqat qaytarilayotgan tovar miqdori bo‘yicha)
3️⃣ EHFdagi summa:
– QQS solig‘iga,
– foyda yoki AOSga tortiladi
4️⃣ Buxgalteriyada bu oddiy realizatsiya sifatida aks ettiriladi

Telegram | Facebook  | Instagram
04/16/2025, 08:30
t.me/jizzakh_tax_news/17725
Repost
3
238
04/16/2025, 08:29
t.me/jizzakh_tax_news/17723
Repost
3
208
04/16/2025, 08:29
t.me/jizzakh_tax_news/17718
Repost
3
235
04/16/2025, 08:29
t.me/jizzakh_tax_news/17724
Repost
3
218
04/16/2025, 08:29
t.me/jizzakh_tax_news/17721
Repost
3
209
04/16/2025, 08:29
t.me/jizzakh_tax_news/17719
Repost
3
207
04/16/2025, 08:29
t.me/jizzakh_tax_news/17720
Repost
3
199
04/16/2025, 08:29
t.me/jizzakh_tax_news/17716
Repost
4
184
Baxmalda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot — amaliy natijalar bilan

Prezident topshirig‘i asosida Baxmal tumanida soliq organlari va tadbirkorlar o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazildi.

🍏 “Bakhmal Fruit Growin” fermer xo‘jaligi:
– 57 ga maydonda 64 ming tup olma
– 2024 yilda 380 tonna hosil
– Davlat byudjetiga 1,13 mlrd so‘m soliq
– 86 nafar ish o‘rni yaratilgan

🗣 Tadbirkorlar mulk solig‘i, kadastr, imtiyozli kredit va soliq imtiyozlari masalalarida fikr bildirishdi. Har bir murojaatga joyida yechim va tavsiyalar berildi.

🏅 Soliq intizomiga qat’iy amal qilgan 7 nafar tadbirkor tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

🛠 Soliq xizmati — tadbirkorning maslahatchisi va ishonchli sherigi!

Batafsil o'qish

📢 Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga OBUNA BO‘LING! 🚀

Telegram | Facebook  | Instagram
04/16/2025, 08:29
t.me/jizzakh_tax_news/17715
Repost
3
201
04/16/2025, 08:29
t.me/jizzakh_tax_news/17717
Repost
3
231
04/16/2025, 08:29
t.me/jizzakh_tax_news/17722
Repost
1
231
📢 Yuridik shaxslar o‘zini o‘zi band qilganlar uchun soliq to‘lashi kerakmi?
🗓 2025-yil 2-apreldan yangi tartib – 200-son VMQ asosida

🟡 Holat:
Yuridik shaxslar soliq organlaridan xabarnomalar olishni boshladi. Ularga ko‘ra:
➡️ Agar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs**ning daromadi soliq davrida **100 mln so‘mdan oshsa,
➡️ U to‘lashi kerak bo‘lgan aylanmadan olinadigan soliqni yuridik shaxs (soliq agenti sifatida) ushlab qolishi lozim.

📌 Soliq organlarining pozitsiyasi:
🔹 200-son VMQ (02.04.2025)ning 5-bandiga ko‘ra,
🔸 O‘zini o‘zi band qilganlarning 100 mln so‘mdan oshgan daromadi – YTTga xos tartibda soliqqa tortiladi.
🔸 Shunday shaxslar bilan ishlagan yuridik shaxslar – soliq agenti sifatida qaralmoqda.
🔸 Soliqni to‘lov manbaida ushlab qolish vazifasi yuridik shaxslarga yuklatilgan.

⚖️ Lekin bu qonuniymi?
🟥 Soliq kodeksida (SK) bunday mexanizm yo‘q!
🧾 SK 369-modda: faqat daromadi 100 mln so‘mdan oshgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar YTT sifatida soliqqa tortiladi.
🧾 SK 3-modda: hech bir NHH Soliq kodeksi qoidalariga zid bo‘lishi mumkin emas.

❗️ Aylanmadan olinadigan soliq – soliq agenti orqali emas, soliq to‘lovchining o‘zi tomonidan to‘lanadi.

🧩 Xulosa (tahlil nuqtai nazaridan):
📍 Soliq organlari soliq tushumlarini tartibga solish va oshirish maqsadida bu yondashuvni tanlagan bo‘lishi mumkin.
📍 Ammo Soliq kodeksida yo‘q bo‘lgan mexanizmni qo‘llash – huquqiy noaniqlikni keltirib chiqaradi.

📢 Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga OBUNA BO‘LING! 🚀

Telegram | Facebook  | Instagram
04/16/2025, 07:06
t.me/jizzakh_tax_news/17714
Repost
1
226
⚠️ ** Veterinariya klinikalari va optika salonlari – QQSga o‘tkazilishi asoslimi?**

📅 2025-yil 1-apreldan boshlab QQS to‘lovchilari soni kengaytirildi. Ammo... ba’zi holatlar savol ostida! 👇

🧾 Prezident Farmoni PF-229 (27.12.2024 y.)
➡️ 3-bandda faqat tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi yoki farmasevtika mahsulotlari sotuvchi yuridik shaxslar haqida so‘z bor.

🐾 Veterinariya klinikalari
🔹 "Veterinariya to‘g‘risida"gi Qonun asosida ishlaydi
🔹 Tibbiy xizmatga emas, qishloq xo‘jaligi tizimiga kiradi
🔹 SSV emas, Veterinariya qo‘mitasi litsenziya beradi
❌ Shuning uchun QQS talabi asoslanmagan

👓 Optika salonlari
🔸 Ko‘zoynak va linzalar – tibbiy xizmat emas
🔸 Optikalar dorixona emas, farmasevtika faoliyati yuritmaydi
🔸 Ko‘zoynaklar SSV tasdiqlagan tibbiy buyumlar ro‘yxatida yo‘q
❌ QQS talabi bu yerda ham asossiz!

Telegram | Facebook  | Instagram
04/15/2025, 15:05
t.me/jizzakh_tax_news/17712
Repost
1
219
📢 Yangi soliq yengilliklari — meva-sabzavot tadbirkorlari uchun!
📅 2025-yil 8-aprelda PQ-136 qarori qabul qilindi. E’tibor bering, foydali imtiyozlar! 👇

🟢 1. Foyda va ijtimoiy soliq – atigi 1%
🗓 2028-yil 1-yanvargacha
✅ Agar:
• Har bir xodimga 2x OTMM maosh to‘lansa
• Daromadning kamida 50%i qadoqlangan mahsulot bo‘lsa

🟢 2. Import uskunalarga atigi 1% bojxona boji
🗓 2027-yil 1-aprelgacha
✅ Dukkakli mahsulotlar uchun uskunalar importida

🟢 3. Yerdan samarali foydalanish
✅ 5+ gektarli xo‘jaliklar:
• Yerning 1% (20 sotixgacha) qismini inshootlarga ajratishi mumkin:
— Qadoqlash, ombor, suv inshootlari va b.

🟢 4. Qadoqlash xarajatlari qoplanadi!
🗓 2025–2026-yillar
✅ Kooperativlarga:
• Xarajatlarning 25% (1 qadoq uchun 3000 so‘mgacha)
• Sertifikatli a’zolarga «Agroko'makchi» orqali reyting

🟢 5. “E-logistika” platformasi ishda!
✅ Eksportchi tadbirkorlar va tashuvchilar uchun logistika xizmatlari endi E-logistika orqali!

Telegram | Facebook  | Instagram
04/15/2025, 13:43
t.me/jizzakh_tax_news/17711
Repost
218
Soliq qo'mitasining idoralararo hamkorligi 🇺🇿

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi**ning 133-moddasi va Prezident qarorlari asosida **54 ta vazirlik va idora o‘rtasida elektron axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
🔹 Adliya, Ichki ishlar, Qurilish, Kadastr agentligi, Bojxona qo‘mitasi va boshqa muhim idoralar bu tizimda faol ishtirok etmoqda.

⚙️ Elektron axborot almashinuvi samaralari:
- Soliq qo‘mitasi boshqa idoralardan olingan ma’lumotlarga asoslanib, yuridik va jismoniy shaxslarning soliq majburiyatlarini to‘liq bajarishini nazorat qiladi.
- Soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlari va soliq majburiyatlari bajarilishi haqidagi ma’lumotlar real vaqt rejimida notarial idoralar, davlat xizmatlari markazlari, bojxona, va boshqa tashkilotlarga uzatiladi.

💡 Natija:
- Aholi va tadbirkorlar uchun ortiqcha hujjat almashish va qog‘ozbozliklar kamayadi.

Telegram | Facebook  | Instagram
04/15/2025, 11:47
t.me/jizzakh_tax_news/17710
Repost
186
📊 Jizzaxda “Soliq hamkor” orqali faol nazorat: 1,8 mlrd so‘mlik jarima!

2025 yil 14 aprel holatigacha Jizzax viloyatida “Soliq hamkor” dasturi orqali 1052 ta murojaat kelib tushdi. Bu murojaatlar asosida:

🔍 364 ta nazorat tadbirlari o‘tkazildi va ularning barchasida savdo qoidalari buzilgani aniqlandi.
📌 Faqat joriy yilning 14 apreligacha 47 ta soliq tekshiruvi amalga oshirilgan.

💸 Yil boshidan buyon qoidabuzarlarga nisbatan jami 1 milliard 820 million so‘mlik moliyaviy jarimalar qo‘llanildi.

✅ “Soliq hamkor” – soliq adolatini ta’minlashda sizning ishonchli yordamchingiz!

Telegram | Facebook  | Instagram
04/15/2025, 10:39
t.me/jizzakh_tax_news/17708
Repost
206
#raqamlashtirish #ochiqmalumotlar

📡 Soliq organlari Markaziy ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya

Yuridik va jismoniy shaxslar tadbirkorlik subyektlari haqidagi ochiq va bepul ma’lumotlarga internet orqali kirishlari mumkinligini bilarmidingiz?.

📲 Ma’lumotlar mobil ilovalar yoki axborot tizimlar orqali elektron shaklda taqdim etiladi.

🔎 Taqdim etiladigan asosiy ma’lumotlar:
▪️ Korxonaning to‘liq va qisqa nomi
▪️ Ro‘yxatdan o‘tgan sana va raqam
▪️ Soliq rejimi, QQS sertifikati
▪️ Tashkiliy-huquqiy shakli, mulk shakli
▪️ IFUT va MHTBT kodi
▪️ Rahbar F.I.Sh., aloqa raqami, email
▪️ Yuridik va haqiqiy manzillar
▪️ Bankrotlik yoki qayta ro‘yxatga olish holati
▪️ Ta’sischilar, filiallar haqida ma’lumot
▪️ Auditorlik tekshiruvlari, ma’muriy jazolar

🆓 Xizmat mutlaqo bepul!
🔗 Foydalanish uchun: my3.soliq.uz

📢 Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga OBUNA BO‘LING! 🚀

Telegram | Facebook  | Instagram
04/15/2025, 10:39
t.me/jizzakh_tax_news/17709
Repost
2
150
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2025-yil 15-aprel

mart oyi uchun:

- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 389-moddasi 1-qismi, 407-moddasi 4- va 5-qismlari);

- aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 470-moddasi 3- va 4-qismi);

II chorak uchun:

- joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 11-qismi).
_____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️15 апреля 2025 года последний день

за март:

- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного НДФЛ, а также представления отчетности и уплаты социального налога
(ч.1 ст.389, ч.4-5 ст.407 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности и уплаты по налогу с оборота
(ч.3-4 ст.470 Налогового кодекса);

за II квартал:

- представления справки о сумме авансовых платежей по налогу на прибыль исходя из ожидаемой суммы прибыли в текущем квартале
(ч.11 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
04/15/2025, 08:32
t.me/jizzakh_tax_news/17707
Repost
223
❓ O‘zbekistonda tovar-transport yuk xati (TTY) elektron bo‘ladimi?
🟢 Ha, bo‘ladi. TTY endilikda elektron shaklda yuritiladi.

📅 Joriy etish bosqichlari:

🔹 2024-yil 1-apreldan — yirik soliq to‘lovchilar uchun
🔹 2024-yil 1-iyuldan — barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun majburiy tartibda

💻 Elektron TTY qanday rasmiylashtiriladi?

1. 📦 Yuk jo‘natuvchi:
– TTY ishtirokchilari, transport va tovarlar haqidagi ma’lumotlarni kiritadi
– ERI (elektron raqamli imzo) bilan tasdiqlaydi

2. 📲 Operator:
– TTYga ID va QR kod biriktiradi
– Hujjatni ishtirokchilarga yuboradi

3. 🚚 Yuk yetkazib beruvchi:
– Ma’lumotlarni tekshiradi
– Yuk topshirilishini mobil ilova orqali Face ID yordamida tasdiqlaydi

4. 📥 Yuk qabul qiluvchi:
– Ma’lumotlarni tekshiradi
– Elektron TTYni ERI orqali tasdiqlaydi yoki rad etadi (sababi bilan)

✅ Elektron TTY — rasmiylashtirishni soddalashtiradi, hisob-kitobni oshkora qiladi va qog‘ozbozlikni kamaytiradi.

Telegram | Facebook  | Instagram
04/15/2025, 07:09
t.me/jizzakh_tax_news/17706
Repost
238
📞 #raqamlashtirish #murojaatlar | Call-markaz faoliyati – 2025-yil mart

📆 Mart oyida Soliq qo‘mitasi Call-markazi tomonidan 47 954 ta murojaat qabul qilindi.

👥 Soliq to‘lovchilar kesimida:

🔹 Jismoniy shaxslar – 32 739 ta
🔹 Yuridik shaxslar – 13 294 ta
🔹 Yakka tartibdagi tadbirkorlar – 1 887 ta
🔹 Fermer va dehqon xo‘jaliklari – 34 ta

📍 Hududlar kesimida eng ko‘p murojaat:

🏙 Toshkent shahri – 17 203 ta

👤 Toifalar kesimida esa:
🔝 Jismoniy shaxslardan eng ko‘p murojaat — 32 739 ta

☎️ Soliq Call-markazi — soliq to‘lovchilarning savollariga tezkor va doimiy javob beruvchi ishonchli manba!

📢 Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga OBUNA BO‘LING! 🚀

Telegram | Facebook  | Instagram
04/14/2025, 14:30
t.me/jizzakh_tax_news/17704
Repost
1
230
📩 #raqamlashtirish #murojaatlar | 2025-yil I chorakda murojaatlar statistikasi

📊 Soliq qo‘mitasiga 15 827 ta murojaat kelib tushgan (yanvar–mart holatiga ko‘ra)

💬 Murojaatlar ko‘rinishi bo‘yicha:

🔹 Elektron – 14 024 ta (88.6%)
🔹 Og‘zaki – 1 120 ta (7.1%)
🔹 Yozma – 683 ta (4.3%)

📍 Hududlar bo‘yicha yetakchilar:

🏙 Toshkent shahri – 5 045 ta (31.9%)
🏡 Toshkent viloyati – 1 409 ta (8.9%)
🌿 Farg‘ona viloyati – 1 314 ta (8.3%)

🏡 Jizzax viloyati – 514 ta (3.2%)
🗒 Qoraqalpog'iston R. – 495 ta (3.1%)
🖌 Xorazm viloyati – 495 ta (3.1%)

✅ Aholi murojaatlari asosan elektron shaklda bo‘lib, raqamlashtirish jarayoni samarali olib borilmoqda.

🖥 Murojaatlaringizni siz ham onlayn shaklda yuborishingiz mumkin — bu tez va qulay!

📢 Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga OBUNA BO‘LING! 🚀

Telegram | Facebook  | Instagram
04/14/2025, 13:00
t.me/jizzakh_tax_news/17703
📢 E’LON

🗓 2024-yil 15-aprel kuni, soat 14:00 da Jizzax viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i B.S.Ismailov kichik va o‘rta biznes vakillari bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazadi.

✅ Uchrashuv davomida tadbirkorlarni qiziqtirgan soliq masalalari, mavjud muammolar va takliflar muhokama qilinadi.

📍Manzil: Baxmal tumani hokimligi binosi

Tadbirkorlarni faol ishtirok etishga chorlaymiz!

📢 Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga OBUNA BO‘LING! 🚀

Telegram | Facebook  | Instagram
04/14/2025, 12:25
t.me/jizzakh_tax_news/17702
Repost
1
200
📊 Soliqlarning ixtiyoriy to‘lanish darajasi — 2025-yil I chorak natijalari

🗓 Yanvar–mart oylarida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq majburiyatlarining ixtiyoriy bajarilishi — 94% ni tashkil etdi.

🏆 Eng yuqori ko‘rsatkichlar:

🔹 Yirik soliq to‘lovchilar HSIda — 95%
🔹 Toshkent shahri, Sirdaryo, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 94%

📌 Soliq turlari bo‘yicha:

💯 Yer qa’ridan foydalanganlik solig‘i — 100%
💼 Foyda solig‘i — 97%
👨‍👩‍👧 JShODS (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i) — 96%
🧾 QQS va aksiz solig‘i — 95%
🏠 AOS, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik — 90%

✅ Soliq intizomi oshmoqda. Davlatimiz taraqqiyoti yo‘lida o‘z vaqtida to‘langan har bir soliq muhim!

📢 Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga OBUNA BO‘LING! 🚀

Telegram | Facebook  | Instagram
04/14/2025, 12:24
t.me/jizzakh_tax_news/17701
Repost
1
218
📌 #foyda_soligi | 15-aprel — maʼlumotnoma topshirish muddati!

📆 2025-yil II chorak uchun foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma**ni taqdim etishning **oxirgi kuni — 15-aprel
👉 Rasmiy manba

👨‍💼 Kimlarga tegishli?
🔟 Jami daromadi 10 mlrd so‘mdan oshadigan yuridik shaxslar

📌 Ular foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarni har oyning 23-sanasidan kechiktirmay to‘lashlari shart.

📝 Maʼlumotnoma topshirish tartibi:
✅ Har chorakning birinchi oyining 15-sanasigacha
📊 Kutilayotgan foyda summasiga asosan
🏛 Soliq organlariga taqdim etiladi

⚠️ Diqqat!

🔻 Ma’lumotnoma taqdim etilmasa — bo‘nak to‘lovi miqdori soliq organlari tomonidan hisoblanadi
🔻 Agar foyda summasi asossiz kamaytirib ko‘rsatilsa — soliq organlari uni o‘zgartirishga haqli

📚 Qo‘shimcha: Soliq kodeksi 340-modda

🕒 Vaqtida topshiring — ortiqcha tushuntirishlarga hojat qolmaydi!

📢 Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga OBUNA BO‘LING! 🚀

Telegram | Facebook  | Instagram
04/14/2025, 10:32
t.me/jizzakh_tax_news/17700
Repost
1
249
04/14/2025, 09:30
t.me/jizzakh_tax_news/17694
Repost
1
226
Jizzax viloyatida sayyor qabullar: Soliq masalalari yuzasidan murojaatlar ko‘rib chiqildi

🗓 2024-yil 11-aprel kuni Jizzax viloyatining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari rahbarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillari uchun sayyor qabullar tashkil etildi.

📍Sayyor qabullar Forish tumani Madaniyat markazi binosida o‘tkazildi. Unda viloyat prokuraturasi, sud, IIB, soliq, adliya, Majburiy ijro byurosi, DXX huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish departamenti kabi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

👥 Viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati tomonidan fuqarolarning quyidagi yo‘nalishlardagi murojaatlari ko‘rib chiqildi:
▪️soliq qarzlarini qisqartirish
▪️daromad solig‘i bo‘yicha tushuntirish
▪️soliqlarni kechiktirib to‘lash masalalari

📌 Murojaatlar joyida o‘rganilib, tegishli tushuntirish va huquqiy yordamlar berildi.

📢 Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga OBUNA BO‘LING! 🚀

Telegram | Facebook  | Instagram
04/14/2025, 09:30
t.me/jizzakh_tax_news/17690
Repost
1
04/14/2025, 09:30
t.me/jizzakh_tax_news/17696
Repost
1
238
04/14/2025, 09:30
t.me/jizzakh_tax_news/17691
Repost
1
269
04/14/2025, 09:30
t.me/jizzakh_tax_news/17698
Repost
1
231
04/14/2025, 09:30
t.me/jizzakh_tax_news/17692
Repost
1
253
04/14/2025, 09:30
t.me/jizzakh_tax_news/17697
Repost
1
262
04/14/2025, 09:30
t.me/jizzakh_tax_news/17699
Repost
1
244
04/14/2025, 09:30
t.me/jizzakh_tax_news/17693
Repost
1
256
04/14/2025, 09:30
t.me/jizzakh_tax_news/17695
Repost
2
218
📌 #mulk_soligi #yer_soligi | 15-aprel — to‘lov muddati!

🏡 Jismoniy shaxslar 2025-yil uchun mol-mulk va yer solig‘ining birinchi yarmini 15-aprelga qadar to‘lashi shart!

📲 Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash qulay:

🔗 Android yuklab olish (Play Market)

🧍🏻‍♂️ O‘zingiz uchun to‘lash:
✅ Face ID orqali tizimga kiring
🔍 Mulkingiz bo‘yicha soliq summasini ko‘ring
💳 Soliqni to‘liq yoki qisman to‘lang

👥 Boshqa shaxs (ota-onangiz va boshqalar) uchun to‘lash:
🔢 Ularning JSHSHIR raqamini kiriting
🏡 Soliq turini tanlang
💳 Ko‘rsatilgan summani to‘lang

⏰ Esingizda bo‘lsin, 15-aprel — oxirgi kun!
📥 To‘lovni iloji boricha erta amalga oshiring va penya yig‘ilmasin.

📢 Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga OBUNA BO‘LING! 🚀

Telegram | Facebook  | Instagram
04/14/2025, 08:39
t.me/jizzakh_tax_news/17689
Repost
1
221
#mulk_soligi #yer_soligi

15-aprelga qadar joriy yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer solig'i summasining birinchi yarmini to'lashni unutmang!

Fuqarolar soliq toʻlovlarini:

✅ elektron toʻlov tizimlari (“Soliq”, “Click”, “Payme”, “Paynet” mobil ilovalari);

✅mahallaga biriktirilgan soliq inspektorining “SAYT” terminali;

✅ bank kassalari orqali toʻlashlari mumkin.

Soliqlar muddatida to‘lanmagan taqdirda, kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun penya hisoblanadi.

🗓 Soliq majburiyatini oʻz vaqtida bajarishni unutmang!

Telegram | Facebook  | Instagram
04/14/2025, 07:42
t.me/jizzakh_tax_news/17688
Repost
193
#foyda_soligi | 1-chorak hisobot muddati – 21-aprel!

Hurmatli soliq to‘lovchilar!

🗓 2025-yil 21-aprel — I chorak uchun foyda solig‘i hisobotini topshirishning so‘nggi kuni. (20-aprel — dam olish kuni bo‘lgani sababli kechiktirilgan)

✅ Hisobotda nimalarga e’tibor qaratish kerak?

📊 Daromad va xarajatlar to‘g‘ri aks ettirilishi shart!

📌 Foyda solig‘i bazasi:
- Jami daromaddan asosli xarajatlar chegirib tashlanadi;
- Xarajatlar asoslangan va hujjat bilan tasdiqlangan bo‘lishi zarur (SK 305-modda).

🚫 Quyidagi xatolarga yo‘l qo‘ymang:

🔻 Ishlab chiqarishda foydalanilmagan resurslarni xarajatga qo‘shish
🔻 Sotuv daromadini ataylab keyingi davrga o‘tkazish
🔻 Limit va amortizatsiya me’yorlarini sun’iy oshirish

Bunday holatlar soliq bazasini yashirish deb baholanadi va 20% miqdorida jarima solinadi (SK 223-modda).

📎 Batafsil:
- SK 305-modda
- SK 223-modda
- Hisobot shakli

Telegram | Facebook  | Instagram
04/14/2025, 07:36
t.me/jizzakh_tax_news/17687
Repost
231
04/14/2025, 07:36
t.me/jizzakh_tax_news/17684
Repost
229
04/14/2025, 07:36
t.me/jizzakh_tax_news/17686
Repost
230
04/14/2025, 07:36
t.me/jizzakh_tax_news/17685
Repost
227
🏭 Arnasoyda yangi ish o‘rni, barqaror taraqqiyot sari qadam!

Yaqinda Arnasoy tumanida yangi zamonaviy korxona – “Spark Brilliant Jizzakh” MChJ o‘z faoliyatini boshladi.

👷 Mazkur O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi qarovsiz qolgan bo‘sh hududda investitsiya kiritilishi natijasida barpo etildi.
Korxona bosh hisobchisi Ulug‘bek Narboevning ma’lum qilishicha, loyiha doirasida maxsus qoplarni qayta ishlash uchun eng so‘nggi texnologiyalar asosida jihozlar o‘rnatilgan hamda 30 nafarga yaqin mahalliy aholi doimiy ish o‘rni bilan ta’minlangan.

🔍 Arnasoy tuman soliq inspeksiyasi rahbari Navro‘z Otaqulov korxona faoliyati bilan shaxsan tanishdi. Uchrashuvda u tadbirkorlarga ishonchli ma’lumot taqdim etuvchi barqarorlik reytingining ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Bu tizim “yashirin” iqtisodiyotni qisqartirish, shubhali shartnomalarga va insofsiz raqobatga chek qo‘yishda muhim o‘rin tutayotgani ta’kidlandi.

Telegram | Facebook  | Instagram
04/14/2025, 07:36
t.me/jizzakh_tax_news/17683
Repost
1
04/14/2025, 07:31
t.me/jizzakh_tax_news/17679
Repost
1
04/14/2025, 07:31
t.me/jizzakh_tax_news/17682
Repost
1
🏭 Arnasoyda yangi ish o‘rni, barqaror taraqqiyot sari qadam!

Yaqinda Arnasoy tumanida yangi zamonaviy korxona – “Spark Brilliant Jizzakh” MChJ o‘z faoliyatini boshladi.

👷 Mazkur O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi qarovsiz qolgan bo‘sh hududda investitsiya kiritilishi natijasida barpo etildi.
Korxona bosh hisobchisi Ulug‘bek Narboevning ma’lum qilishicha, loyiha doirasida maxsus qoplarni qayta ishlash uchun eng so‘nggi texnologiyalar asosida jihozlar o‘rnatilgan hamda 30 nafarga yaqin mahalliy aholi doimiy ish o‘rni bilan ta’minlangan.

🔍 Arnasoy tuman soliq inspeksiyasi rahbari Navro‘z Otaqulov korxona faoliyati bilan shaxsan tanishdi. Uchrashuvda u tadbirkorlarga ishonchli ma’lumot taqdim etuvchi barqarorlik reytingining ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Bu tizim “yashirin” iqtisodiyotni qisqartirish, shubhali shartnomalarga va insofsiz raqobatga chek qo‘yishda muhim o‘rin tutayotgani ta’kidlandi.

Telegram | Facebook  | Instagram
04/14/2025, 07:31
t.me/jizzakh_tax_news/17678
Repost
1
04/14/2025, 07:31
t.me/jizzakh_tax_news/17680
Repost
1
04/14/2025, 07:31
t.me/jizzakh_tax_news/17681
Repost
1
202
🎬 "Zamin” axborot dasturi

🏢 Jizzax viloyatidagi tadbirkorlar va soliq organlari vakillari o‘rtasida ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.

Telegram | Facebook  | Instagram
04/11/2025, 16:46
t.me/jizzakh_tax_news/17677
Repost
1
252
04/11/2025, 10:52
t.me/jizzakh_tax_news/17675
Repost
1
1
234
📚 Amir Temur merosiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir — soliqchilar orasida!

🕰 Ayni damda Jizzax viloyat soliq boshqarmasida kasbiy o‘qish jarayonida

🇺🇿 Amir Temur tavalludining 689 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tmoqda.

🎓 Tadbirda Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.

📖 “A.Temur davrida soliqlar va soliq munosabatlari” mavzusidagi qiziqarli va tahliliy ma’ruzalar taqdim etilmoqda.

🎯 Maqsad — tarixiy merosni o‘rganish orqali zamonaviy soliq tizimini chuqurroq anglash, ma’naviy barkamollikni oshirish.

Telegram | Facebook  | Instagram
04/11/2025, 10:52
t.me/jizzakh_tax_news/17673
Repost
1
252
04/11/2025, 10:52
t.me/jizzakh_tax_news/17674
Repost
2
3
238
🎥 "INSPEKTORNING BIR KUNI" – Sardor Xolmatov bilan birga!

🧾 Soliq inspeksiyasi xodimi Sardor Xolmatovning oddiy ish kuni —
aslida judayam mas’uliyatli, serharakat va fidokorona o‘tadi.

📍 Ertalabki yig‘ilish

🤝 Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

📊 Joylardagi soliq tushumlarini o‘rganish

👥 Fuqarolarga tushuntirish ishlari
— bularning barchasi bir kunda!

🧑💼 Har bir qadamda – mas’uliyat, halollik va fidoyilik!

📺 To‘liq ko‘rsatuvni tomosha qiling – davlat xizmati ortidagi haqiqiy hayot bilan yaqindan tanishing.

📌 #InspektorKuni #SoliqXizmati #Fidoyilik #SoliqOdamlari #SardorXolmatov
Telegram | Facebook  | Instagram
04/11/2025, 09:10
t.me/jizzakh_tax_news/17672
Repost
214
📢 Eksport qiluvchi tadbirkorlar uchun endi hujjatlar kamroq bo‘ladi!

🗓 2025 yil 14 martdan kuchga kirgan Vazirlar Mahkamasining 160-son qaroriga asosan:

✅ QQSni qaytarish (qoplash) uchun hujjatlar ro‘yxati soddalashtirildi!
Agar barcha zarur ma’lumotlar elektron idoralararo tizimda mavjud bo‘lsa:

❌ Soliq organlariga eksport shartnomasi va bojxona yuk deklaratsiyasini (BYuD) topshirish talab etilmaydi!
📌 Tovarning bojxona chegarasini kesib o‘tganligi elektron tarzda bojxona organlari ma’lumoti orqali tasdiqlanadi.

📎 Agar ma’lumotlar elektron tizimda mavjud bo‘lmasa, arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
• Tovar eksport qilingani va xorijiy hamkor haqida ma’lumot
• Agar vositachi orqali eksport qilingan bo‘lsa — vositachilik shartnomasi
• Xalqaro tashish xizmatlarida — tashish hujjatlari reestri
• Kontrakt va BYuD (zarur hollarda)
• Valyuta tushganligi haqida bank ma’lumotnomasi
• Zarur holda — sohadan kelib chiqib boshqa tasdiqlovchi hujjatlar

📌 Bularning barchasi — tadbirkorlar uchun byurokratik to‘siqlarni qisqartirish va QQSni tez va shaffof qaytarishga qaratilgan!

💡 Eksport bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratilyapti. Yangi tartibni bilib oling — hujjat topshirishda vaqt va resurslaringizni tejang!

Telegram | Facebook  | Instagram
04/11/2025, 09:00
t.me/jizzakh_tax_news/17671
Repost
198
04/11/2025, 09:00
t.me/jizzakh_tax_news/17670
Repost
1
208
04/11/2025, 08:32
t.me/jizzakh_tax_news/17668
Repost
1
210
04/11/2025, 08:32
t.me/jizzakh_tax_news/17669
Repost
1
1
188
🎯 Jizzaxda YIRIK MEHNAT YaRMARKASI!

📅 Bugun, 11 aprel

📍 “Yoshlar shaharchasi hiyoboni”, Jizzax shahri
Viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan mazkur tadbirda:

🤝 Viloyat hokimligi

📊 Soliq va adliya boshqarmalari

👮 IIB

💼 Bandlik vazirligining hududiy bo‘linmalari
hamkorlikda ishtirok etmoqda.

🏢 Korxonalar va tashkilotlar turli sohalardagi bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etmoqda!

🔎 Ish izlayotganlar, yangi imkoniyat qidirganlar uchun ajoyib imkon!

Telegram | Facebook  | Instagram
04/11/2025, 08:32
t.me/jizzakh_tax_news/17667
Repost
2
204
🛑 Noqonuniy ishga jalb qilish uchun katta jarimalar joriy etilishi mumkin!

Yangi taklif: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga 49-5-modda qo‘shilishi mumkin. Unga ko‘ra:

👷♂️ Mehnat shartnomasisiz ishga olish: ▫️ Oddiy fuqarolar uchun — BHMning 10 baravarigacha jarima
▫️ Mansabdor shaxslar uchun — BHMning 30 baravarigacha jarima

♻️ Agar bu huquqbuzarlik bir yil ichida takrorlansa –
BHMning 200 baravarigacha jarima solinishi mumkin!

📌 Maqsad – fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish va noqonuniy ish bilan bandlikni qisqartirish.

🧾 Rasmiy shartnoma – siz va haq-huquqlaringiz kafolati!

Telegram | Facebook  | Instagram
04/11/2025, 07:46
t.me/jizzakh_tax_news/17666
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria