Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
EL
"El-yurt umidi" Foundation
https://t.me/elyurtumidifoundation
Channel age
Created
Language
Uzbek
1.38%
ER (week)
12.88%
ERR (week)

Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining rasmiy Telegram sahifasi

👉 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar: http://myurls.co/elyurtumidifoundation

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 1 088 results
5
5
271
#XALQARO_GRANT

🇺🇿🇰🇷 2025-2026-yil uchun Janubiy Koreya UST stipendiyalarini taqdim etadi!

Qabul qilinadigan davlatlar: barcha mamlakatlar.
Kurs darajasi: Magistratura va PhD.

🔹 Fan va Texnologiya universiteti (UST) 2003-yilda tashkil etilgan. U Janubiy Koreyadagi turli tadqiqot institutlari va davlat universitetlarini o'z ichiga oladi. UST dunyodagi eng yaxshi 100 ta universitet qatoriga kiradi.

🔹 Universitetida deyarli barcha akademik sohalar va mutaxassisliklar mavjud. UST jami 300 ta stipendiya ajratilmoqda.

Moliyaviy imtiyozlar:
- Doktorantura dasturlari:
Oyiga kamida 1,600,000 von beriladi.

- Magistratura dasturlari:
Oyiga kamida 1 200 000 von beriladi.

- Treningning to'liq qiymati qoplanadi.
- Kompleks tibbiy sug'urta, baxtsiz hodisalardan sug'urtalash, elektron kutubxona va konsalting xizmatlar bepul.
- Koreys tilini o'rgatish kurslari mavjud.

Hujjat topshirish muddati: 2025-yil 7-may.

Batafsil tanishing

🌆 EYUF axborot xizmati.

🌐 Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube
04/26/2025, 14:08
t.me/elyurtumidifoundation/14074
24
2.9 k
04/25/2025, 18:14
t.me/elyurtumidifoundation/14073
41
23
2.5 k
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🇺🇿🇺🇸 AQSHning “University of Texas Dallas” universiteti “El-yurt umidi” jamg‘armasi doktorantlariga 100 foizlik chegirmalar ajratadi!

🔹 2025-yilning 25-aprel kuni “El-yurt umidi” jamg‘armasi rahbariyati va AQSHning “University of Texas Dallas” universiteti (UT Dallas) Global aloqalar bo'yicha vitse-prezident Juan E. González hamda universitet professori, vatandoshimiz Anvar Zahidov o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalari muhokamasi yuzasidan Jamg’armada uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktor o‘rinbosari v.b Javohir Axmedov ushbu universitet vakillari bilan joriy yilning 1-8-mart kunlari Texas shtatining Xyuston shahrida bo‘lib o‘tgan "Building bridges: leading internationalization in a changing world" mavzusidagi xalqaro konferensiyasi davomida muzokaralar olib brogan edi.

🔹 Ma’lumot uchun: University of Texas Dallas (UT Dallas) AQShning Texas shtatidagi Richardson shahrida joylashgan davlat tadqiqot universitetidir. U 1961-yilda Texas Instruments kompaniyasining xususiy tadqiqot markazi sifatida tashkil etilgan va hozirda University of Texas tizimining bir qismi hisoblanadi.

Universitet haqida umumiy ma’lumot:
- O‘quv dasturlari: 57 ta bakalavriat, 59 ta magistratura va 32 ta doktorantura dasturlari mavjud.
- Kampus maydoni: 645 akr (taxminan 261 gektar).
- Tadqiqot yo‘nalishlari: Kosmik fanlar, bioinjinering, kiberxavfsizlik, nanotexnologiya bo’yicha yetakchi sanaladi.
- Akademik maqomi: "R1: Juda yuqori tadqiqot faolligiga ega doktorantura universitetlari" toifasiga kiradi.

🔹 Uchrashuv davomida, Jamg‘arma ijrochi direktori o‘rinbosari v.b Javohir Axmedov tomonidan vazirlik va idoralarning maqsadli buyurtmasi asosida davlat xizmatchilarini ushbu universitetda qisqa stajirovka dasturlarini tashkil etish bo‘yicha hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlar uchun o‘qish xarajatlaridan 50-60 % chegirmalar ajratilish taklif qilindi.

🔹 O‘z o‘rnida mazkur takliflar Juan E. González tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, mazkur yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga kelishib olindi. “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasi orqali ushbu universitetlarga boruvchi bakalavr va magistrantlarga 30 %, doktorantlarga esa 100 % chegirmalar ajratilishini belgilandi.

🔹 Mazkur uchrashuvda Jamg‘arma stipendiatlarini ushbu universitetda ta’lim olishida ko‘maklashish shuningdek, Jamg‘arma stipendiya tanlovida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun universitetda o‘qish imkoniyatlari, hujjat topshirish jarayonlari bo‘yicha may oyida onlayn vebinar tashkil etishga kelishib olindi.

BATAFSIL O'QING

🌆 EYUF axborot xizmati.

🌐 Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube
04/25/2025, 18:14
t.me/elyurtumidifoundation/14071
23
2.9 k
04/25/2025, 18:14
t.me/elyurtumidifoundation/14072
10
4.6 k
04/25/2025, 08:34
t.me/elyurtumidifoundation/14068
10
4.6 k
04/25/2025, 08:34
t.me/elyurtumidifoundation/14069
46
10
4.1 k
#YUTUQ

🇺🇿🇺🇸 “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati, "Colorado State University" talabasi Ilhomiddin Nabijonov, Hyatt mehmonxonalari tomonidan o‘tkazilgan "Hyatt Immersion Program" dasturini muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikatni qo‘lga kiritdi.

🔹 “Hyatt Immersion” dasturi odatiy o‘quv yili davomida o‘tkaziladi va Kolorado shtatidagi yirik mehmondo‘stlik maktablarining dars jadvali hamda ta’til davrlarini hisobga oladi. Tadbirlar o‘quv yili davomida rejalashtiriladi — sentyabrdan aprelgacha kamida beshta va ko‘pi bilan to‘qqizta tadbir o‘tkaziladi.

🔹 Barcha tadbirlar Koloradodagi Hyatt tomonidan boshqariladigan mehmonxonalarda o‘tkazilgan. Ularning aksariyati Denver hududida bo‘lib o‘tadi, bir yoki ikki sessiya esa Koloradoning tog‘li hududlaridagi kurort mehmonxonalarda tashkil etiladi.

🔹 Har yili talabalar mehmonxonadagi turli bo‘limlarni aks ettiruvchi xilma-xil sessiyalarni tashkil etishga harakat qilishadi. Eng ko‘p o‘tiladigan sessiyalar — bu mehmonxona operatsiyalari, savdo, tadbirlarni rejalashtirish va daromad boshqaruvi.

🔹 Bundan tashqari, moliya, oziq-ovqat va ichimliklar boshqaruvi, hattoki aktivlar boshqaruvi bo‘yicha ham sessiyalar o‘tkaziladi.

🔹 Dastur so‘ngi tadbirida, Ilhomiddin nutq so‘zladi, va nutqi davomida tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirgan holda, ulardan olgan muhim bilimlariga to‘xtalib o‘tdi hamda tengdoshlariga manfaatli bo‘lgan tavsiyalarini berdi.

🌆 EYUF axborot xizmati.

🌐 Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube
04/25/2025, 08:34
t.me/elyurtumidifoundation/14067
10
4.7 k
04/25/2025, 08:34
t.me/elyurtumidifoundation/14070
12
4.6 k
04/25/2025, 07:30
t.me/elyurtumidifoundation/14065
12
4.6 k
04/25/2025, 07:30
t.me/elyurtumidifoundation/14066
20
12
3.7 k
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🇺🇿🇰🇷 “El-yurt umidi” jamg‘armasi va Janubiy Koreyaningning Sungkyunkwan University o‘rtasida memorandum imzolanadi!

🔹 2025-yilning 24-aprel kuni “El-yurt umidi” jamg‘armasi rahbariyati va Sungkyunkwan universiteti Xalqaro talabalar xizmati direktori Do Kyong Kim, Xalqaro talabalarni jalb qilish bo‘yicha menejer So-young Lee hamda Xalqaro talabalar dasturi koordinatori Hyunjune Kim o‘rtasida hamkorlik aloqalari yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Maʼlumot uchun: Sungkyunkwan universiteti, Janubiy Koreyaning eng qadimiy va nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, 1398-yilda asos solingan. 2025-yilgi xalqaro reytinglarda universitet quyidagi natijalarga erishgan:

🔹 Universitet "Times Higher Education (THE) World University Rankings 2025" da 102-o‘rinni egallab, o‘tgan yilga nisbatan 43 pog‘onaga ko‘tarilgan. Bu natija uni Janubiy Koreya universitetlari orasida 3-o‘ringa, xususiy universitetlar orasida esa birinchi o‘ringa olib chiqdi.

Asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha reytinglar:
•Engineering: 70-o‘rin;
•Computer Science: 86-o‘rin;
•Clinical & Health (Tibbiyot): 50-o‘rin;
•Business & Economics: 97-o‘rin;
•Physical Sciences: 126–150-o‘rinlar oralig‘i;
•Life Sciences: 126–150-o‘rinlar oralig‘i;
•Arts & Humanities: 201–250-o‘rinlar oralig‘i.

🔹 Bo‘lajak hamkorlarga Jamg‘arma faoliyati to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berib o‘tildi.

🔹 Mazkur uchrashuvda, Jamg‘arma stipendiatlari ushbu universitetda taʼlim olishini taʼminlash va davlat xizmatchilari uchun stajirovka dasturi masalasi batafsil muhokama qilindi. Xususan, ushbu stajirovka dasturida barcha vazirlik idoralarni xodimlari ishtirok etishi mumkinligi to‘g‘risida to‘liq maʼlumot berildi.

🔹 Universitet va Jamg‘arma hamkorlikda o‘zbek yoshlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etishga kelishib olindi.

🔹 Jamg‘arma rahbariyati tomonidan O‘zbekistonlik talabalarning o‘qishga topshirish xarajatlarini bepul qilish va har bir Jamg‘arma stipendiatlarining tution fee xarajatlaridan chegirmalar ajratish taklif qilindi va universitet vakillari hozirda 50 foiz chegirmalar berilishini maʼlum qildi.

🔹 Uchrashuv so‘nggida, Stipendiatlarni ushbu universitetda taʼlim olishini yo‘lga qo‘yish va ko‘plab ijobiy masalalarni o‘z ichiga olgan hamkorlik memorandumini tez kunda imzolashga kelishib olindi.

BATAFSIL O'QING

🌆 EYUF axborot xizmati.

🌐 Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube
04/25/2025, 07:30
t.me/elyurtumidifoundation/14064
35
38
4.4 k
🟦🟦🟥🟥🟥🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlariga qanday imtiyozlar beriladi?

🔹 O‘zbekiston Milliy axborot agentligida, "El-yurt umidi" jamg'armasi faoliyati bilan bog'liq suhbat chop etildi.

🔹 Salohiyatli va iqtidorli yoshlar – kelajagimiz. Mamlakatimizda yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va ularni rag‘batlantirish bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Xorijda o‘qigan yoshlarning vatanimizda o‘z sohasi bo‘yicha munosib ish bilan ta’minlanishi ham dolzarb masalalardan biri.

🔹 Prezidentimizning joriy yil 26 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijiy mamlakatlarda ta’lim olib qaytgan stipendiatlar milliy kadrlar zaxirasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritilishi hamda ular davlat organlari, tashkilotlari va muassasalariga tanlovsiz ishga olinishi kabi vazifalar belgilab berildi.

🔹 Mazkur farmonning mazmun-mohiyati xususida “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori o‘rinbosari v.b Javohir Ahmedov bilan bo'lgan suhbatda ma'lumot olishingiz mumkin.

Suhbatni ko'rish uchun bosing

🌆 EYUF axborot xizmati.

🌐 Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube
04/24/2025, 12:29
t.me/elyurtumidifoundation/14063
20
68
4.9 k
#SCHOLARSHIP

🇺🇿🇯🇵 2025-yilda Yaponiyaning "Tobe Maki" stipendiya dasturida ishtirok eting!

Qabul qilinadigan davlatlar: barcha mamlakatlar.
Kurs darajasi: bakalavr, magistratura, PhD.

🔹 Tobe Maki stipendiyasi - bu muayyan ilmiy fanlar bo'yicha tadqiqot olib borayotgan talabalarni qo'llab-quvvatlovchi ehtiyojga asoslangan tashabbus. Grant asosan, ilmiy yutuqlarga va intellektual rivojlanish imkoniyatlariga katta e'tibor beradi.

🔹 Har yili beriladigan 60 ta mukofotdan faqat beshtasi xorijlik talabalarga beriladi.

🔹 Shunday qilib, "talaba" vizasi maqomiga ega bo'lgan o'zini o'zi moliyalashtirgan xalqaro talabalar Yaponiyada ushbu juda raqobatbardosh imkoniyatga ariza topshirishlari mumkin.

Afzalliklari:
- Magistratura/doktorantlar uchun oylik stipendiya 70 000 iyena yoki yiliga 840 000 iyenani tashkil qiladi.
- Bakalavriat talabalari uchun oylik stipendiya 60 000 iyena yoki yiliga 720 000 iyenani tashkil qiladi.

Hujjat topshirish muddati: 2025-yil 8-may.

Batafsil tanishish uchun bosing

🌆 EYUF axborot xizmati.

🌐 Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube
04/24/2025, 11:12
t.me/elyurtumidifoundation/14062
40
20
4.6 k
📽🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤

🇺🇿🇬🇧 “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari — Manchester universiteti magistrantlari Rustam Ochilov (Xalqaro biznes va tijorat huquqi yo‘nalishi) hamda Ayubxon Axmadxo‘jayev (Biznes boshqaruvi yo‘nalishi) ishtirokida “O‘zbekiston 24” telekanalida maxsus lavha namoyish etildi.

🔹 Lavha davomida ular EYUF dasturi orqali xorijda ta’lim olish imkoniyatlari, Buyuk Britaniyada o‘qish tajribasi, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha dolzarb masalalar, shaxsiy maqsadlari va erishayotgan yutuqlari haqida fikr bildirdilar.

🌆 EYUF axborot xizmati.

🌐 Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube
04/23/2025, 14:41
t.me/elyurtumidifoundation/14061
18
4
4.6 k
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Самарқанд шаҳрига келди.

Давлатимиз раҳбари Россия Федерацияси ташқи ишлар вазири Сергей Лавров ҳамда бугун мамлакатимизга ташриф билан келадиган Туркман халқининг миллий етакчиси, Туркманистон Халқ Маслаҳати Раиси Гурбангули Бердимуҳамедов билан учрашувлар ўтказади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл в город Самарканд.

Глава государства проведет встречу с министром иностранных дел Российской Федерации Сергеем Лавровым, а также с Национальным лидером туркменского народа, Председателем Халк Маслахаты Туркменистана Гурбангулы Бердымухамедовым, который сегодня прибудет в нашу страну с визитом.

🌆 EYUF axborot xizmati.

🌐 Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube
04/23/2025, 11:37
t.me/elyurtumidifoundation/14060
6
4.6 k
04/23/2025, 10:46
t.me/elyurtumidifoundation/14057
7
4.2 k
04/23/2025, 10:46
t.me/elyurtumidifoundation/14055
6
4.3 k
04/23/2025, 10:46
t.me/elyurtumidifoundation/14056
8
3.9 k
04/23/2025, 10:46
t.me/elyurtumidifoundation/14053
6
4.1 k
04/23/2025, 10:46
t.me/elyurtumidifoundation/14054
6
4.6 k
04/23/2025, 10:46
t.me/elyurtumidifoundation/14058
6
4.0 k
04/23/2025, 10:46
t.me/elyurtumidifoundation/14052
6
4.5 k
04/23/2025, 10:46
t.me/elyurtumidifoundation/14059
17
6
3.5 k
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining "El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendatlari bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

🔹 “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali dunyoning nufuzli oliygohlarida ta’lim olib qaytgan va hozirda O‘zbekistondagi OTMlarda mehnat faoliyatini olib borayotgan bitiruvchilar uchun vazirlikda ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Mazkur tizimda Respublikamizning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan stipendiatlar esa Zoom ilovasi orqali onlayn ishtirok etishdi.

Ushbu uchrashuvda, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Rajabbayev Sharof Raximberdiyevich, Jamg‘arma ijrochi direktor o‘rinbosari v.b. Javohir Axmedov va Jamg‘arma stipendiatlari hamda vazirlik boshqarma boshliqlari ishtirok etishdi.

🔹 Ushbu tadbirni tashkil etishdan maqsad, stipendiatlar bilan doimiy muloqot o‘rnatish va ularni qiynab kelayotgan yoki qiziqtirgan masalalarga yechim topishdan hamda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasini takomillashtirish bo‘yicha xorij tajribasini amaliyotga joriy etishda taklif va tavsiyalarini tinglashdan iborat.

🔹 Uchrashuvda OTMlar tizimida faoliyat olib borayotgan 150dan ortiq Jamg‘arma stipendiatlari ishtirok etib, o‘z fikr va tashabbuslarini bildirishdi.

🔹 Uchrashuvda ishtirok etgan Sharipov Kongratbay Avezimbetovich barcha stipendiatlarni istiqbolli taklif va rejalarni har doim qo‘llab quvvatlashga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

🔹 Mas'ullar xorijiy bilim va tajribaga ega bo‘lgan Jamg‘arma stipendiatlarini vazirlik tizimidagi tashkilotlariga ishga qabul qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

🔹 Shuningdek, Jamg‘arma stipendiatlar ta’til vaqtida mamlakatimizga qaytganlarida ularni mazkur vazirlikda amaliyot o‘tashlari bo‘yicha takliflariga vazirlik rahbariyati sharoitlar yaratib berishga tayyorligini ma’lum qildi.

🔹 Shu bilan birga, uchrashuv davomida mazkur vazirlikda stipendiatlar bilan doimiy muloqot o’rnatadigan telegram bot yaratishga kelishib olindi.

🔹 Onlayn uchrashuv jarayoni qizg‘in savol javoblarga boy tarzda o‘tkazilib, vazirlikning barcha rahbar xodimlari bilan Jamg‘arma stipendiatlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkoniyati yaratilib, hamkorlikda loyihalar amalga oshirishga kelishib olindi.

BATAFSIL O'QING

🌆 EYUF axborot xizmati.

🌐 Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube
04/23/2025, 10:46
t.me/elyurtumidifoundation/14051
27
63
4.9 k
#SCHOLARSHIP

🇺🇿🇳🇱 2025-yil uchun Niderlandiyaning Tvente universiteti (UTS) stipendiyalar taqdim etadi!

🔹 Kerakli davlatlar: EI/EEAdan tashqaridagi barcha mamlakatlar.
🔹 Kurs darajasi: Magistr darajasi.

🔹 Tvente universiteti Gollandiyadagi mashhur davlat universitetidir. Ushbu oliygoh, nufuzli xalqaro QS reytingida 233-o'rinni egallaydi.

🔹 Tvente universiteti 50 ta stipendiya ajratadi. Deyarli barcha texnik yo'nalishlarda tahsil olishingiz mumkin.

Afzalliklari:
- Grant miqdori yiliga €3,000 – €22,000. Talabalar UTS talablariga javob bersa, stipendiya ikkinchi yilga uzaytirilishi mumkin.

Tugash muddati: 2025-yil 1-may.

Qo'shimcha ma'lumot oling

🌆 EYUF axborot xizmati.

🌐 Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube
04/23/2025, 08:35
t.me/elyurtumidifoundation/14050
14
4.9 k
04/22/2025, 13:33
t.me/elyurtumidifoundation/14046
14
5.0 k
04/22/2025, 13:33
t.me/elyurtumidifoundation/14045
14
5.2 k
04/22/2025, 13:33
t.me/elyurtumidifoundation/14047
14
4.9 k
04/22/2025, 13:33
t.me/elyurtumidifoundation/14043
14
5.3 k
04/22/2025, 13:33
t.me/elyurtumidifoundation/14048
24
14
4.3 k
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🇺🇿🇺🇸 "El-yurt umidi" jamg‘armasi va AQSHning nufuzli Sirakuz universiteti vakillari bilan hamkorlikda "Sirakuz universitetida ta’lim olish imkoniyatlari" mavzusida onlayn vebinar bo‘lib o‘tdi!

🔹 2025-yilning 22-aprel kuni “El-yurt umidi” jamg‘armasi va AQSHning nufuzli Sirakuz universiteti Maksvell fuqarolik va jamoatchilik bilan aloqalar maktabining “Tezlashtirilgan ta’lim va boshqaruv ta’limida global ishtirok” bo‘limi direktori Daniel Nelson ishtirokida xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallagan oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish imkoniyatlari bo‘yicha ZOOM ilovasi orqali onlayn tarzda vebinar tashkil etildi.

Uchrashuv, Sirakuz universitetida faoliyat olib boruvchi, vatandoshimiz Mirjahon Turdiyev bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ma’lumot uchun: 2019-yilda ushbu universitet Jamg‘arma o‘rtasida memorandum imzolangan bo‘lib, 2022-yilda Jamg‘arma vakillari Sirakuz universitetiga borib stipendiatlar o‘qish jarayonlari va ularga yaratib berilgan imkoniyatlarni ko‘rib, hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

🔹 Vebinarda, Amerika Qo’shma Shtatlarida joylashgan Sirakuz universiteti Maksvell fuqarolik va jamoatchilik bilan aloqalar maktabi va bir qator universitetlarga o‘qishga qabul qilish imkoniyatlari, talabalarga yaratib beradigan sharoitlar, hujjat topshirish jarayonlari va berilayotgan “Scholarship”lar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

🔹 Bundan tashqari, Maksvell fuqarolik va jamoatchilik bilan aloqalar maktabining “Tezlashtirilgan ta’lim va boshqaruv ta’limida global ishtirok” bo‘limi direktori Daniel Nelson tomonidan ushbu universitet qabul jarayonlari va ushbu universitetda tahsil olish shartlari to‘g‘risida taqdimot qilindi.

🔹 Uchrashuv qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda o‘tkazildi. Taqdimotdan so‘ng ishtirokchilar mas’ullarga o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha savollar berishdi va barcha savollarga batafsil javob olishdi hamda Sirakuz universitetiga qabul xatlarini olish jarayonini tezlashtirish to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

🔹 Ushbu vebinarda Sirakuz universitetida tahsil olayotgan 2024-yilning 1-ochiq stipendiya tanlovi g‘oliblari, 900 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari hamda maktablardan jami 6000 dan ortiq kishi ishtirok etdi.

BATAFSIL O'QING

🌆 EYUF axborot xizmati.

🌐 Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube
04/22/2025, 13:33
t.me/elyurtumidifoundation/14042
14
5.3 k
04/22/2025, 13:33
t.me/elyurtumidifoundation/14049
14
4.9 k
04/22/2025, 13:33
t.me/elyurtumidifoundation/14044
10
5.1 k
04/22/2025, 07:15
t.me/elyurtumidifoundation/14040
04/22/2025, 07:15
t.me/elyurtumidifoundation/14041
32
9
4.5 k
#UCHRASHUV

🇺🇿🇦🇪 O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirligidagi (BAA) elchixonasi, Buxoro davlat universiteti hamda Anwar Garkash Diplomatik Akademiyasi hamkorligida “O‘zbekiston-BAA o‘rtasida barqaror hamkorlikning istiqbollari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

🔹 Tadbirning davomida, joriy yilning 1-14-noyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan UNESCO ning 43-sessiyasida ko‘rib chiqilishi kutilayotgan “Barqaror rivojlanish maqsadlari” (Sustainable Development Goals-SDG) haqida so‘z bordi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, UNESCO tashkiloti tomonidan tashkil etilayotgan tadbir bungacha 40 yil davomida faqat Parij shahrida o‘tkazilgan.

🔹 Suhbatda so‘zga chiqqan Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xafizovich, shuningdek, “O‘zbekistonda san’at va madaniyatni rivojlantirish fondi” maslahatchisi Cyril Zammit o‘zlarining nutqlarida “UNESCO”ning tashabbuslarida O‘zbekistonning tutgan muhim o‘rni va BAA bilan barqaror hamkorlikning istiqbollari” to‘g‘risida to‘xtalib o‘tishdi.

🔹 Tadbir so‘ngida ishtirokchilar va mehmonlar o‘rtasida savol-javob bo‘lib o‘tdi.

🔹 Tadbirda ishtirok etgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati, United Arab Emirates universitetining “Petroleum Engineering” yo‘nalishi magistranti Quvonchbek Abdirahmonov hamda Buxoro davlat universiteti vakillari o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tdi.

🔹 Suhbatda, United Arab Emirates University va Buxoro davlat universiteti o‘rtasidagi akademik aloqalarni o‘rnatish kelishib olindi.

🌆 EYUF axborot xizmati.

🌐 Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube
04/22/2025, 07:15
t.me/elyurtumidifoundation/14039
67
10
5.6 k
🇺🇿 Davlatimiz rahbarining “Futbol bo‘yicha o‘n yetti yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilarini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan Ismoilov Islombek Murodbek o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiysi;

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zolari “Kelajak bunyodkori” medali bilan:

➖Abdukarimov Miraziz Erkin o‘g‘li;
➖Abdullayev Faridjon Nodirjon o‘g‘li;
➖Abdumo‘minov Azizbek Ikromjon o‘g‘li;
➖Aliyev Asilbek Ravshanjon o‘g‘li;
➖Baxodirxonov Muminxon Issoxon o‘g‘li;
➖Botiraliyev Hojiakbar Xayrullo o‘g‘li;
➖Yerimbetov Azizbek Muxammed Ali uli;
➖Izbaskanov Baxadir Maxsetbayevich;
➖Maxmudjonov Dilyorbek Sanjarbek o‘g‘li;
➖Muradov Amirxon Shuxrat o‘g‘li;
➖Musaxanov Muhammadali Alijonovich;
➖Muhammadov Akbar Alisherovich;
➖Rustamjonov Ne’matulloh Shuhratjon o‘g‘li;
➖Rustamov Jamshidbek Abrorjon o‘g‘li;
➖Saidmurodov Behro‘z G‘ayrat o‘g‘li;
➖Sarsenbayev Nurbek Raxatovich;
➖Sodiqov Sayfiddin Baxtiyor o‘g‘li;
➖Fazliddinov Abdulloh Zayliddin o‘g‘li;
➖Xakimov Muhammad Ulug‘bek o‘g‘li;
➖Xasanov Sadriddin Zayniddin o‘g‘li;
➖Habibullayev Muhammad Qodirjon o‘g‘li;
➖Shokirov Ibroxim Jamshid o‘g‘li;
➖Shukurullayev Abubakir Aziz o‘g‘li;

“Shuhrat” medali bilan

➖Djurayev Otabek Rustamovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Sport” ijodiy birlashmasi bosh mutaxassisi

➖Tolipov Orifjon Boxodirovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Sport” ijodiy birlashmasi “Futbol TV” telekanali muharriri.

🌆 EYUF axborot xizmati.

🌐 Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube
04/21/2025, 13:59
t.me/elyurtumidifoundation/14038
24
3
5.0 k
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг футбол бўйича ўн етти ёшгача бўлган Ўзбекистон терма жамоаси аъзоларига табриги

Поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева членам сборной команды Узбекистана по футболу до 17 лет

🌆 EYUF axborot xizmati.

🌐 Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube
04/21/2025, 10:30
t.me/elyurtumidifoundation/14037
20
9
4.2 k
#CultureWeek

🇺🇿 "El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati, AQSHning Kolorado Boulder universiteti talabasi Diyora Daminova o‘zi tahsil olayotgan universitetida o‘tkazilgan yirik xalqaro madaniy tadbirda O‘zbekiston nomidan munosib ishtirok etdi! 🌍

🔹 “University of Colorado Boulder” da Osiyo olimlari va muhandislari jamiyati (SASE) tomonidan har yili o‘tkaziladigan AAPI Yangi yil bayrami tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🔹 Tadbirning maqsadi Osiyo va Tinch okeani mintaqasida Yangi yil bayramlarini nishonlash va namoyish etishdir. Turli mamlakatlardan kelgan talabalar milliy taomlari, urf-odatlari, liboslari va o‘yinlari orqali o‘z xalqlarining madaniyatini namoyish etdilar.

🔹 Diyora Daminova O‘zbekistonning Kolorado Boulder universitetidagi yagona vakili bo‘lib, nafaqat universitet ijroiya kengashi a’zosi sifatida tadbirni tashkil etishda ishtirok etdi, balki butunlay mustaqil ravishda O‘zbekistonga bag‘ishlangan stend tayyorladi.

🔹 U yurtimizning milliy kiyimlari va milliy taomlarni yig‘ilganlar bilan ulashdi hamda yurtimizdagi muqaddas qadamjolar haqida taqdimot qildi.

🔹 Diyora aerokosmik muhandislik fakultetining uchinchi kurs talabasi bo‘lib, Integratsiyalashgan o‘qitish va o‘qitish laboratoriyasida o‘qish, mehnat va faol jamoat faoliyatini birlashtirgan holda talaba assistenti sifatida ishlaydi.

🔹 Stend xalqaro tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ko‘plab talabalar O‘zbekiston haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish uchun tashrif buyurishdi, milliy taomlar va madaniyatga qoyil qolishlarini bildirdilar va hatto kelajakda bu mamlakatga tashrif buyurish istagini bildirishdi.

🔹 Bunday xalqaro madaniy tadbirlar O‘zbekistonning jahon miqyosida ijobiy imijini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday faol va iqtidorli stipendiatlarning ishtiroki milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish, mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🌆 EYUF axborot xizmati.

🌐 Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube
04/21/2025, 09:36
t.me/elyurtumidifoundation/14033
9
5.1 k
04/21/2025, 09:36
t.me/elyurtumidifoundation/14036
9
5.1 k
04/21/2025, 09:36
t.me/elyurtumidifoundation/14035
9
5.1 k
04/21/2025, 09:36
t.me/elyurtumidifoundation/14034
14
7
4.8 k
⚠️ 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
🇺🇿 Yakunlangan hafta davomida kanalimizda e’lon qilingan eng muhim xabarlar:

🔹 2025-yil 12-aprel kuni Arizona State University (ASU)da an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan "1001 Kecha" nomli yirik madaniy festival bo‘lib o‘tdi.

🔹 "Biz birgamiz" ko‘rsatuvining yangi sonida "El-yurt umidi" jamg'armasi stipendiatlari bilan yaqindan tanishasiz!

🔹 Yoshlar ishlari agentligi mas’ullari Nyu-York shahrida tahsil olayotgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari hamda IVY League (Pechak ligasi) safiga kiruvchi nufuzli oliy ta’lim muassasalaridagi boshqa iqtidorli talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🔹 "El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiati Oksford universitetida xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

🔹 "El-yurt" umidi jamg'armasi stependiati Kembrij shahridagi xalqaro trening kursda ishtirok etdi.

🔹AQSHning nufuzli Janubiy Kaliforniya universiteti va “El-yurt umidi” jamg‘armasi o‘rtasida hamkorlik aloqalari yanada kengaymoqda!

🔹 JAMG‘ARMA STIPENDIATI “TECH DUELS 2025”DA ISHTIROK ETDI!

🔹 “El-yurt umidi” jamg‘armasi va Buyuk Britaniyaning “University of Surrey” universiteti vakillari o‘rtasida hamkorlik masalalari yuzasidan onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi!

🔹 Arizona universitetida tahsil olayotgan O‘zbekistonlik talabalar, Jamg'arma stipendiatlari tomonidan tashkil etilgan “Uzbek Students Association” nomidan universitetda o‘tkazilgan "Club Fair" tadbirida ishtirok etdi.

🔹 “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan O‘zeltexsanoat uyushmasining rahbar xodimlari uchun onlayn seminar tashkil etildi!

🔹 O'zbekiston 24 telekanalining tongi dasturi, "O'zbekiston vaqti bilan" ko'rsatuvi “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasi asosida Buyuk Britaniyaning nufuzli universitetlarida o'qib qaytgan Suyarovlar oilasi haqida hikoya qiladi.

🔹 Jamg‘arma stipendiatlari hamda O‘zbekistonlik talabalar AQShning Kaliforniya universitetida o‘tkazilgan “Culture Week” tadbirida yurtimiz madaniyatini munosib namoyish etdilar!

🔹 "El-yurt umidi" jamg'armasi stipendiati, O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligining Investorlar markazi faoliyatini muvofiqlashtirish bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

🔹 O‘zbekiston U-17 terma jamoasi futbolchilari Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi.

🌆 EYUF axborot xizmati.

🌐 Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube
04/21/2025, 08:26
t.me/elyurtumidifoundation/14032
142
14
5.4 k
🇺🇿 Ўзбекистон U-17 терма жамоаси футболчилари Осиё чемпионлигини қўлга киритди

Футбол бўйича U-17 Ўзбекистон терма жамоаси Осиё кубоги финалида мезбон Саудия Арабистонига қарши ўйинда ғалаба қозонди.

Қайд этиш жоизки, ўзбекистонлик футбочилар биринчи бўлимнинг ўзидаёқ 2 та қизил карточка олиб, ўйинни 9 киши бўлиб давом эттирди. “Қирол Фаҳд” стадионида ўтган учрашув 2:0 ҳисобида футболчиларимизнинг ғалабаси билан якунланди.

t.me/elyurtumidifoundation
04/20/2025, 20:03
t.me/elyurtumidifoundation/14031
99
10
5.8 k
🎯 GOOOOOOL! 🔥🔥🔥

🏆 Osiyo Kubogi U-17 | FINAL

🇺🇿 Oʻzbekiston 2:0 S. Arabistoni 🇸🇦

⚽️Gol: Hasanooovv 70’

t.me/elyurtumidifoundation
04/20/2025, 19:33
t.me/elyurtumidifoundation/14030
110
17
6.6 k
🎯 GOOOOOOL! 🔥🔥🔥

🏆 Osiyo Kubogi U-17 | FINAL

🇺🇿 Oʻzbekiston 1:0 S. Arabistoni 🇸🇦

⚽️Gol: Hakimov 50’

t.me/elyurtumidifoundation
04/20/2025, 19:15
t.me/elyurtumidifoundation/14029
102
43
5.8 k
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🇺🇿 "El-yurt umidi" jamg'armasi stipendiati, Buyuk Britaniyaning Reading universiteti magistratura bosqichi bitiruvchisi Isroilov Diyor Musoxonovich — O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligining Investorlar markazi faoliyatini muvofiqlashtirish bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

Ma'lumot uchun: Isroilov Diyor "El-yurt umidi" jamg'armasi stipendiyasi asosida 2023-2024-yillarda Buyuk Britaniyaning Reading universitetida "Xalqaro biznes” yo'nalishi bo‘yicha magistratura bosqichida tahsil olib qaytgan.

🔹 Isroilov Diyor bunga qadar, Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligining, Xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo'limi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

🔹 Stipendiatimizning kelgusidagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz!

🌆 EYUF axborot xizmati.

🌐 Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube
04/19/2025, 15:33
t.me/elyurtumidifoundation/14028
22
77
4.6 k
🇺🇿🇧🇪 2025-2026- yil uchun Belgiya "Master Mind" stipendiyalarini taqdim etadi!

Qabul qilinadigan davlatlar: barcha mamlakatlar.
Kurs darajasi: Magistratura.

🔹 Belgiya universitetlari stipendiyasi Bryussel va Flandriyani eng yaxshi ta'lim yo'nalishlari o'z ichiga oladi.

🔹 Butun dunyodagi faol talabalar Flandriya Ta'lim vazirligi stipendiyasiga, magistraturada o'qish uchun ariza topshirishlari mumkin.

🔹 Flandriya va Bryussel mintaqasida stipendiya beshta universitet va yettita amaliy fanlar hamda sanʼat institutida taklif etiladi.

Afzalliklari:
- 10 000 yevro miqdoridagi grant.
- o‘quv to‘lovlaridan ozod qilinadi.
- Tibbiy sug'urta beriladi.
- Yashash xarajatlari qoplanadi.
- Bepul turar-joy bilan ta'minlanadi.

Hujjat topshirish muddati: 2025-yil 27-aprel

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun bosing

🌆 EYUF axborot xizmati.

🌐 Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube
04/19/2025, 08:36
t.me/elyurtumidifoundation/14027
16
22
4.5 k
#International_Legal_Forum

🇺🇿 "Tashkent Law Spring": the harmony of beautiful nature and law awaits you!

May 29-30, 2025.
🔹 IV International Legal Forum "Tashkent Law Spring".
The Age of digital technologies: a legal perspective on the future

🔹 This opportunity comes only once in 2 years. Do not miss it.
Register now on the official website: www.tashkentlawspring.uz

🌆 EYUF axborot xizmati.

🌐 Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube
04/18/2025, 13:16
t.me/elyurtumidifoundation/14026
11
3
4.4 k
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида дунёда юз бераётган иқтисодий тебранишларнинг мамлакатимиз соҳа ва тармоқларига таъсирини юмшатиш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.
_____
Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по мерам смягчения воздействия глобальных экономических колебаний на сферы и отрасли страны.

🌆 EYUF axborot xizmati.

🌐 Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube
04/18/2025, 12:08
t.me/elyurtumidifoundation/14025
14
4.7 k
04/18/2025, 10:11
t.me/elyurtumidifoundation/14024
04/18/2025, 10:11
t.me/elyurtumidifoundation/14023
20
14
3.5 k
#CultureWeek

🇺🇿 Jamg‘arma stipendiatlari hamda O‘zbekistonlik talabalar AQShning Kaliforniya universitetida o‘tkazilgan “Culture Week” tadbirida yurtimiz madaniyatini munosib namoyish etdilar! 🌍

🔹 Amerika Qo‘shma Shtatlarining Devis shahrida joylashgan Kaliforniya universiteti (UC Davis)da har yili an’anaviy tarzda tashkil etiladigan “Culture Week” (Jahon madaniyati haftaligi) tadbirida O‘zbekistonlik talabalar, jumladan “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati Zumrad Ergasheva vatanimiz nomidan faol ishtirok etdilar.

Mazkur nufuzli xalqaro madaniy tadbirda dunyoning turli burchaklaridan kelgan talabalar o‘z milliy an’analari, liboslari, taomlari va san’at namunalari bilan qatnashib, o‘z xalqlari madaniy merosini namoyish etdilar. Tadbirda Eron, Xitoy, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Turkmaniston, Braziliya va boshqa ko‘plab davlatlarning vakillari ham ishtirok etdi.

🔹 O‘zbekistonlik talabalar tomonidan tayyorlangan maxsus stendda yurtimizning qadimiy tarixi, boy madaniy merosi, urf-odatlari, milliy liboslari, san’at namunalarining namoyishi bilan birga osh, somsa, xonim kabi milliy taomlarimiz ham mehmonlarga havola etildi.

🔹 Jamg‘armasi stipendiati , Zumrad Ergasheva, ushbu tadbirda O‘zbekiston madaniyatini jonli va yorqin tarzda tanitishda faol ishtirok etdi. Mehmonlarga o‘z qo‘li bilan tayyorlangan milliy taomlar taqdim etildi, bu esa ishtirokchilar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Ko‘plab xorijiy talabalar O‘zbekistonning betakror taomlari va urf-odatlari bilan yaqindan tanishish istagini bildirib, kelajakda yurtimizga sayohat qilishni rejalashtirayotganliklarini aytishdi.

🔹 Tadbir davomida yurtimiz madaniyati alohida e’tirof etilib, xalqimizning betakror urf-odatlari, mehmondo‘stligi va san’ati o‘ziga xos joziba bilan namoyon bo‘ldi. Bunday xalqaro madaniy almashinuvlar mamlakatimizning ijobiy imijini xalqaro maydonda yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🔹 “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari xorijdagi tahsil olish davomida nafaqat bilim olish, balki yurtimizni munosib tarzda tanitishdek sharafli vazifani ham sidqidildan ado etmoqdalar.

Batafsil o'qing

🌆 EYUF axborot xizmati.

🌐 Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube
04/18/2025, 10:11
t.me/elyurtumidifoundation/14015
14
4.3 k
04/18/2025, 10:11
t.me/elyurtumidifoundation/14020
14
4.7 k
04/18/2025, 10:11
t.me/elyurtumidifoundation/14022
15
4.0 k
04/18/2025, 10:11
t.me/elyurtumidifoundation/14016
14
4.1 k
04/18/2025, 10:11
t.me/elyurtumidifoundation/14019
14
3.9 k
04/18/2025, 10:11
t.me/elyurtumidifoundation/14017
14
4.1 k
04/18/2025, 10:11
t.me/elyurtumidifoundation/14018
14
4.2 k
04/18/2025, 10:11
t.me/elyurtumidifoundation/14021
37
29
4.2 k
📽🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤

🇺🇿 "El-yurt umidi" stipendiati bo’lgan yosh oilaning bugungi yutuqlari!

🔹 O'zbekiston 24 telekanalining tongi dasturi, "O'zbekiston vaqti bilan" ko'rsatuvi “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasi asosida Buyuk Britaniyaning nufuzli universitetlarida o'qib qaytgan Suyarovlar oilasi haqida hikoya qiladi.

Ma'lumot uchun: Abdulaziz Suyarov Buyuk Britaniyaning "University of Leeds" (magistratura), Xadicha Suyarova Edinburg universiteti magistratura bosqichini tamomlagan.

🌆 EYUF axborot xizmati.

🌐 Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube
04/18/2025, 07:57
t.me/elyurtumidifoundation/14014
4
4.7 k
04/17/2025, 14:06
t.me/elyurtumidifoundation/14013
4
4.7 k
04/17/2025, 14:06
t.me/elyurtumidifoundation/14012
12
4
3.8 k
#SEMINAR

🇺🇿 “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan O‘zeltexsanoat uyushmasining rahbar xodimlari uchun onlayn seminar tashkil etildi!

🔹 O‘zeltexsanoat uyushmasining rahbar xodimlari uchun Jamg‘arma bilan hamkorlikda Jamg‘arma faoliyati stipendiya tanlovlari tartibi bilan bog‘liq yangiliklarni mutaxassislarga yetkazish qaratilgan onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.

🔹 Mazkur seminar “El-yurt umidi” jamg‘armasi va O‘zeltexsanoat uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, seminarda 30 dan ortiq soha rahbar xodimlari ishtirok etdilar.

Ma’lumot uchun: Bugungi kunga kelib uyushma tarkibiga respublikaning 75 ta yirik elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar a’zo bo‘lib, shundan 13 tasi – kabel-sim mahsulotlari, 27 tasi – maishiy texnika va 37 tasi – boshqa turdagi elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar turiga kiradi. Respublikada ishlab chiqariladigan elektrotexnika mahsulotlarining 81 foizi aynan ushbu korxonalar ulushiga to‘g‘ri kelmoqda.

🔹 Onlayn seminarda “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktor o‘rinbosari v.b. Javoxir Ahmedov tomonidan Jamg‘arma ochiq stipendiya tanlovlarini o‘tkazish tartibi, ajratilgan kvotalar, ustuvor yo‘nalishlar, tanlovni tashkil etish mexanizmi hamda elektron hujjat topshirish platformasining ishlash tartibi bilan bog‘liq yangiliklar to‘g‘risida taqdimot qilindi.

🔹 Taqdimotdan so‘ng O‘zeltexsanoat uyushmasiga qarashli korxonalarning rahbar xodimlari tomonidan ko‘plab savollar berildi va barcha savollarga Jamg‘arma rasmiylari tomonidan batafsil javob berildi.

🔹 Bundan tashqari barcha seminar ishtirokchilariga til bilish ko‘nikmalarini yaxshilash borasida kerakli tavsiyalar berildi.

BATAFSIL O'QING

🌆 EYUF axborot xizmati.

🌐 Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube
04/17/2025, 14:06
t.me/elyurtumidifoundation/14010
5
4.6 k
04/17/2025, 14:06
t.me/elyurtumidifoundation/14011
40
5.2 k
04/17/2025, 09:16
t.me/elyurtumidifoundation/14008
22
40
4.4 k
#SEMINAR

🇺🇿 “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati Ahmadbek Baxtiyorov, Buxoro shahridagi o‘zi tahsil olgan 38-sonli maktabning 10–11-sinf o‘quvchilari uchun seminar o‘tkazdi.

Ahmadbek Baxtiyorov hozirda Buyuk Britaniyaning QS reytingida dunyoda 169-o‘rinda turuvchi Exeter universitetida biznes va menejment yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichida tahsil olmoqda.

🔹 Seminar davomida Ahmadbek o‘zining akademik yo‘lini, shuningdek, yutuqlarida tahsil olgan maktabi qanday asos bo‘lganini haqida o‘quvchilar ma’lumot berdi.

🔹 Seminar davomida, Ahmadbek “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyatlarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Bu stipendiya orqali yurtimiz yoshlari eng nufuzli xorijiy universitetlarda tahsil olish, ilg‘or tajriba va bilimlarni egallab, vatanga qaytib milliy rivojlanishga hissa qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkinligi ta’kidlandi.

🔹 Uchrashuv davomida, Ahmadbek o‘quvchilarga liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘ziga ishonchni shakllantirish va mas’uliyatli bo‘lish muhimligini aytib o‘tdi. Shuningdek, kuchli portfolioni yaratish, darsdan tashqari qo‘shimcha izlanish va xalqaro dasturlarga erta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha foydali tavsiyalar berdi.

🔹 Eng yaxshi savol bergan ishtirokchilarga Ahmadbek tomonidan Exeter universiteti belgisi tushirilgan maxsus sovg‘alar topshirildi.

🔹 Uchrashuv jonli muloqotga boy bo‘lib, o‘quvchilarga nafaqat akademik, balki kelajakdagi kasbiy intilishlarida ham yo‘l-yo‘riq ko‘rsatildi.

🌆 EYUF axborot xizmati.

🌐 Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube
04/17/2025, 09:16
t.me/elyurtumidifoundation/14007
41
5.2 k
04/17/2025, 09:16
t.me/elyurtumidifoundation/14009
31
14
3.6 k
#TADBIR

🇺🇿🇺🇸 Arizona universitetida tahsil olayotgan O‘zbekistonlik talabalar, Jamg'arma stipendiatlari tomonidan tashkil etilgan “Uzbek Students Association” nomidan universitetda o‘tkazilgan "Club Fair" tadbirida ishtirok etdi.

🔹 2025-yilning 15-aprel kuni "University of Arizona" kampusida "Club Fair" tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda turli mamlakatlardan kelgan talabalar o‘z madaniyatlarini namoyish etishdi.

🔹 Mazkur tadbirda “Uzbek Students Association” a’zolari O‘zbekistonni keng jamoatchilikka tanitish maqsadida milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizni targ‘ib qilishdi. Talabalar milliy do‘ppi, atlas, belbog‘ va boshqa milliy buyumlarimizni namoyish qilishdi.

🔹 Tadbir davomida dunyo xaritasi orqali O‘zbekistonni topgan ishtirokchilarga milliyligimizni ifodalovchi sovg‘alar berildi va O‘zbekiston haqida ko‘plab qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashildi.

🔹 Ushbu tadbir orqali “Uzbek Students Association” klubining safiga yangi a’zolar qo‘shildi va amerikalik talabalar O‘zbekiston haqida iliq taassurot olishdi.

Eslatib o‘tamiz, “Uzbek Students Association” Arizona universiteti talabalarining tashabbusi bilan tashkil etilgan va O‘zbekiston madaniyati, tarixi hamda urf-odatlarini tanitishga qaratilgan talabalar klubi hisoblanadi.

🌆 EYUF axborot xizmati.

🌐 Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube
04/17/2025, 07:32
t.me/elyurtumidifoundation/14001
12
4.0 k
04/17/2025, 07:32
t.me/elyurtumidifoundation/14003
11
4.4 k
04/17/2025, 07:32
t.me/elyurtumidifoundation/14005
12
4.1 k
04/17/2025, 07:32
t.me/elyurtumidifoundation/14004
13
4.2 k
04/17/2025, 07:32
t.me/elyurtumidifoundation/14006
11
3.9 k
04/17/2025, 07:32
t.me/elyurtumidifoundation/14002
5
4.6 k
04/16/2025, 14:24
t.me/elyurtumidifoundation/14000
21
5
3.8 k
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🇺🇿🇬🇧 “El-yurt umidi” jamg‘armasi va Buyuk Britaniyaning “University of Surrey” universiteti vakillari o‘rtasida hamkorlik masalalari yuzasidan onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi!

🔹 Joriy yilning 16-aprel kuni “El-yurt umidi” jamg‘armasi rahbariyati hamda Buyuk Britaniyaning “University of Surrey” universiteti qabul bo‘yicha direktori Ryan Miles o‘rtasida hamkorlik masalalari yuzasidan onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun: “University of Surrey” universiteti 1966-yilda Angliyaning Guildford shahrida joylashgan taʼlim va tadqiqot sohasida tashabbuskor
va alohida standartlarga egaligi bilan tan olingan taniqli ta’lim muassasasi boʻlib, u muhandislik, fizika, biznes, ijtimoiy fanlar, ta’lim, sog‘liqni saqlash va tibbiyot fanlari kabi turli sohalarni o‘z ichiga qamrab olgan koʻplab bakalavriat dasturlarini taqdim etadi. Sanoatni jalb qilish va amaliy o‘rganishga jiddiy e’tibor qaratish orqali universitet o‘z talabalarini tanlagan sohalarida tajribali va malakali bo‘lishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi. O‘zining zamonaviy qulayliklari va tarbiyaviy muhiti bilan ajralib turadigan Surrey universiteti jahon miqyosida ajoyib iste’dodlarni jalb qilishda yetakchi universitet hisoblanadi. Ushbu universitet xalqaro The (Times Higher Education) University reytingida 201 o’rinni egallaydi. Hozirgi kunda ushbu universitetda 2 nafar Jamg'arma stipendiati tahsil olmoqda

🔹 Uchrashuv davomida Jamg‘arma ijrochi direktor o‘rinbosari v.b Javohir Axmedov tomonidan mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlar, o‘zbek yoshlarining yetakchi xorijiy universitetlarda ta’lim olishi va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun yaratilgan shart-sharoitlar, Jamg‘armaning ta’lim dasturlari bo‘yicha mutaxassislarni xorijdagi nufuzli universitetlarda jumladan, Buyuk Britaniyaning “University of Surrey” universitetida ta’lim olishi yuzasidan hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, Jamg‘arma stipendiatlariga barcha dasturlar bo‘yicha ma’lum miqdorda grant ajratish tashkil etish yuzasidan takliflar ilgari surildi.

🔹 “University of Surrey” universiteti va Jamg‘arma hamkorligida O‘zbekiston yoshlari uchun mazkur universitetda ta’lim olish imkoniyatlariga bag‘ishlangan vebinar tashkil etish taklif qilindi.

🔹 Barcha takliflar “University of Surrey” qabul bo‘yicha direktori Ryan Miles tomonidan ma’qullandi va 2025-yildanboshlab barcha “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlarining o‘qish xarajatlaridan 20 foizlik chegirma ajratilishini ma’lum qildi.

🔹 Mazkur uchrashuvlar yakunida hamkorlik aloqalarining istiqbollarini belgilovchi, yuqoridagi takliflarni o‘z ichiga olgan ikki tomonlama memorandum imzolashga kelishib olindi.

BATAFSIL O'QING

🌆 EYUF axborot xizmati.

🌐 Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube
04/16/2025, 14:24
t.me/elyurtumidifoundation/13999
3
3.9 k
04/16/2025, 12:48
t.me/elyurtumidifoundation/13996
25
3
3.4 k
#AMALIYOT

🇺🇿🇺🇸 JAMG‘ARMA STIPENDIATI “TECH DUELS 2025”DA ISHTIROK ETDI!

🔹 Kuni kecha Nyu-York universitetida (NYU) tashkil etilgan “Tech Duels” nomli munozara musobaqasida “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati Qurbonova Zilola ishtirok etdi.

🔹 Uchrashuv davomida qatnashchilar dolzarb texnologik va ijtimoiy masalalar yuzasidan bahs olib bordilar.

Munozara mavzusi: “Hukumat maxfiylikni himoya qilish uchun ma’lumotlarga asoslangan innovatsiyalarni tartibga soluvchi qattiqroq qonunlarni joriy qilishi kerakmi, hatto bu texnologik taraqqiyot narxiga tushsa ham?” deb belgilangan edi.

🔹 Stipendiatimiz joy olgan jamoa mazkur savolga “ha” javobini berdi. Ular shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash uchun texnologik innovatsiyalar ustidan qat’iy nazorat va tartibga solish zarurligini ta’kidladilar. Ularning fikricha, bu harakatlar texnologik taraqqiyotga ma’lum darajada to‘siq bo‘lishi mumkin bo‘lsa-da, inson huquqlari va shaxsiy hayot daxlsizligini ustuvor deb hisoblash lozim.

🔹 Bahs davomida ishtirokchi tez va aniq fikr bildirish, fikrlarni mantiqiy va tizimli tarzda ifoda etish borasida o‘zini sinovdan o‘tkazdi. Uning aytishicha, aynan mana shu bosqichda u haqiqiy o‘rganish jarayonini boshidan kechirgan. Ushbu tajriba ishtirokchiga nafaqat yangi bilim va ko‘nikmalarni, balki o‘ziga bo‘lgan ishonchni ham oshirdi. Qarshi tomondagi jamoaning kuchli dalillari esa bahsni yanada sermazmun bo‘lishiga xizmat qildi.

🌆 EYUF axborot xizmati.

🌐 Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube
04/16/2025, 12:48
t.me/elyurtumidifoundation/13994
3
3.7 k
04/16/2025, 12:48
t.me/elyurtumidifoundation/13995
3
4.1 k
04/16/2025, 12:48
t.me/elyurtumidifoundation/13997
3
4.1 k
04/16/2025, 12:48
t.me/elyurtumidifoundation/13998
3
4.1 k
04/16/2025, 10:38
t.me/elyurtumidifoundation/13993
3
3.7 k
04/16/2025, 10:38
t.me/elyurtumidifoundation/13989
3
4.0 k
04/16/2025, 10:38
t.me/elyurtumidifoundation/13991
3
3.7 k
04/16/2025, 10:38
t.me/elyurtumidifoundation/13990
3
4.2 k
04/16/2025, 10:38
t.me/elyurtumidifoundation/13992
16
3
3.3 k
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🇺🇿🇺🇸 AQSHning nufuzli Janubiy Kaliforniya universiteti va “El-yurt umidi” jamg‘armasi o‘rtasida hamkorlik aloqalari yanada kengaymoqda!

🔹 Joriy yilning 16-aprel kuni “El-yurt umidi” jamg‘armasi rahbariyati va AQSHning nufuzli Janubiy Kaliforniya universiteti Biznes boshqaruv va davlat boshqaruvi dasturi direktori Rym Kaki hamda universitet professori An Abrahamyan o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalari muhokamasi yuzasidan Zoom orqali onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔹 “El-yurt umidi” jamg‘armasi ushbu universitet bilan 2024-yilning 2-iyul kuni hamkorlik memorandum imzolangan edi. Bugun bo‘lib o‘tgan uchrashuvda esa hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalari ko‘rildi.

Ma’lumot uchun: Janubiy Kaliforniya universiteti AQSHning Kaliforniya shtatidagi xususiy tadqiqot universitetidir. Ushbu universitetga 1880-yilda Robert M. Widney tomonidan asos solingan bo‘lib, Kaliforniyadagi eng qadimgi xususiy tadqiqot universitetidir. USC o‘zining yuqori sifatli ta’limi, ilg‘or ilmiy izlanishlari va dunyoga mashhur kino, muhandislik, biznes hamda san’at yo‘nalishlari bilan tanilgan. Universitet global yetakchilarni tayyorlash, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va talabalarga keng imkoniyatlar yaratish borasida yuqori obro‘ga ega. Universitet xalqaro QS reytingida 125-o‘rinni egallaydi.
Universitetni 1 nafar stipendiat yakunlab, hozirgi vaqtda davlat xizmatida faoliyat olib bormoqda. 1 nafar Jamg‘arma stipendiati ushbu universitetda tahsil olmoqda.

🔹 Mazkur uchrashuvda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yuqori darajaga olib chiqish bo‘yicha bir qator masalalar muhokama qilindi, jumladan, Janubiy Kaliforniya universiteti Biznes boshqaruv va davlat boshqaruvi maktabi tomonidan Jamg‘arma stipendiatlariga universitetda yaratib beriladigan sharoitlar, ularni yaxshi ta’lim olishlari uchun hamkorlikda kelajakda amalga oshiriladigan vazifalar, ularni o‘qish xarajatlaridan chegirmalar olish, doktorantlikka nomzodlar uchun ilmiy rahbar topish kabi muhim masalalar muhokama markazida bo‘ldi.

🔹 Uchrashuv davomida, Jamg‘arma ijrochi direktori o‘rinbosari v.b Javohir Ahmedov tomonidan vazirlik va idoralarning maqsadli buyurtmasi asosida davlat xizmatchilarini ushbu universitetda qisqa stajirovka dasturlarini tashkil etish bo‘yicha hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlar uchun o‘qish xarajatlaridan 30% chegirmalar ajratilish taklif qilindi.

🔹 O‘z o‘rnida mazkur takliflar Rym Kaki tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, mazkur yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga kelishib olindi.

🔹 Uchrashuvlar yakunida Janubiy Kaliforniya universiteti Biznes boshqaruv va davlat boshqaruvi maktabi bilan hamkorlik aloqalarining istiqbollarini belgilovchi, yuqoridagi takliflarni o‘z ichiga olgan qo‘shimcha ikki tomonlama memorandum imzolashga kelishib olindi.

BATAFSIL O'QING

🌆 EYUF axborot xizmati.

🌐 Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube
04/16/2025, 10:38
t.me/elyurtumidifoundation/13988
2
3.8 k
04/16/2025, 10:15
t.me/elyurtumidifoundation/13987
2
3.8 k
04/16/2025, 10:15
t.me/elyurtumidifoundation/13986
2
3.6 k
04/16/2025, 10:15
t.me/elyurtumidifoundation/13985
18
2
3.3 k
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🇺🇿🇬🇧 "El-yurt" umidi jamg'armasi stependiati Kembrij shahridagi xalqaro trening kursda ishtirok etdi.

2025-yilning 21-28 mart kunlari Buyuk Britaniyaning Kembrij shahrida "Next Generation Sequencing Laboratory Course 2025" xalqaro ilmiy-amaliy treningi bo'lib o'tdi.

🔹 Mazkur treningda “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati, Queen Mary University of London magistratura bosqichi bitiruvchisi Xolmurodov Davron hamda dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan taniqli mutaxassislar ishtirok etdi. Trening nufuzli Wellcome Genome Campus ilmiy markazida o‘tkazildi.

🔹 Trening dasturi doirasida zamonaviy genetik tadqiqotlar, yangi avlod sekvensiyalash (NGS) texnologiyalari va bioinformatik tahlillar bo‘yicha intensiv amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Xolmurodov Davron ushbu yutug‘i haqida shunday fikr bildirdi:

"Bu imkoniyat mening professional faoliyatimda yangi bosqich bo‘ldi. Grant asosida qabul qilinib, dunyoning yetakchi mutaxassislaridan tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritganimdan faxrlanaman. O‘z sohamizdagi eng so‘nggi yutuqlar bilan tanishish, shu bilan birga, O‘zbekiston nomidan xalqaro miqyosda vakillik qilish mening uchun katta sharaf edi. Bilimlarimni vatanimiz fanining rivojiga qaratmoqchiman."

🔹 Eslatib o‘tamiz, Wellcome Genome Campus - genetik tadqiqotlar sohasida dunyoning yetakchi ilmiy markazlaridan biri bo‘lib, tanlov asosida faqat eng istiqbolli mutaxassislarni qabul qiladi.

🌆 EYUF axborot xizmati.

🌐 Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube
04/16/2025, 10:15
t.me/elyurtumidifoundation/13984
9
4.6 k
04/16/2025, 07:43
t.me/elyurtumidifoundation/13983
9
4.7 k
04/16/2025, 07:43
t.me/elyurtumidifoundation/13982
9
4.5 k
04/16/2025, 07:43
t.me/elyurtumidifoundation/13981
9
4.2 k
04/16/2025, 07:43
t.me/elyurtumidifoundation/13979
9
4.4 k
04/16/2025, 07:43
t.me/elyurtumidifoundation/13980
9
4.2 k
04/16/2025, 07:43
t.me/elyurtumidifoundation/13978
27
9
3.7 k
✅✅✅✅✅

🇺🇿🇬🇧 "El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiati Oksford universitetida xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

2025-yilning 27–30-mart kunlari Buyuk Britaniyaning Oksford universitetida Ta’lim falsafasi bo‘yicha Buyuk Britaniya jamiyati (PESGB)ning 60-yillik yubiley konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

🔹 Mazkur nufuzli anjumanda “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati, Buyuk Britaniyaning Suonsi universiteti talabasi Zulfizar Mutalibova faol ishtirok etdi.

🔹 Konferensiyada demokratik ta’lim, estetik ta’lim, axloqiy rivojlanish, tarixiy ong va ijtimoiy tenglik kabi zamonaviy ta’lim falsafasining dolzarb mavzulari muhokama qilindi.

🔹 Stipendiatimiz konferensiya tashkilotchilariga ko‘makchi sifatida ham faol ishtirok etdi va tadbirning muvaffaqiyatli o‘tishiga o‘z hissasini qo‘shdi.

🔹 Konferensiya doirasida quyidagi taniqli olimlarning asosiy ma’ruzalari tinglandi:

1️⃣ Yuriko Saito (Rhode Island School of Design, AQSh) – “Kundalik hayotda estetik ta’limning o‘rni”.

2️⃣ Amy B. Shuffelton (Loyola University Chicago, AQSh) – “Inqilobdan so‘ng: Ta’lim va umidsizlik kuchi”.

3️⃣ Johannes Drerup (TU Dortmund University, Germaniya) – “Demokratik ta’limda tarixning o‘rni”.

4️⃣ James Conroy (University of Glasgow, Birlashgan Qirollik) – “O‘tmishdan bugungacha ta’lim va inson ehtiyojlari”.

🔹 Stipendiatimiz har bir sessiyada faol ishtirok etib, ta’lim falsafasi sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitdi.

🌆 EYUF axborot xizmati.

🌐 Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube
04/16/2025, 07:43
t.me/elyurtumidifoundation/13975
9
4.1 k
04/16/2025, 07:43
t.me/elyurtumidifoundation/13976
9
4.2 k
04/16/2025, 07:43
t.me/elyurtumidifoundation/13977
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria