Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
TS
TUPROQSIFATTAHLIL DUK
https://t.me/tstm_duk
Channel age
Created
Language
Uzbek
-
ER (week)
13.99%
ERR (week)

“ТУПРОҚ ТАРКИБИ ВА РЕПОЗИТОРИЙСИ, СИФАТИ ТАҲЛИЛ МАРКАЗИ” давлат унитар корхонасининг расмий телеграм канали.

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 483 results
74
🐄 Yaponiyada olimlar sigirlarni hasharotlardan himoya qilishning ekologik va arzon usulini topishdi — ularni zebra (shirma) kabi chiziqli qilib bo‘yash orqali.

Bu usul nafaqat qiziqarli, balki sigirlar salomatligi va hayot sifatini oshirish uchun katta potensialga ega.

🧪 Tadqiqot tafsilotlari

Tadqiqotlar Yaponiyaning Yamagata prefekturasi, Okitama mintaqasida, sigir yetishtirishda faol bo‘lgan hududda olib borilgan.

Shu sababli, sigirlarni qora va oq chiziqlar bilan bo‘yash g‘oyasi ilgari surildi.

Qanday sinov o‘tkazildi?

6 ta sigir tanlanib 3 tasi chiziqli qilib bo‘yandi, 3 tasi tabiiy holda qoldi.

Bo‘yash uchun gum-matli shablon va zaharli bo‘lmagan sprey ishlatildi.

Har bir sigir 15 daqiqa ochiq maydonga chiqarildi, keyin esa pashsha jalb qiluvchi qurilma o‘rnatildi.

Bosh chayqatish, quloq qimirlashi, oyoq tepish, dum silkitish kabi hasharotdan qochish harakatlari sanab chiqildi.

Natija: Chiziqli sigirlarda ushbu stress harakatlari 40–80% ga kamaydi.

Ochiq yaylovda saqlash mumkinligi oshdi.
04/26/2025, 12:00
t.me/tstm_duk/13164
92
🍒 Gilos parvarishidagi eʼtiborli jihatlar

Gilos unumdor, nam, moʻtadil yerlarda yaxshi o‘sadi, yorug‘lik va issiqlikka talabchan. Ko‘chati ekilgandan keyin 4 -5-yili hosilga kiradi. Daraxti 100 yilgacha yashaydi, tupi 150-300 kg hosil beradi. Asosan mart-apr. da gullaydi, may-iyunda pishadi.

Yozi issiq xududlarda yaxshi o‘smaydi. Namga talabchan. Asosan magellab olchasi yoki yovvoyi olchaga payvandlab ko‘paytiriladi. Ko‘chati sug‘orilib, tagi yumshatilib turiladi. Gilos yoshartirish maqsadida 2-3 yillik shoxlari butalib, daraxti qo‘shimcha oziqlantiriladi. Gilos uchun ayniqsa yelim oqish kasalligi g‘oyat xavfli. Erta bahor va yozda insektitsidlar va fungitsidlarning biron turi bilan 2-3 marta ishlov beriladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegra
m | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/26/2025, 08:00
t.me/tstm_duk/13163
96
26-aprel 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

🌦Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

🌬Shamol sharqqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

🌙Harorat kechasi 12-17° iliq

🌝 Kunduzi 28-33° iliq bo‘ladi. 

🌞Quyosh chiqishi: 5:29

🪐Quyosh botishi: 19:18


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Te
legram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/26/2025, 05:00
t.me/tstm_duk/13162
94
🍎 O‘zbekiston 2 oyda qariyb 1,6 ming tonna olma eksport qilgan

Milliy statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 934,6 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan 1 581 tonna olma eksport qilgan.

📊 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1 272 tonnaga yoki 5,1 barobarga oshgan.

🌍 2025-yilning 2 oyida O‘zbekiston eng ko‘p olma eksport qilgan davlatlar:

🇷🇺 Rossiya – 1 020 tonna;

🇰🇿 Qozog‘iston – 341,4 tonna;

🇹🇲 Turkmaniston – 148,6 tonna;

🇲🇳 Mo‘g‘uliston – 40 tonna;

🌎 Boshqa davlatlar – 30,9 tonna.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram
| Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/25/2025, 15:00
t.me/tstm_duk/13161
112
04/25/2025, 12:00
t.me/tstm_duk/13159
112
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yerlariga salbiy taʼsir ko‘rsatadigan omillarga to‘xtalamiz

Doston O'mirzoqov, “Tuproqsifattahlil”DUK tuproqshunosi

O‘zbekistonda eroziyaga (yuvilgan) uchragan yer maydonlari qishloq xo‘jaligi va ekologik barqarorlik uchun jiddiy muammolardan biri hisoblanadi. Umumiy maʼlumotlarga ko‘ra, respublikada eroziyaga uchragan yer maydonlar taxminan 1,77 million gektarni tashkil qiladi, bu esa shuni anglatadiki hozirda foydalanilayotgan qishloq xo‘jaligi yer maydonlarining taxminan 40% ga yaqiniga teng.

Eroziyaning asosiy omillardan bir nechtasini sanab o‘tsak; irrigatsiya eroziyasi (noto‘g‘ri sug‘orish), suv (yomg‘ir va qor suvlari) va shamol eroziyasi, yer maydonlarida noto‘g‘ri agrotexnik tadbirlar amaliyoti, Tog‘ oldi va tog‘ yon bag‘irlaridagi qiyalik yer maydonlarida sug‘orishning noto‘g‘ri tartibga solinishi va o‘rmonzorlarning kamayishi tufayli yuz bermoqda.

Batafsil o‘qing👉
04/25/2025, 12:00
t.me/tstm_duk/13160
112
04/25/2025, 12:00
t.me/tstm_duk/13158
99
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Yangi bog‘larni barpo etishni moliyalashtirish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (255-son, 23.04.2025-y.) bilan “Respublikada yangi bog‘larni barpo etishni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi kredit resurslari hisobidan tijorat banklari orqali moliyalashtirish to‘g‘risida” gi nizom tasdilandi.

🔰Nizomga ko‘ra, loyihalarni amalga oshiruvchi tadbirkorlarga tijorat banki tomonidan kredit mablag‘lari Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada milliy valyutada 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga ajratiladi.

💸Kredit mablag‘lari kredit oluvchiga quyidagi miqdorlarda ajratiladi:

🔹1 bosqichda – yer maydonini ekishga tayyorlash uchun imtiyozli kreditning 10 foizigacha;

🔹2 bosqichda – ko‘chat sotib olish va ekish xarajatlariga imtiyozli kreditning 40 foizigacha;

Batafsil o‘
qing👉
04/25/2025, 09:00
t.me/tstm_duk/13157
103
04/25/2025, 08:00
t.me/tstm_duk/13156
99
Tokzorlarning ashaddiy dushmani: Akatsiya soxta qalqondori

Akatsiya soxta qalqondori (Parthеnoleсanium сorni Boche) — tokni so‘rib, quvvatdan ketkazadi, uzum boshlarini yopishqoq tezagi bilan ifloslantiradi va shirasini kamaytiradi.

Ushbu qalqondor Markaziy Osiyoda yiliga ikkita nasl beradi. Lichinkalari tokda, ko‘pgina daraxt, butalarning tana va shoxlarida va o‘tsimon o‘simliklarda qishlaydi. Aprelda lichinkalar qishlagan joylarida oziqlana boshlaydi.

Lichinkalar may oxirida voyaga yetgan qalqondorlarga aylanadi, iyun boshlarida urg‘ochisi 1000 tacha tuxum qo‘yib, keyin nobud bo‘ladi. Tez orada tuxumlardan ikkinchi nasl lichinkalari paydo bo‘lib, ular tokka o‘rmalab chiqadi.

Kurash chorasi: Erta ko‘klamda va kech kuzda toklarga yon-veridagi daraxt, butalarga 5 ° li ohak-oltingugurt qaynatmasi purkaladi. Shuningdek, toklarga erta bahorda temir kuporosining eritmasini (1 l suvga 60 g hisobidan) purkab qo‘yish kerak.

Eng muhimi, tokzorlar yaqiniga oq akatsiya ekish tavsiya etilmaydi.
04/25/2025, 07:00
t.me/tstm_duk/13155
108
25-aprel 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

🌥Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

🌬Shamol sharqqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

🌙Harorat kechasi 10-15° iliq

🌝 Kunduzi 25-30° iliq bo‘ladi. 

🌞Quyosh chiqishi: 5:30

🪐Quyosh botishi: 19:17

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Te
legram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/25/2025, 05:00
t.me/tstm_duk/13154
132
Qiziq ma'lumot, bilmasangiz bilib oling.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/24/2025, 14:59
t.me/tstm_duk/13153
96
#savol_javob

❓Qishloq xo‘jaligi yerlariga qanday tartibda yer solig‘i hisoblanadi?

— Yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ qiymati qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning soliq solish bazasi hisoblanadi.

�Soliq kodeksi 427-modda

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliq stavkalari qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95% miqdorda belgilanadi.

👉Soliq kodeksi 429-modda

❓Soliq hisobotini taqdim etish va to‘lov muddatlari qachon amalga oshiriladi?

— Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq hisoboti joriy soliq davrining 1-mayidan kechiktirmay taqdim etiladi.

To‘lov muddatlari hisobot yilining 1-sentabriga qadar — yillik soliq summasining 30 foizi, 1-dekabriga qadar — soliqning qolgan summasi to‘lanadi.

❓Yer uchastkalarining normativ qiymati kim tomonidan baholanadi?

— Qishloq xojaligi ekin maydonlarining normativ qiymati Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zdavyerloyiha” DILI tomonidan aniqlanadi.
04/24/2025, 11:59
t.me/tstm_duk/13152
110
O‘zbekistonda ilk marta yomg‘ir yog‘dirish texnologiyasi

Navoiy viloyatining Konimex tumanida ekologik va qishloq xo‘jaligi sohalarida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan innovatsion loyiha amalga oshirildi. Uzoq yillar davomida tumanda yog‘ingarchilikning kamligi, qurg‘oqchilik va suv tanqisligi chorvachilikning rivojlanishiga jiddiy to‘siq bo‘lib kelayotgan edi.
Tuman hokimi Ruslan Ruzayev tashabbusi bilan birinchi bor tumanga yog‘ingarchilikni sunʼiy ravishda yuzaga keltiruvchi zamonaviy apparat olib kelindi.

Ushbu apparat orqali atmosferadagi tabiiy jarayonlarga taʼsir ko‘rsatib, bulut hosil qilish va yomg‘ir yog‘dirish imkoni yaratiladi.

Bu texnologiya O‘zbekistonda ilk marta qo‘llanilayotgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi – qurg‘oqchilikka qarshi samarali kurash va yaylovlar holatini yaxshilashdir.

Loyiha Qozog‘istonning “International Centre of Climate Change Technologies” (ICCT) kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/24/2025, 08:59
t.me/tstm_duk/13151
109
04/24/2025, 07:59
t.me/tstm_duk/13150
111
AGROTAVSIYA

Nihollar tashish yoki ekish vaqtida shikastlansa, nima qilish kerak?

​Nihollarni tashish yoki ekish vaqtida shikastlanishi ularning kelajakdagi o‘sishiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Shikastlanish darajasiga qarab, bu holat o‘simlikning rivojlanish sur‘atini pasaytirishi, stressga tushishiga yoki hatto nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shu bois, ko‘chatlarni ekish va tashish jarayonida ehtiyotkorlik talab etiladi.

Novdalarning shikastlanishi

Agar mevali ko‘chatlarning novdalari tashish yoki ekish vaqtida shikastlansa, ushbu qism steril bog‘ qaychisi yordamida kesib tashlanadi. Bu yangi novdalarning tezroq o‘sib chiqishiga va o‘simlikning shakllanishini yaxshilashga yordam beradi. Shuningdek, ko‘chatlarni ekishdan oldin ularning shoxlarini yengil kesish lozim.

Agar shikastlangan novda asosiy yetakchi novda bo‘lsa, o‘simlikning tabiiy o‘sish yo‘nalishi buzilishi mumkin.
 
Tavsiyalarni batafsil o‘qing👉
04/24/2025, 06:59
t.me/tstm_duk/13149
115
24-aprel 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

🌦Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

🌬Shamol sharqqdan 9-14 m/s tezlikda esadi.

🌙Harorat kechasi 10-15° iliq

🌝 Kunduzi 25-30° iliq bo‘ladi. 

🌞Quyosh chiqishi: 5:31

🪐Quyosh botishi: 19:16

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Te
legram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/24/2025, 04:59
t.me/tstm_duk/13148
283
Biz baʼzida imkonsiz deb ishonchsizlik bildirgan narsalar, jarayonlar ham aslida, risoladagidek bo‘layotganini vaqtida anglamaymiz. Keyin esa hammasi o‘z vaqtida va o‘rnida bo‘layotganini anglaymiz.

Bunga ushbu rolikdagi daraxt ham misol bo‘la oladi, nima dedingiz?


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/23/2025, 15:01
t.me/tstm_duk/13147
144
04/23/2025, 11:59
t.me/tstm_duk/13145
144
04/23/2025, 11:59
t.me/tstm_duk/13144
144
⚡️Xalqaro Yer kuniga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda

✅Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida 22-aprel – Xalqaro Yer kuni munosabati bilan talabalar ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

✅Mazkur tadbirda “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” DUK bosh mutaxassisi Jаhongir Temirov ma‘ruzachi sifatida ishtirok etib tuproqning fizik-kimyoviy tarkibi, sifati, tahlil usullari va zamonaviy ekologik yondashuvlar yuzasidan keng qamrovli ma‘lumotlar berdi.

✅Shuningdek, Biotexnologiya, ekologiya va o‘rmonchilik kafedrasi professor-o‘qituvchilari ham seminar-treningda faol ishtirok etib, mavzuga doir dolzarb ma‘ruzalar bilan qatnashdilar. Jumladan, yer resurslaridan oqilona foydalanish, ekologik muvozanatni saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ilmiy-nazariy va amaliy tavsiyalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/23/2025, 11:59
t.me/tstm_duk/13146
142
04/23/2025, 09:00
t.me/tstm_duk/13142
142
Yerlardan barqaror foydalanish bo‘yicha respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi

Toshkent davlat agrar universitetida "Yerlardan barqaror foydalanish: muammolar, yechimlar va yutuqlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “Tuproqsifattahlil” DUKning Bosh muhandisi Yashin Suyarov ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligidagi yerlardan barqaror foydalanish: muammolar, yechimlar va yutuqlarga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy anjumanida bugunning dolzarb mavzulari muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbirda ‘Eng yaxshi video rolik‘, ‘ ‘Eng yaxshi taqdimot‘, ‘Eng yaxshi foto al‘bom‘, ‘Eng yaxshi g‘oya‘ tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/23/2025, 09:00
t.me/tstm_duk/13143
121
KUN HIKMATI

Baʼzan yaxshi narsalar tugaydi, undan ham yaxshilari berilishi uchun.

Insonda hech vaqo qolmasa ham umiddek eng katta boyligi bor.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/23/2025, 08:04
t.me/tstm_duk/13141
124
🍈 Qovun ekish muddati va agrotexnikasini bilib oling

🍋‍🟩Qovun ekini urug‘ining unib chiqishi ekish muddatini to‘g‘ri belgilashga bog‘liq.

🇺🇿O‘zbekistonning markaziy viloyatlarida qovunning ertaki navlari 15-aprelgacha, o‘rtagisi 20-apreldan 10-maygacha, kechkisi 15-maydan 10-iyungacha; janubiy viloyatlarda ertagi navlar 10-aprelgacha, o‘rtagisi 10-20-aprelda, kechkilari esa 10-20-iyunda ekiladi.

🏔Shimoliy viloyatlarda ertaki qovunni 20-aprelgacha, o‘rtagisini 25-apreldan 10-maygacha, kechkisini 20-30-mayda ekish lozim. Qovun urug‘ini yer harorati +14-16 °C ga yetganda ekishga kirishiladi.

🚜Qator oralariga 210-270 sm li keng egat olinadi. Bunday egatlar qovun ekilgan qator oralarini ishlash vaqtida to‘rt g‘ildirakli traktorlarni ishlatishga imkon beradi.

Ekish shakli qovun navi va sharoitga qarab (210+70):2x70sm, (270+90):2x70sm, urug‘lar 3-6 sm chuqurlikka ekiladi, 1 ga yerga qo‘lda ekilganda urug‘ hajmiga qarab 2,5- 3,0 kg, qatorlarga ekadigan seyalka bilan ekishda 5-6 kg urug‘ sarflanadi.
04/23/2025, 07:02
t.me/tstm_duk/13140
121
23-aprel 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

🌦Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin .

🌬Shamol sharqqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

🌙Harorat kechasi 10-15° iliq

🌝 Kunduzi 23-28° iliq bo‘ladi. 

🌞Quyosh chiqishi: 5:32

🪐Quyosh botishi: 19:15


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Te
legram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/23/2025, 05:05
t.me/tstm_duk/13139
106
📊 O‘zbekiston 3 oyda 2,6 ming tonna xurmo eksport qilgan

Milliy statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilning yanvar-mart oylarida qiymati 1,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 2 570,7 tonna xurmo eksport qilgan.

🌍 2025-yilning dastlabki 3 oyida O‘zbekiston eng ko‘p xurmo eksport qilgan davlatlar:

Qozog‘iston – 1,3 ming tonna;

Rossiya – 940 tonna;

Qirg‘iz R. – 189,4 tonna;

Turkmaniston – 105,8 tonna.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegr
am | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/22/2025, 15:04
t.me/tstm_duk/13138
99
Xalqaro Yer kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan anjuman davom etmoqda.

Tadbirni Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida yer resurslarini muhofaza qilish va ularni samarali boshqarish masalalarining dolzarbligini ta’kidlab, bu borada ilmiy yondashuv va xalqaro hamkorlik muhimligini qayd etdi.

Anjumanda yer degradatsiyasining oldini olish, raqamli monitoring tizimlarini joriy etish, cho‘llanish va sho‘rlanishga qarshi kurashish, shuningdek, innovatsion texnologiyalar orqali agrar yerlarni tiklash, dehqon xo‘jaliklarini raqamlashtirish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilinmoqda.
04/22/2025, 10:16
t.me/tstm_duk/13137
111
04/22/2025, 08:40
t.me/tstm_duk/13134
111
04/22/2025, 08:40
t.me/tstm_duk/13135
111
Ayni paytda Toshkent shahrida “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning intensiv va innovatsion yechimlari, yer resurslaridan foydalanishni raqamlashtirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman bo'lib o'tmoqda.

🌐 Unda qishloq xo'jaligi vazirligi mutasaddilari, tizim tashkilot rahbarlari, yurtimizdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari, xorijiy ekspertlar, xalqaro tashkilotlar mutaxassislari, shuningdek, davlat idoralari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etishmoqda.
04/22/2025, 08:40
t.me/tstm_duk/13136
109
KUN HIKMATI

Yerni boqsang, elni boqar.

O‘zbek xalq maqoli


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/22/2025, 08:02
t.me/tstm_duk/13133
138
04/22/2025, 07:04
t.me/tstm_duk/13128
138
04/22/2025, 07:04
t.me/tstm_duk/13131
138
04/22/2025, 07:04
t.me/tstm_duk/13129
138
#Yer_boyligimiz

Bugun Xalqaro Yer kuni nishonlanmoqda

22-aprel — dunyoning 50 dan ziyod mamlakatida Xalqaro Yer kuni sifatida nishonlanadi. 

Ushbu kun BMT Bosh Assambleyasining 63-sessiyasida tasdiqlangan bo‘lib, hozirgi va kelajak avlodning iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik ehtiyoji o‘rtasida muvozanatga erishish uchun atrof-muhitni muhofaza qilish hamda tabiat bilan uyg‘unlikka erishish muhimligini taʼkidlaydi.

Plastik chiqindilarning ko‘pligi, o‘rmonlarning kamayib borayotgani, havoning ifloslanishi, muzlarning erishi va dengiz sathining ko‘tarilayotgani, suv va oziq-ovqat xavfsizligining xavfda qolayotgani kabi muammolar ham Yer sayyorasini qiynamoqda.

“Tuproqsifattahlil”DUK ning faol jamoasi ushbu kunda insoniyatni yerga bo‘lgan mehrini oshirish maqsadida #chellenj o‘tkazishdi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/22/2025, 07:04
t.me/tstm_duk/13132
138
04/22/2025, 07:04
t.me/tstm_duk/13130
99
22-aprel 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

🌥Havo biroz bulutli bo‘ladi,kunning ikkinchi yarmida ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin .

🌬Shamol sharqqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

🌙Harorat kechasi 7-12° iliq

🌝 Kunduzi 20-25° iliq bo‘ladi. 

🌞Quyosh chiqishi: 5:34

🪐Quyosh botishi: 19:14


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Te
legram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/22/2025, 05:00
t.me/tstm_duk/13127
217
Bugun iqlim o‘zgarib, havoda kislorod tanqisligi yuzaga kelayotgan global bir paytda yordamga oshiqqan g‘ar bir vosita katta ahamiyatga ega.

Ko‘zimizga shunchaki yashil suvdek ko‘ringan ushbu suyuqlik aslida daraxt ekanini va u kislorod ishlab chiqarishga mo‘ljallanganini eshitganimizda to‘g‘risi, hayratga tushdik.

Siz ham ushbu moʻjizadan hayratlanmoqchi bo‘lsangiz, lavhani tomosha qiling.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/21/2025, 15:01
t.me/tstm_duk/13126
118
Tuproq tahliliga oid 3 savolga 3 javob:

Qanday tahlillar amalga oshiriladi?

— Tuproq muhiti Ph, makro oziqalar (azot, fosfor, kaliy), mikro oziqalar (temir, rux, marganes, mis, bor) organik moddalar (gumus), mexanik tarkib, kation almashinuvi sig‘imi, tuproqni ifloslantiruvchi moddalar tahlili (og‘ir metallar, pestitsidlar, gerbitsidlar).

Tahlil o‘tkazish vaqti va takroriyligi qancha vaqtni tashkil etadi?

—Tuproq tahlilini ekin ekishdan oldin yoki vegetatsiya davri boshlanishidan avval, ozuqaviy modlalar jarajasidagi o‘zgarishlarni kuzatish uchun har ikki-uch yilda bir marta, boshqaruv usullaridagi muhim o‘zgarishlardan so‘ng, masalan, almashlab ekish, organik o‘zgartirishlar kiritish yoki sug‘orish usullaridagi o‘zgarishlardan so‘ng o‘tkaziladi.

Dehqonga bu nima beradi?

—Tuproq unumdorligini aniqlash, o‘g‘itlarni tabaqalashtirib qo‘llash, yerga ishlov berish tadbirlarini belgilashga yordam beradi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/21/2025, 12:04
t.me/tstm_duk/13125
114
04/21/2025, 08:03
t.me/tstm_duk/13124
109
Olmaning "Qora olmos" navi: shirin va qimmatbaho

🍎 Dunyoda olmaning 7,5 mingdan ortiq navlari bor, ular orasida juda kam uchraydiganlari ham bor, masalan, "Qora olmos" navi. Bu rangli olmaning siri nimada?

⛰ Bu o‘ziga xos iqlim sharoitlari bilan bog‘liq. Qora olma Tibet tog‘larida dengiz sathidan 3100 metr balandlikda joylashgan bog‘da o‘sadi. Nav maxsus payvandlash texnologiyasidan foydalangan holda yaratilgan.

💵 "Qora olmos" navi g‘ayrioddiy rangga ega bo‘lgani tufayli uni Pekin, Shanxay, Guanchjou va Shenchjendagi elita supermarketlarda cheklangan miqdorda sotiladi, har bir mevasi taxminan 7,4 dollar turadi.

🍎Ularning ta‘mi shirin va sershira, foydali minerallar va mikroorganizmlarga boy.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Teleg
ram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/21/2025, 07:01
t.me/tstm_duk/13123
107
21-aprel 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

🌥Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

🌬Shamol sharqqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

🌙Harorat kechasi 7-12° iliq

🌝 Kunduzi 20-25° iliq bo‘ladi. 

🌞Quyosh chiqishi: 5:35

🪐Quyosh botishi: 19:12


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Te
legram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/21/2025, 05:02
t.me/tstm_duk/13122
72
#Isteʼmolchi_huquqlari

🔖Qonunchilikka ko‘ra, tarozilar va boshqa o‘lchash vositalari sotuvchi-xodimlarning ish joylarida xaridorlar tovarni tortish va berishning butun jarayonini ko‘radigan qilib o‘rnatilishi kerak.

⚖️Shuningdek, 3 va undan ko‘p ish o‘rinli oziq-ovqat do‘konlarining savdo zallarida nazorat tarozilari o‘rnatilishi lozim. Maydoni 1500 kv.m va undan ortiq bo‘lgan savdo zallarida nazorat tarozilari 2 joyda o‘rnatiladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegra
m | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/19/2025, 12:04
t.me/tstm_duk/13120
111
Bepul o‘g‘it: ozuqa moddalariga boy tovuq go‘ngidan qanday foydalanish mumkin?

Tovuq go‘ngi azot, fosfor, kaliyni o‘z ichiga olgan bepul o‘g‘it. Unda tuproq sifatini yaxshilaydigan, pH darajasini oshiradigan kaltsiy, natriy, oltingugurt, sink, magniy, mis va temir mavjud.

 Tovuq go‘ngida azot miqdori ko‘pligi bois, ortiqcha foydalanilsa ba‘zi o‘simliklarning ildizini kuydirib qo‘yishi mumkin.

Salat, ismaloq, karam), ildiz sabzavotlari (sabzi, kartoshka, parsnip, turp), mevali daraxtlar (olma, nok, shaftoli)  azotni xush ko‘ruvchi o‘simliklar.

No‘xat, loviya, yasmiq, pomidor, qovoq, baqlajon tovuq go‘ngiga mutlaqo muhtoj emas.

 Go‘ngdan quritib kompost qilinadi. Tovuq axlati 45 kun davomida quritiladi. Uni namlikdan himoyalab kukunga aylantirib, bog‘dagi toza tuproq bilan aralashtiriladi. Kompost qilishda esa, uglerodga boy organik chiqindilar (quruq barglar, maysazorlar) qo‘l keladi.

 Tayyor ozuqani sentabr va noyabda yoki fevral, aprel oylarida qo‘llanadi. Tayyor kukun tuproqqa sepiladi.
04/19/2025, 08:02
t.me/tstm_duk/13119
105
19-aprel 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

🌦Havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

🌬Shamol sharqqdan 9-14 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

🌙Harorat kechasi 7-12° iliq

🌝 Kunduzi 14-19° iliq bo‘ladi. 

🌞Quyosh chiqishi: 5:38

🪐Quyosh botishi: 19:10

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Te
legram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/19/2025, 05:03
t.me/tstm_duk/13118
128
🥄Bir osh qoshiq tuproqda tirik organizmlar soni yer yuzidagi odamlarga qaraganda ko‘proq.

🥗 Biz isteʼmol qiladigan oziq-ovqatlarning 95 foizi tuproqda o‘sadi.

💧Tuproq yerdagi eng yirik suv filtridir. Uning tarkibidagi uglerod hajmi bo‘yicha sayyoramizda okeanlardan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

💨Tuproq iqlimni tartibga solishga yordam beradi. Ya‘ni, sifatli, unumdor tuproq uglerodni saqlab, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatadi.

🔥Tuproq— sayyoramizda harorat keskin ko‘tarilib ketishining oldini oladi.

🐾Tuproq – bu uy. Yer yuzidagi barcha hayvonlarning to‘rtdan biri hayotining bir qismini tuproqda o‘tkazadi.

📈Sayyoramizdagi quruqlik suvdan ancha kichik bo‘lsa ham undagi tirik organizmlarning umumiy biomassasi dengiz va okeanlarnikidan bir necha baravar yuqori.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
T
elegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/18/2025, 15:01
t.me/tstm_duk/13117
108
BU QIZIQ

LIMON-QOVUN HAQIDA ESHITGANMISIZ?

Yaponiya do‘konlarida noyob meva – limon-qovun sotila boshladi. Yangi meva tovuq tuxumidek keladi. O‘zi sersuv, o‘ta shirin va limonni eslatuvchi biroz nordon ta‘mga ham ega.

Limon-qovun C, A, E va B guruhi vitaminlariga, shuningdek kaliy, magniy va temir kabi mikroelementlarga boy. Bu moddalar immun tizimini mustahkamlashga, ko‘z nurini yaxshilashga, moddalar almashinuvini tezlashtirishga va qondagi gemoglobin darajasini oshirishga ko‘mak beradi.

U ajoyib diuretik bo‘lib, organizmni toksinlar va shlaklardan tozalashga xizmat qiladi.

Limon-qovun 1980-yillarda boshlangan tajriba mahsulidir. Yapon olimlari qovunning ikki navini chatishtirib, sariq rangga va limonga o‘xshaydigan mayin teksturali etga ega gibridni olishga muvaffaq bo‘ldilar.

Limon-qovun nisbatan yangi meva bo‘lsa-da, o‘zining noyob ta‘mi va foydali xususiyatlari tufayli tezda shuhrat qozondi. Bugungi kunda yapon fermerlari ushbu ekinni alohida mehr va e‘tibor bilan yetishtirmoqda.
04/18/2025, 12:03
t.me/tstm_duk/13116
125
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Aholi tomorqalari va yer maydonlaridan samarali foydalanish tashkil etiladi

Manba: VMQ-191-son, 28.03.2025-yil

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/18/2025, 09:01
t.me/tstm_duk/13115
107
04/18/2025, 08:04
t.me/tstm_duk/13114
106
Qulupnayning un-shudring kasalligi va unga qarshi kurashish

Un-shudring kasalligini qulupnayning barcha yer usti qismlari, ayniqsa, barglarida ko‘rish mumkin. Zararlangan barglar terisimon bo‘lib qoladi va chetlari qayiq shaklida ichiga qarab bukiladi, qurib qoladi.

Barglarning ostki baʼzan ustki tomonida mayin oq g‘ubor hosil bo‘ladi. Novda, shona, gul va meva tugunchalari zararlanadi, ularda g‘ubor kam ko‘zga tashlanadi. Mevalarda kasallik yaxshiroq ko‘rinadi, ular qurib qoladi yoki chiriydi.

Un-shudringga chidamli qulupnay navlari yo‘q, baʼzi navlar nisbatan kamroq zararlanadi.

Kurashish chorasi: Ko‘chatzorlar ichidagi qishlovchi qurigan barglarni yig‘ib olish va tuproqni yumshatish tadbirlari qo‘llash tavsiya etiladi. Un-shudring tarqalgan hududlarda o‘simliklarga ikki marta baʼzan uch marta kolloid oltingugurtning 1%li suspenziyasi purkaladi: birinchisi—g‘unchalashning boshlanishida, ikkinchisi—hosil yig‘ib olingandan so‘ng va uchinchisi —ikkinchisidan 15 kun o‘tib.

Telegram | Facebook | Instagram|
04/18/2025, 07:04
t.me/tstm_duk/13113
114
18-aprel 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

🌦Havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

🌬Shamol g‘arbqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

🌙Harorat kechasi 10-15° iliq

🌝 Kunduzi 16-21° iliq bo‘ladi. 

🌞Quyosh chiqishi: 5:40

🪐Quyosh botishi: 19:09

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Te
legram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/18/2025, 05:02
t.me/tstm_duk/13112
137
Toshli, shag‘alli yerga hech bir giyoh unmaydi, deydiganlar topiladi. Ammo qalovini topsang, qor ham yonadi. Mana shunday shag‘alli yerlardan ham ko‘p miqdorda hosil olish mumkinligiga ishonmasangiz, ushbu videoni ko‘ring.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/17/2025, 15:00
t.me/tstm_duk/13111
128
❗️DIQQAT HAVO SOVUMOQDA!

Ayrim hududlarida harorat nol darajagacha pasayadi. Bog‘dorlar va dehqonlar nima qilishi kerak?

17-18-aprel kunlari respublikaning ko‘plab viloyatlarida kuchli yog‘ingarchiliklar, 19-aprel tonggi muddatlarda tog‘ va ayrtm tog‘ etaklarida harorat nol darajagacha pasayib, sovuq urish hodisasi kuzatilishi mumkin. Bog‘bon, dehqonlar nima qilishi kerak? Iqlimshunos Erkin Abdulahatov o‘z tahlillari bilan bo‘lishadi.
Batafsil bu yerda tomosha qiling👉


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegra
m | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/17/2025, 12:04
t.me/tstm_duk/13110
119
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish tartibga solinadi

“Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-1056-son, 14.04.2025 y.) qabul qilindi.

🔰Qonun qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

📝Qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchilar qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqarishda quyidagi bir yoki bir necha tavakkalchiliklar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi shartnomalarini tuzadi:

▪️tabiiy va texnogen ofatlar;

▪️yong‘in;

▪️o‘simliklarning zararkunandalar va kasalliklardan zararlanishi;

▪️qishloq xo‘jaligi hayvonlarining yuqumli kasalliklari tarqalishi va zaharlanishi;

▪️yovvoyi hayvonlar tomonidan ekinlarning payhon qilinishi yoki qishloq xo‘jaligi hayvonlariga zarar yetkazilishi;

▪️uchinchi shaxslarning xatti-harakatlari.

✔️Qishloq xo‘jaligi vazirligi ushbu sohada muvofiqlashtiruvchi davlat organidir.


Telegr
am | Facebook | Instagram|
04/17/2025, 09:01
t.me/tstm_duk/13109
118
AGROTAVSIYA

Piyozni o‘g‘itlashda muhim jihatlarga eʼtibor qaratamiz

Piyoz patak ildizli sabzavot bo‘lib, ildiz tizimi asosan tuproqning ustki qismiga yaqin joylashgan. U yerning ustki qismida asosiy oziqa elementlarni ko‘p bo‘lishini talab qiladi.

Bo‘z tuproqlarda piyozdan 30-40 tonna hosil olish uchun har gektar yerga o‘rtacha 300 kg azot, 220 kg fosfor va 90 kg kaliy berish kerak.

O‘tloqi, o‘tloqi botqoq tuproqlarda esa 250 kg azot, 200 kg fosfor, 80 kg kaliy berish tavsiya etiladi.

O‘g‘itlarni berish muddati: fosfor o‘g‘itni yillik miqdorini 70-75% yerni asosiy ishlovida qolgan qismi esa yerni boronalashdan oldin beriladi. Azot o‘g‘itini esa vegetatsiya davrida oziqlantirish paytida teng ikkiga bo‘lib beriladi.
Birinchi oziqlantirish piyoz yaganalab, o‘toq qilingandan so‘ng, ikkinchisi ildizmevalar shakllana boshlaganda beriladi.

Piyoz o‘simligiga organik o‘g‘itlardan yangi go‘ngni berish tavsiya etilmaydi.
04/17/2025, 07:00
t.me/tstm_duk/13108
117
17-aprel 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

🌦Havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

🌬Shamol g‘arbqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

🌙Harorat kechasi 10-15° iliq

🌝 Kunduzi 20-25° iliq bo‘ladi. 

🌞Quyosh chiqishi: 5:42

🪐Quyosh botishi: 19:08


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Te
legram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/17/2025, 05:03
t.me/tstm_duk/13107
104
📊 2 oyda qariyb 2,5 ming tonna xurmo eksport qilingan

Milliy statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilning yanvar-fevral oylarida qiymati 1,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 2 451 tonna xurmo eksport qilgan.

🌍 2025-yilning dastlabki 2 oyida O‘zbekiston eng ko‘p xurmo eksport qilgan davlatlar:

Qozog‘iston – 1,2 ming tonna;

Rossiya – 940 tonna;

Qirg‘iz R. – 186,3 tonna;

Turkmaniston – 105,8 tonna.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegr
am | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/16/2025, 15:01
t.me/tstm_duk/13106
133
"Tuproq klinikasi" mobil laboratoriyasi taqdim etildi

Bugun davlatimizning qo‘shnichilik munosabatlari mustahkam hamkorlik aloqalari bilan davom etmoqda. O‘zbekiston va Afg‘oniston Islom Amirligi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va istiqboldagi rejalarni amalga oshirish uchun Afg‘oniston Qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va chorvachilik vazirligiga tuproq tahlili uchun "Tuproq klinikasi " mobil laboratoriyasi taqdim etildi.

Mobil laboratoriya yordamida ekin maydonining o‘zidayoq tuproqni tahlil tekshiruvlaridan o‘tkaziladi, yer egasiga mutaxassislar tavsiyalari beriladi.

Do‘stona hamkorlikning ifodasi bo‘lgan "Tuproq klinikasi"ni qay tartibda ishlatish va uning o‘ziga xosliklari to‘g‘risida Tuproqshunoslik va Arokimyoviy tadqiqotlar instituti va “Tuproqsifattahlil” DUK mutaxassislari ishtirokida Afg‘oniston Islom Amirligida seminar trening tashkil etildi. Unda mutaxassislarimiz tuproq unumdorligini oshirishda tahlillarning ahamiyatiga oid bilim va tajribalari bilan ham o‘rtoqlashishdi.
04/16/2025, 12:01
t.me/tstm_duk/13105
133
04/16/2025, 12:01
t.me/tstm_duk/13104
119
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Meva-sabzavot mahsulotlarini realizatsiyaga chiqaradigan ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish hamda qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident qarori (PQ-136-son, 08.04.2025-y.) qabul qilindi.

🔰Qarorga ko‘ra, 2025–2026 yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirish hamda qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:

🔸2025-yilda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini jami 3,5 milliard AQSH dollariga yetkazish;

🔸2025-yil yakunigacha 8 ta davlatga yangi 30 turdagi mahsulotlar eksporti uchun fitosanitariya ruxsatnomalarini olish;

🔸istiqbolli bozorlarga 2025-yilda 442 million AQSH dollari, 2026-yilda 575 million AQSH dollari miqdoridagi meva-sabzavot mahsulotlari eksportini taʼminlash;

Batafsil tanis
hing👉
04/16/2025, 09:00
t.me/tstm_duk/13103
116
KUN HIKMATI

So‘zning qisqasi, hozirgi zamonga muvofiq kishi bo‘lmoq uchun ilm va maʼrifat bilan bir qatorda iqtisod, insof, tuganmas harakat, bitmas g‘ayrat lozimdir.

Abdulla Avloniy


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/16/2025, 08:01
t.me/tstm_duk/13102
117
⭕️ Kartoshka hosildorligi nega pasayadi?

Kartoshka yetishtirishning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari talaygina. Ayniqsa, zararkunandalardan kolorado qo‘ng‘izi, kartoshka kuyasi, simqurtlar va soxta simqurtlar, shiralar, oqqanotlar, tamaki tripsi, o‘rgimchakkana, g‘ovaklovchi pashshalar, zang kanasi kuchli darajada zarar yetkazadi.

Kolorado qo‘ng‘izi ituzumguldoshlar oilasiga mansub ekinlar bilan oziqlanadi. Bular ichida kartoshka ular uchun eng sevimli ozuqa hisoblanadi, keyingi o‘rinlarda baqlajon va pomidor turadi. Shu bilan birga tamaki, bangidevona, mingdevona, ituzum kabi o‘simliklarni ham yeb rivojlanadi. Lichinka va qo‘ng‘izi bargni yeb shikastlaydi. Har tup kartoshka o‘simligida 20-40 dona lichinka va qo‘ng‘iz mavjudligida barglar 50-100% nobud bo‘lishi mumkin.

Kolorado qo‘ng‘izini rivojlanishi uchun ob-havoning qulay kelishi bu zararkunanda sonining yil sayin ko‘payishiga olib kelmoqda va uning zarari yetishtirilayotgan hosil sifatiga jiddiy taʼsir etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram|
04/16/2025, 07:01
t.me/tstm_duk/13101
120
16-aprel 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

🌦Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

🌬Shamol g‘arbqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

🌙Harorat kechasi 10-15° iliq

🌝 Kunduzi 20-25° iliq bo‘ladi. 

🔴 Kuchsiz magnit bo‘roni kuzatiladi.

🌞Quyosh chiqishi: 5:43

🪐Quyosh botishi: 19:07

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
T
elegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/16/2025, 05:03
t.me/tstm_duk/13100
134
2 oyda qancha paxta yog‘i ishlab chiqarilgan?

📊Milliy statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 13,6 ming tonna tozalanmagan paxta yog‘i ishlab chiqarildi.

📈Ushbu ko‘rsatkichning yillar kesimidagi dinamikasi quyidagicha:

2023-yil – 7 568,3 tonna;

2024-yil – 6 363,6 tonna;

2025-yil – 13 628,9 tonna.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegr
am | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/15/2025, 15:02
t.me/tstm_duk/13099
115
🌿 O‘simliklarda Kaltsiy va Azot o‘zaro ta’siri

🌱 Kaltsiy va azot almashinuvi o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘simliklarda ozuqa moddalarining o‘zlashtirilishi, ildiz rivojlanishi va foydali mikroorganizmlar bilan hamkorlikni ta’minlaydi.

1️⃣ Kaltsiy nitratni ammiakka aylantiradigan birinchi ferment – nitrat reduktaza (nitrate reductase) faolligini kuchaytiradi. Bu azotni o‘zlashtirish uchun zarur bosqichdir.

🧪 Yon mahsulot sifatida hosil bo‘ladigan azot oksidi (NO) o‘simlik o‘sishi va oziqlanishini boshqaruvchi signal modda sifatida xizmat qiladi.

2️⃣ Glutamin sintetaza (glutamine synthetase) – ammiakni aminokislotalar tarkibiga kiritishda ishtirok etadi. Kaltsiy bu ferment faoliyatini kuchaytiradi va aminokislota sintezini rag‘batlantiradi.

3️⃣ NRT1.1 nitrat transseptori (NRT1.1 nitrate transceptor) kaltsiy orqali faollashadi.

4️⃣ Kaltsiy ildizdan ajraladigan moddalarni (root exudates) o‘zgartirib, foydali mikroorganizmlarning ildiz atrofida joylashishini osonlashtiradi.
04/15/2025, 13:03
t.me/tstm_duk/13098
214
Archa havoni tozalash uchun eng qulay bo‘lgan o‘simlikdir. Biroq archaning to‘satdan qurib qolishi nafaqat moddiy zararni, balki havoning tozalanishiga ham taʼsir qiladi.

Archalarni bevaqt va sababsiz qurib qolishini oldini olish uchun quyidagi videoni tavsiya etamiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/15/2025, 12:00
t.me/tstm_duk/13097
111
04/15/2025, 09:51
t.me/tstm_duk/13096
133
AGROTAVSIYA

🥒Ochiq maydonlarga bodring ekish

☑️ Yer tayyorlash. Bodringni unumdor, gumus miqdori yuqori bo‘z va o‘tloqi bo‘z tuproqlarga ekish maqsadga muvofiq. Urug‘ ekiladigan maydonlar o‘tmishdosh ekin qoldiqlari va begona o‘tlardan yaxshilab tozalanadi. 1 sotixga 200 kg (10 sotixga 2 tonna) chirigan go‘ng solinadi. Chirigan go‘ng bilan birgalikda mineral o‘g‘itlar solinadi. Tuproq 30–35 sm chuqurlikda chirigan go‘ng va mineral o‘g‘itlar bilan aralashtirilib yumshatiladi. Yirik kesaklar maydalangach, yaxshilab tekislanadi va sug‘orish egatlari olinadi.

☑️ Ekish muddati va sxemasi. Ertagi bodring janubiy mintaqalarda ochiq maydonlarda 1–10 aprelda, markaziy mintaqada joylashgan va vodiy 27 viloyatlarida 10–20 aprelda, shimoliy mintaqalarda 20–30 aprelda; o‘rtagi muddatda janubiy viloyatlarda 20 aprel–5-may, markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda 1–10-may, shimolda 1–15- may, kechki bodring janubda 10–20 iyulda, markaziy mintaqalarda 15–30 iyun ekiladi.

Parvarishlash, o‘g‘itlash batafsild
a👉
04/15/2025, 09:51
t.me/tstm_duk/13095
121
15-aprel 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

🌥Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

🌬Shamol g‘arbqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

🌙Harorat kechasi 12-17° iliq

🌝 Kunduzi 24-29° iliq bo‘ladi. 

🔴 Kuchsiz magnit bo‘roni kuzatiladi.

🌞Quyosh chiqishi: 5:43

🪐Quyosh botishi: 19:06

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
T
elegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/15/2025, 05:01
t.me/tstm_duk/13094
130
🦗 O‘zbekistonda zararli chigirtkalarga qarshi kurash tadbirlariga deltaplan ham jalb etishini bilarmidingiz?


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegra
m | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/14/2025, 15:04
t.me/tstm_duk/13093
129
🥜 Yeryong‘oq eksporti hajmi 47,6 %ga oshgan

🤩 Milliy statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 2,9 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 2 956 tonna yeryong‘oq eksport qilgan.

📊 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 954 tonnaga yoki 47,6 %ga oshgan.

🌍 2025-yilning dastlabki 2 oyida O‘zbekiston eng ko‘p yeryong‘oq eksport qilgan davlatlar:

🇰🇿 Qozog‘iston – 984,8 tonna;

🇵🇰 Pokiston – 496,9 tonna;

🇦🇿 Ozarbayjon – 371,8 tonna;

🇨🇳 Xitoy – 268,1 tonna;

🇷🇺 Rossiya – 244,5 tonna;

🌎 Boshqa davlatlar – 589,9 tonna.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Teleg
ram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/14/2025, 12:01
t.me/tstm_duk/13092
145
Piyoz narxi nega qimmatlashdi?

O‘zbekistonda aprel oyining boshida ertapishar piyoz narxi keskin qimmatlashib ketdi. EastFruit narxlar 2024-yilning mos davriga nisbatan 10 barobargacha oshganini qayd etib, ekin maydonlarining qisqarib ketganligini sabab sifatida keltirdi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, bu vaqtinchalik holat bo‘lib, 15-apreldan keyin narxlar barqarorlashadi.

Batafsilda o‘qing
👉



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegra
m | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/14/2025, 09:01
t.me/tstm_duk/13091
128
04/14/2025, 08:01
t.me/tstm_duk/13090
162
🪱 Ekinlarga zarar yetkazuvchi zararkunanda lichinkalar

🔸 Karam lichinkasi (Cabbage Worm) – karam va boshqa bargli sabzavotlarning barglarini yeydi.

🔸 Makkajo‘xori lichinkasi (Corn Earworm) – makkajo‘xori boshoqlariga kirib, donlarini teshib buzadi.

🔸 Armiya lichinkasi (Armyworm) – piyoz, pomidor, beda, bug‘doy kabi ko‘plab ekinlarni bargidan yeydi.

🔸 Barg yeb yashaydigan lichinka (Cabbage Looper) – karam, ismaloq va boshqa bargli sabzavotlarni yeydi.

🔸 Kartoshka lichinkasi (Potato Tuber Worm) – kartoshkaning ildiz qismiga kirib, ichini buzadi va chirishga olib keladi.

🔸 Sitrus barg lichinkasi (Citrus Leaf Miner) – limon, apelsin kabi daraxtlarning barglari orasida yo‘l ochib, ularni quritadi.

🔸 Meva lichinkasi (Fruit Fly Larva) – meva ichiga kirib, uning chirishiga sabab bo‘ladi.

🔸 Avakado lichinkasi (Avocado Borer) – avakado mevasini teshib, ichini buzadi va sifatsiz qiladi.

🔸 Tikanli lichinka (Buck Moth Caterpillar) – daraxt barglarini katta miqdorda yeydi, daraxtni zaiflashtiradi.
04/14/2025, 07:04
t.me/tstm_duk/13089
130
14-aprel 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

🌨Havo biroz bulutli bo‘ladi,kechasi va ertalab ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi.

🌬Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. 

🌙Harorat kechasi 12-17° iliq

🌝 Kunduzi 24-29° iliq bo‘ladi. 

🔴 O‘rta magnit bo‘roni kuzatiladi.

🌞Quyosh chiqishi: 5:45

🪐Quyosh botishi: 19:05

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
T
elegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/14/2025, 04:59
t.me/tstm_duk/13088
201
Odamlar orasida sho‘r yerga hech bir ekin ekib bo‘lmaydi, hosil olish amrimahol degan gaplar yuradi. Ammo har bir yer maydonining o‘ziga xos xususiyati borki, unga mehr berib, o‘simlik ekilsa, albatta, kutilgan natijani olish mumkin.

Sho‘r yerlarga qanday ekinlar ekish mumkinligi to‘g‘risida ushbu videolavhadan bilib olishingiz mumkin.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/11/2025, 15:04
t.me/tstm_duk/13087
Repost
69
04/11/2025, 13:36
t.me/tstm_duk/13084
Repost
69
Bizda tuproq tahlilini o‘tkazishning asosiy afzalliklari

“Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan tuproq tahlillari xizmatlari o‘tkazilishining quyidagi afzalliklari mavjud:

1. Sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentligiga bo‘lgan umumiy talablar 17025 standarti talablari asosida ish olib borish;

2. Tahlillarning yuqori aniqlikda bajarilishini ta’minlash maqsadida doimiy 17043 standarti asosida xalqaro va milliy laboratoriyalararo solishtiruvlar o‘tkazilishi;

3. Tuproqni sifatli tahlil qilish uchun barcha zamonaviy jihozlar mavjudligi;

4. GOST va ISO talablarini qat’iy hisobga olgan holda tahlillarni olib borish;

5. 17034 standart namunalaridan foydalanish;

6. Tajribali va malakali mutaxassislar;

7. Tahlil natijalari qog‘oz, elektron va har qanday formatda taqdim etilishi;

8. Tahlil natijalari buyurtmachiga qulay tillarda berilishi.
04/11/2025, 13:36
t.me/tstm_duk/13086
Repost
69
04/11/2025, 13:36
t.me/tstm_duk/13085
386
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Limonchilik sohasi qo‘llab-quvvatlanadi

“Respublikada limonchilik sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Hukumat qarori (198-son, 02.04.2025 y.) qabul qilindi

🔰Qarorga ko‘ra, quyidagilar belgilandi:

🔸limon yetishtirishga ixtisoslashgan hududlarda aholi xonadonlarida va ijaraga berilgan yer maydonlarida ixcham issiqxonalar qurib berish hamda 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotish;

🔸xorijiy davlatlardan limon mevasidan murabbo, jem va limonad ishlab chiqarish uskunalarini olib kelish, o‘rnatish hamda tadbirkorlarga lizing asosida berishni yo‘lga qo‘yish;

✅Shuningdek, Norin, Shahrisabz, Uchko‘prik va Denov tumanlaridagi 1 tadan mahallani ilmiy asoslangan yondashuv asosida limon ko‘chatlari yetishtirishga ixtisoslashtirish hamda ushbu tumanlarda 1 mln dona sifatli limon ko‘chati yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi.
04/11/2025, 09:01
t.me/tstm_duk/13083
109
KUN HIKMATI

Oson qo‘lga kiritilgan baxt uzoq davom etmaydi.

 Gabriel Garsia Markes

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/11/2025, 08:00
t.me/tstm_duk/13082
381
AGROTAVSIYA

Qulupnayning yer ustki poyasi nega kesiladi?

Qulupnay hosildorligini uzoq muddat saqlash va oshirish uchun uning yer ustki qismini muntazam ravishda kesish muhim agrotexnik tadbirdir. Bu o‘simlikning tabiiy yangilanishiga yordam berib, meva berish muddatini uzaytiradi.

 Vaqt o‘tishi bilan qulupnayning eski barg va poyalari zaiflashib, yangi meva berish qobiliyatiga salbiy ta‘sir qiladi. Barglarning qalinlashishi va eski poyalarning to‘planishi o‘sish jarayonini sustlashtirib, tuproqdagi namlik va oziq moddalarning samarali taqsimlanishiga to‘sqinlik qiladi. Natijada, o‘simlik zaiflashib, hosildorligi pasayadi. Yer ustki qismini kesish o‘simlikning resurslarini yangi barg, poya va ildiz tizimini rivojlantirishga yo‘naltiradi.
Eski barglarni olib tashlash zararkunanda va kasalliklar tarqalishining oldini oladi.

Kesishdan so‘ng, sug‘orish va o‘g‘itlash tizimli amalga oshirilsa, o‘simlik tezda tiklanib, yangi kurtaklar hosil qila boshlaydi.

Telegram | Facebook | Instagram| You Tube |
04/11/2025, 07:04
t.me/tstm_duk/13081
119
11-aprel 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

🌥Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

🌬Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

🌙Harorat kechasi 12-17° iliq

🌝 Kunduzi 26-31° iliq bo‘ladi. 

🔴 O‘rta magnit bo‘roni kuzatiladi.

🌞Quyosh chiqishi: 5:51

🪐Quyosh botishi: 19:02


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
T
elegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/11/2025, 05:00
t.me/tstm_duk/13080
115
Archa daraxtini o‘stirish uchun nimaga e'tibor qaratish kerak?

Ushbu videolavhada muhim tavsiyalar berilgan bo‘lib, sizga foydasi tegishi, shubhasiz.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/10/2025, 15:00
t.me/tstm_duk/13079
121
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🔰Qarorga muvofiq, umumiy yer maydoni 5 gektardan kam bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan o‘zlariga qarashli qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning dala chetlarida ichki xo‘jalik yer tuzish loyihasiga muvofiq jami yer maydonining 1 foiziga, lekin 20 sotixdan ko‘p bo‘lmagan o‘lchamda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos bo‘lgan muzlatkichli omborxonalar, saralash, quritish, qayta ishlash, qadoqlash, suv tejovchi texnologiyalar va suv saqlash obyektlarini qurishga ruxsat etiladi.

❇️2025–2026-yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini aholi tomorqalari, dehqon va fermer xo‘jaliklaridan yig‘ib, saralab, zamonaviy qadoqlab shartnoma asosida realizatsiya qilgan qishloq xo‘jaligi kooperativlariga qadoq xarajatlarining 25 foizi, biroq har bir qadoq uchun 3 ming so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qoplab beriladi.
04/10/2025, 13:02
t.me/tstm_duk/13078
88
04/10/2025, 12:05
t.me/tstm_duk/13076
88
Farg‘onada dala tadqiqot ishlari bajarilmoqda

Tuproqni unumdorligi mamlakat qishloq xo‘jaligining rivoji uchun muhim asosdir. Shu bois respublikamizdagi tuproqlarning unumdorligini aniqlash va bu borada bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarni yanada samarali tashkil etish maqsadida mavjud ekin maydonlaridan tuproq tahlil namunalari olinib, tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

“Tuproqsifattahlil”DUK mutaxassislari tomonidan joriy yilda Farg‘ona viloyatining mavjud 299 732 gektar sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yer maydonlarida tuproq sifatini baholash ishlarini bajarish rejalashtirilgan.

Ayni kunlarda viloyatning Bag‘dod,Quva,Farg‘ona, Toshloq tumanlari va Quvasoy shahrida tuproq tadqiqot ishlari bajarilmoqda.

Dastlab, fermer xo‘jaliklari vakillari uchun seminar tashkillashtirilib, tuproq tahlili o‘tkazishning muhimligi to‘g‘risida tushuntirishlar berildi, so‘ng ekin maydonlaridan tahlil namunalari olindi.

Batafsil👉


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegra
m | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/10/2025, 12:05
t.me/tstm_duk/13077
88
04/10/2025, 12:05
t.me/tstm_duk/13075
95
04/10/2025, 08:01
t.me/tstm_duk/13074
90
DOVUCHCHA (G‘O‘RA) ning foydalarini bilasizmi?

Dovuchcha — bu hali pishmagan, go‘ra holatidagi o‘rik mevasi bo‘lib, nordon taʼm va foydali xususiyatlarga ega. Ushbu bahorgi neʼmatni to‘g‘ri miqdorda isteʼmol qilish sog‘liq uchun foydali.

• C vitaminiga boy — immunitetni kuchaytiradi, xastaliklarga qarshi kurashib, oshqozon faoliyatini yaxshilaydi.

• Nordonligi hisobiga ishtahani ochadi.

• Hazmni yaxshilaydi — meʼda sharbatini faollashtirib, ovqat hazm bo‘lishini osonlashtiradi.

-Temir moddasiga boyligi tufayli gemoglobin miqdori past bo‘lgan kishilar uchun ayni muddao!

- Yumshoq danagi tarkibida saratonga qarshi tabiiy vosita bo‘lgan amigdalin mavjud.

- Tarkibidagi salisil kislotasi bilan revmatizmga davo bo‘la oladi.

- Qabziyatdan qiynalayotganlar uchun nihoyatda foydali.

Eslatma:

Ortiqcha miqdorda isteʼmol qilish oshqozon og‘rig‘i, ich ketishi yoki tish emaliga zarar yetkazishi mumkin. Bolalar, homiladorlar va oshqozon-ichagida muammosi borlar ehtiyotkor bo‘lishlari lozim.
04/10/2025, 08:01
t.me/tstm_duk/13073
103
10-aprel 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

🌥Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

🌬Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

🌙Harorat kechasi 10-15° iliq

🌝 Kunduzi 23-28° iliq bo‘ladi. 

🔴 O‘rta magnit bo‘roni kuzatiladi.

🌞Quyosh chiqishi: 5:52

🪐Quyosh botishi: 19:01

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
T
elegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/10/2025, 05:03
t.me/tstm_duk/13072
171
Issiqxonalarda namlik rejimini boshqarish

Ko‘chatxona, issiqxona, stellajli issiqxonalarda tuproqdagi namlik haddan tashqari tez bug‘lanadi. Ularda tuproq va havo namligini rostlab turish muhim.

Tuproqning nisbiy namligi to‘la nam sig‘imining 70% atrofida bo‘lishi va o‘simliklarning turiga, yoshiga hamda rivojlanish fazasiga qarab 60% dan 80-90% gacha o‘zgarib turishi mumkin.

 Rediska, barra piyoz, selderey, karam ko‘chati va meva tugish davridagi bodring ekini namga talabchan.

 Tuproq va havo namligining muvozanati o‘simlikning o‘sishi, meva tugishning jadallashtiradi. Ammo namlik darajasi yuqori bo‘lsa, o‘simliklarning vegetativ organlari o‘sishini kuchaytiradi, gullash va meva tugishini susaytiradi.

 Pomidor yetishtirilayotgan issiqxonalarda havoning nisbiy namligini 60-70% saqlab turish kerak. Bodring esa, namtalab o‘simlik, yoppasiga hosilga kirgan davrda sug‘orishdan oldingi tuproq namligi chegaralangan dala nam sig‘imiga nisbatan 85-90%, havoning nisbiy namligi 75-80% dan kam bo‘lmasligi kerak.
04/09/2025, 14:03
t.me/tstm_duk/13071
125
#Bilasizmi

⚠️Qonunchilikka ko‘ra, chiqindilarni aholi punktlari yerlarida, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarda, moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlarda, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, shuningdek tabiatni muhofaza qilish obyektlariga hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zarar yetkazish tahdidi kelib chiqishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda saqlash va bunday joylarga ko‘mib tashlash taqiqlanadi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/09/2025, 12:01
t.me/tstm_duk/13069
125
04/09/2025, 08:04
t.me/tstm_duk/13068
166
Amir Temurning 689 yilligi nishonlanmoqda

Bugun buyuk sarkarda, saltanat asoschisi Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun. Ushbu kun davlatimizda keng nishonlanadi.

Amir Temur hukmronligi 35 yil davom etib, u katta saltanatni barpo etgan.

Amir Temur tomonidan yaratilgan markazlashgan, kuchli boshqaruvga ega davlat ushbu bebaho qoidalar majmuasi hisoblanmish kitob asosida yaratilgan. “Tuzuk” so‘zining lug‘aviy ma‘nosi qonun-qoidalar to‘plami, nizom, degan ma‘nolami anglatadi. Boshqacha aytganda, tuzuk — konstitutsiya ya‘ni davlatning Asosiy qonuni. Shu ma‘noda “Temur tuzuklari” Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega bo‘lib, Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari taqdiriga shariat qonunlari bilan bir qatorda kuchli ta‘sir o‘tkazgan.
Sarkarda “Kuch — adolatda” degan oliy me‘yorni o‘ziga shior qilib olgan va hatto ushbu hikmatni uzuk-muhriga o‘yib yozdirgan.

Amir Temur xalqimizning milliy g‘ururidir.
04/09/2025, 07:03
t.me/tstm_duk/13067
128
9-aprel 2025-YILDA OB-HAVO MA‘LUMOTI

🌥Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

🌬Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

🌙Harorat kechasi 12-17° iliq

🌝 Kunduzi 21-26° iliq bo‘ladi. 

🌞Quyosh chiqishi: 5:54

🪐Quyosh botishi: 19:00

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Te
legram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/09/2025, 05:04
t.me/tstm_duk/13066
189
#agro_robotlar

Gullarni qo‘lda o‘stirishni ko‘pchiligimiz juda yaxshi ko‘ramiz. Ammo shu ishni robotlarbajarsa-chi?

Gollandiya qishgloq xo‘jaligida aqllirobotlar allaqachon gullarni o‘zi yetishtirishi oddiy holga aylangan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
04/08/2025, 15:00
t.me/tstm_duk/13065
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria