Har qanday xalqdayam shunday zotlar bor,
Pul bilan o’lchaydi hayotni ular.
Ularning oyog’i ostida xor-zor
Bo’lar ona tuproq, dalalar, gullar.
Otasi: — Suv! – deya qo’lin uzatsa,
— Haqqini bering! – deb shoshirgan shular.
Onasin borini berib kuzatsa,
Eng so’nggi nonini yashirgan shular.
Sevgi – pul,
Vatan – pul,
Qani, keb qoling!
Sotilar vijdonu sotilar imon!
Ular xiyonatning, makrning quli,
Ularning ko’ksida yashamas armon.
Xurshid Davron
👉
Qisqa satrlar