🏦 Turonbank jamoasi Milliy liboslarda!
Haftaning har juma kunlari bankimizning barcha hududiy ofislari va xizmat ko‘rsatish markazlarida xodimlar mijozlarni o‘zbekona liboslar, do‘ppi, salla va milliy bezaklar bilan qarshi olib, qadriyatlarimizga sodiqlik va mehr-muhabbatini ifoda etmoqda.
Milliy libos bu — faqat kiyim emas. Bu – tarix, bu – madaniyat, bu – ajdodlarimiz ruhi bilan uyg‘un yashash. Har bir naqsh, har bir mato – o‘zida yillar, asrlar hikoyasini mujassam etadi.
Bu tashabbus orqali biz yoshlarga milliylikni anglatamiz, merosimizni qadrlaymiz va zamonaviy hayotga uyg‘un tarzda davom ettiramiz.
Milliy libosda xizmat – bu nafaqat chiroyli ko‘rinish, balki mijozlarimizga bo‘lgan iliq muhit, samimiy xizmat va o‘ziga xos faxrdir.
Turonbank – an’ana va zamonaviylik uyg‘unligi, qadriyatlarga sodiq bank!