#Аdabiyot #Nazm
MUHAMMAD YUSUF
MONOLOGI
“Osmon olis, osmon jim”,*
yomg’ir tinmay quyadi,
hamon mening yuragim,
qizg’aldoqni suyadi.
Qizg’aldog’im, qizg’aldoq,
sen o’zingsan sirdoshim,
sen-la ruhim bo’lar chog’,
vafodorim – qirdoshim.
Yonimdan ketmasdan hech,
ko’ngilga bergin taskin,
sen haqingda erta-kech,
o’ylar Muhammad miskin.
Quyi egdirib boshing,
shamol esadi g’ir-g’ir.
ko’rsam, ko’zingda yoshing,
“Og’rir, yuragim og’rir”.*
Qabrim uzra yashaysan,
taralar dard– iforing,
qon bag’rimga o’xshaysan,
qip-qizildir ruxsoring.
Ne darding bor, bilmasman,
daragin bermas bahor,
do’stman, bag’ring tilmasman,
sen ham, men ham bir xoksor.
“Osmon olis, osmon jim”,*
yomg’ir qo’shiq aytmoqda,
ko’zing och, qizg’aldog’im,
tag’in bahor qaytmoqda.
* Muhammad YUSUF satri
©Husniddin HAYIT
🎯 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇
✅ Telegram |
✅ Facebook |
🌐 Veb-sayt |
🌐 Instagram
| 🎥 You Tube