“Hakamlar akademiyasi”ga kirish uchun sinov jarayonlari boshlandi
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi maydonida “Hakamlar akademiyasi”ga kirish imtihonlari boshlandi. Mazkur sinovlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan tashrif buyurgan yosh va iqtidorli hakamlikka qiziquvchilar ishtirok etmoqda.
Sinov jarayoniga start berilishidan oldin Hakamlar qoʻmitasi raisi Bobur Haydarov soʻzga chiqib, ishtirokchilarga omad tiladi hamda sinov jarayonlari mutlaqo shaffof va adolatli tarzda oʻtishini alohida taʼkidladi.
Tadbir davomida tajribali instruktor Aleksandr Popov sinov jarayonlari tartibi, baholash mezonlari va hakamlik qoidalari haqida batafsil maʼlumot berdi.
⚽️ t.me/uzfhm