Abdulla Qodiriy hayoti: “O‘zbekning Otabegi”dan “millat oydini”gacha (10.04.1894 - 4.10.1938)
Oilasi:
Otasi – Qodirmuhammad Hojimuhammad o‘g‘li (1822-1924 5-aprel 103 yosh)
Onasi – Josiyat bibi
Rafiqasi – Rahbarnisa Rasulmuhammadboy qizi
Farzandlari: Nazifa, Habibulla, Adiba, Masʼud, Anisa
Tahsili:
1. Musulmon maktabi (1904-1906)
2. rus-tuzem maktabi (1908-1912)
3. Abulqosim shayx madrasasi (1916-1917)
4. Moskvadagi adabiyot kursi (1925-1926)
Ish faoliyati:
1. Eski shahar oziqa qo‘mitasining sarkotibi (1918)
2. «Oziq ishlari» gazetasining muharriri (1919)
3. Kasabalar sho‘rosining sarkotibi (1920)
4. «Mushtum» jurnali tashkilotchilaridan biri va tahrir hay’ati a’zosi (1923-1926)
Taxalluslari: Alimov, Julqunboy, Shoshiy, Boyqush, Dumbulboy, Dumbulboy jiyani, Dumbuldevona, Dumbulnisa, Dumbulboy oʻgʻli, J-boy, Jarqinboy, Jiyan, Jiyaningiz Mushtum, Indamas Soʻfi, Yoʻlovchi, Kalvak mahzum jiyani, Kalvak mahzum shoshiy, Kampir, Karnaychi, Kolxozchi, Lakalang mahzum, Mavlonkufr, Mulla Julqunboy, Mushtum, Ovsar, Saniyxudo, Chin doʻst, Chirmandabotir, Chi chora, Shilgʻay, A.Q, U-boy, Shapaloqmahzum [30 dan ortiq]
Hikoyalari:
1. “Jinlar bazmi”
2. “Juvonboz” (1915)
3. «Uloqda» (1916)
4. «Kalvak Maxzumning xotira daftaridan» (1920)
5. «Toshpo‘lat tajang nima deydir?» (1920)
Romanlari:
1. “O‘tkan kunlar” (1924-1926)
2. “Mehrobdan chayon” (1928)
Yozmoqchi bo‘lgan romanlari:
1. “Dahshat”
2. “Namoz o‘g‘ri”
3. “Amir Umarxonning kanizi”
Qissa: “Obid ketmon” (1934) [eng oxirgi asari]
Tarjimalari:
1. “Fizika” (1928) [Abdulla Shunosiy]
2. “Uylanish” (1935) [N. V. Gogol]
3. “Olchazor” (1936) [A. P. Chexov]
Pyesasi: “Baxtsiz kuyov” (1915)
Sheʼr, maqola va hikoyalari nashr etilganGazetalar: “Sadoyi Turkiston”, “Ishtirokiyun”, “Qizil bayroq”, “Turkiston”;
Jurnallar: “Oyna”, “Inqilob”, “Mushtum”
Abdulla Qodiriy 1937-yil 31-dekabrida qamoqqa olindi va 1938-yil 4-oktabrda Toshkentda otildi.
Uning asarlari 1956-yildan boshlab yangidan nashr etila boshlandi. 1990-yilda Prezident farmoni bilan Abdulla Qodiriy nomidagi Respublika Davlat mukofoti ta’sis etildi. 1991-yili Abdulla Qodiriyga Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti, 1994-yili esa “Mustaqillik” ordeni berildi.
Abdulla Qodiriyga qo‘yilgan ayblovlar:
1, 2, 3, 4. «Menga qo‘yilgan ayblarni boshdan oyoq rad etaman. Haqiqat yo‘lida hech qanday jazodan, qiynoqdan qo‘rqmayman. Agar otmoqchi bo‘lsalar, ko‘kragimni kerib turaman...»
Abdulla Qodiriyning nabirasi Xondamir Qodiriy tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyati ko‘rib chiqilib, 1926-yil 16-iyun kuni „Yigʻindi gaplar“ nomli maqolasi uchun qoʻyilgan ayblov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati qarori bilan olib tashlandi va u oqlandi.
2018-yilda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va muzeyi ochildi.
Filmlar:
Oʻtkan kunlar (1969)
Mehrobdan chayon (1973)
Hujjatli film, videoqo‘llanma, materiallar:
1.
Abdulla Qodiriy 2.
Abdulla Qodiriy ijodiga nazar3.
Abdulla Qodiriy kashfiyoti 4.
“Abdulla Qodiriy” hujjatli filmi✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇
📝
Twitter 📹
YouTube 📝
Facebook 📷
Instagram 🌐
Telegram