Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
AV
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
https://t.me/avloniyuz
Channel age
Created
Language
Uzbek
0.32%
ER (week)
7.4%
ERR (week)

Facebook

https://www.facebook.com/avloniy.uz

Website

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 625 results
04/26/2025, 06:08
t.me/avloniyuz/8649
04/26/2025, 06:08
t.me/avloniyuz/8648
04/26/2025, 06:08
t.me/avloniyuz/8647
📚“KITOBXONLIK HAFTALIGI – 2025”

✅A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida "O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostidagi V Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida kitoblar ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda.

❤️Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, pedagog va yoshlar qalbida kitobga mehr, bilimga chanqoqlik tuyg‘usini yana-da mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

➡️Bunday tadbirlar nafaqat kitobga bo‘lgan mehrni oshiradi, balki, pedagogik jamoaning ma‘naviy-ma‘rifiy salohiyatini ham yuksaltiradi.

💬Institut rasmiy sahifalari:

📱Telegram | 📱Facebook
▶️YouTube |  📱Instagram
04/26/2025, 06:08
t.me/avloniyuz/8653
04/26/2025, 06:08
t.me/avloniyuz/8650
04/26/2025, 06:08
t.me/avloniyuz/8652
04/26/2025, 06:08
t.me/avloniyuz/8651
04/26/2025, 05:55
t.me/avloniyuz/8645
04/26/2025, 05:55
t.me/avloniyuz/8641
04/26/2025, 05:55
t.me/avloniyuz/8644
04/26/2025, 05:55
t.me/avloniyuz/8642
04/26/2025, 05:55
t.me/avloniyuz/8643
✅Otabek Xasanov menejerlik kursi tinglovchilari uchun mahorat darsi o‘tkazdi.

➡️“Liderlar kitobi” hamda “Liderlar” telegram kanali muallifi bilan lider, rahbar va zamonaviy menejer xususiyatlari haqidagi suhbat tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi.

💬Institut rasmiy sahifalari:

📱Telegram | 📱Facebook
▶️YouTube |  📱Instagram
04/26/2025, 05:55
t.me/avloniyuz/8646
04/26/2025, 05:55
t.me/avloniyuz/8640
#tinglovchi_fikri

❓Ta'lim sifati menejmenti nima?

💬Maktablarda inson resurslarini boshqarishda qaysi jihatlarga ahamiyat berilishi lozim?

❓Maktab imijini shakllantirishning ahamiyati nimada?

❤️Menejerlik o‘quv kurslarida yuqoridagi kabi masalalarga yechim berishga qaratilgan mavzularda bilim-ko‘nikmalar berilmoqda.

💬O‘quv jarayonlarida bo‘lib, tinglovchilar fikri bilan qiziqdik.

💬Institut rasmiy sahifalari:

📱Telegram | 📱Facebook
▶️YouTube |  📱Instagram
04/25/2025, 22:25
t.me/avloniyuz/8639
#Reyting_natijalari

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Axborot xizmati faoliyati AOKA reytingida yuqori baholandi

✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Axborot xizmati rahbarlari faoliyati samaradorligi natijalarini eʼlon qildi.

Bunda 2024-yil dekabr oyiga qadar faoliyat yuritib kelgan respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining 150 nafar matbuot kotibi ish samaradorligi baholandi.

❗️Baholash natijalariga ko'ra, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 89 ball bilan yuqori darajada deb baholandi.

👉 Batafsil: https://aoka.uz/uzb/news/1507

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
04/25/2025, 20:46
t.me/avloniyuz/8638
04/25/2025, 19:14
t.me/avloniyuz/8634
#Yilning_eng_yaxshi_tarbiyachisi
#taqdirlash_marosimi

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2025” tanlovi Respublika bosqichi gʻoliblari taqdirlandi

✅ Bugun Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari oʻrtasida oʻtkazilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2025” kasbiy koʻrik-tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

➖ Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi hamda tanlov gʻoliblarini samimiy tabrikladi.

🔹 Qayd etilganidek, ushbu tanlovda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 16 384 nafar direktor oʻrinbosari va tarbiyachilari qatnashdi. Nomzodlar tanlovning Respublika final bosqichida 3 ta shart boʻyicha bellashdi. Xususan:

➖ maktabgacha taʼlim sifatini oshirishda mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan loyiha taqdimoti;
➖tegishli nominatsiya yuzasidan mashgʻulot ishlanmasi;
➖metodika va maktabgacha taʼlim sohasi boʻyicha 20 tadan test savollarini bajarish sinovlarida qatnashdi.

Tanlov Hayʼat aʼzolari yakuniy xulosasiga koʻra:

👉 ”Eng yaxshi direktor oʻrinbosari” nominatsiyasi boʻyicha:

📍1-oʻrin — Munojat Muminova;
📍2-oʻrin — Tumaris Tursinbayeva ;
📍3-oʻrin — Sabina Guzarova;

👉 “Yilning eng fidokor tarbiyachisi” nominatsiyasi boʻyicha:

📍1-oʻrin — Dilnoza Saidova;
📍2-oʻrin — Zebo Xidyoyeva;
📍3-oʻrin — Mavluda Kamalova;

👉 “Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi” nominatsiyasi boʻyicha:

📍1-oʻrin — Gulsina Dauletova;
📍2-oʻrin — Lionora Eshaliyeva ;
📍3-oʻrin — Sug‘diyona Boymirzayeva ;

👉 “Innovatsion va axborot texnologiyalarini qoʻllaydigan eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyasi boʻyicha:

📍1-oʻrin — Vazira Shoimova;
📍2-oʻrin — Yulduz G‘aybullayeva;
📍3-oʻrin — Mohinur Egamberdiyeva;

👉 “Eng yaxshi eko-targʻibotchi tarbiyachi” nominatsiyasi boʻyicha:

📍1-oʻrin — Maxinaxon Mamasoliyeva;
📍2-oʻrin — Gulnoza Yalgʻasheva;
📍3-oʻrin — Dilnoza Shamatova;

👉 “Yangi Oʻzbekistonda yangi avlod bolalarini maʼnaviy kamolotga yetaklovchi eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyasi boʻyicha:

📍1-oʻrin — Nozimaxon Zikiryayeva;
📍2-oʻrin — Vazira Sayfullayeva;
📍3-oʻrin — Mohigul O‘roqboyevaga nasib ztdi.

😐 Tadbirda tanlovning Respublika final bosqichi gʻoliblari belgilangan pul mukofotlari va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

👉 Maʼlumot uchun: o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, oliy maʼlumotga ega boʻlmagan gʻoliblar oliy taʼlim muassasalarining “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishiga imtihonlarsiz davlat granti asosida oʻqishga kirish imtiyozini qoʻlga kiritadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
04/25/2025, 19:14
t.me/avloniyuz/8637
04/25/2025, 19:14
t.me/avloniyuz/8630
04/25/2025, 19:14
t.me/avloniyuz/8633
04/25/2025, 19:14
t.me/avloniyuz/8635
04/25/2025, 19:14
t.me/avloniyuz/8629
04/25/2025, 19:14
t.me/avloniyuz/8631
04/25/2025, 19:14
t.me/avloniyuz/8636
04/25/2025, 19:14
t.me/avloniyuz/8632
04/25/2025, 19:14
t.me/avloniyuz/8628
04/25/2025, 17:14
t.me/avloniyuz/8625
04/25/2025, 17:14
t.me/avloniyuz/8621
04/25/2025, 17:14
t.me/avloniyuz/8623
#Fotoreportaj
#Yilning_eng_yaxshi_tarbiyachisi

✅ “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2025” tanlovi taqdirlash marosimi doirasida maktabgacha ta’limdagi zamonaviy va yangi metodikalarga bag‘ishlangan taqdimotlar ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi.

🔴 Ayni damda tantanali taqdirlash marosimi davom etmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
04/25/2025, 17:14
t.me/avloniyuz/8627
04/25/2025, 17:14
t.me/avloniyuz/8620
04/25/2025, 17:14
t.me/avloniyuz/8626
04/25/2025, 17:14
t.me/avloniyuz/8624
04/25/2025, 17:14
t.me/avloniyuz/8622
04/25/2025, 17:14
t.me/avloniyuz/8619
04/25/2025, 17:14
t.me/avloniyuz/8618
#live
#Yilning_eng_yaxshi_tarbiyachisi

🔴 Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari oʻrtasida o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy koʻrik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi boshlandi.

🌐 JONLI EFIR

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
04/25/2025, 16:47
t.me/avloniyuz/8617
#OAVda_biz

STEAM ochilish tadbiri to‘g‘risida OAVlarda yoritilishi:

❤️O‘zbekiston 24 - https://t.me/uzbekistan24_tvnews/248266

❤️Axborot 24 - https://t.me/uzbekistan24_tvnews/248191

❤️Axborot 24 - https://t.me/uzbekistan24_tvnews/248258

❤️ZO‘Rtv - https://t.me/uzluksiz_rivojlanish/477

❤️UzA - http://uza.uz/posts/712133

❤️Yangi O‘zbekiston gazetasi - https://yuz.uz/uz/news/steam-innovatsion-talim-markazi-ochildi

❤️Taʼlim xabarlari - https://talimxabarlari.uz/27373/

❤️UzA - https://uza.uz/en/posts/uzbekistan-azerbaijan-on-the-path-to-educational-development_712225

❤️O‘zbekiston 24 - radiokanali

💬Institut rasmiy sahifalari:

📱Telegram | 📱Facebook
▶️YouTube |  📱Instagram
04/24/2025, 12:25
t.me/avloniyuz/8616
#Live

🔴 “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2025” tanlovining Respublika bosqichiga start berildi.

📍 Tadbir Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida bo‘lib o’tmoqda.

🌐 JONLI EFIR

👉 PRESS-RELIZ

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
04/24/2025, 08:25
t.me/avloniyuz/8615
✅STEAM innovatsion taʼlim markazining ochilish tadbiri o‘tkazildi

✅Video lavha orqali ochilish tadbiri jarayonlari hamda markazdagi sharoitlar bilan qisqacha tanishishingiz mumkin.

💬Institut rasmiy sahifalari:

📱Telegram | 📱Facebook
▶️YouTube |  📱Instagram
04/23/2025, 15:07
t.me/avloniyuz/8614
04/22/2025, 15:36
t.me/avloniyuz/8610
04/22/2025, 15:36
t.me/avloniyuz/8613
04/22/2025, 15:36
t.me/avloniyuz/8612
04/22/2025, 15:36
t.me/avloniyuz/8611
04/22/2025, 15:36
t.me/avloniyuz/8609
04/22/2025, 15:36
t.me/avloniyuz/8608
STEAM innovatsion taʼlim markazi ochildi

Bugun kunimiz yaxshi yangilik bilan boshlandi. Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida Ozarbayjon Respublikasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan STEAM innovatsion taʼlim markazi ochilish marosimida ishtirok etdim.

Prezidentimiz qarori asosida tashkil etilgan va loyiha qiymati 15 mlrd soʻm boʻlgan ushbu zamonaviy markaz jami 9 ta laboratoriya, uchrashuvlar va boshqaruv xonalaridan iborat.

Bugungi tadbirimiz markazimiz uchun Ozarbayjon Fan va taʼlim vazirligi tomonidan 551 ming AQSh dollari qiymatidagi zamonaviy laboratoriya hamda mebel jihozlari begʻaraz yetkazib berilgani munosabati bilan tashkil etildi.

Markazda mavjud sharoitlar, qolaversa, bugun sovgʻa qilingan jihozlarning taʼlim sohasiga zamonaviy imkoniyatlar, yangiliklar olib kirish uchun ahamiyati katta. Ushbu jihozlar yordamida maktabgacha va boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun oʻyinlashtirilgan oʻquv qurilmalari yordamida kreativ fikrlash qobiliyati rivojlantiriladi, 4 xil turdagi konstruksiyaviy toʻplamlar yordamida oʻquvchilarning robototexnika va IQ darajasi rivojlantiriladi, aviasimulyator laboratoriyasidagi ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash orqali aerodinamika va parvoz nazariyasi hamda dronlar va sunʼiy yoʻldoshlar tuzilishi oʻrgatiladi, virtual laboratoriyada murakkab sohalarni xavfsiz muhitda oʻrganish imkoniyati yaratiladi.

Albatta, sharoitlarni ko'z bilan koʻrgan maʼqul, soha vakillari, qiziquvchilar Markazga kelib sharoitlar bilan tanishishi mumkin.

Yana bir yangilik: 2025-yil iyun oyidan boshlab bosqichma-bosqich yozgi innovatsion oromgoh, iqtidorli maktab oʻquvchilari va oʻqituvchilari uchun “Yashil maskan” festivali, eko tizim uchun foydali startaplar hamda innovatsion ishlanmalar loyihalarini joriy etish rejalashtirilgan.

Fursatdan foydalanib ozarbayjonlik qardoshlarimiz, tadbirimizda faol ishtirok etgan Fan va taʼlim vaziri oʻrinbosari Gasan Gasanliga minnatdorlik bildiraman.

@hilola_umarova
04/22/2025, 15:36
t.me/avloniyuz/8607
#OAV_biz_haqimizda

✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Davlatimiz rahbari huzurida maktab taʼlimi sifatini oshirish hamda pedagoglar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir navbatdagi rejalar haqida taqdimot qildi.

➖ Ta'lim tizimida kutilayotgan yangiliklar haqida batafsil "O'zbekiston 24" telekanalining "Axborot 24" dasturida.
_________
🌐 RUS TILIDA

Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
04/22/2025, 11:48
t.me/avloniyuz/8606
04/21/2025, 17:49
t.me/avloniyuz/8605
04/21/2025, 17:49
t.me/avloniyuz/8604
Taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-aprel kuni maktab taʼlimi sifatini oshirish hamda pedagoglar tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi.

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida taʼlim tizimi islohotlari ustuvor yoʻnalishlardan biri etib belgilangan. Bu yilgi davlat dasturida ham maktablarda sharoitlarni yaxshilash, yosh avlodni bilimli etib tarbiyalash boʻyicha koʻplab vazifalar qoʻyilgan.

Bu koʻp jihatdan, oʻqituvchilarning bilim va malakasiga bogʻliq. Yurtimizda 15 ta davlat va 61 ta nodavlat oliygohida pedagogika yoʻnalishi bor. Lekin ulardagi ilmiy salohiyat atigi 40 foiz atrofida.

Qabullarning katta qismini ijtimoiy yoʻnalishlar tashkil etadi. Aniq va tabiiy fanlar boʻyicha pedagoglar tayyorlash juda kam. Talabalarning 40 foizi sirtqi taʼlimda oʻqiyapti.

Shu bois Toshkent davlat pedagogika universitetini transformatsiya qilib, Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetini tashkil etish, kelajak pedagoglari loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Universitet barcha hududlardagi pedagogika institutlari uchun tayanch oliygoh boʻladi.

“Yangi Oʻzbekiston” universitetida 40 dan ziyod chet ellik oʻqituvchilar va 30 nafar vatandosh ziyolilarimiz faoliyat yuritmoqda. Talabalar oʻzlarining turli yoʻnalishlardagi loyihalariga jami 24,3 milliard soʻmlik grantlar jalb qilgan. Bu salohiyatdan foydalanib, universitetda muhandislik, raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt, tibbiyot kabi zamonaviy sohalarda mutaxassislar tayyorlashni rivojlantirish, yangi laboratoriyalar ochish rejalari taqdimot qilindi.

Shuningdek, oliygohda ilm-fan, taʼlim va amaliyot integratsiyasini taʼminlash maqsadida Germaniyaning ilgʻor tajribasidan foydalangan holda zamonaviy universitet klinikasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Taʼlim sifatini aniqlashda ham xalqaro uslublar joriy etilmoqda. Bu yil 233 ta maktabdagi 9 ming nafar 15 yoshli oʻquvchining bilimi “PISA” xalqaro dasturi orqali baholanadi.

Hozirgi kunda 2 mingta maktab yuqori yuklama bilan ishlayapti. Bu yil byudjet hisobidan 112 mingta yangi oʻquvchi oʻrni tashkil etiladi. Aholi oʻsishi hisobiga, maktablarga ehtiyoj ham ortib boradi. Shu bois Islom taraqqiyot bankidan 200 million dollar jalb etilib, hududlarda 58 ta zamonaviy maktab qurilishi rejalashtirilgan.

Tahlillarga koʻra, maktab yoshidagi bolalarning 80 foizi internet va ijtimoiy tarmoqlarda faol. Ularni zararli axborotlardan himoya qilish boʻyicha muayyan ishlar olib borilyapti. Lekin, yoshlar taʼlim-tarbiyasiga kuchli taʼsir koʻrsatadigan, qiziqarli milliy kontentlar yaratayotgan ijodkorlar sanoqli.

Shulardan kelib chiqib, bolalarga xavfsiz axborot muhitini yaratish, milliy kontentlarni koʻpaytirish, ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

@hilola_umarova
04/21/2025, 17:49
t.me/avloniyuz/8603
Президент Шавкат Мирзиёев мактаб таълими сифатини ошириш ҳамда педагоглар тайёрлаш тизимини такомиллаштиришга оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о мерах по повышению качества школьного образования и совершенствованию системы подготовки педагогических кадров.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #pedagogika

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
04/21/2025, 17:44
t.me/avloniyuz/8600
04/21/2025, 17:44
t.me/avloniyuz/8602
04/21/2025, 17:44
t.me/avloniyuz/8601
#PISA_2025

📹O‘quvchilarda PISA kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha treninglar doirasida tabiiy-ilmiy savodxonlik yo‘nalishida tashkil etilgan 9-mashg‘ulot jarayonlari.

💬Institut rasmiy sahifalari:

📱Telegram | 📱Facebook
▶️YouTube |  📱Instagram
04/19/2025, 07:55
t.me/avloniyuz/8599
04/19/2025, 07:15
t.me/avloniyuz/8596
🇺🇿🇦🇪Doktorantlar Birlashgan Arab Amirligida

❤️A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining doktorantlari Abduxamidova Muyassarxon hamda Toxirova Nafisaxonlar Birlashgan Arab Amirligining Sharjah shahrida tashkil etilgan 29-TESOL Xalqaro Konferensiyasida ishtirok etishmoqda.

➡️Har yili o’tkaziladigan mazkur konferensiyaning bu yilgi mavzusi AI Revolution and Future of Education (Sun’iy Intellekt Revolutsiyasi va Til o’rgatishning Istiqbollari) deb nomlandi.

✅Konferensiyadan ko’zlangan
maqsad - xalqaro til o’qituvchilarini jamlab, ta’limda Sun’iy intellekt mavzusini muhoka qilish, ta’limda zamonaviy sun’iy intellekt platformalari, ular bilan bog’liq muammolar va yechimlarni ko’rib chiqishdan iboratdir.

📅Konferensiya 18-apreldan 20-aprelga qadar davom etadi.

💬Institut rasmiy sahifalari:

📱Telegram | 📱Facebook
▶️YouTube |  📱Instagram
04/19/2025, 07:15
t.me/avloniyuz/8598
04/19/2025, 07:15
t.me/avloniyuz/8595
04/19/2025, 07:15
t.me/avloniyuz/8597
04/19/2025, 06:46
t.me/avloniyuz/8592
04/19/2025, 06:46
t.me/avloniyuz/8588
04/19/2025, 06:46
t.me/avloniyuz/8594
#monitoring

❤️A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida 2024-yil 2-chorakda qabul qilingan mustaqil izlanuvchilar ilmiy faoliyatining monitoringi o‘tkazildi.

➡️Unda tadqiqotchilarning  yakka tartibdagi ish rejalari, nazariy-metodologik dasturi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

✅Tadqiqotchilarning ilmiy faoliyati quyidagi mezonlar asosida baholandi:

❤️Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tasdiqlangan yakka tartibdagi rejaning mavjudligi va uning bajarilishi;

❤️Ixtisoslik bo‘yicha tasdiqlangan nazariy-metodologik dasturning mavjudligi va uning bajarilishi;

❤️OAK tasarrufdagi mahalliy jurnallarda dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida bitta ilmiy maqola nashr etilganligi;

❤️Dissertatsiya mavzusi boʻyicha hisobot davrida ilmiy konferensiya materiallarida chop etilgan kamida bitta ma’ruza tezisining mavjudligi;

❤️Dissertatsiya mavzusi boʻyicha tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumotning mavjudligi;

❤️Ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasi seminarida dissertatsiya mavzusiga doir tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumot natijalari bo‘yicha ma’ruza qilganligi.

💬Institut rasmiy sahifalari:

📱Telegram | 📱Facebook
▶️YouTube |  📱Instagram
04/19/2025, 06:46
t.me/avloniyuz/8587
04/19/2025, 06:46
t.me/avloniyuz/8589
04/19/2025, 06:46
t.me/avloniyuz/8593
04/19/2025, 06:46
t.me/avloniyuz/8591
04/19/2025, 06:46
t.me/avloniyuz/8590
04/18/2025, 16:25
t.me/avloniyuz/8580
04/18/2025, 16:25
t.me/avloniyuz/8583
04/18/2025, 16:25
t.me/avloniyuz/8578
04/18/2025, 16:25
t.me/avloniyuz/8584
04/18/2025, 16:25
t.me/avloniyuz/8582
04/18/2025, 16:25
t.me/avloniyuz/8581
#PISA_2025

✅A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan PISA 2025 xalqaro tadqiqotida ishtirok etuvchi maktablar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) bo‘yicha mas’ul xodimlar uchun maxsus trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.

🖥Treningda AKT mutaxassislarining tadqiqot jarayonidagi vazifalari, kompyuter va texnik qurilmalarni soz holatda tayyorlash, shuningdek, umumiy tashkiliy jarayonlar bo‘yicha zaruriy ko‘nikmalar berildi.

➡️Mazkur mashg‘ulotlardan so‘ng, o‘quvchilarda PISA kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan treninglar “Raqamli dunyoda o‘rganish” yo‘nalishida davom ettirildi.

✅Ushbu treningda o‘quvchilarning raqamli kompetensiyalarini baholash va ularni rivojlantirish usullari bilan tanishtirildi. Mashg‘ulotlarda berilgan topshiriqlarning dolzarbligi, amaliy mashqlar orqali kompetensiyalarni shakllantirish va topshiriqlarga yondashuv bo‘yicha tushunchalar mustahkamlandi.

💬Institut rasmiy sahifalari:

📱Telegram | 📱Facebook
▶️YouTube |  📱Instagram
04/18/2025, 16:25
t.me/avloniyuz/8577
04/18/2025, 16:25
t.me/avloniyuz/8585
04/18/2025, 16:25
t.me/avloniyuz/8586
04/18/2025, 16:25
t.me/avloniyuz/8579
#Bayonot
#Attestatsiya

🔴 Respublikamiz bo‘ylab pedagoglarning malaka toifasi uchun test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.

❗️Ushbu jarayonlar yuzasidan Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosari Sardor Radjabov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
04/18/2025, 07:05
t.me/avloniyuz/8576
04/17/2025, 08:20
t.me/avloniyuz/8570
04/17/2025, 08:20
t.me/avloniyuz/8573
04/17/2025, 08:20
t.me/avloniyuz/8572
04/17/2025, 08:20
t.me/avloniyuz/8575
04/17/2025, 08:20
t.me/avloniyuz/8574
04/17/2025, 08:20
t.me/avloniyuz/8569
#PISA_2025

📝O‘quvchilarda PISA kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha treninglar doirasida tabiiy-ilmiy savodxonlik yo‘nalishida 9-mashg‘ulot tashkil etildi.

❤️Mazkur treninglarda tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha respublikaning 233 ta maktabidan jami 4186 nafar o‘qituvchi, jumladan, tabiiy-ilmiy savodxonlik yo‘nalishida 1516 nafar o‘qituvchi ishtirok etdi.

💬Trening mashg‘ulotlarining nazariy qismida 12 ta mavzu doirasida o‘qituvchilarga PISA tadqiqotidagi tabiiy-ilmiy savodxonlik tushunchasi, unga oid kompetensiyalar, shuningdek, tadqiqotda o‘quvchilardan talab etiladigan bilim va ko‘nikmalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

➡️Amaliy mashg‘ulotlarda PISA tadqiqotining ochiq manbalarida keltirilgan 26 ta topshiriqlar ko‘rib chiqilib, o‘quvchilarda topshiriqlarni bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda o‘quvchilarning javoblarini baholash metodikasi tushuntirildi.

💬Institut rasmiy sahifalari:

📱Telegram | 📱Facebook
▶️YouTube |  📱Instagram
04/17/2025, 08:20
t.me/avloniyuz/8568
04/17/2025, 08:20
t.me/avloniyuz/8571
04/17/2025, 08:10
t.me/avloniyuz/8565
04/17/2025, 08:10
t.me/avloniyuz/8567
04/17/2025, 08:10
t.me/avloniyuz/8566
❤️A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi PhD.28/30.12.2019.Ped.68.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

✅Unda Sultonova Lobar Abdunosir qizi 13.00.07 – Ta‘limda menejment ixtisosligi bo‘yicha “Umumiy o‘rta ta‘lim maktab direktorlarining boshqaruv faoliyatini baholash mexanizmlarini takomillashtirish (Rahbarning boshqaruv kompetentligi ko‘rsatkichlari asosida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

✅Shuningdek, Amirullayeva Barno Abdulxakovnaning 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tabiiy fanlar) ixtisosligi bo‘yicha “Tabiiy fanlar (Science)ni o‘qitishda o‘qituvchilarning o‘quv-metodik tayyorgarligini rivojlantirish (6-sinf misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishi himoyasi o‘tkazildi.

💬Institut rasmiy sahifalari:

📱Telegram | 📱Facebook
▶️YouTube |  📱Instagram
04/17/2025, 08:10
t.me/avloniyuz/8563
04/17/2025, 08:10
t.me/avloniyuz/8564
🔹 Ayni paytda Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan “Ta’lim muhitining transformatsiyasi: zamonaviy o‘qitishda raqamli texnologiyalarning o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya davom etmoqda.

Tadbirning ochilish qismida Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti rektori Abduvali Ismailov pedagoglarni kasbiy rivojlantirishda sun'iy intellekt hamda raqamli texnologiyalarning o'rniga to'xtalib o'tdi.

"Bugungi kunda sun'iy intellekt texnologiyalari ta'lim jarayonlariga tobora chuqur singib bormoqda. Mazkur jarayonlar maktab rahbarlari balki pedagoglar uchun ham bir qator muhim yo'nalishlarda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shundan kelib chiqqan holda, bugungi kunda pedagoglar malakasini oshirish jarayonlarida taʼlimda raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt moduli joriy etilgan.

Ushbu modulda ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish asoslari, pedagogik dasturiy vositalar va immersiv texnologiyalar hamda sun’iy intellekt texnologiyalari kabi yo'nalishlarga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Malaka oshirish tizimida sunʼiy intellektni o'qitish avvalo undan axloqiy foydalanishda maktab rahbarlari va pedagog xodimlardan masʼuliyatli yondashuvni, o‘quvchilarda ongli va maqsadli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishni talab etadi.

Bugungi konferensiyada bo'lib o'tadigan muhokamalar bu borada yana yangi yechimlarni ishlab chiqish va sohaga joriy etishda fikr maydoni bo'lib xizmat qiladi," dedi Abduvali Ismailov.

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
04/16/2025, 17:25
t.me/avloniyuz/8562
04/16/2025, 14:23
t.me/avloniyuz/8561
04/16/2025, 14:23
t.me/avloniyuz/8560
📰📰📰📰📰📰📰

Vazir Hilola Umarova Islom Taraqqiyot Banki prezidenti hamda BAA Taʼlim vaziri bilan uchrashdi

✅ “Human Capability Initiative 2025” xalqaro forumida qatnashayotgan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova Islom Taraqqiyot Banki prezidenti Muhammad Al-Djasser bilan uchrashdi.

➖ Samarali kechgan muloqot doirasida transformatsiyaviy taʼlim tashabbuslari, inklyuziv taʼlim imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi ustuvor yoʻnalishlar muhokama qilindi.

👉 Vazir Hilola Umarova uchrashuvda, bugungi kunda Oʻzbekistonda barcha bolalarning bilim olishlarida teng imkoniyatlar yaratish va buning uchun zamonaviy infratuzilmani yaratishga katta eʼtibor qaratilayotganligini taʼkidlab oʻtdi. Va shu oʻrinda Islom Taraqqiyot Banki bilan oʻrnatilayotgan hamkorlik bunda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

✅ Forum doirasidagi uchrashuvlar Birlashgan Arab Amirliklari taʼlim vaziri Sara Al-Amiri xonim bilan davom etdi.

❗️ Muloqot doirasida tomonlar taʼlim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, pedagoglarni tayyorlash, raqamli transformatsiya va innovatsion yondashuvlarga doir qoʻshma loyihalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.

📍 Uchrashuvda:

➖ “Emirates National Schools” bilan taʼlim dasturlari va xalqaro maktab qurish boʻyicha hamkorlik;
➖ Abu-Dabi taʼlim kolleji bilan pedagoglar malakasini oshirish;
➖ Prezident maktablari oʻquvchilarining BAAdagi xalqaro tanlovlarda ishtirok etishi;
➖ “Yangi Oʻzbekiston” universiteti va Xalifa universiteti oʻrtasida talabalar almashinuvi;
➖ Joriy yil Samarqandda oʻtkaziladigan “Markaziy Osiyo – Koʻrfaz davlatlari” sammitida ilgari suriladigan taʼlimga doir yangi tashabbuslar xususida fikr yuritildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
04/16/2025, 14:23
t.me/avloniyuz/8558
04/16/2025, 14:23
t.me/avloniyuz/8559
04/15/2025, 16:35
t.me/avloniyuz/8555
04/15/2025, 16:35
t.me/avloniyuz/8557
📰📰📰📰📰📰📰

"Human Capability Initiative – 2025": Forum doirasida ikki davlat ta’lim vazirlari uchrashishdi

✅ Vazirlar maktabgacha va maktab ta’limi infratuzilmasini yaxshilash, investitsiya loyihalarini kengaytirish va xususiy sektorni jalb qilish xususida suhbatlashishdi.

Shuningdek, Hilola Umarova Samarqand shahrida 2025-yil may oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz davlatlari” sammiti doirasida ta’lim sohasidagi qo‘shma tashabbuslar yuzasidan fikr almashish taklifini bildirdi.

➖ Uchrashuv yakunida vazirlik delegatsiyasi a’zolari Saudiya Arabistoni ta’lim vaziri Yusuf ibn Abdullo al-Bunyan tomonidan tashkil etilgan rasmiy qabul marosimida ham ishtirok etishdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
04/15/2025, 16:35
t.me/avloniyuz/8554
04/15/2025, 16:35
t.me/avloniyuz/8556
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria