Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
YO
“Yoshlik” jurnali
https://t.me/yoshlikjurnali
Channel age
Created
Language
Uzbek
2.15%
ER (week)
10.28%
ERR (week)

“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali

Saytimiz: yoshlikjurnali.uz

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 398 results
1
2
103
#birinchi_kitobim

Mahbuba Abdurahimova 2024-yilda yosh ijodkorlarning Zomin seminarida ishtirok etdi. Shu vaqtgacha o‘zining mashqlarini kattaroq nashrlarda e’lon ham qilmagan bu qizning yaxshigina iste’dodi borligi sho‘bada yoshlarga saboq bergan ustoz ijodkorlarni chindan mamnun qildi. U seminarga bir yo‘la katta nasrda asar taqdim etdi. “Shams-u hilol” qissasi.
Qissa inson ruhiy olamining ajib sir-sinoati, muhabbatning qalb otli olamga so‘roqsiz kelishi va uni azoblashi haqidadir. To‘g‘ri, muallif hali yosh va asarda ayrim kamchiliklar ko‘zga tashlanishi mumkin. Ammo bu ijod yo‘li, nasib etsa, hali uzun, yana shuncha mutolaa yo‘li ham bor. Mahbuba Abdurahimovaning yaxshi kitobxon, qalami charxli ijodkor ekanini ko‘zda tutgan holda, keyingi asarlarida yana ham o‘zini namoyon qilishiga bemalol ishonib, katta asarlar kutamiz.

Ma’mura ZOHIDOVA,
Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/27/2025, 13:38
t.me/yoshlikjurnali/5516
1
6
515
Ravshan Fayz
(1959-1995)

Ko‘nglimga orzular solgan qishlog‘im,
Olis-olislarda qolgan qishlog‘im.
Kelib qolarmi, deb har sahar, har shom
Ko‘zlari yo‘limda tolgan qishlog‘im.

Mening maqsadimdan ko‘nglim ko‘p to‘qdir,
Armon – nishoniga tegmagan o‘qdir.
Orzuning izmida hamon hayotim,
Lekin bu yo‘llarning adog‘i yo‘qdir.

Aytgil, senmasmidi men tanlagan yo‘l,
Sayrga eltmasmidi men tanlagan yo‘l.
Olis-olislarda ovoradirman,
Borsa-kelmasmidi men tanlagan yo‘l.

Ko‘zlari yo‘limda tolgan qishlog‘im…

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/27/2025, 10:50
t.me/yoshlikjurnali/5515
12
1
214
#tavallud

27-aprel – shoira Gulnoza Yusupova tavallud topgan kun!

Sen soyada yotsang salqinlab,
Otang yursa kezib dalani
Huv bema'ni majlisbozlikka,
Ko'ngil bergan hissiz bolasan!

Oftob o'ynar hovli sahnida,
Egatlarga suv toshar lim-lim.
Onang sekin inqillab qo'yar,
Kechalari qaqshasa beli...

Yumush qaynar tong otib-otmay
Yana ishga sho'ng'iydi qishloq.
Bu dunyoda yashamoq baxtdir,
Bu dunyoda yashamoq – azob...

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/27/2025, 09:19
t.me/yoshlikjurnali/5514
3
1
215
#hikoya

Mehr

Universitetni bitirib kelib, endi maktabda ish boshlagan paytla­rim edi. Bu orada onam: “Qizim, qariqiz bo‘lib qolasan”, deb shosha-pisha erga berib ulgurgan, ham ish, ham oila yuki hiyla og‘irlik qilar, maktabga chopsam, qaynonam “hay-hay”lab, uyga yugursam, direktor yoqamdan olardi. Boshimni silaydigan bir mehribon qo‘lga muhtoj edim. Goh-gohida meni yaxshi ko‘rmaydi, deb erimdan xafa bo‘lib qo‘yardim. Axir, suysa, suyganiga qayishmaydimi? U esa har doim onasi taraf bo‘ladi.

🔗batafsil

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/27/2025, 08:16
t.me/yoshlikjurnali/5513
1
5
703
#hikoya

Bo‘lajak shoir

Bu tayoqdek qiltiriq, pardek oppoq yuzli, dengizdek moviy ko‘zli, sochlari to‘zg‘ib ketganidan jingalaklashgan bolakayni ko‘chaning boshqa bolalari uncha yoqtirishmasdi. Nima uchun degan savol paydo bo‘lgandir sizda. Ehtimol, boshqalarning Kostinikidek moviy ko‘zlari yo‘qligi, ko‘pchilik insonlar moviy ko‘zlarni yaxshi ko‘rishi bunga sababdir.
Qolgan bolalarning Kostiga bo‘lgan munosabatlari shunday: “Guruhga olmang, yaramaslarga oramizda o‘rin yo‘q…”

🔗batafsil

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/26/2025, 16:51
t.me/yoshlikjurnali/5512
4
2
315
#olis_yaqin_ovozlar

TUSH

O‘g‘lim, Abdunabi, nega xomushsan
Go‘yo gardaningda turganday olam,
Kamuyqusan, misli bezovta qushsan
She’r yozmay qo‘yibsan... Sog‘misan, bolam?

Ona, tog‘ bilan hech teng bo‘lurmi qir
Har kim eplaganin qilsin hayotda,
Kimga kerak menday betayin shoir
Muhammad Yusuf bor Adabiyotda!

So‘ylayversin tilin tiyolmaganlar
Mayli, yozaversin uyalmaganlar...

Abdunabi Hamro
2015-yil

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/26/2025, 11:56
t.me/yoshlikjurnali/5511
4
4
336
#tavallud

26-aprel – Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun!

MEN BITTADIRMAN

Sanam, sochingdan ham shaydolaring ko‘p,
Husning oshiqlari - adolaring ko‘p.
Nimang ko‘p, ko‘yingda gadolaring ko‘p,
Ammo men bittaman, men bittadirman.

Bek yigit bir sening poyingda xorman,
Garchi diydoringga mushtoq-u zorman,
Men beun sevarman, men jim sevarman,
Qiyomatgacha shul sukutdadirman.

Deydilar: muhabbat bilmas masofa,
Ayriliqni pisand qilmas masofa.
Kelursan o‘zing deb bir kun insofa -
Gohi Toshkent, gohi Urgutdadirman.

Tiling bilmasam ham tushungandayman,
Sen bilan gohi do‘st tutingandayman.
Gohi bu do‘stlikdan o‘kingandayman,
Ming bir xayol ichra ming bittadirman.

Suymoq - bu gulxanda kuymoq azali,
Men shahar erkasi, sen tog‘ goʻzali
Eslab yur yodingga tushgan mahali -
Shaydolaring ko‘p-u, men bittadirman!..

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/26/2025, 09:28
t.me/yoshlikjurnali/5510
3
4
414
#olis_yaqin_ovozlar

Aprel

Bogʻlar hovuridan tushadi sekin,
Bosh koʻtargan chimlar bagʻirlaydi yer.
Behi gullariga yoshini toʻkib,
Koʻzlari gʻiltillab yigʻlaydi Aprel.

Adirlarga olib ketadi boshin
Axir darmon istar bu "hurkak ohu".
Qoʻynidan toʻkilar togʻlarning toshi
Balki mendek qattiq yaralangan u.

Toʻgʻri, gul vaqtinda yigʻlamoq azob,
Yana tomoshabin boʻlsa, shuncha el.
Meni tanidingmi? Koʻklarga qarab,
Sendek yigʻlayotgan ayolman, Aprel!!!

Goʻzal OXUNOVA

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/26/2025, 07:43
t.me/yoshlikjurnali/5509
3
1
373
#hikoya

O‘tmish ko‘z yumgan voqea

“Telefonlar-ku simlardan ozod bo‘ldi, biroq endi biz – bani-odamzod unga tobemiz. Ilgari simlarning pishiqligidanmi yoxud o‘zga sababdanmi ular huda-behudaga dod-voy solavermasdi. Endi-chi, har o‘n daqiqada diydoriga to‘ymasang, yuz-ko‘zidan silab-siypalamasang uniyam, seniyam ko‘ngling tinchimaydi: alo-alo, alo-alo!”
U bugun tongdan beri borligini hadeb eslatayotgan telefonini o‘chirib qo‘ydi. Efir payti noqulay ahvolga solmasin.

🔗batafsil

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/25/2025, 12:40
t.me/yoshlikjurnali/5507
8
5
481
#olis_yaqin_ovozlar

Yomg‘ir

Shitir-shitir...
Hazin bir ovoz...
Osmon ko‘ngli bo‘shadi bugun.
Hayqirmadi, solmadi uvvos,
Arzin arzga to‘shadi bu tun.

Ko‘tarildi olamdan g‘ubor,
Butun borliq kipriklari nam.
Yuzlarida qatra yoshi bor
Yurak-bag‘ri tosh tog‘larning ham.

Yupatmoqni istab hattoki
Bir-birini quchar maysalar.
Toliqqanmi, hamdardmi yoki?
Sukut kuyin chalar naysonlar.

Unga yetmas na kuy, na bir soz,
Singib ketar yomg‘irga saslar.
Hayqirmasin, solmasin uvvos,
Cho‘chimasin qalbdagi hislar.

Nilufar SHAKAROVA

“Yoshlik” / 2024 / 4

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/25/2025, 09:26
t.me/yoshlikjurnali/5506
4
274
#iqtibos

Biz qalamkashlar odamni maqtab ko‘kka ko‘tarish san’atini yaxshi egallaganmiz-u, odamning insoniy jozibasini yuraklarni jazillatadigan darajada ko‘rsatishga no‘noqmiz.

Ozod ShARAFIDDINOV

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/25/2025, 08:16
t.me/yoshlikjurnali/5505
6
6
1.9 k
#birinchi_kitobim

Faxriyorning uzun-qisqa, past-baland satrlari uzoq-uzoqdan elas-elas eshitilayotgan kuyni eslatadi:

“Sening so‘zlaringning haroratidan...”

“Issiq kiyimlaring qishloqda qolgan...”

“Biz uchrashdik – olam yorishdi...”


Bunday samimiy misralar o‘z joyini izlaydi, xonasini qidiradi. Turgan o‘rnida esa mitti yulduzlar davrasidagi katta, porloq yulduzlar kabi yarqirab ko‘rinadi.
Faxriyor Baxtiyorovning bitiklari kuchli vatanparvarlik ruhi, el-yurtga chuqur farzandlik mehr-muhabbati bilan sug‘orilgan. Vatan haqidagi har qanday so‘z esa qadrli va e’zozlidir. Shuning o‘zi kelajakda Faxriyorning she’rlari sevib o‘qilishidan nishona, deb o‘ylayman.
“Sen uchun” kitobi yosh shoirning ijodiy faoliyatida o‘ziga xos muhim bosqich bo‘lib qolishiga shubha qilmayman.

Salim ASHUR,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, shoir.

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/25/2025, 07:43
t.me/yoshlikjurnali/5504
10
961
#Qutlov

Bugun – yozuvchi Ulug‘bek Hamdam tavallud topgan kun!

Yo‘l
(falsafiy roman)

Men bir ojiz tomchiman, ammo yuragimda ummon sog‘inchi yashaydi.
Mavlono Rumiy

TUSHDAN OLDINGI VOQEA
Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eshityapsizmi, g‘oyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni to‘ldirib emas, yo‘q, balki yo‘l kabi uzun, yo‘l kabi sirli-sehrli ovoz keldi. Baqirgan emas, shivirlagan ovoz! Lekin shundayki, men uni eshitdim. Eshitdimgina emas, unga tomon butun vujudim ila talpindim ham. Va hammasi, shu tobda siz quyida o‘qiydigan hammasi botinimda chaqmoqdek chaqib, yorishib paydo bo‘ldi…

👉davomi...

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
04/24/2025, 09:15
t.me/yoshlikjurnali/5502
7
7
389
#olis_yaqin_ovozlar

Ishq bu…

Ishq bu faqat borligida sevmoq emas,
Ishq bu faqat yorligida sevmoq emas.
Ha… Ba’zida “ket” so‘zida “kel” deydi yor,
Ishq bu faqat “kel” deganda sevmoq emas.

Tikonlari botganda ham borolsang – ishq,
Diydalari qotganda ham sevolsang – ishq.
Joning yonar, qalbing yonar, ruhing yonar,
Yonishlarga xo‘p deb rozi bo‘lolsang – ishq.

Ishq bu, balki, ixtiyorni boy berganing,
Jon yoqqanga yuragingdan joy berganing.
Baxting shudir, darding shudir, boring shudir,
Dilozorga dil bermoqqa ulgurganing…

Yor poyiga g‘ururingni qo‘yolsang – ishq,
Ko‘zlaridan yuragini bilolsang – ishq.
Agar bilsang muhabbat bu – boqiy azob,
Uning uchun ming tirilib-o‘lolsang – ishq…

Yonolsang – ishq.
Yonolsang – ishq.
Yonolsang – ishq…

Mahliyo KARIMOVA

“Yoshlik” / 2024 / 4

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
04/24/2025, 08:01
t.me/yoshlikjurnali/5501
4
4
364
#iqtibos

Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidurlar.

Abdulla AVLONIY

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
04/24/2025, 07:16
t.me/yoshlikjurnali/5500
6
338
#achchiq_kulgu

“Hamisha… pul xizmatidamiz!”

“Ashulachi” jurnalida ish boshlaganimga bir hafta to‘lmay, bosh muharrir chaqirtirdi. Xushlamayroq qarshi olganidan kayfiyati chatoqligi ko‘rinib turardi.

– Siz muxbirlikka o‘qiganmisiz, yo chilangarlikkami?

Haligina ming istihola bilan birinchi maqolamni yozib topshirgandim. Rahbarimning bunaqa g‘azabnok savolidan bildimki, qandaydir qovun tushirganim aniq. G‘azabni sukut yengar qabilida indamadim. Boshlig‘imiz esa battar o‘dag‘ayladi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
04/23/2025, 12:50
t.me/yoshlikjurnali/5498
2
5
341
#mulohaza

Kitob nurdir!

Dunyo donishmandlari dastlab Kalom bo‘lgani, Olloh barcha Olam­lar-u odamlarni ana shu Kalom vositasida vujudga keltirganini ta’kidlashadi. Shu bois “Xamsa” mualliflari o‘z dostonlarida Kalom – So‘z ta’rifiga alohida bob ajratishadi. Ular So‘zning har bir tovushi, harfini zavq-u shavqqa to‘lib ta’riflashadi. Haqiqatan ham, Kalom – So‘z insoniyat taraqqiyotiga asos bo‘lib keladi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
04/23/2025, 09:41
t.me/yoshlikjurnali/5497
11
8
484
#olis_yaqin_ovozlar

Yakka yor

O‘ylaysiz shoirlar hech kimni sevmas,
O‘t-o‘lan, kapalak, shudringdan bo‘lak.
Lekin ijod ahli sevgidan chin mast,
Ularga suyukli yakka yor kerak.

Siz kabi o‘ntasin avray olmaydi,
Yuztasin qo‘liga tutmaydi gullar.
Muhabbati mangu, aslo tonmaydi,
Yorga yuragini tutqazar ular.

Muhabbati tonggi shudringdek toza,
Samimiy, soddadil bo‘lar shoirlar.
Sevsa sevgisiga ash’orlar yozar,
Sevmagan onida o‘lar shoirlar.

Diyor RAHMON

“Yoshlik” / 2024 / 4

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
04/23/2025, 08:01
t.me/yoshlikjurnali/5496
3
2
292
#iqtibos

Adabiyot o‘zining barcha ildizlari bilan xalqqa bog‘langan. U – xalq mulki. Xalqsiz adabiyotning yuzaga kelishi yoxud yashashi haqida o‘ylash ham mumkin emas.

Hamid OLIMJON

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
04/23/2025, 07:21
t.me/yoshlikjurnali/5495
6
2
337
#olis_yaqin_ovozlar

***
O, bahor, qizimga o‘xshaysan,
Quyosh kular osmoningda va gohi...
Erkalik qilasan,yig‘laysan,
Naqadar go‘zalsan tong chog‘i.

O, bahor, o‘g‘limga o‘shaysan,
Qiqirlab kuladi gulbarglar.
Shudringlaring tomsa quvonar,
Yayrab cho‘miladi ho‘lbarglar.

O, bahor, begimga o‘xshaysan,
Quyoshing isitar qalbimni.
Yuz yil muzlasada mehr-la,
Aritar dildagi dardimni.

Mashhura MUHAMMAD qizi.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
04/22/2025, 13:16
t.me/yoshlikjurnali/5493
3
6
1.4 k
#iqtibos

Ustoz va muallimlar hurmatini o‘rniga qo‘yganlar bu dunyoda ham, oxiratda ham saodat topar.

Husayn Voiz KOShIFIY

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
04/22/2025, 10:25
t.me/yoshlikjurnali/5492
5
12
1.5 k
#Qutlov

Bugun – shoir Jo‘rabek Jahon tavallud topgan kun!

Telba

Shivirlading. Qulog‘im tutdim,
Yolg‘iz edik xonada biroq.
Mening juda qitig‘im keldi,
Seni esa chulg‘adi titroq.

Eshitmadim. Shamol turdi so‘ng,
Raqsga tushib ketdi pardalar.
Qo‘shiq aytgan yo‘q edim, balkim,
Tinmay berar edim va’dalar.

Pichirlading, keyin turding-da,
Farishtadek ohista yurding.
Ko‘zlarimga termulib mamnun,
Chapak chalib kulib yubording.

Eshik taqilladi, ochmadim,
Kuylarding men sevgan qo‘shiqni.
Telefon jiringladi ko‘tarsam,
“Ochmaysizmi, derding, eshikni”.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
04/22/2025, 08:16
t.me/yoshlikjurnali/5491
10
6
1.4 k
#mujda

“Yoshlik” jurnalining 2025-yil 2-son muqovasi.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
04/22/2025, 07:33
t.me/yoshlikjurnali/5490
9
8
571
#olis_yaqin_ovozlar

* * *
Chiroqlarga cho‘milgan shahar,
Nurlari-la silar boshimni.
Sog‘inch bilan siylab har sahar,
Sinayverar tog‘ bardoshimni.

Ko‘kka qo‘lin cho‘zgancha archa,
Bulutlarning sochin taragay.
O‘ylanib turadi sarg‘ayganicha,
Huv burchakda shoir qarag‘ay.

Noyabrdan uzolmay ko‘ngil,
Ikkilanib charchaydi shahar.
Dekabrdan oldin qish kelar,
Kuz bevafo bo‘lar har safar!

Xazonlarda qizg‘onib meni,
Yo‘llarimni poklaydi qorlar.
Yuring!
Sayrimga bo‘lasiz hamroh,
Ishqqa oshiq yuragi borlar.

Umida Esanboyeva

“Yoshlik” / 2024 / 3

📱Telegram📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/22/2025, 07:19
t.me/yoshlikjurnali/5489
Repost
5
2
253
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Футбол бўйича ўн етти ёшгача бўлган ўсмирлар ўртасидаги Осиё кубоги ўйинлари ғолиблари ва иштирокчиларини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении победителей и участников Кубка Азии по футболу среди юношей до семнадцати лет"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
04/21/2025, 14:00
t.me/yoshlikjurnali/5488
6
1
290
#yosh_ketgan_shoirlar

Nazar Shukur
(1954-1985)

SHOIRNI TUShUN

Otilsa ortidan ta’nalar toshi,
Xam bo‘lsa ig‘vodan, g‘iybatdan boshi,
To‘g‘on bo‘l, quyilsa ko‘zidan yoshi,
Birodar, zil ketsa, shoirni tushun!

O‘rgatma sen unga zahmatsiz bir yo‘l,
Doim o‘z yo‘lini o‘zi topar ul,
Unga puldorlarning shafqati bir pul,
Baxti chil-chil ketsa, shoirni tushun!

Sen tinmay yashaysan, bola-chaqam deb,
Bolam deb yashar u el-yurt g‘amin yeb,
Nogahon arisa hayotidan zeb,
Sharobga dil ketsa, shoirni tushun!

O‘tmas u birovning qo‘liga qarab,
El haqin har joyda qiladi talab.
Sochiga erta oq qolsa oralab,
Umridan yil ketsa, shoirni tushun!

Bir kunda necha bor tirilar, o‘lar,
Sevinchdan yig‘lar u, dard ila kular,
Bir umr, bir umr yonaru kuyar –
Bag‘rida kul ketsa, shoirni tushun!

Sevdimi – qaytarma, yo‘lidan qolmas,
Bergan bor pandingta u quloq solmas,
G‘o‘ddaysang, seni ham bir pulga olmas,
Qo‘l siltab yo‘l ketsa, shoirni tushun!

Istasang yo‘liga choh qil, chuqur qil,
Tushirsang, bir nazar sol-da, shukur qil,
Qilmishing oldida o‘yla, fikr qil,
Orzusi tul ketsa, shoirni tushun,
Armoni mo‘l ketsa, shoirni tushun!

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/21/2025, 13:58
t.me/yoshlikjurnali/5487
6
4
752
#birinchi_kitobim

Durdonaning qator she’rlari o‘z tengqurlari, o‘zi kabi o‘t-olov yoshlarga qarata aytilgan dil izhorlaridek jaranglaydi va ularni istiqbolli kelajakka da’vat etib, ezgu ishlarga kamarbastalikka chorlaydi:

To‘lqinlarga ergashgin ildam,
Sen chiqmagan cho‘qqilar qancha?
Tovoningni toshlar yorsa ham,
Gullab turgin kipriginggacha.

Yosh ijodkor yangi gap aytishdan cho‘chimaydi. Uning bu jasorati she’rlariga alohida joziba baxsh etadi. Ayni paytda yangi topilmalar shukuhi kutilmaganda o‘z-o‘zini takrorlashga ham yo‘l ochadiki, shoira bundan juda ehtiyot bo‘lishi lozim. Har qanday holatda ham Durdona Bahodirovaning she’riy asarlarga aylanayotgan tuyg‘ulari o‘quvchilarni befarq qoldirmaydi va bu izlanishlar mahsuli o‘z navbatida chin muxlislarini topadi, deya umid qilamiz.

Sirojiddin RAUF,
Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir.

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/21/2025, 11:37
t.me/yoshlikjurnali/5486
Repost
8
237
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг футбол бўйича ўн етти ёшгача бўлган Ўзбекистон терма жамоаси аъзоларига табриги

Поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева членам сборной команды Узбекистана по футболу до 17 лет

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
04/21/2025, 10:12
t.me/yoshlikjurnali/5485
12
2
281
#olis_yaqin_ovozlar

* * *
Ko‘zlarimga tomchilar tushlar,
Bir tushlarki, o‘nglardan avlo.
Nechun meni o‘shal tushlarga
Aylantirib qo‘ymaysan, Mavlom?!

Tomog‘imga qadalar bir so‘z
Va chiqolmas yorib tishimni.
Deganlarim – dalliga doir,
Dunyosiga yotman, tushundim.

Boqqan saring dog‘lanadi oy,
Kutgan saring umringda rang yo‘q.
Qanotsan-u hurlikka egiz,
Uchmoq uchun munosib tan yo‘q.
(Ujmoh uchun munosib tan yo‘q)

Labi uchgan piyolasida
Uzatadi mash’um turmushin.
O, yaxshisi, sovur, so‘ng qayta
Tushlardan qor xamirturushim.

Ruhimni-da qaqshatar sazo,
To‘lg‘ota, to‘lg‘ota, to‘lg‘ota.
Yo Rab, Sendan, yolg‘iz so‘rovim
(Avoxirga qadar Uyg‘oqman)
Avoxirga qadar Uyg‘otma!

Zarnigorxon ABDUOLIMOVA

“Yoshlik” / 2024 / 3

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/21/2025, 09:28
t.me/yoshlikjurnali/5484
5
4
1.1 k
#xat

Muallaq maktub

Assalomu alaykum, Nargiza opa! Bu taloto‘plarga boy dunyoda she’r yozish va uni o‘qib his etish baxtiga muyassar bo‘lganimizning o‘zi juda kamdan-kam uchraydigan va havas qilsa arziydigan hodisalardan biri deb bilaman. Chunki kapitalizm urchigan, inson har narsani moddiyat bilan o‘lchayotgan bir vaqtda “Muallaq lahza” kabi ichkin hissiy bir to‘plamni yaratganingiz uchun Sizga rahmat! Kitobingizni bir o‘tirishda o‘qib chiqdim, ammo u haqidagi fikrlarim qog‘ozga tushmasdan bir necha kun kitob nomiga mos ravishda muallaq qoldi. Har bir asar o‘z nomi bilan tug‘iladi, deyishadi, “Muallaq lahza” ham o‘z nomi bilan tug‘ilganiga shubham yo‘q.

🔗batafsil

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/21/2025, 07:48
t.me/yoshlikjurnali/5483
6
6
477
#iqtibos

Kim barcha ishlarni havas – nafs tufayli qilsa, unday kishini bilimli kishi deb bo‘lmaydi.

Yusuf Xos HOJIB

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/21/2025, 07:21
t.me/yoshlikjurnali/5482
3
2
802
#hikoya

Samyuel

Margaret Xenen har qanday vaziyatda ham e’tibordan chetda qolmasdi. Ayniqsa, uni ilk daf’a ko‘rganimda ko‘proq hayratga solgandi: yelkasiga salkam deganda bir sentner don to‘ldirilgan qopni ortmoqlab, noshahdam, lekin qat’iy qadamlar bilan aravadan ombor tomon odimlar va bordonga ko‘tariladigan tik zinalar oldida tin
olish uchun bir daqiqaga to‘xtardi. Pog‘onalar to‘rtta bo‘lib, Margaret ulardan qadam-baqadam, asta, ammo dadil va shunday o‘jar matonat-la ko‘tarilardiki, uning madori qurib bitdi, zalvori bilan ozg‘in va munkillagan qaddi-bastini dol qilayozgan qop yelkasidan, sal qolsa, tushib ketadi, degan xavotir xayolimga kelmadi. Bu ayolning sharti ketib, parti qolgani qaragan ko‘zga ayon bo‘lardi, shungami, uni kuzatib, arava yoniga mixlanib qoldim.

🔗batafsil

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/20/2025, 16:19
t.me/yoshlikjurnali/5481
4
1
286
#birinchi_kitobim

Kamoliddin Ro‘zimatov ham iste’dodli, izlanuvchan yosh ijodkorlardan biri. U so‘z qadrini, ijod mas’uliyatini yaxshi his etadi. Atrofdagi biror hodisaga befarq bo‘lmasdan, balki mulohaza qilib, qalamga olishga harakat qiladi. Eng muhimi, unda ijodkorga xos kuyunchaklik bor.Yosh ijodkorning badiiy-publitsistik maqolalarida goh jiddiylik, goh yumor sezilib turadi. Ushbu maqolalar davriy nashrlarda e’lon qilinib, o‘quvchilar e’tiborini tortgan, albatta. “Maqtovni yoqtirmaydigan otaxon”, “Nima uchun yashaysiz?”, “Hojatbaror” kabi maqolalari Kamoliddinning mavzuga qanday mahorat bilan yondashishini ko‘rsatadi.Kamoliddinga kelgusi ijodiy izlanishlarida omadlar tilab, hammamizni bahramand qiladigan yaxshi asarlar kutib qolamiz.

Uyg‘un RO‘ZIYEV,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/20/2025, 14:15
t.me/yoshlikjurnali/5480
7
6
599
#yosh_ketgan_shoirlar

Amirqul Po‘lkan
(1948-1982)

BOTIRLAR

Necha bor zaminni kuydirdi otash,
Necha bor moziyning aylandi charxi.
Va lekin, yo‘lidan toymadi quyosh,
Va lekin, tushmadi botirning narxi.

G‘animlar yurtimga qildilar yurish,
Muqaddas tuproqda tutdilar chodir.
Intiqom olmoqqa chorladi urush,
Yovlarga o‘q bo‘lib sanchildi botir.

Botirlar jon berdi mardona turib,
Tulporlar qon kechib chopdilar sarson.
O‘q yegan burgutdek, nogoh, charx urib,
Ularning ko‘ksiga yiqildi osmon…

Ular ham hayotni sevardi jondan,
Ular ham yashardi tole axtarib.
Botirlar ko‘ksidan sachragan qondan
Ko‘kdagi yulduzlar qoldi qizarib.

Eh, ular sharob ham ichmadi qonib,
Umr ham bermadi janggi beomon.
Shoirlar qudratni kuyladi yonib,
Ularning sha’niga bitdilar doston.

Zotan, men ulardan olgayman saboq,
Shul uzoq o‘tmishga solgayman nazar.
Bugun ham qaydadir pisgancha qo‘rqoq,
Botirning ortidan urmoqda xanjar.

Men qanday chidayin bunday jafoga,
Ne qilay go‘daklar qolsinlar sag‘ir?
Umrimni bergayman balki da’voga,
Men ham botirlarga zuryodman, axir.

Va, lekin, bu bilan o‘zgarmas tarix,
To‘kilib bitmagay kiprikdagi gard.
Baribir, ularni bo‘lmas qaytarib,
Jazoga mustahiq bo‘lmagay nomard.

Mayda gap qilsam gar kechiring, biroq,
Do‘stlarim, botirlik emasdir oson.
Ko‘z yumgan botirlar bugun ham uyg‘oq,
Ularning kiftida turibdi osmon.

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/20/2025, 07:13
t.me/yoshlikjurnali/5479
13
2
308
#olis_yaqin_ovozlar

Aytchi yurak, hey, o‘jar!,
Oyda bormi qizg‘aniq?
Sevardimi Nilufar?,
Sevarmidi noaniq?!

Titrashga tushdim egam,
Bir she’rtalab qiz qani?!
Osmon turganda yerga
Oy qilarmi qizg‘aniq?!

Xud-behud sovrilar o‘y,
Ishq sirin ich-ich qilar.
Oydan vafo kutma qo‘y!
Kunduz ham kulgich qilar.

Menchi, hamon xomushman,
Rangi xijil bir tushman,
Osmon unutgan qushman,
Desam eshitging kelmas,
Dersan "-...faqat yonishman
men sevgiman, men ishqman!"

Dood urarsan "-Nolima!"
Tahrir tushar holima.
So‘rar sevasanmi, yo‘q?
Men tiz cho‘kib deyman, Ha!
Faqat sevgi tabarruk,
Qolgan ba’ri to‘qima,
Qolgan ba’ri to‘qima.

Nuriddin RASULOV

"Yoshlik" / 2022 / 6

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/19/2025, 14:26
t.me/yoshlikjurnali/5478
5
2
458
#birinchi_kitobim

Bibigul Adiyevaning ushbu to‘plamidan o‘rin olgan bitiklarini o‘qib, shunday xulosaga keldim: Shoir – she’r mehnatining azob-u iztiroblari, zavq-u g‘alayonlaridan yaxshigina xabardor. U faqat sara so‘zlarni vaznga solish, she’riyatning qofiya va turoq atalmish qoidalariga rioya qilish, o‘z fikrini she’riy san’atlar vositasida ifodalash kabi nozimlikning ibtidoiy qonuniyatlarini o‘zlashtirish bilan kifoyalanib qolmagan. Shu boisdan ham, nima haqda yozmasin, o‘sha mavzuni idrok bilan anglash barobarida so‘z oldidagi mas’uliyatini xayolan, qalban his etadi.Bibigul Adiyevaning ushbu to‘plamidan o‘rin olgan bitiklarini o‘qib, shunday xulosaga keldim: Shoir – she’r mehnatining azob-u iztiroblari, zavq-u g‘alayonlaridan yaxshigina xabardor. U faqat sara so‘zlarni vaznga solish, she’riyatning qofiya va turoq atalmish qoidalariga rioya qilish, o‘z fikrini she’riy san’atlar vositasida ifodalash kabi nozimlikning ibtidoiy qonuniyatlarini o‘zlashtirish bilan kifoyalanib qolmagan. Shu boisdan ham, nima haqda yozmasin, o‘sha mavzuni idrok bilan anglash barobarida so‘z oldidagi mas’uliyatini xayolan, qalban his etadi. Bibigulning she’rlariga xos fazilatlardan yana biri uning shaklda san’atkorlik, mazmunda hayotiylikka, haqqoniylikka intilishidir. Bu intilish jarayonida uning she’rlarida yo‘l-yo‘lakay isloh qilinishi zarur bo‘lgan ayrim juz’iy norasoliklar ham yo‘q emas. Uning so‘z tanlash mahoratini oshirishiga, shakl va mazmun uyg‘unligini yanada takomillashtirishiga, yelayotgan xayollari o‘z manziliga eson-omon yetib borishiga ishonchim komil.

Odil IKROM,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/19/2025, 12:35
t.me/yoshlikjurnali/5477
4
312
Bolaligicha qolgan yozuvchi.

Xudoyberdi To‘xtaboyev asarlari yumorga boyligi, bolalar hayoti, ularning o‘ziga xos tabiati, xususiyatlari, ruhiy kechinmalari nihoyatda jonli, qiziqarli va bolalarbop yo‘sinda mahorat bilan tasvirlanishi jihatidan ajralib turadi. Xudoyberdi To‘xtaboyev o‘zbek bolalar adabiyotini jahon miqyosiga olib chiqqan ijodkorlardan biridir.
Adib 1932-yilda Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. Adib ijodining dastlabki davridanoq hajvga, kulgiga moyil hikoya to‘plamlarini, qissa va romanlarini yaratdi.

🔗batafsil

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/19/2025, 10:13
t.me/yoshlikjurnali/5476
9
307
#yosh_ketgan_shoirlar

Asqar Qosim
(1946-1986)

Chorlash

Yomg‘ir tindi. Yuvildi bog‘lar,
Endi shodon o‘ynaydi sabo.
Tomchilarga to‘ygan yaproqlar
Chapak chalib, kuylar dilrabo.

Shu asno, sen ko‘rgizib himmat,
Baxsh aylagin tabiatga zeb.
Tushun, yorim, bu damlar qimmat,
Ko‘rk yaraldi senu meni deb.

Sochlaringni kiftingga tashla,
Mayli, o‘yna, mayli xirom et.
Bu istig‘no, bu ko‘zgu qosh-la,
Ko‘nglimni och, aqlimni rom et.

Senga alvon lolalarimdan
Tikib bergum xil’ati jannat.
Hijronzoda nolalarimdan
Ko‘rgizayin anvoyi san’at.

Gar istasang: oyu yulduzni
Qadamingga tutdek to‘kaman.
Gar istasang: kecha-kunduzni
Kokilingga aylayman kamand.

Faqat, qo‘l ber, kel, men bilan bo‘l,
Istiqboling etayin ta’min.
Bizga ilhaq biyday dashtu cho‘l,
Bizga ilhaq shu qutlug‘ zamin.

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/19/2025, 07:42
t.me/yoshlikjurnali/5475
4
3
350
#iqtibos

Adabiyot ko‘ngil ishi, ilhom samarasi. Tuyg‘usiz, ilhomsiz yozilgan asar changlanmagan gulga o‘xshaydi – meva tugmaydi. Ko‘ngil rozi bo‘lgan asargina kitobxonning ko‘ngliga yo‘l topadi, kitobxonning ko‘nglida meva tugadi.

Abdulla QAHHOR

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/18/2025, 15:05
t.me/yoshlikjurnali/5474
9
1
342
#birinchi_kitobim

Aksariyat hollarda adabiyotshunoslar, tarjimonlar o‘zlari qo‘l urgan milliy adabiyotning u yoki bu davri bo‘yicha “ixtisoslashadilar”. Shohro‘z Umarjon tarjimalarini ko‘zdan kechirib, e’tiborimni tortgan jihat mutarjimning fors-tojik adabiyoti bo`yicha qamrovni keng ola bilgani bo‘ldi: xalq og‘zaki ijodidan tortib qadimgi fors, tojikning mumtoz va zamonaviy adabiyoti hamda tazkiralar… Bu uning qiziqish doirasi kengligi, ayni paytda ilmiy salohiyatiga dalolat qiladi.

Qo‘lsoat
(menga sen qilgan armug‘on),
Bir zamon ishq zavqin sanablar berdi.
Bir zamon umiddan mujdalar bergan,
Bir zamon muhabbat jarchisi erdi.

Tarjima maydoniga Shohro‘z Umarjondek yosh iste’dodning kirib kelayotgani g‘oyat yoqimli. Uni kelajakda katta ishlar kutib turibdi. Bu ishlarni u mas’uliyat va sharaf bilan uddalashiga ishonch bildiraman.

Valijon QODIROV, pedagogika
fanlari doktori, professor.

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/18/2025, 10:02
t.me/yoshlikjurnali/5472
7
3
326
#olis_yaqin_ovozlar

Istak

Hammasi o‘zgarsa,
Bari o‘zgarsa...
Baxtim chapdan emas, o'ngdan boshlansa...
Va yana ranglansa olamning yuzi,
Ko‘zim darddan emas, baxtdan yoshlansa...

Men senga duch kelsam –
eeeng kerak payti.
Ko‘zimga boqsang-u meni tanisang...
Ming yil umidlanib, kutilgan baxtday,
O‘zgasini emas, o‘zimni sevsang!

Quyosh botaversa... tong otaversa...
Hamma yashayversa toqat, bardoshda.
Bizni ko‘rmay o‘tsa vaqtning ko‘zlari,
Qolsak: sen ko‘rkam, men...
o‘n sakkiz yoshda.

Ko‘zim yoshlarini artaman desang,
Men-da yig‘layversam umrbod jo‘shib.
Yaralsak – sen so‘z-u, men bo‘lib navo,
Ishq bizdan boshlansa, boshlansa qo‘shiq.

Gar dunyo qaytadan taqsimlanganda:
Sen menga, men esa senga atalsam...
Mening bordir faqat bitta istagim–
Hammasi o‘zgarsa,
Bari o‘zgarsa...

Dilshoda TOSHMATOVA

“Yoshlik” / 2024 / 3

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/18/2025, 08:49
t.me/yoshlikjurnali/5471
7
2
286
#hikoya

To‘ychiqul

Kelesdan Qoplonbekka ketishdagi bozorga tushdim – tarqab bo‘pti.
Toshkent atrofidagi bozorlar shunaqa, saharda boshlanib, peshinga yetmaydi. Tushdan keyin yaxshi narsa topolmaysiz bu yerdan. Odamtortar matoh borki, hammasini savdogarlar shahar ichiga tashib ketishadi. Keyin esa Chorsu, Oloy, Mirobod bozorlarining rastalarida uch-to‘rt barobarga pullaydi.
Ishim yurishmagani, boshqa tomondan uydan kuymalanib chiqquncha vaqtni o‘tkazib qo‘yganimga ozgina g‘ijinib, bozordan tashqarilayotib, dimog‘imga ko‘kat hidi urildi. Xarid qilgim kelib to‘xtadim.

🔗batafsil

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/18/2025, 08:00
t.me/yoshlikjurnali/5470
9
4
408
#yosh_ketgan_shoirlar

Tesha Saydaliyev
(1933-1972)

DARAK BO‘LMAY JAVOBINGDAN

Kunim tundir, dilim xundir,
Darak bo‘lmay javobingdan
Yo o‘rtash zavqi avlomi bu shaydoi
kavobingdan?

Holimdan gullarim yig‘lar,
Kuyib bulbullarim yig‘lar,
Bu-ku men, tog‘ cho‘kib ketgay ravo ko‘rgan
azobingdan.

Xating malham bu xastangga,
Hamon ko‘ngli shikastangga,
Jonimga jon qo‘shilmay ishq atalmish ul
kitobingdan.

Xating olgach, olib borsam,
Xatingdan o‘rgilib borsam,
Judo bo‘lmasmi bu ko‘ngil: “Keling!” degan
xitobingdan.

“Keling!” desang, g‘amim ketgay,
Quyoshga qo‘llarim yetgay,
Poyimda lola ungay bir tabassum, ming
savobingdan.

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/18/2025, 07:23
t.me/yoshlikjurnali/5469
10
4
318
#jarayon

“Yoshlik” – “Yosh munaqqid” klubida

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Yoshlik” jurnali jamoasi bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Kechada Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti professor-o‘qituvchilari, yosh tadqiqotchilar, magistrantlar va adabiyotsevar yoshlar hamda “Yosh munaqqid” adabiy klubining doimiy a’zolari qatnashdi.
Uchrashuvda professorlar Uzoq Jo‘raqulov, Islomjon Yoqubov “Yoshlik” jurnalining adabiy-ijtimoiy hayotimizdagi o‘rni haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.
– Nashrni diqqat bilan o‘qib, unda e’lon qilinayotgan turli janrdagi asarlar, adabiy-tanqidiy maqolalar haqida yoshlar munosabati biz uchun doimo qadrli, – dedi jurnal bosh muharriri Nurilla Choriyev. – O‘ylaymanki, bunday fikr-mulohazalar klub doirasida emas, balki nashrning sahifalariga ko‘chib o‘tishi kerak. Shunda milliy adabiyotimizni yanada keng targ‘ib qilishga, uni oʻrganishga yosh mutaxassislar ham qo‘shilayotganligi seziladi.
Kelgusida ushbu klub a’zolarining ijod namunalari “Yoshlik” jurnalida chop etilishi rejalashtirildi. Qatnashchilar tomonidan bunday davra suhbatlari, ma’naviy-ma’rifiy kechalar o‘tkazib borish ular orasidan yangi adabiy nomlarni, yosh iste’dodlarni izlab topishda o‘zining samarasini berishi e’tirof etildi.

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/17/2025, 09:59
t.me/yoshlikjurnali/5466
4
372
04/17/2025, 09:59
t.me/yoshlikjurnali/5467
8
11
930
#shoir_qalbi

* * *
“Mehribonim, men sizni topdim”
Rauf Parfi

“Mehribonim, men sizni topdim”,
Xazonrez bog‘larning kuzli, ayozli,
Huvildoq tunlari yomg‘ir, shamolli,
Xo‘rlikdan ivigan umidlar ichra
men sizni topdim.

Topdim, derazamga kakliklar qo‘ndi,
Sayradi, sayradim jon chiqar qadar.
Do‘l yoqqan qahraton yolg‘iz kechalar
Bebahor gulladim, barg yozdim samar,
men sizni topdim.

Mehribonim, bu ne ko‘rgilikdir, bu qanday savdo,
Bu shirin jonimdan o‘kinmay tondim.
Bu ne saodatdir, bu nechuk g‘avg‘o,
O‘z qonimni o‘zim ichdim-da, qondim,
men sizni topdim.

Topmasam, ko‘zlarim yo‘lga to‘kardim,
Har zarra tuproqni sizlab o‘pardim,
Bu yorug‘ dunyoda nursiz, benavo
Izillab-izillab, izlab o‘tardim,
Mahrami asrorim,
Mahrami jonim,
Men sizni topdim, She’riyat!

Farida Afro‘z

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/17/2025, 08:54
t.me/yoshlikjurnali/5465
8
8
1.5 k
#birinchi_kitobim

Har bir so‘z oshig‘i bu qadim va keng maydonga – she’riyatning qutlug‘ dargohiga o‘z yo‘li bilan kirib keladi. Har bir shoir she’riyatni qaysidir darajada yangilaydi.
Muattar Mamatkarimova, nazarimda, izlagan o‘z yo‘lini topib kelayotgan yosh, istiqbolli shoira. Uning she’rlarida o‘zligini, faqat o‘zini ayon etayotgan xususiyat va fazilatlar yaqqol ko‘rinib turibdi. U voqea-hodisalarni emas, ko‘nglidan kechgan, kechayotgan to‘lqinlar, mavjlarni qog‘ozga tushiradi. Hayotga o‘z ko‘ngil ko‘zgusidan boqadi. Yuragidan o‘tganini yozishga intiladi. Shu sababli bo‘lsa kerak, she’rlarini o‘qiganda yuragingiz jizillaydi, kuyadi. Men Muattarda uzoq, juda uzoq yo‘lga otlangan, uzoqni mo‘ljalga olishga qurbi, qalb quvvati yetadigan o‘ziga xos iste’dodni ko‘rdim. Agar sezgim aldamasa, u tez fursatlarda dilbar shoira bo‘lib kamol topadi, deb umid qilaman.

Salim ASHUR,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, shoir.

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/17/2025, 08:01
t.me/yoshlikjurnali/5464
8
9
1.4 k
#adabiy_guring

“Bizning yo‘limiz suhbatdir”

– Olim aka, o‘zingizga ma’lum, har qanday badiiyat namunasi bir emas, bir necha vazifalarni bajaradi, chunonchi, estetik, kommunikativ, ijtimoiy, tarbiyaviy… Ushbu xususiyatlar shunchaki vazifalar emas, balki adabiyotning chinakam quroli hamdir. Bu xususiyatlarning barchasi “ta’sir” bilan bog‘liq. Ya’ni adabiyotning kuchi ham shunda. Sizningcha, bu kuchdan bugun qanday foydalanish kerak?

– Har bir xalqning o‘z adabiyoti bor. Mutafakkir adib Lev Tolstoy har qanday san’at asarining fazilatlari uchta xususiyat bilan belgilanishini ko‘rsatib o‘tgan edi:
“1. Asarning mazmuni bilan: mazmun qanchalik salmoqli bo‘lsa, ya’ni odamlar hayoti uchun muhim bo‘lsa, asar shuncha yuksak bo‘ladi.

🔗batafsil

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/17/2025, 07:34
t.me/yoshlikjurnali/5463
1
3
404
#yosh_ketgan_shoirlar

Ra’no Uzoqova
(1916-1947)

O‘YLARIM

U sirli qarashlar ketmas ko‘zimdan,
Ey, mehri olovdek xumor ko‘z dildor.
Topolmam, bunga men javob o‘zimdan
Ko‘zlarim nigoron seni axtarib.

Kapalak singari sho‘x o‘ylarimni
Tog‘ kabi xayoling bosib tashladi.
Eh, bilsang, band etib mening borimni,
Bir zo‘r kuch o‘zingga torta boshladi.

Labimdan arazlab ketdi tabassum,
Uyg‘oqman o‘zgaga uyqu tuyular.
Chindan ham o‘zingga ayladi maftun,
Urmasam, oh, u dam nafas bo‘g‘ilar.

Avvallar azobdek tuyuldi bu dard,
Lek, sezdim huzur va halovat ekan,
O‘tkinchi xayollar qilolmadi band,
Bu azob o‘zi bir farog‘at ekan.

Men ketdim, o‘ylarim tashlab o‘zingga,
Sen uni og‘ritib siltamasang, bas.
Soyadek yuz qo‘yib kezar izingga,
Toabad yoningda bo‘lib hamnafas.

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/16/2025, 14:14
t.me/yoshlikjurnali/5461
12
11
1.3 k
#birinchi_kitobim

Bolalar uchun ijod qilishni maroqli yumushlardan biri, degim keladi. Zero har bir asarni yozish jarayoningda o‘zingni aziz bolakaylar davrasida ko‘rasan, ularning berayotgan savollariga javoblaring ham beixtiyor she’rga aylanib boraveradi.
Shu Vatanning mohir kuychisi bo‘lish maqsadini o‘z oldiga qo‘ygan Muxlisaxon singlimga bu yo‘lda faqat omadlar tilayman! O‘zbek bolalar adabiyotining darg‘alari bo‘lmish aziz ustozlarimizning bizlarga aytgan so‘zlarini shu o‘rinda men ham takrorlab o‘tgim keldi: “Adabiyotning dargohi keng! Shu bilan birga, bu dargoh juda muqaddas ekanligini ham yodda tutish lozim! Bunda so‘z bilan yashamoq kerak! So‘zni so‘zlatmoq, so‘zga jon kiritmoq – asl iste’dod egasining vazifasidir!”

Orif TO‘XTASH
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining
Bolalar va o‘smirlar adabiyoti Kengashi raisi.

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/16/2025, 10:07
t.me/yoshlikjurnali/5460
14
5
420
#shoir_qalbi

IQROR

– O‘zing ayt, ey bandam,
qanday yashading?
Mayli, nomangga men
nazar solmayman.

– Xudojon, men uni
bir bor ko‘rdim-u
qolgan umrimni hech
eslay olmayman...

***
Ish yo‘q menga
ishqingdan boshqa,
Seni o‘ylab dilim
xushlasam.
Ninachidek yozim
boy berdim,
Maylimi ko‘nglingda
qishlasam.

Muhammad SIDDIQ

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/16/2025, 09:07
t.me/yoshlikjurnali/5459
6
358
#xazina

Valine’mat

(Hajviya)

Tabiatimdagi tortinchoqlikni bir amallab yengib, general Shmigalovning kabinetiga kirdim. General stol yonida o‘tirar va qartada “kapriz de dam” usulida fol ochardi.
– Nima xizmat, azizim? – muloyimgina so‘radi u, ishora bilan kresloga o‘tirishga taklif etarkan.
– Huzuringizga, janobi oliylari, ish bo‘yicha keldim, – dedim men, o‘tirayotib Xudo bilsin nimagadir syurtugimni tortib qo‘yarkanman. – Ya’ni, xizmat vazifasiga daxli bo‘lmagan, xususiy xarakterdagi ish yuzasidan. Men jiyaningiz Varvara Maksimovnaning qo‘lini so‘rab keldim.

🔗batafsil

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/16/2025, 08:21
t.me/yoshlikjurnali/5458
22
9
620
#tavallud

16-aprel – shoir Rashid Xo'jamov tavallud topgan kun!

TA’RIF

Mening onam —
bir hovuch ko‘ngil,
Qirq yil qirg‘in yengolmagan zot,
oniy surur,
abadiy g‘ussa,
yoshsiz yig‘i,
tovushsiz faryod…

Opam — oyning asrandi qizi,
Ertak to‘qir etaklarida,
Ism qo‘yib toladi tunlar
Xudo olgan go‘daklariga.

Akam aziz bolalarining
Diydoriga yetmay qish tugar.
Har yil bir kent qurar xorijda,
Lek bir vatan tiklolmas tugal.

Elim esa tomoshatalab,
Ko‘zboylog‘ich sehriga maftun.
Va yerdagi xudolar uning
bardoshini sinar kun-u tun.

Menmi,
meni qo‘ying, so‘ylamay,
Bo‘larim shu – yel uchirgan xas,
Ixtiyorim topshiray desam,
Shamollar ham abadiy emas.

So‘zlar eski
yangi olamda,
Dorlar baland, quduqlar chuqur.
Chaqmoq bilan qismatdosh otam
bu kunlarni ko‘rmadi (shukr).

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/16/2025, 07:47
t.me/yoshlikjurnali/5457
12
6
545
#yosh_ketgan_shoirlar

Zafar Diyor
(1912-1946)

BINAFSHA

Binafshaxon, binafsha
Kulishlaring chiroyli:
Bog‘imizda ochilib
Turishlaring chiroyli.

Hamma chiqar dalaga
Binafshalar tergali,
Men ham terdim bir dasta
Opamizga bergali.

— Mana, opa, binafsha,
Qarang, qanday chiroyli.
— Yuring, — dedi opamiz, —
Binafshalar teraylik.

Binafshalar ochildi
Chakkangga taq, chakkangga:
Atir hidi sochildi,
Chakkangga taq, chakkangga.

Lazzat olib hididan
Bolarilar uchadi.
Ipakqanot kapalak
Barglarini quchadi.

Seni maqtab kuylaydi,
Bog‘ aylanib qushchalar.
Darak berib bahordan,
Quvontirding shunchalar.

Binafshaxon, binafsha
Kulishlaring chiroyli.
Ko‘ksimizda hid sochib
Turishlaring chiroyli!

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/15/2025, 12:26
t.me/yoshlikjurnali/5455
5
7
445
#tavallud

Bugun – uyushma a’zosi, yozuvchi Azizbek Norov tavallud topgan kun.

O‘tmish ko‘z yumgan voqea

(Hikoya)

“Telefonlar-ku simlardan ozod bo‘ldi, biroq endi biz – bani-odamzod unga tobemiz. Ilgari simlarning pishiqligidanmi yoxud o‘zga sababdanmi ular huda-behudaga dod-voy solavermasdi. Endi-chi, har o‘n daqiqada diydoriga to‘ymasang, yuz-ko‘zidan silab-siypalamasang uniyam, seniyam ko‘ngling tinchimaydi: alo-alo, alo-alo!”
U bugun tongdan beri borligini hadeb eslatayotgan telefonini o‘chirib qo‘ydi. Efir payti noqulay ahvolga solmasin.
“Yoki yaqin yillar ichida odamlarga kerakli zotga aylandimmikan, tag‘inam bilmadim…”
– Bo‘ldi, aka. Kiraverishingiz mumkin. Mana hujjatlaringiz.

🔗batafsil

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/15/2025, 10:45
t.me/yoshlikjurnali/5454
11
2
343
#olis_yaqin_ovozlar

TO‘P-TO‘P OLMALAR

O‘ylar uyg‘oq tunning bag‘rida:
Gunohlarim bunchalar ham ko‘p?!..
Xayolimni kesib yarmidan
To‘kiladi olmalar “to‘p”, “to‘p”...

Men samoga boqaman mahzun,
Nafaslarim tuyular og‘ir.
Yuragimga botar uzun tun,
Chorasizlik – sarhadsiz manzil.

Qalbga borar tor yo‘llarim bor,
Tor fe’limdan qoraygan bari.
To‘p-to‘playdi olmalar takror,
To‘kiladi qurt urganlari.

Qarang, qanday poklanar ajib,
Daraxtlarda bor sirli xilqat:
U qurtlagan mevasin to‘kib,
Tanasida qoldirmaydi gard.

Garchi yashar tirik yashillik,
Ruhimda-chi, kuzning samumi.
Qo‘l-oyog‘im, boshim-da egik,
Orttirganim dunyoda shumi?

Sarg‘ayarman soniya sayin,
Daraxt bo‘lib qilgum iltijo:
Shu to‘kilgan olmalardayin
Gunohlardan forig‘ et, Xudo!

Sevinch JURAQULOVA,
Buxoro davlat universiteti 3-bosqich talabasi.

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/15/2025, 09:18
t.me/yoshlikjurnali/5453
16
8
1.3 k
#birinchi_kitobim

“Bir qadah so‘z keltirdim sizga...”

“Sen ko‘ngil berasan, u she’r so‘raydi...”

“Uyingga qamayman uyur-uyur baxt...”

“Sen kecha lab bosgan g‘unchani
Iymanib labimga bosaman...”

Muhammadali ori baland, o‘ktam ijodkor, o‘ziga xos shaxsiyati bor, g‘ujurli yigit. Vatan ichra kechgan safarlarimiz davomidagi uzundan-uzoq suhbatlardan ayon bo‘ldiki, u so‘z zalvorini ham dil-dilidan his qilib, bunday mas’uliyatli ishga butun umr yelka tutishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Tilagimiz, shoirning ko‘ngil ko‘zasidan ko‘ngillarga quyajak “may”i asti tugamasin. Uning hajman xilma-xil, mazmunan rangbarang she’rlari sizni befarq qoldirmasligiga ishonamiz. Yosh shoir uzatgan shu “bir piyola” she’rni buloqqa duch kelgan chanqoq yo‘lovchi singari oxirigacha simirasiz, degan umiddamiz.

Mansur Jumayev,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir.

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/15/2025, 08:16
t.me/yoshlikjurnali/5452
6
310
#olis_yaqin_ovozlar

* * *
Ertaga sevgilim
Tark etar meni.
Avtobus bekatidek
bir yerda qotib turaveraman.
Avtobus – fursat – ayriliq
bir ko‘ngil orzuni armonga aylantirar.
Armon – Ko‘ngil qabristoni.
Unga Sog‘inch,
Yelkalar
Va muhabbat ko‘milar.
Baxtli lahzalar qabrtosh
Cho‘kayotgan go‘rlar ustiga
Mozorin ziyorat qilgan ko‘ngil
Yukina boshlar lahzalar poyiga.
Sog‘inch burdalab tashlar...
Yelkalar ezg‘ilar ayovsiz...
Muhabbat tilkaporalar...
Ko‘ngil faryodin sim-siyoh sukut yutib yuborar.
Xotira tubidan otilib chiqar baxtsiz o‘tilgan umr.
Nafas o‘rniga og‘riq yutilar
Oxir bardoshning paymonasi to‘lib
Sochilib ketar bari-bari.

Elyor HAYDAROV

“Yoshlik” / 2024 / 2

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/15/2025, 07:14
t.me/yoshlikjurnali/5451
15
3
463
#yosh_ketgan_shoirlar

Usmon Nosir
(1912-1944)

YANA ShE’RIMGA
(Sonet)

She’rim! Yana o‘zing yaxshisan,
Boqqa kirsang, gullar sharmanda.
Bir men emas, hayot shaxsisan,
Jonim kabi yashaysan manda.

Yuragimning dardi – naqshisan,
Qilolmayman seni hech kanda!
O‘t bo‘lurmi ishqi yo‘q tanda?
Dardimsanki, she’rim yaxshisan.

Sen orada ko‘prik bo‘lding-da,
Geyne bilan o‘rtoq tutindim.
Lermontovdan ko‘mak o‘tindim.
Butun umrim sening bo‘yningda.

Saharda qon tupursam, mayli.
Men – Majnunman, she’rim, sen –
Layli!

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/14/2025, 13:15
t.me/yoshlikjurnali/5450
7
4
431
#dunyo_keng

Muhabbat “bomba”si

Albert Eynshteynning qizi Lizerlga yozgan maktubi

1922-yili XX asrning eng mashhur shaxs­laridan biri, fizik olim Albert Eynshteyn Yaponiya poytaxti Tokioga ma’ruza o‘qishga keladi. Olim mehmonxonadaligida, eshik taqillab, xat tashuvchi qo‘lida shoshilinchnoma bilan kelib qoladi. O‘shanda Eynshteynning cho‘ntagida choychaqa berishga puli bo‘lmaydimi yoki pochtachi yapon an’analariga ko‘ra choy­chaqadan voz kechadimi, ishqilib, olim, qanday bo‘lmasin, minnatdorlik bildirish niya­tida bir enlik qog‘ozga bir nechta so‘zlarni yozib, pochtachiga beradi.

🔗batafsil

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/14/2025, 09:56
t.me/yoshlikjurnali/5448
10
335
#olis_yaqin_ovozlar

* * *
Sevgimizga guvoh edi chiltonlar,
Endi uni madh etishga tor qani?
“Sevganimisiz?” – deb so‘rasa insonlar,
Ayt mani...

Aytgin ishqning olovida kuydim deb.
Chin muhabbat, sen uni tark etmagin,
Taning qaqshab ishqni xumor etsang ham,
Kelmagin...

Kelma, afsun ko‘zlaringga yo‘q toqat,
Ko‘nglim olov, endi uni sovutma.
“Sevganmisiz?” – deb so‘rasa insonlar,
“Ha”, – deb aytgin, ilk sevgini unutma...

Jahongir BAXTIYOROV

“Yoshlik” / 2024 / 2

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/14/2025, 08:26
t.me/yoshlikjurnali/5447
8
9
352
#birinchi_kitobim

Charos Avazova olamni timsollar orqali idrok qilish yo‘lidan bormoqda. Bu – adabiyotning o‘ziga xoslikni talab qiladigan, qiyin yo‘nalishlaridan biri. Biroq, katta marraning shavq-u shukuhi ham o‘zgacha bo‘ladi, chunki bu yo‘nalish san’at turlarini birlashtiradi, misol uchun, musiqada ham, rangtasvir va me’morchilikda ham timsollar orqali ish ko‘rgan asarlar umrboqiylikka da’vogar bo‘ladi. Ayni shu marrani buyuk mutafakkir bobomiz hazrat Alisher Navoiy “e’joz maqomi” deb atagan edilar.Bu yo‘lda ijodkorga omad yor bo‘lsin. Ushbu to‘plami – uning asarlarining debochasi, birinchi qadami, qobiliyatining ilk shu’lasi. Qalami yanada teranlashishiga, undan adabiyotimizga hissa qo‘shgulik asarlar to‘kilishiga ishonch bor.

Isajon SULTON,
O‘zbekiston xalq yozuvchisi

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/14/2025, 07:33
t.me/yoshlikjurnali/5446
5
275
#mulohaza

Ezgulik taronasi

Ko‘nglimga hamisha ko‘z ber, Xudoyim,
Pok, halol nasiba, tuz ber, Xudoyim.
Dillarni ziyoga eltmog‘i uchun
Faqat dargohingdan so‘z ber, Xudoyim!

G‘ayrat MAJID

O‘zbek adabiyoti, ayniqsa, she’riyati iste’dod sohiblariga hamisha boy. Ular orasida shoir G‘ayrat Majid ijodi ham alohida ajralib turadi.Shoir she’riyatida vatan mavzusi yetakchi xususiyatga ega. U ko‘hna ona qishlog‘ini va qadimiy Kesh-u navqiron Shahrisabzni kuylash barobarida butun O‘zbekistonni ulug‘laydi. Vatan ostonadan boshlanadi, deganlaridek, birinchi galda o‘zi tug‘ilib voyaga yetgan Qashqadaryo vohasini, uning go‘zal go‘shalarini she’rga soladi. Eng muhimi, shoirning nazdida vatan va iymon tushunchalari uyg‘un ifodalanadi

🔗batafsil

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/13/2025, 15:05
t.me/yoshlikjurnali/5445
5
5
377
#yosh_ketgan_shoirlar

Sulton Jo‘ra
(1910-1943)

TINISh BELGILARINING MAJLISI

Besh-oltita tinish belgi kelib bugun,
O‘tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig‘in.
Rais bo‘ldi undov belgi — mirzaterak,
Dedi: — Har kim o‘z rolini aytmoq kerak.
Tushuntiring nedur sizning vazifangiz?
So‘z vaqtini ko‘proq beray oz desangiz.
O‘z joyida ishlatmasdan Turg‘un, G‘ani,
Balki sizni xafa qilgan? So‘zlang, qani.
Birinchi so‘z nuqtavoyga — U bosh, katta, —
Nuqta chiqdi bir dumalab misli koptok:
— Fikrlarning bekatiman — Nuqtadirman,
Har darak gap oxirida to‘xtaydirman.
Boshqa fikr boshlanajak mendan keyin,
Ba’zan quloq solmasalar men ne deyin?
Paravozlar suv olgandek bekatlardan,
Menga yetgach, olmoq kerak to‘liq bir dam.
O‘zimdan so‘ng qo‘ymoq zarur zo‘r bosh harf,
Biroq ba’zan unutadi bizni Zarif.
Har bir bosh harf yonimdagi bir soqchidir,
Qaysi bola buni qo‘ysa zap yaxshidir.
Gapim tamom, bundan bo‘lak menda ne bor?
O‘ylaymanki, so‘zim qolmas bee’tibor.
— Endi sizga gap navbati, o‘rtoq „So‘roq“, —
Ana, chiqdi so‘roq belgi, misli o‘roq.
U qoqilib ketmay qoldi arang qulab,
Yo bu belgi yoki zirak taqqan quloq.
— Sen singari rolim aytsam, nuqta, do‘stim,
Har so‘roq gap bitgan joyda mening postim.
Mendan so‘ng ham katta harf qo‘ymoq shartdir,
Bunga odat qilinmasa, yomon darddir.
Uqdingizmi? Yetadimi? Bormi savol?
Yoki o‘zim so‘rayinmi sizdan savol?
Undov novcha o‘zi oldi so‘z galini,
Mixday turib bayon qildi o‘z holini:
— Mazmunidan undov, sevinch, nafrat, g‘azab,
Yo hayajon ma’nosini anglatsa gap,
Shunday jumla adog‘ida bo‘lar joyim,
Mendan so‘ng ham bosh harflar kelar doim.
Eh… Naqadar soz bu kungi yigilishimiz!
Bu yaxshi ish, har choq shunday yigilishingiz!
— O‘rtoq rais, endi menga navbat bering, —
Deb so‘z oldi kichik to‘qmoq — bizning vergul.
O‘rnim tengdosh boiaklarning orasida,
Fikrlarning „razezdi“ men: menda birpas
Olib o‘tar har o‘quvchi yarim nafas.
Undalma so‘z kelib qolsa gap boshida
Undan keyin men turaman yonboshida.
Gar undalma gapda kelsa qoq o‘rtada,
Uning ikki yonboshida men jo‘rttaga:
„Qani, endi, undalmaxon, qochib boq-chi“ —
Deb bo‘lurman, yubormayin unga soqchi.
Gar undalma gap so‘ngida kelsa, u choq,
Undan oldin qo‘yilurman, tushun, o‘rtoq!
Sirkdagi qiziqchidek qo‘shtimoqlar
Bir mahalda kulib chiqdi xushdimog‘lar:
— Korxonalar, xo‘jaliklar, gazeta, jurnal —
Hokazoga ot qo‘yilgan bo‘lsa darhol
Uni qurshab oladirmiz ikki yondan…
Ko‘chirma gap ketolmaydi bizdan qochib,
Uni doim olamiz keng quchoq ochib.
Mana rais „Vaqt tamom, to‘xtatingiz“, —
Deb qoldi-ku. Mayli, endi yo‘q gapimiz.
Eng oxirda shoshib-pishib, nari-beri
Jindakkina sayrab qoldi gugurt-tire:
— Dialogda mening eng ko‘p turar joyim.
Yana ma’no takrorlansa, men bor doim.
Goho bir so‘z sig‘may qolsa to‘lib xatga,
Ayamasdan bo‘g‘inidan qirqib hatto
Qolganini ko‘chirarman bo‘lak yo‘lga,
Biroq shartim — so‘z qolmasin o‘lda-jo‘lda.
— Ko‘p cho‘zdingiz, anglaysizmi, o‘rtoq, tire?
— Mayli bitdi, qaror bo‘lsa o‘qib bering.
Shunda rais dedi: — Endi majlis yopiq!
Har bir vakil jo‘nab ketdi yo‘lin topib.

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/13/2025, 12:39
t.me/yoshlikjurnali/5444
5
9
654
#Esse

Navqiron shoirning yangroq sozi

Ba’zan dunyoda ishonish qiyin bo‘lgan voqealar ham ro‘y beradi. Mana, masalan, shoir Salim Ashur ellikka kiribdi, deyishdi. O‘zimizning Salim aka-ya! Qachon ulguribdi?
Men Salim akani qachon tanigan edim: inson sifatida, shoir sifatida?
Maktabda o‘qirdim, oltinchi-yettinchi sinflarda bo‘lsa kerak, bu – chamasi, 1981-82 yillarning gapi. Qishlog‘imizda, Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani Ki­yikchi qishlog‘idagi yosh-yalang orasida To‘ra boboning o‘g‘li Salim Ashurov kelibdi, degan gap tarqalardi. Salim Ashurov o‘shanda Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanidagi 17-maktabda o‘qir edi.

🔗batafsil

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/13/2025, 09:05
t.me/yoshlikjurnali/5443
5
273
#birinchi_kitobim

Kewillerge túrtki salıwım ushın,
Men ózimdi ózim tanıwım ushın,
Ádebiyat dep mángi janıwım ushın,
Ayaziy ya Tólek bolıwım kerek…

Ádebiyat álemine kirip kiyatırg'an jas dóretiwshi Islm Eshniyazov dramaturgiyada ayrıqsha sheberligi waqiyalardı túyin halg'a sheberlik penen alip keliwi hám hár bir shıg'armada óziniń aytajaq bolg'an pikirine iye ekenligi hám shıg'armanıń aqırına shekem usı pikirdi sır saqlay alıwı. . Teoriyalıq usıllardan jaqsı paydalana alıwı menen ayrıqsha kózge taslanıp kiyatırg'an qábiletli jaslardıń biri. Biz keleshekte Islam Eshniyazovtı teatr hám kino óneriniń rawajı jolinda ayanbay miynet etetug'ın ótkir qálem iyesi boladı dep isenemiz.

Beknazar Ernazarov,
Qaraqalpaqstan Jazıwshılar awqamı
Juwaplı xatkeri.

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/13/2025, 08:16
t.me/yoshlikjurnali/5442
15
4
296
#olis_yaqin_ovozlar

SAYR

Qadamlarga yetar qadamlar,
Kechki sayr qiladi xumor.
Toshkent tunda chiroyin ochar,
Birga yursak tonggacha bedor.

Bo‘y qizlarning orzusidek pok
Shaharga Oy qilar hamrohlik.
Har yerida osudalik bor –
Yulduzlar ham berar guvohlik.

Pishqiradi yo‘llar shovqini,
Ulov bilan manzillar uzoq!
Sen bilan men piyoda kezsak,
Murod o‘sha – inja, beadog‘.

Ko‘ksimizni qitiqlar sabo,
Bunga befarq ketib bo‘lmaydi.
Kechki Toshkent sayriga nega
Ko‘z to‘ysa ham, ko‘ngil to‘ymaydi?!..

Maftuna USMONOVA,
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 4-bosqich talabasi

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/13/2025, 06:48
t.me/yoshlikjurnali/5441
13
1
377
#yosh_ketgan_shoirlar

Hamid Olimjon
(1909-1944)

O‘RIK GULLAGANDA

Derazamning oldida bir tup
O‘rik oppoq bo‘lib gulladi…

Novdalarni bezab g‘unchalar,
Tongda aytdi hayot otini
Va shabboda qurg‘ur ilk sahar
Olib ketdi gulning totini.

Har bahorda shu bo‘lar takror,
Har bahor ham shunday o‘tadi,
Qancha tirishsam ham u beor
Yellar meni aldab ketadi.

Mayli, deyman va qilmayman g‘ash,
Xayolimni gulga o‘rayman;
Har bahorga chiqqanda yakkash,
Baxtim bormi, deya so‘rayman.

Yuzlarimni silab, siypalab,
Baxting bor, deb esadi yellar.
Etgan kabi go‘yo bir talab,
Baxting bor, deb qushlar chiyillar…

Hamma narsa meni qarshilar,
Har bir kurtak menga so‘ylar roz,
Men yurganda bog‘larga to‘lar
Faqat baxtni maqtagan ovoz:

«Mana senga olam-olam gul,
Etagingga siqqanicha ol,
Bunda tole har narsadan mo‘l,
To o‘lguncha shu o‘lkada qol.

Umrida hech gul ko‘rmay, yig‘lab
O‘tganlarning haqqi ham senda,
Har bahorni yig‘lab qarshilab
Ketganlarning haqqi ham senda…»

Derazamning oldida bir tup
O‘rik oppoq bo‘lib gulladi…

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/12/2025, 13:11
t.me/yoshlikjurnali/5440
5
3
314
#tatqiqot

IZTIROB TOMCHILARI

Zamonaviy she’riyatimizning yorqin vakili Eshqobil Shukur hayqirmay nola qiladigan shoir. Isyoni ichida ijodkor she’riyatining jon tomiri bobo so‘z paydo bo‘lgan zamonlarda. Milliy tafakkurda ildiz otmaydigan “izm”larga berilmasligi sababi shundadir, ehtimol.
She’r – shoir tabiati. She’rlaridagi zalvor, og‘ir, mungli sadolar fe’l-atvoriga monand ijodkor adabiy hayoti, nazarimda, ikki bosqichdan iborat.
Eshqobil aka eldoshlaridan, bobosidan, tabarruk yoshdagi enasidan eshitganlarini yozib qalam charxladi. Salaflari kabi milliy ruhni ustuvor bilgan shoir she’rlarida ildizi necha ming yilga borib taqaladigan tilsimli madaniyat akslanib turadi.

🔗batafsil

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/12/2025, 10:47
t.me/yoshlikjurnali/5439
8
2
352
#qutlov

12-aprel – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi, shoir Suhrob Hamroyev tavallud topgan kun!

MAKTUB

Ming yil sevdim besas, betama,
Xayollaring qalbga qo‘shdi yosh.
Goh tasalli berdi shabada,
Gohi rasming aks etgan quyosh...

Yo‘llaringdan sog‘inching uzun,
Kaftlarimda – izlaring gardi.
Sevgim qadrin bilmog‘ing uchun
Tuyg‘ularim tinishi shartmi?!

XUNUK

Dema: “yuzda Tangri nazri yo‘q –
Shundan badbaxt, peshonasi sho‘r...”
Asli uning o‘zdan arzi yo‘q,
Asli sening qalb ko‘zlaring ko‘r.

Kamalakdek, kundan-da cho‘g‘roq
Unga husn tekkan bag‘oyat:
Onasining ko‘zi ila boq,
Musavvirga qilma shikoyat.

ILINJ

Tatiganim minnatli, taxir,
Umrim yozi bitib ketganday.
Dardim og‘ir — dardsizlik og‘ir,
So‘ngaklarga o‘tib ketganday.

Hol so‘rgani kelganman, Xayyom,
Na dur — havas, na Duron — havas.
Ruhim aro quyilib ilhom,
Shuurimda she’r tug‘ilsa, bas.

Dardim og‘ir — dardsizlik og‘ir!..

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/12/2025, 09:43
t.me/yoshlikjurnali/5438
9
2
300
#tavallud

Bugun – shoira Dilafroʻz Choriyeva tavallud topgan kun!

Mening umrim

Shovullagan teraklar
Shardozdayin terilgan.
Oltin rangli kalava
O‘rmak qilib yugrilgan.
Oppoq gilam to‘qilar.

Qo‘lga olgan qilichin
Dunyo chevar ayolmi,
Orqov qilib umrimni,
To‘qigani xayolmi.
Mening umrim to‘qilar.

Tiziladi yulduzlar,
Ko‘z bo‘lgani lovullab.
Parisini yittirgan
Osmon turar huvillab.
Qora gilam to‘qilar.

Oppoq gilam to‘qilar,
Qaro gilam to‘qilar.
Ikkisi aro Egam,
Yozig‘larim o‘qilar.

🔗batafsil

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/12/2025, 08:39
t.me/yoshlikjurnali/5437
8
5
260
#tavallud

Bugun – yozuvchi G‘afur Shermuhammad tavallud topgan kun!

Faxriy yozuvchi

Xonanda qizning chuchmal muhabbati haqidagi yostiqday roman qo‘lyozmasining “suvini siqib” o‘tirgan edim, ichki telefon jiringladi.
– Hoziroq oldimga kiring, – dedi nashriyotimiz direktori tantanavor ohangda. – Sizga zo‘r yangiligim bor!
Qanaqa yangilik? Yaxshi ishlaganim uchun mukofot bermoqchimi? Shoshma… Meni bosh muharrirlikka tayinlasa-ya! Miyamga chaqmoqday urilgan bu fikrdan a’zoyi badanim bo‘shashib, quloqlarim tagida yoqimli kuy jaranglaganday bo‘ldi.

🔗batafsil

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/12/2025, 08:11
t.me/yoshlikjurnali/5436
13
1
259
#birinchi_kitobim

Sen bo‘lganda...
Suhbatlarning ranggi borday bo‘laverar
Va tunda ham quyosh borday tuyuladi.
Tabiat ham qo‘shiq aytar mayin-mayin,
Quyiladi, dilga she’rlar quyiladi!

Darhaqiqat, dilga she’rlar quyilgandagina qo‘lga qalam olgan durust. Mahliyo Karimova tabiatan serharakat, mehnatkash qiz. Ijodi ham barakali davom qilmoqda. Tinimsiz o‘qish va o‘rganish, tajriba orttirish yo‘lidan dadil bormoqda. O‘ylaymanki, Mahliyo bir kun o‘zi izlagan SO‘Zni topadi. Unga bu yo‘lda bugungi izlanishlari, mehnatsevarligi, tabiatan xolisligi, samimiyligi va ijodga bo‘lgan ulkan muhabbati imkon beradi. Ushbu kitob, aniqrog‘i, bu ulkan muvaffaqiyat yosh shoiramizga, she’riyat muxlislariga va barcha xorazmlik ijodkorlarga muborak bo‘lsin.

Shoira Shams,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira.

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/12/2025, 07:53
t.me/yoshlikjurnali/5435
12
10
600
#tavallud

Bugun – yozuvchi Murod Muhammad Do‘st tavallud topgan kun!

Mahdudlikka berilmaylik

– Murod aka, suhbatimizni adabiyotdan boshlasak. Yangi asarlaringiz ko‘rinmay qolganiga ham ancha bo‘ldi…

– Odamzod ko‘p narsani ko‘rib-bi­lib boravergani sayin yozishi ancha qi­yinlasharkan. Avval yozganlarim ham, endi yozadiganim ham mayda, ar­zi­mas bo‘lib ko‘rinaveradi – shunisi yomon. Balki bunga yoshlik g‘ayrati, avvalgi zavqu shavq yo‘qolgani sababchidir…

Umr bo‘yi, zamona bilan barobar odimlayapman, deb o‘ylar edim. Bugun, yosh bir joyga borib qolganda ko‘nglimda eski aqidalar ustunroq ekanini angladim. Albatta, yangi zamonga munosib emasligimdan uyalaman, lekin nachora… eski qarashlardan butkul xalos bo‘lishning iloji yo‘q.

🔗batafsil

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/12/2025, 06:05
t.me/yoshlikjurnali/5434
9
2
331
#nigoh

“Yoshlik”da to‘laqonli a’zo bo‘lib ishlash nasib etmagan

Hayotimda yoshlik so‘zi bilan bog‘liq shirin xotiralar ko‘p. Atoqli shoirimiz Erkin Vohidovning “Yoshlik devoni”, boshlovchi shoir va adiblarning ilk asarlari jamlangan to‘plamlar – “Yoshlik” almanaxlari, teleradio kanallarimizning “Yoshlik” studiyalari orqali berib borilgan ko‘rsatuv va eshitti­rishlar…
Ko‘ngli ko‘k bilan bo‘ylashgudek orzularga to‘la yangi nomlar, yangi iste’dodlar va ularning panjasiga panja urib, shu qatorda o‘zni ko‘rmoq istagi…
Xullas, yoshlik degan shu birgina so‘z bolalik yillarimda men uchun hali noma’lum, lekin o‘ta sirli va jozibali olamning mujassam ifodasi edi…

🔗batafsil

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/11/2025, 15:45
t.me/yoshlikjurnali/5433
12
2
603
#tavallud

Bugun – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi Rahshona Ahmedova tavallud topgan kun!

So‘z

(Hikoya)

G‘alati kun bo‘ldi. Ertalab turib, gapirolmay qolsam deng. Tilimga na bir so‘z keladi, na og‘iz ocha olaman. Tavba, shunaqasi ham bo‘lar ekan. Bitta menmi desam, yo‘q, erim tura solib, har kerak narsani bitta-bitta so‘ray boshlardi. Sochiq qani, maykam qayerda, paypog‘imni topolmayapman… Siz o‘ylaysizki, har narsaning o‘z o‘rni bo‘ladi, shu joyiga qo‘ymas ekansan-da, deb. Yo‘q, sochiq o‘n yillik ilgakka ilingan, mayka tortmada taxlangan, paypoq o‘z joyida turibdi. Erkak kishining havosi bu. Shunga o‘rganib qolishgan.

🔗batafsil

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/11/2025, 12:51
t.me/yoshlikjurnali/5431
5
1
326
#yosh_ketgan_shoirlar

Botu
(1904-1938)

SO‘RMA!

So‘rma, o‘rtoq, ko‘zlarimda
o‘tli yosh qaynashganin,
So‘rma hech bir yuzlarimda
qayg‘ular o‘rnashganin,
So‘rma bu majnun ko‘ngilning
dard ichida yonganin,
So‘rma bu mahzun xayolning
qay ochunda yurganin.
Bu so‘roqlarga javob qo‘ngil
sirin ochmoq, demak,
Dardli qalb vulqonlaridan
lavalar sochmoq, demak,
Lavalar sochmoq butun borliqni
yo‘q etmoq, demak,
Marhamat yo‘q, to‘g‘rilik yo‘q
dunyodan kechmoq kerak.
Dardlilar dard anglatolmas
dardsiza so‘zlov bilan,
Ko‘rsatib bo‘lmas quyoshni
ko‘zsiza maqtov bilan.

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/11/2025, 10:30
t.me/yoshlikjurnali/5430
15
6
373
#birinchi_kitobim

Men o‘zim ko‘rgan kitoblar tarixida bir oiladagi ikki ijodkor – turmush qurgan yoshlar kitobi chop etilishini deyarli kuzatmagan edim. Bu ham juda o‘ziga xos bo‘lar ekan. Vaqt kelib, farzandlar ham “ota-onalarimizning ilk kitobi” deb qo‘lga oladi. To‘plamdagi ikki ijodkorning har bir asari ifoda uslubida ham, fikrlashida ham o‘ziga xoslikka intilishlari sezilib turadiki, bu fazilat yosh adiblardan kelgusida bundan ham puxta, badiiy, g‘oyaviy yuksak asarlar yaratib, milliy adabiyotimiz rivojiga munosib hissa qo‘sha olishlariga umid uyg‘otadi.

Orziqul ERGASH,
yozuvchi

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/11/2025, 08:47
t.me/yoshlikjurnali/5429
11
2
362
#tavallud

11-aprel – shoir Quvonch Bek tavallud topgan kun!

Rostdir

Nimadir kamdayin, nimadir ko‘pday,
Qilmoqqa ishlar ko‘p, biroq vaqt yo‘qday,
Kunlar zuv o‘tmoqda, otilgan o‘qday,
Ne demay vijdonning so‘rori rostdir.

Hayot saboq berib, ochib ko‘zlarni,
Ko‘rdim, ko‘rmay qolgan ochiq ko‘zlarni,
Dildan tilga ko‘chgan pinhon so‘zlarning,
Ba’zan dildan chiqmas qarori rostdir.

Kunlar shu alfozda o‘tib bormoqda,
Olov yigit davri kutib olmoqda,
Sinovlar, o‘ylovlar tutib olmoqda,
Umr bir nafasda o‘tori rostdir.

Xudojon, har qadam senga suyandim,
Tilansam, neniki, sendan tilandim,
Tanim shu zaminda, kezar ruh qadim,
Yozilgan ko‘nglimning xumori rostdir.

To‘kilib, sitilib, yozdim she’rimni,
Onlar taraf bilmas, aytori rostdir.
Biz bilan yashagan nomimiz qolib,
Tanimiz uyiga qaytori rostdir.

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/11/2025, 07:35
t.me/yoshlikjurnali/5428
15
14
1.1 k
#Eslaganda

Dars o‘tayapman

Azim Suyun yarim tunda yangi she’rini tugallab, Qozoqboy Yo‘ldoshev domlaga telefon qilibdi:
– Alo, nima qilayapsiz?
Domla uyqusi buzulganidan malollanib javob beribdi:
– Nima qilardim, odatdagidek dars o‘tayapman.
– Eee. Kechirasiz, dars o‘tib bo‘lganingizdan keyin telefon qilarman, – deb Azim aka qo‘l telefonini o‘chirib qo‘yibdi.

Qozoqboy Yo‘ldoshev hangomasidan


📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/11/2025, 07:13
t.me/yoshlikjurnali/5427
13
16
2.5 k
#hikoya

Bo‘lgan gap

Kecha institutga hujjat topshirgani bordim. O‘sha yerda Dildorani uchratdim. Yuragimning tub-tubidagi ismsiz dardlar qayta bosh ko‘tardi, uch yil oldingi sirli-sehrli xotiralar tasavvurimda asta-sekin jon­­landi.

Go‘yo yam-yashillikka, nurga ko‘milgan moviy diyorga tushib qolganday edim. Biroq to‘satdan turgan shid­datli shamol hamma narsani ag‘dar-to‘ntar qilib yubordi, menga uch asrday tuyulgan uch yil mobaynida asrab-avaylab yurgan tuyg‘u-xayollarim o‘t tushgan so­mon g‘aramidek lahzada yonib kul bo‘ldi. Ulardan alam-iztirob kuligina qoldi, xolos…

🔗batafsil


📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/10/2025, 13:39
t.me/yoshlikjurnali/5425
5
8
372
#olis_yaqin_ovozlar

SOG‘INCH

Tunlarni tonglarga uyg‘oq ulayman,
Sog‘inchim qush bo‘lib kezar samoga.
Toshkent osmonida uchgan bulutlar,
Meni olib keting Qashqadaryoga!

Shamolga birlashib shoshamiz mayli,
Tog‘lardan tirmashib oshamiz mayli,
Birga yomg‘ir bo‘lib yog‘amiz mayli,
Meni olib keting Qashqadayoga!

G‘unchalar gul bo‘lib ochilayverar,
Barklar xazon bo‘lib sochilayverar,
Vujudim kun sayin oshiqayverar,
Meni olib keting Qashqadaryoga!

Yodimdan ketmaydi o‘sha keng dala ...
Sochiga boychechak toqib qo‘yganim.
Yuzini seypalab sekin labidan...
Eh!!!
Entikib izidan boqib qo‘yganim.

Qismat qilmishidan shod bo‘lib ketdi,
Men sevgan suluvlar yot bo‘lib ketdi,
Umrim olislarga sochilib ketdi,
Meni olib keting Qashqadaryoga!

Otam shamol edi onam sarvidek,
Suyangan tog‘ edi majnun tol bo‘ldi,
Uzoqlarda qolgan bir juft daraxtim,
Intiq kutayverib qaddi dol bo‘ldi,

Yillarni quvgancha dunyo kezyapman,
Daydi shamollardek uzoq to‘zyapman,
G‘animat onamga to‘ymay o‘syapman,
Meni olib keting Qashqadaryoga!

Juda olis ketdim ortimga boqmay,
Bir-bir izim qolib oppoq qorlarda
Mirg‘ak bolaligim adashib qolgan,
Kapalak qo‘vgancha lolazorlarda.

Adashib qolganman bugun o‘zim ham,
Chopqirlab o‘tganim dara va qirlar.
Hovlimdan boshlangan so‘qmoq izimni,
O‘chirib tashlagan shaddot yomg‘irlar.

Goho dil yoraman shoshqin soylarga,
U qayga boradi menchi qaylarga,
Sog‘inib ketganim o‘shal joylarga,
Meni olib keting Qashqadaryoga!

Tunlarni tonglarga uyg‘oq ulayman,
Hayollar qush bo‘lib kezar samoga.
Ov, ko‘klarda uchgan oppoq bulutlar,
Meni olib keting Qashqadaryoga!

Kamoliddin EGAMQULOV

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/10/2025, 10:13
t.me/yoshlikjurnali/5424
11
1
314
#birinchi_kitobim

Muhabbatdan o‘zga so‘z yo‘q, azizim...

Iste’dodli yosh ijodkor Shukrullo Sheraliyevning shu kabi satrlarini o‘qiysiz-u, yana boshqa she’rlarini ham axtarib qolasiz. Negaki, ular sizni o‘ziga tortadi, o‘qib maza qilasiz, ko‘nglingizdan kechayotgan haqiqatlarni topganday bo‘lasiz, lop etib she’rlar ichiga kirib qolganingizni sezmay qolasiz.
Shoirlik o‘qib-o‘rganishdan bunyod bo‘lmaydi. Shoirlik yaraladi, dunyo ranglarini sanoqsiz bo‘laklarga bo‘lib tug‘iladi u. Muallif o‘z she’rlaridan birida xuddi shu holatga urg‘u beradi.

Baxt onaga o‘xshaydi shaklan,
Dunyo bundan bexabar hali,
Ming bo‘lakka bo‘lingan ranglar
Shoirlarni tuqqan mahali.

O‘ylaymizki, muallifning ushbu birinchi kitobi adabiyotsevar, she’rsevar do‘stlarimizga manzur bo‘ladi, shoirning muxlislari yana ko‘payadi.

Zuhra Aliyeva,
Yozuvchilar uyushmasi a’zosi,
“Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi.

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/10/2025, 09:09
t.me/yoshlikjurnali/5423
5
296
#yosh_ketgan_shoirlar

Elbek
(1898-1939)

KO‘KLAM ChOG‘IDA YAPROQLAR

Ko‘kargan yaproqlar og‘ochlar uzra
Jilmayib, quvonib yayrab tururlar;
To‘xtovsiz eskuchi – kuchli shamollar
Bularni ayashib, sekin ururlar.

Og‘ochlar yam-yashil yaproqlar ichra
Ko‘milib, jimgina pusib o‘ltirar:
Ko‘klamning yomg‘uri yoqqach bularga,
Ko‘zlardan oqquchi yoshday miltirar.

Kim bilur, bu yoshlar balkim chindanam
Og‘ochlar ko‘zidan chiqib tomadir:
Ko‘klamning bu erkin mazgillarini
Doimiy emasin yaxshi biladir…

Kuzning u qop-qora, sovuq tuslari
Balkim og‘ochlara yomon ko‘rinar;
«Koshki ko‘rmasaydik!» – deb shu kunlarni,
Boyaqish yaproqlar g‘amdan sarg‘ayar.

Qayg‘urmoq yarashmas, bo‘shdir qayg‘urmoq!
«Ko‘klam bir kelmas», ey go‘zal yaproq!..

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/10/2025, 08:19
t.me/yoshlikjurnali/5422
10
7
808
#Bugun_Abdulla_Qodiriy_tavallud_topgan_kun

Hajviy tanqidning tabiatidagi kulgulik unsuri avomning mahbubi, tag‘in to‘g‘risi uning o‘z ijodidir.

* * *
Aksar yalqovlar o‘zlari uchun foydalik bo‘lgan ishlarga dangasalik qilib, foydasiz bo‘lgan ishlar orqasinda umr o‘tkazarlar.

Abdulla QODIRIY

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/10/2025, 07:27
t.me/yoshlikjurnali/5421
7
3
320
#iqtibos

Kengash ikki turli bo‘lur: biri – til uchida aytilgani, ikkinchisi – yurakdan chiqqani. Til uchida aytilganini shunchaki eshitardim. Yurakdan aytilgan maslahatni esa qalbim qulog‘iga quyardim va dilimga joylardim.

Amir TEMUR

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/09/2025, 14:29
t.me/yoshlikjurnali/5420
10
2
344
#birinchi_kitobim

Sanjarning she’rlarida ham go‘zal topilmalar, g‘aroyib tashbehlarga ko‘p duch kelasiz va ba’zan o‘jar toshqin surib borayotgan xas-xuslarni ham ko‘rib qolasiz. Buni ham tabiiy deb qabul qilish kerak. Muhimi, suv va oqimning borligida, davomiyligida.Endi buyog‘iga mehnat kerak, mehnatki, nonday halol, ona sutiday beminnat mehnat! Shu yo‘lda bu shoirimizga omad yor bo‘lsin! Iqbolini bersin!

Eshqobil Shukur,
Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/09/2025, 12:02
t.me/yoshlikjurnali/5418
10
4
469
#fikrnoma

Vizual shoir

Nasrullo Ergash she’rlarini ilk bor o‘qiganimda uning bir kun kelib butunlay o‘zgacha yoza olishiga ishongan edim. Kuni kecha qo‘lyozmasini o‘qib yanglishmaganimni his etdim. U vizual shoirga aylanibdi.
Vizual she’riyat – antik davrda Ovro‘pada, jumladan, Germaniyada rivojlangan bo‘lsa-da, uning ilk kurtaklari bizdagi qoyatosh suratlarida bo‘y ko‘rsatgan.
Bir qarasangiz antiqa tuyuladi. (Shakllar) figuralar o‘yini diqqatingizni tortish barobarida ko‘zga ko‘proq yuk ortadi. Zero, vizual she’riyat namunalarini ko‘z tinglaydi. Masalan, Nasrulloning “Tirnoq­larin egovlar hilol” she’rini o‘qib bersangiz, o‘quvchi dastlab she’rdagi go‘zallikni bor bo‘yi bilan ilg‘ayolmas, ammo shaklda musiqa mixlanganini ko‘rgach esa unda hayrat ko‘zlari ochilmog‘i shubhasiz.

Bahrom RO‘ZIMUHAMMAD
2023.14.12

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/09/2025, 10:52
t.me/yoshlikjurnali/5417
8
4
380
#iqtibos

Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to‘g‘ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin.

Amir TEMUR

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/09/2025, 07:21
t.me/yoshlikjurnali/5416
11
2
349
#Qutlov

Bugun – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, tarjimon O‘roz Haydar tavallud topgan kun!

Chol tavallosi

Tishing to‘kilarkan keksayganing chog‘,
Soching oqarishi bu ham turgan gap.
Tog‘lar-ku ko‘rinmas, quyosh mitti dog‘,
Ko‘zing xira tortsa kun sayin, yo Rab!

Kechgan daryolaring shovqini tinar,
Farqlolmassan qushu xo‘roz ovozin.
Tandan mador qochib cho‘g‘ing ham so‘nar,
Har ne ko‘rgilikka bo‘lgungdir rozi.

Eskiday tuyular har yangi narsa,
Faqat bir tuyg‘udan yashnagung shaksiz.
Muhabbatdan qayta tug‘ilgan damda,
Kampiring ko‘zingga ko‘rinarkan qiz…

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/08/2025, 13:08
t.me/yoshlikjurnali/5415
6
11
1.0 k
#qutlov

Bugun shoira Shohista Ergashevaning tavallud topgan kuni!

Shohista Ergasheva 1997-yili 8-aprelda Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Birinchi kitobim” loyihasi asosida “O‘n sakkizim” nomli she’riy to‘plami nashr etilgan (2017).
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi (2019).

Anglam

Quldan ziyod qul edim men, taxt chalg‘itdi.
Yolg‘izga yor edim, yolg‘on axt chalg‘itdi.
Uchsiz qalam va uchqir dard berdi Xudo.
Yaxshi shoir bo‘lar edim, baxt chalg‘itdi...

Sochlarim rangini unutsin ochun.
Chalg‘idim, chalg‘imay sevganim uchun.
Dini nokomildan ranjiyin nechun,
Ki, Shayx Sa’noni tarsoyi raxt chalg‘itdi.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
04/08/2025, 12:14
t.me/yoshlikjurnali/5414
Repost
3
2
245
Yangi kitob

Muhammad SIDDIQ

Musofir daraxt

Mazkur to‘plamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, ko‘ngil musavviri Muhammad Siddiq Rahmatovning keyingi yillarda yozilgan she’rlari jamlangan. Kitobni varaqlar ekansiz, uning rangin bo‘yoqlar bilan so‘z orqali chizgan suratlari, daqiq kechinmalari yuragingizga sezdirmay kirib borganiga amin bo‘lasiz.

O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim Gʻafurov kitob so‘zboshisida shunday yozadi:

“U bolalik chog‘lari, ota-onalar holi, tarbiyat-ta’limotlari, xalq ahli donishi haqida ham shunday moʻjiza kabi topilmalarini she’riyat ganjinasiga qo‘shadi. Uning she’r va hayotdan topgan hikmatlari barchasi g‘ofillik va ziyraklik orasida turadi”.

Kitob O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida chop etildi.

Mas’ul muharrir: Gʻayrat Majid
Nashrga tayyorlovchi: Muhiddin Abdusamad
Nashriyot: “Sahhof”

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
04/08/2025, 11:23
t.me/yoshlikjurnali/5413
4
3
299
#olis_yaqin_ovozlar

DARDI HOL

Qo‘lingni qo‘limga bog‘lasang mahkam,
Ko‘nglimda anduhlar kenglasha olmas.
Nuqtada jamlansa mingta Quyosh ham,
Ruxsoring nuriga tenglasha olmas.

Husn-u latofating dilbar, bejirim,
Ko‘zlarim tahayyur vasliga noil.
Jobir kulgularing hujrasida jim
Chalg‘isini charxlab turar Azroil.

Sochingdan taralar firdavs ifori,
Maxmurlanar shamol o‘tsa siypalab.
Bardosh to‘nin kiygum, hajring ozori
Ba’zan tashlasa ham qalbim piypalab...

Ishq chashmasi oqar zamri dilingda,
Havas musallasin ichar parilar.
So‘zing – jahonafzo, totli tilingda
Uya qurganmi yo asalarilar?!..

G‘amzang yuragimga bo‘lolmaydi g‘ov,
Yashayman muhabbat jununlariday.
Zimdan boqishlaring jonga beayov –
Go‘yo Hammurapi qonunlariday!

Jasurbek ESANOV

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/08/2025, 09:45
t.me/yoshlikjurnali/5412
8
2
316
#olis_yaqin_ovozlar

* * *
Xomush daraxtlarni quchib qo‘y bir-bir,
Baxtsiz kuzaklarning ko‘ngillarin ol.
Gullarni sazoyi qilmoqda kimdir,
Buguncha ularning yonlarida qol.

Avayla, quyoshning rangpar nurlarin,
Keyin, huv yig‘loqi osmonni ovut.
Alvon yaproqlari o‘t qalab ketgan
Lov-lov yonar bog‘larni sovut.

Erkala, qushlarni, ohularni jim,
Meni qanday suysang shundayin suygin.
Harir mezonlarda dildirab turgan
Moychechaklar bo‘yiga to‘ygin.

Balki bu ularning so‘nggi ifori,
Bahor kelgunicha bormizmi, yo‘qmi?
Unutma, ma’sum teraklarni ham,
Ko‘zlaridan o‘pib qo‘y, xo‘pmi?

Mashhura ALIMARDON

“Yoshlik” / 2024 / 2

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/08/2025, 07:22
t.me/yoshlikjurnali/5411
9
4
344
#hikmat

Baxtsizlik ham mehmon. U hademay o‘rnini baxtga bo‘shatib beradi.

Tohir MALIK

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/07/2025, 15:13
t.me/yoshlikjurnali/5410
10
2
386
#hikoya

Bir tup pista

…Qobil o‘n yoshligida onasi og‘rib qoldi. O‘shanda ular shaharda yashashar, tayinli uy-joyi va durustgina daromadi bo‘lgan oilaning hayoti yaxshi edi. Qayerdandir shu nomi o‘chgur yopishdi-yu, onasini olib ketdi. O‘shanda yolg‘iz o‘g‘il farzand – Qobiljon tushunib-tushunmay uzoq yig‘lagan edi. Lekin hayotida nimani boy berganini keyinchalik angladi… Bir kelsa, qo‘sh kelar, deganlariday, oradan ko‘p o‘tmay singlisi ham qizamiqqa chalinib… uni ham tuproqqa qo‘yishdi…

🔗batafsil

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/07/2025, 13:19
t.me/yoshlikjurnali/5409
9
20
1.5 k
#nazm

YOSH SHOIRLARGA

Bu diyorda tog‘-u tosh shoir bo‘lib,
Yerga tushgaydir quyosh shoir bo‘lib.

O‘rgatar kuylashni bulbul suvlari,
Maysa ham tebraydi bosh shoir bo‘lib.

Bundayin hech bir diyor olamda yo‘q,
Gul bilan gul rangtalosh, shoir bo‘lib.

Siz uning zahmatlariga dil bering,
Dardlariga yelkadosh shoir bo‘lib.

Dilchirog‘ shoir bo‘ling-u dilqarog‘,
Ketmangiz hech diltarosh shoir bo‘lib.

Bu jahonda qoralik bor ham riyo,
Siz yashangiz nurposh shoir bo‘lib.

She’riyat — otash muhabbatdir, biling,
Jon-u bag‘ringiz tutosh, shoir bo‘lib.

O‘ylabon ham kuylabon qorin bilan,
O‘tmoq ham mumkin osh shoir bo‘lib.

Yor zulfin atriday yoshlik o‘tar,
Qolmagaysiz hech yosh shoir bo‘lib.

Siz — elingiz qalbining mirzolari,
Elga so‘z ayting quyosh shoir bo‘lib.

Teng bo‘lingiz ahli olam birla ham,
Qardosh ham darddosh shoir bo‘lib.

Ulg‘ayingiz barkamol-u bezavol,
Yurtingizga ko‘z-u qosh shoir bo‘lib.

Sirojiddin SAYYID

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/07/2025, 09:35
t.me/yoshlikjurnali/5407
9
3
455
#birinchi_kitobim

Munisa A’zamova she’rlarida yosh qalbning shabnamdek toza iztiroblari sadolanadi. Uyquning yuzini chayib olayotgan yosh ijodkorning topilmalari o‘zi kabi nafis, o‘zi kabi hayratli va go‘zal. Har bir she’rda tugal ma’no uzatishga intiladi. Yuragining nozik sezimlarini mayinlik bilan, ibo bilan pesh tutadi. Munisa A’zamovaga yana ulkan hayratlar, ulkan ijodiy dardlar yor bo‘lishini, ijod yo‘li esa yorqin bo‘lishini tilaymiz.

Ma’mura ZOHIDOVA,
Yozuvchilar uyushmasi a’zosi

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/07/2025, 08:38
t.me/yoshlikjurnali/5406
9
7
333
#tavallud

Bugun – shoira Sadoqat Hamrayeva tavallud topgan kun!

BAHOR VASFI

Jilvalansa ufq uzra shafaq,
Qamashadi rangdan qaroqlar.
Orolanib shabnam ingan bog‘,
Jimirlaydi harir yaproqlar.

Safolarga chulg‘anib mutlaq,
Sabo yelar, tonglar xushhavo.
Chag‘-chag‘lashar bulbullar handon,
Anbarafshon gulshanlar aro.

Yuguradi yutoqib nigoh,
Kapalakday guldan gul osha.
Bahor isi dimoqqa urib,
Yurak qurg‘urhapqirar, shoshar.

Tong yelida tebranar asta,
Kurtaklari kulgan daraxtlar.
Nasimlarga erkalik qilib,
Yuragimda entikar baxtlar!

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/07/2025, 07:54
t.me/yoshlikjurnali/5405
9
3
457
6-aprel – Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sulton tavallud topgan kun!

"To‘linoy xayollar"

Turkiy xalqlarning xayoliy yaratiqlari kitobi.

Aslida, bu – Oy haqida emas, balki yer yuzida oyday balqqan turkiylar haqidagi bitiklardir. Oyni bunday sevadigan ulus dunyoda bo‘lmasa kerak. Ko‘ziga ne xush ko‘rinsa, oyga olib borib taqaydi. Bo‘z bolasi uni suyganiga qiyos qilsa, keksasi “Yetkazganingga shukr” deb yuziga fotiha tortadi.

🔗 batafsil

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
04/06/2025, 11:55
t.me/yoshlikjurnali/5404
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria