Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
AN
🇺🇿Andijon shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi️️📚
https://t.me/andijon_shahar_xtb
Channel age
Created
Language
Uzbek
1.13%
ER (week)
12.7%
ERR (week)

Andijon shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi rasmiy kanali

Hurmatli kanal obunachilari, mazkur kanalda yoritib borilayotgan xabar va yangiliklar sizga manzur bo'lmoqdami? Kanalga oid takliflaringiz bo'lsa adminga murojaat qiling.

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 1 173 results
📚 "Kitobxonlar dueli" 1-soni - Andijon shahar hokimi sovrini uchun

Andijon shahar hokimi sovrini uchun o'tkazilayotgan Kitobxonlar dueli loyihamizning birinchi bosqichi, birinchi soni. Unda yosh kitobxonlar o'zlariga tushgan asarlar yuzasidan bellashdilar. G'oliblar keyingi bosqichga yo'l oladi. Mag'lublar esa ishtirokni yakunlashadi. Kim g'olib bo'lishini esa yakunda bilib olamiz.

Ishtirokchilarni izohlarda qo'llab quvvatlashingiz mumkin.

📹 Batafsil video 👇👇👇
👉 https://youtu.be/Tl_tbFoJyPk

📚 https://t.me/Kitobxonlar_dueli
04/27/2025, 17:27
t.me/andijon_shahar_xtb/22000
Андижон шаҳридаги Муҳаммад Юсуф майдонида шоир таваллудининг 71 йиллиги муносабати билан тантанали тадбир бўлиб ўтди. Унда вилоят ҳокими Шуҳратбек Абдураҳмонов сўз олиб, йиғилганларни қутлади.

Facebook | YouTube | Web-site
Instagram|Telegram
04/26/2025, 08:26
t.me/andijon_shahar_xtb/21999
#live
Асл шоирлар ўлмайди. Уларнинг умри ўзидан қолдирган ашъорларида яшайди.

Тадбир Муҳаммад Юсуф уй музейида давом этди.

Содда ва равон сўзлар билан битилган – Ватанга муҳаббат, она мадҳи куйланган асарлар айтувчилар тилида ўзгача оҳанг бериб жаранглайди.

Facebook | YouTube | Web-site
Instagram|Telegram
04/26/2025, 08:26
t.me/andijon_shahar_xtb/21998
"JINOYATCHHILIKDAN HOLI MAKTAB" 

Shahrimizning 48-umumta'lim maktabida Andijon shahar
maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshlig'i A Usmonov boshchiligida hamda Nuroniy jamgʻarmasi Andijon shahar boʻlimi xamkorligida "JINOYATCHHILIKDAN HOLI MAKTAB" konsepsiyasi, "JAHOLATGA QARSHI MAЪRIFAT" shiori ostida yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquq buzarliklarni oldini olish maqsadida seminar oʻtkazildi.

Andijon shahar MMTB matbuot xizmati.
Telegram I ✅Facebok I ✅Youtube
04/25/2025, 20:32
t.me/andijon_shahar_xtb/21991
MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI BOSHQARMASIDA TIZIMDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA VILOYATDAGI TA'LIM TIZIMINI "KORRUPSIYADAN HOLI TIZIMGA AYLANTIRISH" MASALASI MUHOKAMA ETILDI.

Joriy yilning 24-aprel kuni Andijon viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasida tuman, shahar MMTB rahbarlari, xodimlari, umumta’lim maktablari va davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlari ishtirokida taʼlim muassasalarida korrupsion holatlarni oldini olish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Mazkur yigʻilishda, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i U.I.Shukurov, Viloyat Ichki ishlar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari F.B.Najimov so‘z olib, ular tomonidan maktabgacha va maktab taʼlimi tizimiga kiruvchi barcha taʼlim muassasalarida korrupsion holatlarni oldini olish, tizimni korrupsiyadan holi bo‘lgan tizimga aylantirish zarur ekanligi alohida taʼkidlandi.

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt
04/25/2025, 15:45
t.me/andijon_shahar_xtb/21984
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Andijon shahar 51 dmtt Mudirasi” ustidan qilingan shikoyat, Andijon shahar maktabgacha va maktab ta`limi bo’limi tomonidan nazoratga olinganligini, o'rganish yakuniga ko'ra qo'shimcha ma`lumot berilishini ma`lum qilamiz.
04/25/2025, 15:45
t.me/andijon_shahar_xtb/21983
#LIVE

ANDIJONDA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SOVRINI UCHUN "XORIJIY TILLARNI O'QITISHDA ENG YAXSHI MAKTAB" TANLOVINING VILOYAT BOSQICHIGA BO'LIB O'TMOQDA.

Andijon shahar MMTB matbuot xizmati.
Telegram I ✅Facebok I ✅Youtube
04/25/2025, 11:04
t.me/andijon_shahar_xtb/21982
Andijon shahar maktabgacha va maktab talimi bolimiga qarashli 14-maktabgacha ta'lim tashkiloltida "Assalom bahor" shiori ostida tadbir bo`lib o`tdi

Tadbirda tarbiyalanuvchilar bahor faslining go‘zalliklarini madh etuvchi she’rlar, qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar.

Tadbir tantanali ruhda o‘tkazilib, bog‘cha hududi bahoriy bezaklar bilan bezatildi. Ota-onalar, tarbiyachilar va mehmonlar ishtirokida o‘tgan bayramda har bir guruh o‘z chiqishi bilan tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.

Tarbiyachilar tomonidan tayyorlangan raqslar va teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari bolalarning iste’dodini yuzaga chiqarishda muhim o‘rin tutdi.

"Assalom bahor" tadbiri nafaqat bahorning kirib kelishini nishonlash, balki bolalarga estetik tarbiya berish va ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qildi.

Andijon shahar MMTB matbuot xizmati.
Telegram I ✅Facebok I ✅Youtube
04/24/2025, 14:41
t.me/andijon_shahar_xtb/21981
“Беш ташаббус доирасида” спорт мусобақаси ғолиблари аниқланди

2025 йил 24 апрел куни Таълим ва фан ходимлари касаба уюшмаси Андижон шаҳар бўлинмаси кенгаши тизимидаги Мактабгача ва мактаб таълими бўлимига қарашли умумтаълим мактаблари ходимлари ўртасида “Беш ташаббус доирасида” Ўзбекистон касаба уюшмалари ҳаракатининг 120 йиллиги олдидан, “Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерацияси кубоги” учун "Соғлом танда сифатли таьлим"шиори остида спорт мусобақасининг шаҳар босқичи бўлиб ўтди.

Ғолиблар шаҳар бўлинмаси кенгашининг эсдалик совғалари ва дипломлар билан тақдирландилар.Тақдирланишда шаҳар ҳокими ўринбосари Шавкатбек Шокиров Мактабгача ва мактаб таьлим бўлими бошлиғи А.Усмонов ва шаҳар 1-сонли спорт мактаби рахбари К. Мухтаров, шаҳар бўлинмаси кенгашининг раиси Н.Туракуловалар иштирок этдилар.

Ғолибларимизни яна бир бор табриклаб қоламиз.

Andijon shahar MMTB matbuot xizmati.
Telegram I ✅Facebok I ✅Youtube
04/24/2025, 14:02
t.me/andijon_shahar_xtb/21962
Andijon viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosari I.J.Babamuradov rahbarligida Andijon shahrida ishchi guruh aʼzolari ishtirokida Prezidentning 03.01.2025-yildagi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha olib borilgan ishlarning samaradorligi muhokama qilindi.

Qarorda belgilangan vazifalar masʼullar tomonidan oʻz vaqtida bajarilishini taminlash maqsadida 2025-yil 2-chorak uchun moʻljallangan “Yoʻl xaritasi”da koʻrsatilgan bandlar ijrosi yuzasidan masullarning hisoboti eshitildi.

Yigilishda shahar hokimi, prokurori va IIOFMB boshligiga hududda oldi olinishi lozim boʻlgan jinoyatlar sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik, "qizil", va "sariq" toifalarga kiritilgan mahallalarda tegishli “mahalla yettiligi”tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar ijrosi yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Oʻtkazilgan tahlillarga koʻra, qaror ijrosini taʼminlashda oʻz vazifalariga masʼuliyatsizlik bilan yondashgan mansabdor shaxslarning javobgarlik masalasi hal etildi.

Andijon shahar MMTB matbuot xizmati.
Telegram I ✅Facebok I ✅Youtube
04/23/2025, 18:34
t.me/andijon_shahar_xtb/21952
“BIR BO‘LSAK — YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK — VATANMIZ”
Andijon shahar 44-umumta`lim maktabida mana shunday shior ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda o‘quvchilar, o‘qituvchilar, ota-onalar hamda mahalla faollari faol ishtirok etishdi.
Tantanali tarzda boshlangan tadbirda davlat madhiyasi yangradi, shundan so‘ng maktab direktori so‘zga chiqib, yoshlarni birlik, mehnatsevarlik va vatansevarlik ruhida tarbiyalashda bu kabi tadbirlarning ahamiyati katta ekanini ta’kidladi.

Tadbir doirasida o‘quvchilar tomonidan vatan, tinchlik va birlik mavzusida she’rlar o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Milliy raqslar, musiqiy chiqishlar va dramatik sahnalar orqali yosh avlodning yurtimizga bo‘lgan mehri, fidoiylik ruhi namoyon bo‘ldi.

Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar “Bir bo‘lsak — Yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz” degan ezgu g‘oya ostida hamjihatlik va birlikda harakat qilishga chaqirildi. Bunday tadbirlar yosh avlod qalbida milliy g‘urur va yurtga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.

Andijon shahar MMTB matbuot xizmati.
Telegram I ✅Facebok I ✅Youtube
04/22/2025, 19:46
t.me/andijon_shahar_xtb/21951
ANDIJONLIK O'QUVCHI BOLA OSIYO KUBOGI O'YINLARI G'OLIBI...

Xabaringiz bor joriy yilning 20-aprel kuni O'n yetti yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasida Saudiya Arabistonida o'tkazilgan musobaqada g'oliblikni qo'lga kiritishdi O'zining yorqin iste'dodi va professional mahorati, ulkan azmu shijoati hamda mustahkam irodasini namoyon etib, Saudiya Arabistonida futbol bo'yicha o'smirlar o'rtasida o'tkazilgan nufuzli musobaqada mislsiz jasorat va matonat namunalarini ko'rsatgani, Osiyo kubogini qo'lga kiritib, o'zbek futboli tarixida yangi bir shonli sahifa ochdilar.

Quvonarlisi, ushbu musobaqada Andijon farzandi, Andijon shahar 31-umumta'lim maktabning 10-sinf o'quvchisi Dilyorbek Mahmudjonov ham ishtirok etib, g'oliblikni qo'lga kiritdi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko'ra "Kelajak bunyodkori" medali bilan taqdirlandi.

Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi iqtidorli o'quvchimizni yuksak natijalari bilan tabriklagan holda kelajakdagi ishlarida ulkan muvaffaqiyat tilab qoladi.

Andijon shahar MMTB matbuot xizmati.
Telegram I ✅Facebok I ✅Youtube
04/22/2025, 16:24
t.me/andijon_shahar_xtb/21948
Президент Шавкат Мирзиёев мактаб таълими сифатини ошириш ҳамда педагоглар тайёрлаш тизимини такомиллаштиришга оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о мерах по повышению качества школьного образования и совершенствованию системы подготовки педагогических кадров.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #pedagogika

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
04/21/2025, 18:13
t.me/andijon_shahar_xtb/21945
✅ Andijon viloyati, Andijon shahri Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida "Shaxmat festivali" musobaqasining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

➖ Musоbaqa natijalariga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rtasida:

🥇 2-son DMTT tarbiyalanuvchisi Alisherov Asilbek 1-o‘rinni;
🥈 37-son DMTT tarbiyalanuvchisi Najmidddinov Muhamadyunus 2-o‘rinni;
🥉 55-son DMTT tarbiyalanuvchisi Maxmudov Nurmuxammad 3-o‘rinni egalladi.

➖ Qiz bolalar o‘rtasida:

🥇16-son DMTT tarbiyalanuvchisi Muxitdinova Solixa 1-o‘rinni;
🥈44-son DMTT tarbiyalanuvchisi Zarifjonova. S 2-o‘rinni;
🥉63-son DMTT tarbiyalanuvchisi Abdullayeva Maxsuma 3-o‘rinni egalladi.

1-o‘rinni egallagan ishtirokchilar viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Andijon shahar MMTB matbuot xizmati.
Telegram IFacebok I ✅Youtube
04/21/2025, 16:49
t.me/andijon_shahar_xtb/21944
“JISMONIY TAYYORGARLIK DARAJASI” SPORT SINOVLARIGA START BERILDI.

Andijon shahar MMTB matbuot xizmati
Telegram I ✅Facebok I ✅Youtube
04/19/2025, 19:09
t.me/andijon_shahar_xtb/21936
Joriy yilning 19-aprel kuni Andijon shahrida joylashgan 13-umumtaʼlim maktabida 2025 yilga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga muvofiq aholining 7 yoshdan 70 yoshgacha va undan katta shaxslardan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlariga start berildi.

Respublikamizning 14 hududidan jismoniy tarbiya o‘qituvchilari studiyalar orqali aloqaga chiqib, loyihani boshlashga to‘liq tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti adminstratsiyasi itimoiy rivojlanish departamenti rahbar, O‘zbekiston sog‘lom turmush tarzi va fitnes milliy assotsiatsiyasi raisi O.Abdurahmonov, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari O.Umarov, shuningdek Sport vaziri A.Ikramov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri X.Umarova ishtirok etdi

Bu kabi loyihalar orqali sog‘lom avlodni tarbiyalash, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish va pedagoglarning faol ishtirokini ta’minlash yo‘lida muhim qadamlarga erishilmoqda.

Andijon shahar MMTB matbuot xizmati
Telegram I ✅Facebok I ✅Youtube
04/19/2025, 18:22
t.me/andijon_shahar_xtb/21935
#Kitobxonlar_dueli

Kitobxonlar Andijon shahar hokimi sovrini uchun bellashishmoqda

Andijon shahar hokimi Gʻofurjon Abdurahmonov sovrini uchun oʻtkazilayotgan Kitobxonlar dueli loyihasining 1-bosqichi yakuniga yetdi.

Viloyatdagi muhtasham Bobur kutibxonasida oʻtkazilgan tanlovda ishtirokchilar oʻzlariga avvaldan berilgan asarlar boʻyicha oʻzaro bellashdilar.

Murosasiz kechgan baxslarda 32 nafar ishtirokchi gʻolib boʻlib, keyingi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Endi ular bir haftadan soʻng yana oʻzaro bellashishadi.

Bellashuvlar rivojini sahifamizda kuzatib boring.

Andijon shahar MMTB matbuot xizmati
Telegram I ✅Facebok I ✅Youtube
04/19/2025, 18:03
t.me/andijon_shahar_xtb/21919
O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Akademiyasi professor o’qituvchilaridan iborat ishchi guruh hodimlari tomonidan Andijon shahar 15-umumta`lim maktabi hamda tumanidagi 26-umumiy o’rta ta’lim maktablarida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

O’tkazilgan targ’ibot tadbiri maktab bitiruvchilari bilan ochiq muloqot tarzida olib borildi.

Telegram | Facebook | Web sayt
04/18/2025, 12:47
t.me/andijon_shahar_xtb/21913
#faoliyat

🏫 Andijon shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabida hamda tarmoq to'garak mashg'ulotlaridan foto lavhalar.

📍Bundan maqsad, o‘quvchilarni o‘zlari qiziqqan kasblarga yo‘naltirish o‘quvchi yoshlarni boʼsh paytini mazmunli tashkil etish, maktabdan tashqari taʼlim tizimini yuqori bosqichga olib chiqishdan, iborat.

👬Hozirda to'garak a'zolarimiz yaratilgan sharoitlardan mamnunligini bildirmoqdalar.

@andijonbam

© Andijon shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi axborot xizmati.
04/18/2025, 10:06
t.me/andijon_shahar_xtb/21908
Joriy yilning 18-aprel kuni Andijon shahar hokimi Abdurahmonov Gʻofurjon Gʻulomjonovich shahrimizdagi 43-umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida maktab oʻquvchilari orasida kitobxonlik, sport hamda chet tillarini oʻrganishga boʻlgan qiziqishlar yuzasidan suhbatlar oʻtkazildi.

Shuningdek, hokim maktabning moddiy-texnik bazasi, sinf xonalari, kutubxonasi hamda sport zali holati bilan yaqindan tanishdi. Ushbu muassasada taʼlim sifatini yanada oshirish, oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va ularni zamonaviy bilimlar bilan taʼminlash yuzasidan tavsiyalar berdi.

Uchrashuv soʻngida  Gʻofurjon Abdurahmonov taʼlim sohasiga qaratilayotgan eʼtibor orqali yosh avlodning kelajagi yorugʻ boʻlishiga ishonch bildirib, oʻquvchilarga va pedagoglarga muvaffaqiyatlar tiladi.

Andijon shahar MMTB matbuot xizmati
Telegram I ✅Facebok I ✅Youtube
04/18/2025, 07:52
t.me/andijon_shahar_xtb/21904
Joriy yilning 18-aprel kuni Andijon shahar hokimi Abdurahmonov Gʻofurjon Gʻulomjonovich shahrimizdagi 43-umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida maktab oʻquvchilari orasida kitobxonlik, sport hamda chet tillarini oʻrganishga boʻlgan qiziqishlar yuzasidan suhbatlar oʻtkazildi.

Shuningdek, hokim maktabning moddiy-texnik bazasi, sinf xonalari, kutubxonasi hamda sport zali holati bilan yaqindan tanishdi. Ushbu muassasada taʼlim sifatini yanada oshirish, oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va ularni zamonaviy bilimlar bilan taʼminlash yuzasidan tavsiyalar berdi.

Uchrashuv soʻngida  Gʻofurjon Abdurahmonov taʼlim sohasiga qaratilayotgan eʼtibor orqali yosh avlodning kelajagi yorugʻ boʻlishiga ishonch bildirib, oʻquvchilarga va pedagoglarga muvaffaqiyatlar tiladi.

Andijon shahar MMTB matbuot xizmati
Telegram I ✅Facebok I ✅Youtube
04/18/2025, 07:41
t.me/andijon_shahar_xtb/21900
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria